# 97-dars Al-Jabbar (3-qism) Asma-Ul Husna

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Asmoul husno](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno.md), lecture 100 of 110
- Section: Al-Jabbor
- Duration: 21 min
- Original title: 97-DARS AL-JABBAR (3-QISM) ASMA-UL HUSNA
- Review status: reviewed
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/100
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/HAFQwdL5EW4.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=HAFQwdL5EW4
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/99.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/101.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:01] Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi rahmatuhu anasta'inuhu anasta'furu. Va nav'udhu billahi min ash'urur ya'nfusina va min sayyi'ati amalina. Man yahdihillahi falam mutilala, va man yuqlilgu falaha deyala. Mana shuhratulloh ilohillallohu vahda hula sharikala. Mana shuqatuh anna muhammadan abduhu rasuluh. Amma abad, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'l va barakatuh.

[0:35] Alloh azza va jallaning asmaul husno sinflar darslaridan birodarlar, robbimiz subhanah va taoloning al jabbar ismini suhbat qilayotganidek davom etkazamiz. Alloh azza vajallaning go'zal ismlari bor. Valil la hil asmaul husna fado'uhu biha. Allohning go'zal ismlari bordir, bas uni ular ila chorlanglar. Ya'ni allohga shu ismlar bilan duo qilinglar. Asmaul xusnoni hayotimizda egallagan o'rni juda ham katta. Siz robbimiz subhanahu va taoloning mana shu to'qson to'qqizta go'zal ismlarni o'qib o'rganib, ularning ma'nolarini tushunsangiz, har bitta ismdan o'zingizga ulush olish kerakligini bilasiz. Alloh odil zot ekan. Al adil. Undan oladigan ulushingiz nima? Adolatli bo'lishingiz kerak. Alloh taolo al g'ofur. Kechiruvchi bo'lgan zot. Demak, ulushi bo'lishi kerak, kechirimli bo'ling. Alloh taolo il javat, il karim bo'lgan zon. Saxovatli, qo'li ochiq. Demak, ulush olishingiz kerak. Allohni taolo al musover. Surat beruvchi, surat berganda ham komil, go'zal surat beruvchi bo'lgan zot.

[1:52] Demak, siz ulush olishingiz kerak. Siz ishingizni komil suratda bajaring. Ishingizni chiroyli suratda bajaring, shunda siz Alloh Taoloni al Mussovir ismidan o'zingizga ulush nasiba olgan bo'lasiz. Tushunarlimi? Bu ismni har bittasini o'qib o'rgandik, Robbimizni tanishga bir qadam yaqinlashdik.

[2:14] Alloh Taoloning al Jabbar ismi. Yettinchi ma'nosi, al Jabbar. Uning zotini idrok qilishlikdan aqllar ojiz bo'ladi. Chunki ko'p qaytardik, Allohning zoti qanaqa ekan deb, har qancha fikrga cho'mmang. Har qancha fikir kallangizga kelmasin, Alloh siz o'ylagandaqa emas.

[2:40] Chunki aqllar Allohning zotini qanday ekanligini bilishlikdan ojizlik qilishadi, qosirlik qiladi. Chunki har safar aytadigan gapimiz, Allohni zotini idrok qila olmasligingni idrok qilishing, Allohning zotini idrok kilishingdir. Qaytaramiz. Allohning zotina qanaqaligini. Idrok qilolmayman ekan men, dedingmi? Demak Allohni tanibsan.

[3:12] Shuning uchun aytilinadi, u haqidagi biliming bilimsizlikdir. U haqidagibiliming, bilaman deyapsanmi, demak bilmaysan ekan. U haqidigi biliming bilimsislikdir. U haqadagi bilimsizliging bilimdir. Ajoyib narsa ekan. Gap nima haqida ketyapti?

[3:34] Kim haqida ketyapdi? Mana daxlilik sistemasi, ateizm ustiga qurilgan davlat bor edi, sovet ittifoqi. Yadro qurolini egasi. Yer yuzini birodarlari. Bir necha marta yo'q qilib tashlashlikka yetadigan shunaqa bir qudratli quroli bor. Yetmish yilgina turdi.

[3:56] Yo'q bo'lib ketdi. Nima bo'ldi? Urush bilan yo'q bo'ldimi? Yo'q. Ichidan yemirilib ketdi. Nima uchun? Hamma hukmini o'tkazadigan, hamma xohishini o'tkazadigon Alloh Taolo shunday bo'lishini xohlagan edi. Millionlagan odamlarni qonini to'kishlik evaziga qurilgan shu katta mamlakat uchta yoki to'rtta odamni qoni evazi bilan yo'q bo'lib ketaverdi.

[4:21] Alloh Taolo aytadi hadis quddusiyda an Alloh la ilaha illa ana malikul mulk va malikul mulk. Men deydi Alloh Taolo. Allohman. Mendan o'zga iloh yo'q. Men podshohlarning egasiman. Men podshoh podshohlarning podshohiman. Podshohlarning egasi ham o'zimman, podshohlarning podshohi ham o'zim man. Alloh al jabbar bo'lgan zot.

[4:53] Aqllar uni zotini idrok qilishlikdan ojizlik qiladi. Har narsada o'zini hukmini o'tkazadi, lekin uni ustida hech kim hukmni o'tkaza olmaydi. Hamma ishlarni tuzatadi, hammani o'zini itoatiga bo'yin sindiradi. Al jabbar. Hadis hududida Alloh Subhanahu va Taolo aytadi: ya ibadi, lavanna avvalakum va axirakum va insakum va jinnakum, kan u ala atqo, qol bi rojiling vahidi minkum, ma zada dhali kafi mulki shaya. Ey bandalarim, agar avvalingiz u, oxiringiz, insu jinlaringiz, ya'ni yaralgandan beri qancha odam keldi dunyoga? Yaralgandan beri, qancha jin keldi dunyogaga? Hammanglar. Hammanglar, insonlar, jinlarning avvalgi, keyingilari hammasi. Olinglardagi eng taqvoliy insonni qalbidek taqvodor bo'lib ketsanglar, bu meni mulkimga hech narsani ziyoda qilmaydi. Ba'zida bir shaytonni hayolari kelishi mumkin. Bizni qilayotgan ibodatimizdan Allohga bir foyda bormikin?

[6:09] Allohga bir manfaat bormikinki, hammamizni ibodatga buyuryapti. Bu shaytoniy fikr. Alloh taolo aytyapti, agar hammanglar, insonlarni jinlar, Muhammad alayhissalomdaqa zo'r bo'lib ketsanglar ham, menga foydasi yo'q buni. Ya ibadi, lavanna avvalakum va axirakum, va insakum va jinnakum, ka nu ala afjali qolib ber ojiling vohidiy ming kun, ma naqasadalika min mulki shaya. Ey bandalarim, avvaliyu oxiringlar, insof jininglar, hammanglar, orangizdagi eng fojir kimsaning qalbidek bo'lsangizlar ham, bu mening mulkimdan hech narsani kamatirib qo'ymaydi. Ana shu iblis alixiy la'nadaqa bo'lib ketsa ham hamma Allohga hech qanday zarar yetkaza olmaydi.

[7:00] Ya ibadi, lavanna avvalakum va axirakum, va insakum va jinnakum, qamu fisoiding vohiding fasa aluni. Ey bandalarim, avvalgi oxiringlar, insof jininglar, bir joyga to'planib, mendan hojatlarini so'rasalar, bir vaqtni ustidan.

[7:23] Bu qanaqa katta adab bo'ladi? Insonlarda hammasi bir joyga yig'ilsa. Orom alayhissalom tushgandan qiyomatgacha bo'lgan insonlar, qancha odam bo'ladi bular? Va jinlar ular qatorida. Bir joyda to'planib turib, bir vaqtda hojatini so'rasa, men ularning har biriga so'ragan narsasini berganimda ham, bu mening huzurimdagi narsalarni kamaytirmaydi.

[7:49] Tasavvur qilib ko'ring, qanaqa qudrat bu. Qanaqa katta boylik. Faqat igna dengizga botirilganda, dengizdan qanchani kamaytiradigan bo'lsa, o'shancha kamaytiradi xolos. Tasavvur qiling dengizda. Qo'lingizga ignani olib turib, shunday saydingizda chiqardingiz. Birar tomchi ilashadi bunda.

[8:17] Ipni solsangiz ilashib qoladi shimib. Lekin ignani solib chiqarsangiz kamaydimi? Kamimaydi. Bizni robbimiz shunaqa qudratli, shunaqa karimzod birodalar. Mana shunday ulug' qudrat egasi. Taniymizmi robbimizni? Mana shunday Allohni muhabbati qasd qilinmaydimi? Mana shunday ilohni g'azabidan taqvo qilinmaydmi? Mana shunday parvardigorni jannatiga intilinmaydimi, mana shunday robni do'zaxidan qo'rqilmaydimi?

[8:50] Ajib. Inson yetmish yil yashar, sakson yil yashar. Faqat dunyo, dunyo, dunyo deydi. Yo yetadi, yo yetmaydi. Faqat dunyo deb yashaganligi uchun, yetmasa aniq baxtsiz bo'ladi. Endi yetsa chi? Yetsa ham baxtli bo'lmaydi. Chunki insonni baxtli saodat bo'lishi faqat jannatda robbisini diydoriga qaraganda bo'ladi.

[9:16] Haqiqiy boy, haqiqiy kambag'alning kim ekanligi, kimning haqiqiy boy kimning haqiqiya kambag'al ekanligi Allohga ro'baro' bo'lgandan keyin bilinadi. Boyagi o'sha pulni topgan, topmagan hammasi o'ladi oxirida. Ey bandalarim, bu sizlarning amallaringiz xolos.

[9:43] Men ularni hisoblab qo'yaman va shunga qarab sizlarga to'liq jazo, mukofot beraman. Kim yaxshilikni topsa, bas Allohga hamd aytsin. Kim boshqa narsani topsa, faqat o'zini malomat qilsin. Imom Muslimdan. Agar kuchli, quvvatli bo'lishini xohlasang, Allohning quli bo'l.

[10:09] Al Jabbar bo'lgan Allohning bandasi bo'l. Uni hukmida tur, albatta saodatga erishasan. Banda Al Jabbar bo'lgan Alloh bilan birga bo'ladi. Yoki Jabbor bo'lgan insonlar bilan birga bo'ladi. Chunki insonda tabiatida kuchli bo'lgan odamni yonida turishlikka intilish bor.

[10:33] Shaxsiyati kuchli bo'lgan lider odamni oldida turishlikka insonda moyillik bor. Mo'min banda al jabbar bo'gan alloh bilan birga bo'lladi. Unga itoatli bo'ladi, Uni yaxshi ko'radi, unga muhtoj bo'ladi. Undan quvvat oladi, U bilan aziz bo'ladi. Bunaqa bandaning ishi doim yuqoriga qarab yuradi. Yoki, banda odamlarning jabborlari bilan birga bo'ladi.

[11:04] Jabbor degan sifat Allohga ishlatilganda maqtovli sifat bo'ladi. Jabbor degan sifati insonga ishlatilganday, yomon sifat bo'ladimi? Bunaqa odamlarning ichida jabbor bo'lganlarni Alloh Taolo vaqti vaqti bilan burnini yerga ishqalab qo'yadi. Buni ko'rib kuzatib turamiz. Tarixni qarasangiz ham Alloh Taolo burnini ishqalab qurgan bu jabborlarni. Zamonangizni qarasangiz bo'lib turadi tez tez. Jabborlarda burni ishqalganini ko'rasiz, lekin insonmizda tez tezdan chiqarib qo'yamiz.

[11:39] Siz agar odamlarga zulm qilayotgan bo'lsangiz, jabborlik qilayotgan bo'lsangiz, nimaga bunday qilyapsiz? Chunki sizdan burun shu ishni qilganini Alloh xor qilganligini unutib qo'ydingiz. Insonmizda ko'radi, biladi, orasida yurgan, ko'rdi o'sha zolimni nima bo'lganligini. Ko'rib turib, endi uni qo'liga o'sha narsa kelib qolsa boyagi kuch quvvat, xuddi shu ishni o'zi ham qilaveradi.

[12:09] Bu ko'z ko'rligidan emas bu. Bu qalbni ko'rligidan. Alloh Taolo aytadi. Al kibriya u ridayi. Vala azomatu izari. Fama naza ani vahida minhuma qotavtuxufin nar. Abu Dovuddan bu hadis.

[12:32] Alloh Taolo aytadi. Kibrio mening ridayim. Kibr Alloh meni libosim deyapti. Ulug'lik mening izorim. Kim shu ikkalasini qaysi birini mendan talashsa, men uni jahannamga uloqtiraman. Kibr qilyaptimi? Zulm qilyaptimi? Jabborlik qilyaptimi? Fursati bor.

[12:55] Biz shoshib ketamiz da. Hech narsa bo'lmayapti shuncha uzunlik qilsa ham, shuncha qarish testi ham hech narsa bo'lib olmayapti yu. Biz shoshib ketamiz, birodalar. O'sha zolimni peshonasiga yozilgan umri bor. O'sha muddatda yashamaguncha u o'lmaydi. Siz shoshiltirasizmi, shoshiltirmaysizmi, tamom, bu taqdir. Lekin Alloh Taolo bunaqa zolimni agar tavba qilmasa, odamlardan olgan haqlarini, mazlamalarni qaytarib bermasa, xor qiladi, albatta bu fakt akalar.

[13:31] Va lekin kunli ummating ajal. Har bir jamoat uchun ajal bor, ya'ni belgilangan vaqti bor. Musulmonning Alloh Taoloni Al Jabbar ismi bilan bo'lgan aloqasi. Mana darsimizda aytdik. Har bitta go'zal ismdan, Allohning go'zal ismidan siz o'zingizga ulush olishingiz kerak.

[13:57] Alloh Al Karim, zot akami? Siz ham saxiy bo'ling. Alloh Taolo Al G'ofur, zot akami, kechirli bo'ling. Allohni Taolo Al Adil bo'lgan zot akami, siz ham adolatli bo'ling. Al Jabbar ismidan oladigan birinchi ulushimiz quvvat olish. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, al mo'minul qoviy yu xoyrun va ahabbu ilallohi minal mo'miniy ro'yof. Alloh subhanahu va taologa zaif mo'mindan ko'ra quvvatli mo'min yaxshiroq va suyukliroq. Lekin ikkalasida ham yaxshilik bor.

[14:39] Agar boylik, ilm, mansab, quvvat Allohninng shariatiga muvofiq bo'lsa, bu juda ham zo'r narsa bo'ladi. Qaytaramiz. Agar boylik, ilm, mansab Allohninng manhashiga muvofiqi bo'lsa, bas bular quvvat bo'ladi. Birodalar, agar mo'min quvvatli bo'ladigan bo'lsa, boy bo'lsa, ilmli bo'lsa, mansabdor bo'lsa, u odamni orqasidan keladigan yaxshiliklarni sanab adog'iga yetkazib bo'lmaydi.

[15:13] Boylik quvvat. Shifoxona ochishi mumkin, yetimlarni boshini silashi mumkin, uy yo'g'larga uyqu berishi mumkin, bo'ydog'larni uylantirib qo'yishi mumkin, millionlagan qalblardan joy olishi mumkin. Agar boylik Allohninng manhashiga muvofiq bo'lsa, bu quvvat. Boy, boy.

[15:36] O'zini boyligini sarflab jannatning eng oliy martabasiga ko'tarilishi mumkin. Boylik ortida katta yaxshiliklar bor. Boylik hayotni harakatga keltiradigan kuch. Shuning uchun Payg'ambarimiz aytyaptilar da, Alloh Taologa zaif mo'mindan ko'ra quvvatli mo'min suyukliroq va yaxshiroq. Mansab quvvat.

[16:03] Mansabdor odam o'zini mansabini quvvati bilan haqni haq qilishi mumkin. Botinni botil qilishi mumkin. Munkarni qaytarib, ma'rufni yoyishi mumkin. Soliqlar ko'payib, fojialarni kamayishiga sabab bo'lishi mumkin. Masalan deylik, mana bu qishloqda ayli hukumati bor. Shu yerda deylik, rahbari, bizni qishlog'imizda aroq sotilmaydi deb qaror qabul qildi. Yig'ildi, yig'im bo'ldi, pechatni urdi. Bo'ldi. Mahallada aroq sotila olmaydi.

[16:35] Demak, mansab bilan yerda juda ko'p yaxshiliklarni amalga oshirishi mumkin. Agar mansabdor odam Allohni tanisa, Allohda qo'rqsa, qiyomatda borligiga ishonsa, bu mansabini omonat ekanini bilsa, hoy, mansabda turgan akalar, kecha yoki ilgari kuni bu mansab sizda yo'q edi.

[16:58] Kimlarningdir qo'lida edi. Bugun sizlarni qo'linglarga o'tdi. Endi ertaga yoki indinga boshqalarni qo'liga o'tib ketadi. Demak, nima ekan mansab? Omonat akami? G'animatga berilgan imtihon, sinov ekanmi? Mansabda turgan odam shu narsani biladigan bo'lsa, Allohda qo'rqadigan bo'lmasa, bu mansablar faqat yaxshilikni tarqatadi atrofiga. Inna makkanna lahufil ard deydi Alloh Taolo. Zulqarnayn haqida. Darhaqiqat, biz unga bu yerda saltanat hukmini olib berdik. Mana Zulqarnayn, Alloh quvvat berdi, mansab berdi, saltanat berdi, qanaqa yaxshi ishlarni qildi. Shuning uchun mansabda turgan odamlar, sizlar ham yo'q edinglar yuz yil burun.

[17:47] Yuz yildan keyin sizlar ham yo'q bo'lasizlar. Mansabdorlar qo'l ostilarida turgan odamlardan birontasi yuz yil burun yo'q edi, bular ham yuz yildan keyin yo'q bo'ladi. Hamma Allohni oldiga borganda, siz mansabdor qatorida javob berasiz. Sizni savolingiz, sizni imtihoningiz qiyinroq bo'ladi. Hikmatda aytilganidek, innallohu alayhi yadavobiy sulton ma la yadavobiyul quran. Alloh Qur'on bilan qilmagan, qidirmagan ishini sulton bilan qildiradi.

[18:20] Qur'onda arag' ichma dedi, zino qilma dedi. Qur'on bilan to'xtatsa, odamlar to'xtamadi. Endi Alloh sultonni qilichi bilan bularni majbur to'xtatadi. Zino qilsa jazosini oladi, arag' ishlatsa darrasini yeydi. Ilm quvvat, birodarlar. Insonlarni hayotini isloh qiladigan, ularni turmushlarini yuzaltiradigan qarorlarni olimlar chiqaradi.

[18:46] Agar yerni boshqarishlik ilm bilan bo'ladigan bo'lsa, ulamolarni qo'li bilan bo'ladigon bo'lsa va avvalgilarning tajribalariga asoslangan bo'lsa, katta yaxshiliklar kelishida shubha yo'q. Chunki ulamolarda avval o'tgan ming yil, ming yillik olimlarning ilmi bor, tajribasi bor. Ulamolarni maslahati bilan boshqarilsa, albatta obodonchilik, xayriya bo'ladi.

[19:11] Shuning uchun Imom Ushohid aka aytadi. Agar dunyoni istasang, ilmni lozim tut. Agar oxiratni istasang, ilmini lozim tut.agar u ikkisini ham istasang, ilmnni lozim tut'. Agar sen ilmga o'zingni boringni bersang, u senga o'zining ozgina bir qismini beradi.

[19:36] Agar sen ilmda o'zingni ba'zingni bir qismingni bersang, u sanga hech narsasini bermaydi. Haqiqat shuki, modomiki talabi ilmda bo'lar ekan bir kishi olim bo'lib turadi. Agar o'zini olim bo'ldim deb o'ylasa, johilligi ma'lum bo'ladi. Har qancha ilmli bo'lmang, siz o'zingizni tolib ilmman deb bilishingiz kerak. Olimman deyishingiz kerak emas.

[20:03] Chunki har bitta bilimdonni ustida undan ko'ra bilimdonroq odam bo'ladi. Demak, yuqoridagi hadisga ko'ra mo'min kuchli bo'ladi, moli bilan, ilmi bilan yoki mansabi bilan. Agar bu mol, ilm, mansab Allohninng shariatiga muvofiq tarzda bo'ladigan bo'lsa, bu faqatgina musulmonlarga, insonlarga yaxshilik va xayriyat olib keladi.

[20:30] Aqulu qovli ha da va astag'firulloh ali va la kun. Inna Allohi va malakati huy salun ala Nabiy, ya yu halladini aman, usalloh alayhi vasallimu taslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi ta'limi barakatuh.

## Quran and hadith quoted in this lecture

- [5:18] Hadith: Sahih Muslim, 2577 (grade: Sahih)
  - Said in the lecture: “lavanna avvalakum va axirakum va insakum va jinnakum, kan u ala atqo, qol bi rojiling vahidi minkum, ma zada dhali kafi mulki”
  - Arabic: … أغفر الذنوب جميعا فاستغفروني أغفر لكم يا عبادي إنكم لن تبلغوا ضري فتضروني ولن تبلغوا نفعي فتنفعوني يا عبادي لو أن أولكم وآخركم وإنسكم وجنكم كانوا على أتقى قلب رجل واحد منكم ما زاد ذلك في ملكي شيئا يا عبادي لو أن أولكم وآخركم وإنسكم وجنكم كانوا على أفجر قلب رجل واحد ما نقص ذلك …
- [6:27] Hadith: Sahih Muslim, 2577 (grade: Sahih)
  - Said in the lecture: “lavanna avvalakum va axirakum, va insakum va jinnakum,”
  - Arabic: … أغفر الذنوب جميعا فاستغفروني أغفر لكم يا عبادي إنكم لن تبلغوا ضري فتضروني ولن تبلغوا نفعي فتنفعوني يا عبادي لو أن أولكم وآخركم وإنسكم وجنكم كانوا على أتقى قلب رجل واحد منكم ما زاد ذلك في ملكي شيئا يا عبادي لو أن أولكم وآخركم …
- [7:03] Hadith: Sahih Muslim, 2577 (grade: Sahih)
  - Said in the lecture: “axirakum, va insakum va jinnakum, qamu fisoiding vohiding fasa aluni.”
  - Arabic: … وإنسكم وجنكم كانوا على أفجر قلب رجل واحد ما نقص ذلك من ملكي شيئا يا عبادي لو أن أولكم وآخركم وإنسكم وجنكم قاموا في صعيد واحد فسألوني فأعطيت كل إنسان مسألته ما نقص ذلك مما عندي إلا كما ينقص المخيط إذا أدخل البحر يا عبادي إنما …
- [12:25] Hadith: Sunani Ibn Moja, 4175 (grade: Sahih (Albaniy))
  - Said in the lecture: “naza ani vahida minhuma qotavtuxufin nar. Abu Dovuddan”
  - Arabic: يقول الله سبحانه الكبرياء ردائي والعظمة إزاري فمن نازعني واحدا منهما ألقيته في النار
- [14:17] Hadith: Sunani Ibn Moja, 79 (grade: Hasan (Albaniy))
  - Said in the lecture: “Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, al mo'minul qoviy yu xoyrun va ahabbu ilallohi minal mo'miniy ro'yof. Alloh subhanahu va taologa zaif mo'mindan ko'ra quvvatli mo'min yaxshiroq va suyukliroq. Lekin ikkalasida ham yaxshilik bor.”
  - Arabic: المؤمن القوي خير وأحب إلى الله من المؤمن الضعيف وفي كل خير احرص على ما ينفعك واستعن بالله ولا تعجز فإن أصابك شىء فلا تقل لو أني فعلت كذا وكذا . ولكن قل قدر الله وما شاء فعل فإن " لو " تفتح عمل الشيطان
- [20:33] Quran Al-Ahzaab 33:56
  - Said in the lecture: “Inna Allohi va malakati huy salun ala Nabiy, ya”
  - Arabic: إِنَّ ٱللَّهَ وَمَلَٰٓئِكَتَهُۥ يُصَلُّونَ عَلَى ٱلنَّبِىِّ ۚ يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ صَلُّوا۟ عَلَيْهِ وَسَلِّمُوا۟ تَسْلِيمًا
  - Uzbek translation: Albatta, Alloh va Uning farishtalari Paygʻambarga salovot ayturlar. Ey iymon keltirganlar! Siz ham unga salovot ayting va salom yuboring. (Arab tilida «salovot» soʻzi «salot»ning jami boʻlib, duo maʼnosini anglatadi. Arabchada namoz ham «salot» deyiladi. Chunki namozda ham duo maʼnosi bor. Ammo «salot» Alloh taolo tomonidan boʻlganida «duo» maʼnosini yoʻqotadi. Alloh taoloning Paygʻambarimizga (s. a. v.) salovot aytishining maʼnosi u zotga (s. a. v.) oʻz rahmatini yuborishi, ulugʻlashi, maqomlarini koʻrsatishi va farishtalar huzurida shaʼnlariga maqtovlar aytishini anglatadi.)

## Self-check quiz

Generated automatically from the lecture; not reviewed by a person.

1. Ustoz sovet ittifoqining yo'q bo'lish sababi haqida qanday fikr bildirgan?
   - a) Urush tufayli vayron bo'lgani
   - b) Tashqi kuchlar hujumi
   - c) Ichidan yemirilib ketgani — correct
   - d) Iqtisodiy inqiroz
   - Why: Darsda Sovet Ittifoqi urush bilan emas, balki ichidan yemirilib ketgani ta'kidlangan. [3:56–4:18]

2. Ustoz haqiqiy boylik va kambag'allikning kimda ekanligi qachon aniq bo'lishini qanday ta'riflagan?
   - a) Jannatga kirib olgach
   - b) Dunyoviy boylik orttirgach
   - c) O'z amallarini hisoblagach
   - d) Allohga ro'baro' bo'lgandan keyin — correct
   - Why: Darsda haqiqiy boy va kambag'alning kim ekanligi Allohga ro'baro' bo'lgandan keyin bilinishi ta'kidlangan. [9:16–9:41]

3. Ustoz Al Jabbar ismidan olinadigan birinchi ulush nima ekanini qanday ta'riflagan?
   - a) Adolatli bo'lish
   - b) Quvvat olish — correct
   - c) Kechirish
   - d) Saxiylik qilish
   - Why: Darsda Al Jabbar ismidan olinadigan birinchi ulush quvvat olish ekanligi aniq aytilgan. [13:57–14:36]

4. Ustoz mansabni nima deb ta'riflagan?
   - a) Shaxsiy g'animat
   - b) Majburiy vazifa
   - c) Omonat va imtihon — correct
   - d) Doimiy mulk
   - Why: Darsda mansab omonat ekanligi va g'animatga berilgan imtihon, sinov sifatida ta'riflanadi. [16:58–17:45]

5. Ustoz ilmda talab qilib turishning asosiy sababi nima deb hisoblaydi?
   - a) Olimlar har doim boshqalardan past bo'ladi
   - b) Ilmni olish uchun moliyaviy imkoniyat kerak
   - c) Ilm faqat dunyoviy boylik olib keladi
   - d) O'zini olim deb bilish johillikni ochib beradi — correct
   - Why: Ustoz shuni ta'kidlaydi ki, o'zini olim deb bilgan kishining johilligi ma'lum bo'ladi, shuning uchun har doim talib ilmda bo'lishi kerak. [19:36–20:01]
