Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin va ala aqibatu lil muttaqin. Assolatu vassalomu ala sayyidina muhammad sodiqul va adil amin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabav, assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh. Alloh subhanahu va taolo shukur sayyidil ayyom va hajjul masakin. Juma kuni barchamizga barakotli qilgan bo'lsin.
Bismillahir rohmanir rohim. Umma ibrohim moriya qiddiya. Moriya bint sham'un roziyallohu anhu. Misr va Iskandariyaning sohibi Muqovqiz uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga hadya qilgan edi. Moriya onamiz Xotibi ibna Abibalta roziyalloh anhu uning qo'lida islomga keldi. Muhammad alayhissalom bu sahobasini Misrga, Muqovqasining huzuriga elch qilib yuborgan edi.
Moriy onamiz haqidagi darsga kirishlikdan avval xotibimni Abibalta haqida biroz to'xtalib o'tishimiz maqsadga muvofiq bo'ladi. Xotibimni Habibalta roziyallohu anhu Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni sirini fosh qilib qo'ygan kishi edi. Rasululloh xudoybek Sulhni qurashni xaliflari bo'lgan Xo'zoq qabilasi, Barubaker qabilasi buzib qolganidan keyin, Makkaga qo'shin bilan bormoqchi bo'ldi va mana shu xabarni faqatgina o'ziga yaqin bo'lgan sahobalarga, bir qancha sahobalargagina bildirdi, toki Qurashlilar musulmonlar kelayotganini eshitib, har galni ko'rmasin. Qo'shin bilan chiqmasin, to'satdan boraylik da, Haram hududida qon to'kmasdan Makkanni egallaylik degan maqsadda xabarni maxfiy qilgan edi. Ammo xotibinni Abibalta ularga mana shu sirni fosh qilib maktub yuboradi.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sirini sotgan bu sahobasini ishini to'xtatdi. Chunki Payg'ambarimizga vahiy nozil bo'ldi, xotib yuborgan maktub yo'lda qaytarib olib kelindi. Mana endi Rasululloh uni bu xiyonatini avf qildi, kechirdi. Mana shu narsa haqiqiy qahramonlik deyiladi. Haqiqiy buyuklikni bir belgisi bo'ladi. Chunki xato qilgan kishini jazolab, yakson qilib tashlash, hammani qo'lidan keladigan ish. Ammo avf qilib, ishini yana bir isloh qilib, yana avvalgi maqomiga qaytishligiga imkon berish, bunga ko'mak ko'rsatishlik haqiqiy ulug'lik, haqiqiy qahramonlik bo'ladi.
Rasululloh Makkaga qo'shin tayyorlarkan, mana aytib o'tdik hozir, xabarni maxfiy qildi Rasululloh. Shunda Xotib mana shu xabardan voqif bo'lgan ozgina sahobalardan bittasi edi. Makkaga maktub yozdi. Unda shunday deyilgan edi. Muhammad sollallohu alayhi vasallam ustingizga qo'shin bilan ketmoqda, hushyor bo'linglar. Uni bu ishi haqida Payg'ambarimizga sollallohu alayhi vasallam vahiy nozil bo'ldi. Rasululloh ali ibn abit olib va zubayr ibn al avvom roziyallohu anhu ularni yuborib, shu maktubni olib ketayotgan ayolni tutib, xatni olib kelishlikni buyurdi. Bu Xotib roziyallohu anhu tomonidan musulmonlarga qilingan ochiq xiyonat edi. Buni boshqa tavili yo'q.
Maktubni olib kelishdi. Xotibni ham Payg'ambarimizni huzurida hozir qilishdi. Umariddin Xattob roziyallohuhu anhu, yo Rasululloh, ruxsat bering. Bu munofiqni bo'ynini uzib tashlay dedi. Payg'ambarim sallallohu alayhi vasallam nima deb javob berdi? Mana quloq tuting. Yo'q, ey Umar, dedi. U Badrga guvoh bo'lgan. Ahli Badrlardan, Badr g'azodda qatnashgan kishilardan. So'ngra, ey Xotib, bu nima qilganingiz dedi. Xotibin nabi balta, yo Rasululloh, biron kun ham sizni Rasululloh ekanligingizni shak qilmaganman. Vallohi munofiq emasman. Sizlarda hammanglarni Makkada qolgan, oilanglarni himoya qiladigan urug'laringlar bor. Bu kishi asli Makkali bo'lmaydi. Makkaga kelib qolgan odamlardan edi. Meni Makkada qolgan oila a'zolarimga, Qurash, mana shu ishim tufayli ozgina bir yumshoqlik qilarmikin degan niyatda qildim bu ishni. Va Allohi munofiq emasman dedi.
Qurashga yaxshilik qilsam, ularga fazil ko'rsatsam, ular meni oilamni himoya qilib turarmikin degan maqsadda qildim bu isni. Meni kechiring yo Rasululloh dedi. Mana bu faqatgina bir kishini shaxsiy siri emas. Bu davlatni siri edi. Agar uni maktubi yetib borsa, Qurashlilar fe'lani jangga tayyorgarlik ko'rib chiqsa, Haram hududida musulmonlar bilan Qurash jang qiladigan bo'lsa, musulmonlarni qoni to'kilishiga sabab bo'ladigan xiyonat. Hech qaysi mamlakat bunday xiyonatni kechirmaydi. Qatl qiladi. Ammo Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam nima dedilar?
Qola innin soddaqtuhu fasaddiquhu. Vala taqulu fihih illa hayron. Men ishondim, bunga dedi. Sizlar ham ishoninglar. Va u haqida faqat yaxshi gapni gapiringlar, dedi. Yana bir bor aytamiz. Har qanday odam xato qiladi. Qahramonlik, ulug'lik nima bilan ko'rinadi? Uni yakson qilib sharmanda qilib tashlashlik bilan emas, uni avf qilishlik bilan. Zamonamizda mana shu avf degan sifat, kechirib qo'yishlik degan sifat bora bora ko'tarilib boryapti. Qablarimiz qattiq bo'lib ketyapti. Bo'pti, bir marta oyog'i toyilibdi deb turib, kechirib ko'yishlik yo'q bo'lib kiryapti. O'n yil xizmatimizni qilib, o'n yil biz bilan yonimizda yurib, bitta xatoga yo'l qo'ysa, ana shu o'n yillik xizmat yoki o'n yilligi mehnatini xabardaga chiqarib yuboradigan bo'lib ketganmiz. Qalblarimizni qatib ketganligidan. Har bitta ishida siz bilan bizga ibrat bo'lgan Rasululloh, kimni kechiryapti ey. Bir o'ylab ko'ringlarda. Davlatni sirini sotgan xoinni.
Bundan bir yetmish yoki sakson yil avval Shom o'lkalarda bo'lgan bir voqea, bo'lib o'tgan voqea. Ana shu Shomdagi bir masjidni imomiga Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam tushiga kiradi. Tushiga kirib aytadiki, falonchiga borib ayt, u o'sha falonchi, Jannatda mening hamrohim bo'ladi, do'stim bo'ladi dedi.
Rasululloh ismini aytgan boyagi falonchi kishi shu masjidni yonidagi kichkinagina bir do'konda savdo qiladigan oddiy odam edi. Bu haligi avf qilish, kechirib qo'yish, aybini yopib qo'yishi masalasiga taalluqli bir amaliy misol. Imom Rasululloh tushida aytgan boyagi kishini uyini topib bordi, eshigini xohdi.
Haligi odam chiqdi. Birodar dedi, menda sizga Rasulullohdan bir bashorat bor dedi. Shu asrimizda bo'layotgan narsa. Faqat robbingiz bilan sizni o'rtangizda qanaqa sir bor edi? Shu sirni aytsangiz, men sizga bashoratni aytaman. Boyagi kishi imomdan uni sirini fosh qilmaslik va'dasini olib, voqeani aytib berdi. Alloh bir ayolga uylangandim. Oradan besh oy o'tib to'g'adigan bo'lib qoldi.
Ya'ni bu ayol menga kelguncha oyog'i toyilib, faxshga yo'l qo'ygan edi. Besh oyda to'g'adigon bo'lib qoldim. Mana endi uni sharmandasini chiqarib taloq qilishim mumkin edi. Ammo Alloh Taolo uni meni qo'lim bilan isloh qilishini xohladim. Chunki haqiqiy tavba qilganini tushungan edim dedi. Doyan olib keldim. Bola tug'ildi.
Ertasi kuni namozga chiqar ekanman, imom quloq qoqqan edi namozga. Bolani ushlab tashqarida turgan edim. Hamma kirib ketdi. Imom Allohu akbar deb farzga quloq qoqdi. Bolani hech kimga ko'rsatmasdan masjidni tashqarisiga qo'yib kirib, imomga ergashdim. No, sirni yopishni ko'ring. Namozni o'qib bo'lganimizdan keyin bola yig'lashni boshladi. Hamma yig'ilib atrofida jamlanib ketdi. Kim ekan, kim ekan? Men ham hech narsani bilmagandek bordim. Nima ekan bu deb so'rasam, qara, birov bolani tashlab ketib shu yerga dedi. Men. Menga beringlar, shuni dedi. Menga beringlar, men boqib olamiz buni dedi. Ko'tarib olib borib, onasini qo'liga topshirdi, qo'ni qo'shnilarni oldida boqib olingan bola bo'lib qoldi. Mana shu qilgan ishi uchun, mana shu aybini yopib qo'yganligi uchun, sharmanda qilmasdan avf qilib qo'yganlik uchun, Rasululloh tushiga kirib, falonchiga ayt, jannatdagi mening rafiqim bo'ladi dedi.
Bu sahoba emas bu, tobiym emas bu. Siz bilan biz yashaykan asrdagi oddiy bir odam ishi. Demak, Rasulullohni hamrohi bo'lishlikka sabab bo'lyapti, bir odamni avf qilib qo'yishlik. Endi o'zimizdan so'raylik da. Biror marta, biror marta,bir odamni, agar biz aytsak, fosh qilsak, sharmanda bo'lib qoladigan bir aybini sirini bilib turib yopib qo'yganmizmi?
Agar bo'lsa mana shu ishimizdan umid qilaylik. Shoyad Alloh shu tufayli bizni gunohlarimizni mag'firat qilsa. Demak Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam har bitta ishni bizga ibrat, xususan aybdorlarni aybini yopishlikda, ularni avf qilishlikda ham. Mana endi bir mulohaza qiladigan bir nuqtamiz bor. Qo'lingizdagi ishchi, qo'lingizdagisi ishchi xiyonat qildi. Molmidi yoki pulmidi, xiyonat qilib, siz uni tutib oldingiz. Auf qildingiz. Xo'p, bu yaxshi sifat ekan. Endi shu ishga qaytarib qo'yish kerakmi endi, qo'ymaslik kerakmi? Tushunarli ekan savol.
Tutib oldingiz, yopdingiz aybini,auf qildingiz, endi nima qilasiz? Yana zavskani qilib qo'yib qo'yaverasizmi? Yo'q. Boshqa ishga o'tkazib qo'yishingiz kerak. Mana shu molga aloqasi bo'lmasin, chunki Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam, Rasulullohning omonatiga xiyonat qilgan xotibni, xotibni boshqa ishga jildirdi. Va yangi ish ham ayni mana shu qilgan xiyonatiga taalluqli, omonatga taalluqli ish edi. Misrga Payg'ambarimiz bu kishini Muqovqizning huzuriga maktub olib boradigan elchi qilib yubordi. Mana endi xotibimning, abibaltaning tarixi shu edi.
Moriya qibi teggani Muqovqizini huzuridan Madinaga olib kelar ekan, Xotibimni Abi Balta Islomni arz qildi. Bu onamiz Islomni qabul qildi. Moriya Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning mavlonlaridan edi. Moriya roziyallohu anhob Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga o'g'li Ibrohimni tug'ib berdi. Muhammad alayhissalomning bu o'g'li ikki yilga yaqin umr ko'rdi, birodarlar. Ibrohim o'g'lini tug'ilishligi sakkizinchi yilning zulhiy joyiga to'g'ri keladi. Moriyani onasi rumliklardan edi. Misrdan Madinaga o'zini singlisi Sirriyn ismlik singlisi bilan kelgan edi. Payg'ambarimiz Moriyaning o'ziga oldi, singlisini esa Hassonimni Sobit roziyallohan huga hadya qilgan edi. Moriya onamizning qissasi qanday bo'lgan edi?
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o'zining o'sha davrdagi eng ashaddiy dushmani bo'lgan Quraysh bilan Hudaybiya sulhida tinchlikka kelishishdi. Shunda Payg'ambarlarimiz dunyo podshohlariga maktub yubordi. Ularni mana shu haq Islom diniga da'vat qildi. Birodarlar, bu Islom dini faqat arablarga kelmagan edi. Butun insoniyatga kelgan edi. Shuning uchun Rasululloh ana shu davrdagi ko'zga ko'ringan katta mamlakatlarni podshohlariga maktub yozdi. Voma arsalna aka illa rahmat alayli alamin. Ey Muhammad alayhissalom, darhaqiqat biz sizni barcha olamlarga faqat rahmat qilib yubordik. Maktublar orqali Islom diniga da'vat qilingan podshohlardan bittasi Misrning ulug'i Muqovqis edi. Muqovqis bu podshohni unvoni edi.
Fors podshohlari Kisroq deyilardi. Xabaristonda podshohi nadjoshiy deyilardi. Yaman podshohlari tubba deyilardi. Endi bu davrga kelib, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam zamoniga kelib, Misr podshohi Muqovqis deb chaqirilardi. Muqovqisga Xotibin Abib Balta Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning maktubini olib keldi. U qibitlardan edi. Muqovqiys Payg'ambarimizdan kelgan maktubni oldi, ochib o'qidi. Mana endi Muqovqiys bilan Rasulullohning elchisi Xotibni o'rtasidagi bo'lgan bahsga xulosa olamiz.
Aytdiki, ey Xotib, dedi. Sen aytayotgan kishi, nodomiki Nabiy ekan. Nimaga unga qarshilik qilganlarni duoyibat qilib yubormadi, dedi. Sen aytayotgan odam rost Payg'ambar bo'ladigan bo'lsa, nimaga dushmanlik qilgan qavmdoshlarini yoki u kishiga qarshilik qilganlarni bitta duoibad qilib qarg'ab yo'q qilib yubormadi dedi. Endi Xotibni javobini qarang. Iso Allohning rasuli ekanligi guvohsan sen ham. Nima uchun Iso uni qavmi unga azob berib, uni o'ldirmoqchi bo'lganida ularni duoibad qilib yuborma dedi? Mana bu xushyor odamni javobini ko'ring. Iso alayhissalom ham o'zini qavmiga rahmi kelib, shafqat kelib duoibad qilmadi. Xuddi shunga o'xshangandek Muhammad alayhissalom hamm o'zini qovmiga rahmi keldi. Ziyrelik, hushyorligida. Uni savoliga yetarli qoniqarli javob berildi. Bu qo'pol qiz javobni eshitib turib, ha to'g'ri aytding dedi. Sen hakim odam oldidan kelgan, o'zing ham hakim odam ekansan dedi. Birodarlar, bu nozik holatda. Elchi uni yuborgan kishining yuzi, elchini hurmati, elchini sharafi, uni yuborgan tarafning hurmatiga bog'liq bo'ladi. Rasululloh mana shunday kishini yubordiki, hushyor, ziyrek, so'ngra xotib muqovqisga aytdi.
Sendan avval Misrga podshoh bo'lgan bir kishi o'zini oliyrob deb atagan edi. Fir'awn uni nazarda tutdi. Bas, Alloh uni ham, uni ham oxirat ham dunyo azobi bilan ushladi. Undan intiqom oldi. Sendan avvalgi Misrda podshohsi ana robbukul mul'a ala degan edi, Allohni xor qildi.
Xotib dedi: biz sizni boshqa barcha dinlar o'rniga kifoya qiluvchi Islom diniga chaqiramiz. Bu Payg'ambar odamlarni da'vat qildi. Muhammad alayhissalom. Unga qarshi eng qattiq kurashgan kurash bo'ldi. Eng qattiq adovat qilganlar yahudlar bo'ldilar. Eng eng yaqin munosabatda bo'lganlar nasroniylar bo'ldilar. Qasamki, Musoning Iso haqidagi bashorati qanday bo'lsa, Isoning Muhammad alayhi assalom haqidagi basharotlari ham xuddi shunday bo'ldi. Biz seni Qur'onga da'vat qilishimiz sizning Tavrot ahlini Injilga da'vat qilishingizdan farqi yo'q. Har bir Payg'ambar davridagi xalqlar uning ummati sanaladi va ular unga itoat qilishlari lozim bo'ladi. Siz ham ushbu Payg'ambarning davrida yashab turibsiz. Biz sizni Massixning dinidan qaytarmaymiz, balki unga buyuramiz dedi. Ya'ni Iso alayhissalom mendan keyin Ahmad ismli Payg'ambar keladi deb bashorat berganmidi? Isoni diniga amal qildi deb buyuramiz, chunki Isoni diniga amal qilsanglar, undan keyin keladigan Payg'ambar yer yashashinglar kerak dedi. Qarang, dunyoda ko'zga ko'ringan katta Misr degan mamlakatini podshohiga sahroi oddiy bir odam gapirayotgan gapini qarang.
Bu doktorlik darajasi yo'q, uch to'rt xil tilni bilmaydi, diplomi yo'q, diplomatik muomalalarni o'rganmagan. Nima gapirtiryapti bu kishini? Iymon gapirtiryapti birodarlar. Iymon, sodiq iymon insondagi iqtidorni, qobiliyatlarni kashf qiladi. Bu qarang, mana shu sahro kishi qanaqa gapiryapti? Lekin Rasululloh qanday isloh qilgan edi bu kishini. Mana shunday kishi yo'q bo'lib ketardi, agar Rasululloh avf qilmaganida. Rasululloh ishini isloh qilmaganida, yo'q bo'p ketyapti da shu odam.
Muqovqiz xotibdan eshitib, dedi men bu Payg'ambarning ishlariga nazar solib, uning yomon narsaga buyurayotganini va yaxshi narsadan qaytarmayotganini bildim. Bilishimcha u adashgan sehrgar ham, aldoqchi folbin ham emas. Men unda yashirin narsalarni chiqarish va maxfiy suhbatlarning xabarini aytib berishdek nubovot alomatlarini ham topdim. Men o'ylab ko'raman dedi. Shunday dedi da, boyagi maktubni olib, qutichaga solib qo'ydi. So'ngra arabcha yozadigan kotibini chaqirib, Payg'ambar alayhissalomga maktub yozdi.
Qarang, ey, qanday baxtli odam bu. Muhammad alayhissalomdan, Muhammad alayhissalomdam shaxsan unga xat keldi. Ammo bu qanday baxt, qanday bir ulug'lik unga nasib etib turganini anglovdimi? Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam desa ko'zimizga yosh keladi. Rasulullohni ro'zay shariflaridan o'tib, assalomu alayka, yo Rasululloh desak, qalblarimiz pora pora bo'lib ketadi. Bu odam Rasululloh zamonida turibdi. Yana unga Payg'ambarimiz xos o'ziga maktub jo'natyapti.
Muqovqingiz men uchun o'zim ishim qimmatli dedi. Xotibga. Agar sizlarga ergashsam, bu ishimni ajrab qolaman. Sen bilan meni o'rtamda bo'lgan bu suhbatni birov bo'lishini xohlamayman dedi. Seni aytayotgan odaming haqiqiy Allohning nabiysi, rasul. Kazzob ham, chohin ham hiylagar emas dedi. Yaxshilikka buyurib yomonlikdan qaytaradi. Ammo agar men bu nabiyni ishiga ergashsam, qibitlar menga ergashmay qo'yadi. Sen bilan bo'lgan bu suhbatimizni birorta odam bilishini xohlamayman dedi. Haqni bilib turib, haq ekanligini bilib turib, oxiratni emas, dunyoni tanladi. Nuqovqiz elchiga chiroyli muomala qildi. Yuz diyunor berdi. Beshta bir kiyadigan kiyim berdi. So'ngra Misrda Nuqovqa qiybitlarni orasida hurmati, izzati bo'lgan ikkita ayolni Payg'ambarimizga hadya qilib yubordi. Bugungi suhbatimizning mavzusi Moriya Qibdiya, ana shu ayollarning bittasi.
Moriya Qibdiyani, uni singlisi Sirriyni mingana bir hachirni va bir qancha boshqa hadyalarni qilib, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga yubordi. Ya'ni, ey Muhammad, sollallohu alalayhi vasallam, mana bu hadyalarni ol, sen u yerdasan, men bu yerdaman, meni holi qo'y, meni tinch qo'y deganday qilib, Payg'ambarimizga sovg'a salomlarini yubordi.
Xotib qaytib keldi. Maktubni, Muqovqiysni maktubini Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamga topshirdi. Unda Muqovqiys shunday degan edi. Bismillahir rohmanir rohim. Muhammadin Abdullohga qiybitilarning ulug'i muqovqiysdan. Senga salom bo'lsin. Ammo ba'd maktubingni o'qidim, undagi narsani fahmladim. Sen da'vat qilayotgan narsangni angladim. Bir nabiy qolganini bilar edim. Bitta payg'ambar chiqishi qolganini bilar edim. Uni Shomdan chiqadi deb o'ylagan edim. Taqiq elchingni ikrom qildim. Qibitilar orasida hurmatli bo'lgan ikki joriyani va kiyimlarni senga yubordim. Minishing uchun senga bir hajirni sovg'a qildim. Vassalomu alaykum. Dunyosidan ajrab qolishdan qo'rqib, oxiratidan voz kechdi. O'zini foydasini ko'zladi. Mana vahadiyalar, men bu yerdaman, sen u yerdasan, meni tinch qo'y. Rasulullohga kelib, hadyalarni xotib topshirdi. Muqovqisni so'zlarini yetkazdi.
Rasululloh aytdilar, don nabi mulkihi, vala baqa oli mulkihi. Mulkidan ajrab qolishdan qo'rqdi, ammo baribir mulki qolmaydi dedi. Qani hozir mulk? Shuning uchun, kim dunyosini dunyo hayotini oxiratidan ustun qo'ysa, ikkalasidan ham mahrum bo'ladi. Oxiratidan kuyadi, dunyodan ham baribir chiqib ketadi bu odam. Kim oxiratini dunyodan ustun qo'ysa, ikkalasida ham yutuqqa yetadi. Nima uchun? Iymon kerak akalar. To'g'ri, hikmatli qarorlarni qabul qilishlik uchun. Allohni tanish uchun iymon kerak. Ikki dunyoda saodatga yetishlik uchun iymoner kerak. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam kelgan bu hadyalarni qabul qildi va moriya qibitiyani o'ziga tanlab oldi. Darsimiz avvalida aytib o'tdik, singlisi sirriyni rasululloh o'zining shoiri hassona ibn sobit roziyallohu anhuga hadya qildi. Bu ikkala opa singil ham islomni qabul qildi.
Payg'ambarimiz sallallohu alayhu vasallam moriyani o'zida tanlagani xabari madinada tarqaldi. Masjidga yaqin bir joyga bu ayolini tushirdi. Osh onamiz va boshqa kundoshlari bu onamiz haqida bir tashqaridan bir uzoqroqdan bir xabardor bo'lishlikka harakat qilishdi. Moriya qibitiga bu yangi hayotini xursandchilik bilan qabul qildi. Chunki endi rasulullohning mavlosi. Mavlo degani mulk, saidini mulki degani, xotin emas. Endi Muhammad alayhissalom dezodga mavlo bo'lishlik albatta sharaf edi.
Moriyani dini nasroniy din edi. Nasroniy din eda. Endi Muhammad alayhissalomni yesoning inisi deb bilganligi uchun, Rasulullohga bo'lgan xizmatiga qattiq ehtimol qildi. Bu buyuk karomat. Chunki qibitlarni Misr yeridan Muhammad alayhi assalomni qo'liga kelib tushligi, bu ayol uchun ulkan sharaf edi. Birodarlar, agar Alloh Taolo bir bandaga ilm bilan hikmat bergan bo'lsa, uni ikrom qilibdi.
O'zini tanitgan bo'lsa, bu insonni dunyoga nimaga kelganligini bildirgan bo'lsa. Nima maqsad bilan yashash kerakligini tushuntirgan bo'lisa, hayotni haqiqatini, koinotni haqiqiyatini bildirsa, bu inson eng katta narsaga ega bo'libdi. Chunki dunyoga nimaga keganligini bilishlikdan ko'ra kattaroq boylik bormi? Yuribdi odamlar, nimaga kelganini bilmaydi. Qayerdan kelganini bilmaydi. Nima uchun yashayotganini bilmaydi. O'lgandan keyin nima bo'lishligini bilmaydi? Alloh Taolo o'zi yaxshi ko'rgan bandasiga ilm va hikmatni beradi. Alloh o'zi yaxshiroq ko'rgan bandaga ilm va hikmatni beradi. Ammo yaxshi ko'rmagan bandalarga faqat moli davlat yoki mulki saltanatni beradi.
Agar Alloh unga ilm hikmat bermasa, o'zini tanitmasdan turib moli dunyo mulk berib qo'yadigan bo'lsa, bu inson moli mulkini, saltanatini, boyligini quliga aylanadi. Endi inson ilm hikmat egasi bo'lib, Allohni tanib turib moli dunyoga ega bo'lgan bo'lsa, u xayr ustiga xayr, yaxshilik ustiga yaxshilik. Chunki qaranglar.
Alloh Taolo o'zi yaxshi ko'rmagan mandaga faqat pul beradi dedik. O'zini tanitmaydi. Innna qorun akana min qobli musa, fabag'al alayhim. Albatta Qorun o'zi Muso qavmidan edi. Bas u qavmdoshlariga kibra havo qildi. Puli ko'p edi. Faqat puli bor edi. Ilm hikmat yo'q edi, Allohni tanishligi yo'q edi. Ammo mana Fir'aunga o'zini davridagi eng katta mulk saltanatni berganda nima qildi? Faqoli ana robbukumul a'la, men sizlarni eng oliy parvardigorilarman dedi. Xudoman dedi. Endi Alloh yaxshi ko'rgan bandasiga nimani beradi? Valamma balog'a ashuddahu vosita va atayna hu hukman va ilm va kadhalika nazzil muhsining. Qachonki u voyaga yetib, aqli to'lgach, Biz unga hikmat va bilim ato etdik. Hikmat va bilim ato etding. Biz chiroyli amal qilguvchi kishilarni mana shunday mukofotlaymiz. Xulosa, Alloh yaxshi ko'rgan bandasiga o'zini tanitadi, ilm hikmat beradi. Alloh yaxshi ko'rmagan bandasiga faqat moli dunyo beradi, mulk saltanat beradi. Shuning uchun, birodarlar, farzandlarimizni ilm yo'liga boshlaylik.
Rizqida bo'lsa, o'sha moli dunyo kelaveradi. Ammo ilm hikmatdan mahrum bo'lib qolmasin. Albatta boy bo'lishni yaxshi, kambag'al bo'lishdan Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni panoh tilagan. Ammo hayotdagi yagona maqsad mol topishlik emas. Ha yuribmiz tirikchilik qilib deydi, tirikchilik deb, bola chaqada deb. Bola chaqada yuribdi. Boshqa maqsadi yo'q bu odamda. Ibrohim alayhissalomning mavlosi bo'lgan, Hojar ona.
Ismoilni tug'gan Hojar Ibrohim alayhissalomning mavlosi bo'lgandi. Endi Hojarning qalbi Ibrohim alayhi salom bilan ovora bo'lgandek, Mariya qalbi Muhammad alayhi salom bo'lani ovora bo'ldi. Agar Hojar Ibrohimalayhi salomga Ismoilni tug'ib bergan bo'lsa, endi Mariya Muhammad alayhissalomga o'g'li Ibrohimni tug'ib berdi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytgandilar, ana da'vati abiy Ibrohim. Men otam Ibrohimning duosiman. Isoning bashoratiman. Shom qasrlarini yoritib yuborgan nurni onam o'zidan chiqqanligini ko'rdi dedi. Mana Payg'ambarimiz sallallohu alayhu vasallamni qo'liga Mariya kelib tushdi va mana shu yerlarga o'zidan bir necha asr avval hijrat qilib kelgan Hojar haqida ko'p narsalardan xabardor bo'ldi. Hojar Ibrohimni yonida bo'lgandek, Mariya onamiz Muhammad alayhissalomning yonida bo'ldi.
Mariya roziyallohu anho Muhammad alayhi salomdan bo'ladigan farzandni onasi bo'lish sharafini qattiq xohladi. Xuddi Ibrohimning o'g'liga ona bo'lishlik Hojarga nasib qilganidek. Alloh taolo, Alloh taolo mana shu orzusini ushlashini xohladi. Homilador bo'ldi, oy kuni kelib tug'di. Muhammad alayhissalom bu o'g'lini o'zining bobosini ismi bilan Ibrohim deb atadi. Bu holat Mariya onamizni Rasulullohning xonadonidagi hurmatini yana ham ziyoda qildi. Chunki endi ummu valad bo'ldi. Muhammad alayhissalomning farzandini onasi endi ozod bo'ldi endi.
Bu bilan uni ummonxotun mo'minlar orasidagi sharafi yana ham ziyoda bo'ldi. Yana ham oliyroq makonat kelishdi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam faqatgina Hadicha onamizdan farzand ko'rgan. Hadicha onamiz dan keyin birinchi bo'lib tuqqan ayol moriya onamiz bo'ladi. Payg'ambarimizni boshqa ayollari Payg'ambarimizga farzand tug'ib bermagan. Och onamiz aytadilar.
Boshqa ayollarga qilgan rashqim Moryaga qilgan rashkidan ozroq bo'lgan edi. U Rasulullohning huzurida asir edi. U kelishi bilan uni Rasululloh Xorisinni No'monning uyiga tushirdi. Bizni qo'shnimiz edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kecha va kunduzning ko'prog'ida uni oldida edi. Bundan jazavaga tushar edim. Rasululloh uni yaxshi ko'rardi. Yana bir rivoyatda Oysha onamiz aytadilar, so'ngra undan Rasulullohni Alloh Taolo bir bir farzand bilan rizklantirdi. Bizni esa farzand bilan rislantirmadi dedi. Ammo Mariya onamizni quvonchi xursandchiligi uzoqqa cho'zilmadi. Ikki yilga yetib yetmasdan o'g'li Ibrohim vafot etdi. Ikki yoshga yetmasdan vafot etdi . Chunki Alloh Taolo Muhammad alayhissalomning o'g'illaridan birontasi tirik qolishini xohlamagan edi. Ma akana muhammadun abu ahadim mirrija alikum, dedi Alloh Taolo. Muhammad alayhissalom oralardagi bironta erkakni otasi emas. Birorta erkakning otasi emas, ya'ni o'g'il farzandlari qolmaydi. Alloh Taolo o'zi bilgan hikmat uchun.
Agar o'g'il, farzand qolganida, Muhammad alayhi assalomdan bir faraz qilib ko'ringlar. U albatta ma'sum bo'lmas edi, begunoh bo'lmas edi. Undan xato, gunoh sodir bo'lishi aniq edi. Shunda bu qilgan xatosi kimga nisbat qilinar edi? Muhammad alayhissalomga. Undan tashqari Alloh o'zi bilgan hikmat tufayli, Rasulullohni o'g'il farzandlari bo'lishingni turishligini xohlamadi.
Ikki yoshga yetmasdan kasal bo'lib qoldi. Onaning o'yi fikri bolasi bilan bo'ldi. O'g'lini parvarishiga yordam berish uchun singlisini chaqirdi. Kunlari o'tdi, ammo tuzalib ketishdan biror bir belgi alomat yo'q. Kasali kuchayib bordi. Movarouni onamizni xavotiri ham kuchaydi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni chaqirtirdi. Otasini chaqirtirdi o'g'lini. Shunda payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam keldi. Anasini Molik roziyallohu anhun rivoyat qiladi. Taqiq Rasululloh o'g'lni Ibrohimni qo'lida ushlab turganligini ko'rdim deydi. Uning qo'lida o'zini oxirgi nafaslarini olib bo'ldi Ibrohim. Rasulullohni qo'lida jon topshirdi.
Rasululloh hayotda qanaqa achchiqlik bo'lsa, hammasini totigan birodarlar. Aytamiz u, qanaqa maqom uchrasa inson bolasiga hayotda, Rasulullohga hammasi uchragan. Rasululloh yetim bo'lgan, Rasululloh kambag'al bo'lgan, qo'y boqqan, boy bo'lgan, podshoh bo'lgan, kuch quvvatli bo'lgan. Inson bolasiga uchrashi mumkin bo'lgan, hamma bosqichdan Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o'tgan. Shuning uchun har bittamizga ibrat bo'la oladi. Hayotimizda har bitta bosqichda, har bitta etapida.
Bolasini ham yo'qotgan. Bilasizlar, Payg'ambarimizni bitta qizi, Fotihmonamiz Payg'ambarizdan keyin qolgan. Demak, uchta o'g'lini, uchta qizini ko'mgan Payg'ambar ofasulillah alayhi vasallam. Aytyapmiz ku, hamma bosqichdan o'tgan Payg'amborimiz sollallohu alayhi vasallom. O'g'li vafot etganidan keyin, Rasululloh aytdilar, innala aynala tadma'u va ala qolbala yaxsunu. Vala naquli illa ma yardoro buna va inna ala firoqika ya ibrohim ulamahzunun.
Albatta ko'z yoshlanadi. Qalb qayg'uradi. Biz faqatgina Robbimizni rozi qiladigan narsani aytamiz. Albatta biz, ey Ibrohim, sendan ajralishdan mahzunmiz. Kishiga musibat yetganda, albatta alablanadi. Alamlanadi. Agar alamlanmasa, odam bolasi emas ekan u. Otasi o'lsa, bolasi o'lsa. Biror bir musibat yetadigan bo'lsa, alam chekmasa, odam emas ekan u! Odam bolasi bormi? Alam chekadi. Nima men qilingan? Allohning qazosi, Allohning taqdiri sodir bo'lganda, uvoz solib yig'lashi men qilingan. Yuzini chilish, kiyimini yirtib, boshiga tuproq sochib, sochini yurishlik man qilingan.
Banda mana shunday qiladigan bo'lsa gunohkor bo'ladi. Ammo yig'lashiga, qalbi qayg'urganiga har izi gunohkor bo'lsin. Lekin taqdirga rozi bo'lmaslik, e'tiroz bildirishlik kishini gunohkor qiladi. Albatta ko'z yoshlanadi, qalb qayg'uradi. Biz faqat robbimizni rozi qiladigan narsani aytamiz. Ey ibrohim, sendan ajraganimizdan biz mahzummiz dedi. Oltita bolasini ko'mgan ekan rasululloh.
Anasi nimalik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, qol. Man ro'ayt'u ahadan ka'na arhamabil ayyal min rasulillahi sallallohu alayhi vasallam. Anasi nimalik aytadi. Oilaga rasulullohdan ko'ra rahmliroq bo'lgan boshqa biron bir kishini ko'rganmasman. Oila a'zolariga eng shafqatli bo'lgan inson, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Bizga ibrat bu birodarlar. Sababi, farzandlaringizga bo'layotgan rahmatingizga qarab turib, iymoningizga baho beriladi. Iymoningiz qanchalik quvvatli bo'lsa, oila a'zolaringizga shunchalik shafqatli bolasiz.
Va qanchalik shafqotli bo'lsangiz, xonadoningiz xuddi bir jannatga o'xshaydi. Siz shafqatlisiz, kechirimlisiz, bag'ringiz keng, kirasiz, farzandlarni bir o'pib erkalatasiz, muloyim gapirasiz, ular ham sizga shu narsani qaytaradi. Musulmonni oilasi akalar bir jannatni bir ko'rinishi. Agar ota mehr shafqatli, muloyim bo'lsa, iymoni quvvatli bo'lsa, ammo hozirgi zamonda, bilasizlar. Bor, bor, bor, bor. Bor. Men nima qilib olay ozgina? Televizor ko'rib olay.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hali farzandi vafot etmasdan Ibrohimni emizadigan ayolni uyiga borar edi. Mana bilasizlar, ularda odatida enagalar bo'lar edi, chaqaloqlarni olib ketib emizib, parvarish qilib qarab berar edi. Rasulullohni bu o'g'li Ibrohimni emiza degan ayolni uyi Madinani bir chetida edi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam asxoblari bilan borar edilar va o'sha ayolni uyiga kirar edi. Bu ayolni eri temirchi edi. O'shaning uchun uyi doim tutun edi. Tutunga to'lgan uyida. Rasululloh kirar edi, farzandini olib, shafqatidan, unga bo'lgan rahmatidan, mehribonligidan yaxshi ko'rib, quchoqlab o'pib yana qaytarib berar edi. Ibrohimning vafoti haqida xabar tarqadi. Shu vaqtda quyosh tutilib qoldi.
Ayrim odamlar Ibrohim vafot etgani uchun quyosh tutildi deyishdi. Payg'ambarimiz aytdilar, sahobalarini jamlab, inna shamsa val qomaro la yan kasifani limauti ahadin va la li hayatihi fayda ro aytum fosolluh vod alloh. Payg'ambaringiz aytdilar, albatta, quyosh va oy biron kishining vafoti uchun ham, uning hayoti uchun ham tutilmaydi. Agar ularning tutilganini ko'rsangizlar, bas namoz o'qinglar va Allohga duo qilinglar dedi.
Birodarlar, bu ilmiy mavqif. Da'vat qachon najotga yetishadi? Qachon muvaffaqiyat yetadi? Qachonki bu da'vatni mavqifi ilmiy bo'lsa. Ilm nima edi? Dalil bilan voqelikka to'g'ri keladigan vasf. Ilm nima? Dalil bilan voqellikka to'g'rib keladigan vasf'. Agar vasf voqeligidan uzoqlashsa, u johillikka aylanadi.
Endi kimdir tushundi, kimdir tushunmadi buni. Bizni qilayotgan davlatimiz ilm asosida bo'lishligi kerak. His tuyg'uga berilgan, hissiyotga berilgan holati davlat qilinmaydi. Bir narsani aytdingiz, hayotdan dalilingiz bor. Bir narsani aytdiz, Qur'ondan dalilingiz bor. Dalilga asoslanmagan da'vat muvaffaqiyatga yetishmaydi.
Maoriya roziyallohu anha Allohning qozoq qadariga rozi bo'ldi. Sabr qildi. Lekin undan keyin boshqa musibat keldi. Kattaroq musibat keld. Bu olvorgi musibatini unutib turib yubordi. Rasululloh vafot etdi. Rasululloh vafot etdi. Umar ibn Xattob davrida hijratning o'n oltinchi yilida Mo'riyamiz ham vafot etdi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam Misr ahli haqida shunday deganlar: innakom sataftaxuni misr va hia ardun yusanma fixa al qirotun fayda fatahtumuxa faaxsenu ila ahliha. Fainnalahum zimma va rohiman. Ovqola, dimmatun va sehron.
Misr haqida Payg'ambarimiz sahobalarga qanday vasiyatni qoldirdi? Albatta sizlar Misrni fath qilasizlar. Agar uni fath qilsangizlar, uning ahliga chiroyli muomala qilinglar. Albatta ular uchun zimma va qarindoshchilik haqqi bor. Ya'ni men ularga kuyov bo'lganman deyapti Payg'ambarim, ularni mana shu narsa uchun hurmat qilinglar dedi. Mo'jomul bo'ldon kitobida aytiladi, sahobalar Misrni fatq qilishdi. Mo'riya roziyallohu anha tug'ilgan qishloq ham yetib kelishdi.
Uboday ibn Somut roziyalloh anhu mana shu qishloq ahlini, Mo'riya onamizga bo'lgan hurmat yuzasidan to'laydigan xarajdan ozod qildi. Mana Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni ayollaridan bo'lgan Moriya qibiti yana hayotini o'qib o'rgandik. Har doimgi beradigan savolimiz. Qani ular? Qani ular? Rasulullohdan xos maktubni olgan Muqovqingiz Misrni podshohi qani u?
Oxiratini emas, dunyosini, oxirat emas, naq mana shu qo'lidagi molini qasd qilib, iymondan yuzaga urgan Muqovqingizi qani hozir? Ibratlanaylik birodarlar. Bular Alloh va Rasuliga muxlis bo'lishdi, bularni zikri qiyomatgacha zikr qilinadi. Siz bilan bizlardan bir amallar sodir bo'ladi. Bir xayrli amallarga bir sherik bo'lib qolishiga harakat qilaylik.
Xotima. Payg'ambarimizni ayollari haqida ko'p darslarni o'qib o'rgandik. Ko'p ma'lumotlardan, ko'p narsadan xabardor bo'ldik. Aytadigan gapimiz bitta. Yer yuzida oila a'zolariga Muhammad alayhissalomdan ko'ra mehribon, shafqatliroq odam bo'lgan emas.
Shu narsa esimizda tursin. Yigitlar, akalar, birodarlar, bizga oila tutishlikda, farzandlarga muomala qilishlikda, xotin tutishlikda Muhammad alayhi assalom ibrat bo'ladi. Ayollarga zaifalarga lutf bilan muomala qilishlik faqat karim insonni qo'lidan keladi. Ayol kishiga yumshoqlik bilan, muloyimlik bilan muomala qurgan, kechirimli bo'lgan odam zaif bo'lmaydi. Aksincha, eng quvvatli odam shunday bo'ladi.
Alloh subhanahu va taolo ummonxotir mo'minlar haqida o'qib o'rgangan darslarimizni hammamizga foydali qilgan bo'lsin. Xonadonlarimiz, ayollarimiz, ahllarimiz, bu onalarimizning hayotini o'qib o'rganib, ulardan ibrat olsin. Aqvli qovli ha'da va astag'firulloh alaykum va assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh.