Maviza
—Qoralama29 daq

Islomda farzand tarbiyasi

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
28:35
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohiym. Bismillahir rohmani rohiym. Alhamdulillahi robbil a'lamin. Vala aqi batulil muttaqin. Vassolatu vassalomu ala sayyidina Muhammad as sodiqul va'dil amin. Va ala alihi va ashabihi ajma'in. Amma ba'd. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Islomda farzand tarbiyasi, ijtimoiy odoblar, so'zlash odobi. Bugun qirq oltinchi dars. So'zlash, nutq. Alloh taoloni inson bolasiga bergan ulug' ne'matlaridan bittasi. Faraz qilinglar, shu so'zlash degan ne'mat bo'lmasa, ahvolimiz nima bo'lardi? Uni odobi haqida gapirishdan avval, bu ne'matni qadri haqida ozgina fikr qilaylik. Bugun sho'roq qilib qo'yinglar, qo'yoq qo'yishda qo'g'urib, qanday oson ketdi a? Endi shuni so'zsiz tushuntiring chi.

Hm. Nasadan. Achchiqqina qilib maslahat qilib qo'yinglar bugun deb chiqib ketdingiz. So'z bilan ikki sekundda aytib qo'ydingiz, ichingizdagi maqsadni, qalbingizdagi niyatni aytdingiz. Shu odam yana dilim og'ritdi da deb qo'yding siz. Lekin mana bu odam meni no'xatda bir mushkulamni aso qildi deb, uch sekund aytgan gapingizni, mana bu mimika bilan, ishora bilan tushuntirishni tasavvur qilib ko'ring da, zapchast pul ishlari ayniqsa.

Nima deb sotardinglar zapchastinglarda? Nemisni qanaqa tushuntirardingiz? Original degan so'zni qanaqa qilib tushuntirardiz? Falast qilib ko'ring birodar. Bu nutq. So'zlash shunday ne'matki, doim bizni ustimizda turganligi uchun biz uni ne'matligini ham o'ylamay qo'yganmiz. Birodarlar, so'zlash, nutq qilish, gapirish Alloh Taoloni inson bolasiga bergan ulug' ne'matlar edi. Men qanaqa tushuntirardim sizlarga shuncha narsani?

Havas qilinglar da, men nima, qanday tushuntirar edim? Demak, ne'mat ekan. So'z bilan odamlar bir birlariga o'zlarining xohishlari, istaklarini, tilaklarini bildirishadi. So'z bilan kishi o'zi haqidagi narsalar haqidagi haqiqatni bayon qiladi. So'z bo'yicha kishi o'zini roziligini, noroziligini izhor qiladi. So's bilan kishining aqli, iymoni ko'riladi. So'z bilan ummatlar yuksaladi yoki fitnaga duchor bo'ladi. So'z bilan insonlar maqtaladi yoki yomonlanadi. So'z birodarlar qalbining tarjimoni. So'z insonning ichki dunyosining ko'zgusi. Gapirayotgan gapiga qarab turib, bu odamning ichi qanday ekanligini bilsak bo'ladi. So'z insonning ichki dunyosining ko'zgusi, so'z inson ruhiyatini, iqtidori, iste'dodi, talantini ko'rsatadi. So'z insonning fikrlashi, bilimining hosilasi. So'z bilan inson robbisiga yo itoat qiladi, yoki osiy bo'ladi. So'z bilgan inson boshqa odamlarning orasini, boshqa insonlarning orasida yo isloh qiladi, yoki buzadi.

So'zbilan inson najotga yetadi, yoki abadiy halokatga uchraydi. So'z birodar, mana shunday bir ulkan ne'mat. Albatta, shariat islomiya insonning hayotidagi eng muhim bo'lgan ishlardan bittasi, muhim ne'matlardan bo'lgan bittasi, so'z haqida ham albatta ta'limotlarni bergan. Alloh Taolo Qur'onda oyatlarda, Payg'ambarimiz o'zining hadisi shariflarida musulmon odamni so'zi qanday bo'lishligi kerak? Yo'llanmalarni ko'rsatgan. Ko'rsatmalarni bergan.

Gapirayotgan so'zlarimizga e'tibor berishimiz kerak bo'ladi. Nima haqida gapiramiz? Odamlar bilan birga bo'lganimizda. Yig'inlarda, suhbatlarda, ulfatlar bilan, jo'ralar bilan, birodarlar bilan o'tirganda nimalarni gapiramiz? Masalan, bir odam boy badavlat savdogar bo'lsa, u bilan birga o'tirgan kishilar shu tirikchiligini nari beri o'tkazib yurgan odamlar deb faraz qilsak, ularni oldida o'zini oboroti, qilayotgan foydasi, sotib olgan imorati haqida gapirishiga albatta aqldan bo'lmaydi. Kim bilan o'tirganligini bilish kerak inson, nima deyotganiga e'tibor berish kerak inson. Yoki oliy ma'lumotlisiz, bir qancha diplomlaringiz bor, saxofatingiz baland. Endi maktabda nari beri bitirgan odamlar bilan bo'lganda, nima deyayotganligimizga ham bir qarashimiz kerak bo'ladi. Majlislarda albatta gaplashamiz.

Agar ana shu majlislardagi gapiradigan gapimiz faqat dunyo haqida bo'ladigan bo'lsa, bu majlis, bu so'zlar odamlarni o'rtasini bo'ladi. Ammo agar u yig'indagi so'zlar Alloh haqida, Payg'ambar haqida, oxirat haqida bo'layotgan bo'lsa, qalblarini bu suhbat jamlaydi. Boy kambag'alni farqi bo'lmaydi bu yerda. Oliy ma'lumotli yoki ilmsiz odamni farqi bo'lib qolmaydi. Qalblar jamlanadi.

Endi kimdir o'zidagi bor narsani gapirib, maqtanishlikni xohlaydi. Puli ko'pligini yoki ilmi balandligini, quvvati kattaligini ko'z ko'z qilishlikni maqtanishlikda xohlaydi. Endi bu maqtanish, o'zini katta olishlik, bu oliy deb bilishlik o'zini. Bunaqa o'zini katto oladigan bandalarni Alloh azza va jalloh yaxshi ko'rmaydi. Astaydu billah, til katta rul ahiro. Naja alu halil la dinala yuriydu na urug'in fil arde vala fasada vala aqibatu lin muttaqin. Alloh taolo aytadi biz o'sha oxirat diyorini yer yuzida zulmu zo'ravonlik va buzg'unchilik qilishni istamaydigan, oliylikni istamaydigan insonlarga qilurmiz. Oqibat taqvo qilguvchi kishilarligidir. Demak, dunyo haqidagi so'zlar odamlarni o'rtasini bo'ladi, Alloh haqidagi so'z insonlarni qalblarini birlashtiradi.

Shuning uchun birodar gapirayotgan gapimiz Allohni so'zi bo'lsin, Payg'ambarning so'zi bo'lsin, sahobalar haqida bo'lsin so'z. Chunki bu narsa siz bilan bizni birlashtiradi. Musulmon odam so'zlar ekan, uni so'zi odamlarni qalbinini jamlaydi. Uni gapirayotgan gapiga hamma diqqat e'tibor qiladi. Endi kimdir kirib olib modadan gapirsa, kimdir kirib olif siyosatdan gapirsa, haqiqatan odamlarni yuragi siqiladi. Demak, Allohni so'zini gapirishligimiz kerak bo'ladi.

So'zlash odobi. Bir qancha odoblari bor. Alloh qodir qilganicha o'qiymiz. Birinchidan, gapirayotgan kishini so'zini bo'lmaslikka o'rgatishimiz kerak farzandlarimizni. Uning uchun o'zimiz, birov gapirayotganda oxirigacha gapini eshitib, ko'rsatib berishimiz kerak. Agar biz o'zimiz birovni gapini bo'layotganligimizni bolalar ko'rsa, buni ham o'rganadi. Mana, jo'ralarni, somorda o'tiramiz, yoki bir qandaydir yig'inda o'tiramiz. Bittamiz gapimizni tugatmay turib, ikkinchimiz gap qistiramiz, to'g'rimi?

Vallohu a'lam, masjidlarimizda to'qson to'qqiz foizda mana shu kamchilik bor. Nima nima deydilar? To'xtab tur sen deysiz, gapingizni bo'laveradi. Siz indamay xulosa olib turing. Gapini tugatgandan keyin, gapirmoqchi bo'lsangiz, gapingiz bo'lsa, oshna, siz gapirayotganda men gapingizni bo'madimi? Deng da. Shart to'xtaydi. Chunki siz ibratni ko'rsatdingiz so'z bo'lmasdan. Endi siz birovni gapini bilasiz, o'shaning uchun siznikini ham nima qilaveradi?

Demak, birinchi odob, gapirayotgan kishini gapini bilmaslik kerak. Ikkinchisi, odamlar tushunadigan tilda gapirishlik. Ya'ni, soddaroq qilib gapirish, xalq tilida gapirishlik. Chunki hamma har xilda aqli imkoniyati, fikrlashi, so'z boyligi har xil. Shuning uchun odamlar tushuna oladigan tilda gapirishlik kerak.

Kunlarni birida Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning oldiga Abbosiddin Abdulmut tolip keldi. Rasulullohning amakisi. Imomu Hokimni Mustoyid rohiydan keltiradi bu hadis. Falamma roh u an nabiyu sallallohu aleyhi vasallamni tabassumi. Rasululloh amakisini ko'rib tabassum qildi. Faqol alixobbos man ladiy adahak ekan. Ey Rasululloh, nimaga kuldingiz? Sizni nima kuldirdi? Dedi. Rasululloh aytdilar, qola, ajabaniman ro'yitu min jamalika ya amme. Ey amaki, sizni go'zalligingizdan ko'rgan narsam, sizni chiroyingizdan ko'rtgan narsam meni kuldirdi dedi. Abbos aytdi, vama al jamal, ey Rasululloh. Nima ekan u chiroyli? Rasululloh aytdilar, allisan, til deydi. Ya'ni Abbos unda Abdulmutto ali nohatda chiroyli so'zlar edi. Fasohatli so'zlar ekan. Boshqa hadisda aytadilar Payg'ambarimiz, Jobiriddin Abdulloh roziyallohu anhudan, jamal u rojuliy, fasohatul lisanihi. Kishining. Go'zalligi, chiroyi uning nutqida, uni tilida, uni so'zlashida.

So'zlarimizga e'tibor berishligimiz kerak. Nimani gapiryapmiz? Endi arab tili o'rganayotganlarga bu xushroq bor. Umarun xattoob roziyallohu anhoyim aytadiki, arab tilini o'rganinglar, arabiyani o'rganingilar, albatta shu narsa ham islomdan, dindan dedilar. Shuning uchun ilm o'qiyotgan odamlar, diniy, islomiy bilim o'qiyotkan odamlar albatta arab tiliga berilishligi kerak. Chunki Qur'on arab tilida.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam arab tilida so'zlaganlar. Sahobalar arab tilida so'zilaganlar va juda katta, juda katta emas, hamma katta ummon xotir kitoblarimiz arab tilida. Shuning uchuncha albatta, tarjima kitoblarni ham o'qishimiz kerak, arab tilini bilmaganimiz. Ammo ilm yo'lida o'rganayotgan ukalar, o'sh kechagan bitta qadaminglarni qo'yib qo'yaveringlar.

Ehtimol o'n yilda o'rganasiz. Qirq dan keyin arab tilini boshlab, yaxshi arabiy mutolaasi chiqqan akalarimiz bor. Qirq dan keyingi boshlagan. Chunki bu ham dindan deb aytilinyapti. Haqiqatdan arab tilida aytilgan ma'noni boshqa har qanday tilga o'giring, shiras ketib qoladi. O'zi umuman bir tildan ikkinchi tilga bir narsani tarjima qilganingizda shiras ketib qoldi.

Asl tilni o'zidagi maza bo'lmaydi. Endi Qur'onni tasavvur qilinglar, birodarlar. Arab tilida tushunishlik. Shuning uchun arab tiliga ham e'tibor berishligimiz kerak. Abu Xirayr roziyallohu anhudan keltirilgan hadis. Qulna yo Rasululloh. Ma ro aynan afsohaminga. Chiroyli gapni ishlatyapmiz a? Yo Rasululloh, sizdan ko'ra fasoxatliroq kishini ko'rmadik. Sizdan ko'ra chiroyliroq gap yoradigan kishini ko'rtmadik. Faqol rasulullohi sollallohu alayhi vasallami innallohu ta'ala lam yaquliqning lahhanan. Ixtiyorali xayron kalam kitabahul al quran.

Alloh taolo meni lahan qilib yaratmadi. So'zlarni buzuvchi degani. Meni so'zlarnini buzib, gapiruvchi qilib yaratmada. Hamda men uchun kalomlarining yaxshisini, o'zining kitobini, Qur'onni tanlab berdi dedi. Demak, chiroyli gapirishlik kerak. So'zlanni buzmasdan gapirishlik keraks. Odamlar tushunadigan qilib.

Uchinchisi. Tinglayotgan odam tushunib, anglab olishligi uchun unga muhlat berish kerak. Bizda qanaqa? Bitta nafas olamiz, shu nafas chiqqucha gapiramiz. Agar shu nafas tugab qolmaganda yana davom etkazar edik. Biz to'xtaymiz qachon?

Nafas tugab olganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qanday gapirganlar? Bizga o'xshab gapirganmi? Osh onamiz roziyallohu anha aytadilar, makana rasulullohi sollallohu alayhi vasallam yasududul hadisa kasardikum hadir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sizlarni gapirishilarga o'xshab gapirmas edi. Sizlarga o'xshash so'z termas edi. Yuhaddiythu hadithan lava adahul a'dula a'sohu. Bu hadis muttaqo alayhi bo'lgan hadis burodilar. Qanday gapiradi Rasululloh? Shunday so'zlar edilarki, sanovchi odam sanasa, sanab ulguradi.

Sanaydigan odam sanasa,sanab ulguradi yoki bir rivoyatda takrorlaydigan odam bo'lsa gapini orqasidan payg'ambarimiz takrorlashlikka ulguradi. Ikki marta qaytarishlikni hojati yo'q. Dona, dona qilib gapiradi Rasululloh. Bir jomiyaning tolib aytgan edi, o'sha katta leksionniy auditoriyada ikki yuz dan ortiq bola o'tirar edik. Ustoz chiqib turib leksiya o'qir edi. Shu leksiyadan chiqqandan keyin uyga borib mana shu mavzuda o'qishlikni hojati bo'lmas edi. Chunki shunday gapirar edi, shunday dona dona qilib tushuntirar edi, yodlaniblar qolardi kallada. Albatta endi bu bu kishini so'zdagi, nutqdagi, mahoratiga dalolat qiladi.

Abu Dovuddan kiritilgan hadis, Oysh onamiz bilan. Ka'na kalamuhu sollallohu alayhi vasallam va foslan, yafhamuhu kulluman samiyahuhu. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning so'zi dona, dona edi. Eshitgan har bir kishi uni tushunar edi. Unda ulguymaymiz da ko'p gap gapirgani. To'g'rimi? Agar unaqa qilib gapirsak, ko'p gapirmaymiz da. O'sha ko'p gapirmaslik kerak. Ko'pligi uchun tez gapiramiz. Agar ozroq gapirsak, sekin gapirsak ham bo'ladi. Bizda kerak emas so'z ko'p.

Mana domlamiz oilaviy muammolari bilan kelishadi. Eshitay desang, asosiy gap o'zi qandaydir bir minutga sig'adigan gap bo'ladi. Man qizini aytsa da, mushkulani. Undan burun besh minut, undan keyin besh minutlik gap bor. Shunaqaga o'rganishligimiz kerak. Bunaqa ko'p gapirishga emas.

Maqsadga o'ting deb yuboradi yu oxirida. Maqsadiga o'ting deb yuvoradi. O'sha keraksiz so'zimiz ko'p bo'lganligi uchun tez gapiramiz ekan. Mana endi to'rtinchi nuqta. Keraksiz. Ko'p gapirish, ma'lumlantiruvchi bo'rttirish va ortiqcha qisqa so'zlashdan ehtiyot bo'lish kerak. Qaytaramiz. Keraksiz ko'p gap borib gapirmaslik, oshiqcha bo'rttirmaslik hamda oshiqcha qisqacha gapirmaslik kerak.

Odatda bizda qaysinisi ko'proq? Mana shu uchta narsadan. Bo'rttirib. Bo'rttirsish. Endi ming marta borib keldim deb qo'yadi. Yuz marta eshikka chiqdim seni kelishingni kutib deydi, yolg'on. Unaqa gaplar to'liq yotibdi. Va so'z Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytganlaridek, kalam ibn adama alayhi la ala hu.

Odam bolasini ovozidan chiqqan har bitta gap, har bitta so'z o'zini ziyoniga hujjat. Foydasiga emas. Faqatgina tilovat bo'lsa, Allohni zikri bo'lsa, ilm majlisi bo'lsa, foydasiga qolgan hamma gapi zarar ekan. Hatto tijoratida gapirgan bu ham zarar ekan. Agar yolg'on aralasha olgan bo'lsa.

O'zi o'ylab qarasangiz, jim yurgan odam yutadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qanday gapirganlar? Mana hozir men sizlarga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ta'riflab, Ummu Mu'bitni aytgan so'zini o'qib beraman. U zot qanday gapirganlar. Umuman shakli shamoyili haqida eng zo'r ta'rif.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam hijrat qilar ekanlar, Xuzo yerlariga yurdi. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu hamrohligida. Ular mana shu yo'lda ketib borar ekan, Ummu Mu'vidni chodirga to'xtashdi. Bu sahroyi arablardan, ko'chmachi arablar, chodirni biriga tikadi, qo'ylarni boqadi, o't tugasa, chodirni boshqaga ko'chirib ketadi, xullas, ko'chmacha ishchilar.

Rasululloh bu ayolni chodirga kirdi, Abu Bakr Siddiq bilan. U yerda ana shu sug' bermay qo'ygan qo'ylarnini yelini ushlab, qo'yni sog'ib, hamma idishlar sutga to'ldi, ichib ketishdi. Endi bu qurg'oqchilik bo'lgan, qo'ylar sut bermay qolgan, qiyin ahvolda yashayotgan kishilar edi. Eri kelsa, chodirda, idishlarda sut turibdi, qo'yni suti. Qayoqdan keldi bu sut? Ummu Mubid javob berdi. Bizni uyimizga bir muborak kishi keldi. Sifatlab ber menga uni deganida, Ummu Mubid Rasulullohni shunday sifatlab berdi.

G'oyat ko'rkam, yuzlaridan nur yog'ilib turuvchi, go'zal xulqli, boshi va qornini na kattalik va na kichiklik bilan ayblab bo'ladi. Husndor va go'zal. Ko'z qorachig'i tin qora, kipriklari uzun, ovozlarida biroz mayinlik bor, bo'yni salgina uzun. Ko'zining oqi tiniq, qoshlari kamon, sochlari qop qora, sukut qilganida viqor. So'zlaganida esa, ko'rkamlik bal qilib turadi. Uzoqdan qaraganda g'oyat kelishgan va ko'rkam. Yaqindan ko'rganda g'oyat go'zal va yoqimli. So'zlari shirin va dona dona. Sergap ham, kamgap ham emas. So'zlar xuddi ipga terilgan mo'yinchoqdek. O'rta bo'ylik, ko'rgan kishi na pakana va na darroz deb ayblay oladi. Ikki novda o'rtasida turgan eng chiroyli va ko'rkam bo'lib turgan uchinchi novda. Yonida hamrohlari ham bor. Ular uning so'zlariga jim turib quloq solishadi va buyruqlarini bajarishga oshiq ishadi. Ular uning amriga muntazir bo'lib, yonidan nari ketishmaydi.

U qovoq uyg'uchi ham, birovni kamsituvchi ham emas. Mana Rasulullohga berilgan ta'rif va bu ta'riflarning eng afzali. Rasululloh bilan umrini oxirigacha birga yashagan sahobalar ham Rasulullohni mana shu Ummu Mubid ta'riflaganchalik ta'riflay olmashtirmagan. Bir marta ko'rganiga qaramasdan bu ayolni. E'tibor bering. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam so'zlari shirin va dona dona. Sergap ham emas, kamgap ham emas. So'zlari ipga terilgan munchoqdek.

Uzoqning so'zlashi ipga terilgan munchoqdek. Dona, dona. Ko'p ham emas, oz ham emas. Ortiqcha takalluf ham yo'q, ma'lumni orttiradigan darajada qisqa ham emas. Beshinchisi. Ha, demak, chiroyli gapirish kerak ekan, degan xulosani oladi da, oshiqcha tilini burab, fasoxatli gapirishlikka kirishib ketishi ham to'g'ri emas. Aytdik ku, odamlar tushunadigan tilda gapirish kerak deb. Ba'zida haligi bir tilshunos odam o'zini oddiy oshnalari bilan yoki oddiy yig'inlarida ham juda ham haligi badiiy qilib gapirishga harakat qiladi, xijolat olib ketasan hali odam gapini eshitib turib.

Badiiy gapiradigan joy bor, xalqni o'zini tilda gapiradigan joyi bor. Birini ikkinchisiga aralashtirmaslik kerak. Beshinchi nuqta. Chiroyli gapiraman deb ortiqcha fasoxatga berilib ketmaslik. Abu Dovuddan keltirilgan hadis, Termiziydan ham. Ibn Abbos roziyallohu anhudan.

Innallohu azza va jalla yavg'odu l bali'g'od, minal rejal. Alloh taolo kishilarni orasidagi bali yig'ini yomon ko'radi. Bali yig'i kim? Alladiy ya tahallalu binisanihi, kamat ta tahallalu li baqoratu binisanihi. Xuddi sigir tilini buragandek, tilini burab gapiradigan kishilar.

Shu hayvonlarda bitta sigir ekanmish, tili bilan ushlab tortar ekan cho'pni. Qolgan hayvonlar tishlab torsa, shu tilini chiqaradi yu bunday qilib. Ko'rgansizlar a hammanglar ham? Tilini buragan odamni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytyaptilar, Alloh yomon ko'radi. Chiroyli chiqsin, zo'r chiqsin, qoyil, qodiriydigan maqsadda tilini burab gapirayotgan odamni.

Sahihangda keltirilgan hadis, Anas roziyallohu anhudu. Qaranglar, birodarlar, Rasululloh aytganlar, tarak tukum ala mahajjating baydo, layluha kana harihat. Men sizlarni o'zimdan keyin shunday bir yo'lga qo'yib ketyapman. Bu yo'lning tuni kunidek. Ya'ni qorong'ulik yo'q. Keng, yorug', tekkis yo'l.

Hatto so'zlash qanaqa bo'lishini Payg'ambarimiz ta'limotini berib ketgan bizga. Evoh, odamlar bundan bexabar yoki bexabar bo'lsa ham beparvo, xohlaganini qilishadi. Zo'r bo'lardi shunaqa savol bersa yigitlar. Hotam bilan bitta yo tortishib qoldik, achchiq qildik. Shart to'xtab turib, zo'r bo'ladi shunaqa qilsak. Hozir Rasululloh meni o'rnimda bo'lganda nima qilardi? Bilasiz javobni nima qilishini. Asabingizga tegdi bir oshnangiz ko'p gapirib. Rasululloh men o'rnimda bilganda nima qilar edi hozir? Bilasiz nima qilishimni. Shu savol kelavermaydi da. Shu savol kelolmaydi da.

Kanayda takallama bi kalimatin, aadaha talata. Xatta to'fhamam. Sahihangdan bahodiz. Anas roziyallohu anhu aytadilar, Rasulullohni vafotigacha xizmatida turgan yigit. O'n yoshida kelgan Payg'ambarimizni oldiga. O'n yashar yosh bola Payg'ambar bizni xizmatida turga. Aytadilar, agar U zot biror so'zni aytsa, odamlar tushunib olishliklari uchun uch marta takrorlardilar. Uch marta takyorlardilar. Agar bir qavmning oldiga kelsa, bas ularga salom berar edi. Rasululloh ko'p ham, oz ham emas, aniq qilib gapirar edi. So'zdagi takalluf va sergablikni yomon ko'rar edi. Demak, kalomni odoblari, tushunish qiyin bo'lgan so'zlarni gapirmaslik, tez gapirmaslik, takallufdan uzoq bo'lish, ortiqcha qisqa so'zlashdan ham ehtiyot bo'lishlik kerak. Bu narsalardan Payg'ambarimiz bizni qaytarganlar.

Oltinchi odobi, odamlarni aqliga qarab gapirish kerak. Odamlarni ahliga qarab, ahliga yarasha gapirishlik kerak. Munosib uslubda. Hadathun nasa bima yafhamun at to'g'riyduna in yuka dhibullohu va rasuluh. Imom Buxoriydan keltirgan bu hadis, Ali roziyallohu anhudu. Rasululloh aytyaptilar, odamlarga ular fahmlaydigan, fahmlay oladigan narsalar haqida so'zlanglar. Axir Allohnı va uning rasulini yolg'onchi qilishlarini istaysizlar.

Ro'parasida turgan odamlarni saviyasiga qarab, aql darajasiga qarab. Ilm darajasiga qaram gapirishlik kerak bo'ladi. Ulamolar to'rttasida bo'ladigan so'z boshqacha, avom xalq to'rttasiga bo'ladigan so's boshqacha. Farqiga borishlik kerak bo'lladi. Endi aqlni qabul qilish qilmaslikka kelsak, bir soddagina misol. Bir odamni meva cheva sotadigan do'koni bor, elektron tarozida sotib oldi. Torozi nima qiladi? Og'irlikni o'lchaydi. Bu tarozi, bu meva cheva do'koni uchun kelgan tarozi, kami bir o'n gramm, ko'pi yuz grammlik yukni torta oladi. To'g'rimi? Bu tarozi shunga moslangan. Endi shu tarozi bilan shu do'konni egasi mashinam qancha ekin vazni deb turib, tortib ko'rsa nima bo'ladi tarozi?

Buziladi, sinadi. Endi shu tarozini ishlab chiqargan zavodda ayblash mumkinmi? Tarozing buzilib qoldi deb. Yo'q. Bu tarozini o'lchaydigan vazni chegarasi bor. Yuz grammdan yuz kilogacha. Yoki bir grammdan yuz kiligacha. Xuddi shunga o'xshagan bir aqllar ham, birodarlar taroziga o'xshaydi. Hammani aqli bir xil emas. Bir xilga odamga ishora kifoya. Bir xilga adamga gapirmoqchi bo'lgan gapingizni yarmi kifoya. Yarmidan tushunadi nima bo'lib ishlayotganingizni. Kimdir gapni gapirib bo'lib turib yana sharhlab ham berishingiz kerak bunga.

Demak, gapirayotganimizda, odamlarni aql darajasiga qarab, imkoniyatiga qarab, gapirishimiz kerak bo'ladi. Insonni aqli cheklangan. Payg'ambarimiz aytadilar, ibna hidbondan tafakkurufiy xolqiylar. Alloh taoloning maxluqotlari haqida fikr yuritinglar. Alloh taoloning maxliuqotlari ha qida fikr yurtinglar, allohni zoti haqida emas.

Chunki Allohning zoti haqida fikr qiling, aqlingiz yetmaydi. Aqlingiz yetmaydi. Va la tafakkuru fillah i fathahalakum. Allohning o'zi haqida fikr demanglar, halokatga uchraysizlar. Demak, mashinangiz haqida bir narsani bilmoqchi bo'lsangiz, zavodga murojaat qilasiz, aniq aniq ma'lumotni beradi. Aqlingiz yetmaydigan narsani urinmang. Anglab olaman deb. Dinimizdagi xabarlar, birodarlar, aql bilan qabul qiladigan xabarlar bor va eshitib qo'yiblar, qabul qiladigon xabarlar bor. Masalan, namoz, ro'za, zakot, hajda esa, buni ko'ramiz, anglaymiz, hikmatini tushunamiz, qabul qilamiz. Ammo g'ayb xabarlari bor u, qabrdagi azob rohat. Qiyomatdagi ko'rinishlar. Buni eshitib da qabul qilib qo'yaveramiz. Bunga aql ishlatmaymiz.

Sijilla. Qiyomatga oladi, har bitta odamni sijillasi bo'ladi kitobi. Varag'ini shunday olsa, bitta varag'ini boshi mashriqda, bittasiniki mag'ribda bo'ladi. Oho. Qanaqa kitob ekan bu? Har bitta qilgan amali yozilgan bo'ladi. Bu payg'ambarimiz aytganda g'aybiy xabarlar shunday qabul qilib ko'ramiz. Nima qilib o'tirmaymiz? Aqlni ishlatib o'tirmaym. Chunki bu narsalar g'ayb xabarlar.

Aquli hovli ha'da va astag'firullohu alayhi va alakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Keyingi darsni tinglashIslomda farzand tarbiyasi