# Mo'minlar onalari

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 76 of 510
- Section: —
- Duration: 19 min
- Original title: Mo'minlar onalari
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/76
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/XbzoWN62yWw.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=XbzoWN62yWw
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/75.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/77.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:01] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillah. Shuhrat bina alamin. Vala aqilu tul umut taqiyin. Vassalatu vassalamu ala sanginina muhammad sodiqul va'din amin. Va ala alixiyos hadiy ajma'in. Ambobod, assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ayoli, ayollari Hadicha roziyallohu anhonning seratini o'qishligidagi ikkinchi darsimiz. Payg'ambaringiz sollallohu alikhi vasallam Hadicha onamiz bilan yigirma besh yil umr ko'rdi. Hadicha onamizga Payg'ambarimiz qattiq vafot oladi. Rasululloh Makkai mukarramani fath qilganida musulmonlarning bayrog'ini qayerga o'rnatdi? Hadicha onamizning qabrining yoniga.

[0:48] Chunki Hadicha onamiz Makkani fath bo'lganligini ko'rib, ko'zi quvolish baxtiga yeta olmagan edi. O'ninchi payg'ambarligini o'ninchi yilda vafot etgan edi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam mana shu qiyin kunlarda Rasulullohning yonida turgan, hamma qiyin kunlarga sabr qilishlikka yordam bergan mana shu ayolini mana shu narsa bilan bir xursand qilmoqchi bo'lgan edik. Makkafat qilinganligini xabar bermoqchi bo'lgandi.

[1:21] Payg'ambarlik assalomgacha Hadicha onamiz ikki marta turmush qurgan. Ikkala eri ham vafot etgan. Ikkinchi eri vafot qilgandan keyin Hadicha onamiz turmush qurish haqida fikr qilmay qo'yadi. Makkani nasr nasabli, boy badavlat, sharafli kishilari Hadicha onamizga uylanishlik uchun ko'p harakat qilishdi. O'rtaga odam qo'yishdi, pullarini sarflashdi, lekin Hadicha onamizturmush qurishlik niyati yo'q ekanligini ularga bildirdi.

[1:50] Go'yoki Alloh Taolo Sayyidul Xalq, Muhammad alayhissalomning ayoli bo'lishligiga Hadicha onamizga ilhom bergandek edi. Bir kishi o'ziga juft tanlabdimi? Bir ayolni xotinlikka tanlabdimi? Demak, bu Alloh Taoloning ixtiyori. Unga berilgan Allohning hadiyasi. Muhammad alayhi assalomga Hadicha onamiz erga tegishli kerak edi. Ikki marta turmush qilgan, ikkala eri o'lgan, shuncha odamlardan sovchi kelyapti, Hadicha onamiz ularga rad javobini beryapti. Alloh Taolo Hadicha onamizni olamlar ayollarining saidalari bo'lishligini xohladi. Alloh Taolo tomonidan Payg'ambarimizga bir ikkirov bordi.

[2:38] Diqqat. Hikmat. Agar bir kishini atrofida solih oliyjanob insonlar ko'p bo'lsa, agar bir insonni atrofida oliyjanob kishilar ko'p bo'lsak, bu unga berilgan Allohning in'omi, ikrom. Atrofingizdagi odamlarga qarang. Kimlar? Oliyjanob, pokiza, iymonli, taqvodor kishilarmi? Demak, mana shunday holda turganligingiz Allohni sizga bergan in'omi, Allohning ikromi. Ayrim kishilar bo'ladi, ularni atrofida faqat ablah pastkash insonlar bo'ladi. Chunki bu inson mana shunday ablahlar doirasidagi ruchnikka loyiq.

[3:23] Chunki mana shularni ichida o'rganib qolgan. Shularni majlisidan ajra olmaydi. Hokiza majlisiga borib qo'shila olmaydi. Alloh taoloning huzurida, maktabing qanchalar baland bo'lsa, sening yoningdagi insonlar oliyjanob, solih kishilar bo'ladi. Diqqat, hikmat. Alloh taoloning huzurida martabang qanchalar baland bo'lsa, seni yoningdagi insomlar oliyjanob , solih kishilar biladi. Agar martabang qanchalik past bo'lsa, atrofingdagi kishilar pastkash, ablah kishilar bo'iladi.

[4:02] Sen menga do'sting kimligini ayt. Men senga seni kimligingni aytib beraman. Shunaqa maqol bormidi? Atrofimizni qaraylikchi. Yaxshi odamlar bo'lsa, bu Allohning in'omi. Demak, biz Alloh Taoloni mana shunday bandalari orasida turishlikka loyiqmiz. Agar ablah, pastkash insonlar bo'lar ekan bo'lsa, demak, mana shularga loyiqmiz'.

[4:27] Islom kelishidan avval birinchi tuzilgan muzoraba shirkati Hadicha roziyallohu anhahob, Payg'ambarimiz o'rtasida bo'ldi. Bilasizlar, Qurish qabilasi tijorati bilan mashhur edi. Li ila fih qurish, ila fihim rixlatash shita i vassoyih, faliyah abduurabbi ha'z al bayt. Alloh Taolo aytadi. Qurishga oson qilib qo'yilgani. Ularga qish va yoz safari oson qilib qo'yilgani uchungina, ular mana shu uyning parvardigoriga ibodat qilsinlar. Kurash qishda yaman tomonga qarab chiqardi, bir marta tijorat qilib, yozda Shom tomonga chiqaradi. Mana shu yiliga ikki marta safarga chiqib qolishligi bilan, mo'l ko'l yashashardi. Alloh taolo mana shunday kurashni ikki rom qilib qo'yg'anligini xabarini beradi.

[5:19] Hadichonimiz roziyallohu anha ayol kishi bo'lganligi uchun bozorga chiqib, erkaklarni orasida aralashib yurib tijorat qila olmas edi. Qarang a, johiliyat davrida ham ayollar uyda o'tirgan ekan, bozorga chi qib savdo qilmagan ekan. Erkaklarga aralashib. Johiliyat da'vrida, hozir shunday bir davrlar bo'ldiki, erkaklar o'tiribdi uyda, ayollar yuribdi bozorma bozor, shaharma shahar. Bu johil kurashni urfiga ham, odatiga ham to'g'ri kelmayapti.

[5:51] Hadichonamiz qo'lida katta moli bor edi, qanday aylantirar edi? Omonatdor, ishonchli bo'lgan kishilarni topib, ularga pulini berar edi da, ular bilan sherik tijorat qilar edi. Hadichonimizdan pul, bu erkaklardan xizmat, o'rtaga tushgan foydadan ikki tomon foydalanar edi. Ibn is'hoq rahmatulloh ali aytadi, saida hadicha roziyallohu anho savdogar ayol edi. Sharaf va mol u davlatli edi. O'zining molini tijoratida erkak kishilarni ishlatar edi. Demak, bu tohira ayol xo'rashni ichida o'zini go'zal xulqi bilan non taratgan edi. Johiliyat davrida ham bozorga chiqib aralashib yurmasin.

[6:35] Ulamolardan biri, ulamolardan biri bir ajib so'zni aytadi. Iymon xulqdir. Iymon xulqdir. Kimning xulqi sening xulqingdan yuksak bo'lsa, demak uning iymoni ham senikidan yuksak ekan. Maddin deb Payg'ambarimizdan so'raganlarida husnul xulq deb javob bergandilar. Din nima? Go'zal xulq deb javat bergandilar. Ro'parangizda turgan odamni iymoni sizdan balandmi yoki pastmi? Bilishni yo'li bor ekan. Axloqiga qarang. Axloqi sizdan balandmi? Demak, uni iymoni ham baland. Axloqi pastmi? Demak, iymoni ham past.

[7:20] Shuning uchun parvardigorimizni huzurida martabamizni ko'tarilishini xohlasak, ukalar, birodarlar, axloqimizni go'zal qilaylik. Axloqimizni guzal qilayli. Alloh taolo va payg'ambarimizni maqtabi nima degan? Istaydu billa, vo innaka ala xulqing alin. Albatta siz, ey muhammad sollallohu alayhi vasallam, ulug' xulq ustidadirsiz.

[7:47] Suhayli aytadi, hadicha bintuhu alayt roziyallohu anhu johiliyatda ham, islomda ham tohira ismi bilan mashhur bo'lgan edi. Yana qurash ayollarning saidasi degan nomi ham bor edi. Xulq. Axloq. Go'zal xulqni hech qaysi bir zamonga bog'liq joyi yo'q. Zamonlar bir biri bilan farqlanadi. Nimasi bilan? Asfali bilan, imoratlari bilan, kiyim kechagi bilan, poyezd bilan, samolyot bilan, texnologiyasi bilan farqlanad. Lekin mana shu asrlarni, zamonlarni hammasida go'zal xullq birodarlar nihoyatda qadrli narsa bo'lgan. Ming yil burun ham rozgo'ylik qadrli bo'lgan. Ikki ming yil burun ham omonatdorlik qadrli bo'tgan. Hozir ham xuddi shunday. Demak, go'zalqul hech qaysi bir asrga bog'liq joyi yo'q.

[8:43] Go'zalquli hamma asrda ham odamlarni e'tiborini o'ziga tortgan. Payg'ambar alayhissalomning laqabi Muhammad Sodiq, Muhammad Amin. Sodiqul Amin, rozgo'y va ishonchli omonatdor. Hadichonamizni laqabi Tohira, pokiza.

[9:07] Er xotin o'rtasida mushtaraklik, o'xshashlik bo'ladi. Payg'ambarimiz Amin edi, hadichonamiz Tohira edi. Agar er xotin xulqda, dinda bir biriga teng bo'lsa, hayot go'zal bo'ladi. Ammo er dindor bo'lsa, xulqi joyida bo'lsa yu, ayol dinsiz bo'lib, boshqa vodiyda bo'lsa chi?

[9:33] Agar bir kishi iymonli bo'lgan holda, pokiza, mo'mina, axloqli, dindor ayolni topibdimi? Dunyoni katta bir saodatiga erishibdi. Chunki o'tgan darsimizda aytdik, dunyoni o'zida dedi Payg'ambarimiz, matoh hammasi. Endi mana shu matohni eng yaxshisi soliha ayol dedi. Eng qiyin ish, bilasizmi nima? Ayiqni tarbiya qilishmas.

[10:02] Eng qiyin ish shogirdni tarbiya qilishmas. Eng qiyni ish inson o'zini o'zi tarbiya qilishi. Eng qiyin. Rozimisizlar? Chunki bir shtraf bor yoki qandaydir jazo bor, majbursiz haligi domlangizni yoki treneringizni aytgani qilishga. Kimdir majbur qilyapti da. Birovni majbur qilish oson trenerni o'ziga ham. Ammo inson o'zi o'zini bir narsaga majbur qilishi qiyin. Bugun ikki pora qo'lini o'qimay yotmayman deysiz, masaladan keyin, shijoatingiz qo'zigan paytda, kayfiyat zo'r paytda, uyga borgandan keyin nima bo'lasiz?

[10:43] Oqiysan deydigan bir odam bo'lganda o'qir edingiz. Demak, har bir inson diqqat qiling. Har bir inson o'zini shaxsiyatini o'zi shakllantiradi. O'zini o'zi tarbiyalaydi. Hozir siz qanaqa bo'lsangiz, shunaqa qilgan o'zingizni o'zingiz. Tushuntira oladimmi? Besh mahal namozga kelyapsizmi, o'zingizni shunga o'rgatdingiz. Ramazonda ro'za tutyapsizmi, shunga o'zingizni, o'zingiz o'rgatdiz.

[11:13] Demak, har bir inson o'zini shaxsiyatini o'zi shakllantiradi, o'zi tarbiyalaydi. Bir shaxsiyat bor, odamlar haligini ko'rib havas qiladi, hamma shunaqa bo'lsin deydi. Yana bir shaxsiyot bor, odamlar unaqa bo'lishingdan ehtiyot bo'ladi. Er xotin o'rtasida o'xshashlik, mushtaraklik bor. Muhammad alayhissalom amin, hadichonamiz tohira edi.

[11:39] Qushlar ham akalar bir biriga o'xshaganiga yaqin bo'ladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam go'zal xulq bilan sifatlangan holda ulug' edi. Har qanday yomon sifatlardan uzoq bo'ldi. Payg'ambaramizni Alloh subhanahu va taolo o'zi tarbiya qildi. Muhammad alayhissalomni axloqi, tarbiyasini yer yuzida biror bir odamni axloqi tarbiyasiga tenglash mumkinmi?

[12:09] Yer yuzidagi eng zo'r axloqli murabbiy inson, bir shogirdni tarbiya qilsa, bu shogird ham axloqli tarbiyali bo'ladi. Ammo bu axloqli shogird o'ziga o'xshagan bitta odamni qo'lida tarbiya topdi. Muhammad alayhissalomni tarbiyasi bilan kim shug'ullandi? Demak, odamlarni axloqi bilan Rasulullohni axloqini taqqoslashlik mutloq to'g'ri kelmaydi. Alam yajidika ya'tiiman. Fa ava. Axir sizni yetim holda topib deyapti Alloh taolo Payg'ambarimizga, o'zimiz panohimizga olmadingmi deyapti.

[12:45] Fadlu kalamillahi ala sayril kalam kafadli'llahi ala xalqiy. Allohning so'zini, boshqa so'zlardan farqi, Allohning o'zini zotini maxluqlardan birortasida o'rtasida bo'lgan farqiga o'xshaydi. Kutubxonaga kirasiz, minglagan kitoblar bor. Katta katta tom yozilgan kitoblar bor. Ilm hikmat o'shancha. Lekin bu ilm hikmat odamlar yozib qoldirgan ilm hikmat. O'qiysiz, ilmli bo'lasiz, o'qiysiz tarbiyali bo'lasiz, odamlar yozilib qoldirgan narsa bilan o'sasiz. Ammo Payg'ambarimizni siz bilan bizga olib kelgan kitobi kimni so'zi edi?

[13:28] Payg'ambarimni huquqini kim tuzatdi? Alloh tuzatdi. Nima tuzatdi? Qur'on tuzatdi. Demak birodarlar, taqqoslab bo'lmaydi. Muhammad alayhissalomning axloqini. Xulq. Tarbiya, axloq. Olim bo'lish oson.

[13:55] Nima bo'lish qiyin? Odam bo'lish qiyin. Qarang, olim bo'lish oson, odam bo'lish qiyin. Nima degani bu? Ilm o'qib, yodlab, kallaga jo'nab olishlik mumkin olim bo'lish. Lekin bu ilmni hayotda tatbiq qilish, xulqli bo'lishlik oson emas. Shuning uchun shayxlardan biri o'zining shogirdiga shunday deydi, ilm o'qiyotganlar. Qur'on yodlayotgan, diniy bilim o'qiyotgan ukalar, diqqat qilinglar.

[14:25] Shuning uchun shayxlardan biri o'zining o'quvchisiga shunday dedi. O'g'lim, biz seni ilmingdan ko'ra adabingga ko'proq muhtojmiz. Bizga seni ilmingdan ko'ta odobing, axloqing ko'proq kerak deydi. Agar bir odam ilmli bo'lsa, o'qigan bo'lsa, yodlagan bo'lsa yu, ammo xulqi buzuq bo'lsa, bu ilm unga foyda qamabdi.

[14:54] Xuddi ilmli odam mutakabbir bo'lsa, uni ilmi unga foyda qilmaganidek. Ilm yuqqan odam kamtar bo'ladi, kichik fe'l bo'ladi, mutakabbir bo'maydi, shirin so'z bo'ladi, muloyim bo'ladi. Badjahl, dag'al gapiradigan, qattiq dil, qo'pol so'z bo'maydi, birodarlar.

[15:19] Yo eshitganmisizlar bir marta Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni dag'al qattiq gapirgani haqida? Oyishonamiz roziyalloh, anaqadan so'rashdi. Payg'ambarimning axloqi haqida. Javob berib aytdilar, ka'na huluquhu al quran. Rasulullohning xulqi Qur'on edi. Boshqa hadislarda tirik Qur'on bo'lib yurardi yer yuzida. Payg'ambarimizning odobi haqida so'rashganlarida Payg'ambarimiz aytdilar, addabani robbiy va ahsanat adibiy. Menga Robbim adab berdi, odob berdi. Bas adabimni chiroyli qildi. Demak, ilm o'qiyotgan ukalar, biz o'qiyotganda ilm bizga singayotganligini bitta alomati fe'limizni, axloqimizni zo'r bo'lishligi va tilimizni shirin bo'lishligi. Bu ahli ilmlarga yarashadigan xos bo'lgan sifatlardan.

[16:18] Hamma o'zini turgan maqomini zo'r deb biladi. Men falonchidan yaxshiman, pokichidan yaxshiman. Ammo sen hozirgi maqoming Allohni huzurida qanday ekanligini bilasanmi? Agar Alloh Taoloning huzuridagi maqomingni bilmoqchi bo'lsang, qara. Seni Alloh qaysi ishda ishlatyapti?

[16:44] Muhammad alayhissalomni xulqini Alloh muhtab va innaka ala huluqin adin. Albatta siz ulug' xulq ustidadirsiz dedi. Hayotda birodarlar, botqolar bor, sirpanchiqlar, ma'siyat o'choqlari, faxsh majlislari, pastkashliklar, qoqilishlar, axloqiy buzilishlar bor. Bunaqa joyga tushib qolgan insonlar ton o'sganligi bo'lib qoladi.

[17:11] Ya'ni shunday bir majlislar bor, pokiza xonadonlar bor, ilm majlislari bor, pokiza insoniy aloqalar bor. Agar siz mana shunday pokiza majlisda ishga o'tirgan bo'lsangiz, Alloh sizni erkalatibdi. Alloh sizga in'om qilibdi bu narsani. Chunki bunday bir majlisda birodarlar birodarlik haqida, din haqida, jannat haqida, taqvo haqida suhbat bo'ladi. Go'zal xunukli bo'lishiga chaqiriladi. Albatta bu ulug' ne'mat. Bu ulug' neyt. Payg'ambarimiz aytganlar, innalloha ida ab abba abdan ista amalahu.

[17:48] Agar Alloh bir bandani yaxshi ko'rsa, ishlatadi degan. Yomon ko'rsa ham ishlatadi degan. Bir kishi bor, qo'lidagi davlatni xayrli ishlarga sarflaydi. Xalqni ehtiyojiga sarflaydi. Suv olib keladi, transformator qo'yib beradi, asfalt soladi, yetimni boshini silaydi, odamlarga xayriya ehson qiladi, ko'chalarni yoritadi, yaxshi ishlarga ishlatyapti pulini. Demak Alloh buni yaxshi yo'lda ishlatyapti. Demak buni martabasi Allohni huzurida baland. Yana bir kishi bor, gunoh ma'siyatga xizmat qiladigan joylarga pullarini sarflaydi. Demak, buni ham nima qilyapti Alloh? Ishlatyapti.

[18:28] Alloh Taoloning huzuridagi maqomingni qanday ekanligini bilmoqchi bo'lsang, va'z robbing seni qaysi ishlarni ishlatyaptilar. Mana shu narsaga nazar sol. Aqlu qobli ha da va astag'firulloh ilaykum. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.
