# 99-dars As-Salaam (1-qism) Asma Ul Husno

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Asmoul husno](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno.md), lecture 102 of 110
- Section: As-Salom
- Duration: 18 min
- Original title: 99-DARS AS-SALAAM (1-QISM) ASMA UL HUSNO
- Review status: reviewed
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/102
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/iyP20t3o1KM.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=iyP20t3o1KM
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/101.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/103.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:01] Bismillahir rohmanir rohim. Innal hamdilillahi nahmaduhu va nastainuhu va nastofiruh. Va na'udh villahi min sururiyam fusinga. Va min sayyi'ati amalina. Man yahdihillahi falah mudiralalar, va man yug'dililgu falah hadiyalar. Mana shuhratulloh ilohi illallohu vahdahlohu la sharikala. Mana shuhratu anna muhammadan abduhu va rasuluh. Amal ba'd, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatuh. Alloh subhanahu va taoloning go'zal ismlari, asma ul husno silsiva darslaridan yangi darsimiz. Bugun birodarlar alloh taoloning assalam ismini dars qilgan bo'lamiz.

[0:47] Valillahi asma ul husna fado'uhu biha. Robbimiz subhanahu va taolo marhamat qilib aytyapti. Alloh taoloning go'zal ismlari bordir. Bas uni ular ila chorlanglar. Ana shu ismlar ila chorlang lar. U ismlar bilan Allohga duo qilinglar. Robbimizni mana shu go'zal ismlarni har bittasini o'rganar ekanmiz, maqsad nima? Eshitib, bilib, xabardor bo'lib qo'yish xolos emas. Maqsad, mana shu ismlardan o'zimizga ulush nasiba olish.

[1:22] Alloh taolo al g'ofur, kechiruvchi zot ekanmi? Demak, bizda ham kechiruvchilik sifati bo'lishi kerak. Alloh taolo al javvat, saxovatli zot ekanmi, bizda ham saxovat degan sifat bo'lishi keraks. Qaysi ismini, sifatini o'rganmaylik, biz o'zimiz uchun mana shu ismlardan, sifatlardan nasiba ulush olishimiz kerak. Va mana shu nasibani olishlik bilan Allohga yaqinlashamiz.

[1:47] Alloh taoloning assalom ismi Qur'oni Karimda bitta oyatdagina vorid bo'lgan. Hadislarda ko'p vorid bo'lgandi. Astaydu billa, hu allohun ladiy la ilaha illa huval malikul quddusus salam. Assalam. U alloh. Shunday zotdirki, hech qanday iloh yo'q. Faqat uning o'zi bordir, u podshohdir. Barcha ayb nuqsonlardan pokdir, salomaddir. Assalam. Mana oyatda assalam ismi zikr qilindi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam imomibohirida keltirilgan hadisda Abdulloh ibn Mas'uddan aytadilar fa innalloha huvas salam. Bas, albatta Alloh taoloning o'zi assalamdir. Assalom.

[2:43] Allohumma antas salom va mingkas salom. Tabarokda ya dal jalal val ikrom. Mana namozlarni o'qib bo'lganimizdan keyin salom berib turiblar, shu duoni nima qilamiz? O'qiymiz. Imom Muslimdan bu hadis. Ma'nosi, Parvardigor, sen Assalamsan. Assalam sendan. Ey buyuklik va karam egasi, sen barakotlisan. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam mana shu ismni ko'p zikr qilardilar. Aytadilarki, innna isma salam min asma illahi ta'ala fav shuhu baynakun.

[3:26] Albatta, Assalam ismi Allohnin ismlaridandir. Bas, uni oralaringizda fosh qiling, ya'ni bir biringizga ayting, yoying. Shuning uchun musulmonlarning salomlashishligi bir biri bilan, assalomu alaykum. Mana shu musulmonligimizni belgisi, boshqalardan ajratib turadigan. Musulmonlarning taxiyasi assalomu alaykun bo'ladi.

[3:51] Jannat salomatlik hovlisidir. Chunki jannatda hech qanday ayb u nuqson yo'q. Bunday kamchiliklardan jannat salomatdir. Alloh assalom. Assalom degani salomatlik degani. Salomatlik degan nima degani? Omonlik, xotirjamlik, osoyishtalik.

[4:16] Salomatlik nima degani. Ko'ringan, ko'rinmagan hamma ofatlarni yo'qligi. Ko'ringgan, ko'rinmagen aybi kamchiliklarni yo'q ligi degani. Alloh assalom. Ya'ni mana shu biz aytayotgan salomatlikni hammasi Alloh tomonidan keladi. Alloh assalom, salomatlik hammasi Alloh tomondan keladi. Allohga iqbol qilgan bandalar salomat bo'ladi dunyoda. Har qanday nuqsondan, har qanday kamchilikdan, har qanday muammodan.

[4:49] Jannatning nomlaridan bittasi Darussalom, salomatlik hovlisi. Omonlik, xotirjamlik diyori. Bu siz bilan biz yashab turgan dunyo hovlisi bir qarab chiqing da ichidagi muammolarni. Kasallik, qo'rquv, faqirlik, bezovtagarchilik, oq bo'lgan ota onasiga farzandlar, itoatsiz bo'lgan eriga ayollar, osiy to'lib yotibdi a? Jannatda birodarlar bular bo'lmaydi. Chunki Jannat Darussalom, salomatlik hovlisi. Unaqa muammolar bo'lmaydi u yerda. Shuning uchun dori salom deyiladi. Salomatlik hovlisini.

[5:38] Yana Assalom so'zini ma'nolaridan birodarlar bu taxiya, ya'ni salomlashlik. Salomlashlikni. Alloh aziz va jalloh siz bilan bizni salomatlik yo'liga da'vat qiladi. Subulus salamga. Mana aytdik, biz yashab turgan bu dunyoda muammo, mashaqqat, qiyinchilik, qo'rquv, xavotir kambag'allik yetarli. Endi Alloh Taolo mana shu muammolardan qutilishni yo'liga chaqiradi. Salomatlik yo'lga.

[6:12] Va allohu yodu ila daru salam. Robbimiz aytadi, Alloh tinchlik diyori, jannatga da'vat qilur. Allohning da'vati jannatga. Bizni ham dunyoda har tarafga da'vat qila olishadi. O'zini kompaniyasini, aksiyasini sotib olishingizga, yana nimalarga da'vat qili olishadi? Voy, har kuni da'vat qilinamiz, bilasizlarmi? Qayerdan?

[6:41] Ha, nima u da'vat? Reklama. Bizni magazinga kelishga da'vat qilamiz, da'vat demaydi da. Bizni magazinga keling, bizni tovarimizni oling, baxtli bo'lasiz. Ma'no ma'no qiling, muammolaringiz hammasi hal bo'ladi. Demak, doim bizni da'vat qilib turishadi. Odamlar. Dunyo matohiga, dunyoni lattaluttasiga. Endi Alloh ham bizni da'vat qiladi. Nimaga da'vat qilyapti biz Alloh? Alloh tinchlik diyori jannatga da'vat qiladi.

[7:15] Boshqa oyatda aytadi Alloh Taolo, istadibilla yahdiy bihillahi man itta bari rvanahu subu alayhissalam. Alloh u sababli o'zining roziligiga erishgan zotlarni salom, najot yo'llariga hidoyat qilar. Alloh siz bilan bizni jannatga da'vat qilyapti. Alloh siz bilan bizni omonlikka, salomatlikka da'vat qilyapti.

[7:43] Allohni manhajiga yursak, alal oqibat jannatga kiramiz, inshaalloh. Allohning manhaji bilan yashasak, shu dunyoni o'zida salomat bo'lamiz. Biz salomatlik haqida gapiryapmiz. Omonlik xotirjamlik haqida. Agar sen birodar, Allohni dinini mahkam tutsang, nafsing salomat bo'ladi.

[8:09] Chunki sen shunda o'zingni fitratingga mos yo'l tutgan bo'lasan. Allohni dinida turish insonning tabiatiga, fitratiga joylangan programma. Biz shu programmadan chiqib ketsak baxtsiz bo'lamiz. Shu programmaga qaytsak baxtli bo'lamiz. Qoida.

[8:33] Inson nafsining doimiy suratda, azobda, mashaqqatda qolishining sababi, inson o'zining fitratiga zid yo'l tutishligida. Inson Allohni dinida turishligi uning fitratida bor narsa. Shunga teskari ish qildimi? Tamom. Doimiy azob uqubatida qolib ketadi.

[8:56] Allohni dinidan uzoqmi? Allohni tanimaydimi? Taqvoda emasmi? Bunaqa odam doimiy suratda, nafsi ezilib yashaydi. Asablarda tarang bo'ladi. Kunida norozi bo'ladi. Siqilgan bo'ladi. Bunaqa inson hech qachon nafsiy xotirjamlikka ega bo'lmaydi. Agar sen mansabing bo'lsa, boy bo'lsang, qo'lingda quvvat bo'lsa. Yo'q. Bu o'zingni ulug'ligingni boshqalarni xorlash ustiga qurgan bo'lsang, boyligingni bosh qalarni kambag'al qilishlik evaziga qurgan bo'sang, xotirjamligingni boshchalarni qo'rqitish ustiga qurganbo'sang, hayotingni boshqalarning o'limi ustiga qurgan bossang, azizligingni boshxalarni xorhlash ustiga qurga bo'sang, sen eng baxtsiz odamsan.

[9:51] Mansabing bo'lsa ham, sog' bo'lsang ham, puling bo'lsa yam, hamma yog'ing bo'lsa ya. Chunki sen bu erishgan bu narsalaring Allohni manhajiga teskari sur'atda qo'lga kiritildi. O'zingni doim xor his qilasan, hech qachon qalbing xotirjam bo'lmaydi. Dunyoviy maishating zo'r bo'lar, ehtimol.

[10:15] Davlating katta bo'lar, e'timol. Qo'lingni qayerga uzatsang yetar, ehtimol. Shunday bo'lsa ham baribir azobi uqubatda qolasan. Chunki sen Allohni manhajidan chiqib ketding. Buni o'rniga seni asli tabiatingda bor bo'lgan dinga qaytsang, manhajni ushlasang va taqvo qilsang chi, bu yo'l seni albatta saodatga, salomatlikka olib olib boradi. Nafsing oromda bo'ladi. Atrofingdagilardan xotirjansan.

[10:49] Atrofingdagi odamlar ham sendan xotirjam. Robbing bilan bo'lgan aloqang o'rnida dunyo muammolaridan salomatsan. Alloh Taolo assalom bo'lgan zot. Siz bilan bizni salomatlikka, xotirjamlikka, omonlikka chaqiradi. U narsaga erishdik. Faqatgina Allohni dinini ushlash va unda taqvodi bo'lishligi bilan bo'ladi.

[11:16] Alloh o'zini bir bandasidan qachon rozi bo'ladi? Qachon uni yaxshi ko'radi? Qachonki banda Alloh chaqirgan subulusalomga yursa. Qaytaramiz. Qachon Alloh bir bandadan rozi bo'lardi? Qachon yaxshi ko'rad? Alloh da'vat qilgan subulusalomga shu banda yursa.

[11:39] Endi banda qachon baxtsiz bo'ladi? O'zini tabiatiga teskari yursa. Allohning subulusalomidan chiqib ketsa. Mana, dinda bo'lishlik, taqvoda bo'lishlik, shariatda turishlik, insonning tabiatida, programmasida bor narsa dedik. Shu programmasidan chiqib kessa, u baxtsiz bo'ladi. Misol.

[12:05] Baliqni suvda yashashi uning fitrati, tabiati. Asalarini havoda uchishi uning fitrati, tabiati. Kiyikni yerda yurishi, tog'da yurishi, cho'pni yeyishligi uning tabiati. Ular mana shu o'zini fitratiga teskari yo'lga yursa, albatta halok bo'ladi. Masalan, kiyikni suvga chidab qo'ydingiz ichiga cho'ktirib.

[12:32] O'ladi. Baliqni olib toqqa olib chiqib qo'ydingz. O'ladi, demak o'zini tabiiy muhitidan, fitratidan chiqib ketgandan keyin, bu hayvonlar halok bo'lgandek, inson zoti o'zini fitratida olib borib bo'lgan dindan, shariatdan chiqib kelsa, shunday halok bo'ladi. Ha yashab yuraveradi, nafas olib, yeb ichib, lekin qalbi xarob bo'lgan bo'ladi.

[12:56] Demak, Allohni manhaji bilan yashashlik, insonning fitratida, tabiatida bor narsa. Agar mana shu tabiatini buzmasa, albatta savodat topadi. Qaysi tabiatini buzsa, islomiy fitratini. Endi tabiatingizga teskari ish qildingizmi? Tamom. Azobni kutavoring o'zingizni. Masalan, tosh chaynash tishimizni tabiati emas da, to'g'rimi?

[13:23] Tosh chaynosh bizni tishimizni tabiat emas da. Nima bo'ladi chaynash ekan? Shu da, men soddaroq qilib tushuntiryapman sizlarga. Baliqni olib suvdan eng qimmatbaho oltin likopga qo'yib qo'ydingiz. Nima bo'ladi u? O'ladi u. U faqat suvda yayrardi, chunki tabiati suv edi uni. Biz ham inson zoti Allohni mani hajida turishlik tabiatimiz edi. Undan kim qancha uzoqlashsa, badbaxtligi shunchalik ko'p bo'laveradi. Va kim Allohni manhashiga kirsa va unda taqvoni mustahkam qilsa, hayotdagi baxtli bo'lishiga shunchalik ko'payib boraveradi. Dalil astaydi deylar. Faqih muvajih aka liddiniy hanifa fitratullohillateye fataronna san alayha la tabdila li xolqin la.

[14:13] Bas. Ey Muhammad alayhissalom, o'zingizni doimo to'g'ri bo'lgan dinda, islomda tuting. Alloh insonlarni yaratgan tabiiy xilqatni saqlangiz. Allohni yaratilishi o'zgartirilmas. Siz hayotingizni shu fitratga muvofiq o'tkazdingiz. Shariat bilan yashadingiz. Ayolingiz bilan muomalangiz bor. Ana shu muomalada Allohni manhajini ushlasangiz, ayolingiz bilgan baxtli bo'lasiz. Farzandlaringiz bilan muomangiz bor. Ular bilan bo'lgan muomalada shariatda tursangiz, farzandlar bilan bo'lga muomalada baxtli bo'lasiz. Tijoratdagi muomalalaringiz bor. Agar shu tijoratdaki muomalalarda shariatni ushlaydigan bo'lsangiz, tijoratingiz doim zo'r bo'ladi.

[15:04] Seni birodar, bu dunyoda saodat topishing Allohning manhajiga qanchalar amal qilishingga bog'liq. Qaytaraman. Seni birodar, bu dunyoda saodat topishing Allohni manhajiga qanchalar amal qilishingga bog'liq. Bu manhajdan chiqib ketaylashasan, shunchalar xor bo'laverasan.

[15:31] Soqolni qo'ygan, besh mahal namoz o'qiydi, do'ppi kiyib yuradi, qo'lida tasbeh bor, zikr aytadi. Zo'r musulmon, lekin savdoda yolg'on bor. Yeyotgan luqmaga shubha, xorom aralashyapti. Buni duosi ham, ibodati ham qabul bo'lmaydi. Mana. Odamlarni aksariyatini qarasa, shunaqa ahvolda. Yolg'on shunday chiqib ketadi da. Oson da.

[16:01] Aka bu kitayskiymi desa, yo'q deydi. Yolg'on da, birodar. Sen yuz marta subhanalloh deganingdan ko'ra yo'q xitoyniki deganingni savobi ko'proq bo'lardi. Sen o'n kun nafro'za tutganingdan ko'la bu xitoyniki teganingni savobi koproq bo'lardi da. Yana qaytarib aytamiz, bizni birodarlar, hayotda saodatli kun kechirishimizni asosiy sharti Allohning manhaji bilan kun kechirishim. Qanchalar mana shu manhajga yaqin kelasiz. Qanchalab taqvoda mustahkam, mustaqim bo'lasiz, dunyodagi saodatingiz shunga yarasha bo'ladi.

[16:43] Ko'rmaysizmi? G'arb odamini. Dunyo matohini hammasi uni qo'lida bor. Millionlagan, milliardlagan dollarlari bor. Lekin baxtsiz hayotda. Nima uchun? Iymonsizlikni ustiga qurilgan uni hayoti. Allohni tanishi yo'q. Ibodat yo'q. Kuniga rozi bo'lishi yo'q. Allohning manhajida turishi yo'q. O'shaning uchun eng ko'p o'zini joniga qasd qilayotganlar o'shalar.

[17:15] Demak, Allohning manhaji dini seni salomatlikka, saodatga olib boradi. Ana shu manhajdan chiqib ketib, o'z boshimchalik mana yashashliging seni ikki dunyoda baxtsiz bo'lishingga sabab bo'ladi. Aqlu qovli ha da v astau fir allohu li va lakum. Innallohu va malakatu xush sollu ala nabiy. Ya yu halladina amanu sollu alayhi vasalli mutaslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

## Quran and hadith quoted in this lecture

- [2:41] Hadith: Sahih Muslim, 591 (grade: Sahih)
  - Said in the lecture: “Assalom. Allohumma antas salom va mingkas salom. Tabarokda”
  - Arabic: اللهم أنت السلام ومنك السلام تباركت ذا الجلال والإكرام " . قال الوليد فقلت للأوزاعي كيف الاستغفار قال تقول أستغفر الله أستغفر الله
- [2:57] Hadith: Sunani Abu Dovud, 1512 (grade: Sahih (Albaniy))
  - Said in the lecture: “Imom Muslimdan bu hadis. Ma'nosi, Parvardigor, sen Assalamsan. Assalam sendan. Ey buyuklik va karam egasi, sen barakotlisan.”
  - Arabic: اللهم أنت السلام ومنك السلام تباركت يا ذا الجلال والإكرام
- [3:12] Hadith: Sunani Ibn Moja, 68 (grade: Sahih (Albaniy))
  - Said in the lecture: “Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam mana shu ismni ko'p zikr qilardilar. Aytadilarki, innna isma salam min asma illahi ta'ala fav shuhu baynakun. Albatta, Assalam ismi Allohnin ismlaridandir. Bas, uni oralaringizda fosh qiling, ya'ni bir biringizga ayting, yoying.”
  - Arabic: والذي نفسي بيده لا تدخلوا الجنة حتى تؤمنوا ولا تؤمنوا حتى تحابوا أولا أدلكم على شىء إذا فعلتموه تحاببتم أفشوا السلام بينكم
- [14:04] Quran Ar-Room 30:30
  - Said in the lecture: “Faqih muvajih aka liddiniy hanifa fitratullohillateye fataronna san alayha la tabdila li xolqin”
  - Arabic: فَأَقِمْ وَجْهَكَ لِلدِّينِ حَنِيفًۭا ۚ فِطْرَتَ ٱللَّهِ ٱلَّتِى فَطَرَ ٱلنَّاسَ عَلَيْهَا ۚ لَا تَبْدِيلَ لِخَلْقِ ٱللَّهِ ۚ ذَٰلِكَ ٱلدِّينُ ٱلْقَيِّمُ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ
  - Uzbek translation: Bas, sen haqqa moyil boʻlib, dinga yuz tut. Bu Alloh odamlarni yaratgan asil tabiatdir. Allohning yaratganini oʻzgartirib boʻlmas. Ushbu toʻgʻri dindir. Lekin odamlarning koʻpi bilmaslar. (Mushrik, kofir va boshqalar havoyi nafsga ergashib, oʻzlarinikini maʼqullayveradi, ularning barini eʼtiborsiz qoldirib, haq dinga yuzlan. Alloh odamlarning asil tabiatlariga Islomni, yagona Allohga iymon keltirishni joylagan. Allohga shirk keltirish esa, insonning asil tabiatiga zid boʻlib, ilmsizlik va havoyi nafsga ergashish oqibatida paydo boʻladi.)

## Self-check quiz

Generated automatically from the lecture; not reviewed by a person.

1. Ustoz jannatning "Darussalom" deb atalishining asosiy sababi nima ekanini qanday izohlaydi?
   - a) Jannatda vaqt tushunchasi mavjud emasligi
   - b) Jannatda hech qanday ayb, nuqson va kamchilik yo'qligi — correct
   - c) Jannatda faqat o'ziga xos mevalar o'sishi
   - d) Jannatda odamlar bir-biri bilan muloqot qilmagani
   - Why: Darsda jannat salomatlik hovlisi deb atalishi uning ichida hech qanday ayb yoki nuqson bo'lmasligi bilan bog'lanadi. [3:51–4:15]

2. Ustoz insonning doimiy azob va mashaqqatda qolishining asosiy sababi nima ekanini qanday izohlaydi?
   - a) Dunyoviy boylikka ega bo'lish
   - b) Nafsiy xotirjamlikni izlash
   - c) Allohning dinini bilmaslik
   - d) O'z fitratiga zid yo'l tutish — correct
   - Why: Ustoz inson nafsining doimiy azobda qolishining sababi uning o'z fitratiga zid yo'l tutishligida ekanini ta'kidlaydi. [8:33–8:54]

3. Ustoz insonning baxtsizlikka tushishining asosiy sababi nima ekanini qanday izohlaydi?
   - a) Allohning subulusalomidan chiqib ketish — correct
   - b) Atrof-muhitning salohiyatsizligi
   - c) Dunyoviy maishatning yetishmasligi
   - d) Jismoniy salomatlikning yo'qolishi
   - Why: Darsda ta'kidlanishicha, banda o'z tabiatiga teskari yursa va Allohning subulusalomidan chiqib ketsa, u baxtsiz bo'ladi. [11:39–12:03]

4. Ustoz insonning Allohning yaratgan tabiiy xilqatini o'zgartirmaslikni talab qiluvchi ayoyatni qanday izohlaydi?
   - a) Inson xohlaganidek o'zgartirishi mumkin
   - b) Faqat ilmiy kashfiyotlar o'zgartiradi
   - c) Allohning yaratilishi o'zgartirilmas — correct
   - d) Tabiat vaqtda o'zi o'zgarib boradi
   - Why: Ustoz Allohning insonlarni yaratgan tabiiy xilqatini saqlashni buyurishini va Allohning yaratilishining o'zgartirilmasligini ta'kidlaydi. [14:13–15:01]

5. Ustoz ibodat qiluvchi, lekin savdoda yolg'on aytaotgan kishining holati haqida qanday fikr bildiradi?
   - a) Uning yolg'oni ibodatidan ko'ra kichik gunoh
   - b) Uning duosi va ibodati qabul bo'lmaydi — correct
   - c) Uning holati faqat dunyoviy muvaffaqiyatga ta'sir qiladi
   - d) Uning ibodati eng ko'p savob beradi
   - Why: Darsda ustoz shunday kishining yeyotgan luqmaga shubha aralashgani uchun duosi ham, ibodati ham qabul bo'lmaydi degan. [15:31–15:59]
