# Islomda farzand tarbiyasi

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 61 of 510
- Section: —
- Duration: 31 min
- Original title: Islomda farzand tarbiyasi
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/61
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/AyGAJYnDF0o.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=AyGAJYnDF0o
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/60.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/62.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:02] Bismillahir rohmanir rohim. Bismillahir rohmani rohim. Alhamdulillahi robbilar alamin. Va la aqibatu lil muttaqin. Vassalatu vassalamu ala saidina muhammad as sodiqil va'idil amin. Va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh.

[0:31] Islomda farzand tarbiyasi deb boshlagan darsimizni bugun qirq darsimiz. Ijtimoiy tarbiya, haqlar, yosh urug'larning, kattalarning haqqi. Ulardan o'tgan darsimizda mana shu mavzuni boshlagan edik, bugun inshaalloh nihoyasiga yetkazgan bo'lamiz. Yosh urug'larni hurmatlash, ularga izzat ikrom ko'rsatishlik. Bu shariatimizning talabi. Va yosh kattani masxaralash, ularga ozor aziyat yetkazishlik birodarlar kabiralardan hisoblanadi.

[1:07] Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam imomni tabaroniydan keltirilgan xitstva aytadilar falafun la yasta'hib fu bihim illa munofiqun. Uch kishini faqatgina munofiq kishi behurmat qiladi. Izzatini, hurmatini joyiga qo'ymaydi. Uch kishini munofiq izzat ikrom qilmaydi. Ash sha'iy batu fil islam. Islomda yoshi o'tgan kishini, musulmon bo'lib ulg'aygan, musulmon bo'tib soch soqoliga oq kirgan kishini va du ilm ilm egasini va imomul muqsid va adolat bilan ish yuritayotgan boshliqni mana shu mana shu uchala kishini behurmat qilayotgan, mana shu uch kishi kishiga hurmat ko'rsatmayotgan odam, bu odam payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam munofiq bo'ladi deb aytyapti. Kim kimni bo'ldi?

[1:56] Islomda bo'lib, yosh qarigan kishi, ilmli kishi va adolatli boshlig'ini faqatgina munofiq hurmat qilmaydi. Beparvol ko'rsatadi. Shuning uchun bolalarimizga, albatta bizni oqsoqollarimiz, yosh ulug'larimiz, musulmon bo'lib tug'ildi, musulmon bo'lib yashadi, musulmon bo'm qaridi, bularga behurmatli qilishlik birodarlar nifoqda, munofiqlik daromadi bo'ladi. Katta odam gapirganda xo'p degin, ko'ziga tikka qaramagin, oldidan kelsa o'tmagin, gap qaytarmagin, ish yursa yo'q demagin deb turib uydan o'rgatishligimiz kerak. Chunki agar shunday qilmasak, kattalarga behurmatli bilan ulg'ayadigan bo'lsa, qalbida nifoq daromadi bo'lib qoladi birodarlar.

[2:37] Boplabsan. O'zini bolasiga buyurmaydimi deb turib, bolamiz katta odamga nisbatan beadablik qilganligini aytsa yoki kimdandir eshitsak, albatta bu narsaga bir chora ko'rishligimiz kerak bo'ladi. Biz o'zimiz mulohimlik urg'uni uni qalbida o'sishligi yo'l bermaylik. Men sizni yosh bolalar kattalarga behkummatli qilayotganini ko'rib qolasan, kattalarni masala qilayotgani ko'rib qolasang, bu nimani belgisi? Bu mana shu yosh bolani beadabligi emas. Bu mana shu yosh bolani aybi emas. Bu ota onasini aybi. Chunki buni shunday qilib qo'ygan ota onasi. Agar uyida, uyida kerakli ko'rsatmani olib turganida, otasidan bir shapalakni yeganida, so'kishni eshitganida, qilgan beadabligi uchun shunday qilmagan bo'lardi. Demak, bu bolani beadabligi asli ota onani beadabligi.

[3:26] Bu bolani betarbiyaligi aslida ota onani betbek bo'lganligi. Yoki televizordan tarbiya olganligi. Hayo va xijolatchanlik. Mana ikkita sifat. Hayo bu fazilat, xijolatchanilik bu nuqson. Hayo va xijolatchanlik. Buni o'rtasidagi farqni bilib olishlik kerak bo'ladi. Kishida hayo bo'lsa, endi ham o'zidan kattalarni hurmat qiladi. Hayo musulmon kishini gunoh ishlar, xunuk ishlarni qilishlikdan to'sadi. Yoshi kattalarni behurmat qilishlikdan o'sadi. Har bir haq egasini haqqini ado etishlikka undaydi, hayo. Shuning uchun Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar, muttafag'un alayhi bo'lgan hadis. Annal hayya xoyrun kullug'u. Albatta, hayo, uning hammasi yaxshilik. Bir insonda hayo bormi? Demak, hamma yaxshilik bor.

[4:26] Xijolatchanlik nima? Xijolatchanligi insondagi nuqson hisoblanadi. Haqiqatni gapirishdan xijolat oladi. Haqqini talab qilishingdan xijolat xijolat bo'laveradi. Mazlum bo'lib turib ham indamay turaveradi. Bu kasal, birodarlar. Bu xijolatchanlik shunaqa narsaki, yosh bolaga o'zini oila a'zolari tomonidan yuqtiriladigan kasal. Masalan, har qanday tug'ilgan bola aql xushi joyida o'zini haqqini talab qilishlik bu tabiatida bor bo'ladi. Bermasangiz yig'laydi yu, ber deb kichkina bola. Ammo uydagilar o'zlari masxara qilib, uni yerga urib, doim birovlarni oldida kamsitib, biror xato yo'l qo'ysa, tepalashligi bilan bo'yni qisilib qoladi. Xijolatchilik bilan hayoni birodarlar o'rtasida farqi bor. Kecha bir birodarimiz aytib berdi. O'sha bir bola tarbiyasiga qilgan klipi bor ekan. Qarang. Restoranga bir olti yetti yashar bolasi bilan kirdi, shunday bir musulmon odam. Ovqatlanib o'tirib, bitta stakanni tushirib yubordi.

[5:28] Bola. Haligi sindi tushib. Ofitsiant qiz kelib, haligi bolani urishib berdi. Aytyapman, bo'lmaysanmi? Nima qilganing bu? Sindi, mana stakanni o'tdi, haligi otasi to'xta dedi. To'xta dedi da. Necha pul turadi stakaning, dedi. Stakanim falonchi oson turadi. Shart qo'liga ikkita stakanni pulini berdi da, haligi ofitsiantni qizni qo'lida turgan stakanni ikkinchisini olib berib bolasiga, tashlab uni ham dedi.

[5:52] Sindirdi, to'lab chiqib ketdi. Ya'ni bolasini bo'ynini qisilishligi, qo'rqoq bo'lishligini oldini olyapti. Biz stakan sindiringlar demoqchi emasmiz. Bizda bo'ladi, pelani sindirib yuboradi, ovqatni to'yib yuboradi. Bir narusheniya qilganda srazu nima bo'ladi? Qiladi. Nimaga? Chunki qoshig'i tushib ketganda, piyalasi sinib ketganda yoki bir qandaydir biror bir jihoz sizga talofat yetkazganda, darrov kalta e belgiladi.

[6:21] Aytingchi, bolangizni yuragini sindirishlik hisobiga bitta piyalani saqlab qolishlik arziydimi? Ota onalarni o'zini tarbiyasi yo'q. Demak, xijolatchanlikni kim yuqtirar ekan? Kim qalbiga joylab qo'yarkan bolani? Ota onani o'zi. Ota onani o'sha.

[6:45] Shunday odamlar bo'ladi, jim turaveradi. Nohaq ishni ko'rsa ham indamay turaveradi. O'zini haqqini borayotgan bo'lsa ham indamay turayveradi. Mazlum bo'lsa ham innama turaveradi. Gapir, nimaga jimsisan desa, xijolat. Xijolat, haq bo'lib turib xijolat. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar, Imom Ta'baroniydan keltirilgan hadis. O o'sha onamizdan, Payg'ambarimiz aytdilar. Ya a ishatu. Lavkan al hayyau rojulan, kana rojulan solihan. Ey Oysha, agar hayo bir odam bo'lganida, bir erkak kishi bo'lganida. Bir odam deb faraz qilsak, u albatta solih kishi bo'lkan bo'lar edi. Va lavkan al fohshu rojulan kana rojuli suv. Agar faxsh erkak kishi bo'sganida, odam bo'lganda. Yomon kishi bo'lgan bo'lardi. Agar hayo bilan behayolikni odam deb tasavvur qilinsa, bittasi yaxshi, ikkinchisi yomon odam bo'lgan bo'.

[7:44] Musulmon odam hayoliy bo'ladi. Uni hayosiga jarohat yetkaza oladigan so'zlarni, behayo so'zlarnini ishlatmaydi, chunki hayo uni to'sadi. Biladi, so'kinishdi u ham. Biladi rosa so'kinishdi. Lekin nima to'sadi uni? Hayosi Alloh'dan bo'lgan iymon. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Anas mnumonlikdan keltirilgan hadis, Imom Termiziydan. Aytadilar, makan al fohshu fiy shain illa sha'nahu. Va makan al hayau fiy shain illat za'nahu. Qaysi bir ishda faxsh bo'lsa, behayolik bo'lsa, uyatsizlik bo'lsa, mana shu ishni bu behayolik xunuk qilib qo'yadi. Va qaysi bir ishda hayo bor bo'lsa, shu hayo mana shu ishni chiroyli qiladi.

[8:34] Tushunarlimi? Bu hamma qilayotgan ishimizda, sportchi bilan shug'ullanayotganimizdami, somonni oshayotganimizdmi, mashina haydab ketayotganimizdimi, behayo odamni oldida o'tiring va hayosi bor odamni oldida otiring. Qaysinisida huzullanasiz? Albatta hayosi bor odam. Birodarlar, musulmon odam behayo bo'lmaydi. Odamlar bor, tinimsiz so'kinadi. Har bitta gapida so'kinish bor. So'kinib gapirsa qandaydir kuchli odamga o'xshab ko'rinadi. Yo'q, birodarlar. Musulmon odamni quvvoti bu narsa bilan bo'lmaydi. Bilasizlarmi mana, masjid madrasalarda ta'lim oladigan ukalarimiz bor. Mana masjidlarga kelib dars eshitadigan, Qur'on o'qiydigan, ilm majlislariga qatnashadigan ukalar bor. O'zaro ulfatlari bilan o'tirsa ham so'kinishmaydi. A? Somonni ochib o'tirsa ham, so'kinishmaydi. Bir biri bilan bo'layotgan muomalasida umuman so'kinish yo'q. Bu naqadar chiroylik.

[9:29] Va uni aksi bor. Mana shunaqa birinchi majlis, biz aytganday, birinchi majlislarda o'tirib, shunaqa bir pokiza muhitda turib, so'kinadiganlarda orasiga kirib qoling da. Qulog'ingizga og'ir botadi. Qalbingiz og'riydi. Bir, ikki kun. Bir, ikki kunga. Keyin nima bo'lib qoladi? O'rganib qolasiz. O'rganib qolasiz. Shuning uchun birodarlar, masjidga keladigan, namoz o'qiydigan, ilm talabida yurgan, tolib ilm ukalar musulmon odamga so'kinishga yarashmaydi.

[10:04] E unaqa ulpatingni chi, otingni oldiga olib kelgani ham yutasan. Shaf so'yib yuborsammi? Shaf bola, masalan bolangni olib borolmaysan o'sha ulfatlarni orasiga, chunki bilasan, yaxshi emas. Yoki aksincha, boyagi aytayotgandek, solih insonlarni majlisi olsa, bolangni olib borasan o'rgansin deb. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam imomolikdan bu hadis aytadilar, innay lyukunli diniy xulqim. Har bitta dinni o'zini xulqi bor.

[10:37] Va xulqul islam al hay'a. Islomning xulqi, islomning axloqi bu hayot. Mo'min odam gapirayotgan so'zlarida hayosi bor bo'lgandek, o'zini uyidagi yurish turish tutmishida ham hayo bo'ladi. Hech qachon musulmon odam uyida ichki kiyimi bilan o'tirmaydi bola chaqasini oldida.

[11:03] O'zi umuman kiyimli bo'lish madaniyatni belgisi, yarim yalang'och bo'lishlik qoloqlikni belgisi. Bu islomni o'lchovi. Lekin hozir qanaqa bo'lyapti? G'arb dunyosida? Kiyim qanchadir tor bo'lsa, kalta bo'lsa, shaffof bo'lsa, bunchalik madaniyatni belgisi olyapti. Bu musulmon odamga mutloq to'g'ri kelmaydi.

[11:34] Alloh taolo Qur'onda mana shu kiyim haqida nima degan? Asta'idubillah. Ya bani adami. Qoda anzallaa alaykum liba san yuvari sav'atikum va risha. Va liba sut'quva dhalika xoyr, dhalika min ayatilla le allahum yad dakkarum. Alloh subhanahu va taolo A'ro so'rasida shunday dedi. Ey odam bolalari, biz sizlarga avratlaringizni berkitadigan libosni ham, yasan tuson libosini ham tushirdik. Hammasidan yaxshiroq libos taqvo libosidir. Bu Allohning fazlu marhamatiga dalolat qiluvchi oyatlardandir. Shoyat, eslatma, pand nasihat olsalar. Alloh Taolo avratinglarni yopadigan va ziynat bo'lgan libosni tushirdi. Demak, kiyimni birinchi ko'rinishi bu avratni yopishligi, ikkinchisi ziynat. Va Alloh Taolo bu yerda libosni uchinchi turini ham aytyapti. Taqvo libosi. Qarang, mana bu kiyimlarimiz, kiyim degan libosimiz badanimizdagi avratni to'ssa, badanimizdagi nuqsonlarni to'ssa, ayblarimizni berkitsa, taqvo libosi qalbimizdagi nuqsan kamchiliklarni to'sar ekan.

[12:54] Demak, ikkala libos bo'lishligi kerak. Islomiy libosni kiyib olib turib, xulqi umuman musulmonga to'g'ri kelmaydigan, fe'lida xiludi qilib yurgan yigitlar, qizlarni ko'rgan paytimizda, kiyim kiyib olib hech narsa emas ekan a? Kiyimni kiyib olaverar ekan hammasi ham. Oqni ham kiyib ola verar ekan, ko'ki ham kiyib olarverar ekan. Muhimi nima ekan? Qalb libosi, qalb taqibosi.

[13:20] Bu o'rindagi libosni ma'nosi, taraqqiyot, madaniyat va yuksalikni alomati. Yalang'ochlik esa, halollikni ololmadi. Bizchi, qanaqa kiyim ishlaydi? Kimga o'rgatyapmiz? Bilasizlarmi? O'zini musulmonman degan, kitobi sunnat bo'yicha yashayman degan, Muhammad alayhissalomni ummatiman deganlarga aytyapmiz xolos. Ammo hamma o'lchovni g'arbdan oladigan, yaxshi yomonda hammasi o'sha g'arbdagisi to'g'ri deydigan, g'arb tomonga antennasi burilib qolganlarga aytayotganimiz yo'q.

[13:52] Tushunarlimi? Bizni bu gaplarimiz, kiyim haqidagi gaplarimiz. Faqatgina musulmon, dinim bilan yashayman deydigan musulmonlar uchun, qolganlar xohlagani qilsin. La ikiroha, fi din, dinda majburlash yo'q. Biz musulmon yigitlarga, musulmon qizlarga aytyapmiz bu so'zlarni. Qolganlar xohlaydigan ishini qilaversin. Ana shu madaniyatlar orqasidan erishib ketyapti. Ana shu madanatni tarqatayotgan g'arb odamlari nima bo'layotganligini o'qisin. Ichida nima bo'lib ketyapti bular?

[14:25] Al hayya shu'batun minal iyman dedilar Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam, muttafaa alayhi bo'lgan hadisda. Hayo iymonning bir shoxchasidir yoki shoxobchasidir. Hayomi? Demak iymondan nuqson bor. Hayo bormi? Demak bu odamda iymon bor. Chunki iymon bilan hayo birodarlar, bu bir biridan ajralmaydigan ikkita sifat. Biz birodarlar kattalarni hurmatli, hurmat qilishi haqida suhbat qilyapmiz.

[14:54] Hayoni talabidan kattalarni turmat qilish ham. Beti yo'q ekan mana bu bolani deysiz. Avtobusga chiqsangiz javob bermay o'tiribdi da. Ha desa, men ham pul to'layapman deydi. Demak hayosi yo'q ekan bu odamni. Bu nimani belgisi? Ota onasini tarbiya bermaganligini, ota onani o'zini hayosi yo'qligini belgisi. Samar imna jun deb roziyalloh anhu dan u kishi aytadi laqodi kun ta ala ahdi rasulillahi sallallohu alayhi vasallam g'ulamin. Va kun ta ahfazau anhu. Fama ya'm nauning minal qovul, illa anna ha hunar rejalani hum asannu minni. Bu kishi Payg'ambarimiz tirik davrlarida yosh yigit edi. Men Rasulullohdan juda ko'p hadislarni, juda ko'p narsani yodlagan edim eshitib.

[15:42] Lekin so'ralganda javob berishingdan meni nima to'sar edi? Rasulullohni oldida mendan ko'ra yoshi kattaroq kishilar turganligi to'sar edi. Katta odamlar turganda gapirgani uyalardim, hayo meni to'sardi deyapti. Qarang, biladi, zehni o'tkir, eshitgan, yodlagan, ammo gapirgani kattalarni oldida uyalardim deydi.

[16:04] Hozir bormi shu sifat? Maslahat beradi hozirgilar dadalariga. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sahobalari u zotni sollallohu alalayhi vasallam cheksiz hurmat qilishar edi. Rasulullohga bo'lgan muhabbatini, hurmatini chegarasi yo'q edi. Sahobalardan biri aytadi ma roaytu ahadan ash baha somtan va dalalan va dallan va hadyan bi rasulillah fi qiyamiyha va quvudihamin fotima binti rasulillah. O'tirishida ham, turishida ham, Fotima roziyallohu anhudan ko'ra, Rasulullohga o'xshashroq boshqa odamni ko'rmadim. Ya'ni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nima ish qilsa, o ishonamiz roziyallohini shuni takrorlardi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan so'rashgan, sizni odobingiz qanaqa odob? Rasululloh aytdilar, addabani robbiy fa ahsanat adibiy. Menga robbim odob berdi. Menga robbim odob berdi va odobimni go'zal qildi, chiroyli qildi. Parvardigor odob bergan Rasulullohning odobi qanday odob edi? Vo innaka ala ala xuluqin alihim. Albatta sen buyuk xuluq ustasan. Mo'min kishini ko'zga birinchi tashlanadigan narsasi bu uni odobi.

[17:27] Madin din nima yo Rasululloh? Deb so'rashganlarida husnul xulq, chiroyli axloq, go'zal xulq deb javob bergandilar. Musulmonni birinchi ko'zga ko'rinishi kerak bo'lgan narsasi bu uning xulqi. Kam rasulullohi sollallohu alayhi vasallam a'la yashlisumi ana? Sahobalar aytishadi. Abu Dovuddan bu hadis. Rasululloh bilan biz birga o'tirar edik.

[17:58] O'rnidan tursa biz ham turar edik. Turib to ayollardan birortasining uyiga kirib ketishga qarab turar edik. Rasululloh o'tirsa o'tirardik, tursa turardik. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam bir kuni o'tirgandilar, oldiga emizgan onasi Halima Sadiyaning eri kirib keldi.

[18:20] Rasululloh sallallohu aleyhi vasallam o'zini kiyimini bir tomondan solib berdi yonboshiga. Haligi emizgan onasini eri o'tirdi. So'ngra Halima Sadiyaning o'zi kirib keldi. Payg'ambarimiz kiyimini ikkinchi tomonga soldi, ikkinchi tomongacha kiyimi. Unga mana shu emgan onasini o'tkazdi. Ozginadan keyin emikdosh inis kirib keldi, mana shu halimani o'g'li. Payg'ambarmiz sollallohu alayhi vasallam o'rnidan turib o'zini joyini bo'shatib berdi.

[18:49] Bu emikdosh otasi, enasi ukasiga qilayotgan muomalasi shunaqa. Agar o'zini haqiqiy bir tug'ishgan aka ukalar bo'lganda qanday muomala qilardikkin, rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Bu siyla rahm degan darslarimizda aytganmiz, shu narsa o'rtadan ko'tarilib ketyapti. O'zingizni problemangizni hal qilib oldingizmi, o'zingiz qishga ko'mirib oldingizmi, bo'ldi, hech kim bilan ishingiz yo'q. To'g'rimi? O'zingiz suv olib kelib quyib oldingiz, o'zingiz olib kelib benzin olib kelib, topib kelib quyib olib oldingiz, akam nima bo'ldi keyin degan narsa yo'q. Singlim nima bo'ldiki degan narsa yo't. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam rahmatan lili alamin bo'lgan zot o'zi o'tirgan joyida turib bo'shatib beryapti, emikdosh akasi yoki ukasi uchun. Hozir odamlar o'zini tug'ishgan aka ukalarga ham bu darajada ma'sum qilayotgan muammo emas.

[19:37] Kattalarni hurmatlash haqida dars qilyapmiz, birodarlar. Xandaq kunida Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Banu Qurayzani ustidan hukm chiqarishlikni Sa'dimni Muoz roziyallohu anhuga topshirdi. Xandaq kunida Sa'd roziyallohu anhu jarohatlanib, Payg'ambarimizning masjidida davolayotgan edi. Manu Qurayzani yeriga Sa'dni Masjidi Nabaviydan olib kelishdi. U kishini ana shu o'tira olmaganidan, yura olmaganidan bir yog'ochni ustiga yotqizishib, eshikni ustiga qo'yib yog'ochdi. Shu eshikni o'tkazib olib kelishgan edi. Nasilkada bizni tilda. Shunda Payg'ambarimiz shu yerda turgan sahobalarga, Sa'd yaqinlashganda qumu li sayyidi qovmikum. Qavminglarni sayyidi keldi. Turinglar o'rninglardan dedi. Rasululloh turg'izdi o'tirgan sahobalarni. Yana takrorlayapmiz bu gapimizni. Kirgan odamni holatiga qarab turib, o'tirib ko'rishlik ham sunnat, turib ko'rishligi ham sunnat. Kaltakda ikkita uchi bo'ladi. Faqat bir tomonni bilib olib sunnat deb turib fitna qilayotgan ukalar, ikkinchi tomoni ham qaranglar, ehtimol tikka turib ko'rishiga ham sunnatdir.

[20:45] Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o'tirganlarda turinglar, homiylarni hurmatli kishisi keldi deb turgizyapti hammalarini. Demak, martabali, hurmatli, yoshi ulug' bo'lgan insonga, olim, ilmli bo'lgan insonnga qilinadigan muomala hammaga qilinadigan maomoladaqa bo'lmasligi kerak. Shu ham sunnat. Yoshini hurmat qilib turamiz, martabasini hurmat qilib suramiz, xalqqa qilgan xizmati uchun hurmat qilib suratmiz, ilmi uchun unimizdan turamiz. Mana shu ham sunnat ekan, birodarlar.

[21:18] Keling domla, deb ko'rishib o'tiribsiz da. Mahallangiz imom kirib kelsa. Keling domla qalaysiz deb. Beadablik ekan bu. Sunnatga xilof ekan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mana shunday bir fazilat egalarini o'zi ham hurmat qilgan. Yoshi kattami, kichikmi farqi yo'q. Har bitta sahobasini qadr qiymatini bilgan va bildirgan qadr qiytmatini. O'zi odatda chi, bir ulug' insonni oldida turgan yordamchilari, uni mana shu ulug' inson bo'lishiga xizmat qilgan yonidagi ko'makchilari eslanmaydi.

[21:55] Ko'zga ko'ringan shaxsni atrofidagilar odatda zikr qilinmaydi, eslanmaydi, shunday ko'lankasida qolib ketadi. Ammo payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam insonlarni eng ulug'i bo'lishiga qaramasdan, o'zini atrofidagi sahobalarga beparvo bo'lmagan. Ularni qadrini bilgan, ularni haqqini ado etgan. Qarang. Mana payg'ambarimni sahobalari haqida nima degan? Payg'ambar imtihonullohu alayhi vassallam aytdilar, ya ma'ruf, inni o'qiy bu kafillar. Ey maoz, men seni alloh uchun yaxshi ko'raman. Rasulullohni o'zidan eshitishni tasavvur qilinglar da. Sizga aytsa, ey falonchi, men seni Allohu uchun yaxshiroqman desa. Rasulullohdan ishlaydi. Bilasizmi bu Ma'oz roziyallohu anhu qanchalik ko'nglini ko'targan. Har qancha mehnatni esdan chiqarishga ham sabab bo'lgan. Uhud kunida Payg'ambarimiz irmiya, Sa'd, Fida aka, Abiy va Ummiy. Ey Sa'd oting, ota onam sizga fido bo'lsin dedi. Yana bir kuni Payg'ambarimiz aytdilar, mana shu Sa'di Nabiy oqqos kirib kelayotganda, Payg'ambarim majlisiga, yonida o'tirgan hamrohlariga qarab, Sa'dga ishora qilib, ha da xoli, fal yuring i mrun xolahu. O'n olti kishi meni tog'am bo'ladi.

[23:12] Bitam tinglar, tog'inglarni ko'rsatinglarchi shunaqasini degan. Tushunyapsizlarmi? Payg'ambarimiz o'zini atrofidagi kishilarni qadrlagan, hurmatini joyi qo'ygan. Yana bir o'rinda abu ubayda omir ibn jarroh roziyallohu anhuni maqtab aytadi likkonli ummatin aminun. Har bir ummatni ishonchni kishisi bo'ladi. Bu aminu hadihil umma Abu Ubaydu Amir Mirjarroh. Meni ummatimning eng ishonchli kishisi Abu Ubaydu Amir Mirjarroh degan edi.

[23:45] Endi qaranglar, Payg'ambarimiz boshliq bo'lib turib, rahbar bo'lib turib qo'l osti aylarni qadrlagan. Xolid ibn Valid haqida Payg'ambarlarimiz nima degandir? Xolid ibn Valid sayfun min suyufillah. Xolid ibnavalid allohning qilichlaridan bo'lgan bitta qilich. Abu Bakr haqida nima deganlar? Ma tola at tisham sun avala g'orabat ala ahadin ba'dannabiyeena val mursaliina afzalamin Abiy Bakr.

[24:16] Quyosh, anbiya va rasullardan keyin Abu Bakrdan afzalroq kishining ustiga ko'tarilmadi va botmadi. Payg'ambarlardan keyin, rasullardan keyingi eng afzal inson Abu Bakr Siddiq degan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Umariddin xatto haqida nima dediganlar? Lavkani nabiyun ba'diylakaani umar. Agar mendan keyin nabi bo'lishi mumkin bo'lganida, albatta Umar nabiye bo'lgan bo'lardi deydi.

[24:41] Mendan keyin nabiy yo'q, agar bo'lsa Umar bo'lardi degan. Boshliq bunaqa qo'l osti tegilarda bunday hurmat qilib turganligini ko'rgan bu yordamchilar qanday bo'ladi o'zlarini his qilish, birodarlar? Rasululloh odamlarni qadrini bilgan, hurmatini joyiga qo'ygan, ularni qadrlagan. Usmoni munaffoni haqida nima degan? Ala astakhiyamin rojulin tasdakhiyamin hul malayka. Axir farishtalar ham undan hayo qiladigan kishidan men hayo qilmayman derdi. Usmoni munaffonni hayosini maqtagan. Farishtalar ham yuradi Usmondan degan.

[25:16] Ali ibn Abit olim haqida. Ana madinatul a'lim va aliyun babu. Men ilm shahariman derdi payg'ambarimiz. Bu shaharlik eshigi Ali ibn Abita olib berdi. Tushunarli mirodalar? Rasululloh yoshi kattami, kichikmi, qadr qiymati bor bo'lgan, fazilat egasi bo'lgan, yoshi ulug' bo'lgan, ilmli bo'lgan, adolatli mansab egasi bo'lagan kishilarni hurmatini joyiga qo'ygan va siz bilan bizga bu narsani buyurganlar.

[25:53] Odamlar orasida ulug'ligi yoki biron fazilati bilan mashg'ul bo'lgan kishini hurmat qilishlik ayni sunnatdan bo'ladi, birodar. Endi ahli ilm bo'lgan. Ahli ilm bo'mgan. Musulmon olimni yoki yoshi ulug' kishini hurmat qurishlik birodarlar sunnatdan bo'ladimi? Sa'dim nima o'ziga turinglar dedi payg'ambarimiz. Mana endi boshqa adisda aytiladi payg'ambarimiz Abu Dovuddan la taqumu kama taqumul ajin.

[26:27] O'rningizdan ajamlar, ya'ni musulmon bo'lmaganlar turgani gapi, turmanglar. Nima degani bu? Ma'nosi, sizdan qo'rqqan uchun turayotgan bo'lmasin. Siz turayotgan bo'masangiz, biz aytdik, ilmi uchun. Xalqqa qilgan xizmati uchun, yoshini ulug'ligi uchun, adolat bilan ish yuritayotganligi uchun xalq ustida rahbar bo'lsa, shu narsa uchun turinglar deyapti. Ammo ajamlarni kabi turmanglar. Ajamlar nimaga turadi? Uni odamdan qo'rqqanidan turadi. Yoki u odamdan bir foyda umid qilishlik uchun turadi. Mana shunday narsa uchun bo'lsa, turmanglar deyapti payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam. Odamlarni kuchi, quvvati bilan o'rnidan turishga majbur qilayotgan kishi mutakabbir bo'ladi. Bu kishi o'zini fazilatini emas, o'zini shaxsiyatini hurmat qilyapti. O'zini shahsiyati uchun turishliklarni talab qilyapti. Bunday kishi uchun turilmaydi. Demak, uni zulmidan qo'rqib turayotgan bo'lsangiz, yoki undan bir foyda kelishini umid qilib turayotgan bo'lsangiz, bu sunnatga xilof turishlik bo'ladi.

[27:38] Manda xal'a ala g'aniyin. Fata'zo adayallohu zahaba suris adiyyin. Mana shu hadischi birodarlar, imom Bayhaqiydan, Ibn Mansuddan ro'yob qilinadi. Juda ham bir og'ir hadis. Ahli davlatlar bilan qilinadigan muomala. Qaranglar, bizchi, mana shuncha kim uchun o'rnimizdan hurmat bilan turishlikni gapirganda, ilmli odam dedik. Yoshi katta odam dedik. Xalqqa xizmat qilayotgan fazilat egasi dedik, adolat bilan ish yuritayotgan boshliq haqida gapirdik, lekin puldorni gapirmadik. E'tibor berdinglarmi?

[28:11] Mana bu to'rali odamga turadi odamlar hurmati uchun, lekin beshinchisini aytmadik. Lekin bironta o'rinda hali puldor uchun turishlik gapirilmadi. Puldor bo'lib turib, qo'lidagi ortiqcha davlatini xalqqa, diniga, qarindosh urug'iga fazilat bilan sarflayotgan bo'lsa, albatta hurmat qilamiz bunday boyni. Ammo faqat boy bo'lgani uchun o'rnimizdan turmaymiz uchun.

[28:34] Biz boyni boyligi uchun hurmat qilmaymiz. Boyni xalqiga foydasi tegayotgani uchun huramat qilamiz. Hadisda eshiting. Minda xola ala g'aniyin fata adolatullohu zahaba sulusi adinihi. Kim? Bir boyning huzuriga kirib, uning oldida o'zini xor tutsa, bas bu kishining dinini uchdan ikkisi ketdi.

[29:01] Faqat boylik uchun hurmat qilyapti. Xizmat uchunmas. Xizmati bo'lsin, xalqiga, ota onasini boshiga qo'yayotganligini ko'ring, ibodatda besh mahal namozda ekanligini, mana shu yerdaligini ko'ring, zo'r ishi uchun hurmat quring. Ammo faqat boy bo'lganligi uchun ham hurmat qilayotgan bo'lsangiz, diningizni uchdan ikkisi ketdi deb. Imom Bayhaqiydan bu hadis. Bu hadis Ibn Asokirdan.

[29:30] Zaydumni Sobi't roziyallohu anhu. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning eng ilmli olim sahobalardan bo'lgan, ulug' sahobalardan. U kishiga minish uchun ulovni olib kelishdi. Shunda uzangisini Abdulloh ibn Abbos ushlab to'g'rilab turdi. Oyog'ingizni bosib chiqib olay deganday qilib. Abdulloh ibn Abbos. Habrul umma bo'lgan, ummatning eng ilmli chisi bo'lgan Ibn Abbos, Payg'ambarimizni amakivachchasi, o'zangisini ushlab turdi. Bosib chiqib oling deb. Shunda Zaydumni Sobi't, ey Rasulullohni amakivachchasini unday qilmang, qo'yib yuboring, ushlamang siz dedi. Ya'ni sizdek odam qilsa uyat bo'ladi dedi. Ibn Abbos aytdi, yosh ulug'larimizga va olimlarimizga shunday muomala qilishga buyurilganmiz dedi.

[30:17] Ibn Abbos ey. Shunda Zayd roziyallohuni qo' qo'lingizni menga ko'rsating dedi. Ibn Abbos qo'lini ko'rsatuvdi, shunday qo'lini tortib turib, qo'lidan o'pib qo'ydi. Zaydimni sobit. Aytdiki, Payg'ambarimizning ahli baytiga shunday muomala qilishga buyurilganmiz dedi. Bu ikkalasi ham ilm darajasi bu ummatda birinchi o'rinda turgan kishilar edi, birinchi darajali ilmli odamlar edi. Bir biriga qilayotgan muomalasini ko'ring. Musulmonlarni aloqasi, musulmonlarni muomalasi shunday bo'ladi. Chunki ular bir birlariga o'zlariga ravo ko'rgan narsani ravo ko'radi. Alloh Subhanahu va Taolo eshitgan ma'ruzalarga amal qilishini barchamizga tavfiqini bergan bo'lsin va yoshi ulug'larimizni birodarlar hurmatini joyiga qo'yib, ularni duosini oladigan yoshlardan qilsin bizni. Bolalarimizga mana shu narsani o'rgatishdan avval kattalarni o'zimiz hurmat qilayotganimizni ko'rsataylik. Chunki fe'l ham ko'rsatilgan dars yuz marta qilingan masaladan ko'ra afzalroq bo'ladi.

[31:18] Aqul hovli ha da va astag'firulloh qilish.
