# Ey yoshlar shoshilmanglar (2026)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 6 of 510
- Section: —
- Duration: 23 min
- Original title: Ey yoshlar shoshilmanglar (2026)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/6
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/W2RU72BSyPc.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=W2RU72BSyPc
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/5.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/7.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:01] Bismillahir rohmanir rohim. Innal hamdulillahi nahmaduhu onas ta'inuhu onas taofuruh va na'lu billahi min surur ya'nfusina va min sayy'ati amalina man yahdihillah hu falah mubilala va man yig'ililhu falah hadiyala va nashxadahalloh ilohi illallohu vahgahular sharikala va nashxadi anna muhammadan abduhu rasuluh. A mabodo assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

[0:31] Bismillahir rohmanir rohiym. Ey yoshlar, shoshilmanglar degan mavzuda dars boshlagan edik, davom etamiz. Vaqti kelmasdan avval mevani uzma. Har bitta imkoniyatdan foydalanishni ham o'zini vaqti bo'ladi, sharti bo'ladi. Avvalgi suhbatlarimizda shoshqaloqlikni turlari va ularning oqibat haqida suhbat qilgan bo'ldik. Endi bugun bitta nozik savolga javob qidiramiz.

[1:02] Biron imkoniyat qo'limizga keldi degani, undan darhol foydalanishimiz shart deganimi? Qo'lingizga bir imkoniyat keldi, darrov shundan foydalanishlik shart deganimi, daraxtda mevani paydo bo'lgani, uni uzish kerak degani emas. Meva bor bo'lishi mumkin, lekin pishmagan bo'lishi ham mumkinmi?

[1:25] Shoshqaloq odam hozir deydi. Ammo hikmatli odam vaqti bo'ldimi deb so'raydi. Vaqtidan avval bir narsaga shoshilish. Mana bu hikmatga xulosa oling. Manista ajala shaya qobla avanihi, uqibi behirmanihi. Mana shu hikmatni o'ng quloq, so'ng quloq eshitib olaylik. Yoshlar ayniqsa.

[1:49] Kim bir narsani hali uni vaqti kelmasdan oldin shoshilib, qo'lga kiritishga unutsa, ana shu narsadan mahrum qilishlik bilan jazolanadi. Erta boy bo'laman dedingmi, endi boy bo'lmaysan. Erta mansabga yetaman dedingmi, hali loyiq emassan unga. O'sha mansabga hech qachon yetmaysan. Kim bir narsaga, u narsaning hali vaqti bo'lmasdan turib, erishaman deb, shoshilib intilsa, shu narsaga yetmaslik, unga berilgan mukofot bo'ladi. Tushunarlimi?

[2:25] Insonni hayotida imkoniyat bor bilan mana shu imkoniyatdan foydalanishlikka tayyorman degan narsa bor. Bu ikkalasi ikkita narsa. Imkoniyatim bor bilan foydalanishga tayyorman degan ikkita holatni ajratishni bilish kerak. Shoshmaslik bu qarorni pishitish degani. Qarorni pshirib turib qabul qilish bu shoshmaslik bo'ladi.

[2:53] Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamni oldiga elchilar kelishdi. Ularni ichida ashash abdulqays bor edi. Payg'ambarimiz u kishiga qarab turib, innafika hislatayning yuhib buhimalloh, al hilmu va al anatu. Albatta sizda alloh yaxshi ko'rgan ikkita hislat bor. Bittasi hilm, halimlik, ikkinchisi al anaq, vazminlik, shoshmaslik. Vazminlik.

[3:22] Vazminlik imkoniyat bo'lib turib hech narsa qilmasdan turishlik emas. Vazminlik qarorni oqibatini hisobga olib turib qabul qilishlik. Ba'zan tez qabul qilingan qaror odamni maqsadiga yaqinlashtiradi emas, aksincha orqaga tortadi. Yusuf alayhissalom, Yusuf alayhi salom, qissasiga qarang da. Mana qamoqda tuhmat bilan o'tirib qoldi. Ayollar tuhmat qilishdi, qomatib qo'yishdi. Bir necha yil qamoqda o'tiribdi. Endi podshoh, haligi tushini ta'birini bilmasdan, Yusuf alayhissalom bilan birga o'tirgan odam ana shu podshohni tushini eshitib turib, shu tushni ta'bir qilib beradigan odam bor deb xabar berganida, podshoh meni oldimga olib kelinglar dedi.

[4:11] Endi qarang, bir necha yil qumoqda o'tirgan odammga, qamoqdan chiqishlik taklifi kelsa, kutib o'tiradimi? Shart chiqib ketadi. Lekin Yusuf alayhissalom vazminlik qildi, shoshilmadi. Aytdik ku, vazminlik ishni oqibatini o'ylab turib ish qilishlik. Nima dedi? Astayrulla? Irja ila robbik. Fasal hu ma balun nisva tillati qattona aydiyahunda.

[4:39] Ana shu podshohni elchisiga aytdiki, hojangni yoniga qaytib borib, undan o'z qo'llarini kesgan ayollarning ahvoli nima bo'lganligini so'ra. Ya'ni ana shu tuhmat bilan o'tirganligini bildirib qo'yish uchun, o'zini nomini oqlab chiqishlik uchun shoshilmadi chiqib ketgani. Ayollarni podshoh chaqirdi, bo'lgan ishni so'radi, ayollar aytishdi yusuf hokizada dedi, shundan keyin chiqdi. Maqsad shoshilib chiqib ketish bo'lmadi. Maqsad qanaqa qilib chiqish bo'ldi? Shuning uchun maqsad boyish emas, maqsad qanday qilib boyish?

[5:17] O'ziga nisbatan qilingan ayblovni, tuhmatni haqiqatini ochilishini xohladi. Demak, bu yerdagi dars, bu qissadan dars. Imkoniyat kelganda ham shoshilmasdan uni oqibati, masalasini e'tiborga olishlik kerak bo'ladi. Tezlik doim ham yutuq emas. Masalan, bir katta yo'lda ketyapsiz. Tezlik cheklangan, yuz km. Siz tezroq yetaman deb shoshilib, yuz ellik km tezlikda yurasiz. Natija nima bo'ladi? Yo'lda to'xtatishadi, shtraf yozishadi, savol javob bo'ladi. Tezroq yetaman deb tez yuruvdingiz, endi kech qolib borasiz. Demak, tezlik doimo nima emas? Yutuq emass.

[6:03] Shuning uchun ba'zi bir odamlar tezroq qabul qaroringni qabul qil deydi. Faqat bugun deydi. Fursatdan foydalanib qol. Hozir qilmasang, rozi bo'lmasang, qabul qilmasang, fursat ketadi deydi. Mana shunaqa paytda o'zimizni bosib olib, nimaga shoshiltiryapsan? Nimaga endi aynan hozir qabul qilishim kerak qarorni? Men o'zi shartlarni yaxshi tushundimmi? Ertaga pushaymon bo'lmaymanmi?

[6:28] Agar mana shu qarorda qabul qilishingga, birodar, haqiqatdan tezlik talab qilinmayotgan bo'lsa, maslahat qilishga, so'rab surishtirishga, o'ylab ko'rishga vaqt bo'lsa, qarorda hozir qabul qilma. Ha, to'g'ri. Masalan, hayotda tezda bajarilishi kerak bo'lgan, shoshilib bajarilishi keray bo'lgan ishlar ham bor. Nima ular? Astayduvillah, vos sayariy o ila mag'firat im mir robbikum. Alloh taolo aytyapti, robbilar tomonidan bo'lgan mag'firatga shoshilinglar.

[7:02] Kengligi osmonu yerdan keng bo'lgan jannatga shoshilingilar. Ya'ni ibodatga shoshil degani, tavbaga shoshil, namozga shoshil, qarzni uzishga imkon bo'lganda shoshil, gunohni tark qilishlikka shoshil, ammo dunyo ishlarida qilayotgan ishlaringda natijasiga nima qilma, shoshilma.

[7:23] Xulosa, yaxshilikka shoshilish fazilat, ammo oqibatini o'ylamasdan, hisob kitob qilmasdan shoshilib qaror qilishlik, bu boshqa narsa. Voqeani boshiga emas, oxirgi oqibatiga ham qarab. Xudoy biya sulhini eslaylik, birodarlar. Mana seriyat darslaridan o'qiganmiz, eshitganmiz. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Madinai Munavvaradan Makka hali mushuriylarni qo'lida umra qilgani keldilar. Qurash kirgizmasdan tashqarida to'xtatib qoldi. Va mana shu yerda sulhga kelishildi. Musulmonlar umra qilmasdan qaytib ketishadi. Sulhni bandlari musulmonlar uchun juda og'ir keldi. Bir yil Makkaga kirmasdan ketasizlar. Keyingi yil kelasizlar. Boshqa shartlar. Makkadan bir musulmon hijrat qilib Madinaga borsa, Payg'ambarimiz qaytarib beradi. Ammo Madinadan bir musulmon kofiri o'lib Makkaga kelsa, qaytarib bermaydi. Bu sulh musulmonlarga yoqmadi. Sulh bitdi. Sulhni zohirga qarasangiz faqat musulmonlarning zarari. Lekin oqibati nima bo'ldi?

[8:35] Payg'ambar alayhissalom qaytamiz deb aytganlarida o'n barobar xatni olib kelib, yo Rasululloh, ha, Makkaga kirib Ka'bani tavof qilamiz degandingiz u. Payg'ambarimiz aytdilar, men senga bir yil bo'ladi deb aytganmidim? Yo'q dedi. Rostini aytdilar, fa innaka atihi va mutavvihun bihi. Albatta sen kelasan va tavof qilasan dedilar. Mana shu kuni hammaga og'ir bo'ldi bu holat. Lekin Alloh Taolo mana shu Xudoybiya shartnomasidan keyin jilishiga, musulmonlar diniyaga qarab yurishiga, innna fatahna alaka fatham mubina oyatini tushirdi. Albatta biz sizga ochiq fat g'alabani ato etdik.

[9:17] Qaytaramiz. Tashqaridan qarasa, Xudoybiya sulhi nusratda kechikishida ko'rindi. Ammo Alloh Taolo mana shu kechikib ko'rinayotgan narsani, odamlarga kechikish bo'lib ko'rinayotkan narsani g'alaba dedi. Shuning uchun Xudoybiya sulhi bizga shuni o'rgatadi. Hozir qo'lingga kirmagan narsani mutlaq mag'lubiyat deb hisoblamay tur, hozir qo'lingga kirgan narsani esa, mutloq g'alaba deb baholashga shoshilmay tur. Ikkalasini ham oqibatini oxirini qara.

[9:53] Demak, bir ishni g'alaba, bir ishni mag'lubiyat deb hukm chiqarishga shoshilma. Oxirini ham qara. Mana, Qizil alayhissalom kemani teshib qo'ydi a? Kemachi nima devdi buni? Zarar devdimi? Zarar bo'ldi, chiqim bo'ldi. Endi rasxod bo'ladi devdimi? Devdi. Lekin hikmati ko'rindi da, sohilga borganda. Kemasini teshilganligi foyda edi ekan o'zi aslida. Kemasini teshiyligini ko'rib turib, podderjokhning askarlari boshqa kemalarni tortib qo'yayotgandaqa tortib qo'ymadi. Teshik ekan o'ziga qolsin dedi.

[10:32] Bir ishni boshlading, birinchi oyda yurishmadi. Darrov mag'lubiyat deyishga shoshilma. Boshqa ishni boshlading, yurishib ketdi. Buni muvaffaqiyat deyishiga ham shoshilma. Ikkalasini ham oxiriga qara. Shuning uchun qarorni bugungi hissiyot bilan emas, yetarli mulohaza bilan, ma'lumot bilan, oqibatini o'ylab turib, mana qorin deyishini ko'rmaysizlarmi? Qorin o'zini zebi ziynatlari bilan xalqini qavmini oldiga chiqqanida faqat dunyo deb yashayotgan odamlar uni mana shu holatini havas qilishdi. Hozirgi holatini. Endi yer yutib yuborgandan keyinchi, qorinning oqibatini ko'rishgandan keyinchi, ana, shuning uchun voqeani birinchi seriyasi avvaliga el emas, oxirgi seriyasiga ham qarab qo'yishlik kerak. Jo'jani kuzda sanaymiz, tushsho'rani ya'ni yuzta chuchvarani chigit qo'ygan bo'lsangiz, pishganda albatta yuzta bo'ladi degani emas.

[11:32] Qaynatayotganingda titilib ketishi mumkin. Yo'q. O'n ikkita, o'n uchta tuxum qo'yding, albatta o'n uch bitta jo'ja olasan degani emas! O'n uch ta ochildi. O'n uch tami tog'i emas hali bu, chunki kuzgacha nechtasi o'ladi. Tushunarlimi? Shuning uchun dadalaringlarni gapiga kelinglar ukalar. Xo'p, otanglarni tajribasi bor.

[11:55] Har bir ishni o'zini tayyorgarligi bor, har bitta ishni o'zi mas'uliyati bor. Yoshlar. Qo'lida telefon, planshet, internet sahifalarini varaqlaydi. Bitta surat chiqdi, yoqmadi, shart o'tkazib yuboradi. Skip deb qo'yadi buni. O'tkazib olish. Bitta videoni ochdi, yoqmada, yarmini shart o'tkazaveradi, skip deydi. Bugungi yoshlar mana shu real hayotda ham mana shu o'tkazib borish skip degan knopkani qidiradi.

[12:24] Yo'q, unaqa knopka hayotda. Video yoqmadi, o'tkazib yubordi. Surat yoqmadi, otkazib yubording. Mana, bu kasbni to'liq o'rganishing uchun uch yil kerak bo'ladi desa, qarab turib uch yilmi deydi. O'tkazib olishni iloji yo'qmi deydi. Biznesda bir narsaga erishish uchun tajriba kerak, obro' hurmat topish uchun besh yil kerak desa, qisqaroq yo'l yo'qmi deydimi? Yana qaytarib aytamiz, bitta surat chiqdi o'tkazib yuboradi, bitta video chiqdi o'tqazib yuborada, lekin real hayotda birodarlar, mana shu besh yil bosqichda hammasini bosib o'tish kerak. Tushunarlimi? Yanachi, ukalar, hayotda klaviaturadagi kontrol z degan garachi klaviatura ham yo'q.

[13:13] Ilmda. Bir yil, ikki yil, uch yil arab tilini o'rgangan bo'ladi. Beshta, o'nta kitobni o'qiydi, uch to'rtta ma'ruzani eshitadi, fatvo beradigan bo'lib qoladi. Bilasizlarmi, sahobalar fatvo aytishga juda ehtiyot bo'lgan. Biridan so'rasa, falonchisiga bor degan. U pokinchiga bor degan. Mana shunaqa qilib yuz tasini aylanib yurgan. Alloh taolo aytadi, istarabilla, vala taqfumi alayhissalaka bihi ilm.

[13:41] Inna sama, val bosoro, val fuada, kull ula aka ka'na anhu mas'ula. Alloh taolo aytyapti, ey inson, o'zing aniq bilmagan narsaga ergashma. Chunki quloq, ko'z va dil bularning barchasi to'g'risida qiyomat kunida mas'ul bo'ladi. Har bitta aytgan so'zingga javob berasan.

[14:06] Ilmdagi shoshqaloqni xavfi ham mana shu da. Hali bu tolibi ilm, ilm o'rganish bosqichida turib, birdaniga sakrab, hukm chiqarish bosqichiga o'tib ketmoqchi bo'ladi. Akalar, ilm olish bir narsa, lekin fatvo aytish, hukm chi qarishlik boshqa narsa. Bilmagan narsangga bilmayman deyishlik, bu ojizlik emas. Bu mas'uliyatni his qilishlik bo'ladi.

[14:33] Tijoratdan shoshiladi. Bitta do'konni qurdi, ishlab ketdi. Darrov ikkinchi yil beshta filial ochmoqchi bo'ladi. E shoshmay tur, bir uch to'rt yil ishla, hisob kitobini o'rgan bu ishni nozik joylarini, ishchilarni oyligi, nazorat, boshqaruv, hamma narsa tayyormi? O'sishing yaxshi, ammo nazoratsiz o'sish sen boshlagan ishni quritib qo'yishi mumkin.

[14:59] Mansabga shoshilish. Mansab degani faqat kurs emas. Mansab degani faqat katta kabinet emas. Mansab degani sabr. Boshqalarni xatosini tuzatish, adolat, qaror, g'azabni boshqarish. Sen lavozimni xohlayapsan shoshilib, ammo uni yukiga tayyormisan?

[15:21] Nikohda shoshilish. Bu yerda ikkita xato bor. Bittasi hamma uylanyapti deb turib, nikohni mas'uliyatini hisobga olmasdan, yosh turib uylanishga shoshiladi. Bu birinchi xato. Ikkinchi xato, katta uy quvib olay, biznesimni yo'lga tushirib olay, mashinani yangilab olay, mukammal sharoit qilay, keyin uylanaman deb o'ttiz o'ttiz besh yoshgacha yuraveradi. Ikkita xato bor nikohlanishda. Payg'ambarimiz aytadilar, ya mana sharaf shabab. Manistata ominqu mulbaata falyata zavach. Ey yigitlar jamoasi, bo'ydoqlar jamoasi, ichinglarda kiminglar qodir bo'lsanglar uylanishlikka, uylaninglar. Ya'ni qodir bo'lsainglar, nima u? Aqlan qodirmisan? Tayyormisan? Jismonan tayyormisan? Tirikchiligini eplab keta olasanmi? Muammolarni hal qilishlikka aqling, tarbiyang, ilming yetadimi?

[16:18] Demak, nikohdagi to'g'ri mezon boshqalarga taqlid qilish ham emas, yana haddan ortiq sharoiti zo'r qilaman deb cho'zish ham emas. Hamma uylandi, men ham uylanishim kerak. Bu ham noto'g'ri. Hamma sharoiti bo'lmaguncha uylanmayman. Bu ham noto'g'ri. Shariat talablarini rioya qilish kerak, balansni topish kerak.

[16:44] Farzand tarbiyasidan shoshilish. Bolamga bir marta aytdim, ikki marta aytdim gapimga kirmayapti. Ey, yillar davomida shakllanib qolgan tabiati seni bitta nasihating bilan yaxshi bo'lib qolamidi? Ana shu tarbiyada shoshilmaslik kerak. Innna rivqa la yakunu fi shay in illa za nahut. Payg'ambarimiz aytadilar, muloyimlik, yumshoqlik, qaysi ishda bo'lsa, shu ishni chiroyli qiladi. Shuning uchun bolani tarbiya qilayotganlar urib so'chishdan ko'ra, yumshoq muomala qilishlik to'g'ri bo'ladi.

[17:15] Hattoki o'zimizni tarbiya qilishimizda ham shoshilmasligimiz kerak. Nima degani bu? Bitta ma'ruzadan ta'sirlandi, bomdodga peshinga chiqadi, besh mahal namoziga tahajjudlarni o'qiydi, qur'on o'qishni boshlaydi, sport bilan shug'ullanadi, kitob o'qiydi , dieta qiladi da, dushanba boshlagan, chorshanba charchaydi, juma kuni tashlab qo'yaveradi.

[17:41] Ya'ni bu odam yuz kilo olmani ustiga ilib olgan kichkina ko'chatga o'xshaydi da. Birdaniga bo'lmaydi. Shoshilma. Shoshilmanglar ukalar. Shoshilish faqatgina ma'ruf ishlarda bo'ladi. Shoshilish, faqat gunoh ishlarda, taklif qilishda bo'ladi. Qolgan ishda nima qilinmaydi? Katta katta o'zgarishlar kichkinaroq bo'lsa ham, ammo davomiy bo'lgan ishlardan natija beradi. Qaytaramiz. Katta katta ishlarga kichkinaroq bo'lsa ham davomiy bo'lgan amallar sabab bo'ladi. Payg'ambarimiz aytganlar, ahabbul amal ila lohi adwamuh va inqonla. Alloh taolo uchun amallarning eng yoqimlisi ozroq bo'lsa, davomiy bo'gani.

[18:27] Birodarlar, xususan ukalar, shoshilmaslik bu ojizlik emas. Shoshilmaslik zaiflik emas. Shoshilmaslik o'zingni hissiyotingni va xohishingni boshqara olish. Shariat insonni bir portlab turib, keyin o'chib qolishga emas. Bir xilda yonib turadigan chiroq bo'lishga chaqiradi. Vaqti kelmadi degani, hali vaqti bo'lmadi degani hech qachon bo'lmaydi degani emas. Xudoybiyani ko'ring, bu yil emas, keyingi yil. Bir yil bo'lmadi degani endi qaytib kelmaymiz degani emas. Bir yil, bir yil qaytamiz, lekin keyingi yil kelamiz umraga.

[19:10] Yusuf alayhissalom hozir chiqmayman degani, umuman chiqmayman degani bo'lmadi. Chiqaman, faqat qanaqa qilib chiqaman? Nomimni oqlab chiqaman. Kuta olish bu kuchli odamni ishi. Yosh bola zaifda, shuning uchun kuta olmayman deydi. Hozir bo'lsin deydi. Komil inson chi? Kutish kerak bo'lsa kutaman deydi. Demak, shoshmaslik, kuta olishlik, bu nafs ustidan hukmronlik.

[19:38] Ayrim odamlar sizni shoshqaloqligingizdan foydalanadi. Hozir sotib ol deydi. Taklif cheklangan deydi, bugun ol deydi, hozir bos deydi. Shunda so'rash kerak. Nimaga endi hozir bosishim kerak? Agar bir qarorni qabul qilishingiz hozir zarur bo'lmasa, ertaga javob aytishlikni imkoniyati bor bo'lsa, ertaga qoldiring. Shoshilmang. Agar javob berishda hozir shart bo'lmaydigan bo'lsa, o'ylab javob berishlikka fursat oling. Chunki bir kundan keyin holat o'zgarib qolishi mumkin.

[20:14] O'ylanib ko'rgan vaqtingiz bo'ladi. Yangi ma'lumotlar chiqib qolishi mumkin. Shuning uchun shoshilmang, yana qaytaramiz. Hozir javobini aytishlik shart emasmi? Modomiki sizdan so'ralayotgan qaror javobni hozir so'ramayapti, majbur qilmayaptimi? Ertaga o'ylab javob bersam bo'ladimi deng. Shuning uchun katta qarorni qabul qilishdan oldin uchta savolni bering. Birinchisi, bu halolmi?

[20:42] Ikkinchisi, men unga tayyormanmi? Uchinchisi, oqibati qanaqa bo'lar ekan? Vaqt o'tishi bilan insonni shaxsiyati pishib yetiladi. Tasavvur qiling, somsani elektr duxovkasiga soldingiz. Ikki yuz, ikki yuz yigirma gradusda pishadi. O'ttiz besh, qirq besh minutda. O'ttiz, o'ttiz beshti minutda ikki yuz yilma gradusda poshadi. Endi siz nima qilasiz? Tezroq pishiraman deb turib, temperaturani uch yuz ellik ga ko'tarasiz. Tezroq poshiraman deysiz. Nima bo'ladi somsa? Kuyib ketadi. Boshida nima dedi hikmatda? Manista ajala shshaya qobla avanihi, uqibi behirmanihi. Kim bir narsani hali uning vaqti bo'lmasdan qo'lga kiritaman deb shoshilib talab qilsa, shu narsadan mahrum bo'lish uning mukofoti dedik. Somsani tezroq yeyman deb turib, issiqligini ko'tarib qo'yuvdingiz, somsadan mahrum bo'lldingiz. Hamma narsani o'zini vaqti bor. Lekin hali vaqti kelmadi degan gapni yalqovliginga bahona qilma.

[21:54] Yalqovsan, hech narsa qilging kelmaydi, hali vaqti emasdan yotibsan. Bu noto'g'ri. Kutish mumkin bo'lgan joyda o'yla. Tayyorla, maslahat qil. Ammo bajarishi vaqti kelganda vazifani kechiktirma. Vaqtidan oldin natijani zo'rlab shoshiltirma, ammo vaqti kelgan vazifani esa ado qilishlikka aslo kechiktirma. Aqlu qovli ha'da va astag'firulloh ili valakum. Inna allohi va malakati huysalluni ala nabi. Ya yuhrillatina amal u, sollu alayhi va sallimut aslima. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.
