# Mo'minlar onalari

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 85 of 510
- Section: —
- Duration: 18 min
- Original title: Mo'minlar onalari
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/85
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/PrmgODnTZ-E.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=PrmgODnTZ-E
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/84.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/86.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:06] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin vala aqibatu li muttaqiyin. Vassalatu vassalamu ala saidina muhammad sodiqov va adil amin va ala alixiy va asbihiy ajmariy. Ammavar, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning zavjalarini hadichonamiz roziyallohu alhoning, sebeklarni o'qishda davom etamiz.

[0:32] Kimni axloqi sendan baland bo'lsa, demak uning iymoni ham sendan baland ekan. Chunki iymon husni quluqdir. Hadicha roziyallohu anhoh payg'ambarimiz ana shu shon safaridan kelayotganida ustida kelayotgan bulutni ko'rdi degan rivoyatlar bor. Mana shu paytda hadicha onamiz o'zining dugonalari bilan bir balandroq uyda o'tirganida kalon kelayotganligini shu uyda ustidan turib ko'rgan edi. Bu holatni ko'rib, taraddudga tushdi. Bu oddiy inson emas. Hech kimga o'xshamaydi bu odamni fe'li atvori. Yana ustida bulut kelyapti. Go'yo bu odam bir buyuk ish uchun yaralgandagina. Bu narsalardan xabar topganidan keyin, Maysara kelib, bu safarda bu sodir bo'lgan ishlarni xabarini berganidan keyin, Hadicha onamiz o'zini amakisining o'g'li Varaqa ibn Navfonni oldiga bordi. Varaqa ibn Navfar. Bu kishi nasroniy diniy o'tgan kishi edi. Maysaradan eshitganlarini, hammasi Varaqaga bu inson oddiy inson emasligini xabarini berdi. Varaqa aytdi, ey Hadija, agar sen aytgan narsalar haq bo'lsa, Muhammad sollallohu alayhi vasallam bu ummatning nabiysi bo'ladi va bu zamon ana shu oxirgi payg'ambar chiqadigan zamon o'zi aslida.

[1:53] Chunki bilishar edi Ismoil zurriyotidan bir dona payg'ambar qolganligini bilishar edi. Va Muhammad alayhissalom, Qurash qabilasi ham Ismoil alayhissalom zurriyotidan ekanligidan xabari bor edi. Hadichonamiz payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni xulqidan, iffatidan, omonatdorligidan, rozgo'yligidan hayron qoldi. Va qalbi payg'ambarlarimizga bog'lanib qoldi. Qanday ham yaxshi ko'rmasin, birodarlar? Chunki Muhammad alayhissalomni kim maqtagan? Va innakal ala hulqing. Alhamdulim. Albatta siz buyuk xulq ustidadirsiz.

[2:30] Xulq va xalq jihatdan insonlarning eng mukammali Muhammad alayhi assalom yigitlikni gullagan bir davrida. Hadikjonimiz o'zi oshuv bo'ldi. Endi qanday qilib yetishi mumkin? Odatda erkak kishi xaridor bo'ladi ayolga. Bu safar esa buni aksi bo'lib turibdi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam uylanishda hech qanday bir rag'bati yo'q edi. Chunki aytdik, pul yo'q u, fikr qilishga ham hojati yo'q edu. Hadichonimiz bu narsadan hayron bo'ldi. Va Payg'ambarimiz ayollarga nisbatan hech bir iltifotni ko'rsatmas edi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam mana shu tijorat ishi bilan Hadicha onamizni oldiga borib gapirardi, lekin yuziga qaramas edi.

[3:13] Chunki ayol kishi o'zi erkak kishini qarashidan bilib olar ekan birodarlar. Hayoliymi, behayomi, mana shu qarashidan bilib olar ekan. Demak, Hadicha onamiz Payg'ambarimiz turmush qilishlik niyati yo'q ekanligidan xabar topdi. Ammo shunday bo'lsa ham, Rasulullohga jufti halol bo'lishlikni qasd qildi. Payg'ambarimiz qo'lida moli yo'qligi tufayli bu haqida bir fikr qilmagan edi. Qarang, subhanalloh, ambiyolarning eng ulug'i, odam bolasining saida, Allohni eng habib bandasini puli yo'q.

[3:50] Shunaqa bandasini ham Alloh kambag'al qilavergan ekan. Demak, kambag'allik jazo emas ekan, birodarlar. Kambag'allikka jazo emas e kan, xuddi boylik mukofoti bo'lmagan ekan. Unisi ham sinov. Bunisi ham sinov. Endi mana shu kambag'al yigit iffatli. Mana shu kambog'al yigit hayoliy. Endi inson ham kambag'al bo'lib turib, ham xulqli, iffatli bo'lsa bilasizmi bu qanday bo'ladi? Kambag'al va hayoliy.

[4:23] Imom zuhra o'zining seriyatida keltiradi. Muhammad alayhissalom hadicha onamizni oldiga kelib, ana shu tijorat ishlari bo'yicha gaplashdi. Turib chiqib ketayotganida hadicha onamizning bir dugonasi keldi da, payg'ambarimizga qarab, hadichaga solchuv bo'lib keldingizmi dedi. Payg'ambarim o'zi yo'q dedi. Haligi ayol nimaga dedi. Qurashda hamma ayollari sizga juft bo'lishingni xohlaydi dedi. Ya'ni hammasi munosibda biladi sizni o'zingizni. Payg'ambarimiz yo'q. Hadijonimiz yo'q degan so'zini eshitib, Payg'ambarimizni ko'ngli cho'kib qoldi. Ya'ni uylanishni xohlamayapti da. Xohlamayotgan odamga qanday taklif qiladi? Uni ustiga bu ayol nima deyapti?

[5:04] Hamma qurashni ayollari sizga juft bo'lishlikni xohlaydi deyapti. Mana shu holatdan ulamolar shunday bir hikmatni aytishadi, diqqat qilinglar. Shariy ilm talabida bo'lgan yigit har qanday ayolga munosib bo'ladi. Bu ayol kishi kim bo'lishidan qat'iy nazar, qaysi manzilatda, qaysi martabada, kimni qizi bo'lishidan qattiy nazar, shariy ilm o'rganayotgan yigitga har qanday ayolda esa yutadi. Chunki birodarlar, bu yigit Allohdaan qo'rqadi. Allohni yaxshi ko'radi. Axloqi joyida bo'ladi. Ilmli, mustaqil mo'min bo'ladi. Bunday yigitga tegishlikka har qanday qiz ham orzumand. Bunday yigitni topib qizingizni berib olsangiz yutdingiz. Chunki ko'ryapsizlarmi roddallar, zamonda yigitlarda tushunchalari qayerlardan olinyapti. Kiyinishlari, yurishlari, turishlari, miyadagi palatkalarimizni tilda.

[6:03] Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni yo'q degan javobini eshitib, hadichonimiz mahzun bo'ldi. Musulmon odam Allohnin roziligini birinchi o'ringa qo'yadi. Robbisini xursand qiladigan ishni istaydi. Boshqa narsalarga e'tibor qilmaydi. Hadichonimiz roziyallohu anhoh urf odat chekkaga surib qo'ydi. Bunday axloqlik, bunday bir pokiza yigitga juft bo'lishligini qasd qildi da, o'lchovlarni o'zgartirdi. O'zi xaridor bo'ldi. Muhammad alayhissalomdagi insonga xaridor bo'linadi birodarlar. Bu nafaqat payg'ambarimiz, boshqa ayollar ham xaridor edi.

[6:40] Agar qizingizni haqiqiy Allohda qo'rqqan musulmon yigitga bersangiz, agar yaxshi ko'rsa, izzat ikrom qiladi. Agar yaxshi kurmasa, zulm qilmaydi, qattiqqo'llik qilmaydi. Chunki eshitganda u ustozlaridan ayol kishiga faqatgina karim axloq egasi chiroyli muomala qiladi. Eshitganda ustozlaridan ayollarni faqat johil inson o'zidan past ko'radi. Biladi da qiyomat kunida bu ayol haqida Allohning oldida javob berishini. Kim? Musulmon dinini o'rgangan ilmli yigit.

[7:17] Shuning uchun birodarlar, qizlarimizni, karimalarimizni kimga berayotganligimizga bir e'tibor berib qo'yaylik. Uyiga, dunyosiga, mingan mashinasi yo'q qaddi qomatiga emas, dini diomatiga qarab turib beraylik qizlarimizni. Hadichonamiz. Muhammad al islomga turmushga chiqmoqchi ekanligini o'zini dugonalariga aytdi. Nafisa binti Munaya. Nafisa binta Munaya.

[7:44] Mana shu dugonasidan Hadicha onamiz yordam berishini so'radi. Mana shu muborak nikohni amalga oshib qolishligi uchun Nafisa harakatga keldi. Yana ayrim rivoyatlarda Hadicha roziyallohu anho o'zining singlisi Xola binti Xualidga ham aytdi bu narsani. Ikkita ayolga aytdi. Yana bir oyatlarda keladi, Xola binti Huvalid, Amoriddin Yosurga bu haqida so'z ochdi.

[8:08] Amoriddin Yosir aytadi bir kuni men Payg'ambarimiz bilan ketayotganimizda, Hadichaning singlisi Xola binti Hualid yonida o'tib ketayotgan edi. Shuni oldin o'tib qoldik. Meni chaqirdi. Men Xolani oldiga bordim. Payg'ambarimiz meni kutib turdi. Xola binti Hurlit aytdi. Bu do'stingizni Xadijaga uylanishga rag'bati bormikin dedi.

[8:34] Men kelib Payg'ambarimizga bu savolni yetkazganimda, Rasululloh ha deb javob berdi dedi. Demak, Payg'ambarimizni sollallohu alayhi vasallam o'zi rozi ekanligini bildirdi. Agar aytdik, sizga kimdir bir xayriyatni taklif qilsa, shartsiz, talabsiz taklif qilsa, buni qabul qilishlik kerak. Chunki bu Alloh tomonidan senga oqizilib qo'yilgan rizq deyiladi. Orqasida hech narsa yo'qmi? Hech qanday bir musibat yoki sizga zarar bo'ladigan bir shart yo'qmi? Qabul qilishligi. Payg'ambarimiz qabul qildi.

[9:08] Payg'am barak alayhissalomga turmushga chiqishlikka hadichonamizni nimalar undagan edi? Mana sabablari. Ibn Sa'ddan Nafisa o'zi aytadi. Hadicha bu vaqtda kurashning eng boy badavlat, nasl nasabli va sharafli ayollaridan edi. Qavmning ko'p erkaklari unga uylanishlikka xalis bo'lgan edi. Ular mana shu maqsadiga yetishligi uchun ko'p harakat qilishgan ana shu erkaklar. Pullarni sablagan, o'rtaga odam qo'ygan, lekin Hadicha onamiz turmush qurishlik niyati yo'q ekanligini aytib, hammasiga yo'q deb javob bergan. Muhammad sollallohu alayhi vasallam shomdan qaytib ketganidan keyin, meni uni oldiga elchiqib yubordi.

[9:49] Nafisa aytdi ey Muhammad, nimaga uylanmayapsiz dedi. Payg'ambarimiz uylangan hech narsam yo'q dedi. Nafisa aynitdi agar bundan behojat bo'lsangiz chi, agar boy, go'zal, sharafli va sizga munosib bo'lgan ayol sizga turmushga chiqsa, nima deysiz dedi? Kim dedi?

[10:12] Hadicha deb javob berdi. Payg'ambarimiz aytadi, ha dedi, menga yo'l olsin dedi. Hadichiga falon, falon, falon odamlar xardor bo'lganda, bularni hammasiga yo'q deb turib, menga ko'nar ekan bu turmushga chiqqani dedi. Nafisa aytdi, siz rozimisiz dedi. Payg'ambaringiz ha dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam rozi ekanligini bildi hadichonimiz. Keyin o'ziga aytdi. Payg'ambarimizga. Ey amakimni o'g'li, menga nasl jihatidan yaqin bo'lganingiz uchun, qavmingizni orasidagi sifatlaringiz, rozgo'ylik, omonatdorlik va go'zal axloqingizni yaxshi ko'rdim. Bu o'rinda hadichonimiz yana bitta sababni aytib o'tmadi. U zotga turmushga chiqqandan keyin umid qilinayotgan narsani aytmadi. Siz Allohnin payg'ambari bo'lsangiz, payg'ambarda ayoli bo'lmoqchiman degan gapni aytmadi, chunki bu g'ayb ishi edi. Aniq emas edi, shuning uchun aniq narsani aytdi. Rasulullohni go'zal xulqi, karami, omonatdorligi rostgo'yligini.

[11:16] Shuning uchun qizingizga hardo bo'lib kelgan yigitni bor narsasini naqini ko'ring. Keyinchalik mana bu ishlarga o'tsa, manaqa bo'lib ketadi. Keyin mana bu bo'lsa, ularga rashshyot olinmaydi. Mana o'qishni o'qiyaptikan, nonchada tugasa keyin bunday qilsa, manaqa bo'lib ketadi. U g'aybni qo'ying, doktor ekan masalan. Keyin doktor nima bo'lib ketadi? Olloh bo'ladi. G'ayb ishini qo'ying da, bugungi naqd sifatiga xaridor bo'lavering. Ollohni taniydimi yigit? Taniydi. Halolmi? Halol. Ibodatdami? Ibodatda. Oq qorin ajratadimi? Ajratadi. Demak, yaxshilik kutsa bo'ladi. Ollohdan qo'rqqan odamdan yaxshilik kutsa bo'ladi.

[11:54] Allohdan qo'rqqan odamdan yaxshilik kutsa bo'ladi. Allohni tanimagan odamdan hamma narsani kutsa bo'lad. Payg'ambarimiz mana shu ish haqida Abu tolibga so'z ochdi. Abu tolib rozi bo'lib, vali hoshim urug'idan o'n ga yaqin bir hurmatli kishilarni olib, hadichonimizning amakisi Amr ibn asadni oldiga bordi.

[12:22] Amr ibn asad bunday kishining talabi qaytarilmaydi deb Hadicha roziyallohu anhoni Payg'ambarimizga nikohlab berdi. Mana endi nikoh xutubasi. Al xitba deb bir ayolga sovchi bo'lishligi aytilinadi. Al xitba deb odamlarga xitob qilishligi aytiladi. Mana endi Abu Tolib nikoh xutubasini o'qidi, nikoh xutub tasida shunday deydi: bizlarni Ibrohim zuriyyoti va Ismoil urug'idan qilgan. O'zining uyini qo'riqchilari va Haramning boshqaruvchilari qilgan. Bizlarga haj qilinadigan uyni bergan va omonlik Haramini qilib bergan va bizlarni odamlarning hokimlaridan qilgan, Allohga hamdlar bo'lsin.

[13:07] So'ngra bu ukamning o'g'li Muhammad ibn Abdulloh sharaf, fazl, ulug'lik va aql jihatidan odamlarning peshqadami, garchi moli ozroq bo'lsa ham. Chunki mol o'tib ketuvchi bir soya kabidir, o'zgarib turuvchi ish va qaytarib olinadigan omonatdir. Bundan tashqari, u haqida yaxshi so'zlar va ulug' xabarlar aytiladi. Karimangiz Hadichaga rag'bat qilib, uni sizlardan so'raydi. Uning sadoqida sizlarning hukmingizga o'n ikki o'qigani tezda yoki keyinroq sarf qilib beradi, dedi. Bu Payg'ambarimiz Hadichonamizga uylangandagi nikoh xutbasi edi.

[13:51] Nimalarni aytib o'tdi Abu To'lib? Axloqi, nasabi, sharafi, makonat haqida gapirdi. Yana maxfuba xutba qilinayotgan ayol haqida ham yaxshi, chiroyli so'zlarni aytdi. Demak, mahr miqdori shuncha bo'ldi. Abu Saloma ibn Abdurahmon Saidadan O'ishadan roziyallohu anhodan so'radi. Rasulullohning sadoqi, ya'ni ayollarga beradigan mahri qancha edi?

[14:20] Qolid kana sodaquli azvvajih, ifnat ashira o'qi yetadi va nashsh. Oyshanamiz aytdilar, Rasulullohning ayollarga beradigon sadoqi, mahri o'n ikki o'qiya va nash edi dedi. O'qiya qirqdir ham bo'ladi, nash yarim o'qiya. Hadichonimizga Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam uylanishida olinadigan xulosalar. Birinchisi, xitob qilinayotgan odam xotib nikohlanuvchining fazilatlari odamlarga aytilishi kerak. Bizni kuyovimiz falon, falon, falon. Chunki aytmasa bexabar bo'ladi odamlar. Bu degani uylanayotgan odam o'zini o'zi maqtasin degani emas. O'zini o'zi maqtasin degani emas. Chunki yaxshilik eskirmaydi, gunoh unutilmaydi, mukofotlovchi, jazolovchi zot hargiz o'lmaydi. Payg'ambarimiz biror marta o'zini maqtagan emas. Lekin shunday bo'lsa ham odamlar bilgan, Payg'ambarimning fazilatlarini.

[15:21] Majsala hamma narsaga guvohi bo'lib, hadichonimizga xabarni aytgan edi, ish bitgan edi. Payg'ambimiz sallallohu alayhi vasallam abduzaiforga aytadi, sizni ikkita hislatga dalolat qilaymi? Yo'llaymi? U ikkisi ham kishi uchun yengil, tarozida esa boshqalardan og'irroq dedi. Men ha dedim deydi Abu Zayd. Payg'ambarimiz aytdilar, uzoqni sukut qilish va go'zal xulq dedi. Kamroq gapiring, dedi.

[15:50] Va go'zalxulqlik bo'ling dedi. Demak, indamayversangiz fazilatingiz ko'rinadi. Agar fazilat fazilatingizni ha deb gapiraversangiz, odamlar gumonga borib qoladi, ixlosizda. Ikkinchidan, bir musulmon muslimaga nikohlanmoqchi bo'lsa, o'rtada turishlik ajrli ish, shafoatchilik qilishlik. Agar sizda falonchini o'g'li bor, falonchini qizi bor degan ma'lumot bo'lsa, mana shularni nikohlanib qolishiga sabab bo'lib qoladigan bo'lsangiz, sizga albatta bunda katta bir ajr bor. Chunki Alloh Taolo: 'O'an kixul ayama ming kun vas solihina min aybadi kun va imai kun'. O'z oralaringizdagi tul bevalarni hamda qul va cho'rilaringizni yaxshilarini uylantiringlar, dedi. Demak, agar bizda ma'lumot bolsa, falonchi bilan falonchi quda bo'lib qolishiga sabab bo'lib qolsak, demak bu xayrli ish bo'ladi. Uchinchi nuqta. Agar sizga kimdir yaxshilikni taklif qilsa, hech qanday shart, talabsiz qabul qiling. Chunki bu Alloh Taolo sizga berib qo'ygan rastada paraladi. To'rtinchidan, Payg'ambarimiz pul yo'qligi uchun uylanishga qadar fe'l qilmagan edi. Ammo Alloh Taolo karimzor, agar bir bandaga berishni xohlasa, insonda aqli lol qolib qoladi.

[17:11] Insonda aqlini lol qoldiradigan qilib beradi. Shuning uchun payg'ambarimizni oldiga bir odam keldi da, kambag'alligidan shikoyat qilganida, payg'ambarlarimiz borib uylandi da. Borib, uylandi da. Payg'ambar bizda aytadilar, salatotun haqqa ala lohiya unuhum. Uch kishi bor, Alloh Taolo albatta yordam beradi ularga. Al mujahidufi sabiylinlar, Allohni yonidagi mujohidga yordam beradi. Val mukati bo'ladi yuridul ada'a.

[17:44] Qul xo'jayinidan o'zini ozod qilishlikka ittifoq tuzib yozgan, falonchi pul bersang o'zingni uzib yuborasan deb, shu odamga Alloh Taolo albata yordam beradi qulga. Va nakahulladi yuridul ifafa. Yoki afafa. O'zini pokiza olib yuraman deb, qarz bo'lib uylangan yigitga. Demak, o'zini pokiza saqlash niyatida uylanib qarz bo'lib qolgan yigitni Alloh Taolo yordam berishligi bunday yigitga haq ekan. Demak, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamni hadichonamiz yo'nalishidagi olinadigan nuqtalar mana shulardan iborat edi. Aquli qovli haydav astag'firullohu alaykum. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.
