Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robilen alamin. Assalomu alaykum va assalomu alayhi va asham. Va ala alix va ashabihiy ajmoniy. Inna ba'd. Assalomu alaikum va rahmatullohi ta'ali va barakatuh. Alloh azza va jallot tutayotgan ro'zalarimizni qabul qilsin, gunohlarimizni mag'firat qilsin, duolarimizni ijobat qilsin. Bugungi mavzuyimiz birodarlar, qaypoqqa mastoshlik mavzusi.
Alloh azza va jalla qur'oni karimda siz bilan bizga, sidadvillar ya yuxalladiyna amanu, ida quntum ila salati, faqih silu bujuha kun va ideya kun ila al marofiq, va musof hu birov usikun va arjulakun ila al ka'bayin deb buyurgan. Ya'ni namoz siz bilan bizni dinimizni ustuni. Dinimizning ustuni, payg'ambarimiz aytganlaridek, musulmon odamni pasporti, javosi.
Dinimizdagi eng muhim ibodatlardan bo'lgan mana shu namoz to'g'ri bo'lishligi uchun tahoratli bo'lishligimiz kerak. Namozni tashqaridagi farzlari shartlari deyilsa, ichkaridagi farzlar rukunlari deyiladi. Tashqarida oltita farzi bor. Shundan bittasi badanniy pok bo'lishligi. Ya'ni tahoratli bo'sh. Alloh aziz va jala marhamat qiladi, e'lon keltirganlar. Namozga tursangiz, yuzlaringizni va qo'llaringizni chig'anoqlaringlar yuving. Boshlaringizga mast tortib, oyoqlaringizni to'piqlaringlar yuing.
Mana shu oyatda Alloh Taolo tahoratning to'rtta farzini siz bilan bizga buyruqda. Shunda yuvilishi kerak bo'lgan to'rtinchi a'zo bu oyoq ekanligi ma'lum bo'lyapti. Qur'onning oyati bilan oyoq yuvilishi kerakligi ma'lum bo'lyapti. Demak, o'z o'zidan oyoqqa mast tortishlik mumkin emasligi oyatni zohiridan ko'rinib turibdi. Endi bizda oyoqqa mas tortilmaydi, bu hammamizga ayon.
Shunga qaramasdan, maxsiga, maxs tortishlik joiz. Chunki bu haqidagi rivoyatlar mutavotirlik darajasida, mutavotir degani Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamdan juda ko'p yo'llar bilan, san'at bilan, san'atsarlar bilan kelgan hadislar aytilinadi. Mana shu tavotir yo'li bilan sobit bo'lgani uchun butun ummat maxsiga maxs tortishlik mumkin ekanligini ittifoq qilgan. To'rt o'rin mazhabda ham maxsiga maxsni tortishlik mumkin.
Agar Payg'ambarimizdan bu haqida aytilgan hadislar bitta yoki ikkita bo'ladigan bo'lsa, bu ohat xabar bo'lardi da. Bu ohat xabablar, xabarlar Qur'oni Karim oyatidan umumiy foydalanishni cheklash uchun yetarli bo'lmas edi. Ya'ni Payg'ambarlarimizdan sodir bo'lgan bitta ikkita hadis oyatni ta'sirini cheklash uchu asosli dalil bo'la olmas edi. Lekin masxu alal hufayn, maxsiga maxs tortish haqidagi hadislar tavotur xabar bo'lib, bu esa mana shu biz o'qigan Mo'yda surasining oltinchi oyatidan kelib chiqadigan hukmni aniqlashtirish uchun yetarli dalil bo'la oladi. Ya'ni agar tahorat olayotgan odamning oyog'ida maxsisi bo'lmasa, maxs tortishlik mumkin emasligi ma'lum bo'ladi. Mana endi hozirgi kunda paypoqqa mast tortsa bo'laveradi degan gaplarni ko'p eshityapmiz. Kelinglar shu masalani ko'rib chiqamiz.
Bu masalaga batafsil yondashamiz. Avval paypoqqa masd tortsa bo'liveradi deganlarning dalillarini ko'ramiz va mana shu dalillariga ulamolarning munosabati qanday bo'lganligini bir qator tekshirib, munosabat qilamiz. Boshida aytib qo'yay, uch to'rt marta takrorlayman. Mahsiga javrobga mast tortishlik masalasi muammo emas. Muammo javrobni nima ekanligini tushunishlikda. Javrobga mast otgan ekan, Abu Hanifayimning birinohida javrobga mastotgan ekan, Payg'ambarimiz javrobga mastayotgan ekan, falonchi sohibalar javrobga mastoyotgan ekan. Muammo emas, javrobga mastlayotgan, to'ppa to'g'ri. Faqat mushkulak shu javrob nima o'zi? Shuni tushunsak, bu masala yopiladi. Shu javrobni nimaligini tushunib olaylik da, keyin paypoqqa mast tortayotganlar ham o'z o'zidan bu narsadan to'xtab qolasizlar.
Endi paypoqqa masdoshlik nafsga qulay da. Odatda nafsga oson qulay bo'lganligi uchun ergashilyapti bu paypoqqa maz tortib. Paypoqqa mahs tortsa bo'laveradi deb aytadiganlarning dalillari. Birinchi dalil. An il mung'ira rodiyallohu anhun, anna rasulullohi sollallohu alayhi vasallam va tavoddoa, va masaha alal javrabayniy va na alayn. Ravohu asobus sunan al arba. Mung'ira roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alalayhi vasallam tahorat qildilar va javroblariga hamda kavushlarga mas'q tortdilar. Paypog'iga deyilyaptimi, javrobiga deyilyapti mi? Eslab qolinglar shu gapni. Javrobiga. To'rt sunan sohiblari rivoyat qilishgan, termiziy, bu hasan hadisdir degan. Endi, ushbu hadis haqida muhaddislarning fikrlari. Imomina asoyi o'zining as sunanul ko'proq kitobida shunday deydi biron kishini mana shu rivoyatda abu qaysga ergashganini bilmaymiz. Abu qays mana shu hadisni sanadidagi roviylardan bittasi. Muhira roziyallohu anhudan sahih rivoyatda javrob lafzi zikr qilinmasdan, Rasululloh kavushlarga mast tortganlar, degan so'z kelgan.
Bu imom nasoini bergan bu hadisga bahosi. Ikkinchisi, imom Abu Dovudning o'zi sunanlarida Abdurahmoni ibn Maxdi bu hadisni rivoyat qilmas edi, chunki Mung'ira roziyallohu anhudan marfu bo'lgan hadisda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kavushlarigagina mast tortganlari kelgan. Javrob yo'q deyapti, imom Abu Dovud. Bu hadisda Javrob yo'g' deyapti. Faqat kavushi bor. Uchinchisi, imom Bayhaqiy bu hadisni zikr qilib, bu munkar hadisdir, uni Sufiyoni Sovriy, Abdurahmon ibn Mahdiy, Ahmad ibn Hanbal, Yahyo ibn Ma'id, Ali ibn Madiniy va imom Muslim ibn Hajojlar zaif deb aytishgan. Muhira roziyallohu anhudan marfuq bo'lgan xalisda, Rasululloh faqat kavushlarga mast tortganlari kelgan. Ya'ni, uchinchi dalilimizni imom Bayhaqiy Javrob degan so'z yo'q edi bu xalisda deb aytyapti. Bu muhaddislar.
Imomi Navaviy aytadi, to'rtinchi dalilimiz. Imomi Navaviy aitadi, bu hadisni zaif deb aytgan ulamolarning har biri, bu hadisni hasan deb aytgan Imomi Termiziydan ko'ra, hadis ilmida peshqadamdir, kuchliroqdir. Bu hadisning zaif ekaniga hofiz ulamolar ittifoq qilishgan. Ya'ni, imomi termiziy bu hadisni hasann degan bo'lsa, imomaliyev aytyaptiki, bu imomiy termiziydan ko'ra hadis ilmida peshqadam bo'lgan, kuchli bo'lgan ulamolar bu hadisni zaif ekaniga ittifoq qilishgan deb aytyapti.
To'rt sudan sohiblar rivoyat qilishgan, termiziy bu hadisni hasan hadis dedi. Lekin imom navai nima dedi? Imomiy termiziddan ko'ra hadislik ilmida kuchliroq bo'lgan ular buni zaif deb aytgan dedi. Demak, bu muxira roziyallohu anhudan kelgan hadisni zaifligi kundek ravshan bo'lib turibdi. Paypoqqa mast torsa bo'laveradi deyotganlarning ikkinchi dalili. An' abimusal ash'ariy roziyallohi anhu qolib, roayt u rasulullohi sollallohu alayhi vasallam va yamsahhu alal javrabayni va na'layn. Ravohi ibn mo'jal. Abu muso ash'ariy rozeyallohu anhu dan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu aliyhi vasallamning kovushga qo'shib, javrobga mast tortayotganlarini ko'rdim. Ibn moja rivoyat. Bu hadis haqida ham ba'zi muhaddis ulamolarni fikrlarini keltiramiz. Birinchidan, Imom Abdu Dovud bu hadis haqidagi muttasil bo'lmagan, kuchli bo'lmagan hadis deb aytgan. Muttasil, ya'ni bog'lanmagan, paydarpay kelmagan degan.
Ikkinchisi, imom abdullayev esa bu hadis haqda bu hadisning rovvisi bo'lgan sahobiy abu muso ash ariydan zohir hakim abdurahmon bu hadisni eshitganligi sobit bo'lmagan. Yana bu hadis isnodidagi Iso ibn Sinon undan hujjat olinmaydigan darajada zaif kishi edi. Demak, bu hadisni ham zaifligi ko'rinib turibdi.
Mana endi ikkita hadis keltirildi. Bu ikkala hadisni ham zaif ekanligini muhaddislar aytishdi. E'tibor beringlar. Masdab ulamolar gapirgani yo'q hali. Endi bu masalada ulamolar munozara qilar ekan, shunday deyishadi. Kelinglar, bu hadisni zaif ekanligi, ikkala hadisda ham zaif ekanlikni chekiga suraylikda, sobit deb faraz qilaylik. Bu hadislarning matnda kelgan javrob so'zi nima? Ya'ni u qanaqa oyoq kiyim? Shuni ko'raylik. Zaif ekan, zaif. Endi buni qo'yib turaveraylik da.
Faraz qilaylik. Faraz qilaylik, bu hadislar sahih ham bo'lsin. Yana qaytaraman. Bu o'rindagi muammo, birodarlar. Javrobga masx tortish mumkinmi yoki mumkin emasmi? Bu haqida emas mushkul. Mushkulalar bunda emas. Muammo o'sha hadislarda aytilgan javrobni nima ekanligini tushunishda.
Ha, ba'zi sahobalardan javroblariga mas'ul tortganlar haqida asarlar mavjud. Jumladan, qol abu dovud va masah alal javrobayniy aliyun va ibn mas'udin va al baro, ibn ozib va anas ibn malik va abu umoma saxl ibn sa'id va qola termiziy va bihi yaqulu sufiyonuf tavriy va ibn muborik va shofii va ahmad va is'hoq. Qoluv, yamsaxu ala javrabayni va yillam takun na'lani inkana sax'i nayni. Yamsaxu alo javrabayni. Abu dovud aytadi ali ibn abit olib, abdulloh ibn mas'ud, baroy ibn ozib, anas ibn molik, abu muammo saxli ibn sa'd roziyallohu anhu majmai, sahobalar. Javrobga mas'ud tortganlar. Nimaga? Nimaga? Paypoq qamasa. Javrob deb turinglar hozir. Termizga aytadi, so'fiyonis sovriy, ibn muborik, shofiy, ahmad va is'hoq javrobga mas' tortish joizligini aytdilar. Bu yerda Shofiya ham, Imom Ahmad ham joiz degan ekan u. Ular javrobga degan, paypoqqa demagan.
Bu muammoyimiz arabskiy, russkiy slovvati olib qarasanglar, javrob degan joyga cho'loq, naskiy deb qo'ygan. Shu tarjimaga asoslanib turib paypoqqa mast tortishlik mumkin deyilyapti. Mana mushkula qayerdan? Tushundinglarmi? Hamma sahobalar mast tortgan yoki keyingi davrdagi mana masxaboshilar javrobga mast tortishlik mumkun degan. Paypoqqa emas, birodarlar, javrobga. Hozir javrobni ko'rib chiqamiz nimaligini.
Tushuninglar. Paypoqqa mast tortayotgan ukalar, sizlarni nafsinglarga yoqqanidan, yengilligidan qilyapsizlar. Agar mana shu sizlarni paypoqinglar u javrob emasligini tushunsanglar, bilasizlarmi, namozlarda hammasini qozosini o'qishga to'g'ri keladi. Siz imom bo'lib namoz o'qib bergan bo'lsangiz, paypog'ingizga mast tortib turib, o'sha odamlarda hammasini namozini gunohi sizga bo'ladi. Topib aytishingiz kerak, ey, namozinglarni o'qib olinglar. Men nima qipman? Tahorat so'rayotgan ekanman.
Biz mana shu xanafiy mazhabi bo'yicha qilayotgan amallarning dalillarini sizlarga o'rgatyapmiz. Ma'qulmi? Ular aytishgan, sufiy yonas savriy, ibn muborak, shofiy, ahmad is'hoq, ular aytishganki, agar javrob qalin bo'lsa, kavushi bo'lmasa ham unga masx tortilaveradi.
Hamma musulmonlar javrobga masx tortish haqidagi bu va bunga o'xshash rivoyatlarni avvaldan bilib kelishgan. Ularga amal ham qilib kelganlar. Bu haqida hech kim ixtirof qilmaydi. Javrobga masks tortishlik mumkinligi haqida hech ham ixtirof qimaydi. Shu bilan birga, barcha ulamolar bu rivoyatda zikr etilgan javrob nomli oyoq kiyim aslida nima ekanligini ham yaxshi bilishgan.
O'shaning uchun bular masx ham tortgan javrobiga va ruxsat ham berishgan. Yana qaytarib aytaman. Bu o'rindagi muammo javrobga masx tortish mumkin yoki mumkin emasligida emas. Muammo o'sha hadislardagi javrobni nimaligi haqidagi tushunchada. Necha marta qaytardim u gapimni?
Bekorga qaytarmayapman. Yodlanib qolsin. Javrobga mast tortish, tortmaslik muammo emas. Sahobalar tortgan ekan, bu tobelar tortgan ekan. Bunda ixtilof yo'q. Javrobga mas tortishlikda muammo yo'q. Muammo shu javrobni nima ekanligini tushunishdan. Insof qilinglar, Payg'ambarimiz aytganlar, la tandur alamman qolib, fandur alamman qola. Kim gapirayotganiga qarama, nima deyotganiga qara. Chunki sen yomon ko'rgan odam haqida gapirayotgan bo'lishi mumkin da. Endi sen yaxshi ko'rgan odam, noha botilni gapirayotgani bo'lishi mumkinda, insof qil.
Xo'sh, bu rivoyatlarda kelgan javrab o'zi nima? Javrab nima? Mana endi shuni ko'rib chiqamiz. Ulamolarimiz buni qanday bayon qilgan? Javrob so'zi birodarlar o'zlari arabcha so'zmas, asli. Javrob, asli arabcha so'z emas. Forscha so'z arab tiliga kirgan. Javrob so'zi, forscha bo'lgan kavroba degan so'zdan kiradi arab tiliga. Kavroba degani oyoqning qabri deb tarjima qilinar ekan. Forscha so'zi ekan o'zi aslida.
Qomusul muhit va lisonul arab. Mana arab tilining eng hurmatli, mo'tamat, ishonchli suyaniladigan lug'at kitoblarida aytiladiki, javrob kishining oyog'lariga o'raladigan narsa. Buni mashhur ulamolardan tibbiy va shavkoniylar ham tasdiqlashgan. Shavkoniy aytadi, mahsi yumshoq oshlangan teridan qilinadi. Oshlangan teri yumshoq, shundan qilinadi. Choriq uning ustidan kiyiladi. Mahsina ustidan choriq kiyiladi. Javrob esa choriqdan ham katta bo'ladi.
Yana arablarda mana shu javrob fors tilidan kelib qolgan ekan. Endi arablarda mana shu, javrob deyilayotgan narsaning o'zi asli arab tilidagi nomlanishi mismat deyilar ekan. Javrob, forishasiz, arab tiliga kirib qolgan. Endi ana shu javrob deb atalayotgan narsa arab tilida mismat deyiladi. U qanaqa oyoq kiyim bo'lgan ekan demaysizlarmi?
Mismat, qanaqa o yoq kiyim bo'gan? Qadimda arablar kiyikmidi, tuyoqushmidi, tirik tutmoqchi bo'lsa, ovchilar haligini orqasidan quvib yuraverar ekan, yuraverar ekan, kiyik bo'lsa toqqa chiqadi, orqasidan yuraveradi ovchilar, ketaveradi, ketaveradi. Holi qurib, yiqilib, tuyoqush bo'lsa toshlarga oyog'i kesilib, bosa olmay qoladigan darajada, necha kilometr bo'ladi bu? Juda bir uzoq muddat yuradi, kiyik yoki boyagi tuyoqush holdan toyib, oyog'i kesilib, yiqilib qolgandan keyin, borib tirik tutishar ekan. Ana shu ovchilarni oyog'iga kiyadigan qalin teridan kiyilgan keyin mismat deyilar ekan.
Tushunyapsizlarmi? Qaysi darajada? Tog'i toshda. Shu toshlarda bosib yurganda, boyagi mismat degan, javrob degan narsa yirtilib ketmaydigan bo'lgan. Bizni paypoqlar shunaqa mismatmi? Valinkani chashib ketadi o'zi asli. U bu tog' deb o'ling. U tuyoq shu hazaka muddatga charchab qolmaydi u, bilasizlarmi qanaqa sprinter oladi u? U kiyik tog'da chakana yuradi, holi qurib qolguncha. Mojet bir sutka qilib oladi. Mojet ikki sutka, to'xtatmaydi da. Yiqilib qolganda tirik ushar ekan.
Javrob degani, mishmat degan ekan. Mishmat degani ovchilarni kiyadigan, qalin teriyadan qilingan, oyoq kiyimi bo'lgan ekan. Necha kilometr yursa ham, yirtilmagan, titilmagan. Ibn Arabiy, Ayniy va boshqa ulamolar javrob, jundan to'qilgan bo'lib, uni o'ta sovuq o'lka odamlari kiyadi degan ekan. Endi bu ruslardagi piymani, valinkani tushuninglar. Qalin, presslangan, qattiq bo'ladi, qo'yib qo'ysangiz siga turaveradi, kiysangiz oyog'ingizni isitadi. Endi paypoqni mastorsa bo'laveradi degan odamlarni so'ziga xulosa olsangiz, oyoqda isitadigan narsa deyilgan. Mana hozirgi kunda paypoqni kiysa, oyog'imiz isiyapti, demak bo'laverar ekan deb turib, javrob degan so'zga urg'u bermasdan, oyog'ida isisa bo'ldi ekan deb turiblar, paypoqqa ruxsat berib yuboryapti. Jon ukalar, o'qigan namozinglarga rashqinglar bo'lsin. Qizg'aninglar ibodatinglarda. Bu islomni ustuni bo'lgan ibodatni sharti.
Shundan kelib chiqib ulamolar unga mast tortishi mumkin bo'lgan javrob bo'lishi uchun quyidagi shartlarni qo'yishgan. Ya'ni, biz mast tortishimiz uchun, biz kiyayotgan kiyim javrob deb atalishi uchun shart. Endi deydi, fain tan azathun fiy shay'in, farod duh ila alloh va rasul deyapti alloh unga. Bir masalada to'lashib qolsanglar, alloh va rasuliga qaytaringlar. U falonchini gapi, manaqa shartini keragi yo'q. Hadisni aytirdimmi, bo'ldi, ketdik. Oyoqqa kiyadigan narsa ekan deyapti hadisda. Ayg'ada istoq degan narsa ekan. Bo'ldi, ketdik deyapti.
Haligi Abu Hanifani, Shofiyni gapini nima qilasan? Hadis turganda olib ketaver deyapti. To'g'rimi shu? Javrob bo'lishlik uchun, biz mast tortadigan birinchi sharti, javrob mujallab bo'lishi kerak. Ya'ni ostiga, ustiga teri qo'yilgan bo'lishi keraks. Yoki kamida mun'al bo'lishi kerak. Tagiga teri qo'yilgan bo'lishi keraks. Qaranglarchi.
Qaranglarchi oyog'ingizga. Hadisda aytilibdi, bo'ldi keta olmaymizmi? Yo'q, keta olmaymiz. Keta olmaymiz? Ikkinchi shartda, u bilan bemalol yurishga odatlansa bo'la oladigan bo'lishi kerak. Ya'ni u bilan uzoq masofaga, besh, olti, yetti kilometr yursangiz, yirtilmaslik kerak, titilib ketmaslik kerak. Qaranglar chi paypoqlarga.
Hozir ketani keyin futbol o'ynagandaylar eritilib qolyapti ku paypoqlarimiz. Hozir qattiqroq yugurib qo'ysak. Uchinchisi, oyoqning boldirigacha bo'lishi kerak va bog'ichlarsiz ham o'zini tutib turishi kerak. Qo'yib qo'ysangiz tikka turishi kerak. Paypoqlaringizni rezinkasi bormi yo'qmi? Yana qaytarib aytaman. Biz, biz u paypoqqa mahs tortish mumkin emas deb aytamiz. Mahsab ulamolarimizni so'zini. Biz oyog'imizni yuvamiz qishda ham. Mahsiga mahs tortamiz. Chunki namozimizni qizg'anamiz, birodarlar. Mahs tortganlar o'ylanib qo'yinglar.
To'rtinchisi, osti mutlaqo ko'rinmasligi kerak. Shaffof bo'lmasligi kerak . Beshinchisi. Ana shu javrobdan umuman suv sizib kirmasligi kerak. Nam yerda bosganingizda oyog'ingizga nam o'tmasligi kerak. O'sha paypoqingizga mast tortganingizda qo'lingizni nami oyog'ingizgaga o'tmasligi ke. Mana beshta shart.
Hozirgi paytda ba'zi arab yurtlarida va boshqa musulmon o'lkalarda yulq'a latadan zamonaviy paypoqlar xalq tilida javrob deb ataladi. Ba'zi bir odamlar ana shu bizning zamonamizdagi paypoqlarni javrob hadisida aytilgan javrob deb, unga mast tursa bo'ladi deb fatvo berishyapti. Bu mutlaqo noto'g'ri. Chunki rivoyatlarda kelgan javrobni hozirgi paypoqlarga o'xshatish, xamir qilish, shariat dalillarini tushunish uchun qo'yilgan usuliy va fiqhiy qoidalarga mutlaqo zid.
Qaytarib aytaman. Shariat dalillarini tushunish uchun qo'yilgan usuliy va fiqhiy qoidalarga mutlaqo zid. Nima u usuliy qoida? Nima u fiqhiy qoida? Mana hozir tushuntirib beraman. Ana shu qoidalardan eng e'tiborlisini imom shodiyga aytadi. Tuhmalu nususul qur'aniya va sunna ala mahudil ummiyina fil xitob.
Qur'on va sunnat dalillari xitob qilingan ummiylarning odatlangan narsalariga hamil qilinadi. Kim tushunsa qo'l ko'tarsin, hozir shu gapimni. Mana usul qoidasini aytdim. Kimlar tushundinglar? Hujjat so'raydiganlar. Men hozir sharhlab beraman, ha deysizlar. Usulda bitta qoidasi aytildi. Shuning uchun Qur'onni, hadisni tushunishlikni usuli bor. Shabloni bor, ramkasi bor. Har kim xohlagandaqa tushunib ketavermaydi. Mana men sizlarga bir qancha misollar oldin aytib beraman. Hadisni o'zi yetadi demanglar, jon ukalar.
Sibabul muslimi fuziqul vo qiytaul huququfru. Mana hadis. Misol oxiriga qarang. Musulmon musulmonni so'kishligi fosiqlik, bir biri bilan urushligi kofirlik. Primoy tushuning. Sefin fitnasida, marakasida. Ali ibn abit olib bir tomonda, zubayru nal avom tarqatulul luvaydulloh, o ishonamiz bir tomonda, ikkita qo'shim kelib urushdi bir biri bilan. Hadisda nima deyildi?
Urushda kofir bo'ladi dedi. Endi qaysi tarafda kofir deysiz? Jon ukalar, hadisni zohiridan, tarjimasidan xulosa olishga bizni zamonimizdagi odamlarni hech qaysini haqqi yo'q. Bizga o'rgatayotgan domlani ham haqqi yo'g'i. Mana shu hadislarni, oyatlarni tushunishimiz kerak bo'lgan, u orqali tushunishimiz kere bo'lgan ramkalar bor. Shu ramkani ichida tushunishimiz keldi.
Chiqsak, albatta qovun tushiramiz. Chiqsak albatta fitna bo'ladi. Qaytarib beraman yana bir marta, endi diqqat qilib ko'ringlarchi, tushunamikin sizlar. Qur'on va sunnat dalillari xitob qilingan ummiylarning odatlangan narsalarga amal qilinadi. Bitta bitta harakat qilib ko'ringlar cho'masa. Dalilni so'raydigan ukalar ham o'tiribdi. Xo'p. Harakat qilib ko'milar cho'masa. O'sha hadislarni, oyatlarni o'zim tushunaman deb turib, ishtixod qilib, harakat qilib, mabodo o'sha bir to'g'ri xulosaga kelsangiz ham, shu usul ulamolarni qo'ygan shabloniga yetib kelasiz. U yog'iga o'ta olmaysiz, agar yetib kelsangiz.
Toqqa chiqishlik uchun o'sha menga qoziqni qoqishdi, o'sha usul olimlari, faxihlar. Menga ayoli qo'yadigan joyni o'yib qo'yishdi, menga ip qo'yishni ko'rsatib qo'yishi, menda menda menda qilsang oson chiqasan. Tayyor yo'l turibdi cho'qqiga chiqadigan. Chiqsangiz shu yo'l bilan chiqasiz, boshqa yo'l yo'q. Endi boshqa tomondan harakat qilsangiz, yarmiga chiqasiz da, tushib ketaverasiz.
O'sha ulamolarimiz qo'ygan usullardan boshqa chora yo'q bahoyat hadisi tushunishlikka. Mana endi tushuntirib beraman. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam davrida javrob deyilsa, o'sha odam, o'sha davrda odamlari nimani tushunardi? Payg'ambarimiz zamonidagi odamlarga javrob deyilsa nimani tushunishardi?
Habisda aytilgan javrob ana shu odamlar tushungan narsa bo'ladi. Biz kiyayotgan paypoq emas. Sahobalar tobin, tabatobinlar davrida javrob desa, bizni paypoqimizni tushunganmilar? Biz sizlarda birodarlar asl ilmni ulashayapmiz. Asl ilmni ilinyapmiz. Sahobalar javrob deganda, biz kiygan paypoqni tushunganmi?
Qur'on va hadis nozil bo'lgan paytda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va sahobalar, tobe'lar davridagi odamlar Qur'on va hadislarda kelgan so'zlardan nimani tushunishgan? Biz ham shuni tushunishimiz kerak. Javrob deganda ular nimani tushungan bo'lsa o'sha zamonda odamlari, biz ham shuni tashunishimiz kerak biz kiyayotgan paypoq ular tushungan javrob emas.
Tushundinglarmi? Misol. Yusuf alayhissalom hissasiga murojaat qiladigan bo'lsak, akalari Yusuf alayhi assalomni o'ldirmoqchi bo'lib, olib chiqib ketishdi va quduqqa tashlashlikka qaror qilishdi. Eshitamiz. Astaydubillah, qola qoyil u minhum la taqtul u yusufa va alqu hu fiy g'oyabatil jubbi yaltaqid hu badu sayyarati in quntum fayri.
Ulardan bir so'zlovchi, yuzni o'ldirmanglar. Agar biron ish qilmoqchi bo'lsangizlar, uni quduqning qariga tashlanglar. Ba'zi yo'lovchilar olib ketadi dedi. Shu yerdagi assayaro degan so'z yo'lovchilar deb tarjima qilingan va u davrda assayaro deganso'zdan odamlar nimani tushungan? Yo'lovchilarni, musofirlarni tushungan, karvonni tushirgan.
Quduqqa tashlashdi. Quduqqa tishlashdi. Astag'firulloh. Vojjat sayya rotun f arsaluv va ridahum f adla dalva. Yusuf alayhissalom quduqda o'tiribdi. Va yo'lovchilar kelib, quduqqa suvchilarini yubordilar. Bu yerda sayya rotun degan so'zdan yo'lovchilar, musofirlar tushunilyapti.
Hozir arab tilida sayyora desa, nimani tushunadi odamlar? Ha, demak Yusuf alayhissalom davrida quduqqa tashlashgan paytda mashina kelgan ekan, deb bizni zamonimizda sayyorani tushungan ma'noda ishlatsak to'g'ri bo'ladimi? Yana qaytarib aytamiz, Payg'ambarimiz davrida javob deb nimani tushungan bo'lsa, Rasulullohning zamondoshlari, sahobalarining zamondoshlari bizdan shuni tushunishimiz kerak. Agar bizni zamonimizdagi paypoqni javrob deb tushunayotgan bo'lsak, u javrobni bizni paypoqimizga o'xshatib, biz tushunganda qaytadigan bo'lsak, demak Yusuf ali eson omon hududida turganda, turganda mashina kelgan.
Tushunyapsizlarmi? Qur'onda sayyara deb kelsa, o'sha davrda odamlar nimani tushungan? Musofirlarni, yo'lovchilarni yoki karvonni tushungan. Endi u davrda javrob desa odamlar nimani tuzungan? Biz ham o'shanaqa deb tushunsak, inabisga yetgan paypoqqa mast tortishimiz noto'g'ri ekanligini tushunamiz.
Bu javrobga mast tortishlik, tortmaslik muammo emas. Hadislar bor. Payg'ambarimizda tortdi degan hadis turibdi. Bir qancha ulug' sahobalar javrobiga mast tortdi degan masala turibdi. Bu hadisga amal qilmaydi bo'lardi deyotgan paytda, insof qilinglar. Biz javrobga mas toshlik borligini tan olamiz. Muammo nimada? Muammo javrobda nima ekanligini tushunishda.
Yusuf alayhissalom qudratib turibdi, sayyora keldi. Bu qoidadan kelib chiqib aytamizki, javrobga mast tortishga ruxsat berilgan paytda, o'sha javrob so'zidan qaysi va qanday oyoq kiyim nazarda tutilgan bo'lsa, hamda insonlar bu javrob so'zi qanday oyo'q kiyimga ishlatgan bo'lsalar, faqat o'sha sifatdagi oyoq kiyimgagina mast tortish joiz bo'ladi. Demak, javrobga mast tortislik deb muammo yo'q ekan. Muammo nimada ekan? O'sha javrobda nima ekanligini tushunishda ekan.
Qur'on qaysi qavmga yuborildi? Qaysi ummiy qavmga xitob qildi? O'sha xitob qilingan qavm, Qur'onda kelgan shu so'zdan nimani tushunsa, u davrda, biz ham o'shani tushunishimiz kerak. Zamonamizga otarmasligimiz kerak. Va illo javrobni paypoq desak, sayyorani avtomobil deyishimizga to'g'ri keladi. Tushundingiz a?
Mana akalar. Imom Muhammadni kitobi asl. Bu kishi yuz sakson to'qqizinchi yil hijrida vafot etgan. Ikkinchi asrda vafot etgani. Imom A'boboxonifaning ikkinchi shogirdi statusi bo'yicha. Yusuf birinchisi, Imom Muhammad ikkinchisi. Mana domla aytdi, mushtohidlarni birinchi tabaqadagilari, Imom Shofiy, Imom Aliy, Imom A'boboxonifa, Imomi Ahmad. Ikkinchi tabaqadagi mushtohidlar.
Yuz sakson to'qqizinchi yil hijriyida vafot etgan. Ikkinchi asrda degani birodarlar bu. O'sha odamlarni kitobi degan narsani aytyapmiz, jon ukalar, uch asrga biz ergashayapmiz. Sabab solig'inglarga masxab ushlaganlarni ergashayotgan bo'ladi. Keyinchalik paydo bo'lgan, istilohga, ma'noga ega bo'lgan narsaga mast tortilmaydi. Ya'ni, hozir paydo bo'lgan, yangi paydo bo'lkan matohdan, nelondan, paxtadan bo'lgan paypoqlarga ba'zi arablar javrob lafzini ishlasa ham, ularda avvalgi ma'nolar va sifatlar topilmagani uchun, mas'ul tortish mutlaqo nojoizdir.
Mas'ul boshimiz Abu Hanifa rahimahulloh aytadi, agar javrob, mujallad, osti va ustiga jild qo'yilgan bo'lsagina, unga mas'ul torsa joiz bo'ladi, deganlar. Agar javrob qalin jundan bo'lgan bo'lsa, joiz emas. Chunki shariatimizdagi asl narsa oyoqni yuvish. Mahsiga mahs tortish esa undan badal. Qalin jundan qilingan javrobda ham mahsining xususiyatlari topilmaydi. Shuning uchun ham unga mahs tortish mumkin emas.
Chuqur domla rahmatli bir chiroyli misol keltirgan ekan, shuni aytaman. Sen deyapti domla, Fotima ismli bir qizga uylanding. Ahmadning qizi Fotima. Uni bo'yi bir oltmish, vazni oltmish kilo. U seni xotining bo'ldi, uni o'pib quchoqlab erkalatishing mumkin. Fotima seni xotining. Endi boshqa mamlakatga bording, ayoling qolib ketdi. O'sha boshqa mamlakatda bir kafega kirganding, shu yerdagi ofitsiant qizni ismi ham Fotima ekan.
Endi, uni ismi Fotima bo'lgandan keyin, uni ham quchoqlab o'pib erkalataverasanmi? U Fotima, bo'yi bir butun ellik, vazni yuz yigirma. Nomlanishi, ismi bir xil bo'lsanglar, bir xil narsa degani emas. Seni ayoling Fotima, Ahmadning qizi. Sen o'zingni shaharingda bir butun oltmish ga oltmish u.
Endi Rossiyadagi bir butun ellik ikki, bir butun yigirma. Ismi Fotima bo'lsanglar seni xotining bo'lib qolavermaydi yu. Xuddi shunga o'xshagandek Payg'ambarimiz davridagi javrobni, javrob deyapsan, o'zingni tomoningdagi paypoqni ham javrob deyabsan. Atalishi bir xil bo'lsanglar, u bitta narsa degani emas da. Ma'qulmi?
Hadisda javrob deyildi, mana shu javrob degan so'zni qayerdan oldik, paypoq deb? Arabskiy, russkiy slovar Baranova. Harlanpiy Karpovich Baranovni nimasi bor. Arabcha, ruscha lug'ati bor. Baranov deb qo'yamiz biz. Shu mullo cho'llalar. Shu arab tili o'rganganki odam shu baranovdan foydalanadi. Shunda aytib qo'yibdi, baranovning arabcha ruscha xomusida javrabun, munosniy islosi javari bu chulok debdi.
Javrabun qasirov nasok deb qo'yibd. Mana shu tarjimaga suyanib turib, javrob bu paypoq, paypoqqa mahsulotlar bo'laveradi degan fatvo shu yerdan kelib chiqyapti. Biz o'sha bitta odamni qilib qo'ygan tarjimasiga suyanib turib paypoqqa maqsad yuraveramizmi? Yo o'rganishimiz kerakmi javrob payg'ambarimiz davrida nima ekanligini?
Endi bir ming to'rt yuz yil avval yashagan odamlar javrob deb atagan narsani biz kiyayotgan paypoq bilan bir xil narsa desak, aqldan bo'ladimi? Yana bitta misol, sovremenniy misol. Oldingizda ikkita futbolist turibdi. Ikkalasi ham futbolist. Endi ikkalasini bir xil atayotganligimiz, ikkalasini sifatlari ham bir xil bo'ladi deganimi? Bittasi o'n sakkiz, o'n yetti ga kirgan, endi to'p tepishni o'rganar ekan, rayonni komandasi o'ynar ekan, lyubitel futbolist. Ikkinchisi Misr hujumchisi.
Haligi usul qoidasini aytib beringlar dedim, bittalarni aytib bera olmadinglar. Ko'rdinglarmi, qaysi usulda kuchlisizlar? Endi sizlar mana shu mo'tabar kitoblarda o'qiyotgan domlalarda, bular hujjatga ergashmaydi, bular hech narsani bilmaydi ekan paytinglarda insofni. To'g'ri, bular solihni bilmaydi bular. Lekin akalar kitob o'qigan bular. Bittasi Misr hujumchisi kim?
Muhammad Saloh. Ikkalasini ham nomi futbolist. Bir xil deganimi bu? Demak javrob bilan paypoq bir xil ekan. Yana qanaqa misol kerak birodarlar? Javrob so'zini tarjima qilganlar uni paypoq deb qo'yishgan bo'lsa, nima endi biz kiyayotgan nasib qilsa paypog'imiz ham javrob bo'lib qoladimi?
Abu hanifaning shogirdlari abu yusuf va muhammad rohimahun rohimahullohlar esa aytadiki, agar javrob yuqoridagi sifatlarga ega bo'lsa, unga mast tortish joiz. Vallohu a'lam. Fatavo lulu jiya kitobidan. Esimizdan chiqib qolsin, birodarlar. Namoz dinimizning ustuni, tahoratni komil bo'lishi namozdagi xushuni sabablaridan, bizni davrimizdagi paypoqqa mast tortish degani tahoratni bitta farzini bajarmaslik degani. Paypoqqa mas tortayotgan odam tahoratsiz odam degani. Tahoratsiz odamin o'qigan namozi namozmas degani. To'rttala mazhabda ham biz kiyayotgan paypoqqa mastdoshlikka ruxsat berilmagan. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh.