# Mo'minlar onalari

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 71 of 510
- Section: —
- Duration: 22 min
- Original title: Mo'minlar onalari
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/71
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/_Byr1sTgyLo.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=_Byr1sTgyLo
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/70.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/72.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:00] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin vala aqibatu lil muttaqim. Vassalatu vassalama ala saidina muhammad sodiqil va'dil amin. Va ala alihi va ashabihi ajma'in. Amma ba'd, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Bismillahir rohmana rohim. Sahobiy ayollar siyratlari. Bugundan boshlab Alloh qodir qilganicha, Payg'ambar alayhissatuv assalomning xonadoni, nubovot xonadoni ayollari haqida dars qilamiz.

[0:33] Alloh taolodan madad so'ragan holda va mana shu darslar siz bilan bizga va ahillarimizga foydali bo'lishligini Alloh taoloddan yordamini so'raymiz. Avvalambor, Payg'ambarimizning ayollari haqqida. So'ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qizlari haqida. So'yingra sahobalarning ayollari haqida qodir qilganicha suhbatlar o'tkazamiz. Ayollar, insoniyatni ko'prog'ini tashkil qiladigan insonlar. Alloh subhanah va taolo Odam alayhissalomni jannatga yaratdi. Bir muddat yolg'iz yashadi va vahshatni his qildi. Ya'ni vahshat qanaqa? Yolg'izlikni his qildi! Shunda Alloh taolo Odam alayhissalomning o'zini qovurg'i dastidan bittasini oldi va undan Havo onamizni, juftini yaratdi. Mana shu kundan boshlab, insoniyatni mana erkak va ayol ikki qismga bo'ladigan bo'ldik.

[1:32] Hozirgi kunda yashayotgan ayollarimizni, muslima ayollarni Rasululloh davridagi zamoni saodatda yashagan ummahotul mo'miniy va sahobalarning ayollariga o'xshagan, ibrat bo'ladigan ayollarni hayotini o'rganishing naqadar muhim. Hozirgi kunda ayollarimiz kimlarga taqlid qiladi? Kimlarga o'xshamoqchi bo'ladi? Kimlardan o'zlariga andoza oladi?

[2:00] Qizchalarimiz kichkinaligidan ana shu u yoqdan bu yoqdan kelgan kuklalarni oladida, shunga o'xshashga harakat qiladi. Shularga o'xshab kelishga harakat qiladi. Shularga o'xsha gapirishlik yoki o'zini tutishlikka harakat qiladi, lekin to'g'rimi shu muslim ayollar uchun? Siz bilan bizga Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallam avvalambor ibrat. Qolaversa, u zotning sahoba ikromlari, tobiynlar, salafi solihinlar, ayollarimizgachi?

[2:28] Aytib o'tdik. Ayollar erkaklardan bir necha barobar adabda katta bo'ladi. Va ayollarni hayotga bo'lgan ta'siri nihoyatda bir ulug' bo'ladi. Alloh taologa tavakkal qilgan holda, bugundan boshlab, mana Hadicha roziyallohu anho, onamiz hayoti haqidagi darsni boshlaymiz. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar kam ula minal reja ala katheir, valam yaqbul minan nisa i illa arba.

[3:00] Ko'pchilik erkaklar dedi Payg'ambarimiz, kamolot darajasiga erishdi. Mukammal inson bo'ldi ular. Payg'ambarlar, ambiyolar, siddiqlar, shahidlar. Bola myakmul bila nisa ila arbar. Ayollardan faqatgina to'rttasi kamolot martabasiga yetdi. Komila ayol bo'ldi. Ulardan Hadicha bint Huvaylid. Tartib bo'yicha aytadigan bo'lsak, birinchisi Maryam binti Imron, ikkinchisi Fotima binti Muhammad, uchinchisi Hadicha binti Huvayli, to'rtinchisi Osiyo binti Muzohim. Fir'avnning ayoli Osiyo.

[3:42] Ana shu to'rtta ayoldan boshqa hech qaysi ayol kamolot martabasiga yetishgan emas. Demak, siz bilan biz bugun mana shu kamolot martabasiga yetgan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning birinchi va eng suyukli ayoli bo'lgan Hadicha bintuhu alaylit roziyallohu anha haqida dars boshlagan bo'lamiz. Hadicha onamiz qiyomatgacha keladigan, ayollarga ibrat bo'ladigan, hayot kechirgan ayol.

[4:09] Payg'ambarimiz aytgandir Hadicha onamiz haqida, muttafaxonalik bo'lgan hadis alay roziyallohun hudan. Xoyrunisa iha Maryam ibnatu Imron va xoyrunisa iha Hadicha. Ayollarning yaxshilari, Imronning qizi Maryam, ayollarning yaxsilari Hadicha bintuhu voylit. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam nomlarini aytib, mana shu ayollar eng yaxshi ayollar, kamol topgan ayollarda rasulullohning nomlarini aytyapti va bularning nomlari birodarlar qiyomat kungacha zikr qilinadi. Subhanalloh, payg'ambarimiz sallallohning hadislari aytilinarkan, qiyomatgacha ismi aytilinganda roziyallohu anho deyiladi. Bu qanday ayollar bo'lgan ekan? Qiyomatgacha nomlarini odamlarni tillarida aytiladigan qilib qo'yib ketishdi. Ular ham oddiy ayol bo'lganmikin? Nimasi bilan mana shunday bir martabaga yetishdi?

[5:04] Alloh taoloning huzurida ayollarning o'ziga bir xos o'rni bor. Xolaqoz zavjayni zakara va unsa. Alloh taolo erkak, ayol, juftlarni yaratgan. Alloh taolo aytadi ya yuhannas innahalakum min the karim va unfa va jaannakum shu'g'uban va qoba ilali ta'rofu. Ey insonlar, darhaqiqat biz sizlarni bir erkak va bir ayoldan odam va havodan yaratdik. Hamda bir birlaringiz bilan tanishinglar, do'st birodar bo'lishinglar uchun sizlarni turli tuman xalqlar, qabilalar qilib qo'ydik.

[5:47] Yer yuzida erkak ayol turmush quradi. Va mana shu er xotinni bir biriga vafosi bo'ladi. Yer yuzida ayoliga vafodorlikda tarix Muhammad alayhissalomdek kishini ko'rgan emas. Hech bir erkak ayoliga Muhammad alayhi assalomdek vafodor bo'lgan emas.

[6:11] Ayrim erkaklar ayollarni o'zidan past ko'radi. Bu ayni johillik. Ayni johllik. Hoyrukum hoyrukumli ahli va ana hoyrukumli ahlida deb ayon beramiz. Sizlarni ichinglardagi eng yaxshilar ahllariga, ayollariga yaxshi muomalada bo'lganinglar. Va men dedi Payg'ambarimiz, ayollarga yaxshi muomala qiladiganlarni eng zo'riman dedi. Men unaqa hech kim ahllarga yaxshi muammo qila olmaydi dedi. Demak ayollarga lutf bilan muomala qilishning ibratlar zaifniy belgisi emas.

[6:45] Alloh saqlasin. Muhammad alayhissalom bo'lgan eng quvvatli erkak, har tomonlama. Mana shu zot zaifa bo'lgan ayollarga lutf bilan muomala qilishlikni go'zal axloq deb siz bilan bizga ta'lim beryapti. Oisha roziyallohu anhu, payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ayollaridan. Abu Bakr Siddiq roziyallohun anhumning qizi. Oisha onamiz aytadi, rasulullohni deydi. Hech qaysi ayolga rashq qilmas edi. Faqat hadichaga rashk, o'zim ko'rganmasman deydi. Bilasizlar, hadichonimiz vafot etgandan keyin, rasululloh Madinay Munavvariga borganda Osh onamizga uylangan. Oradan bir necha yildan o'tgan. O'tib ketgan ayoliga rashq qilardi da. Osh onamizni zo'r gapi bor ekan. Yusufni ko'rib deyishadi alayhissalomni. Misr ayollari qo'llarini kesishdi husnini ko'rib. Agar u ayollar meni rasulullohimni ko'rganida, pichoqlarni yuraklari ko'rgan bo'lardi degan ekan. Qarang qanaqa yaxshi ko'rgan.

[7:52] Qanaqa yaqshi ko'rgan? Oshi onamiz aytadilar, kunlarni birida rashqin kelib, na muncha ko'p eslaysiz dedim. Qachon payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam uydan chiqib ketayessa, hadicha onamizni eslarida maqtab qolar edi. Hadicha undog'ida, hadicha bundog'ida, oy shanamiz aytadilar, kunlarda birida rashqim kelib, na muncha ko'p eslaysiz uni, axir alloh undan yaxshirog'ini berdi yu, der ekan. Ya'ni bir qari kampir edi da juvonida, o'ziga kinoya qilib, o'ziga ishora qilib, yaxshirog'da berdi yu, dedi. Shunda payg'ambarimiz, alloh menga undan yaxshirig'ini bermadi.

[8:34] Odamlar menga kofir bo'lganlarida, u iymon keltirdi. Odamlar meni yolg'onchi qilganida, u meni tasdiqladi. Odamlar meni mollaridan man qilganida, moli dunyosi bilan menga ko'mak berdi. Alloh meni boshqa ayollarning emas, Hadichaning farzandlari bilan meni rizqlantirdi dedi. Faqat Hadicha onamizdan Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni bolalari turgan. Boshqa ayollaridan Payg'ambarim farzand ko'rmagan. Moliya qab'tig'idan o'g'il ko'rgan Ibrohim ismli o'g'lini, u ham yoshligida vafot etib ketgan.

[9:10] Rasululloh Hadicha onamizni shuncha yaxshi ko'rar edi, shunchalik vafodor edi. Hatto Hadicha onamiz vafot etib kelgandan keyin, Hadicha onamiz dugonalarni izzat ikrom qilar edi. Biror bir jonliq so'ysa, ana shuni bir qornimidi, sonimidi bir qismini Hadicha onamizning dugonalariga jo'natar edi. Hadicha onamiz roziyallohu anhoh Allohga va uning rasuliga birinchi bo'lib iymon keltirgan. Nafaqat ayol, birinchi iymon keltiradigan inson. Bilasizlar, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga vahiy nozim bo'lganida, Hadicha onamizga aytib berdi. Va birinchi bo'lim kim iymon keltirdi? Rasulullohga iymon keltirilgan inson birinchisi ayol kishi bo'lyapti.

[9:58] Birodalar, payg'ambarimizni habicha onamizga bo'lgan vafosidek vafo bo'lgan emas. Payg'ambarlarimiz mana shunday bir vafodor eri bo'lishligini Alloh Taoloning o'zi xohladi. Minglagan erkaklar bor. Kambag'al holatda, qo'lida hech narsa yo'q paytida uylanadi. Bor yo'g'i kuniga sabr qilib, ayoli bilan yashaydi. Qanaqa yaxshi yomon kun bo'lsa, birinchi ayoli u bilan birla yashaydi. Kunini kuni uglab, uchini uchiga ulab zo'rg'a tirikchilik qiladi da, bir muddat kelgandan keyin, haligi erkak kishi boy badallar to'p ketadi yoki bir narsaga erishib qoladi. Shundoq birinchi xotini eskib qolgan bo'ladi.

[10:42] Qarib qolgan bo'lladi, husni ketib qolgan bolladi. Endi seni mana shunday bir qiyinchilik kunlaringni, birodar, billa kechirgan, boringga yo'g'urga sabr qilgan, mana shu bir miskina mo'mina ayol, yaxshi kunlaringni ko'rishlikka ham haqli. Ta'na qilma, minnat qilma. Chunki yo'q paytida ham sen oldida kim turgan?

[11:06] Ibn Abbos roziyalloh ham qilib aytadi. Allohga va uning rasuliga birinchi bo'lib iymon keltirgan hadichabin to'qvorid edi. Birinchi ayol. Yo'q, balki mutloq birinchi inson edi. Hukmolog aytadi, har qanday buyuk insonni ortida bitta ayol turgan bo'ladi. Har qanday inson bo'lsa, buyuk bo'lsa, bir martabaga darajaga yetishgan bo'lsa, orqasida bitta ayol suradi. Yo onasi bo'ladi. Yo ayoli bo'ladi. Bir ayol borki, mana shunday bo'lishlikka yo'l ekan. Yana qaytarib aytamiz, ayollarga lutf bilan muomala qilishlik, Muhammad alayhissalom bilan siz bilan bizga sunnat bo'lib qolgan.

[11:51] Mana shunday bir ayol soliha bo'lsa, erkak kishini baxti. Yordam beradi, qiyinchiliklarni yengib ishlaydiganida turadi. Shijoatli bo'lishligi unda edi. Hayot mushkulalarini yechishga yordamchi bo'ladi. Soliha ayolning qadri ulug'. Bu narsa pul bilan topilmaydi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar, amri nur ostidan rivoyat qilingan hadis. Innat dunya kunlaha mataun, vahoy rohmatai dunya al marotus soliha.

[12:18] Rostroq aytadilar. Dunyoning hammasi o'zi bitta mato. Dunyo o'zi mato. Uning eng yaxshi matohi soliha ayol. Robbana atina fid dunya hasana va fil a herote hasana voqeina adaba nav. Parvardigorov. Bizga bu dunyoda ham yaxshilik ato qilgin, oxiratda ham yaxshilik a'to etgin va bizni do'zax azobidan asragin. Biz ko'p o'qiydigan duor. Tafsir ulamolar aytishadi, dunyo hasanoti deydi. Mana Alloh Taolodan dunyoda ham hasanot ber, oxiratda hamm hasanot ber deb so'rayapmizmi? Dunyo hasanoti nima deb so'raganlarida, tafsir olimlar aytishadi, soliha ayol. Soliha ayol!

[13:09] Qarasang ko'zing quvontiradi. G'oyib bo'lsang molingni, sharafingni himoya qiladi. Agar buyursang itoat qiladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga mushriklardan qanday ozor aziyat yetgan bo'lsa, Alloh Taolo Payg'ambarimizni ko'nglini ko'tardi. Hadinchi onamiz sababli. Ya'ni Rasululloh doim bir ko'chadan mahzun holda kirsa, Hadinchi onamiz yonida ko'mak bo'lar edi.

[13:38] Yana shunday ayollar ham bor, eriga mashaqqat. Er ko'chada ishlab, qiynalib, mana shu hayot uchun kurashib keladi da, uyida ham kurashishligi kerak. Ko'chadagisi yetmaganda, uyga kelganda ayol yana yukni ustiga qo'yib turadi. Nima deydi? Ona ona ber, mana ona ber, ona noma bor ekan, menda yo'q ekan. Bu endi musibat, birodarlar. Bu musibatki, Alloh Taolo o'zi xohlagan bandasini bo'yniga ilib qo'yadi bunday ayolni.

[14:05] Ammo ayol agar soliha mo'mina bo'ladigan bo'lsa, eri ko'chadan kelishi bilan uns bo'ladi. Ko'cha mashaqqatlarini yengishlikda yordam beradi. Eriga yuk muammolarini tayyorlab turmaydi. Hadichonimiz mana shunday ayollardan edi. Payg'ambarimiz aytganlar, annisa u shaqoyi qo'rijal. Ayollar erkaklarning tug'ishganlaridir. Shuning uchun birodarlar, farzandlarimizga bir umr yo'ldoshni tanlayotganimizda diqqat qilaylik.

[14:36] Kim olib beryapmiz? Qaysi xonadonni olib beryapimiz? Farzandimizga juft bo'layotgan kelayotgan, juft bo'lib kelayotgan qiz, kelin, shu loyiqmi, munosibmi? Xonadoni qanaqa? Din, diyonat bormi? Yo faqat dunyoga mukkasidan ketgan oilami? Qaraylik, e'tibor beraylik. Imomimiz xabia aytadilar, hadicha roziyallohu anhoh, oqila, pokiza, axloqli va saxovatli ayol edi.

[15:05] Ayol kishini aqli rojiq bo'lsa, chuqur mulohazali bo'lsa, er uchun katta baxt. Rojiq aql egasi chuqur fikrli bo'lsa ayol kishi, erni bu baxti. Bu ikkita sifatchi nafaqat ayollarda, balki erkaklarda bo'lsa, erkaklar uchun ham bu narsa fazilat sharhi hisoblanadi.

[15:27] Hadicha roziyallohu anhoning hayotidan ayrim lavhalar. U Hadicha bint Quvaynid, ibn Asad, ibn Abduluzzo, ibn Qusoy, Quraishning nasr nasabli, oilasidan, sharafli, har jihatidan oliy ayollaridan edi. Hadicha onamiz bilan Payg'ambarimizni nasr nasabi beshinchi bobosida tutashadi. Husoy ibn Kilabda. Payg'ambarimni sollallohu alayhi vasallam mana shu o'zini urug'idan, Husoy ibn Kilabi urug'idan faqat Hadicha onamizga uylangan. Boshqacha qilib aytganda, Rasulullohni hamma ayollaridan ko'ra Hadicha onamiz Payg'ambarizga yaqinroq bo'lgan. Yaqinroq bugan. Payg'ambarmiz Hadicha onamizni uylanganda necha yoshda edi?

[16:13] Hadicha onamiz necha yoshda edi? Rasululloh yigirma besh yoshida. Hadicha onamiz qirq yoshida edi. Hadicha onam biz Payg'ambarimizga turmushga chiqishlikdan avval ikki marta turmush qilgan edi. Lekin ikki marta taloq qilinmagan edi. Sababi ikkala eri ham vafot etgan edi. Ikkinchi eri ham vafod qilganidan keyin, Hadicha onamiz turmush qilishlik haqida o'ylamay qo'ygan edi. Qurishni. Nasallasabli manaman degan sharafli kishilari Hadicha onamizga uylanishlikka harakat qilishgan. Mollarni sarflashgan. Ammo Hadicha onamiz bularni barchasiga rad javobini bergan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam e'tibor bering. Yigirma besh ga kirganda qirq ga kirgan juvonga uylanyapti. Deyarli onasi bilan teng bo'lgan ayolni yoshi. Salkam onasi bilan teng boradi yoshi.

[17:10] Yigirma besh yil turmush qildi. Hadichonamiz vafot etganida oltmish besh yoshda edi. Payg'ambarimiz ellik yoshda edi . Demak yigirma beshinchi yil turmush qurdi. Chorak asr. Mana shu o'zidan o'n besh yosh katta ayol bilan yashagan Payg'ambarimiz mana shu yigirma beshinchi yilni ichida bironta boshqa ayolni Hadichonamizni ustiga olgani yo'q. Ani vafodorlik. Undan tashqari, u davrni urf odatiga ko'ra bozordan borib cho'ri sotib olib, qo'l ayolini xotin deb bundan burib foydalanishligi mumkin edi. Rasululloh shuni ham qilmaganlar.

[17:50] Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning eng sevimli ayoli edi Hadicha onamiz. Demak, Payg'ambar alayhi vasallomni Hadicha onamizga uylanishlikdagi asosiy o'lchovi nima bo'lgan edi? Chiroyli emas degan birodarlar. Nima edi ekan? Xulq, aql, iffat, pokizalik vafoyi. Go'zallik masalasi. Chunki bundan boshqa o'lchov oladi birodarlar, qadri yo'q. Qadri yo'qul. Hozirgi uylanayotganlar, nimasiga qarab uylanyapsizlar, ey ukalar?

[18:23] Man tasavvur jal mar'ota li jamalihal adallallohu'lloh. Kim bir ayolga uning go'zalligi uchun, faqat go'zalligi uyulansa, Alloh bu erkakni xor qiladi. Faqat chiroyini maqsad qilib olgan bo'lsangiz. Allohni huzuridagi martabeng ziyoda bo'lgan sari, atrofingdagi kishilar salohiyatli insonlar, afzal insonlar bo'ladi. Bir kishini qissasini aytib berishgan edi. Bir ayolga oshuv bo'lib, go'zalligiga, faqat go'salligiga oshuv bo'lib, orqasidan yugurdi. Ana shu ayolga yetish uchun hech narsaga qaramadi. Nasr nasabini ham surishtirmadi, fe'l atvorni ham, dinini ham surishturmadi, yetishdi. Yetishdi katta qarz bo'lish evaziga. Bir.

[19:13] Yetishgan kuni qarasa, qiz emasligini ko'rdi. Ikki. Bu ham yetmagandek, eriga xiyonat qilib turardi bu chiroyli ayol. Uch. Nima uchun bunday bo'ldi? Faqat chiroyiga intilgan edi. Ha, bir ayol ham nasr nasabli bo'lsa, ham sharafli bo'lsa. Ham boy badavlat bo'lib, dindor bo'lib, go'zal bo'lsa, nur ustiga nur. Ammo iffati, axloqi, dinini birortasiga qaramasdan faqat chiroyiga qarab uylanayotganlar. Nima bo'ladi? Xor bo'ladi. Alloh taolo bu odamni xor qildi. U odam nasl nasab, axloq, iffat tarbiyaga birortasiga qaramadi. Faqat nimasiga qaradi? Alhamdulillah masjidlarga kelayotgan ukalarimiz dinini istayapti. Diniga qarayapti, tarbiyasiga qarayaptimi, onasiga qarayapdi, oilasiga qarayapsi, nima pul bilan boqilganiga qarayaptilar, alhamdulillah. Inshaalloh, bundan keyingi kelayotgan bir avlodlarimiz zo'r bo'ladi. Umid qilamiz shu narsadan.

[20:15] Demak payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam hadijonamizga uylanganlarida go'zalligini birinchi o'ringa qo'ygani yo'q. Nasl nasabini, iffatini, axloqini, tarbiyasini hisobga oldi. Man tasavvajal mar'at al jamaliy ha'adallohulloh. Kim? Bir ayolni faqat chiroyi uchun uylansa, Alloh uni xor qiladi. Bu degani chiroyli ayolni uylanib bo'lmaydi degani emas.

[20:42] Tarbiyasi, axloqi, diniga qarang, go'zal bo'lsa nur ustiga nur. Lekin axloqi, tarbiyasi, dini mutlaqo yo'q bo'lgan chiroyli ayolga uylanib bo'lmaydi musulmon odam. Bo'laveradi, boshqalarga bo'laveradi. Musulmonga bo'lmaydi. Voman tazavvaj alayhi ma'niha afharahulloh. Kim bir ayolni faqat moli uchun, boyligi uchun qiziqib uylangan bo'lsa, Alloh uni faqirligini ziyoda qiladi.

[21:08] Vomon tazavvo jahali ha sabih zada allohu dana atam. Kim bir ayolni faqat nasl nasabi uchun uylangan bo'lsa, Alloh uni pastligini ziyoda qiladi. Fahlaka vidati din taribati adak, baraka topkur, din egasini tollagin. Demak, siz bilan biz bugun hadikjonimiz roziyalloh anhorning siyratiga taalluqli bo'lgan birinchi darsimizni o'qigan bo'ldik.
