Bismillahir rohmanir rohiym. Bismillahir rohmani rohiym. Alhamdulillahi robbilar alamin. Vala aqibatu li muttaqin. Vassolat vassalom ala saidina muhammad as sodiq al va adil amin. Va ala alixiy va ashabixiy ajma'iyn. Imom abar. Assalomu alaykum va rahmatullohi iboratuh. Alloh aziz va jalloh o'zining mana shu uyida jamlanishimizni xayriyatli jamlanish qilsin, tarqalishimizni mag'firatli tarqalishlardan qilgan bo'lsin.
Islomda farzand tarbiyasi deb nomlanadigan silsila darslarimizni bugun qirq uchinchisi ijtimoiy odoblar, salomlashish ododi. O'tgan darsimizda ovqat, taom a'lovi haqida suhbat qilgan bo'lardik. Bu bugun aytilinadigan, o'tgan darsda aytilinadigon ma'lumotlar juda ko'pchiligimiz bilgan, o'qib o'rgangan va amalda tatbiq qilayotgan ma'lumotilar. Lekin mana shu silsila darslarimizni qatorida kelganligi uchun yana bir qator ko'rib chiqishimiz kerak, toki bu darslarimiz mukammal bo'lsin.
Salomlashish islomiy odobning eshigi. Musulmon kishining odobi salomlashligida ko'rinadi. Avvalo, ikki shayx rivoyat qilgan hadis Abdulloh ibn Amrul os roziyallohu anhun roziyalloh rivoyat qilinadi. U kishi aytadi. Anna rojuran sa'la rasulullohi sollallohu alayhi vasallamay ayyul islami xoyr. Bir kishi Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan kelib so'radi. Qaysi islom chiroyli? Eng chiroyli islom qaysi? Rasululloh aytdilar, an tut'i matto'am va tuquriyat salam ala man arohta va man lam ta'rif.
Taom ulashligi va o'zing tanigan va tanimagan kishiga salom berishligi. Qiyomatni kichik alomatlaridan sanalganda hadislarda taslimul xos, xos odamlarga salom beriladigan bo'lib qoladi, deb Payg'ambarimiz aytganlar. Taniganiga assalomu alaykum deydi, tanimaganiga salom bermaydi. Bu qiyomatni kichkina alomatlaridan deyilgan. Endi musulmon odam o'zi tanigan, tanimagan odamga salom berishligi kerak bo'ladi va mana shu uning islomini chiroyli ekanligiga dalil bo'ladi. Mahallangizda ketyapsiz, bitta odam kelyapti peshonam, assalomu alaykom. Do'konga kirdingiz, do'kondorga assalomu alaykum. Avtobusga chiqdingiz, assalomu alaykom deb chiqishlik. Albatta endi katta ko'chada, bozorda ketayotganda boshqacharoq holat bo'ladi. Bunda boshingiz aylanib ketadi. Bozorda o'ylang, tiqilib yelkangiz yelkangizga urilarkan, har bitta odamga assalomu alaikum, assalomu alakum deyapsiz, bu bo'lmaydi bu. Bu ma'qul ham emas, maqbul ham emas. Ammo mana shu salom beriladigan o'rinni hammamiz o'zimiz bilamiz.
Alloh taolo Qur'onda aytadi, istaydu billah, ya ayyuhalladina amanu la tadxulu buyutun g'oyiru buyutikum, xatta tasda'nisu va tusallimu ala ahliha. Ey mo'minlar, o'z uyolaringizdan boshqa uylarga to izn so'ramaguningizcha va egalariga salom bermaguningizcha kirmangiz. Mana shu sizlar uchun yaxshiroqdir. Shoyad, eslatma, ibrat olsanglar. Qarang, salom berishligini Alloh Taolo Qur'onda oyat bilan zikr qilyapti. Demak, bu kichkina narsa emas. Salomlashlik. Boshqa oyat. Astaydu billah, fayda daholtun buyutun fasalli ma'ala anfu sekun tahiyyatan min angillahi mubarakatan toyiba. Kadalika yubayyinullohu lakumul ayyat la'allakum ta'qilun.
Bas qachon uylarga kirsangizlar, bir birlaringizga Alloh huzuridan bo'lgan muborak, pokiza salomni aytinglar, ya'ni assalomu alaykum deylar. Musulmon odamni salomlashligi assalomu alaykun. Sizlar aql yurgizishlaringiz uchun Alloh o'z oyatlarini sizlarga mana shunday bayon qiluvdi. Salomlashlik haqida Qur'onda oyat keldimi? Demak, salomlashlik kichkina masala emas.
Musulmon odamlar bir biriga mehr shafqatli, muhabbatli bo'lishligi kerak. Chunki bu iymonning sharti. Musulmonlarni bir biriga muhabbatli bolishi iymonning talabi. Assalom. Mana assalom deyimiz. Assalom Alloh azza va jalloning go'zal ismlaridan biri. Biz assalom deyotgan paytimizda Allohning ismini zikr qilyapmiz. Bu ibodat, birodarlar. Ar rohman, ar rohim, al malik, al quddus degan paytimizda, allohni zikr qilayapmiz. Bu ibodat bu. Demak, assalom deyotgan paytimizda Allohni zikr qilamiz. Bu ibodat bo'ladi. Buni kichkina amal deb sanamasligimiz kerak.
Mana quyida Imom Muslim keltirgan hadis. Abu Hurayra roziyallohu anhudan. Qarang, salom berishlik, salomlashlik, jannatga kirgizadigan amallarda. Quruq salom a? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: la taduxulul jannata hattata u'minu. Jannatga kirmaysizlar, iymonli bo'lmaguninglarcha. Demak, jannatga kirishlik uchun iymon kerak. Vala tu'minu xatta taxabbu. Iymonli bo'la olmaysizlar to bir biringlarni yaxshi ko'rmaguninglarcha. Jannat uchun iymon kereq, iymon uchun musulmonlar bir birini yaxshi ko'rinishligi kerak. Ala adulukun, ala shay'in, ida fa'alutul muhu taxa ba butun. Endi sizlarga bir narsani dalolat qilaymi? Bir narsani aytaymi? Shuni qilsanglar bir biringlarga muhabbatli bo'lasizlar. Sahobalar ha deyishdi. Afsus, salom abaynakom. Oranglarda salomni fosh qilinglar. Demak, bir birimizga assalomu alaykum degan paytimizda, bir birimizga muhabbatni paydo qiladi salom. Muhabbat iymonni taqozosi. Iymon jannat. Demak, salomlashlik bor.
Orqasidan muhabbat bor, orqasidan iymon bor, orqasida jannat bor. Kichkina amal akam assalomu alaykum deyishlik. Bitta shu ish bilan inson jannatga kirib ketishiga sabab bo'lishi mumkin shu amal. Assalomu alaykom. Shu so'z, shu jumla jannatga kirishingizga kifoya qiladigan amal bo'lib qolishi mumkin.
Garchi o'zi jannatga biz amalimizni men kela olmasak ham, lekin sabab bo'lishini mumkin. Assalomu alaykum. Salom, muhabbat, iymon va jannat. Bu hadis, birodarlar, musulmon kishiga hayotidagi eng muhim bo'lgan amallardan birini ta'lim beradi. Jannatga kirmaysizlar, iymonli bo'lmaguninglarcha. Iymonli bo'lsanglar, bir biringlarda yaxshi ko'rmaguninglarcha, yaxshi ko'rsanglar, iymonli bolasizlar, jannatga kirasizlar.
Endi salom berishdik, musulmonlarni o'rtasidagi hasadgina kuduratlarni chiqarib tasharkan. Assalomu alaykum deb ko'rishgan paytda Alloh tomonidan qalbingizga muhabbat joylanadi. Assalomu alaykum degan paytingizda siz salom berayotgan kishini qalbiga Alloh muhabbatni joylaydi. Sizni qalbingizga unga nisbatan bo'lgan muhabbatni joyleydi. Bu Allohni ishi, birodarlar. Robbimizni ishi. Qalaysanmas.
Sahobalar fursat bo'ldi, salomni ko'p zikr qilishar edi. Ikkita sahoba ko'chada ketib borar ekan, gaplashib. O'rtadan bir devolmidi, daraxtmidi, chiqib qoldi. Ikkalasi shu daraxtni ikki tomonidan o'tadi da, uchrashib turib yana assalomu alaykum deb ko'rishishardi. Olah! Bo'ldi, so'rab salomlashaverasanmi, bu necha marta salomlar, bo'ldi. Yo birodarlar, assalomu alaykum va rahmatulloh. Dinishligingiz jannatga olib boradigan bo'lsa, aytavermaysizmi? Tahorat shart emas. Niyat shart emas, qiblaga qarab turishing shart emas. Shuning uchun ma'ruf ishni birodarlar kichkina sanab bo'lmaydi.
Bu kalima. Assalom. Aytishga oson bo'lgan sodda kalima, ammo uni ortida toat bor, muhabbat bor, iymon bor, jannat bor. Qarang, musulmonlarni bir biriga nisbatan qalbada muhabbat paydo bo'lishi uchun, musulmonlar sababni qilish kerak. Ana shu sabablardan bittasi, assalomu alaykum. Alloh taolo muhabbatni qalblarimizga joylaydi.
Musulmon kishining salomlashishi, assalomu alaikum va rahmatullohi va barakatuh bo'ladi. Quyida o'qiydiganimiz Abu Dovud va Termiziydan keltirilgan Imron ibn Husayn roziyallohu anhudan. Qarang, shuni o'zi yetadi. Shu men hozir gapirgan o'n minutlik ma'ruza yetadi o'zi.
Bu bolalarimizni o'rgatishimiz kerak bo'lgan narsa. Qaranglar, o'zi o'zimiz amal qilishimiz kerak bunga. Ja rojulun ila Nabiy sollallohu alayhi vasallam va faqol assalomu alaykum. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o'tirganlarida bir kishi kelib, assalomu alaykum dedi. Faroddan alayhi, sunma jalasani. Rasululloh uni salomiga, alik oldilar. Haligi kishi o'tirdi. Shunda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ashora dedi. O'n dedi. O'nta bo'ldi dedi.
As sahbatul karom la miyafhamu ma'da, ya'ni nabiy biya hadixi lkaliman. O'nta bo'ldi dedi payg'ambarimiz. Sahobalar bu kalima o'nta degan kalimadan rasululloh nimani qasd qilganligini tushunishmadi. Simma ja oxir, faqihali assalomu alaykum va rahmatulloh. So'ng yana bitta odam keldi da, assalomu alaykom va rahmatulloh dedi.
Rasululloh ishrunda dedi. Yigirmata bo'ldi dedi. Sahobalar yana tushunishmada. Faja ahor. Va qolih, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Farodda alayhi va jalas, va qolih talaffumi. Rasululloh alik oldi. Haligi odam o'tirdi. Rasululloh o'ttizta bo'ldi dedilar. Assalomu alayhum deganda o'nta savob bo'ladi salom bergan kishiga. Assalomu alaikum va rahmatulloh deganga yigirmata bo'ladi. Assalomu alakum va rahmatulloh i va barakatuhga. O'ttizta bo'ladi.
Sahihangda keltirilgan hadis, oyisha onamiz roziyallohu anhodan. Qol alayhi rasulullohi sollallohu alayhi vasallam, ha da jebril, yuqriy va alayhi salam. Payg'ambarimiz sollallohu aliyhi vasallam, oyisha onamzga, mana bu jebril dedi, ya'ni jebril sizga salom aytyapti dedi. Oyshonamiz javob berdilar. Va alayhissalam va rahmatulloh va barakatuh. Mana biz aytayotgan salomni Oyshonamiz Jabriliy alayhissalomni salomiga alik qilib qaytarmoqda.
Musulmonlarni jamiyati, birodarlar boshqa jamiyatlardan farqlanib turadi. Odobi bilan, axloqi bilan, Allohning hukmini amalga oshirayotganligi bilan. Alloh Taolo ana shu toatni o'zi buyurgan toat, o'zi buyurgan taotni musulmonlar bajarayotgan paytda, ularni oralariga muhabbatni joylab qo'yadi. Biz assalomu alaykum deymiz.
Esli bo'lib ko'rinish uchun emas. Undan bir narsa undirishlik, ta'ma ma'nosida emas. Assalomu alayku va rahmatullohi va barakatuh desam, Alloh mendan rozi bo'ladi deb turib, to'g'ri niyat bilan, toat bilan aytamiz. Shuning uchun muhabbatni joylaydi. Chunki assalomu alaykum va rahmatulloh degan so'zni g'ayridin aytishi ham mumkin. Lekin u bizdaqa toat deb qilmaydi buni. Allohni roziligini deb aytmaydi buni. O'shaning uchun unga nisbatan qalbingizda muhabbat paydo bo'lmaydi. Tushunarlimi? Assalomu alaykom va rahmatullohi va barakatuh deyotganda, shu salom berayotgan odamga nisbatan qalbingizda muhabbat paydo bo'lyaptimi?
Demak, ixlos bilan aytilanyapti. Toat bilan aytilinyapti. Ibodat deb aytilanyaptimi? Salom berishlik, sunnat, alik olishlik, vojib. Biroh assalomu alaykum va rahmatulloh demasa gunohga ololmaydi, chunki sunnat amal bu. Ammo sizga salom berganda biroq, alik olmasangiz, gunohkor bo'lasiz.
Salom berishlik sunnat, alik olishlik vojib. Ulovda ketayotgan odam piyoda ketayotgan odamsga salom beradi. Piyoda ketayayotgan odam o'tirgan odamga salom beradi, ozchilik ko'pchilikka salom beradi. Yosh kichkina kattaga salom beradi. Yu sallimul roki bu alal ma'shi. Val ma'shi alal qoid. Val qolilu alal kafir. Ikki shayx rivot qilgan Abu Hir ro'iradan. Ro'kib, ya'ni ulovda ketayotgan odam, piyada ketayotgan o'tirishiga salom beradi. Ozchilik ko'pchilikka salom beradi. Qoida shunaqa. Yana Imom Buxoriyning rivoyatida yu sallimul sog'iru alal kabir. Kichkina kattaga salom beradi. Kichkina, kattaga salom bermaydi. Mana endi mana shu salomlashlikdagi lafzlarga e'tibor beraylik. Salomlashlikda birodarlar turlari ko'p, aytilinadigan so'zlari ko'p. Bay bay. Privet. Ishlaring qalay?
Yaxshi yotdingmi? Bularda bari islomiy taxiya emas. Assalomu alaykum va rahmatulloh. Yaxshi yotib turdingizmi? Zo'r. Agar shu uslubda bo'lsa, ovo nima bo'lsin? Assalomu alaykum. Chunki yaxshi yotib turdingizmi? Bay bay. Kak dela? Bular birodarlar assalomu alaykom va rahmatullohi va barakotuhda ma'nosini beradimi? Prosta qiziqyapti sen bilan u. Ishlaringiz qanaqaligi bilan qiziqyaptimi? Lekin sizga tinchlik, omonlik, barokat, xotirjamlik tilamayapti. Assalomu alayhum. Sizlarga salomatlik bo'lsin. Va rahmatullohi va barakatu. Rahmati va barakasi bo'lsin. Salomatlik bo'lsin, rahmat bo'lsin, baraka bo'lsin. Alloh tomonidan. Bundan chiroyliroq salomlashlik tahiyya bormi?
Uying, oilang, farzanding yurish turishingda seni musulmonligingni ko'rishligi kerak. Salomlashligingda ham. Chunki payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar lay saminna man tashabbaha bi g'oyayni. Bu hadis birodarlar, imom termiziydan. Bizdan boshqalarga o'xshab olgan odam bizdan emas. Qarang, o'zini bizdan boshqlarga o'xshatgan kishi bizdan emas.
Bu chi, nafaqat salomlashlikda, kiyinishimizda, muomalamizda, yurishimizda, mashina minishimizda, ot minishimizda, gapirishimizda. Kimlarga o'xshamoqchimiz? Kimlarga o' xshamoqchimiz. Bu og'ir hadislar. O'zini musulmon bo'lmaganlarga o'xsha tekkan odam bizdan emas deyapti payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam.
Mana haligi yozuvli futbolkalar kiyib olamiz a, har xil yozuvlari bor. Nima deb yozilganini tushunasizmi, o'shanga nima yozilganini? Ehtimol men havorayman deb yozib qo'ygandir. Shu anaqa bij biji bo'lsa, ingliz tilida lotin harfida harflar bo'lsa, bo'ldi. Keyingi hadis, Imom Termiziydan. Bu hadis ham. La esa minna man tashabbaha bi g'oyningna. La tashabbaho bil yahud va la bil nasoro. Fa inna taslimal yahudiyil ishora bil asabiy va taslimul nasoro ishoratu bil akufiy.
O'zini bizdan boshqalarga o'xshatgan kishi bizdan emas. O'zinglarda yahudiylarga ham o'xshatmanglar, nasroniylarga ham o'shatmanglar. Albatta, yahudiylarning salomi barmoq bilan ishoradir. Nasorolarning salomi esa kafti bilan ishoradur. Bular qo'lini ko'tarib qo'yadi, qo'li bilan barmoq bilan idora qiladi, hech narsa demaydi. Ammo musulmonlar assalomu alaykum va rahmatulloh deydi.
Bu qaytaribdan nimani tushunamiz? Biz musulmon bo'lmagan g'ayri dinlarga o'xshashga biz harakat qilmasligimiz kerak. Bu narsadan payg'ambarimiz man qilganmiz. Mumkin emas ularga o'xsha. Uzoqda bo'lsa bunday qilib qo'ysangiz tushunarli. Chunki eshitmaydi. Bunday qilib qoldingiz. Chunki derazani orqasida turibdi. Ammo eshitadimi? Gapirishni iloji bormi? Assalomu alaykum deb qo'yaveraylik. Biz til bilan aytishligimiz shart. Til bilan aytilishligimiz shart! Endi g'ayridinlarga o'xshashlik masalasi.
Ba'zi bir holatda umuman musulmon kishini na diniga, na xulqiga, na odobiga to'g'ri kelmaydigan kiyimlarni kiyib olganligini ko'ramiz. Lekin aytaverib zerikdik. Aytaverib zerikkdik. Lekin sekin sekin tuzalib kelyapmiz. Namoz o'qiyotgandagi kiyimlarimizni torligi, kiyimlarimizni kaltaligi, man ahabba qavman hushero ma'hum. Bu hadisga e'tibor qilamiz. Imomut aburoniyda. Kim bir qavmni yaxshi ko'rsa, kim bir qavmmi, bir millatni yaxshi ko'sa, ular bilan birga jamlanadi. Qiyomatda shularni qatorida tiriladi. Man tashaba habiqomin fahvo minhum. Kim o'zini bir qavmga o'xshasa, bas u ulardan. Shu g'ayri dinlar yoqyaptimi? Qiliqlari, kiyimlari, yurish turishlari. Siz o'shalardansiz.
Kullu nafsin to'xsharu ala hava. Fa man haval kufro, fahvah va ma'l kafaro. Vala ya'm favhu amaluhu shay'a. Imomut abaroniyda. Bu ham og'ir hadis. Har bir jon yaxshi ko'rgan narsasi ustida tiriladi, ya'ni jamlanadi. Bas, kim? Kufrni yaxshi ko'rsa, bas u kofirlar bilan birga bo'ladi, unga uning qilgan amali asqotmaydi. Qilgan amali, asqotmaydi, chunki kofirlarni yaxshi ko'rar edi. Masalan mana to'ylarimizdagi urf odatlar, qayerdan keldi? Qayerdan keldi?
Kim kofirlarni ham yaxshi ko'rsa, qiyomatda ular qatorida tiriladi, amallar unga foyda bermaydi. Ularni turmush tarziga, urf odatiga, yurish turishlariga ergashish, taqlid qilish mumkin emas. Duoni qarang. Allohumma la tajalli xayron ala yadin kafiydin av munafiqin. Duoni qarang. Parvardigor, men uchun biron bir xayriyatni kofirning yoki munofiqning qo'lida qilmagin. Ya'ni menga keladigan yaxshilik kofir yoki munofiqni qo'lidan kelmasin.
Nima degani bu? Agar sizga keladigan yaxshiilik kofir yokiy munofiqni ko'lidan kelsa, ularga bo'lgan muhabbat qalbingizda kuchayib ketadi. Tushunarlimi? Shularga o'xshagingiz kelib qoladi, chunki tirikchiligingiz o'sha orqali bo'lyapti. Vecherinkalarga borish kerak, ko'targanda ko'tarish kerak, valshchikada valsh tushish kerak. Shularga muhabbatingiz ziyoda bo'lib ketadi. Shuning uchun, ko'p aytamiz bu gapimizni. Yosh va bolalarini, g'ayriy dinlarni yurtiga yuborayotgan kishilar, yaxshilab bilib qo'ysinki, farzand uzoq muddat o'sha yerda yashab, qaytib kelgandan keyin, o'zini muhitiga ko'nika olmaydi.
O'zini yurtida yashashlikni xohlamaydi. Qavmini, ummatini, merosini, madaniyatini, dinini xohlamay qo'yadi. Chunki qalbiga ana shu g'ayridinlarni muhabbati kirib qolgan bo'ladi. O'zini yurtiga kelib aytadi, bu yerda deydi, qoloq hamma deydi. Nima bor bu yerda? Nima qilaman bu yerda? Deydi. Tanish a? Eshitgansizlar a? Nima qiloman? Deydi. Hech narsa yo'q bo'lsa deydi.
U yurtlardagi dunyo ishlaridagi ayrim peshqadamliklarni ko'radi da, ular bilan muhabbati qalbiga joylangan bo'ladi da, o'zini dinidan, oxiratdan bexabar bo'lgandan keyin, o'sha tomonda yashashlikni xohlayveradi. Nima qilaman deydi. Man aqomi ma'l mushriki nafaqot baryad minhu zinma. Bu hadis Imomu Tabaroni edi.
Hadisni qarang. Kim? Mushriklar bilan birga tursa, ya'ni yashasa, shularni orasida. Bas, zimma undan pok bo'ladi. Undan musulmonlarni zimmasi ko'tariladi. Allohni payg'ambarni zimmas ko'tariladi! Ha, ta'lim uchun borsa mayli, lekin shu yerga borib yashashlikni afzalda bo'ladigan bo'lsa, musulmonlarno orasida yashashdan ko'ra. Musulmonlarnni, allohni payg'mamni zimmasidan chiqib ketgan bo'ladi bu odam.
Chunki u mushriklarni orasida yashayotgan odam sekin sekin ko'nikib qoladi. Ozgina vaqt o'tib, qalbida ularga iliqlik paydo bo'ladi. Yana ozgina va qaqt o'tib o'lchovlari o'zini o'lchoviga aylanib qoladi. Asta sekin ularni qalbi, ularga nisbatan qalbida muhabbat paydo bo'lardi. Qarang da. Nasroniylarni yurtlariga borib, oilasi bilan yashab, nasroniy bo'lib ketganlarni xabarini eshitamiz. O'zi musulmonlarni yurtida, musulmonlarniki orasida yashab turib, uch to'rt so'mmi deb, uch to'rttadan chaqirib turib, murtad bo'lib ketayotganlarni ham xabarini eshitasizlar. Endi tolaligicha borib oilasi bilan yashayotgan bo'lsa chi u yerlarda.
Shuning uchun o'zini dinini, iymonini, millatini, qadriyatlarini tanib ulgurmagan yosh bolalarini g'ayridinlarni yurtiga ta'lim uchun yuborayotgan ota enalar yuz marta o'ylab ish qilishsin. Yuz marta oylab ish qhilishsin. Aks holda, shu farzandidan ajralib qolishlik ehtimoli bor. O'shalarda besh yil, o'n yil o'qib, qolib ketib, ota enasidan xabar olmayotganlar ham bor. Xabaringlar bor bunda.
Qalbida rahmat bor insongina yosh bolalarga shafqatli bo'ladi. Laysamin na man la myarham sog'ayrona. Kichkinalarimizga rahm shafqat ko'rsatmagan odam bizdan emas dedi Payg'ambarimiz. Kichkinalargiga shafqatli bo'lmagan odam bizdan emas deyapti Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam. Payg'ambar ofis sollallohu alalayhi vasallamning huzuriga a'robiylar kelishdi.
Sizlar yosh bolalaringizni o'pasizlarmi dedi, bag'rilarga bosib. Payg'ambarimiz ha dedi. Ular aytishdi, lekin biz vallohi hech qachon o'paymiz bolalarimizni. Payg'ambarimiz aytdilar, Alloh sizlarni harbiylardan rahmatni olib qo'ygan bo'lsa, men nima qilib bera olayman sizlarga? Kichkinalarga shafqatli bo'lmagan odam bizdan emas. Bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning so'zlari.
Mana endi o'sha g'ayridinlarga taqlid qilishlikda, tug'ilgan kun qilishlik. Shanba sanchiyda. Nechta sanchi edi? Nechta sanchi? F f deydi. Bo'sh. Shunaqa ekanlari yo'qmi? Bor. Bu o'shalarga ergashishmasmi? Ha, yosh bolalarga bayram qilib bermoqchiman desang, ha, u bayram qilib ber. Sham sayma.
Yilni ikkita eyd bayramimiz bor. Shunda qilib ber. Yo'q, ayni tug'ilgan kun qiladi. Nimaga desa, bolalar bog'chasi shunaqa qilyapti ekan, men qilmasam o'g'lim yoki qizim o'ksiydi qalbi. Bormi shu narsa? Qaranglarda, o'lib ketmaydimi deyishi mumkin. O'lib ketmaydi deyishi mumkin, yo'q akalar, bu noto'g'ri. Qaranglarda, Lut alayhissalomning ayoli Sodom qavmiga balo kelganda, u ham halok bo'ldi a? Halok bo'ldim. Lut alayhissalomni qilayotgan boyagi habis iflos ishini Lut alayhissalomning ayoli qilganmidi? Yo'q, qilmagan edi. Nimaga u ham o'ldi desa, ana shu ishni yomon deb ko'rmagan edi. Havmini himoya qilgan edi. Havmi qilayotgan ishni, habisligini habis demadi, rozi bo'laverdi, shuning uchun balo kelib tegaverdi. Nima demoqchiman bu gapim bilan?
Agar atrofimizda bo'layotgan habis, munkir gunoh ishni ko'rib turib, bu noto'g'ri, bu yaxshi emas deb turib qablimizda norozilik bo'lmasa, balki o'lib ketmaydimi desak, beparvo bo'layotgan bo'lsak, shu ishda biz ham sherikmiz. Kim mansiyatga rozi bo'lsa, bas, u mana shu mansiyatning gunohiga ham sherik bo'ladi. Darsimizning nihoyasi.
Fadamdama alayhi murabbuhun bedan behin fasavvaha vala yaxof uqubaha. Solih alayhissalom o'zining qavmi Samutga, mo'jiza qilib, Allohni izni bilan toshni ichidan tuyani chiqarib berdi va tegmanglar, yomonliklar bilan qo'linglarni tegizsanglar, baro keladi dedi. Lekin qavm osiylik qildi Payg'ambariga.
O'zini qavmidan bo'lgan bir toifa kishilar borishdi, tuyani o'ldirishdi. Tuyani so'ygan odam bitta odam edi. Lekin Samut qavmi yoppasiga halok bo'ldi. Nima uchun? Chunki hammalari rozi edi shu ishga. Biz ham atrofimizda bo'layotgan mulkarni ko'rib turib, eng kamida qalbimizda nafrat bo'lmasa shu ishga, noto'g'ri bo'lyapti degan narsa bo'lmasdan, beparvo o'tib ketayotgan bo'lsak, demak rozimiz bunga. Demak, shu ishni gunohi bizga ham tegadi.
Mahallamizda aroq sotilinadi. Eng kamida yomon ko'rib qo'ya olmaymizmi? Qo'lingizdan kelsa baribir nasihat qiling. Bo'lmasa borib qaytaring sotma dedi. Shuning uchun marhamat xato aytar edi. Agar bir shaharning aholisi, hammasi bir bo'lib kelishib, bitta odamni qatl qilib qo'yishsa, mana shu shahar aholisini hammasini qatl qilaman deydi. Chunki hammasi mana shu ishga nima edi? Rozi bo'lgan edi.
Abu Dovuddan keltirilgan hadis. Ida umilat al xotiya, fil art, ka'na man shahidaha fa karihaha. Va qola maraton fa ankaraha, ka'na ka man g'obaha. Agar bir yerda, ya'ni bir qishloqda, bir shaharda, bir xato, gunoh sodir qilinsa, shu yerda turib, unga rozi bo'lmagan kishi, bir rivoyatda inkor qilgan kishi, bu gunohdan uzoq turganday bo'ladi. Siz turgan shaharda gunoh bo'ldi, siz norozisiz, siz bu gunohdan uzoqsiz. Sher emassiz. Kim ana shu gunohdan uzo' bo'lsa yu, ammo unga rozi bo'lgan bo'lsa, shu gunohni ustida bo'lgan kabi bo'ladi.
G'ayridinlarni dunyosi nima bo'layotganligidan xabarimiz bor. Bachavozlik, faxsh, zino, o'g'irlik, qotillik, uzoq yurtda bo'lyapti. Shuni noto'g'ri deb yomon ko'rsak, bizga bu bu ishlarni gunohi yetmaydi. Ammo unga beparvo bo'lib, to'g'ri bo'lyapti desak, o'sha yurtda bo'layotgan gunohga biz rozi bo'lganiga misol biz gunohga olamiz.
Agar ularni eshitib turib, unga nisbatan qalbingda norozilik paydo bo'lmasa, aksincha rozilik bo'lsa, demak sen ham o'sha gunohga sheriksan. Garchi uying ulardan minglagan kilometr uzoqda bo'lsa ham. Alloh subhanahu va taolo o'zi rozi bo'ladigan yo'lga barchamizni muvaffaq qilgan bo'lsin. Aqulu qovli ha da, va astag'firulloh alayhi va alakum, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.