Allohu a'lam, rahmatulloh, robbilen a'limin. Vassalomu alayhi vas salomu ala shirofil mursalin va ala alixiy va ashabiy ajma'in. Allohumma alaylim na'mayon fauna. G'am fa'na bi ma'lam tana va zidna ilman. Allohumma arenal haqqa haqqon va rizqu na'tibaa va arenal ba'tiyla ba'tiylan va rizqu na'jiddin abaa. Vo ja'alna minma yestamiya unal qovli fayetta biyun aqsana, va'da xiyillabi rahmatika fii aybadika solihai in amma ba'd. Assalomu alaykum va rahmatullohi taolo va barakatuh.
O'ttiz to'qqizinchi baytimiz Siddiqa va Zahro roziyallohu anhumolar haqida. Oysh onamiz roziyallohi anho va Fotima onamiz roziyo allohu anholar haqida. Vala siddiqa teru jahannumi fa'lam ala zahroye fiba del hilali. Siddiqa roziyallohanxoning Zahro roziyalloh anhodan ba'zi fazilatlarda ustunligi borligini bilib qo'ygin. Mazmuniy bayoni. Siddiqada zahrodan ustun taraf bor, ba'zi hislatlarda qilsang e'tibor. Mana endi oyisha onamiz roziyallohu anho va fotimai zahro roziyallohi anholar haqida bu baytimiz.
Siddiqa bu payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning juft halollari, abubakir siddiqning qizi oisha onamiz. Zahro esa payg'ambarim sollallohu alalayhi vasallamning qizlari fotimai zahri roziyalloh anho. Oisha roziyallohanho ba'zi xislatlarda fotima roziyallohu anhodan afzal bo'ladigan bo'lsa, to'rttalari bil ittifoq oisha roziyallohi anhodan afzaldi, to'la xalifa.
Bu ikkala onamizning fazilati haqida payg'ambarimizning aytgan hadislari bor. Quyidagi hadisda fotimai zahroni fazilati haqidagi so'z ketadi. Aqbalat fotimatutamshi ka'na mash'yata ha mash'yun nabiy sollallohu alayhi vasallam. Oy shu onamiz roziyallohu anhudan rivoyat qilinyapti. Fotih onamiz haqida aytilgan hadis.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qizlari fotih onamiz yurib kela boshladi. Uni yurishi xuddi nabiy sollallohu alalayhi vasallamning yurishi edi. Payg'ambarimiz marhabo, xush kelibsiz qizim dedilar. So'ngra o'zini o'ng yoki chap tomoniga o'tkazdilar qizlaridan. So'ngra qizini qulog'iga bir so'zni shivirlab aytdilar. Fotima izahro yig'lab yubordi. Shunda oysha onamiz so'rayapti nimaga yig'laysiz?
So'ngra payg'ambarimiz yana bir so'zni fotima izahroga shivirlab aydilar. Endi fotima onamiz kuldilar. Shunda oyshe onamiz aytadiki, xursandchilik bilan xafagarchilikni bugungi kundek kabi yaqinligini ko'rmagandim dedim. So'ngra fotima onamizdan so'radi. Nima dedi? Sizga payg'ambarimiz avval yig'ladingiz, keyin kuldingiz. Fotimonamiz rasulullohni sirlarini fosh qilmayman dedi. Aytmadi. Keyin vaqt o'tdi, Nabiy sollallohu alayhi vasallam vafot etdilar. So'ngra Oyshonamiz endi Fotimonamizda yana so'rayapti. Nima degan edi o'sha kuni? Avval yig'ladiz, keyin kundiz.
Oyshonamiz aytadiki, Rasululloh shivirlab dedilar. Jabroil Qur'onni menga har yili bir marta o'qib berar edi. Bu yil ikki marta o'qilib berdi. Bu mening ajalim kelganida bilaman, uyimdagilardan, meni ahli baytimdan birinchi bo'lib orqamdan yetib boradigani siz bo'lasiz, degan edi. Shunda Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam bu so'zini eshitib, Fotimamiz yig'lagandilar. Ya'ni bu yil ikki matta Qur'onda o'qib berdi, demak, bu yil o'taman ekan men. Bilib vafot qilaman ekan. Ahli baytimdan birinchi bo'lib siz yetib borasiz, dedi. Buni eshitib turib yig'ladi.
So'ngra ikkinchi marta shivirlaganida aytgan edi: "Jannat ayollarining saidasi bo'lishga rozi bo'lmaysizmi?" Yoki mo'minalarning saidasi bo'lishlikka rozi bo'lmiysizmi? Deganida shunday men kuldim, deydi. Imom Buxoriy rivoyati. Demak, Fotima izahro jannat ayollarinining saidasi yoki mo'minalarning saidasi hisoblanadi.
Mana endi Oysha onamiz roziyallohu anhoning fazilati haqida. Abu Musashariy roziyalloh nomidan rivoyat qilinadi. Payg'ambarimiz aytdilar: "Fadlu aishata alannisai kafadlit fariydi alasairit ta'am." Oyshaning boshqa ayollardan afzalligi sariyidning boshqa taomlardan afzalligi kabi, dir.
Ya'ni sariyid bu siz bilan bizni tilimizda qozon kabob deymiz, ku. Nonga qo'shilib pishiriladigan ovqatni boshqa ovqatlardan afzalligi qancha bo'lsa, Oishani boshqa ayollarda afzalligi shuncha dedilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Bu Oisha onamizni fazilatiga dalolat qiladigan hadis hisoblanadi. Oyisha roziyallohu anho ba'zi xislatlarda Fotimai Zahrodan afzal hisoblanishligiga Mulla Ali Qori ikkita dalilni iqtibos qilib keltirgan. Birinchisi. Oisha roziyallohnho rivoyatlari va bilimlari ko'pligi jihatdan afzaldir. Mana Payg'ambarimiz vafot etgandan keyin hech qancha vaqt o'tmay Fotimai Zahra vafot etadi. Endi Oishonamiz roziyalloh anha uzoq yashagan. Binobarin ko'p hadis rivoyat qilgan. Rasulullohdan eshitganni ko'p ilmlarni rivoyat qilgan mana shu jihatdan Fotima Zahrodan ustunligi bor. Ikkinchisi, Oysha roziyallohu anhoh oxiratda Nabiyeen sallallohu alayhi vasallam bilan birga bo'ladi. Fotima Zahro esa Ali ibn Abit Olib bilan birga bo'lladi. Mana shu jihatda ham Oysha onamiz Fotima onamizdan afzalligi bor.
So'ngra so'zida davom etib, Mulla Ali Qori aytadi, ammo bu so'z Imom Molikdan naql qilingan Fotima Nabiy sollallohu alayhi vasallamning bir bo'laklaridir. U zotning bir bo'lakalaridan hech kimni afzal sanamayman degan so'zga zid emas. Chunki Imomu Molik rahmatulloh alayh aytgan jihatlari e'tiboridan qaralsa, hech kim u zotning gapiga qarshi chiqmaydi. Masxabboshimiz Imom A'zam rahmatulloh alalayh vasiyat kitobida shunday deydi. Oyisha rodiyallohu anho Xadija ko'proqdan so'ng olamdagi barcha ayollarning saidasi va mo'minlarning onalaridir. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam mana endi Oysha onamizni fazilati aytildi, Fotima onamizni fazalati aytildi. Yana Fotima onamizning fazilatlaridan kamulamin al rajali kafir erkaklardan juda ko'plari komillik darajasiga yetdi. Payg'ambarlar, anbiolar, siddiqlar, nabiylar, shahidlar. Ayollardan faqat to'rttasi komil bo'l dedilar Rasululloh. Bular Maryam binti Imron, Fotima binti Muhammad, Xadija binti Xuvaylik, Osiyo binti Muzaxim, Fir'avnning ayoli.
Mana shu kamol topgan to'rtta ayol sanalganda, Fotima onamiz roziyallohu anho ikkinchi bo'lib sanaladi. Chunki otasi Muhammad alayhissalom, onasi Xadija ko'proq. O'ttiz to'qqizinchi baytimizning nihoyasi yetti. Bolasi siddiqo ter rujuxanu f'alam ala zahro f i badil hilali. Siddiqaning zahrodan ba'zi fazilatlarda ustunligi borligini bilib qo'ygin. Siddiqoda zahrodan ustun taraf bor, ba'zi xislatlarda qilsang e'tibor. Aqullu qovli hada va astag'firulloh ali va lakum. Innallohi va malakati hushsaluni ala nabiy. Ya yu halladina amanu sollu alayhi vasallimu taslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi ta'libu barak.
Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi nahmaduhu onas ta'inuhu onas tafiruh. Ana obu billahi min shurur yanfusingna va min sayyi ati amalingna. Man yahdihillah hufala muxillala, va man yug'dli hufala hadiyala. Va nashxadvalloh ilohi illallohu vahidahular sharikala va nashxaddu anna muhammadan abduhu va rasuluh. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'al va barakatu. Sirojiddin ali ibn usmon al o'shi, siz bilan bizning hamshahrimiz, ahli sunnaval jamoa e'tiqodining moturidiya yo'nalishini eng mo'tabar kitoblardan to'rttasi sanalsa, shundan bittasi biz o'qiyotgan badul amoli bo'ladi. Biz faxrlanuvchilikka arziydi birodar, faxrlanishimiz kerak. Mana shunday bir ulug' inson siz bilan bizni hamshahrimiz.
Qirq ikki baytimizni mavzusi aql raso kishi Allohu azza va jallani tanishi lozimligi haqida. Srojiddin o'sha aytadi, va ma udrun lidiy aqling bi jahling, bi xolaqil asafili val a'li. Ma'nosi, aql egasiga pastliklaru balandliklar yaratuvchisini bilmaslik uzr emasdir. Nazmiy bayoni, oqil banda aslo uzrli bo'lmas, gar u yeru osmon xoliqin bilmas. Aql xushi joyida bo'lgan odam Allohu tanimasligi unga uzr bo'lmaydi. Mavzu shu.
Har bitta aqli xushi joyida bo'tgan odam osmonlar u yerni yaratgan Allohu Subhanahu va Taoloni bilmasdan, tanimasdan dunyodan o'tib ketishi uni qiyomat kunida so'ralmasligiga uzr bo'la olmaydi. Aql inson zotiga berilgan eng ulug' ne'mat. Alloh taolo farishtalarga aql berdi, lekin shahvatni bermadi.
Hayvonlarga esa shahvatni berdi, aqlni bermadi. Endi inson zotiga aqlni ham berdi, shahvatni ham berdi. O'zi hayvonda aqli bormi, yo'qmi? Aqli yo'qmi? Qanaqa qilib uyini topib kelyapti qo'ylar bo'lmasa? Qanaqa qilib qushlar minglangan kilometr borib qaytib kelyapti?
O'sha zebrani qarang, mingta zebrani ichida enasini tanib kelyapti. Tug'iliblar emishni qayerdan bilyapti o'sha sigir bolasi? Shu o'rinda hayvonlarni qilayotgan tartibli xatti harakati, agar aqldan bo'lmasa, unda u harakatlarini nima deymiz? Haqli savol.
Mana shu savolni javobini dalillar bilan o'rganish, aqlga tegishli bo'lgan hukmlarni yana ham yaxshiroq tushunishimizga yordam beradi. Hayvonlarda aql bormi? Hayvon so'zi lug'atda aqli bor yo'qligidan qat'iy nazar, ruhiyvor barcha narsaga ishlatilinadi. Istiloqda esa sezish qobiliyati bo'lgan o'z xohishi bilan harakatlan oladigan, rivojlanuvchi jismga hayvon deyiladi. Shunga ko'ra, shunga ko'proq hayvon deganda inson va boshqa tirik jonivorlarni tushunishi mumkin bo'ladi. Umumiy nomi shu. Endi o'zbek tilida hayvon deganda, insonlardan boshqa jonivorlar tushuniladi.
Arab tilida mana shu insondan boshqa harakatlanadigan jonivorlarga nisbatan dabba, baxiyma, na'm so'zlari ishlatiladi. Dabba degani sudraluvchi ma'nosini anglatadi. Qorni bilan yo oyoqlari bilan yerda harakatlanadigan jonzotlarda hammasi dabba deyiladi. Urfda esa dabba deganda asosan ot, hazil eshak tushuniladi. Baxiyma. Nutq qila olmaydigan jonivor ma'nosidan.
Istiloqda esa yirtqich hayvonlar, qushlardan tashqari quruqlik va suvdagi barcha to'rt oyoqli jonivorlar tushuniladi. Na'am degani o'tlovchi, cho'p yeydigan ma'nosini bildiradi. Istiloqda qoramol, tuya, qo'ylar tushuniladi. Mana endi bu biz aytgan hayvonlarda, jonivorlarda aql bormi, yo'qmi degan masalaga kirishlikdan avval aql deganda nimani tushunishimiz kerak? Shuni aniqlab olaylik. Aql deganda nimanini tushunishimiz lozim? Shuni bilib olaylik.
A qil lug'atda taqiqlash, mulohaza qilish ma'nolarini bildiradi. Mana aqlga berilgan uch xil ta'rif. Birinchisi, ilmni qabul qilish uchun yaratilgan quvvat aql deyiladi. Ilmni qabul qilish uchun yaratilgan quvvat aql deyiladi. Ikkinchisi, insonlar u yordamida nutqni tushunishga hozirlanadigan tabiiy sezgi aql deyiladi. Nutqni tushuncha uchun tayyor bo'lgan sezgi aql deyiladi. Uchinchisi, yaxshi yomonni, haq va nohaqni ajratilgan qalbdagi nur aql deyishadi. Quvvat deyildi, sezgi deyildi, nur deyildi. Hayvonlarda bormi bular?
Mana shu tariflarga qaraydigan bo'lsak, birodarlar, aql inson zotiga berilgan eng ulug' ne'mat ekanligi ma'lum bo'ladi. Aqlni eng ulug' ne'matlaridanligi e'tiboridan yana lyub deyiladi, mag'z degani. Shuning uchun insonning aqli insonning mag'zi hisoblanadi.
Alloh Taolo Qur'onda aytadi: astayribillar va ma ya dhakkaru illa ulul al bar. Faqat aql egalarigina eslatma olovlar. Insonga mana shariat tomonidan buyurilgan buyruqlar bor. Namoz, ro'za, haj, mana shu amallarni sizni ustingizda farz bo'lishligini shartlaridan bittasi aql. Aqli joyida odam shariat hokimlarni bajarishligi kerak. Majnun odamdan, esi past odamdan, esisi yo'q odamdan bu ishlar so'ralmaydi. Dunyoda ham, oxiratda ham. Qaytarib aytamiz. Shariat buyruqlari sizni ustingingizda farz bo'sh uchun sizda aql bo'lishligi kerak. Aqli bo'lmasa, shariat hokimlari unga joriy bo'lmaydi.
Alloh taolo insoniyatga aql degan ne'matni berganidek, hayvonlarga o'tkir sezgirlik va jismoniy quvvat bilan birga ularning yashashlari uchun zarur bo'lgan his etish qobiliyati berilgan. Demak, his etish qobilyati deyiladi, aql deyilmaydi. Quvvati bor, sezgirligi bor va his qilish qobiliyat bor.
Bu haqida Qur'oni Karimda shunday deyiladi. Istaydu billah, qola robbuna ladiy atokulla shay'in holqohu sunma hada. U bizning robbimiz har narsaga o'z yaratilishini bergan hamda uni hidoyatga solgan zotdir. Nimani yaratgan bo'lsa, yaratdi, suratini berdi va hidoyatini berdi.
Bu payg'ambarlar olib kelgan risolatni tushunmaylik dedi hidoyat. Har bitta jonivor dunyoda yashashligi uchun nima kerak bo'lsa, shuni berdi. Sezgini berdi. O'sha ko'rgan narsani yeyish mumkin, mumkin emasligini ajratadigan sezgini berdi. Hidlab ko'radi o'shaning uchun hayvon, bilasizmi? Ko'rdi, yeydigan narsalarga o'xshadi, keldi, hidlab ko'rdi, o'tib ketdi. Demak, u sezgi uni yemadi dedi. Lekin aql emas u.
Ya'ni Alloh Taolo mavjudotlarga hayot berdi va ular mana shu hayotini davom ettirishligi uchun nimalar zarur bo'lsa, ularga shu narsalarni berib qo'ydi. Ularni yashashi uchun berilgan ana shu hidoyatni ulamolar hayvonlarning idroki deb atashadi. Aqlmas. Aqlmas! Masalan, bir hayvon tug'ildi da, darrov enasini emishlikni biladi. Kim o'rgatdi unga bu narsani? Bu idrok uni tirik qolishligini sharti. Shuning uchun mana shu tuyg'uni Alloh Taolo unga berib qo'ydi.
Ana shu hayvonlar xavf va xatarni his qilishga bo'lgan idroklari tajriba bilan ortib boraveradi. O'shaning uchun katta bo'lib qolgan hayvon odamni ko'rganda yo bir yirtqichni ko'rganday qochib ketishgan, qochib ketadi. Chunki tajribasi bor. Endi yangi tug'ilgan hayvonda bu tajriba yo'qligi uchun turaveradi. Endi hayvonlarni mana shu idroki, qayerdan ovqat olib yeyish, qayerdan ehtiyot bo'lish degan narsalar bilan Alloh Taoloningizni jihozlab qo'ydi. Masalan, qushlar. Minglarga ham kilometrni qush uchib keldi, adashmadi, endi shu qush bir xonaga kirib qolsa, o'zini derazani shishasiga borib gumbulati uryapti o'zini. Demak aqlmas ku, bir marta urgandan keyin to'xtash kerakmi?
Demak aql emas u. Aql emas ku. Endi inson aqli va hayvonlarning ana shu idroking o'rtasida nima farqlar bor? Inson aqli o'zining yashashiga aloqasi bor narsalarga ham, aloqasi yo'q bo'lgan narsalarga ham uzoq joylarga ham, o'tgan zamonlarga ham e'tiborni qarata oladi. Inson aqlini boshqara oladi.
Hayvonlar idrok esa faqat o'zlarini tabiatiga xos narsalarnigina ajrata oladi. Undan boshqa narsalarni ajrata olmaydi, idrok qila olmaydi. Aytdiki, mana minglagan kilometrdan qush uchib keldi, o'ziga tegishli bo'lgan narsa bo'lganligi uchun. Lekin uyga kirganda, u yerda derazada shisha borligiga aqli yetmayapti. Masalan, bir tog'dan katta bir tosh yumalab kelayotgan bo'lsa, hayvon unga qaraydi da, u o'ljami yoki yirtqichmi?
Shuni bilishligi kerak. Agar o'malab kelayotgan o'sha tog'dan yumalab kelayotkan narsa o'lja ham emas, yetqich ham bo'lmaydigan bo'lsa, hayvonni idrok qilishning chegarasi tugaydi. Endi ishi bo'lmaydi u bilan. Ammo, ana shu toshni yumalab kelaykanligini ko'rgan inson chi, avval xavfsirab qaraydi, toshligini bilgandan keyin, unga xatar yo'q ekanligini bilgandan keling, aqli o'chib qolmaydi. Yana fikr yetishda davom etadi. Kim yumalabdi bu toshni? Tevada biror yuribdi shekilli, odammikin, hayvonmikin, aql yurita oladi. Hayvon nima qildi? Yirtqich ham emas, o'lja ham emasligini bilgandan keyin aqli boshqa tomonga burildi. Idroki boshqa tomoniga burildi. Ammo inson yirtqich ham mas, hayvon ham mas, o'lja hammasligini bilganda keyin ham uni orqasidagi narsani fikr qila olyapti. Aqli bor ekan u hayvonlarni?
Hissa ekan a u? Idrok ekana u. O'ziga kerak bo'lgan narsani tushunadigan darajadagi idrok, lekin aql emas u. Hayvonlarda aql yuritish va tafakkur qilish qobiliyati bo'lmaganligi sababli, ular aql yordamida ma'lumot ololmaydi. Balki his qilish a'zolari yordamida ma'lumga ega bo'ladi. Ma'lumotni aqli bilan olmaydi. His qilishligi bilan olib qoladi. Masalan itni drestropka qildiradi bu. O'tir desa o'tiradi, tur desa turadi. Bir narsani olib ketasa olib keladi. U aqli bilan emas, o'sha boyagi his qilishi bilan. Bitta so'zni eslab qoladi u.
Kaltaklarni yirtdingiz, uport dedingiz. O'sha so'zni eslatib qoladi u. O'sha so'zni aytganingizda olib keladi borib. O'tir deganingizda ishora bilan ko'rsatib o'tiradi. Aqli bilan mas, boyagi his qilishigina eslab qoladi bu narsani. Aqli bilon emas. Mana shu ma'noda Qur'oni Karimda ayrim odamlar hayvonlarga o'xshatilgan.
Aqli bor, lekin aqlini ishlatmaydi. Hayvonga o'xshaydi. Astayu billah. Am taqsabu anna aktar rohim yas'ma'una av ya'qilun, inhum illa kal'an an balhum adollu sabiyla. Yoki siz ularning ko'plarini tinglay olar, yo anglay olar deb hisoblaysizmi? Aslida ularning hayvonlardan farqi yo'q. Balki yana ham yo'ldan ozgandirlar. Ya'ni, hayvon, birodarlar, o'ziga foydali va zararli bo'lgan gapni farqiga bormaydi. Endi inson ham agar aqlini ishlatmasa, unga nima foyda, nima zarar ekanligini bilmasa, aqli bilan shohiyatni topmasa, hayvondan ko'ra bettaroq bo'ladi. Otangga oq bo'lma, onangni ko'ziga tikka qarama, bu senga zarar deb aytyapti aql egalari. Quloq solniydi. Odamlarni nazaridan qolma, beodob, beaxloq bo'lma. Nazardan qolsang, zulm qilsang, qarg'ish olsang vayron bo'lasan deydi. Aql egalari, lekin olmaydi. Demak bu insonlar, bu insonlar Alloh Taolo aytayotgandek, hayvondan ham tubarroq inson.
Chunki hayvonlar aql yuta olmaydi, lekin o'ziga nima foyda, nima zarar ekanligini idroki bilan his qilib oladi. Mana endi Qur'oni Karimda Sulaymon alayhissalom qissasiga murojaat qilsak, xud xud qushi kelib, bu Payg'ambar bilan gaplashgan qissasi bor. Yoki bo'lmasam chumolini o'zini qavmiga ogohlantirishi bor. Ey chumolilar, uyinglarga kirib ketinglar. Sulaymon va uni qo'shini siladni tepalab yubormasin, o'zlari sezmagan holda.
Aqlli gap. Yoki bo'lmasam mana shu xudxud qushi, sabab mamlakatining malikasi, bilqiysni taxti borligi, ular Allohga sig'inishni o'rniga quyoshga sig'inayotganligini xabarni berdi. Endi buni nima deymiz? Ulamolar mana shu ikkala hayvonga, bu Qur'onda kelgan mana shu ikkaloq hayvonga, boshqa hayvonlarni qiyos qilmaslik kerak deb aytadi.
Bu Sulaymoniy salomga berilgan ikrom, boshqa hech qaysi xudxud qushini ham, boshqa his qaysi chumolini ham, bu ikkala hayvonga, jonivorga o'xshatib bo'lmaydi. Agar boshqa hayvonlar ham, insonlarni gapini tushunish, ana shu gaplardan musulmon bilan mushrikni ajrata olishlik imkoniyati bo'lganda, u hayvonlar ham odamdaqa bo'lib qolar edi. Aqlini ishlatib topa oladigan bo'lib qolar ekan. Shuning uchun bu ikkala hayvonni umumiy boshqa hayvonlar bu ikkalasiga qiyos qilinmaydi.
To'g'rida, qiyomat kuni borganda hayvonlarni hammasini Alloh Taolo tuproqqa aylantirib tashlaydi. Voyoq fayaqulul kafiru ya'la itaniy kun tur turobah. Hayvonlarning qasosi bo'ladi o'zaro qilgan. Masalan, shoxi bor qo'chqor, shoxi yo'q qo'chqorni ustida boshini ezib qo'yadi. Qiyomatda uni haqini olib beradi bunga. Shu bilan tuproq qilib tashlaydi.
Ularni osonlik bilan yo'q bo'lib ketganligini ko'rgan, jazodan qutilib ketganligini ko'rgan kofir, qaniydi men ham tuproq bo'lib ketsam deydi. Ya'ni qaniydi men ham hayvon bo'lib beradiganimda deydi. Hayvonlarga hisob kitob yo'q. Mulla Aliqori Zavul Maoli asarida quyidagilarni yozadi. Bilgin ki, Alloh Taolo farishtalarga aqlni berib, shahvatni bermagan. Hayvonlarga esa shahvatni berib, aqlni bermagan. Odam bolalarga esa ikkalasini ham bergan. Qaysi insonning aqli shahvatidan ustun bo'lsa, u farishtalar qatorida, balki ulardan ham komilroq hisoblanadi. Kimning shahvati aqlidan ustun bo'lsin, u hayvonlar qatorida, balki ulardan ham tubanroq bo'ladi. Demak, birodarlar, har bir aql egasiga o'ziga berilgan aqlni haqqini ado etish kerak. Ya'ni, aqlning haqqi nima edi? Allohni tanishi edi. Unga iymon keltirishi edi. Inson dunyoga keldi, aql hushi joyidami? Demak, aqli uni Allohga olib borishligi kerak.
Aql nima? Allohni tanitadigan narsa. Alloh nima? Aqlga sig'maydigan narsa. Aql nima? Allohni tanitadigan narsa. Alloh nima? O'shaning uchun qayerda demanglar.
Allohni yuzi, qo'li, joni, boldiri, kulishi, kelishi, ketishi demanglar. Chunki aqlga qisqagina gap bizni aqidamizni ifodalab turibdi. Aql nima ekan? Allohni tanitadigan narsa. Alloh nima ekan? Bo'ldi, yopinglar u temani, qayerda, qanaqa qilib iste'fo qildi, a? Qayer?
Aqlni ishi Allohni tanish ekan. Ammo Alloh Taoloni tanish uning xabarlarini eshitgandan keyin vojib bo'ladimi? Yo eshitmasa ham inson o'z aqli bilan uni tanishi vojib bo'ladimi? Mana endi ash'ariy va moturidiy aqida maktabini mana shu yerdagi ikki xil qarashi bor.
Aql. Alloh taoloning xabarlarinieshitgandan keyin voib bo'ladimi allohni tanishi? Yoki aql ana shu xabarlarni eshitmasa ham o'zini quvvati bilan, aqli bilan tanishi vojib bo'ladimi? Bu masalada ash'ariy va moturidiy aqidalarini, mazhablarini orasida farqli qarashi bor.
Endi mana shu ikkala qarashni umumiy xulosasi quyidagicha. Ash'ariy mazhabida Alloh taoloni tanish uning xabarlarini eshitish dalolati bilan vojib bo'ladi deyilgan. Allohni tanish, Alloh taoloning xabarlarini eshitgandan keyin vojib bo'ladi deyishgan. Noturidiy mazhabida esa Allohni tanish aql dalolati bilan ham vojib bo'ladigan deyilgan.
Inson Allohni oyatlarini eshitmagan bo'lsa ham aqli bilan topa olishi kerak o'zi borligini deb bizni mazhabimizda aytiladi. Endi ikkala qarashni ham tabiiyki o'zini Qur'ondan dalillari bor. Ash aliy mazhabining dalili, astay deb bila. Rusulam mubashshiriyna va mundiriynaliy alla yakuna li nasi ala allohi hujjatun ba'da rusul.
Niso surasi. Payg'ambarlar kelgandan keyin, odamlarda Allohga qarshi hujjat bo'lmasin deb, Payg'ambarlarni xushxabar beruvchi va ogohlantiruvchi qilib yubordik. Ya'ni, aqlni o'zi Allohni tanishligi uchun dalil hujjat bo'lganida, Alloh Taolo Payg'ambarbarni yubordik deb aytmas edi. Aqlni berdik derdi, shu bilan to'xtardi. Aqlni ham berdi, Payg'ambarbarniy ham yubordi. Shuning uchun inson aqli Allohni tanishi, Allohni buyruqlarini eshitgandan keyin bo'ladi deyishyapti bular.
Yana boshqa oyatda Payg'ambar yubormasdan turib, o'zini risolatini yubormasdan surib, azoblamasligini ham aytgan Alloh. Vama kunna muaddibina hatta nabat rasula. To Payg'ambar yubormagunimizcha biror kimsani azoblovchi bo'lmadik. Demak, Ash'ariy yaqinasida aql Allohni tanishligi Allohning xabarlarini eshitgandan keyin bo'ladi deyishdi va dalillarni keltirishdi. Endi moturidik mazhabada qanaqa edi? Aql Allohning xabarlarni eshitmasa ham, o'zini quvvati bilan, o'zini ishi bilan Allohni tanib olishlik kerak, deyiladi. Dalil osmonu yer, oy u quyosh, tog' u toshlar, daraxtlar, bularda hammasi Alloh Taoloning borligi va qudratiga dalolat qiladigan alomatlar. Inson aqli bilan topa olishlik kerak shuni. Istaydi billa? Va ka imin dabating fiz samavati val art. Yamur runa alayha vahum anha muridun. Yusuf surasi.
Osmonlar va yerda qanchadan qancha alomatlar bor, Allohni qudratiga dalolat qiladigan, lekin ular yonidan yuz o'girgan hollarda beparvo o'tib ketadilar. Ya'ni inson mana shu atrofda bo'layotgan voqea hodisalar, bu borliq haqidagi mavjudotlar haqida fikr qiladigan bo'lsa, albatta Allohni borligiga iymon keltirgan bo'lar edi. Bu esa insonda aql borligining o'zi Alloh Taoloni tanishlikka sabab ekaniga dalolat qiladi.
Mushriklar ham, birodarlar, Alloh Taoloni borligini tan olishgan. Faqat Allohga shirk keltirib, boshqa narsalarga ham sig'inishgan. Istadavilla? Valain sa'l tahumman xoloqah samavati val art la yoqulunna xoloqah hunnala azizul alim. Ey Muhammad alayhissalom, qasamki agar ulardan osmonlar va yerni kim yaratgan deb so'rasangiz, albatta ularni qudratli va bilimli Alloh yaratgan deyishadi. Tanishgan Allohni borligini. Lekin shirk keltirishgan. Bu esa Allohni avloni tanish, insonni fitratida borligini bildiradi. Bu fitratni Alloh Taolo insonga qo'shib berayotganini bildiradi. Shunga ko'ra, aqlli, xushli har bitta odam Alloh Taoloni tanishligi, lozimligi va tanimasligi uzr bo'lmasligini bildiradi. Innna sam avval bosar avval fuada kulla aka ka na anhu ma'sula. Chunki quloq, ko'z, dinning har biri to'g'risida har bir inson mas'uli bo'lur. Quloqda ish eshitish. Ko'zni ishni, ishi ko'rish. Dilni ishi tushunish. Lekin ko'z ham, quloq ham, dil ham aql bo'lmasa, mas'ul bo'lmaydi.
Chunki ko'z haqni ajrata olmaydi, aql ajratib beradi. Quloq haq bilan botildi ajratib bera olmaydi, faqat eshitib qo'yadi u. Aql ajrat beradi. Shuning uchun haq bilan botil, oq bilan qora, aql bilan ajratilinadi birodarlar. Agar haq bilan nohaqni ajratishlikda aql hujjat bo'lmaganida quloqda eshitishi yu, ko'zni ko'rishi behuda ish bo'lib qolar edi. Shuning uchun aql hamma tanishliklarni asosiy doirasi hisoblanadi. Xudo saqlab aytadigan bo'lsak, aqli raso bo'lgan insonga yer osmonlarni yaratuvchisi Alloh Taoloni tanimasligi uzr hisoblanmaydi.
Aquli qovli ha'da, astag'firullohu alayhi valakum, innallohu va malakatuhu yu solluna alannabiy, ya yuhalladina a'monu sollu alayhi va sallimu taslima.