Maviza
—Qoralama45 daq

Ixtilofli masalalar

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
44:41
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohiym. Bismillahir rohmana rohiym. Alhamdulillahi robbil an'unamin, vassolatu vassalamu alayhi rohim, mursalik va ala alixiy va ashabiy. Hech mayin. Allavotu assalomu alaykum va rahmatullohi ta'al va barakatuh. Alloh subhanah va taolo o'rganayotgan ilmimizni foydali qilsin, barakotli qilsin, o'zi rozi bo'lsin va qabul qilsin. Musulmon ummatiga foydali qilsun.

Hozirgi kunda birodarlar, musulmonlar orasida katta bir ixtiloflarga, muammolarga sabab bo'layotgan bitta masala bor. Bu iymon masalasi. Iymon nima? Mana shu muammo sababli, mana shu masala sababli ayrim musulmonlar boshqa musulmonlarni kofirga chiqaryapti va bir birini qonini halol qilyapti. Ilmsiz musulmonlar bor. Ilm yo'liga endi kirgan musulmonlar bor yoki ilm yo'lga kirgani, ammo ilmi sayoz bo'lgan musulmonlar ham bor. Ana shu ilmi sayoz bo'shgan musulmon birodarlarimiz shu masalani yaxshi o'rganmagan. Iymonni nima ekanligi haqida chuqur bilimi yo'q. Bu mavzuda yuzaki xabari bor. Shu sababli musulmon bo'lgan odamni, e, iymonsizlikda, kufrda ayblagichlikka jur'atli bo'layotganligini ko'ramiz. Kobirda hukm chiqarayotganiga guvoh bo'lamiz.

Bu toifa insonlar, iymon deyilganda faqat o'zlari iymon deb tushungan narsani qabul qiladi. Agar ular o'zlari iymon deb tushungan narsasini ahmadda yoki bahodirda topqasa, bemalol ularni imonsizga chiqaradi, kofirga chiqarib yuboradi. Buni natijasi qanaqa bo'ladi? Mana shu ilmsizlikni natijasi qana qa bo'ladi. Ilmsiz holatda fatvo aytib, ilmsiz holatida hukm chiqarishlikni natijasi quana qa bo'ldi? Musulmonlar bo'linadi. Takfirliklar paydo bo'ladi. Ya'ni. Bu toifa odamlarni aytgan andazasiga shabloniga bular tushmasa, bemalol kofir deyveradi. Garchi bir odam musulmon otadan dunyoga kelgan bo'lsa, shahodatni aytib turgan bo'lsa ham, bularni nazdida u musulmon emas.

Ana shu shahodat kalimasini aytgan, ammo amallarga sust bo'lgan, amallarga beparvo bo'lgan odamlarni amalni tark qilganligi uchun ham kofir deyishaveradi. Amalni tarqagani uchun musulmonni kofirligida ayblaydi. Keyin nima bo'ladi? Keyin uni bu odamni moli ham, joni ham boshqalarga nima bo'lib qoladi? Halol bo'lib qoladimi? Hozirgi kunda birodarlar musulmonlarni orasida bo'layotgan urushlarning asosiy sababi mana shu. Ikkita musulmon taraf bir biri bilan urushyapti. Ikkala taraf ham karima keltirgan. Ikkala tarafi ham iymonning ana shu shartlariga ishonadi. Ammo baribir bir biriga qarshi jang qilyapti. Nima uchun? Nima uchun bir birini qonun oqizayapti? Musulmonda qonun musulmonga qolar emasmi da? Sabab, ana shu urushayotgan ikki taraf o'zini e'tiqodiga ko'ra, narigi tarafni kofir deb biladi. Ya'ni ahmadni aqidasiga ko'ra, unga qarshi jang qurayotgan narigi tarafdagilar kofir. Vaholanki, narigi tarafdagilar ham kalimaga keltirib musulmon bo'lib turibdi.

Iymon o'zi nima? Amal. Iymonning asosiy ruknimi? Ya'ni amal iymonni ichiga keladimi yoki amal alohida narsami? Iymon ko'payib ozayadimi? Shariatimizni bu haqida nima deyilgan? Sarafis solihilar, o'tgan ulug' mushtohid ulamolarimiz, bu masalada siz bilan bizga nima deb ta'lim berishgan? Bugun inshaalloh mana shu mavzuni bahs qilamiz.

Iymon nima? Iymonning lug'aviy ta'rifi. Ta'riful iymoniy lug'atan at tasdiquv. Yuqoruv, a mana lag'uv, va a mana behi, a, sodda qohuv. Iymonning lug'avi ma'nosi tasdiqlash, ishonish. Ya'ni uni tasdiqladi, unga ishondi. Bu yerda mana shu Yusuf alayhissalomni qissasiga murojaat qilamiz.

Alloh azza va jalla Yusuf alayhi assalomning akalari haqida shunday dedi. Astay deb yurdi. Voma an ta bi mu'mininglana valav kunna sodiqiyin. Ay, bi musoddiqinglana. Ular aytishdiki, endi roz gapirsak ham siz bizlarga aslo ishonmaysiz. Ya'ni roz gapirsak ham tasdiqlamaysiz.

Arab tilida iymon so'zi mutloq tasdiqlash, ishonish ma'nosini beradi. Siz nimani tasdiqlasangiz, nimaga ishonsangiz, siz shunga iymon keltirgan bo'lasiz. Masalan, quyosh chiqqanini tasdiqlasangiz, ishonsangiz. Demak, quyosh chiqqaniga iymon keltirgan bo'lasiz. Agar qorni rangini oppoq ekanligini tasdiqlasak, siz qorni rangi oppoq ekaniga iymon keltirdingiz. Bu. Iymon so'zining lug'aviy ma'nosi edi.

Iymonning islomdagi umumiy ma'nosi esa, Payg'ambarimiz Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallamning Alloh subhanahu va taolo huzuridan olib kelgan narsalarni, xabarlarni tasdiqlash, ularga ishonish degani. Demak, ishonish, tasdiqlash. Shunga ko'ra kim, Payg'ambaringiz sollallohu ala yu vassallamni Alloh subhanahu vato alo dan olib kelgan risolatiga, va xabarlarga ishonsa va ularni tasdiqlasa, unga iymon keltirgan mo'min bo'ladi.

Iymonning shar'iy ta'rifi. Ahli qibdalar, ya'ni musulmon ummati, birodarlar iymonning shar'i ta'rifida ixtilof qilishgan. Ya'ni ahli sunnaval jamoa imombori iymonning nima ekanligiga ikki xil ta'rif berishgan. Ahli sunna va jamoa imomlari orasida iymonni nima ekani haqida ikki xil fikr bor. Birinchisi, iymon qalb bilan tasdiqlash, til bilan iqror bo'lish. Ikkinchi ta'rif, iymon qalp bilan tasdiqllash, til bilan ikqror bo'lish va amallarni bajarish.

Ya'ni, qalbi bilan ishonish, tili bilan kalimani aytish, birinchi ta'rif, ikkinchi ta'if, qalb bilan ishonish, til bilan kalimani aytish va solih amallarni bajarishlik. Ahli sunnaval jamoaning ulamolari, xususan Abu Hanifa, Abu Mansur Moturudi, Abu Hasan Ashariy, rohimahullohlar, iymon qalb bilan tasdiqlash, til bilan iqror bo'lish deyishgan. Iymon qalbbilan tasdiql ash va til bilan iqoror bo'lish deyishigan.

Ikkinchi ta'rif. Ahl hadislardan bo'lgan farqiylar, Molik ibn Anas, Imom Avzoyi, Imom Ushofiyai, Is'hoq ibn Rohavoy, Ahmad unda hamar va boshqalar, iymon, til bilan iqror bo'lish, qalb bilan tasdiqlash va solih amal qilish deyishgan. Bu ikkinchi ta'rif bu. Demak, oldimizda ikkita ta'rif turibdi, birodarlar. Birinchi tarifda iymon, qalb bilan tasdiqlash va til bilan iqror bo'lish. Ikkinchi tarifda qalb bilan taqlash, til bilan iqhoror bo'lish va amallarni bajarish.

Keling endi mana shu ikkala ta'rifni dalillarini ko'rib chiqamiz birodarlar. Ahli sunnaval jamoaning ulamolaridan Abu Hanifa, Imom Moturidiy, Imom Ash Sharilar, iymon, qalb bilan tasdiqlash, til bilan iqror bo'lish deyishdi. Mana ularning dalillari.

Birinchidan, bir insonda iymonning haqiqati paydo bo'lishi uchun, uni qalbida Alloh talab qilgan narsalarni tasdiqlash bo'lsa kifoya qiladi. Qalbi bilan ishonsa bo'ldi deyildi. Shunda iymon so'zining lug'aviy mohiyati bo'lgan tasdiqlash yuzaga chiqadi. Chunki qalbi bilan ishondi, qalbi bilan tasdiqladi. Endi bu odam mana shu narsalarga qalbi bilan isnadi, tasdiqladi, ammo uni qalbidagi narsani biz bila olmaymiz. Chunki qalb insonni botiniy ichki amali.

Bu holatda biz uni musulmon deb aniq ayta olmaymiz. Chunki qalbidagi narsani biz bilmaymiz. Endi shu qalbidagi bor narsani tasdiqlab bizga tili bilan kalimalarni aytib berish kerak. Tili bilan aytmaydigan bo'lsa, biz unga mo'minlarni, ahkonlarini joriy qilishimiz mumkin bo'lmay qoladi. Masalan, nikoh o'qish uchun, janoza o'qish uchun, ko'mish uchun, yuvish uchun, va hokazo ishlar uchun og'zidan bir marta shu kalima, shahodat kalimasiga chiqqan bo'lishi kerak. Shuning uchun u tili bilan shahodat kalimasini aytib, bizga o'zini mo'min ekanligini bildirish kerak bo'ladi.

Shuning uchun Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar: umirtun an u qotilandan sahatday yaqulular ilohi illalloh. Fayda qol u ha, asom u minni dima'ahum muammo alahum illa behaqqi ha va hissa buhim alallohi ta'l. Insonlar deyaptilar: Rasululloh, Allohdan o'ziga iloh yo'q deb aytgunlaricha, ular bilan jang qilishga buyurildim. Agar ular buni aytsalar, kalimani aytsalar, mendan qonlarini, mollarini saqlabdi. Islom haqqi bundan mustasno. Ularni hisob kitobi Alloh Taologa havola. Muttafag'onalik bo'lgan hadis. Bu hadisni ma'nosidan ko'rinib turibdiki, bir insonni musulmonda bilishimiz va unga shariy hukmlarni joriy qilishimiz uchun u shahodat karimasini aytib, iqror bo'lishi lozim bo'ladi. Tili bilan karimani aytishligi kerak.

Demak, iymonni ikkita rukni bo'ldi. Ular qalb bilan tasdiqlash, til bilan iqror bo'lish. Tasdiq soqit bo'lishi mumkin bo'lmagan rukn. Iqror esa soqib bo'lishi ehtimoli bor. Bu nima degani? Tasdiq, soqib bo'lishing mumkin emas. Iqror esa soqqib bo'lishingim mumkin. Bu nima deyani? Masalan, bir inson qalbida Alloh azizu vajalaga ishonibdi. Muhammad alayhissalom olib kelgan narsalarni qalbi bilan tasdiqladi, ammo tili bilan ayta olmadi kalimani. Bir sabab tufayli. Masalan, soqol inson ayta olmaydi. U nima bo'ladi? Yoki kalimani bilmaydi, aytishlikni. Aytay desa kalimani bilmayda. Bu odam Allohni huzurida mo'min bo'laveradi.

Ha, biz uni kalima keltirmadida, biz uni mo'min deb ayta olmaymiz uni. Ammo boyagi moniy, sababli aytmagan bo'lsa, mo'min bo'ladi. Shuning uchun aytdik, tasdiq. Soqit bo'lishi mumkin emas. Albatta bo'lishligi shart, qalbda ishonch bo'lishi kerak. Endigi qaror soqit bo'lib qolishi mumkin. Ikkinchi dalil, mashhur, bu ko'pchiligimiz eshitgan, o'qigan, bilgan hadis, Jabr alayhissalom qissasi. Jabr alayhissa lom mana shu notanish bir kishi suratida kelib, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan bir qancha savollarni so'radi. Shularni ichida fahbibning anil iman. Iymonning nima ekanligini menga xabarini bering, dedi.

Shunda Rasululloh sollallohu alalayhi vasallam antu umina billahi va malakatihi va kutubihi va rusuniyhi va lyovmi il axir va tu'mina bil qodarihi, xoyrihi va sharihih, dedilar. Rasululloh aytdilar, iymon bu Allohga, farishtalarga, kitoblarga, Payg'ambarlarga, qiyomat kuniga, taqdirning yaxshi yomoniga ishonishing deb aytdilar. Agar iymonni asli qalbda tasdiqlashdan oshiqcha boshqa narsa bo'lganida, Payg'ambarmiz buni aytgan bo'lardilar. Agar iymonning asli qalbdagi tasdiqdan oshiqcha boshqa narsa bo'lganida, Payg'ambarimiz buni ham bizga aytgan bo'lardilar. Demak, moturid daqidasiga ko'ra, iymon bu qalb bilan tasdiqlash va til bilan iqror bo'lish. Qalb bilan ishonish, til bilan kalimani aytish.

Iymonning ta'rifida Imom Abu Hanifadan ham bo'lsa ikki xil rivoyat. Keyin, birinchisi, aboxonifa o'zini fiqh xulokabar kitobida shunday deydi al imanu huvattasli quvol iqror. Iymon bu qalb bilan tasdiqlash va til bilan iqror bo'lish. Ikkinchi rivoyat, imom aboxonifa shunday deydi. Al imanu huvittasli qubel qolbiy la g'oyir. Vol iqroru billisan daliluni alayhi valaysa berukuning. Imom qalb bilan tasdiqlashdan boshqa narsa emas. Ya'ni faqat qalb bilan taqlidlash. Til bilan iqror bo'lish esa, u tasdiq uchun dalildir xolos. Rukn emas. Ya'li imom bu qalb bilan tahqirlashlikdan boshqa emas. Til bilan ixror bo'lishlik esa ana shu tasdiqning dalili. Chunki yuqorida aytdik, agar bir odam soqov bo'ladigan bo'lsa, soqov bo'ladigan bo'lsa til bilan aytishdek, iymonning asosiy rukini deydigan bo'lsak, u ayta olmaydi. Endi asosiy rukni qasd qilsa, qalb. Chunki til, boyagi aytayotganimizdek, inson soqoliga tufayli ayta olmasligi mumkin.

Iymon qalb bilan tasdiqlashdan boshqa narsa emas, til bilan iqror bo'lish esa, u tasdiqqa dalildir xolos. Ya'ni asosiysi qalb bilan taqlash. Til bilan kalimani aytishlik, iymonning asosiy rukni deyiladigan bo'lsa, unda soqqa odam kalima keltira olmaydi, uni iymonli emas deyishimizga to'g'ri keladi.

Al muso amaro sharx al muso yaroda keladi. Iymon tasdiqlashdir. Muhammad alayhissalotu vassalom olib kelgan narsalarni tasdiqlagan kimsa, o'zi bilan alloh orasidagi narsalarda mo'min bo'lib hisoblanadi. Til bilan iqror bo'lish esa, dunyodagi hukmlarni joriy qilish uchun shart bo'lib hisoblanadi. Yuqorida aytdik ku, bir odam qalbi bilan ishondi, u alloh bilan o'zini o'rtasida mo'min. Ammo biz uni mo'minligiga isbot o'laroq kalimani talab qilamiz. Kalimani aytgandan keyin, shariy hukmlarni ustidan joriy qilamiz.

Ibn Qutlubg'o muallifni mana shu so'zni aytganida aytadiki, bu so'z Imom Abu Hanifadan ham rivoyat qilingan bo'lib, u kishi o'zining Alin va Mutaallin kitobida aynan shuni aytib o'tadi. Shuningdek, bu Imom Abu Mansur Moturidiyning, Husayn ibn Fadhil Al Balxiyning hamda boshqa muhaqqiq sohiblarimizning ixtiyoridir. Hoshiyati Qosim Al Al Musamola kitobidan olindi.

Keyingi dalil. Shayx Abu La'izali Hanofiy Al Aqidatu Taha Biya kitob yozgan sharhida shunday deydi. Xanafiylardan shunday deydiganlari bor. Til bilan iqror bo'lish, iymonning aslidan bo'lmagan zoida rukndir dedi. Ya'ni asli rukn qalb bilan ishonish, qo'shimcha zoida rukn nima? Til bilan iqoror bo'lish.

Imom Abu Mansur Motiruddin ham bu gapni aytgan. Imom Abu Hanifadan ham rivoyat qilinadi shu narsa. Keyingi dalil. Shayx Ibn ul Humom Fathul Qodir kitobida shunday deydi: vo huvol manqulu an abiy hanifa rodiyallohu anhu al imanu quvvat tasdiqu va iqroru shartu ijroil ahkam. Ibn ul Humon Fathul Qodirda aytadi, Abu Hanifadan naql qilingan narsa ham shu. Iymon, tasdiqlashdir. Til bilan iqror bo'lish esa, hukmlarni ijro bo'lishligi shartidir. Mana biz hozir iymonning birinchi ta'rifini ko'rib chiqdik. Demak, iymon, qalb bilan tasdiqlash, til bilan iqrori bo'lish. Bu birinchi ta'rifi, bu dalillar.

Endi ikkinchi ta'rifi. Ahli sunna ulamolarining iymonga bergan ta'rifini ikkinchisi, iymon, qalb bilan tasdiqlash, til bilan iqror bo'lish va solih amal qilish. Ahli hadislardan bo'lgan faqihlar, molik ibn anas, imomahzoyi, imomah shofi, is'hoq ibn rohavoy, imom ahmadimni hambal va boshqalar, iymon, til bilan iqror bo'lish, qalb bilan tasdiqlash va solih amal qilish deyishgan. Mana shu ta'rifni havolingizlar bilan Mo'tazillilar ham aytishgan.

Iymon, til bilan iqrori bo'lish, qolb bilan tasdiqi qilish va solih amalqilish deganlarning dalillari. Birinchi dalili. Alloh Taolo aytadi, astadibilla liyazdado imana ma'i imanihin. Fatih surasi. Iymonlariga iymon ziyoda bo'lishi uchun. Iymonda ziyodalik faqat solih amallar bilan bo'lishi mumkin deyishadi. Shuning uchun amal iymonning shartlaridan, iymonning ruknlaridan deyishadi.

Ikkinchi dalil, boshqa oyatda Alloh Taolo aytadi, astag'firulloh, vama ka'na allohu li yu'dayi iymana kun. Alloh sizlarning iymoningizni zoyi qilmas, ya'ni namozingiz zoyi qilamas. Bu oyatda Alloh Azza va Jalla namozni iymon deb nomladi. Namoz bu amal. Demak, amal iymonning bir bo'lagi deyishdi. Lekin ahli hadislar nazdida amal iymonning asliy rukni emas. Chunki ularni nazdida amalning zavol bo'lishi bilan, amalni yo'q bo'lishi bilgan, iymon zavolga yuz tutmaydi. Iymon yo'q bo'lib ketmaydi.

Agar amalni, iymonning asli rukuni deyiladigan bo'lsa, asli rukun bo'lgan amal yo'q bo'lsa ham, demak, iymon ham yo'q bo'p ketishi kerak bo'lib qoladi. Masalan, namoz o'qimagan odam, namoz o'qumagan musulmon kofir bo'lib qolishligi kerak. Namozning rukunlaridan bo'lgan amallar, mana qiyom, qiroat, ruku, sajda, qaday oxir. Bu namozning rukunladi. Agar ana shu namozning rukullardan bo'lgan, shulardan bittasi yo'q bo'lib qolsa, namoz yo'q bo'ladi, qaytadan o'qishlik kerak.

Shuning uchun amal iymonning asosiy rukunlaridan emas deb aytishadi. Xabarchilar nazdida ham amal iymonning aziziy rukni edi. Amal bo'lmasa iymon bo'lmaydi deyishardi ular ham. Endi biz ularga aytamizki, amalni iymondan qilishimiz to'g'ri emas, mumkin emas. Chunki Alloh Taolo iymon va amalni orasini ajratib, alohida alohida keltirgan. Talof surasida Alloh Taolo aytadi, astadibillah, vomay yu umin billahi va ya'mal solih. Kimki iymon keltirsa va solih amal qilsa. Mana iymon keltirishiga alohida atalindi va harfatvasidan keyin solih amal keltirdi. Demak, iymon boshqa narsa, amal boshqa narsalar bo'ladi. Yana boshqa so'radi, Alloh Taolo marhamat qilyapti. Ya ayyuha alladina amanu kutiba alaykumus siyam. Ey, iymon keltirganlar, sizlarga ramazon ro'zasi farz qilindi. Ya'ni. Ramazon ro'zasi farz bo'lmasdan turib ham Alloh Taolo xitob qilayotgan odamlarni mo'mini ekanligini aytyapti. Ey iymon keltirganlar! Ya'ni ungacha ramazon farz bo'lmagan edi. Yana boshqa oyatda aytadi astadibilla, ya ayyuha'lla dini amanu ida qumdum ila sola.

Ey iymon keldirganlar, agar namozga tursalaringiz. Ya'ni iymon keltirilganlar deb turib, namozni keyin alohida aytyapti. Alloh azza va jala bu oyatlarda ularni hali amali bo'lmasa ham mo'min deb nomlayapti. Alloh taolo bu oyatda kimga xitob qildi? Mo'minlarga. Hali ular mana shu amallar, mana shu amallarni qilmasdan turib ham mo'min ekanligini oyat aytyapti.

Yana boshqa oyatda aytadi alloh taolo astadilillah. Valladina amon va aminuz solihat. Iymon keltirgan va solih amal qilgan kimsalar. Demak, iymon alohida, solihamal alohida keltirilyapti. Solihamallarni iymonga atf qildi, ya'ni bog'ladi. Ma'tuf bog'langan va ma'tufu alayhi bog'lanilganning orasida muqoyara boshqachalik bo'lishligi kerak. Masalan, va harfati ha keldimi, ikkita kalimani o'rtasida, demak, va dan avvalgi va va dan keyingi kalima alohida narsa degan. Misol uchun, men bozorga chiqib, non va qovun sotib oldim desa, qovun bilan nonni o'rtasida vov harfi kelyapti. Vov harfi keldimi? Demak, vov harfidan avvalgi so'z boshqa narsa, vov harfdan keyingi kelgan so'z bosh qa narsani bildiradi. Shuning uchun iymon va amal dedi. Shuning uchun biz aytamiz, amal iymonning rukni emas. Amal iymonni ichiga kirmaydi.

Amal iymonning asli rukni emasligiga ham dalillar bor. Birinchidan, agar solih amallar iymon jumlasidan bo'lganida, iymonni ruknidan bo'lganidan, amallar bekor bo'lishi joiz bo'lmas edi. Chunki iymon nasib qilmaydi. Ya'ni bir amalga buyurildi, keyin u amal bekor bo'ldi. Agar amalni iymon deganimizda, bu amal bekor bo'shishi mumkin emas edi. Chunki iymon bekor bo'lmaydi da. Ikkinchidan, solih amallar iymon bo'lganida, solih amalllar iymondan bo'lganida bironta inson to'la iymon bilan vafot etmagan bo'lar edi. Chunki amallarni cheki chegarasi yo'q, birodarlar. Endi nimani ma'lum chegarasi bo'lmasa, uni nihoyasi va to'la to'kisligi ham bo'lmaydi.

Ya'ni hech kimda to'la to'ksiy imom bo'lmas edi. Imonga, imonning sharti ertadan, amon to billahi va malakati hima, kutubihi va rusunihi va ilohim ilohim, axir val qudari xoyrihi va sharihih minallohi ta'ala val ba'ti badal mot. Mana shu yettitasiga ishongan odam muammo bo'laveradi. Uchinchidan. Biz kimki qalb bilan tasdiqlasa, tili bilan ixro bo'lsa, hamda toat ibodat yoki ma'siyat qilishdan oldin shu zahoti vafot etsa, u mo'min holda vafot etadi deb ittifoq qilganmiz. Bundan kelib chiqadiki, solih amallar iymon jumlasidan emas.

Masalan, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning siyratiga murojaat qilsak, Rasululloh Haybarga qo'shin bilan bordilar. Haybar qal'alarini qamal qildilar. Yahudiylar o'zlarining qal'alaridan turib, kamondan o'q uzishardi, juda uzoq masofaga. Shuning uchun musulmonlar yahudlarning qal'alaridan uzoqroq masofaga borib, qo'shinlarni joylashtirishar edi. Demak, musulmonlar qo'shini bilan qal'ani o'rtasida ancha masofa bor. Ana shu bo'sh masofaga yahudlar qal'asini eshigini ochib, qo'ylarni haydab chiqib boqib olib kirib ketar edi. Yahudiylarning qo'ylarini boqib yuradigan qul qal'adan chiqdi. Qo'ylarnini haydab, Rasulullohning oldiga keldi. Shahodat kalimasini aytdi, musulmon bo'ldi. Hali bir vaqt namoz o'qimasdan avval jang bo'ldi da, musulmonlarda safida kelib boyagi qoraqul shahid bo'ldi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar, bir vaqt namoz o'qimasdan, jannatga kelgan kishini ko'rishni xohlaganlar, mana bu qoraqulga qarasin dedilar.

Ya'ni, kishi qalbi bilan ishondi, tili bilan kalimani aytdi, ammo bitta ham savob ish qilishlikka ulgurmadi. Nima bo'ladi unda? Muammo bo'laveradi. Mana Qoraqul ishondi, kalima keltirdi, hali bitta savob ish qilishlikka ulgurmadi. Jannatga kiraverdi. Iymon haqida yana bir qavm, daqqoqiy roqishi, abdulloh ibn said al qatton va hamma karromiyalar aytishardiki, iymon til bilan iqror bo'lishni o'zi. Ya'ni kishi til bilan kalimani aytib qo'ysa, bo'ldi, musulmon bo'ladi deyishardi. Va o'zini bu, e, iymonga bergan ta'rifiga Payg'ambarimizning ushbu hadisini dalil qilishar edi. Rasul aytganlar, umirtu anu qotila nasa hattaya qulula ilayhi illalloh. Insonlar Allohdan boshqa iloh yo'q deb aytmagunlaricha ular bilan urush qilishga buyurildim deganlar. Mutafaa hunar adiz. Bu hadisdan olgan dalillari ularni.

Rasululloh munofiqlar bilan urush qurishni harom qildilar. Nima uchun? Ularda munofiqlarda faqat tili bilan iqror bo'lish bor edi. Ular tili bilan aytib qo'ygandi kalimani. Shuning uchun ular bilan urushi bo'lmas edi. Shuning uchunga ularning iymoni bor deyishardi. Biz aytamiz, bu gapinglar noto'g'ri. Chunki til bilan iqror bilishingni o'zi iymon emas. Alloh azza va jalla munofiqlar haqida nima degan? Mana munofiqlar tili bilan kalimani aytgan. Lekin qalbida iymon bo'lmagan. Shuning uchuncha munofiq bo'lgan ular. Aslida aytib beringlar. Ya yuhar rasul, la yahzunkalladina yusayriya'una fil kufr minalladina qolu amanna bi axvo hihim va lam tu'minqulu buhim. Ey Muhammad alayhissalom, ey payg'ambar, og'izlarida iymon keltirdik degan, ammo dillari iymon keltirmagan munofiqlardan va yahudiy bo'lgan kufr tomonga qarab chopayotgan kimsalar sizni mahzun qilmasin. Ya'ni ular tili bilan iymon keltirdik deyishgan, ammo qalbida iymon bo'lmagan. Alloh Taolo ularni munofiq deyapti. Agar til bilan aytib qo'yishlikni o'zi iymon bo'lganida, Alloh Taolo yana aytadi, astaydu billa, holatil a'robu amanna, qo'l lam tu'minu valakin qulu aslamna.

Hujurat so'rasin. Arabiylar iymon keltirdik deydilar. Ey Muhammad alayhissalom, ularga ayting, sizlar iymon keltirganinglar yo'q, lekin sizlar bo'yunsundik denglar. Demak, bu oyatda Alloh Taolo o'zini payg'ambarini sizlar iymon keldirganinglar yo'dq deb aytish kelib yuryapti. Demak, ularda iymon yo'q. Garchi tili bilan aytib qo'ygan bo'lsa ham.

Yana Alloh Taolo TVdagi oyatni davomida aytadi, istedbiylar. Volamma yadxul il iyman u fiiqulu biqum. Chunki hali hanuz iymon sizlarni dilinglarga, harbiylarga kirgan emas. Demak, bu oyatda ma'lum bo'lyaptiki, iymonning o'rni dillar va qalblar. Boshqa oyatda aytadi, istadbiylar. Illa man ukriha va qolbuhu butmai num bil iyman. Lekin kim? Qalbi iymon bilan orom bo'lgan holda kufr kalimasini aytishga majbur qilinsa. Ya'ni bu oyatda ham Alloh Taolo iymonni o'rni qalb ekanligini aytyapti.

Bu nima degani? Inson tili bilan aytsa yu, ammo qalbida tasdiqi bo'lmasa, bu insonda iymon bo'lmasligi dalil. Mana Ammoriddin yozuv roziyallohu anhuni otasini, onasini o'ldirishni ko'zini oldida. Abu Jahl ammo roziyalloh anhuni qiynovurdi, temirni qizdirib jasadiga bosaverdi, bosaverdi. Ana shu og'riqqa chidamasdan, azobga chidamasdan, shu kufr kalimasini aytdi. Qalbida iymoni bor edi, lekin shu kalimani majbur aytdi, tili bilan aytdi. Rasulullohning huzuriga kelganida, qalbing nima deyapti deganda, qalbim iymon bilan orom oladi dedi. Demak, iymon bu til bilan aytib qo'yishlik emas, qalb bilan ishonishligi kerak.

Yuqorida aytib o'tdik, karomiya lar iymon til bilan iqror bo'lishni o'zi deyishgan. Ularni nazdida til bilan iqro qilinsa bo'ldi, iymon hosil bo'laveradi. Endi ularni bu gaplari biz keltirgan dalillarga mutlaqo zid. Agar ularni bu gapini haqiqat to'g'rida bog'lanadigan bo'lsa, munofialar ham birodarlar haqiqiy mo'min bo'lib qolar edi. Bu esa munofiqlarni kofir ekanligini tasdiqlab, nozil bo'lgan quran oyatlariga tamomiy teskari.

Iymon haqida yana bir qavm. Jahm ibn Safvon va unga ergashganlar aytishadi, iymon faqat ma'rifat, xolos. Ya'ni iymon degani faqat tanib qo'yish, bilib qo'yishi. Qarang, Karomiyalar nima dedi? Tili bilan aytib qo'ysa bo'ldi dedi. Endi Jahminni Safon aytyapti, iymon faqat tanib qo'yish deyapti. Biz aytamiz bularga, bu noto'g'ri. Birinchidan, bunday deb aytilsa, iymonning tasdiq degan lug'aviy ma'nosi yo'qolib qoladi. Ikkinchidan, kafirlar ham Allohni tanigan. Alloh Taolo aytadi: Astadibilloh, vala insof altahum man xolaqos samavati val ardalayaqu rum nalloh. Agar ulardan osmonlar va yerni kim yaratgan deb so'rasangiz, albatta Alloh derlar.

U ahli kitoblar, kofirlar, Muhammad ali sallomda ham o'zini farzandini taniganday tanishar edi. Tanishar edi, lekin tasdiq sodir bo'lmaganligi uchun ular mo'min bo'lisha olmadi. Bundan bilinadiki, iymon bu tasdiqlash, tanib qo'yishni o'zi emas. Iymon tanib qo'yg'ishni o'zi ham emas. Iymon bu tasdi qilish.

Iymonning asliy rukni tasdiqlash dedik. Til bilan iqror bo'lish iymonga qo'shimcha rukn hisoblanadi dedik. Imom Sa'duddin Taftazoni bu haqida shunday deydi. Iymon asliga qo'shilgan narsa til bilan ifodalashdir. Chunki til qalbdagi narsani ifodalaydi va qalbiy tasdiqqa dalolat qiladi. Ammo til bilan ifodolash asliy ruknga kirmaydi. Chunki tasdiqni o'rni qalb. Shuning uchun ham uzrli paytlarda til bilan ifodala sh soqit bo'lib turadi.

Yuqorida aytdik, masalan soqov kishi tili bilan ayta olmaydi, uni kofir demaymiz. Yoki majburlangan odam kufr kalimasiga, qalbida iymoni turib, majbur kufr kalimasini aytgan bo'lsa, ammorimni yozib qissasiga o'xshagan, bu holatda bu ikkala odamdan iymon hukmi olib tashlanmaydi. Til bilan iqror bo'lish, iymonning qo'shimcha rukni ekanligiga, Imomu Saraxsiy, Fahrul Islom Fazo'iy va boshqa ko'plab fohidalardan rivoyatlar naql qilingan. Mana shu qarash Najmiddin Nasafiy suyangan qarash hisoblanadi. U zot Ahoyida Nasafiy kitobida quyidagilarni yozadi. Iymon, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning Alloh huzuridan olib keladigan narsalarni rostda bilish va uni til bilan ifodalashdir.

Mana birodarlar, iymon haqida bir qancha ta'riflarni o'qidik. Ahli sunnaval jamoa ulamolari iymon deganda, ikki xil ta'rifni siz bilan bizga aytishdi. Birinchi ta'rif. Iymon qalb bilan tasdiqlash va til bilan iqror bo'lish. Ikkinchi ta'rif, qalb bilan tasdiqlash, til bilan iqror bo'lish va amallarni bajarish.

Iymonga berilgan ikkala ta'rif o'rtasidagi ixtilof bu lafziy ixtilof xolos. Iymonni qalb bilan tasdiqlash, til bilan iqror bo'lish deganlar, iymon deganda shu narsa tushuniladi dedi. Endi, ikkinchi toifa nima dedi? Iymon qalb bilan taqlash, tilbilan aytish va amalni qilishlik deganda komil iymoni nazarda tushgan. Abu Hanifa, iymon bu qalb bilan ishonish va til bilan tasdiqlash dedi. Qolgan imomlar bo'lsa, qalb bilan isnish, til bilan tasdiqiqlash va solih amallarni bajarish deyishdi. Imomlar tarafidan imonga ikki xil ta'rif berildi. Biz bu o'rinda qaysinisini ta'rifi to'g'ri, qaysinisini noto'g'ri deb savol berib, biz bunga hukm chiqarishga shoshilmaymiz.

Ikkala ta'rif ham to'g'ri. Bu o'rindagi ixtilof faqat lafzi ixtilof. Bir taraf, iymon bor bo'lish uchun qalb bilan til kifoya dedi. Amal iymonni bir qismi emas dedi. Ikkinchi taraf esa, komil iymon bo'lish uchung amal iymonning bir qismi dedi. Qaytarib aytamiz. Bir taraf, iymon bor bolishi uchun qalp bilan til kifaya qiladi. Ikkinchi taraf, komil iymon bilish uchun amal iymonning bu qismi dedi.

Demak, iymon va komil iymon. Bu yerdagi lafzdaylar bor ixtilof faqat. Abu Hanifa amal iymon ichiga kirmaydi. Balki uni to'ldiradi va komil qiladi dedi. Abu hanifa usmon al battiga yuborgan maktubini aytadiki, ha, men amal iymonning sharti rukni emas deyman dedi.

Qolgan imomlar ham amal iymonning aslida emas, balki amal iymonni mukammal bo'lishini ko'rinishi deyishgan. Ikkala taraf ham bu masalada bir xil fikrni aytyapti, faqat ixtilof nimada? Lafzda xolos. Endi savol tug'iladi. Modomiki o'rtadagi xilof, lafzi ekan. Nima uchun bir taraf ikkinchi tarafni gapini qabul qilib qo'ymadi?

Boshqa imomlar amal, iymonning bir qismi deyotganida, komil iymonni nazarda tutayotganlargina Abu Hanifa bilar edi. Nima uchun Abu Hanifa, mayli, ular aytganday aytib qo'yavering, ish bitadi deb qo'ymadi? Ha, Abu Hanifa ham, qolgan imomlar ham asli bir narsani aytishyapti. Nima uchu Abu Hanifa ularda so'z yuqib deb qo'ymadimi? Sabab, sabab abuxanifa ummaviylar davrini oxirida, abbosinglar davrining avvalida yashagan. Bu vaqtda musulmonlarni orasida havo olishlarni ishi ko'zga ko'rinib qolgan edi. Havo olishlani qo'lida quvvati bor. Ularni jamiyatga ta'siri qattiq. Abuxanifani xavotiri mana shundan edi.

Havo olishlarni ishi odamlarni amali bo'lmasa, ularni kofir deyish ustiga qurilgan edi. Ularni tutgan yo'li takfid ustiga qurilgan edi. Ularni yo'li mana shu edi. Amaliyo'q musulmonni ular kofir deyishgan. Ular Ali roziyallohu anhu'ni, Muaviya roziyalloh anhu'larni tahqin masalasida kufrda ayblashgan. Mana tarix darslarida eshitganmiz.

Inil hukmu illallillah deb xalifa saylashlik odamlarni ishi emas, Allohnin haqqi deyishgan edi. Ularning aqidasi takfid ustiga qurilgan edi. Keyinchalik har qanday gunoh kabiya qilgan musulmonni kofirlikda ayblashaverdi. Agar birodarlar bu aqida, bu ideologiya bizni jamiyatimizga kirib kelsa nima bo'ladi, bilasizlarmi? Musulmonlar bir birini kofirlikda olishni boshlaydi. Bugun muhofaza etdi ekan. Gunoh kabiya ham qilib qo'ydimi? Yoki birorta bir amalni tark qildimi? Musulmon emas deb bir birini kofillashni boshlaydi? Juda xatarli masala bu.

Masalan hammamiz musulvomiz, alhamdulillah, mana shu yerga kirib namoz o'qiymiz, bir birimizni taniymiz, hammamiz insonmiz, birodarlar. Xatoga kelib qolishimiz bor. Agar bu havolajilarning aqidasi bizni oramizda bo'lsa, nima bo'ladi? Bir birimizni kufrda ayblaymiz. Namoz o'qimagan odamni kofir deydi. Ro'za tutmagan odamni kofir deydi. Shuning uchun, ana shu havolajilarning tarixini qarasangiz, ular doim bo'rinib kelishgan.

Kimdir ro'za tutmaydi, kimdir namoz o'qimaydi, yana kimdir boshqa bir gunohga kirib qoladi. Agar amalni iymonning bir qismi desak, ana shu amalni tarqagan kishi iymonsiz bo'lib qolishi kerak. Albatta buni orqasida katta katta muammolar keladi. Bo'linish davom etib boraveradi. Shuning uchun Abu Hanifa amalni iymonni ichiga kirmaydi degan. Ya'ni amal qilmagan odam ham qalbi bilan ishonib, tili bilan aytgan bo'lsa, musulmon bo'ladi, iymoni turadi degan.

Havorishchilar esa amal yo'q da, iymoni yo'q deyishgan. Havorishlarni yo'li hozirgacha shunaqa davom etib keladi, murod ali. Abu Hanifani zamonida mana shu muammo bor edi. Havorishchlar muammosi. Shuning uchun bizni imomimiz amal iymonning rukni emas degan. Abu Hanifaga boshqa imomlar iymon komil bo'lishi uchun amal kerak, dinsachi deyishdi. Iymon komil bo'lish uchun amal kere deb qo'ysangiz bo'lmaydimi? Aboxoniyfa bunga ham ko'nmadi. Sabab, avom xalq, bunaqa tafsilotlarga e'tibor bermaydi, gapni boshini eshitadi, tamom. Shuning uchun imomimiz iymon, qalb bilan ishonish va til bilan tasdiqlash degan ta'rifida mahkam turgan.

Endi, Imom Shofiy, Imom Ahmadga o'xshagan imomlar Abu Hanifadan keyin yashashgan. Ularni davrida boshqa muammo paydo bo'ldi. Murjialar. Qaranglarda, Xavorijlar, Murjialar, bunaqa oqimlar, bunaqa firqalar doim Ahl-i Sunnaga hujum qilib kelgan, doim Ahl-i Sunna bularni oldida sobit turgan vaholik bo'lib kelgan.

Bu imomlar davriga kelib, Xavorijlar zaiflashgan. Ammo Murjialar kuchga kirgan. Endi Murjialar kimlar? Murjialarni e'tiqodiga ko'ra, agar insonni iymoni bor bo'lsa, unga, uni qilgan gunohlari zarar qilmaydi. Ular shunaqa e'tiqodda edi. Qalbi bilan ishonib, tili bilan aytdimi, gunohlarni unga zarari yo'q deyishadi. Ya'ni ularda amallarga beparvolik bor edi.

Unday bo'lsa, arig'ishadigan musulmon bilan, arig'ishmaydigan musulmon o'rtasida nima farq bor? Deyilsa, ular aytishardiki, faqat jannatdagi martabasida farq bo'ladi xolos. Ikkalasi ham do'zaxga kirmaydi deyishgan. Ularni e'tiqodiga ko'ra, musulmon kishi gunoh kabiira qilsa ham do'zaxka kirmaydi. Faqat jannattagi martabasi, manzilati pastroq bo'lib qoladi deyishardi.

Endi, bu e'tiqod yoyilsa qanaqa bo'ladi? Musulmonlar ustidan diniy mas'uliyatni ko'tarib ketishiga sabab bo'ladi bunda e'tiqod. Halol, harom, odamlar beparvo bo'lib qoladi. Shar'iy hukmlar bekachinasi bo'lib qolad. Albatta bu ham katta xatar edi. Shuning uchun, murjualarni xatarini ko'rgan imom shofiy, imom ahmadimni hamballar amal imonning sharti deyishga majbur bo'lishgan.

Mana shu keyingi imomlarga ham amal iymonni sharti emas. Amal iymonni to'ldiradi, komil qiladi deb aytib qo'ysanglar bo'lmaydimi deganda, ular ham ko'rmadi bu ta'rifga. Bular ham aytishdiki, agar odamlarga bunday desak, odamlar gapni boshini eshitadi da, ha, amal iymonga kirmas ekan deb, amalni tarqirib yuborishadi, deyishgan.

Shuning uchun birodarlar imonga ikki xil ta'rif bergan imomlarni birini ta'rifi to'g'ri, ikkinchisini ta'rifi noto'g'ri deyishga biz haqqimiz yo'q. Imonni nimaligini bayon qilishda unisi to'g'ri gapirgan, bunisi noto'g'r gapirgan demaymiz. Har ikki taraf ham asli bir ma'noni aytdi. Ammo o'zining sharoitidan, voqealigidan kelib chiqib, imonni nima ekanligiga ta'rif berishdi.

Ahli sunnaval jamoani iymonga bergan ta'rifini ikki xil deb aytdik. Birinchi ta'rif iymon bu qalb bilan tasdiqlash va til bilan iqror bo'lish. Ikkinchi ta'rif iymon bu qalb bil an tasdiqlash, til bilan iqoror bo'lish va amallarni bajarish. Xulosa imonga berilgan mana shu ikkala ta'rif orasidagi ixtilof, bu lafziy ixtilof xolos.

Mana birodarlar, Allohni fazli marhamati bilan iymon haqida bahs qildik. Ahli sunna ulamolarining iymonga bergan ta'rifini o'qib o'rgandik. Yuqorida iymonga berilgan tariflardan xulosamiz. Birinchidan, tarixda iymon bu til bilan iqror bo'lish xolos, deganlar bo'ldi. Karro miyalarga o'xshaganlar. Ularni bu so'zlari jaholat va zalolatni ayni o'zi. Chunki ularni iymonga bergan tarixiga ko'ra, bir iymonli musulmon bilan munofiqlar orasida farqi yo'q edi. Tili bilan aytib qo'ysa bo'ldi deyishdi. Bu noto'g'ri edi.

Ikkinchidan. Yana amal iymonning aslidandir deb aytganlar bo'ldi. Havorachilarga o'xshagan. Ularni ham bu so'zlari jaholat va zalolatni ayni o'zi. Chunki ularni iymonga bergan bu tarixiga ko'ra, iymonli musulmon bilan kofirlar orasida hech qanday farqi yo'q. Amal qilmagan musulmonni kofir deyishar edi. Iymoni bor, amali yo'q musulmonni kufir deyishar e.

Uchinchidan, ahli sunnaval jamoa bo'lgan olimlar iymonning asosiy rukni qalb bilan tasdiqlash ekanligi ittifoq qilishgan. Til bilan iqror qilish esa kishiga dunyodagi hukmlarni joriy qilish uchundir deb aytishgan. Ba'zilar esa asosiy ruknni ustiga ziyoda bo'lgan qo'shimcha rukn deb aytishgan . Demak, iymon qalbning amali. Til bilan shahodatni aytishimiz esa, bizni ustimizda shariat hukmlari yurishi shungina xolos.

Yoki ba'zida soqit bo'ladigan ortiqcha rukn. A'zolarimiz bilan amal qilishimiz esa, iymonimizni komil bo'lishining sharti. Bizda birodarlar, iymon, qalb bilan tasdiqlash, ishonish, til bilan iqror bo'lish, kalimani aytish. Aquli qovli, ha davos topshiruvullohu alayhi va alakum, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'al va barakatuh.

Keyingi darsni tinglashIxtilofli masalalar