# Ey yoshlar shoshilmanglar (2026)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 9 of 510
- Section: —
- Duration: 6 min
- Original title: Ey yoshlar shoshilmanglar (2026)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/9
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/CcwzXND0ZPA.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=CcwzXND0ZPA
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/8.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/10.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:00] Bismillahir rohmanir rohim. Alloh subhanahotoni madadi bilan, qo'llovi bilan bugun yangi bir katta bir mavzuni boshlamoqchimiz. Bu mavzu, ey yoshlar, shoshilmanglar boy bo'lgani degan mavzu. Ey yoshlar, shov shilmanglar.

[0:23] Biz bu suhbatlarimiz orqali mana shu bizni davrimiz, zamonamizdagi yoshlarni eng og'riqli, eng dolzarb mavzulardan biri haqida gaplashamiz. Muammo nima? Hozirgi davrda yashayotgan yoshlarda shoshqaloqlik bor. Desangiz, qarilar avvalgilarida ham bor edi deydi. To'ppa to'g'ri. Shoshqaloqli avvalgilarida hamm bor edi. Lekin bitta farqi bor. Avvalgilarning shoshqaloqligi bilan hozirgilarning shosh qaloqligini o'rtasida farq bor.

[0:56] Hamma mendan o'tib ketyapti. Men orqada qolib ketyapman. Falonchi yigirma ikki yoshga kirganda o'ziga mustaqil mashina oldi. Pistonchi yigirma besh yoshga kirganday uy qurdi. Falonchi o'ttiz yoshida yaxshigina biznesiga o'rin qo'yib oldi. Men bo'lsa hali ham bir yerda turibman. Menda hech narsa yo'q hali ham. Men kech qolyapman.

[1:22] Bunga yetmagandek, ijtimoiy tarmoqlar siz bilan bizni aql hushimizni boshqaradigan bo'lib qoldi. Hammani qo'lida telefon, hammani qo'li ijtimoiy tormoq, har ochgan videosida muvaffaqiyatga erishgan insonlar, ilg'or odamlar, muvaffaqqiyatli kishilar, to'g'rimi? Qimmat, qimmat mashinalar ko'z ko'z qilishadi ijtimoiy tomondan. Hashamatli restoranda o'tirib ovqatlanayotgan bo'ladi. Dengizni sohilida, oppoq qumni ustida yotib olib zagar olayotgan bo'lad.

[1:58] Chiroyli shaharlar ko'z ko'z qilinadi. Dubay, Monako, Las Vegas. Baxtiga yetgan odamlar, orzusiga yetgan odamilar, qaddi qomati tekis erkak va ayollar va hokazo. Tanish manzarami? Bularni ko'radi da, yoshlarni kallasida hammadan qolib ketib qolgan orqada, tezroq yechishlik kerak, degan noto'g'ri fikr paydo bo'ladi. Muammo shoshqaloqlik.

[2:34] Daraxtni ko'chatini yerga ekasiz. Olma bo'lsin, shoptoly bo'lsin. Hali bu daraxt yerga tomir otib, ildizi mustahkam bo'lib, tanasini kengaytirmagunicha, u olma ko'chatidan meva olinmaydi. Bu yil ko'chatni ekib, keyingi yil meva talab qilmaysiz. Ekdingiz, jildirmaysiz, suv quyasiz, parvarish qilasiz, hayvonlardan ehtiyot qilasiz. U bir, ikki, uch yilni ichida meva bermaydi, tomir otadi, tanasini quvvatga kirgizadi.

[3:04] Nimaga endi ko'chat besh yil yoki o'n yilda meva berish kerak ku, hozirgi yoshlar tijoratga kirishiga, keyingi yil millenial bo'lib ketishi kerak? Qani mantiq? Natijani tezlashtiraman deb qanchadan qancha qancha yoshlarimiz qarzga kirib ketyapti, qamalib ketyapti. Riboga uryapti, qimor o'ynayapti, stoliga kiryapti. Yana kimdir darrov boyib ketaman deyapti da. Internetda reklama qilinayotgan qimorga ilashib qolyapti. Virtual qimorxonalarga. Tikib tashlayapti. Nafaqat erkaklar, balki ayollar ham kirib ketyapti bu narsaga. Uylari sotilyapti, ko'chada qolyapti. Mana shu internetda tezroq erishishing kerak, tezroq qo'lga kiritishing kerak degan kasal kirib qolganligi uchun halol mehnat sekinga o'xshab qolyapti. Halol yo'l zerikaligiga o'xshab qulyapti. Mana shu hamma narsa birdaniga tezroq bo'lishi kerak degan tuzoqqa tushib, musibatga kirib qolyapti. Ana shu shoshqaloqlik degan muammoni, shoshqaloqli degan muammonni hal qilishlik niyatida mana shu darslarni tayyorladik.

[4:19] Biz bu silsila darslarimiz orqali qaysi savollarga javob topamiz? Birinchisi, rizqingni kechikayotgani, aslida seni mahrum bo'lding deganimi? Shuni javobini olamiz. Islomda himmatli bo'lish bilan dunyoga xarist bo'lishligini, xirisni farqi nimada? Bunga javob topamiz.

[4:45] Nafsingni hozir bo'lishi kerak deb shoshilayotgan bosimiga qanday bardosh bersa bo'ladi? Shuni topamiz. Boylikka erishishlikni shar'iy yo'li qanaqa? Bu savolni javobini topamiz. Va eng asosiysi, qanday qilsak, dunyo qo'limizda bo'ladi yu, qalbimizni egasi faqat Alloh Taolo bo'ladi. Mana shu savollarga javob topamiz, inshaalloh.

[5:11] Bu suhbatlar siz bilan bizni dangasalikka yoki harakatsizlikka chaqirmaydi. Aksincha, bu suhbatlar, bu darslar siz bilan bizda vahimasiz g'ayratga chaqiradi. O'tirib olmaysiz, ishlaysiz, lekin qalbingiz xotirjam bo'ladi. Biz orzu qilmanglar demaymiz, boy bo'lmanglar demayimiz, yotib olib, kutinglar demaymiz. Biz qushga o'xshab, ertalabda rizq talabida ushib chiqing, ammo qalbingiz Alloh bilan bo'lsin deymiz.

[5:44] Shunday ekan, diqqatimizni jamlab, qalbimizni quloqlarini ochib eshitamiz. Ey yoshlar, shoshilmanglar deb nomlangan mana shu manfaatli suhbatlarni Alloh Taolo barchamizga barakotli qilgan bo'lsin.
