# 104-dars Al- Qudduus (2/4) Asma-Ul Husno

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Asmoul husno](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno.md), lecture 107 of 110
- Section: Al-Quddus
- Duration: 24 min
- Original title: 104-DARS AL- QUDDUUS (2/4) ASMA-UL HUSNO
- Review status: reviewed
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/107
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/oYsJta3eW5g.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=oYsJta3eW5g
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/106.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/108.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:02] Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi nahmatuhu onas ta'inuhu onas taofuru. Va na'udhu billahi min shu'ruri yonfusinga va min sayyi ati amalinga. Man yahdihillahi falah mudir lala va man yudililgu falah hadiyala. Va na shadu alla ilohi illallohu vahdahlala sharikala.

[0:32] Onashadi anna muhammadan abduhi va rasuluh, ammabad. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'l va barakati. Alloh subhanah va taoloning go'zal ismlaridan al quddus ismini suhbat qilayotgan edik. Davom etamiz. Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari musulmonlarning hayotida tadbiq bo'ladigan bo'lsa, u musulmonlar Allohninng azobidan omon bo'lishadi. Ana shu azobdan qutilishni bitta yo'li, nabiye sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga amal qilish. Alloh taolo marhamat qilib aytadi astaydu billah. Voma aka an allohu li va al dhi bahum va antofixin. Ey Muhammad alayhissalom, modomiki siz ularning orasida turarkansiz, Alloh ularni azoblamaydi. Ya'ni, Rasululloh tirik zamonlarida, sahobalarni orasida Rasululloh bor ekanlar, Allohning balosi kelmaydi. Xo'p, u o'sha zamoni saodati uchun shunaqa edi. Endi mana hozir Rasululloh yo'qlar. Vafot etganlar. Endi nima bo'ladi? Qaytaraman. Nabiy sollallohu alayhi vasallam tirik paytlarida, Rasulullohning zamoni saodatida Allohni azobi kelmas edi ekan ummatga. Endi o'tib ketgandan keyinchi? Ummatni ahvoli qanday bo'ladi?

[1:49] Alloh Taolo aytadigani bu yerda, va makana allohu liyo dhibahum. Alloh ularni azoblamaydi. Agar nima bo'lsa, ey Muhammad ali assalom, agar ummatingizni hayotida, ishida, safarida, muomalasida, oldi sotqisida, yurish turishida, sizning sunnatingizni tadbiq qilishsa, ularga azob kelmaydi.

[2:12] Ya'ni. Bizni ishimizda rasulullohni turishligi, u jismoniy turish emas, fizicheskiy turish emas. U zotning sunnati turgan bo'lsa, demak rasululloh biz bilan turgan bo'ladilar. Kim sunnatga amal qilsa, demak rasululla uning yonida, u bilan birga, demak unga azob kelmaydi. G'oyatni davomida aytyapti, voma akan allohu ma'addiy baxum va hum yasag'uf yurum.

[2:36] Siz tirik paytingizda azob kelmas edi, siz ular bilan birga edingiz. Endi sizni sunnatingizga amal qilib turishsa, keyingi davrda yashagan musulmonlar azob kelmaydi. Va ular istig'for aytib, mag'firot so'rab turgan hollarida ham alloh ularni azoblamaydi. Rasululloh yo'qlar, bizga ikkita narsa qolyapti. U zotning sunnatiga amal qilish, orqasidan istig'for aitish. Istiqfol aytib turar ekanmiz, Parvardigorimizdan qilgan gunohlarimizga kechirim so'rab tavba qilib turar ekanmiz, inshaalloh bizni ham ustimizda ana shu balo degan xavfi bo'lmaydi. Sunnatni mahkamni ushlashlik va istiqbol aytishlik.

[3:18] Agar sunnatni ushamasak, Alloh azza va jaliga istiqbol aymaydigan bo'lsak, ustimizga azob kelib qolishlik xavfi bor. Al Quddus. Attaqdiz. Attaqdiz degani birodarlar bu tavhid. Tavhid Allohni yakkalash. Zotida, sifatlarida, fe'llarida.

[3:42] Lay saka mithlihi shay'un. Allohga o'xshash biron narsa yo'q. Biron narsa u Zotga o'xshab emasdir. Shuning uchun Alloh subhanahu va taoloning zoti haqida so'z ketganida, bizni e'tiqodimiz, Moturidiy aqidasini e'tiqodi, tafviz. Nima degani? O'zi biladi deyish. Allohni o'ziga nima qilish? Havola qilish, Allohni o'zigaga topshirishlik. Alloh qayerda? Alloh arshga iste'fo qildi, qanday bo'ladi? Qur'onda Allohni yuzi, qo'li, joni debdi. Hadislarda Alloh kuladi debdi. Hadisllarda Alloh Taoloning ikkita qo'li bor debdi. Ikkala qo'li ham o'ng qo'l ekan. Alloh Taoloning ikkita barmog'i debdi. Jahannamni oyog'i bilan ezadi debdi. Mana shu Alloh Taoloning zotiga tegishli so'zlari aytilganda, bizning e'tiqodimiz tafviz. Alloh o'zi biladi. O'sha narsalarda bor dedimi Alloh? Tamom, bor. Qo'li bor dedimi? Qo'li bor. Oyog'i bilani ezadi dedimi? Ezadi. Inkor qilmaymiz, chunki oyatda hadisda turibdi. Endi tafsilotini qanaqaligini kavlamaymiz, so'rab surishtirmaymiz. Kelishdik a? Bizni aqidamizda Alloh o'zi biladi.

[5:01] Oyat hadislarni o'qib, ustidan tushungan zohiriy ma'nosini ushlab olib, odamlarni orasida muammo qilmaymiz. Demak, Allohga o'xshash biror narsa yo'q. At taqtis, poklash, nafiy qilish, isbot qilish. Mana biz La ilaha illalloh deymiz. Bu ham nafiy qilish, inkor qilish, ham isbotlash, tasdiqlash. La ilaha dedik. Iloh yo'q dedik. Bu nafiy qilishi. Orqasidan isbotladik, faqat Alloh bor. Demak, La ilaha illallohni deganimizda, biz Allohni poklayapmiz.

[5:44] Alloh taologa loyiq bo'lmagan har qanday narsadan Allohni poklaymiz. Masalan biz Alloh pok deymiz. Ijmoniy suratda. Mujmal suratda. Nima degani? Masalan, bir odamni falonchi yaxshi odam desangiz, bu mujmal maqtash bo'ladi. Yaxshi odam. Endi ta'riflab ketdingiz, yolg'on gapirmaydi, saxovatli, ahdida turadi desangiz, bu tafsiliy maqtash bo'ldi. Ahmad yaxshi odam. Bo'ldi. Bu mujmalmoqdash.

[6:18] Endi sifatlarini aytishlik bu tafsiliy moqdash. Alloh taoloni moqdayotganimizda biz mujmalmoqdaymiz. Alloh pok. Allohni pokligini aytamiz, Alloh pok. U anaqa emas, manaqa emas, bunaqa emas deyilmaydi. Alloh pok ijmonli suratda. Ana shu tafsilotlari aytilmaydi. Har qanday ayb uni husnidan pok, tamom.

[6:43] Ammo Alloh Taoloni yaxshi sifatlarini aytayotgan paytimizda, tafsilotini aytamiz. Alloh mehribon, Alloh rahmli, Alloh kechiruvchi, Kabirul muta'al. Poklaganimizda mujmal poklaymiz, Alloh pok deymiz. Ammo maqtovli sifatlarini aytingimizda, tafsili.

[7:07] Shuning uchun biz Alloh Taoloni Al Quddus deganimizda ma'nosi har qanday aybini husondan Alloh Taolo pok deganimiz bo'ladi. Qanaqa ayb bo'lmasin, Alloh undan pok. Sog'lom qalb, sog'lom qolb, Alloh xohlamagan ishlarni, Alloh rozi bo'lmaydigan shahvatlarni xohlamaydi. Sog'lom qurolb, Allohning vahisiga teskari bo'lgan xabarlarga ishonmaydi, ularni tasdiqlamaydi.

[7:38] Inson o'zini zotida pokligini yaxshi ko'radi. Masalan, kiyimimiz pok bo'lishini xohlaymiz. Uyimiz, mashinamiz, xullas hamma yog'imiz. Chunki odamlarning ko'zi tushadigan joyda u. Odamlarning ko'si tushadigan joy mana shu kiyimimiz, mashinamimiz, uy joyimiz. Lekin Alloh Taoloning nazari tushadigan joy bu qalb.

[8:02] Alloh Taolo hadis quddusida aytadi. Ya abdiy, tohir ta manzaral xalqi seniyin. Ey bandam, odamlarni xaloyiqmi nazari tushadigan o'rinlarni tozalading. Afalaa tohir ta manzari san'atan. Endi meni nazarim tushadigan joyini bir soat bo'lsa ham tozaladingmi?

[8:24] Kelinglar mehmonlar kelib, tozalab yuboringlar bir pastdan buyoqqa. Nima muammosi? Xunuk ko'rinmasin. Komissiya kelar ekan. Kelinglar, aynanglarni nima qilib yuboraylik? Otvorar. Bizni uy joyimizni, kiyim boshimizni, mashinamizni odamlar ko'radi. O'shaning uchun toza tushishga harakat qilamiz. Endi Alloh azza va jallarning nazari tushadigan joyi qayer ekan? Qalb ekan. Qalbimizni ham Alloh uchun poklayapmizmi, yo'qmi?

[8:52] Innallohu alayhi yanturinglar, suva alaykum va amma alaykum. Alloh sizlarni suratinglarga, pulingizga, boyligingizga qaramaydi. Va lekin yanturu ila qulubikum va amalikum. Alloh sizlarning qalblaringizga va amallaringizga qaraydi. Tashqi ko'rinishi zo'r bo'lishi mumkin. Soqol qo'ygan, sunnatga muvofiq kiyingan, atirlarni sepgan. Tashqi ko'rinishi zo'r bo'lishi mumkin. Lekin undan muhimroq joyi insonning qalbi.

[9:22] Shuning uchun ham Alloh Taolo Qur'onda aytadi: istaydu billah, ya'u malayam faun ma'lum vala banun illa man atalloha biqolbin salim. Hammamiz o'sha qiyomat kuniga boramiz. Albatta boramiz. Unga ishonamizmi, inkor qilamizmi, farqsiz. Chunki mo'min ham, kofir ham baribir o'ladi da. Uni o'lishligi Alloh Taoloni qo'lida, qabridan tirilishi ham Alloh Taoloni ixtiyorida. Bu yoqqa bu yoqqa hech narsa qila olmaymiz.

[9:51] Alloh aytadi, u kunda, qiyomat kunidan, na molu davlat va na balo chaqa foyda bermaydi. Magar Alloh huzuriga toza dil bilan kelgan kishilargagina mana shu narsasi foyda beradi. Sog'lom qalb. Eh, menchi, bunaqa yurganim bilan matim toza. Qalbim toza.

[10:15] Men namoz o'qimaganim bilan, ariq ichganim bilan zato matim toza meni deydi. Bu da'vo bu quruq. Sog'lom qalb, toza qalb qanaqa bo'ladi? Alloh rozi bo'lmagan shahvatlarni xohlamaydi. Allohni vahisiga teskari bo'lgan so'zlarni tasdiqlamaydi. Allohdan o'zgaga ibodat qilmaydi. Hayotini shariatni ustiga quradi. Mana shu odamni qalbi pokiza odam deyiladi.

[10:44] Odamlar bor, yangi ish boshlaydi, tijorat qiladi, muomalaga kirishadi. Shariatga murojaat qilmaydi. O'zi xohlagandek boshlab bitirib, endi shariatga qaramasdan, o'zi xohlaganqa ish qilgandan keyin, albatta muammoga kiradi. Ikkita sherik bo'lsin, yo bir odam pul olib ishlatayotgan bo'lsin, boshida shariat bo'yicha boshlaganida muammo chiqmas edi. Yo'q, o'zi oshimchalik bilan qilib oldi, o'zini aqliga toza qalbiga ishonib, keyin muammoga kirsa, shariatga keladi hal qilib bering deb. O'zi seni muammoing shariatga kelmaganligingda edi. Shariatga kelmadingmi, muammo chiqishi aniq edi. Endi yechib bering deb, shariatga kelardi.

[11:26] Endi shariat bilan yechilsa, uni foydasiga, bo'lishiga ahli yetsa keladi u ham yana. Agar uni zarariga bo'lib qoladigan bo'lsa, kemanglar qo'yadi. Bunaqa odam qalbimni pokiza demasin. Yaqinda bir shunaqa bir savol bilan keldi ukalar, otasiga rahmat. Xullas o'rtada yaxshigina katta pul. Ikkita odam sherik bo'lgan, mojaro bo'lyapti. Ikki oy ham aytyapti, domla deyapti. Kimga o'tib ketishi pul muhim emas deyapti. Muhimi Alloh aytgani qilib bo'lsin deyapti.

[12:00] Shunaqa bir pokoleniya, tarbiya topibdi bizni ishimizda. Muhim emas kimga hal bo'ladi deyapti. Muximi Alloh aytgani bo'lsin deydi. Chunki ikkalasi ham biladi, Alloh aytganiga amal qilsa, zarar ko'rsa ham rozi bo'lsa, Alloh boshqa tomondan beradi. G'arbda yashayotgan bir musulmon oilani tasavvur qiling. Besh yil, o'n yil yashadi. G'arbdayashaydi, musulmon. Ajrashish kerak.

[12:24] Ayol nima qiladi? Agar shar'iy qoziga borib ajrashaman desa, erini mulkidan hech narsa berilmaydi unga. Ammo ana shu G'arbni dunyoviy qonuniga borib murojaat qilsa, erini yarim mulkini unga hukm qilib beradi. Ana. Ana, pokiza qalb egasi Alloh aytgan tomonga yuradi. Unga foyda bo'ladimi, zarar bo'ladimi, muhim emas unga. Muhimi Alloh aytgani bo'lsin.

[12:56] Pokiza qalb egasi. Ollohni norozi qiladigan ishlarga bormaydi. Vahiyga teskari yurmaydi. Hayotini shariat hukmlarini ustiga quradi. Alloh taolo aytyapti, u kunda na mol u davlat va na bolachaqa foyda bermaydi. Magar Ollohni huzuriga toza dil bilan kirgan kishilargagina mana shu narsasi foyda qiladi.

[13:21] Insoniy komil sifatlar bor. Insonlardagi komil sifatlar, rostgo'ylik, omonatdorlik, adolat, mehr shafqat. Bu yaxshi sifatlar. Lekin Alloh taolo insoniy komil sifatlardan ham qok. Biz aytayotgan sifatlar insonlarga xos, insonlar ham adolatli, rahm shafqatli kechiruvchi bo'ladi, lekin Alloh taolo mana shunga o'xshagan insoniy sifatdan oliy.

[13:50] Nima degani bu? Nima Alloh adolatli emasmi? Alloh rahm shafqatli emasmi. Ha, rahm shafqati. Odamlar haqida aytamiz. Bu adolatli qozi deymiz. Mehribonlik haqida gap ketganda, onadek mehribon deydi. G'amxo'rlik haqida gapirsa, otadek mehriboni, g'amxo'ri deydi. Demak, qozi adolatli qozir, mehribon ona, g'amxo'da ota. Bu insonlarda bor bo'lgan yaxshi komil sifatlar. Ammo Alloh bunday insoniy sifatlardan pok.

[14:28] Biz Allohni adolatli deganimizda, adolatli qozidek adolatli demaymiz. Alloh taoloni g'amxo'r deganimizda, otadek g'amxo'l demaymiz.alloh taoloni mehribon deganda, onadek mehribon demaymiz. Chunki bu qozi, ota va ona inson. Bularning sifatlari ham insoniy va bu nuqsonli.

[14:54] O'sha adolatli degan qozingiz mingta hukm chiqargan bo'lsa, shundan o'n tasi adolatsiz bo'lib qolgan. Lekin katta qismida adolat qilganligi uchun adolatli devoramiz. Onani mehribon deganda, ba'zida mehri kamib ham qoladi, ko'ngli sovub qoladi borasidan. Ota ham shunaqa. Shuning uchun insoniy, komil bo'lgan sifatlardan ham Alloh pok. Chunki Alloh mukammal adolat egasi, mukammal rahm shafqat va g'amxo'rlik egasi.

[15:24] Alloh taoloning intiqom oluvchi ekanligi ma'lum. Alloh muntahin, intiqom oladi. Intiqom olish deganda biz bir ma'noni tushunamiz. Biroz sizga zulm qildi, siz o'sha zulm qilganga borib turib, javobini shunga yarasha bersangiz, siz imtihon olgan bo'lasiz. Qasos olgan bo'lasriz. Al Muntakim imtihon oluvchi, Alloh Taoloning ismlaridan. Endi, Alloh Taoloni Muntakim imtiqom oluvchi deyilganida, jabborlarni, zolimlarni o'zini o'z o'rniga qo'yib qo'yishlik tushuniladi. Haddiga keltirib qo'yilishlik tushuniniladi. Va mana shu zolimlardan imtihon olishligi bilan insonlar rohatlanadi. Yana shu zolim, jabbor, tog'iy bo'lgan odamni Alloh Taolo imtihon olib jazolasa, odamlar nima qiladi? Rohatlanadi.

[16:18] Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning yonidan bir janozani olib o'tishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alalayhi vasallam aytdilar mustarihun va mustarohun minhun. Sahobalar so'rashdi. Mustarixun nima? Mustoroxun nima? Payg'ambarimiz aytdilar, mo'min banda vafot etib, dunyoning qiyinchiligi va aziyatlaridan qutulib rohat oluvchidir. Mustarixun. Mo'min o'lsa, dunyoni mashaqqatlaridan qutiladi, rohatlanadi. Endi mustoroxun nma? Fojir banda vafot etsa, bandalar qutuladi undan. Yurtlar qutuladi undan. Daraxtlar, hayvonlar, hasharotlar uning aziyatidan rohatlanadi.

[17:08] Bitta odam o'lib turib rohatlanyapti, dunyodan chiqib ketib, qutulib aziyatlaridan. Ikkinchi odam o'lsa, dunyo undan qutulyapti. Intiqom olish. Masalan, Ahmadga birov zulm qildi, tajovuz qildi. Uni intiqom oanishga haqqi bor. Yana avf qilib qo'yish imkoniyati ham bor. Qasos olish va avf qilish. Qaysi yo'lni tutishligi ahamiyati uchun komilroq bo'ladi? Intiqom olishimi, avf qilishimi?

[17:40] Ikkala varianti turganida avf qilib qoyishi ustunroq bo'lardi. Qasos olmasdan avf qilish rahmatga yaqin bo'ladi. Qarang, o'zini haqqini shariat bo'yicha olgan bo'lsa ham, baribir odamlar avf qilib qo'ygan yaxshi edi deydi. To'g'rimi? Ammo Alloh Taoloning intiqomi haqida gapirilsa, Alloh Taoloning imtihon olishi ayni rahmat bo'ladi. Kimga? Mazlumlarga. Boyagi zolimdan Alloh imtihon oldimi, jabborni jazosini berdimi, bir musibatga baloga uchratdimi? Mana shu uchratganligi rahmat. Kimga? Mazlumlarga qolgan xaloyiqqa. Tog'iylarda jabborlardan intiqom olib, xaloyiqni ulardan qutqaradi, rohatlantiradi.

[18:33] Insonning Alloh azza va jalla haqidagi ilmi komil emas, mutloq emas. Chunki inson Alloh taoloning qanday ekanligini, zotini bilishi mumkin emas. Alloh haqida har qancha ko'p bilmang, bu ilmingiz nuqsonli bo'laveradi. Chunki Allohni tanishlik Alloh taoloning o'zi bilan bo'ladi. Hatto mana shu maxluqotlar haqidagi ilmni eng bilimdoni bo'lgan Muhammad Mustafa sollallohu alayhi vasallamning ham Alloh haqidagi ilmi mutloq emas, nisbiy, nuqsonli.

[19:09] Biz Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga iqbol qilarkanmiz, u zotni hayotini o'qib o'rganib, sunnatlariga kirisharkanmiz, u zot haqida yangi bir narsani kashf qilib boraveramiz va avvalgi holatimizdan hayo qilamiz. Nima degani? Men Payg'ambarimizni tanimas ekanman shu paytgacha. Xuddi shunga o'xshagandek, Alloh taolo haqida qancha bilimingiz ko'paygan sari, men Allohni tanimas ekanman deyishingiz ham ko'payib boradi.

[19:40] Bilimingiz ko'targan sari, bilimsizligingiz ma'lum bo'laveradi. Bir boy odamni tasavvur qiling, bir milliard puli bor deb o'ylardingiz, sizni qalbingizda unga nisbatan bir haybat, hurmat bor edi. Keyin bilsangiz, yuz milliard puli bor ekan. Endi bu hurmatingiz nima bo'ladi? Yana ham ziyodalashadimi? Siz Alloh Taolo haqida ozgina ilmingiz bor edi, shu ilm bilan Allohni ulug'lab, Allohda qo'rqib, Allohni yaxshi ko'rar edingiz. Endi bu ilmingiz ko'paygan sari, Allohda qo'rqishingiz, Allohda umid qilishingiz, Allohga suyanishingiz yana ziyoda bo'lib boradi. Shuning uchun innama yaxshi allohi, meni ibadi hil ulama. Alloh Taolo Qur'onda shunday deydi. Albatta, bandalar orasida Allohda olim bandalar ko'proq qo'rqadi. Chunki qancha yaxshi tanisangiz, shuncha qo'rqishligingiz ziyoda bo'ladi. Shuning uchun Allohni yaxshi tanigan banda rizq faqat Allohda ekanligini biladi. Hamma ish Allohning qo'lida ekanligini biladi. Shu bilan u saodatli bo'ladi, boshqalar emas.

[20:55] Allohni tanigani sari, qalbida xotirjamlik, saodat shu'ri paydo bo'ladi. Alloh Taoloning ma'rifati dinning asli. Alloh eng buyuk zot. Allohu akbar. Bu kunday ravshan. Agar chuqurroq o'ylanib ko'rsangiz, nimani topasiz?

[21:21] Alloh sen o'ylagandan ko'ra ulug'roqligini. Alloh sen u haqida bilgan narsadan ko'ra ulug'dor. Allohni ma'rifati insonda ko'paygan sari, uni aqli lol qoladi. Lol qolib, Allohu akbar deyishdan boshqa so'zi qolmaydi. Subhanalloh deyishdan boshqa. Alloh inson zotida bor bo'ladigan komil sifatlardan ham pok ekanmi?

[21:49] Insonda bor bo'lgan nuqsonli sifatlardan erta qachon pok. Aytdik mana, mehribon ona, g'amxo'r ota, adolatli qozi. Mehribonlik deganda ona tasavvur qilinadi. G'amxo'rlik deganda ota tasavvur qilinadi. Endi Alloh Taoloni otadek g'amxo'r, onadek mehribon deb bo'lmaydi. Chunki onani mehribonligi ham nuqsonli bo'ladi. Otani g'amxo'riligi ham nuqsonli bo'ladi. Shuning uchun aytyapmiz. Alloh Taolo insonlarda bor komil sifatlardan ham pok ekanmi? Endi erta qachon insondagi nuqsonli sifatlardan pok bo'ladi. Voleyllahi ila asna ul husna fadoahub beha. Alloh taoloning go'zal ismlari bordir, bas uni ular ila chorlanglar. Demak, Allohning ma'rifati, Allohni tanish bu dinning asli. Agar siz Allohni tanisangiz, buyruqchi bo'lgan Allohni tanisiz, uni buyrug'ini bajarishda, toatta ixlosli bo'lasiz, muhabbatli bo'lasiz. Ammo Allohni o'zini tanimasangiz u, faqat buyruqlarini eshitgan, tanigan bo'lsangiz, Allohning buyruqlarini bajarishdan qochishda, hiyla qilishda ustasi faren bo'lib ketasiz.

[23:08] Shuning uchun siz shariatda aytilingan buyruqlarni o'rganishdan avval Allohni kimligini tanishga harakat qiling. Bu buyruqlarnini kim buyrug'ganligini bilsangiz, buyruqchi uni tanisangiz, buyrug'iga intilib, muhabbat bilan yondashasiz. Agar Allohni tanimasdan ibodatga kirishadigan bo'lsangiz, amalga kirishsangiz, siz amallarda qochishlikda usta bo'lib ketib qolasiz.

[23:33] Shuning uchun, birodarlar, Allohda bandalar orasida ko'proq kim bor ekan? Olim bandalari. Mana o'tirib, hozir Alloh taoloni Al Quddus ismini o'rganyapmiz. Alloh haqidagi ilmimiz ozgina ziyoda bo'ldi. Bildik, Alloh Taoloni onadek mehribon, otadek g'amxo'r deb bo'lmas ekan. Bildik, shu ilm shu. Onangdan ham mehribon, otingdan ham g'amxo'rd. Alloh senga shunday mehribonki, sen tasavvur ham qila olmaysan. Alloh sen haqingda shunday g'amxo'orki, tasavvur ham qula olmaysan. Seni ishing subhanalloh deyishlik.

[24:11] Aqul qovli hada va astag'firullohi li valakum. Inna alloh va malakati quysalluni ala nabiy, ya yuhalladina amaru sollu alayhi va sallimu taslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh.

## Quran and hadith quoted in this lecture

- [9:28] Quran Ash-Shu'araa 26:89
  - Said in the lecture: “vala banun illa man atalloha biqolbin salim.”
  - Arabic: إِلَّا مَنْ أَتَى ٱللَّهَ بِقَلْبٍۢ سَلِيمٍۢ
  - Uzbek translation: Magar kim Alloh huzuriga toza qalb ila kelar, (oʻsha manfaat topar).
- [16:36] Hadith: Sahih Muslim, 950 (grade: Sahih)
  - Said in the lecture: “Payg'ambarimiz aytdilar, mo'min banda vafot etib, dunyoning qiyinchiligi va aziyatlaridan qutulib rohat oluvchidir. Mustarixun. Mo'min o'lsa, dunyoni mashaqqatlaridan qutiladi, rohatlanadi.”
  - Arabic: يستريح من أذى الدنيا ونصبها إلى رحمة الله

## Self-check quiz

Generated automatically from the lecture; not reviewed by a person.

1. Ustozga ko'ra, Alloh Taoloni poklash (tanzih) va maqtash (tasbih) o'rtasidagi asosiy farq nima?
   - a) Poklashda tafsiliy, maqtashda mujmal sifatlar aytiladi
   - b) Ikkalasi ham faqat tafsiliy shaklda aytiladi
   - c) Ikkalasi ham faqat mujmal shaklda aytiladi
   - d) Poklashda mujmal, maqtashda tafsiliy sifatlar aytiladi — correct
   - Why: Darsda Allohni poklaganimizda mujmal (umumiy) shaklda, ammo yaxshi sifatlarini aytaganimizda tafsiliy (tushuntirib) shaklda aytishimiz ta'kidlangan. [6:43–7:04]

2. Ustozga ko'ra, qiyomat kunida insonning Alloh huzuriga toza dil bilan kelishi uchun qalbining sog'lom bo'lishi nimadan iborat?
   - a) Mol-davlati va boylikning ko'pligi
   - b) Tashqi ko'rinishi va kiyimi zo'r bo'lishi
   - c) Shariatga murojaat qilmasdan o'zi hal qilishi
   - d) Alloh rozi bo'lmagan shahvatlarni xohlamaslik — correct
   - Why: Darsda ustoz sog'lom qalb Alloh rozi bo'lmagan shahvatlarni xohlamaslik va shariatga rioya qilish bilan bog'liq ekanini ta'kidladi. [10:15–10:42]

3. Ustozga ko'ra, Alloh Taolo insoniy komil sifatlardan (adolat, mehribonlik) nima sababli pokdir?
   - a) Chunki Alloh faqat g'azabli va qattiqqo'l
   - b) Chunki insoniy sifatlardan foydalanish haramdir
   - c) Chunki insoniy sifatlarda nuqson va kamchilik bor — correct
   - d) Chunki Alloh insonlarga o'xshash xohishlarga ega
   - Why: Darsda Allohning adolat va mehribonligi insonlardagidek nuqsonli emas, balki mukammal ekanligi va insoniy sifatlarda kamchiliklar borligi ta'kidlangan. [14:28–14:52]

4. Ustozga ko'ra, Alloh Taoloning zolimlardan intiqom olishi kimlarga rahmat hisoblanadi?
   - a) Mazlumlarga va qolgan xaloyiqqa — correct
   - b) Zolimlarning o'zlariga
   - c) Faqat mo'min bandalarga
   - d) Barcha insonlarga teng ravishda
   - Why: Darsda Allohning zolimlardan intiqom olishi mazlumlarni va qolgan xaloyiqni ularning aziyatidan qutqarishi sababli rahmat ekanligi ta'kidlangan. [17:40–18:31]

5. Ustozga ko'ra, shariat buyruqlarini o'rganishdan oldin avval nima qilish lozim?
   - a) Allohning kim ekanligini tanishga harakat qilish — correct
   - b) Ibadatni tezroq boshlash
   - c) Amallarni ko'paytirish
   - d) Qonunlarni yod olish
   - Why: Darsda shariat buyruqlarini o'rganishdan avval Allohning kimligini tanishga harakat qilish kerakligi ta'kidlangan. [23:08–23:32]
