Bismillahir rohmanir rohim. Innal hamdulillahi narxmatuhu onas ta'inuhu onas tafuru. Va narudubillahi min shu ruryon husina, va min sayyi atiya amalina. Man yahdihillah hu falah muzilala, va man yug'ilil hu falah hadiyala. Onashxodu alla ila ila allohu vahda hula sharikala, onashxodu anna muhammadan abduhu va rasuluh. Ammabu baxt, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'allu barakatuh. Alloh azza va jallaning go'zal ismlari asmon xusnoz, silsila darslaridan robbimizning Al Jabbar ismini suhbat qilayotganidek, davom etkazamiz. Imom Shofiy aytganidek, ida arotta dunya fa alayka bel ilm. Agar dunyoni istasang, dunyo kerak bo'lsa, ilmni o'zingga lozim tut. Va ida arotta al axirota alayka bel ilmi. Oxiratni izlasang, ilmni lozim tut. Vo ida arotta huma man fa alayka bel almi. Dunyoni ham, oxiratni ham teng xohlasang, ilmni o'zimga lozim tut.
O'zingni boringni bersang ilmga, ilm senga o'zini bir qismini beradi. Agar o'zingni hayotingni bir qismini bersang ilmga. Ilm senga hech narsasini bermaydi. Vrardalar, ilm shunday narsaki, uni talabida yurar ekan inson, u olim bo'lib boraveradi. Tolibi ilmman der ekan, izlanishdan to'xtamas ekan, bu odam olim bo'ladi. Ammo bir kun kelib, men olim bo'ldim desa, uni johil bo'lganligi shundan ma'lum bo'ladi. Shuning uchun hech kim o'zini olim demaydi. Garchi shu olimlik maqomiga yetgan bo'lsa ham, olimman demayaptimi? Men tolib ilmman deyaptimi? Demak, shu odam haqiqiy olim bo'lardi. Men ilmliman degan odam johilligi ma'lum bo'lladi.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vas salam aytadilar: la hasadah illa alatuna tayini. Faqat ikkita narsada hasad bor. Ya'ni havas ma'nosida. Rojulun atahullohul qur'ana faqomabihi ana al layli va'ana nahar. Bir kishiki, hasad qilinadigan, ya'ni havas qilinadigan bir kishiki, Alloh unga Qur'onni berdi va u Qur'on bilan kecha kunduz qoyim bo'ladi. Ikkinchisi chi? Orajulun atohullohu ma'lum. Bir kishiki, Alloh unga mol berdi, dunyo berdi, boylik berdi. Fahua yunfi quhu ana al layli va ana al nahar. Mana shu boyligini kecha kunduz o'rniga, joyiga info qilinadi. Shu ikkita odam hasad qilinar ekan. Shu ikkta odamga havas qilinar ekan, to'g'rirog'ini aytsak. Hasad bu yaxshi ma'nodagi havas.
Demak, quvvat boylikda bo'ladi, ilmda bo'ladi. Mansabda bo'ladi . Ammo mana shu boylik, quvvat, ya'ni ilm, mansab, boylikda quvvat bor ekan deb turib, biz shu narsaga intilamiz, ammo bu narsalarga intilishligimiz shariat hisobidan bo'lmasligi kerak. Ya'ni shariat belgilab qo'yilgan doiradan chiqmasdan talab qilishlik kerak bo'ladi. Agar boylik, mansab ilmga erishishlik uchun shariatdan chiqish kerak bo'lib qolsa, bu narsalardan voz kechishlik kerak bo'ladi. Diningizni hisobidan, taqvoyingizni, shariatangizni hisobidan bu narsalarga intilmang.
Musulmonlarni boy bo'lgani yaxshi. Mana shu boyligi bilan Allohga yaqin bo'lishi mumkin. Boylikka intilsin, lekin boylik topishlik uni harom tomonga yuzib qo'ymasin. Yolg'on gaplashishga majbur qilib qo'ymassin. Ahdiga vafo qilmaslikka yetaklab qo'ymastin. Ha, boy bo'lgani ham yaxshi ekan kambag'al bo'lgandan ko'ra. Chunki boy bo'lsam, musulmonlarga ko'proq foydam tegar ekan. Yaxshi fikr. Lekin u boy bo'lishligingiz gunoh emasiyat bilan bo'lmasin. Ilm olish. Ilm quvvat. Lekin ilm olishlik ham shariatni manhachidan tashqarida bo'lmasligi kerak. Masalan, dunyoviy ilmlar. Ximiya deysizmi, fizika deysizmi, mana hozir it texnologiyalar deyilyapti. Ammo mana shu ilmni o'rganishlik ham, sizni diningizni hisobidan bo'ladigan bo'lsa, man qilinadigan ishlar bilan o'rganishga kerak bo'ladigan bo'sa, bu ilmni olmaslik kerak bo'ladi. E, masalan, bir odam yosh yigit shu dunyoviy ilmlarni o'rganaman deb g'arbga yoki sharqqa safar qildi. Endi shularni ichida yashab, shularni e'tiqodi, shularni tasavvurlaridan ta'sirlanib, shularni bittasiga aylanib ketadigan bo'lsa, u odamlar bormagani yaxshi bo'ladi.
Ilm quvvat, boylik quvvat, mansab quvvat. Bu narsalarga musulmon odam intiladi, erishadi. Faqat bu narsaga erishlikdan maqsad Allohnin roziligi bo'ladi va bu narsaga yetishlikda shariat belgilab qo'ygan chizig'idan tashqariga chiqmaslik kerak. Agar shu narsaga sabab bo'lsa, dindan uzoqlashlikka, bu ishlarni qilmaslik to'g'ri bo'ladi.
Robbimiz Subhanah va Taolo Al Jabbar bo'lgan zot. Haqiqiy quvvat egasi Allohnin Azza va Jalla, Al Jabbarning o'zi. Alloh o'zi quvvat. Har qanday quvvat o'zini quvvatini Allohdan oladi. Astaydu billa, valov yaralladina zolomu, id yarovnal adaba, annal quvvata lillahi jamiyat.
Bunday zolimlar azobga ro'baro' bo'ladigan zamonlarida, ya'ni qiyomat kunida, butun kuch qudrat Allohnin bo'lishini va Allohnin azobi qattiq ekanini bilsalar edi, yer yuzida qanaqa quvvat bor? Masalan, yadro quvvat, atom quvvat, shamol quvvat, o't olov quvvat, yerni aylanishi quvvat. Ya'ni qanaqa quvar bor bo'lsa, bu tabiatda bu quvvatning asli manbai Alloh Taoloning o'zi. Alloh xohlamasa, o'sha uran sizga quvvat bermaydi, aeslarda. Alloh xohlamasa, o'sha kuch bilan pastga oqayotgan suv gesni, lopusklarini aylantirmaydi. Agar Alloh xohlamasada, mana shu shamol aylanib turib, to'p chiqaradigan tegirmonlar bor a?
O'sha shamol ham quvvat. Lekin bu shamolni esitirayotgan kim? Biz bilgan hamma quvvat uni manbai Alloh Taoloning o'zi. Hatto siz bilan biz gapirish quvvatimiz, ko'rish quvvatimiz. Bosish, bir narsani ushlash quvvatimiz ham Alloh azza va jallaning quvvatidan. Chunki hamma quvvatning asli Alloh Taoloning osi. Quvvat bu Alloh Taoloning hozi.
Bu borliqda qanaqa quvvat bo'lmasin, aytdik, u Allohning quvvatiga suyanadi. Lekin Allohning quvvati hech narsaga suyanmaydi. Shuning uchun hech kimga va hech narsaga muhtoj bo'lmaydigan quvvatni izlashimiz kerak. Siz quvvatli insonman deb bilasiz o'zingizni. Kuchli inson deysiz. Quvvatli insonsiz, falonchini. Nima uchun quvvatli desa, yo puli bor uni.
Yo mansabi bor uni. Yo mansabdor tanishi bor uni. Yo bilagida quvvati bor uni. Qarang da, uni quvvatli deyishingiz, albatta qaysidir quvvatga tayangani uchun. Endi boyagi mansabdan ketgandan keyin, hech kim emas. Ustun gapirar edi, dadil gapirar edi. G'oz yurar edi. Nima uchun? Uyda tillasi bor edi.
Qo'rqmasdi hech kimdan. Hamma bilan teng olishar edi. Nimaga desa, tanishi bor edi falon idorada. Ha, ana, bu odamlarni quvvati kimgadir yoki nimagadir nima qiladi? Suyanadi. Ammo ana shu quvvatiga, uning ana shu quvvatiga sabab bo'lib turgan narsa yo'q bo'lgandan keyin, tugaydi. Bir kunda u quvvatchi, shunaqa bir katta mansabda ishlaydi, hamma uni ko'lankasidan qo'rqib turadi, uni qahriga qolishdan cho'chib turadi, bir kunda ishdan olib tashlashadi uni.
Ertasi kunimi? Ertasi kun nima bo'ladi? Faqat inson unutib qo'yadi da. Ertaga shu ishdan ketib qolishligini. Ertaga shunday mansabdan, shu quvvatdan qolib qolishni unutib qo'yadi da. Shuning uchun birodarlar, biz mansabimizga suyanmaylik quvvatli bo'lish uchun. Tanish bilishlarga suyanmaylik, quvvatli bo'lish uchun. Pulimizga suyanmaylik quvvatli bo'lish uchun. Biz haqiqiy quvvat egasi bo'lgan Allohga suyanishni o'rganaylik, bu quvvat hech qachon yo'q bo'lmaydi. Ma'qulmi? Siz yurtingizda kuchli odamsiz. Boshqa davlatga borsangiz hech kim emassiz uje. Chunki sizni quvvatingiz mamlakatingizni hududi bilan nima bo'lardi? Cheklanar edi.
Shuning uchun hech narsaga va hech kimga muhtoj bo'lmaydigan quvvatni izlashimiz kerak. U qanaqa quvvat? Al Jabbar bo'lgan Alloh Subhanah va Taoloning o'zi. Astaydu billah. Kun la numid du ha ula i va ha ula imen ato i robbik, va makana ato u robbika maxduro. Ey Muhammad Alayhissalom, bu dunyoda odamlarining barchalariga, mana bu mo'minlariga ham, ona bu kafillariga ham Parvardigoringizning ne'matidan ato eturmiz. Parvardigoringizning ne'mati hech kimdan man qilinmas. Mana sababni zo'r qilsa, men beraveraman natijani deyapti. Kofirga ham, mo'minga ham.
Qoyilmaqom qilib bajarsin, uni musulmon kofirligiga qaralmaydi. O'sha ilmni, o'sha sportni, o'sha sog'lig'ini Alloh beraveradi shularga. Chunki Alloh Azza va Jalla bandalarning xom xayollari bilan muomala qilmaydi. Mana bo'lib qolsa a? Shunday tursam aytaman, vesim yetmish ga tushib qolsa a? Bir uxlab tursam kallamga mana shu kitobdagi narsalar kirib qolsa a, bor a shunaqa hayollar? Bu xom xayol bu. Alloh sababni qilganga beradi natijani.
Va man aro adal aqirota va sa alaha sa ayaaha. Qarang, Alloh Taolo aytyapti, kim oxiratni xohlasa, istasa, va mo'min bo'lgan holda sa'ya harakat qilsa, oxiratda jannatda umid qilyapti, orzu qilyapti, hayol qilyapti, o'rtasidan harakatini ham qilyapti da. Hamma kuch quvvat, birodarlar, tavhidda.
Tavhid haqiqiy quvvat. Mo'min ayni mana shu tavhid bilan quvvatli bo'ladi. Tavhid insonni har qanday qulligidan ozod qiladi. Tavhiddagi mo'min haqiqiy ozod inson. Mo'min faqat Allohga suyanadi. Mo'min faqatgina Allohnikiga. Mo'minni quvvatini sabablaridan bittasi ham mana shu.
Aytdik ku, o'zini quvvatli deb bilgan har qanday odam nimagadir yoki kimgadir suyanadi. Puligami, mansabigami, tanishigami. O'sha narsasi yo'q bo'lsa quvvatdan qolaveradi. Mo'minchi? Mo'min bu narsalarga suyanmaydi. Ast buno allohu va ne'mat vakil deydi. Allohga suyanadi. Alloh o'zi quvvat manbayi.
Demak kim? Mo'min Allohga suyanar ekan, u quvvatsiz qolmaydi. Musulmonlarni ham quvvati yo'q bo'lib qolmaydi, modomiki Allohga suyanishar ekan. Tahdid birodarlar. Bandani qalbini xorlikdan, xorlikdan qutqaradi. Insonni aqlini turli xurofotlardan, vahm xavotirlardan ozod qiladi, qutqaradi . Tavhid mo'minni ozod, quvvatli va haybatli qiladi. Ma sha Alloh kana, voma lam yasha, lam yakun. Alloh nimani xohlagan bo'lsa bo'ldi? Nimani xohlamagan bo'lsa, bo'lmadi. Va nimani xohlagan bo'lsa bo'ladi, nimani xohlamaganbo'lsa bo'lsin.
Shuning uchun kuchli, quvvatli bo'lishni xohlaysanmi manda? Tavhidda bo'l. Allohni yakkali Allohga suyan. Tarixda qarasak, juda ko'p misol turibdi. Hasan ibn Basriy. Tavbiyinlarning ulug'laridan, ulug' olim, taqvoliy inson. Rasulullohning xonadonida katta bo'lgan bu kishi. Ommaviylar davrida, ommaviylarning amirlaridan bo'lgan Hajjoj ibn Yusuf Saqafiy degan zolim, tog'iy bo'lgan. Musulmon, lekin juda ko'p musulmonlarga zulm qilgan, juda ko'p solih insonlarda qonun oqizgan. Hasan Basriy u haqida, unga yoqmaydigan so'zlarni aytdi.
Uni so'zi yetib bordi Hajjojga. Hajjoj yonida turganlarga qarab turib, Hasan men haqimda shunaqa gapni gapirsa, to'xtatmasdan eshitib turishdimi, ey qo'rqoqlar? Vallohi men senlarga uni qonini oqqanini ko'rsataman dedi. Olib kelinglar uni dedi. Hajjojning oldiga Hasan Basriyni olib kelishdi.
Majlisga kirganida, u kishini chopish uchun tayinlangan bolta bilan kundani ko'rdi. Uni ko'rib turib, Hasan Basriy bir narsada pichiradi. Xadjod Hasan Basriga ko'zi tushishi bilan yurib keldi da oldiga. Xush kelibsiz, xush kelibs siz, Ebo Said. Siz ulamolarning Saidisiz deb, o'zini o'rniga o'tkazib, ikkira olmaydi, izzat ko'rsatib, bir qancha masalalardan savol so'rab, keyin eshikdagacha kuzatib qo'ydi.
Bu manzarani ko'rib, kimni esa ushti boshidan, eshikda turadigan odamni. Hasan ibaslik chiqib ketganda orqasidan yugurib bordi. Ey Abu Said, sizni bu narsaga chaqirmadi, Hajjoj dedi. Qasrga kirganingizda bir narsada pichiradingiz. Tushunmay qoldim. Nima dedingiz dedi. Hasan ibasli, ya molariya ayni kurbati, ya muni sefiy vahshati. Ij al fitna taho alayya bardan vasalaman, kamaj al tanna'aro bardan vasalaman ala ibrohim.
Ey musibatimda menga panoh beruvchi, ey vahshatimda menga munis bo'luvchi zot, ibrohimga olovni sovuq va salomat qilganingdek, uning fitnasini menga sovuq va salomat qilgin dedim dedi. O'ldirgani, qatl qilgani chaqirgan zolim, buning qalbi ham allohni qo'lidami?
U ham allohni qabzasidami? Alloh, ko'rdingizmi qanday uni qalbini o'zi xohlagan tomonga burib qo'ydi? Shuning uchun Alloh bilan bo'laylik. Alloh Taolo aytadi, astadibilla, fala tadumi alloh ilohim, ahora fatakuna minal muaddabin. E, Muhammad alayhissalom, siz Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilmang, aks holda azoblangan ucheb salatdan bo'lib qolaversiz.
Demak, tavhid quvvat. Muvohid Allohninmi tengsiz deb biladi. Muvohid bir taraf bilan muomala qiladi. Muvohide aniq biladi nimani? Yer, samo ahli hammasi yig'ilib kelsa ham, Allohning iznisiz hech qanday foyda ham, zarar ham keltira olmaydi. Shuni aniq biladi. Mo'min faqat Allohga qo'rqadi va faqatgina o'zini gunohidan qo'rqadi. Mo'min Robbizdan umid qiladi. Hamma, hamma Allohning qafzasida ekanligini aniq biladi. Kim aytgani bo'ladi? Allohni aytgani bo'lmadi. Yadullohi favqu idhi him. Allohning qo'li ularning qo'llari ustida.
Zamonasida o'zini xalqiga zulm qilgan podshohdan so'raldi. E sen nimasan o'zi? Kimsan o'zi? U javob berdi. Men Allohni g'azabiman dedi. Hadis qudu ustida aytilgandek, podshohlarni so'kmanglar. Podshohlarni to'kmanglar. Chunki podushohining sizlarga qilayotgan muomalasi sizlarni Alloh bilan bo'layotgan muomalalarga bog'liq.
Men podushalohning, podushohlarning egasiman, podushohlaraning podushohiman deydi Alloh Taolo. Ularning qalblari meni qo'limda deydi. Agar bandalar Alloh aytgan sifatlariga ega bo'lsa, podushohlarining qalblarini xalqiga muloyim yumshoq qilib qo'yaman. Agar buni aksiga bo'ladigan bo'lsa, qahrli beshafqat qilib qo'yaman. Shuning uchun podshohni so'yma, podshoh Allohning yerdagi soyasi degan hikmatli gapimiz bor. Bu majoz bu.
Podshohni sizga bo'layotgan munosabati xalqiga, xalqni Alloh bilan bo'layotgan muomalasiga bog'liq. Shuning uchun tog'iylarning zulmlari qilich bilan qaytarilmaydi. Ularning zulmlari Alloh bilan bo'lgan aloqalarni tuzatish bilan qaytariladi. O'zingizni Alloh bilan bo'lgan munosabatingizni tuzatasiz, i ne Alloh Taolo bu zolimni, tog'ini, qilichini nima qiladi, zulmini sindirib qo'yadi, to'xtatib qo'yad. Ilm quvvat. Ilm senga zamon va makon bilan cheklanmaydigan quvvatni beradi. Astadibillar? Yarfailahulladina amanu minkum va alladina u tul ilma darojat. Mujodala surasi. Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni baland daraja martabalarga ko'tarur. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordur.
Qarang, kimni darajasini ko'taraman deyapti? Ilmi bo'lsin, nimasi bo'lsin? Imoni bo'lsin, ilmi bo'lsin, shu odam baland bo'laveradi. Millati panoha bo'lsin, puli bo'lsin demayapti. Erkak ayol bo'lsin demayapti, oq qora demayapti. Imoni bor, ilmi bormi? Amali bor bermagan, mana shu odam balandi bo'ladi deyapti. Ilm eng oliy martaba.
Ilm talabi farz. Agar siz qavmning saidi bo'lib turib ilm o'qisangiz, qavmning yana faqihiga ham aylanasiz. Agar qavmni ichida o'rtacha oddiy odam bo'ladigan bo'lsangiz, ilm bilan sayyidga, boshliqqa aylanasiz. Ommaviylarni eng ulug' xalifalardan bo'lgan Sulaymon ibn Abdulmalik haj qilgani Makkaga keldi. Makkaning eng katta olimi kim deb so'radi? Atoy ibn Abiraboh deb javob berildi. Menga ko'rsatinglar dedi. Uchrashishdi. Atoy ibn Abiroboh. Bilasizmi bu inson kim bo'lgan? Qora qul bo'lgan.
Qora inson bo'lgan. Sochlari mayizdaqa, burni puchuq. O'tirsa, qora qarog'iga o'xshab qoladi. Jasadini bir qismi shol bo'lib qolgan. Din or dirhami yo'q inson. Mana shu odamni oldiga shu davrning eng qudratli xalifasi kelib, dunyoga dong'i ketgan olim, sizmisiz dedi. Atoyib nabiraboh, odamlar shunaqa deyishadi deb qo'ydi. Sulaymon so'radi. Bunchalik sharafga qanday qilib erishdingiz? Atoyim nabirobovni gapini qarang. Ey, tolib ilmlar, eshitib qo'yinglar. Ahli ilmlar, odamlarning dunyolariga behojjatligim bilan va odamlarning o'ttiz yil to'plagan ilmimga muhtojligi bilan ekan.
Odamlarni qo'liga qaramadim, odamlarga muhtoj bo'lmadim. Odamlar meni ilmimga muhtoj bo'ldi. Shu bilan shu maqomga yetdim dedi. Shuning uchun diniy bilimni o'qib, dunyo maqsad qilinmaydi. Allohning shariat o'rganilib, hurmat e'tibor, to'ri maqsad qhilinmaydi. Chunki u narsaga Alloh loyiq deb bilgan bandasiga berib qo'yadi, uni xohlasa ham, xohlamasa ham. Ammo shu narsani deb turib ilm o'qiydigan bo'lsa, Alloh unga hech qachon yetkazmaydi.
Haj ma'nosiklarida Ato ibn Abirabodan boshqa hech kim fatvo aytmasin deb hukm qildi bu xalifa. Ikki kun o'tib, xalifa o'zini ikki dona o'g'li bilan yana uchrashmoqchi bo'ldi. Meni Ato ni oldiga olib boringlar. Ato ibn Abirobog' haramda edi. Atrofida odamlar to'planib o'tiribdi. Hammani savoli bor, masalasi bor. Sulaymon ibn Abdulmalik navbatsiz bostirib kelayotuvdi, ey amiral mo'minning o'tiring dedi.
Xalifaga aytyapti boyagi qora qo'l. O'tiring. Mana bu odamlar sizdan burunroq kelgan dedi. Navbat kelganda savollarini so'rab, javobini olib ketdi. Keyin o'g'illariga qarab turib, ey bolalarim dedi. Ey o'g'illarim, taqvoni va ilmni lozim tutinglar. Va allohi hayotimda mana shu quldan boshqasini oldida xor bo'lgan emasman dedi.
O'tir desa o'tiryapti. Nima bilan ko'tardi atoyb navbarobodda alloh qadrini? Ilmi bilan, taqvosi bilan. Ilm quvvat, birodarlar. Agar moli, mansabi bo'lmaydigan bo'lsa ham, qul bo'lsa ham agar ilmli bo'lsa, toat sababli allohni yuksaltiradi. Allohni yuksiltiradi. Agar moli nasl nasabi bo'lib turib, sharafli bo'lsa ham mas'iyat sababli alloh uni xor qiladi. Sulaymon ibn abdulmalik yana o'g'illariga dedi. Ey bolalarim, biz uni oldida xor bo'lgan inson, qur'onning fahmiga ega bo'lgan, hamma ilmlarning qomusi bo'lgan ulug' sahobiy abdulloh ibn abbosning shogirdi, vorisi ato ibn abiraboh bo'ladi.
Xalifa o'g'illariga nasihat qilyapti. Bu o'g'illari kim? Bani Umayya Abdushsham so'rug'ining sayyidi, xalifa Boy Sulaymonun Abdulmaligini o'g'illari. Bu ikkala o'g'ilda odamlar orzu qilib ham yeta olmaydigan narsalar naqd turibdi. Dunyoni katta qismi otasini qo'lida. Nasr nasabi zo'r. Payg'ambarning qabilasidan bitta odam havas qiladigan, hamma yog'i bor bo'lgan o'g'illarga aytyaptiki, ey o'g'illarim, ilm o'rganinglar, ilm sababli quyi insonlar yuksaladi.
Noma'lum kishilar mashhur bo'ladi. Qullar podushshohlar martabasiga ko'tariladi. Sen birodar mo'minsan. Tavhiding quvvat, ilming quvvat, taqvoying quvvat. Haqiqiy quvvat egasi bo'lgan Alloh Subhanah va Taoloni o'ziga suyanishligimiz lozim bo'ladi. Duo quvvatdir. Eng katta quvvat bu duodir. Yunus alayhissalom ketni qorniga tushib qoldi. Tunni zulmati, dengizni zulmati va ana shu ketni qornidagi zulmat. Uchta zulmatni ichida qolib ketdi. Najotga qutilib ketishlikka umid yo'q. Alloh taolo bu haqida xabar berib aytadi, astaydilillah. Fanada fil zulmatiy alla ilaha illa anta subhanaka inniy kontu minal volimin.
Yunusning qavmidan g'azablangan holda o'z qishlog'idan chiqib ketib, bizni uning ziyoniga hukm qilmaydi deb o'ylagan paytini, so'ng qorong'u zulmatlarda turib, hech iloh yo'q. Magar o'zing bordirsan, ey pokiparvardigor, darhaqiqat men o'z jonimga jabr qilguvchilardan bo'lib qoldim, degan paytini eslang.
Mana hech qanday qutilib ketishlikka bironta bir imkoniyat, shans yo'q. Ketni qorniga tushib dengiz tagiga kirib ketgandan keyin o'lishi kerak bir qandaydir o'ttiz qirq sekunddan. Lekin Alloh taolo bu payg'ambarni halok qilishini xohlamadi. Bu payg'ambarga ta'lim berishni, siz bilan bizga ta'lim berishingni xohladi. Bu payg'ambardan xato o'tdi. O'zini qavmini Allohning ruxsatsiz tashlab chiqib ketdi.
Bu nimani bildiradi? Allohni eng yaxshi ko'rgan bandasi Yunus alayhissalom. Bunday ulug' zotlardan, Allohga yaqin bo'lgan bandalardan xato o'tsa, Alloh Taolo tezda jazo beradi. Nima uchun? Takrorlamasin. Ammo hayotda ko'ramiz, har qancha zulm qilsa ham, tuhmat qilsa ham, bo'xton qilsa ham, odamlarni haqlarini nohaqdan tortib olsa ham, hech narsa bo'lmayotgan odamni ko'ramiz.
Ha, demak u Allohda uzoq. Agar Allohga suyukli, yaqin banda bo'lganida tezda jazosini olar edi. Endi shuncha ish uchun ham yuribdimi, yigirma yildan beri balo kelmaydi. Demak Alloh bunga muhlat beribdi. Istedroj ekan bu. Ko'tarib yerga chopish degani. Uzoqroq qo'yadi bunaqa zolimni, uzoqroq yashaydi, qattaroq tushish uchun, jazoni qattaroq olish uchun.
Pastajabina ala hu an ajjayna humina al g'om, vo kada lekin num jil muming deydi Alloh. Bas biz uni Yunusni alayhissalomni duosini mustajob qildik va uni g'am ustidan qutqardik. Biz mo'minlarga mana shunday najot beravermiz. Talhayt quvvat, ilm quvvat, duo quvvat. Birodarlar, yana bilishimiz kerak bo'lgan narsa shuki, qat'iyat ham quvvat. Qat'iyatli bo'lish ham quvvat.
Quvvatli odam bu deydi. Bir ishga kirishda qat'iyat bilan turadi, oxirigacha yetkazadi. Bir ishga kirishda ozgina mashaqqat olsa, qiyinchilik bo'lsa, bir marta, ikki marta harakat qilganda bo'lmasa to'xtatib qo'ymaydi. Qat'iyat. Demak, qat'iyat ham quvvat. Voqea hissa, ana shu arab o'lkalarda voqea bo'lgan hissa, shomda yashaydigan bir kishi o'zini farzandini azhari sharifga o'qishga yubordi.
O'g'li o'qidi, shahodatni oldi. Yurtiga qaytib kelib, bir masjidda imom bo'ldi. Ana shu minbarga chiqib qilgan birinchi xutbasi ilm haqida edi. Boyagi shu imomni otasi yoshi ellik besh ga kirgan edi. O'qishni ham, yozishni ham bilmas edi. O'g'lini imom bo'lib, odamlarga ilmni ulashayotganligini ko'rib, yig'ladi. Ta'sirlandi. Odamlar uni yig'isini ko'rib, bolasi ilmli bo'lib kelganligi uchun xursand bo'lib yig'layapti deb o'ylashdi. Lekin bu narsa uchun yig'lamagan edi. Nimaga yig'lagan edi? Ellik besh yil umri ilmsizlik bilan, savodsizlik bilan o'tganligiga pushaymon bo'lib yig'dagan edi.
Keyin nima qildi? Eshigini minib, shomdan Misrga, Azg'ar Sharifga bir oydigan masofani bosib keldi. Asqarga kirdi, o'qish yozishni o'rgandi, Qur'onni yodladi, to'qson olti yoshida vafot etdi. Ham qori edi, ham olim edi. A bizda o'ttiz ga kirdimi? Bo'ldi, uje nima qiladi? Endi bizni kallalar deydi, oliydaqa bo'lmay qo'ydi. Qunut duosini hali ham yodlamaydi. Nimani o'qiydi?
Mana, qat'iyat quvvat deyapmiz a. Osonini qo'lini ko'tarib qo'yish da. Osonim taslim bo'lish. Yana bir olimni hissasi bor, ajib. Bu olim ana shu talabalik paytida Asqar Sharifga kirib, imtihon topshirdi, o'ta olmadi. O'sha davrada, yoshligida. Keyin uyga qaytib kelib, bo'lmadi endi deb turuvdi.
Uyda o'tirsa, bir chumoliga ko'zi tushib qoldi. Haligi chumoli devorga tirmalashadi. O'n sm ko'tarildi, tushib ketadi. Yana ikkinchi marta tirmalashadi. Endi o'n besh sm ko'tarild. Yana tushib ketdi. Shunday bo'lib har safar ozgina ozgina ko'tariladi, tushib ketaveradi. Xullas, qirq uchinchi marta harakat qilganda shipga yetdi.
Haligi chumolini ishidan ibrat oldida o'zini qat'iyatsizligidan, xijolat bo'lib, shundan bir norozi bo'lib bordi. Qaytadan harakat qilib imtihon topshirdi, tinmay o'qidi, olim bo'ldi. Demak, birodarlar, qat'iyatli bo'lish, qat'iyatl quvvat. Tahdid quvvat. Ilm quvvat. Duo quvvat.
Iymon quvvat. Mutloq quvvat, bu iymon. Fir'avn. Kim edi Fir'avn? Yer yuzida yashab o'tgan eng katta zolim. Vo qola ana robbukumul a'la. Men sizlarning eng oliy Parvardigoringiz, Robbingizman degan edi, Xudo degan edi.
Men alim to'la kun min ila hing'oyri degan edi. Sizlarga meni o'zimdan boshqa bir iloh borligini bilmayman degan edi. Mana shu Fir'avnning qizi bor. Uni qizini sochini tarayotgan sartaroshi bor. Bu sartarosh ayol mo'mina edi. Fir'avnning qizini sochini tarayotib, qo'lidan tarog'i tushib ketuvdi. Yo Alloh deb yubordi.
Fir'avnning qizi, u Fir'avnning chi. Iye, hali seni meni otamdan boshqa robbing bormi? Dedi. Haligi mo'mina ayol nima dedi? Seni ham, meni ham robbim Alloh dedi. Bu qiz borib otasiga sartoroshni gapini aytib qo'ydi. Shirin nima qildi? Bu ayolni beshta bolasi bilan olib kelib, oldiga katta bir doshqozonda yog'ni quyib, qaynatib, qizdirib, aytdiki, seni mendan boshqa robbing bormi? Dedi.
Bu ayol savobi turib, seni ham, meni ham robbim Alloh dedi. Katta farzandini yo'qqa tashladi. Jozizati o'ldi. Ikkinchi marta so'radi. Seni hali mendan boshqa robbing bormi? Dedi. Boyol yana sabod bilan turib, Alloh seni ham, meni ham robbim dedi. Ikkinchi bolasini tashladi. Uchinchi bolasini t ashladi.
Xullas qo'lidagi chaqalog'i qoldi. Endi qo'lida emizeli turgan, hali tilga kirmagan emizeli chaqalog'iga navbat kelib, uni ham tashlamoqchi bo'lishdi. Beshinchi marta so'radi: seni mendan boshqa robbing bormi hali? Shunda ayol ikkilanib qoldi. Quvvati ketdi. To'rtta bolasini ko'zini oldida o'ldirdi. Ikkilanib turganida Alloh Taolo boyagi chaqalog'ni tilga kiritib qo'ydi. Ey onajon, albatta siz haq ustidadirsiz dedi.
Uni ham tashladi, bolasini ham tashladi. Shu bilan hammasini qatl qildi. Albatta bu g'alaba edi. Xira'ni g'alabasi emas edi. Mana shu mo'mina ayolning g'alabasi edi. Chunki iymon e'tiqod yo'lida ketdi. Mana shu iymonining quvvati bilan shu narsaga erishdi. Endi bu ayolga qanaqa mukofot berildi? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam meroj kechasida, meroj kechasida jannatga kirib, bir xushbo'y hidni his qilib aytdilarki, ey Jabroil, bu qanaqa hid bo'ldi?
Jabroil alayhissalom, bu Fir'avn qizining sartaroshini hidi, dedilar. Mana birodarlar, iymon quvvat. Mana endi Fir'avn qoldi. U yengdim deb o'ylayapti. Haqiqatdan yengdimi u? Mana bu dunyoda bir odamni boring umri yuz yil bo'lsin. Boring yuz ellik yil bo'lsin. Baribir o'ladimi? Baribir hayot tugaydimi?
Faraz qiling bitta odamni. Besh ming yil umr ko'rsin. Dunyoni hamma zebi ziynati uniki bo'lsin. Biron marta biron joyi og'rimasin. Dunyoning eng hashamatli imoratlarida yashasin. Eng go'zal ayollarda hammasi shuniki bo'lsin. Yer yuzining ham yo'g'i, dengiz, okeani yu, tog'i tosh oltin kumushi uniki bo'lsin! Besh ming yil yashasin. Bir sekund ham og'rimasin. Besh ming yillik huzur halovatda bo'lsin.
Endi bu besh ming yillar o'limi baribir bir kun tugaydimi? Endi abadiylikni oldida. Abadiy hayotni oldida bu besh minglik hayot nima bo'lib qoladi? Shuning uchun siz bilan biz ham sakson yil yasharmiz. Boring yuz yil yasharmimiz. Iymonimizni taqozosi bilan yashaylik. Baribir ketamiz. Zolim ham o'ladi, majlum ham o'ladi. Kofir ham o'ladi , mo'min ham o'ladi . Boy ham, kambag'al ham o'ladi! Nodomiki hamma o'larkan, bu dunyoda zolim bo'lib qolgandan ko'ra, mazlum bo'lib yashagan yaxshi.
Dunyoda boy bo'lgandan ko'ra kambag'al bo'lganingizga quvonasiz, chunki hisob kitobingiz yengil bo'ladi. Oxiratdagi bitmas tuganmas ne'matlarni oldida birodarlar, bu dunyoni huzur halovati nima degan narsa? Bu sartarosh ayol farzandlarini va hayotini boy berdi. Hayotini berib qo'ydi. Evaziga nimani qo'lga kiritdi? Jannatni va abadiy huzur halovatni, ne'matlarni.
Shuning uchun mo'min birodar, aniq bilgin, iymoning quvvat. Quvvatni mo'min Allohdan oladi. Alloh haq. U bilan birga bo'l. O'zingni xor qilma, taslim bo'lma, tushkunlikka tushma, ikkiyuzlamachilik qilma. Chunki haq so'z seni rizqingni ozaytirib qo'ymaydi, ajalingni tezlashtirib qo'ymaydi.
Rizqing ham, ajaling ham Alloh qo'lida, Alloh taqdir qilib qo'ygan haq bilan birga bo'l. Samo jabbori Alloh azza va jalla haq. Yerning jabborlari esa, odamlardan iborat, yerning jabborlari botilda. Samo jabbori yer jabborini xor qiladi. Mo'minni quvvati imom bilan. Uni bu quvvati unga izzat beradi, sharaf beradi, makonat beradi, jur'at beradi.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar al mo'minul qoviyyu xoyrun u ahab bu ila allohi minal mo'minun zoi'i. Zaif mo'mindan ko'ra, quvvatli mo'min Alloh uchun yaxshiroq va suyukliroqdir. Alloh azza va jalla o'zi yaxshi ko'rgan quvvatli mo'minlardan bo'lishimizga taqvib bergan bo'lsin.
Aquli qovli ha'da va astag'firulloh ili valakum. Innallohi va malaykati huysalluni ala nabi. Ya yu hallabina amanu sollallohu alayhi va sallam mutaslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.