# Ixtilofli masalalar

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 69 of 510
- Section: —
- Duration: 34 min
- Original title: Ixtilofli masalalar
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/69
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/6pqo2pYNAuM.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=6pqo2pYNAuM
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/68.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/70.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:06] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir ro'biran ilmiy. Vassolatu vassalamu ala shirofil mursalil va ala alixiyos habihij maylimi. Imobat, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatuh. Bismillahir rohmana rohim. Ahli sunna va jamoa kim? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, inda mani isroil, iftaraqu ala ixidavosada ina firqon. Va anus ro'yel yetmish bir firqaga bo'lindi. Va tafarruhah ummat ala talat va sadiina firqa. Meni ummatim yetmish uch firqaga bo'linadi. Ya'ni ba'zi viloyatlarda nasroniylar yetmish ikki firqaga bo'ldi deyiladi. Mana endi Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shu yetmish uch jamoadan, yetmish uch frikadan bittasi najotga yetadi deb aytdilar. Shunda sahobalar, kim u najot topadigan firqa? Yo rasululloh deyishganida, rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar, ma ana alayhiyamma va ashabiy. Bugun men va mening asobim tutgan yo'lni tutganlar, deb javob berdilar. Mana endi bizni zamonimizga kelib turib, har bitta jamoa, guruh, oqim, firqa, yo'nalish o'zini ana shu najot topgan firqa ekanligini ahli sunna va jamoa ekanligini da'vo qiladi.

[1:28] Da'vo qilish oson. Da'vo qish oson. Endi isbot talab qilinadi. Ana shu najot topgan firqa ahli sunna va jamoadir. Ahli sunna va jamoa degan so'zni tushunib olaylik. Ahli sunna deganda, sunnat yo'lini ushlaganlar, hadisga amal qiladigan degan ma'noni bildiradi. Va jamoa degani musulmonlarning asosiy katta qismi tushuniladi. Ahli sunna va jamoa degana, sunnat yo'lining mahkam ushlagan, musulmonlarning katta qismi deyiladi.

[2:02] Bu Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning bu aytgan hadislari haqiqatdan hayotni o'zini haqiqatini topdi. Bu ummat bo'lindi. Yetmish uch firqaga bo'lindi. Bu xulofoy roshinlarida zamonidan to Imom Moturning zamonasigacha asosan quyidagi firqa va oqimlar paydo bo'lib, ummatun muhammadi o'rtasiga tafliqa solish va ruhiy hayotlarni fitna fasod bilan to'ldirishga harakat qilishdi. Bir chekkadan o'qib beraymi? Qadariya, murjiya, havorech, shia, mutazila, rofiza, saboyya, ziro, xullas yetmish ikkita. Agar bularda yig'adigan bo'lsak, yigirmata firqa rofiziylar bo'ladi, yigirmatafirqa havorechlar bo'ladi. Yigirmatafirqi qadariy murjialar bo'ladi. O'n ikkita firqa qolganlari bo'ladi va keyin paydo bo'lganlarda mana shu yetmish ikki tani soyasida o'sganlari bo'iladi.

[2:58] Endi Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytgan najot topuvchi firqa, ahli sunna va jamoa, bu ana shu Rasululloh bashorat bergan bitta jamoa. Ahli sunna va al jamoa kim ekan? Sunnat yo'lini ushlagan musulmonlarning katta qismi. Mana oxirgi paytlarda birodarlar ming yildan beri ahli sunna va jamoani aqida madrasalari deb e'tirof qilingan e'tiqod maslahatlarini tanqid qiladiganlar chiqib qoldi.

[3:30] Ahli sunnadan tashqari deb da'vo qiladiganlar ko'payib qoldi. Ayrim o'zini tanimagan, o'zini kimligini bilmagan odamlar butun ummat imomi deb tan olingan zotlarni charosavodlarcha tanqid qilib, tahlil qilib, ommani boshini aylantirishga tushdi. Tabiiyki, bu haqida hech qanaqa ma'lumotga ega bo'lmagan, ommi odamlar bilib bilmasdan noto'g'ri tushunchaga kelib qolyapti da, hatto o'zi bilmagan masalalarda bahs qila oladigan bo'lib qolyapti.

[4:02] Undan ham battarlar, battariga shuki, bunaqa nojiyat, tashviqotlar odamlarni qalbiga o'zini e'tiqodi, o'zini ustozi, o'zini imomlariga nisbatan shubhaga kelishiga sabab bo'lib qolyapdi. Endi bu xatarli holat va bu faqatgina dinimizni dushmanlarini xursand qiladigan narsa. Mana endi birodarlar shu masalalarni bir ilmiy asosli xulosalarini ko'pchilikka taqdim qiladigan bir zarurat tug'ildi, birodarlar. Bugungi darsimizda mana shu narsalarni sizlarga bir tushuntirishga harakat qilamiz.

[4:34] Avvalo, aqidiy ilmi bilan ilmi kalom o'rtasidagi farqni ajratib olishimiz kerak bo'ladi. Aqida ilmi deganda, islomdagi e'tiqodga, ishonchga oid masalalarni o'rgatadigan ilm tushuniladi. Bu ilmni manbasi kitob va sunnat. Ilmi kalom esa, aynan shu ilmni aqliy dalillar bilan quvvatlash, bu borada tarqatilgan shubhalarga aqliy qoidalar asosida mantiqiy javob berish nazarda tutiladi. Mana shu Moturidiy va Ashxariy, Moturidiy va Imom Ashshariy manhaji, ya'ni dasturi naql va aqlga suyanadi, naql bunda aqldan ustun turadi. Aql nima? Aqlga to'g'ri keladigan xabarlar. Naql kitobi sunnatda kelgan xabarlar. Demak, kitobi sunnatda kegan narsada, narsa aqldan ko'ra ustun turadi. Endi aqlni inkor qilib faqat naql deyilmayapti, ikkalasi ham olinadi.

[5:33] Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlaridan Ahli Sunnani qanday ajratamiz deb so'rashganida, qisqa sodda lo'nda javob berganman. Ahli Sunna va jamoa ekanligingizni belgisi aqida yo'nalishida Imomi Moturidiy yoki Imomi Ashar yo'lini ushlagan bo'lasiz. Fiqhiy yo'nalishda to'rala maslahatdan bittasini ushlagan bo'tasiz. Shunda siz Ahli Sunnasiz demaydi. Biz shuni aytamiz. Mana endi Abu Mansur Moturidiy siz bilan bizning Moturidiy aqidasining imomi. Abu Mansur Moturidiyning ilmdagi sanadi Imom Abu Hanifa rahmatulloh alayhigacha bir necha tarafdan tutashadi. Ya'ni san'at deymiz u, u palonchidan o'rgandi, u palonchida o'rgandi. U palonchidan, u Payg'ambarimizdan o'rgandi san'at deymimiz, silsilam. Yo'q.

[6:24] Abu Mansur Mo'tirudiyning ilmdigi sanadi Imom Abu Hanifa rahmatulloh alayhga bir necha tarafdan tutashadi. Uchishi abubakr ahmad juzjoniydan, u abu sulaymon muso ibn sulaymon juzjoniydan. U Imom Abu Yusuf va Imom Muhammadan, ular esa Abu Hanifadan ta'lim olishgan. Sizlar nimaga Moturidiy ahlidasizlar? Hanafiy mazhabidasizlar. Nima deyapsizlar ey? Nima deyapsizlar? Tushunyapsizlarmi nima deganinglarni? Shu savolni berayotganlar, eshitdinglarmi? Imom Moturidiy Abu Hanifani shogirdi bo'lyapti. San'at bilan aytib berdik. Aqidasi ham, yo'li ham bir birodarlar.

[7:09] Yana bir san'atga ko'ra, Imom Moturidiy bilan Imom Abu Hanifa o'rtasida ikkita odam bor. U kishi Musayir ibn Yahyo Balxiydan, u Abu Muqotil Samarqandiy va Abu Muti Balxiydan ular Abu Hanifadan ta'lim olgan. Endi Abu Hanifani Rasulullohga olib boramiz. Biz hozir Imom Moturidiydan Abu Hanifagacha san'atni aytib o'tdik. Endi Abu Haniyfadan Rasulullohgacha bo'lgan san'atni aylanamiz.

[7:37] Imom Abu Hanifa rahmatulloh alayh ilmni Hammodumda Sulaymondan, u buyuk tobe'iy Imrohim Nahayydan u Alqamadan, u Ibn Mas'ud, Ali ibn Abu To'lib va Umar roziyallohu anhumlardan va boshqa sahobalardan ilm o'rgangan. Payg'ambarimizga e'tibor degan. Endi sahobalar kimni o'rgangan? Payg'ambarlarimizdan. Imomu Moturidiy dini payg'ambarligimizgacha bo'lgan ilmdagi sanadini, shajarasini nima qildik? Aytib berdik. Savol yo'qmi? Savol yo'q.

[8:13] Ibrohim Nahayy buyuk tobenlardan bo'lib, ko'plab sahobalardan ta'lim olgan. Sahobalar esa dini Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallamdan o'rgangan. Imom Ash'ariy, ikkinchi aqida maktabining imomi. Imom Ash'ariye rahmatulloh alayhning ahli sunna yo'nalishi bo'yicha sanadi, Abdurahmon ibn Xalif Basriy, Abu Xalifa Jumohiy, Zakariyo ibn Yahyo Sojiy kabi muhaddislar orqali Nabiy sollallohu alayhi vasallamga tutashadi. Ikkala imomning, ikkala imomni Rasulullohgacha bo'lgan san'atini aytib berdi.

[8:50] Ahlusunna val jamoa deyiladigan moturidiy va ash'ariy e'tiqodidagi ulamolarning ismlarini alohida chiqarib keldim, o'qib beraman, oxirigacha chidaysizlar. Toki ahli sunna emas, Moturidiy bilan Ash'ariylar deyayotgan paytda, kimlarni islomda emas, aqidasi buzuq deyotganimizni bilib olaylik.

[9:13] Islomni dastlabki davrlarida birodarlar boshqa mazhab, oqimlar bo'lmagani kabi, ahli sunna va al jamoa degan nom ham bo'lmagan. Payg'ambarimiz davrida mazhab bo'lmagan, aqida maktab bo'lmagan to'ppa to'g'ri. Chunki kerak ham emas edi da u. Birinchi hijriy asrning birinchi yarmi oxirlarida turli siyosiy sabablarga ko'ra musulmonlar safida bo'linish paydo bo'ldi. Avval havolachilar chiqdi. Ali ibn Abit Olim qisib mana hayotini o'qisak, havolachilar kimligini tanib olamiz. Keyinroq shia va boshqalar musulmonlar ommasidan ajrab chiqdi. Ularda hammasiga o'ziga xos nomlar beriladigan bo'ldi. Har tomon o'zini haqligini isbotlash uchun, o'zini fikrini, yo'nalishini himoya qilib gapira boshladi. Oqibatda har guruhni o'ziga xos aqidasi shakllana boshladi.

[10:04] Boshqa firqalar ajralib chiqib ketgandan keyin, qolgan musulmonlarning asosiy ommasi ahli sunna va jamoa deb nomlanadigan bo'ldi. Shuning uchun ham ahli sunna va jamoa ulamolari boshqa toifalarni hammasi bilan tortishgan. Va ularni xato fikrlarni tanqid qilgan, avvalgi aqidaviy tortishda faqat qurol va hadis asosida bo'lgan. Islom davlati chegaralari kengaydi, boshqa millat, boshqa din, toifa, maqsad, mafkura egalari musulmon bo'lishi natijasida aqidaviy masalalar yana nima bo'ldi? Murakkablashib ketdi. Buni ustiga turli tomondan musulmonlarning aqidasini buzishga uringanlar, tanqid qilganlar ham avj olib ketdi. Islom olamida aqidaviy firqalanish paydo bo'lib, turli buzuq aqidalar tarqalib ketdi. Har bitta shu firqalar o'zini aqidasini tarqatish harakatida bo'lib, musulmonlar ommasini aqida bo'yicha ilmlarni, ilmlari xalq ostida qoldi. Ana shunday murakkab holatda ahli sunna va jamoaning aqidasi va fikrlarini ilmiy asosda jamlashga va tartibga solishga, islom aqidasini saqlab qolish uchun harakat qiladigan ulamolar yetishib chiqdi. Ular Qur'oni Karim va sunnat ta'limotlari asosida Payg'ambar alayhissalomning sahobalar uslubida aqida masalalarini yorita boshladilar.

[11:26] Ularga ahli sunna va jamoa nomi berildi. Mana shu ahli sunna va jamoaning aqidasini himoya qilgan asosiy uchta imom bor. Imom Tahoi Misrda, Imomi Ash'ariy Iroqda, Imomi Moturidiy Samarqandda. Biz aqidaviy maktab deb Imomi Moturidih va Imomi Ash'ariydan aytyapmiz.

[11:51] Imomi tahoi ning kitoblarini ikkala aqidaning atvolari hurmat qilib o'qib o'rganadi. Lekin Imom Tahoniyning aqida yo'nalishi, shogirdlarga davom ettirib, bir maktab sifatida shakllanmadi. Kitoblari qoldi, foydalanamiz. Imom Turoy va Imom Ash'ariyning shogirdlari, u kishilarning aqidaviy mazhabini davom ettirdi, shuning uchun ikkita aqida maktabi qoldi.

[12:16] Mana shu uchchala imom. Bular bir birini ko'rmagan. Taxminan bir vaqtda yashagan. Bir birini ko'rmagan, bir birini borligini bilmagan. Uchchalasi uchta joyda mana shu ahli sunnani aqidasini himoya qilib, ilmiy faoliyat olib borgan va ana shu faoliyatini natijasi to'qson besh yoki to'qson yetti foiz bir xil chiqqan. Bu nima degani? Uchchalasini ham tutgan yo'li to'g'ri ekanligining dalili bu. Tushundinglar a? Xo'p.

[12:49] Endi, bu yerga Imom Maturidiy va Ash'ariyning aqidaviy maktabi shakllanib qoldi va shu imomlarning ismlariga nisbatan Maturidiy aqidasi, Ash'ariy aqidasi deb qoldi. Mana endi salaf solihlar. Payhamlarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar xoyrul quruniy qorniy. Mana shu ham juda muhim joyi. Diqqat qilinglar. Qoyrul quruni qorni. Sun malla dina yalunaxun, sun malla dina ya'lunaxun. Asrlarning eng yaxshisi mening asrim. So'ngra undan keyingilarning asri. So'ngra bundan keyingilarningasri. Rasululloh va sahobalarning asri, tobinlarning asri, taba tobinlarning asr. Mana shu uch asr vakillariga salaf solihillar deyiladi.

[13:46] E'tibor berilsa, mana shu uchchala imom ham, aqida imonlari uchinchi, to'rtinchi asrda yashagan. Imomi Moturidiy va Imomi Ashariy uch yuz o'ttiz uchinchi hijriyda o'tgan. Imomi Moturidiyni yuz yil yashagan degan rivoyatlar bor. Agar yuz yil yoshagan deb qaraydigan bo'lsak, oltmish yetti yil uchinchi asrda yoshagan bo'ladi, o'ttiz uch yil to'rtinchi yil yoshagan bo'ladimi? Imomi Ashariy ham taxminan bir vaqtda yashagan, bir ikki yil farq bo'lishi mumkin. Demak, Moturidiy ham, Imom Ashariy ham uchinchi va to'rtinchi asrning vakillari.

[14:25] Demak, biz Imom Moturidiy aqidasini yoki Ashariy aqidasini ushlaganimizda, salaf solih yillariga ergashayotgan bo'lamiz. Birinchi uch asrga biz ergashamiz. Masrab boshilar gapiradigan bo'lsak, Imom Abuxalifa saksoninchi yilda tug'ilgan, Imom Ahmad to'rtinchi yuz qirq bir qirq ikki yillar vafot etgan. Demak, masrab boshilar birinchi va uchinchi asrda yashagan ekan. Tushunyapsizlarmi? Biz Moturidiy aqidasi va Hanafiy mazhabini ushlagan paytimizda, birinchi va to'rtinchi asrda yashagan odamlarga ergashayapmiz. Saraf solihiylarga mazhab ushlaganlar, Moturidiy, Ash'ariy aqidasini ushlaganlar ergashayapti.

[15:07] Ahlul sunnaval jamoaning fiqhiy mazhablari ko'pchilik musulmonlar amal qiladigan to'rtta mazhab. Hanafiy, Malikiy, Shofiy, Hambaliy, to'rtala mazhab. Nimani tushundik shu paytgacha eshitgan narsamizdan? Yetmish uch firqaga bo'linarkan ummat. Shundan bittasi najot topar ekan. U Ahli sunna va al jamoa ekan. Ahli sunna va jamoa kim?

[15:36] Sunnat yo'lini ushlagan musulmonlarning katta qismi. Ahli sunna deb kimga aytinar ekan? Imomu Moturidiy, Imomu Ash'ariy aqidasini ushlagan. To'ralar maslahatidan bittasini fiqh yo'nalishini ushlagan odamlar. Shular ahli sunnaval jamoa deylar ekan. Ahli sunnaval jamoa, imom, mazhab imomlari birinchi asrda tug'ilib birinchisi, uchinchi asrda oxirgisi o'tgan ekan. Aqida imomlari uchinchi asrida tug'ilib yashab, to'rtinchi asrda o'tgan ekanlar. Shu xulosaga.

[16:10] Hozirgi kunda va shu kungacha qaysi musulmon yurtlarida moturidiy va ash'ariy aqidasi o'qitilgan. Misrda al azhar dorul hududida o'qitiladi. Tunisning Zaytuna dorul hududda o'qitadi va boshqa mag'rib diyorlarda o'qitiladida. Yana yana bu ikkita aqidamiz ham Indoneziya, Malaziya, Pokiston, Turkiya, Shom yurtlari, Sudan, Yaman, Iroq, Hind, Afrika, Buxoro va uning atroflarida Dog'iston, Afg'oniston va boshqa musulmon yurtlarida o'rganiladi. Deyarli hamma yerda. Ash'ariy va moturiy yaqidasi. Mazhablardan Moliki mazhabi to'la hammasi ash'ariy e'tiqodida. Shofiylarning to'rtdan uch qismi ash'ariy e'tiqodida. Xanafiylarning uchdan biri va ba'zi hambaliklar ash'ariy e'tiqodida.

[17:02] Xanafiylarning qolgan qismi movarounnahr, turk diyori, afg'on, xitoylar, xitoyda yashaydigan musulmonlar moturidiy e'tiqodida. Shularda hammasini ahli sunna emas deb yuboramizmi endi? Unda kim qoladi ahli sunna bo'lib? Mana endi ash'ariylar va moturidiylar haqida aytilingan payg'ambarimizning bashoratlari. Ash'ariy aqidasi haqida ham hadis bor, moturidiy aqidasi ha qida ham hadis bor.

[17:31] Hofiz ibn asokir o'zining tabiiy nu kasbal muftariy kitobida, imomuhokim o'zining mustadrokida alloh boshqa bir qavmini keltiraverki, alloh ularni yaxshi ko'rur, ular allohni yaxshi koerurlar oyati nozil bo'lganida, rasululloh sollallohu alayhi vasallam abu muso ashariga qarab turib, ular seni qavming dedilar.

[17:53] Astag'firulloh. Ya ayyuha alladina amanu, man yartad da ming kun an dinixi fasavfaya tilla hu biqomin yuhib buhim va yuhib buna hu adillatina alal mo'minin, a izzatina alal kafilin, yujohiduna fi savili la vala yaxofun ala motalaym, dhaliki fathullohi tihiman yasha va allohu vas yuna alayhi. Ey mo'minlar, sizlarning ichingizdan kimda kim dinidan qaytsa, alloh boshqa bir qavminni keltirurki, alloh ularni yaxshi ko'rur. Ular allohni yaxshi ko'rurlar. Ular mo'minlarga hokisor, kofirlarga esa qattiqqo'l, biror malomatgo'yning malomatidan qo'rqmay, Alloh yo'lida kurashadigan kishilardir. Bu Allohning fazli marhamati bo'lib, o'zi xohlagan kishilarga berilur. Alloh fazli karami keng bo'lgan zotdir.

[18:49] Ya'ni Alloh bir boshqa xavmni olib keladi, ular Allohni yaxshi ko'radi, Alloh ham ularni yaxshi ko'taradi oyati tushganda, Rasululloh aytyaptilar, ey Abu Muso, ular sizni xavmingiz deyapti. Ash'ariylar. Imom Ash'ariyni kimlari? Bobolari. Mana shu hadisni Ibn Asokir va Imom U Hokim o'zlarini kitoblarida keltirgan.

[19:12] Ash'ariy aqidasiga bashorat berilyapti hadisda. Rasul aytdilar ey Abu Muso, ular seni qavming deb qo'llari bilan Abu Muso Ash Shariga ishora qildilar. Imomahokim aytadi, bu hadis imom muslim shartiga ko'ra sahihdir. Bu hadisni Imomi Tabariy o'zining tafsirida, Ibn Abu Xotim, Ibn Sa'd o'zining tabaqotida, Imoma Tabaroniy o'zining mo'jamul kabirida zikr qilib o'tgan. Imom Hay Samiy o'zining Mujamma Zavoyit kitobida bu hadisni rivoyat qilgan kishilar sahih hadislarni rivoyat qiluvchi kishilar deyilgan.

[19:53] Xulosa ash'ariy aqidasi haqida hadis bor ekan. Qo'shariy rahmatulloh aytadi, Imom Abulhasan Ash'ariyga ergashganlar uning, ya'ni Abu Muso Ash'ariyning qavmlaridandir. Chunki biron bir payg'ambarga qaysi bir o'rinda biror qavm izofa qilib, qo'shib aytilsa, u izofa bilan u payg'ambar ga ergashganlar iroda qilinadi. Shunga ko'ra, sahobiy Abu Muso Ash'ariyga sening qavming deyilganida, uning qavmidan bo'lgan Abulhasan Ash'ariy va u kishi ergashganlar tushuniladi. Buni imomiqur tubiy o'zining tafsirida ham aytib o'tgan.

[20:33] Imomiqur tubeyni tan olamizmi? Imom Uqurt ubiyda tan olamizmi? Birodarlar, mufassirlar aytilinganda bu kishi ati aytilmasdan qolmaydi. Ash'ariylar haqida bashorat bor ekan. Xo'p. Imom Bayhaqiy aytadi, Rasulullohdan bo'lgan bu xushxabar Imom Abdulhasan Ash'ariy rohimahullohda topilgan ulug' fazilat va sharafli martaba tufeliydir. Chunki Abdulhasan Ash'ariy rohimahulloh Abu Muso Ash'ariyning qavmidan va zo'riyotlaridandir. Alloh Taolo ularga yuksak ilm bergan, sunnatni kuchaytiruvchi, bid'atni yo'q qiluvchi hujjatni qoyim qilib, shu'halarni ketkazuvchi qobiliyatni, rizqni ato etgan. Bu so'zni ham Ibn Asoki o'zining Tabiiy Nul Kazbul Muftariy kitobida keltirgan.

[21:23] Imom Buxoriy ham o'zini Sahihada Ash'aliylar va Yaman ahlini kelishi bobida ham zikr qilgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ash'ariy va Moturidiy e'tiqodida bo'lgan kishilarni maqtaganlar. Voy, qanaqa qilinmoqda edi? Hali tug'ilmagan odamlar qanaqa qilib maqtaydi? Mana eshitdinglar, abu musasharga seni zurriyotingdan deyapti.

[21:48] Imom Ahmad, Bazzor, Tabaroniy va Hakimlar rivoyat sahih san'at bilan rivoyat qilgan hadisda, rivoyati sahih bo'lgan hadisda Rasululloh aytadilar. La to'xtaxannal qostantin iyyatu. Faloniy amal amiru amiru ha, faloniy amal jayshu zalikal jaysh. Albatta, Qostantin iya fath qilinadi. U lashkarning amiri qanday ham yaxshi amir, u lashkar qanday ham yaxti lashkar.

[22:19] Bu siz bilan bizni aqidamizda bo'lgan sulton Muhammad Fotih haqida aytilingan bashorat o'rni. Konstantinopolda o'qiganmiz, vizantinskiy imperiyani poytaxti. Nasroniylarni eng katta shaharlaridan mana, Rasululloh maqtayaptilar. Konstantinyeya fath qilinadi. Naqadar zo'r amir o'sha ochiq fath qiladigan amir va naqadar zo'da qo'shin u qo'shin deganida, bilasizlarmi necha marta musulmonlar ana shu konstantinyeyani fath qilishiga qo'shin jamlab borgan.

[22:53] Tobiilar, taba tobiilar. O'n bir marta musulmonlar katta qo'shin bilan borgan ololmagan. Chunki mana shu o'n bitta qo'shin va uning qo'mondonlari hadisda aytilingan bashorat meni ustimda haq bo'lsin. O'sha zo'r amir men bo'lay deb harakat qilgan. U amir bilan borgan qo'shin, zo'r qo'shin biz bo'laylik deb borgan, lekin ololmagan.

[23:17] Oradan necha yil o'tdi? Sakkiz yuz yil o'tgandan keyin Sulton Muhammad Fotih fath qildi. Endi shuni aytsak, endi bu hadisni zaifda turibmiz. Hali Konstantinopol fath bo'lmabdi emish. E imomun avval Imom Zahabiylar bu hadisni sahih deb tursa, Sulton Muhammadov Fotih birodarolar mana ikki yuz ellik ming dan ziyod askar bilan borgan. Ana shu ikki yuz elli ming askarlar ikkita aqidada bo'lgan. Motoridiyda bo'lgan, ashariyda bo'lgan.

[23:51] Rasululloh amirni maqtayaptilar va qo'shinni aytyaptilar. Chunki faqatgina amiri zo'r deganida, faqat moturidiy aqllisi bo'lib qolardi da. Endi qo'shin ham maqtaldi. Qo'shnini birodarlar, katta qismi moturidiy, yana bitta katta qismi ashariy bo'ladi. Endi, agar moturidiy va ashariy qadasi buzuq bo'lsa, Payg'ambarimiz maqtagan bu maqomga ular erisharmidi? Alloh Taolo avvalgi davrdagi o'n bitta qo'shinga bermadi. Hammasi musulmon edi, lekin bularga berdi. Shu hadis ham bizni moturidiy aqidamizni to'g'ri ekanligiga dalil bir oladi. Ikkilanmanglar. Ikkilanmaganlar.

[24:34] Sulton Muhammad Fotih va u kishining qo'shnidagilar moturidiy va ash'ariya aqidasida bo'lgan kishilar edi. Bu ummatga yetti yuz yil, sakkiz yuz yil ustozlik qilgan, otalik qilgan sultonlar moturidiy aqidasi hanafiy mazhabida bo'lgan. O'shalarni aqidasi buzuq deyapmiz. Ibn Ma'lum Mansur Muhammadin Mahmud Moturidiy, Samarqandiy, Moturid nomli qishlog'ida tug'ilgan. U kishi yuz yil umr kelgan deyiladi. Uch yuz o'ttiz uchinchi yilda vafot etgan.

[25:06] Ba'zi tarixchilar Imom Abu Mansur Moturiddinni nasabi mashhur sahobiy Abayub Ansoriy roziyallohu anhuga borib taqaladi deydilar. Shuning uchun ham ba'zi muhaqqiq olimlar Imom Abu Mansurni Moturidini zikr qilganlarida Ansoriy nisbatini ham qo'shib qo'yishadi. Endi bu yerda bu ikkala imomni unvonlari, qoldirgan kitoblari, kimlarni o'qiganligi, shogirdlari, bulardan aytsak cho'zilib ketadi. Asosiy xulosani yetkazdim deb o'ylayman. Ahli sunna val jamoa deganda, Imomu Moturidiy yoki Imomu Ash'ariy aqidasini ushlagan, fiqhiy yo'nalishda to'rala mazhabdan bittasini ushlagan tushuniladi.

[25:51] Imomu Moturidiyni unvonlarini o'qib berib qo'yay. U kishiga musulmonlar jumhur tomonidan berilgan oliy unvonlari. Alamul huda hidoyat bayrog'i. Imomul huda hidoyati imomi. Musohih haqoyd ahli sunna. Ahli sunna, aqidasini to'g'lovchisi. Imomul mutakallimin, kalom ahlarning imomi.

[26:15] Va bir qancha unvonlari bor. Bularni o'qiydigan bo'lsak, birodarlar yana ham cho'zilib ketadi. Imom ash'ariy haqida ham o'qib bersam bo'ladi, lekin vaqtimiz cho'zilib ketmasin. Mana sizlarga boshida ko'rsatayotgan narsani o'qib beraman, eshitib turasizlar. Islom tarixida voz kechinmas meros qoldirgan ash'ariy, moturidiy ulamolar, buyuk shaxsiyatlardan ayrimlarning ro'yxati.

[26:45] Qur'on ilmlari va tafsir borasidagi ash'ariy, mo'turidiy ulamolari, imomu qur'tubiy, imom ibn al arabiy, imomu fahriddin roziy, imom ibn atiya, imom jaloliddin mahalliy, imom jaloluddin suyuti, imom qodir fayzoviy, imom saoliybiy, imom abu hayyom, imom ibn jazariy, imomi zarkashiy, imom olusiy, imom zarkoniy, imomun asafiy, imomu qosimiy, rohimahulloh va boshqalar. Moturidiy ash'ariya qidasining ulamolari.

[27:22] Ikkinchisi, hadis ilmlari borasidagi ash'ariy moturidiylar, ash'ariy va moturidiy e'tiqodda yashagan olimlar. Sahih buxoriy va sahih muslimning eng notavar shaxslari quyidagi olimlar tomonidan yozilgan. Buxoriy va muslimga yozilgan shaxslarning eng notabarlari. Imomuhokim, imomuhayhaqiy, imomuhatib bag'dodiy, imom ibn asokir, imom xattobiy, imom abu muayy as baxoniy, imom qozi yoz, imom ibn saloh, imom muziri, imom navaviy, imom izzuddin abdusalom, imom haysamin, imom mezziy, imom ibn hajar, ilom ibn munayyir, imom ibn battol, imom badriddin ayniy rohimahulloh va boshqalar. Bu hadisda. Buxoriy va muslimga sharh yozgan olimlarni spiskasiki, moturidiy va ashariy aqidasida.

[28:18] Sunanlarning noto'g'ri sharhlari, musofirlari, imom iroqiy, imom ibn iroqiy, ibn jamoa, imom abduriddin ayniy, imom aloiy, imom ibn favrok, imom ibn mualliqiy, imom ibeni daqiqul ayyib, imom iben zamlakoniy, imom zayliy, imom suyuti, imom ibn alloh, imom sahoviy, imom mulovi, imom ali qori, imom bayxuniy, imom abdulhayl laknaviy, imom zavidiy rohimahulloh va boshqalar.

[28:51] Modomiki ash'ariy matoniyning ahli sunnami deyotgan bo'lsanglar, eshitib qo'yinglar, qaysi olimlar shu aqidada bo'lgan. Agar buzuq deyotgan bo'lsangiz, shularni hammasini inkor qilayotgan bo'lamiz. Fiqh va usul borasidagi, fiqh va usulda borasidagi ash'ariy matoniy do'lamolar. Qanaqalardan? Imom ibn Nujayin, Imom Alovuddin Kasoniy, Imom Shamsuddin Saraxsi, Imomi Zayliy, Imom Saraxsi o'zganda bo'lgan a?

[29:20] Imomi Zaylay, Imomi Xaskafiy, Imomi Marg'iloniy, Imom ibn Amirhoj, Imom Shurunbaroniy, Imom Kamol ibn Humom, Imom Bazdaviy, Imom Xodimiy, Imom Abdulaziz Buxoriy, Muhammad Amin ibn Obidiy, Imom Tahoviy, rohimahullo va boshqalar. Endi, mana shu fiqh va usuli borasidagi moliqiylar. Imom ibn Urush. Imomi Qurofiy, Imomi Shotibiy, Imomi ibn Hojiq, Imomi Halil, Imomi Dardir, Imomi Baqulloniy, Imomi iban Arfat Dusqusi, Imomi Zarzuq, Imomi Laqoniy, Imomi Zarqoniy, Imoma Nafroviy, Imomi ibin Jiziy, Imomi Adaviy, Imomi ibon Xoch, Imomi Sanusiy, Imom ibn Illish, Imom Rezultiddinovning Abdusalom va himmahullo va boshqalar.

[30:14] Shovfiylardan. Imomul Haravayn al Juvayniy, Imomi ibn Juvayniy. Imomu Fahriddin Roziy, Abu Hamud G'azzoli, Imomi Omidiy, Imomi Sheroziy, Imomi Istiryoni, Imomi Abu Said Mutavalli Naysoburiy, Imomi Sam'oniy, Imomi ibn Saloh, Imomi Navaviy, Imomi Rafiy, Imomi ibrohim Rofah. Imomi azroi, imomi asnavi, imomi tojiddin subiki, imomi subiki, imomi bayzoviy, imomi hisniy, imomi zakariyo ansoriy, imom ibn hajar hasamiy, imomi romliy, imomi iji, imomi shirbiniy, imomi jaloliddin mahalliy, imomi ibn muqriy, imomi bujarimiy, imomi bajuriy, imomi ibn qosim, imomi qalyogi, imomi amira, imomi g'oziy, imomi ibn naqib, imomi attor, imomi bononiy, imomi dimyotiy, imomi oli ahdal rohimahullo va boshqalar.

[31:17] Lug'at borasidagi ash'ariy va motirlik ulamolar, arab tilini mutaxassislari, imomi jurjoniy, imomi g'azviniy, imomi ibn anboriy, imomi suyuti, imomi ibn molik, imomi ibn aqil, imomi ibn hishom, imomi ibn manzur, imomi feruz abodiy, imomi zabiydiy, imomi ibn hojib, imomi azihariy, imomi abu hayyom, imomi iban asir, imomi hammaviy, imomi ibn foris, imomi kafaviy, imomi ibna otjuru, imomi xattob, imomi ahdali Rahmatulloh va boshqalar.

[31:55] Bu ulamolar. Qur'on, tafsir, hadis, usul, arab tili bo'yicha ummatni, dinini ta'lim bergan minglagan ulamolar. Beshinchisiz, unga qiziq bo'ladi sizlarga. Islom fathlari borasidagi ash'ariy, moturidiy ulamo, amirlar. Ham olim bo'lgan, ham amir bo'lgan. Moturidiy bo'lgan, ash'ariy bo'lgan. Kimlar?

[32:20] Amir nuriddin shahid. Nuriddin. Zanki. Amir Salohiddin Ayyubiy. Nuriddin Zankiyning shogirdi. Qayerda fath qilgan? Qaysi aqlida ekan? Amir Muzaffar Qutuz. Mo'g'ullarni mag'lub qilgan Amir Muhammad Qutuz.

[32:43] Shu Maturidiy ash'ariya qoidasida ekan. Amir Zohir Bebas, o'sha odamni yonidagi odam. Sulton Muhammad Fotih. Bizni faxrimiz, bizni iftixorimiz. Sizlar tanimaysizlar, o'qinglar da tarixni, yig'laysizlar datini aytib turib. O'n ikki yasharida eshitadi bu xarist. O'n ikkinchi yasharida. Men olaman degan. Himmatni qarang.

[33:08] Bizni aqidamizni vakillari, bizni aqidimizni olimlari va amirlari. Ayyubiylarning barcha sultonlar mana shu ikkala aqidada bo'lgan. Mamlukiylar davridagi barcha sultonlar moturidiy ash'ari bo'lgan. Usmoniylar davridagi bircha sultonlar motiridiy aqidasida bo'lgan. Movarounnahr ulamolarining deyarli barchasi motiridiy a qidasida bo'lgandi.

[33:32] Bugun sizlar bilan ahli sunnaval jamoa kim degan savolga javob topdik. Xulosa, ahli sunnaval jamoa imomu moturidiy, imomu ash'ari aqidasini aqida maktabida ushlagan. Fiqhiy maktab yo'nalishida to'rali maslahatdan bittasini ushlagan odam ahli sunnaval jamoa deyiladi. Imom azamning Fiqhul Akbarning sharhida keladi. Ikkita qaynotani hammadan yaxshi deb bilsang, ikkita kuyovni yaxshi ko'rsang, sen ahli sunnavul jamoasan. Ikkita qayernota abu bakr siddiq va marom al xattob, ikkita kiyov usmonunafon ali ibn abid olim. Ikkita qaynotani hammadan yaxshi deb bilsang, ikkita kuyovni yaxshi ko'rsang, sen ahli sunnavul jamoasan. Maxsiga maxs tortishlikni joiz deb bilsang, sen ahli sunnasan deydi olimlar.

[34:22] Aqli qovli, ha davos topfirullohu alayhi va alaykum. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatuh.
