MMaviza
Daʼvatda Asmoul husnoning oʻrniTekshirilgan31 daq

2-Dars Davatda Asma-ul-Husnaaning o'rni (Asma-ul-Husna) 2020

Abdulloh Domla · Asmoul husno

0:00
30:54
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillah robbil amin. Vassalotu vassalama ala saidina muhammad as sodiqul va'dil amin. Allohimma la ilmala na ilm, ma'lam ta na innaka ta la alimul hakim. Allohimma al im na ma ya'm far'una va far'na bi ma'lam ta na vasid na ilma. G'orin al haqqa haqqon orzuqnatiba, g'orin al ba'tila ba'tilan orzuqnatjdina ba. Hoja allamin min yastami un al qovla fayattabi un a husana, va adhixin la bi rahmatiki fiya ibodaka solihin. Ummabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lu va barakatuh.

Bismillahir rohmanir rohim. Asmaullohir rohmasna. Alloh azza va jallaning go'zal ismlari va sifatlari haqidagi darsimizni bugun ikkinchisi. Islomdagi to'rtta maydon. Bir kishini islomi go'zal, islomi komil bo'lishligi uchun to'rtta maydonda u komil bo'lishlik kerak. Aqida maydoni, ibodat maydoni, muomalar maydoni va xulq axloq maydoni.

Birinchi maydon aqida va u eng muhim va xatarli bo'lgan maydon. Aqida shunday bir nozik narsaki, agar aqida tuzalsa, kishini hamma yog'i tuzaladi hayotda. Agar aqidasi buziladigan bo'lsa, hamma narsasi buziladi. Islomiy aqida insonga koinot, hayot, inson haqidagi eng to'g'ri tushunchalarni beradi. Dunyo hayotini sirlari, nimaga dunyoga keldik, nimaga ketamiz, qayerdan keldik, qayerga ketamiz? O'lim nima, o'limdan keyin nima bor? Agar kishi mana shu aqidasida adashadigan bo'lsa, noto'g'ri fikr tushunchalarga erga tushadigan bo'lmasa, bir kun keladi ki, mana shu fikrlarini noto'g'ir ekanligini aniq biladi. Ajali keladi, vafot etganidan keyin tutgan yo'lini noto'g'dir ekanligini anglaydi, tushunadi. Ammo iymon keltirsa, so'x islomiy aqidani qabul qiladigan bo'lsa, mana shu komil marhaj unga, koinot haqidagi, vujud haqidagi barcha bir to'g'ri fikrlarni unga bayon qiladi. Faraz qiling, buzuq tarozi bor. Million marta torsangiz ham, unda tortganingiz noto'g'ri chiqaveradi. Buzuq tarozini o'ziga o'lchov qilib oldingiz, hamma tortganingiz xato chiqaveradi. Endi to'g'ri tarozida million marta torsangiz, uch marta, to'rt marta adashishingiz mumkin.

Lekin aslida to'g'ri tortaverasiz. Ana shu tarozi, ana shu siz aytayotgan, siz bilan biz aytayotgan aqida bo'ladi. Aqidamiz to'g'ri bo'lsa, ishlarimiz to'g'ri. Aqidamiz buziladigan bo'lsa, hamma narsa buziladi. Aqida tuzalsa, hamma narsa tuzaladi, buzilsa, hamma narsa uziladi. Hayotda bo'layotgan barcha xato, barcha mushkula, muammolarni sababi aqidaning noto'g'riligi.

Dunyo qo'lida ko'p bo'lsa, hayoti zo'r bo'ladi degan aqida bor. Dunyoni qo'liga juda katta jamlasa ham hayoti yaxshi bo'lmayapti. Demak aqidasi noto'g'ri edi, o'lchog'i noto'g'rida. Biz aytamiz, Allohga bo'lgan iymoni qanchalar komil bo'lsa, aqidasi to'g'ri bo'lsa, Allohni qancha tanisa, hayoti shuncha farovon yaxshi bo'ladimi? Albatta insonni aqidasi uni kundalik qiladigan ishlariga, surukiyatiga ta'sirini o'tkazmay qolmaydi. Masalan, havoda shu samolyotda boshqarib ketayotgan uchuvchi yo'nalishni belgilashda bir ikki millimetrga adashsa, bir soat uchganidan keyin bilasizmi u ikki million metr qanchaga aylanib ketadi? Yer yuzida kerak bo'lsa yuzlagan kilometrga aylanib ketadi. Shuning uchun aqidani noto'g'ri tanlagan odamni hayoti ham albatta izdan chiqadi, yo'ldan adashadi. Shuning uchu musulmon odam birinchi navbatda aqidasini isloh qilishligi kerak. Astaydu billah, faylim annahu la ilaha illalloh. Bas, ey Muhammad alayhissalom, hech qanday iloh yo'q, mag'gar Allohning o'zigina borligini biling. Mana shu fa'lam, biling degani siz bilan bizni Allohni tanishlikka, aqidani o'rganishlikka safarbar qiladi. Demak ikkinchisi, bu ibodat maydoni.

Ibodat. Musulmon kishining ibodati birodarlar qat'iy dalilga, sobit dalilga asoslangan bo'lishligi kerak. Ibodat bu Allohga yaqin bo'lishlik. Alloh Taolo Qur'onda marhamat qiladi, astaydu billah. Voma xola qutul jinna val insa illa li abudun. Men jin va insni faqat o'zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim. Birodarlar, ibodat siz bilan bizni dunyoga kelishligimizni siri. Siz bilan bizni kuniyoga kelishimizdagi maqsad shu. Endi ibodat deganda bir faqatgina namoz, ro'zani tushunib qolmaylik. Ibodatni ma'nosi keng birodarlar. Ibodat doim biz bilan birga bo'ladi, faqat masjidda emas. Mashina haydab ketayotganimizda ibodat biz bilan. Savdo qilayotganda ibodat biz bilam. Ibodat bizdan ajraydigan xonasi yo'q. Hayotimizni qaysi bir sohasida, qaysi bir holatida Alloh Taolo aytganday ish qilsak, mana shu qilgan ishimiz ibodatga aylanaveradi.

Islomni beshta ustuni. Kalima, namoz, ro'za, zakot, haj. Bu shioriy ibodatlar deyiladi. Shioriy. Shao iriy deyiladi, boshqacha qilib aytsak. Endi mana shu namozimiz to'g'ri bo'lishi uchun, murodalar, muomaladagi ibodatlarimiz ham to'g'ri bilishligi kerak. Agar odamlar bilan qilayotgan muomalalarimizdagi ibodat to'g'ri emas, bu yoqdagi shioriy ibodatlaringiz to'g'ri bermaydi. Dalil?

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislarini Imom Muslim sahifalaridan o'qiymiz. Avvuhu rayro roziyallohu anhudan. Qoli rasulullohi sollallohu alalayhi vasallam a tadruna man il muflis. Rasululloh sollallohu allayhi vasallam sahoba ikromlardan so'radilar. Muflis kim? Bilasizlarmi? Meni ummatim ichida muflis bo'lgani kim bilasizlarmi?' Sahobalar aytishdiki, muflis, muflis, bizni oramizda dinor va matohi bo'lmagan kishi. Ya'ni hech narsasi yo'q. Payg'ambarimiz aytdilar, innal muflisa min ummati, ya tiya umal qiyama, bisolating va siyaming va zakating. Meni ummatimdan muflis bo'lgan odam shunday odamki, qiyomat kuniga namozi bilan, zakoti bilan keladi. Namozi bilan ro'zasi bilan, zakoti bo'lgan bilan keladi. Voyati qodishatama hada va qodafa hada va akala ma'la hada va safakadama hada. Keladi.

Lekin u dunyoda buni so'kkan, bunga tuhmat qilgan, buni molini yegan, buni qonini to'kkan. Ya'ni muomalalarni odamlarga zulm qilgan. Muomalasida Alloh aytgandek ish tutmagan. Muomalasidagi ibodati to'g'ri bo'lmagan. Endi nima bo'ladi? Uning savoblaridan unga olib beriladi. Zulm qildimi? Mazlumga buni savoblaridan olib beriladi, bunga olib beriladi va uning qarzlari hali ado qilinmay turib, savoblari tugab qolsa, u haqdorlarning gunohlaridan, xatolardan olib unga tashlanadi, so'ngra jahannamga uloqtiriladi. Qaytaramiz. Muomaladagi ibodatimiz to'g'ri bo'lmasa, shioriy qilayotgan ibodatlarimiz qabul bo'lmaydi. Bu odamni namozi bor ekan. Ro'zasi bor ekan, zakoti bor ekan. Shioriy ibodatlar. Zo'r bo'lgan ehtimol, besh mahal masjidga chiqib namoz o'qigan.

Takbirullohda qoldirmagan. Ehtimol nafi ro'zalar tutgan, nafi sadaqalar qilgan, ammo odamlar bilan, maxluqotlar bilan bo'ladigan muomalasidagi ibodat to'g'ri bo'lmaganligi uchun, bu ammalar unga asqatmayapti. Yana qaytaramiz. Shioriy ibodatlarimiz qabul bo'lishi uchun, to'g'ri bo'lishi uchu odamlar bilan qilayotgan muomaladagi odoblarimiz, ibodatlarimiz to'g'ri bilishligi kerak bo'ladi. Mana. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar, man lam yadaa qavla zo'r val amalibihi. La islalillahi hajatun fiy an yadaa ta'mahuhu va sharahbahuhu. Ramazon ro'zasini tutdi bir odam. Lekin yolg'on gapni to'xtatmadi. Rasul aytadilar, kim ro'za tutsa yu, yolg'on so'zni va mana shu yolg'on soziga bo'lgan amalni tark qilmasa, bu odamni ovqati va sharobini chekkaga surib qo'yishligini allohga keragi yo'q. Ro'za deyilmayapti, e'tibor bering. Sovmohi, uning ro'zasini Allohga kerak yo'q demayapti. Yemay, ichmay qo'yganiga Alloh Taoloning ehtiyoji yo'q. Demak, muomala zo'r bo'lishligi kerak odamlar bilan. Haj.

Man hajja bi malin haromin va qola labbayka allohumma labbayk, yunada alla labbayk va la sa'dayk va hajjuka mardudun alik. Rostini aytyaptilar? Kim? Harom mol bilan haj qilsa va labbayka allohimma labbayk desa, unga nido qilinadi, senga labbayk yo'q. La sa'dayk, hajjing o'zingga qaytarilajak.

Zakon. An fiqh u tav an avu karha lan yutaqobbala ming kun innakum kun tun qavmun fasiqin. Ayting, ey munofiqlar, xoh o'z xohishinglar bilan info qilinglar, xoh majburan info ehson qilinglar, sizlardan qabul qilinmaydi. Chunki sizlar kim bo'lgansizlar? Fosiq qavm bo'lgansilar. Shahodat.

Rostdan aytdilar, kim La ilahiy la Allohnı haqqini ado qilib aytsa, jannatga kiradi. La ilaha illallohni haqqi nima yo Rasululloh deb so'rashganida aytdilar, mana shu kalima, shu kalimani aytgan kishini Alloh harom qilgan ishlardan to'sishligi, dedilar Sollallohu alayhi vasallam. La ilaha illalohni aytdingiz, haromdan tiyilmayotgan bo'lsangiz, bu kalimani sizga asratmay qolishlik xavfi bor, birodar.

Uchinchi mayda nima bo'ldi? Muomalalar maydoni. Aqida maydoni, ibodat maydoni, muomalalar maydon. Payg'ambarimiz Sollallohu alayhi vasallamning sahobalari havastonga hijrat qilishdi. Najoshi ularni chaqirib, islom haqida so'radi. Shunda Ja'fariddin Abid to'g'ri Roziyallohu anhu islomni nima ekanligini tushuntirib berdi.

Ayyuha al malik kunna qovmin ahli jahliga. Ey podshoh, biz johiliyat qavmi edik. Butlarga ibodat qilar edik, o'lim tiylarni yer edik, faxsh ishlarni qilar edik. Qarindoshlik aloqalarini uzar edik, qo'shnichilikni yomon qilar edik, kuchlilarimiz, kuchsizlarimizni ezar edik. Islom nima deb so'rasa, faqatgina namoz, ro'za demayapti. Birinchi o'rinda odamlar bilan qilinadigan muomala aytilinyapti birodarlar. Yana qaytaramiz, shioriy ibodatlarimiz to'g'ri qabul bo'lishi uchun muomaladagi ibodatlarimizni to'g'ri bo'lishligi kerak. Bu degani ukalar, namozda o'qiyapmiz, chiroyli bo'lib yuribmiz, lekin yurish turishda, odamlarga qilayotgan muomalamizda, xulqimizda, mashina minishimizda, tijoratimizda, shu ibodatlarni asari ko'rinmasa, bu ibodatlar bizga foyda qilmay qoladi. E'tibor beryapsizlarmi? Qaytib qaytib aytyapman shu narsani.

U zot bizni rozgo'y bo'lishga, omonatni ado qilishga, qarindoshchilik aloqalarini mustahkamlashga, yaxshi qo'shnichilik qilishga, haromdan va qon to'kishdan hazar qilishga buyurdi. Muomala bo'lmaydimi bu? Demak, islom birodarlar axloqiy miqyoslar majmuasi ekan. Shuning uchun payg'ambarimizdan din nima deb so'rashganida, husni xulq deb javob berganlar. Islomni to'rtta maydoni, aqida maydoni, ibodat maydoni, muomala maydoni, xulq maydoni. To'rtinchi maydon, xulq maydoni. Va innakala ala xulqin avim. Albatta siz, ey Muhammad alayhissalom, buyuk xulq ustidadirsiz. Qarang, Alloh Taolo payg'ambarimizni maqtashniki loyiq boshqa sifatlari ham bor. Ularni aytmadi bittasini ham. Rasulullohdagi maqtovga loyiq isbotlarni ichidan qaysinisini aytdi? Xulqni, axloqni. Agar go'zal xulq egasi bo'lmasak, insofli bo'lmasak yoki kamtar bo'lmasak. Rahmli bo'lmasang, bu dinning mevasidan bahramand bo'la olmaymiz.

Namoz o'qiydi, dinni ushlagan, lekin qandaydir qalbida xotirjamlik yo'q. Hayotdan bir roziylik yo'q. Nimaga unaqa desa, xulqi joyida emas. Yana qaytarib aytamiz, agar rahmli bo'lmasak, insofli bo'lmasa, kamtar bo'lmasak. Xulqimiz chiroyli bo'lmas a, bu dinning mevasidan biz bahra ololmaymiz.

Ruhoniyatimiz qurib ketadi, bilasizlarmi ukalar, ba'zida? Xoramayapmiz, namozni o'qiyapmiz u, qandaydir ruhoniyat yo'q da. Yuragimiz jiz etmaydi. Ko'zimizga yosh kelmaydi. Xuddi quruq haligi yotib turayotganga odamga o'xshaymiz. Nechinchi raketa turganimiz ham esimizga kelmaydi. Namozga tursak, hisob kitoblar, haqlar, qarzlar keladi a? Tanish manzarami?

Demak, dinni mevasidan foyda ololmayapmiz ekan, bizdan talab qilinganidek. Shu to'la maydonda komil bo'lsak, demak bizni islomimiz komil bo'ladi. Aqida maydoni. Ibodat maydoni, muomala maydoni va axloq, xulq maydoni. Abu hurayra roziyallohu anhudan bu hadis, muttafakkuna aliyev bo'lgan hadis, rasululloh aytadilar innalillahi tis'atan va tis'ayna isman, me'atan illa vohidan man aqsoha dahal al jannat. Bugungi darsimiz mavzusi mana shu.

Albatta alloh taoloning to'qson to'qqizta ismi bor, bir kam yuzta. Kim ularni yod olsa, sanasa, o'qisa, o'rgansa, jannatga kiradi. Bu hadis ikkala shayxning ittifoqiga binoan, ya'ni muttafaa qon alayh deyiladi. Hadislarni ichida qadr qiymat jihatdan eng oliysi yuksagi degani. Mana endi kim ularni sanab chiqsa, ah soha, shu kalimani ko'ramiz.

Laqod ah sohum va addahum adda. Alloh Taolo Qur'onda aytadi, U Zot ularni sanab aniqlab qo'ygandir. Mana Payg'ambarimiz aytyaptilar, sanasa deyapti. Mana shuni ko'rib chiqamiz. Mana aqso bilan adb kalimasi ikkalasi ham sanoq ma'nosida. Lekin birni ikkinchisidan farqi bor. Sanash qanaqa bo'ladi? O'qituvchi kiradi sinfga, yigirmata o'ttiz to'qqiz sinfni shasht shasht atanatov sanab qo'yadi, bo'ldi. Bu bitta narsa. Bu ad sanash deyiladi. Endi aqso desa, har bittasini tabiatini biladi. Har bittasini aqliy, iqtisodiy, jismoniy imkoniyatlarini biladi. Mana shu aqso bo'ladi, ikki chikigacha o'rganib chiqishdi har bitta o'quvchini. Bir qator sanab qo'yishlik adga keladi. Payg'ambarimiz aqso ha, kim ularni nozik nozik joyigacha o'rgansa. Ikir chikirigacha o'rgansa, yodlasa degani faqat tasur surqul artini yodlab qo'ysalar emas, bunga ham ajr bor. Lekin ma'nosini tushunish kerak, hayotida tatbiq qilishlik kerak. Shunday bo'lsa jannatga keladi.

Alloh taolo Qur'onni Kaf surasida aytadi: astag'firulloh, al ma'lu va al banuni ziynatul hay'ati dunya va baqiyatu solihat. Mol mulk, bola chaqa shu dunyo hayotining ziynatidir. Parvadigoringiz nazdida esa, abadiy qolg'uvchi yaxshi amallar savobliroq. Al baqaqiyatu salihat. Bola, chaqa dunyoda ziynati. Lekin Allohni nazdida qadri balandroq narsa, nimalar? Savobli amallar.

Inson har qancha boy bo'lsin, har qancha bolasi ko'p bo'lsin,har qancha uzoq umr kechirsin, baribir bir kun nima o'ladi? O'ladi. Shoir aytgandek, tun qancha cho'zilmasin, chorasiz kun albatta chiqar. Umr qancha cho'utilmasin, chorasiy inson qabrga kirar. Xohlaysizmi, xohlamaysizmi, dunyoga kirgizishdi. Xohlaymizmi, xohlaymaymizmi, kirdik dunyoga. Biz ixtiyorimiz bilan bo'lmadi bu ish. To'g'rimi? Qanday kirgan bo'lsangiz, shunday chiqasiz. Chiqib ketayotganda ham sizdan hech kim so'ramaydi. Qolasanmi, chiqasanmi deb.

Al ma'lu al banuna ziynatul hayatiy dunyo. Mol mulk, bola chaqa, shu dunyoning zebi ziynati. Kishida mol ko'p bo'lsa yu, farzand bo'lmasa, bu mushkula. Pul ko'p, bolasi yo'q. Mushkula. Endi bola ko'p, pul bo'lmasa ham, bu ham mushkula.

Ammo ikkalasi ham o'ladi. Bolasi yo'q, puldor ham o'ladi, bolasi ko'p kambag'al ham bo'ladi. Lekin nima eng yaxshisi buni ichida? Mana shu ikkalasini qilishi mumkin bo'lgan yaxshi ish nima desa, Subhanalloh, valhamdulillah, vala iloh illallohu vallohu akbar. Ulamolar abadiy qoladigan yaxshi amallar nima deganda mana shu kalimani bergan. Subhanalloh,valhamdulillah, valah iloh illallohi vallohu akbir.

Mana Subhanalloh desak, Allohga tasbiya aytdik, Allohni hamma aybdan pokladik. Alhamdulillah desak, Allohiga shukur keldik, Allohni maqtadik, yakkaladik. Demak, tanidik. Allohni tanidik. Endi Allohni tanidingmi? Hamma yoqda taniding. Agar Allohni tanimadingmi? Hech narsani tanimading. Endi. Ollohni taniganingizdan keyin, haqiqiy ism sifatlari bilan taniganingizdan keying, Ollohdan boshqa hamma narsani qadri siz uchun hech narsa bo'lmay qoladi.

Chunki birodarlar, inson o'zi soniya, daqiqa, soatlar, haftalar, oylar, yillar majmuasi. Inson nima desa, inson vaqt akalar. Oltmish yillik vaqt, yetmish yillik vak. Ming yillik bo'lsa ham baribir vaqt. Har soatimiz, har haftamiz o'tgan sari bizni bir qismimiz ketadi. Mana shu ketgan vaqtda, onovu baqiyotus salihatda qildingmi, qilmadingmi? Bugun necha marta aytdik subhanalloh, valhamdulillah, vala ilah illallohu vallohu akbar. Mana shu ekan aziz degan narsa.

Har kun tong chiqar ekan, u nido qiladi. Ey odam bolasi, men yangi maxluqman. Sening amalingga guvohman. Mendan foydalanib qol. Chunki men qiyomat kunigacha qaytmayman. Va asr innal inson ala fih sur. Asrga qasam, odam bolasi borki ziyonda. Dunyoga keldimi? Ziyonda. Alloh taolo qasam ichib aytyapti buni. Dunyoga keladimi? Ziyonda! Ammo Allohni tanisa, buyruqlarni bajarsa, taqvoda bo'lsa, bu ziyondan mustasno. Illalloh dini amon va amir us solihati va tavo sobil haqqi va tavo sobil sodir. Iymon keltirsa, solih amal qilsa, bir birini haqqa chaqirsa va sabr qilsa. Qarang da, mana ikkitasi. Shu shu husrondan, ziyondan qutilishlikka to'rtta sabab ko'rsatilyapti. Birinchisi iymon keltirilsa, aqida.

Amal qilsa ibodat. Bir birini haqqa chaqirsa, muomala, sabr qilsa, xulq. Darsimizni boshida aytgan to'rtta narsa tushunyaptimi shunga? Iymon keltirsa, aqidasi to'g'ri bo'lsa, solih amal qilgan bo'lsa, ibodat qilgan bo'lsak, bir birini haqqqa chaqirdigan bo'lsa, odamlar bilan muomalasi yaxshi bo'lgan bo'lsa va nima qilsa? Sabr qilsa. Xulq.

Inson dunyoga kelar ekan, Allohni tanimay iloji yo'q. Unga itoat qilmay iloji yo'q. Unga da'vat qilmay iloji yo'q. Musulmon odam Allohni taniganidan keyin, haqni tanigandan keyin, atrofdagilarni shu haqqa chaqirishligi kerak. Dalil? Balli g'oanniy valau a'yatan. Rasululloh aytadilar, bir bitta oyat bo'lsa ham, mendan yetkazinglar. Mendan bitta oyat bo'lsa ham, yetkazinglar. O'rgandingiz, amal qildingiz, boshqalarda chaqirdingiz.

Alloh taoloning go'zal ismlarini o'rganishlikning ahamiyati. Albatta Alloh taoloning to'qson to'qqizta ismi bor. Ulamolar aytishadi, asma oliy husno haqidagi bilim, go'zal ismlilar haqidagi bilm boshqa ilmlarning asosidir. Kim mana shu go'zal ismilarni lozim bo'lganidek o'rganib chiqqan bo'lsa, hamma ilmni o'rganibdi. Hamma ilmni olganibdi. Alloh taoloning qudrati, Alloh taoloning bilimi, Alloh taololoning rahm shafqati, Alloh taololloning hikmati, mana shu narsalardan xabardor bo'lsa inson, subhanalloh deyishingdan boshqa chorasi yo'q.

Bugun ko'rdim, Afrikadagi bir baliqni ko'rsatyapti. Subhanalloh deb ilojingiz yo'q. Baliq qayerda yashaydi? Suvsiz qancha yashaydi? Bir kun yashashi mumkinmi? Yertak ko'mib qo'ysangiz. Bir hafta yashash chi? To'rt yil yashar ekan bir baliq. Afrikada bir shunaqa bir qurg'oqchilik bo'ladi yu, oylab oylab yong'ir yong'ir qurib ketadi. Shu ko'llarda manaqa lujjalarda, ko'lmelarda yashaydigan baliq bor ekan, kattagina ekan. Suv bor paytida ko'payib, moshayar ekanda suv ozayishni boshlaganda yerni tagiga o'yib kirib ketar ekan. O'n besh yigirma sm kirib, shu yerda uxlar ekan.

Yana yomg'ir yog'ib, qurg'oqchilik o'tib bo'lgandan keyin, yer yumshagandan keyin chiqib yana davom etar ekan. Subhanalloh deylar. O'sha afrikanistlar kavlayapti. Ketmon bilan kavlab kavlab, yigirma sm kavlagandan keyin, bunday kartoshkaga o'xshagan uzun narsani olyapti. Olib turib, bunday osib ichidan baliq chiqib kelyapti. Tirik. Nima deyish kerak?

Hikmatni qarang, qudratni qarang. Sizni aqlingiz oladimi, baliqda to'rt yilgacha yerni tagida ko'milib, o'lib qolmasdan, havosiz tiqilib qolmasdan turishligini? Kim berdi unga bu imkoniyatni? Kim xohladi bunday bo'lishini? Allohni ism sifatlarini qanchalik tanishsak, shuncha yaqin bo'lyapmiz robbimiz azza va jallaga. Demak, asma oliy husno haqidagi bilim, hamma bilimlarning asli asosi. Kim mana shu osmoni xusnoni lozim bo'lganidek o'rganib chiqqan ekan, bu hamma ilmlarni o'rgangan odam bo'ladi. Qarang, fath luka la ila hi ala kalami xolqi hi kafath li la hi ala xolqi hi. Allohning kalomini, bandalarini kalomidan afzalligi nimaga o'xshaydi? Allohni bandalardan afzalligiga o'xshaydir. Bir odamni tanidingiz, maxluqni tanidingiz, Allohni tanidingiz. Ikkalasi ham bilim. Lekin bu ikkala bilimni qadri bir xilmi? Ikkita ilmni qadri birxilmi? Bu ilmni qadiri xuddi Alloh bilan bandani o'rtasidagi qadrdagi farqqa o'xshaydi. Demak, dunyodagi eng katta narsani qilayotgan bolamiz, agar biz Alloh Taoloning ism sifatlarini o'qishlik bilan Robbimizni tanlayotgan bo'lsak. O'zi shu narsa uchun kelmaganmidik dunyoga?

Bir kishi, faraz qiling, dunyo ilmlarida katta martabalarga erishdi. Diplom oldi, doktor bo'ldi, akademiya bo'ldi, professor bo'ldi, xullas fizikadan, ximiyadan, astronomiya dan. Ha, albatta, bu ilm hammaga nasib qilavermaydi. Buni ham aytib qo'yaylik. Juda katta bir mehnat, juda katta bir uzoq vaqt sarflashlik kerak, bu ilmlarga ega bo'lishlik uchun. Ammo uning bu ilmi faqat shu dunyoni unga asqatadi.

O'nta diplom bo'lib olsin, qabrga ko'milayotganda bu diplomlar hammasi yerdi betida qoladi. Ammo Alloh Taoloning go'zal ism sifatlarini o'rgangan bo'lsangiz, bu ilm siz bilan qabrga ham keladi. Qiyomatni ustingizda soyabon bo'ladi. Jannatga kirishingizga birodarlar sabab bo'ladi. Demak, Asmaul Husnoni lozim bo'lgandek o'rgangan kishi hamma ilmlarni nima qilibdi? O'rganibdi. Albatta Alloh Taoloning to'qson to'qqizta ismi bor, bir kam yuzta. Kim ularni o'rgansa, yod olsa, Jannatga kiradi. Ularni sanab chiqsa, o'rganib chiqsa, bilib chiqsa, qanday qilib o'rganamiz, qanday qib sanab chiqamiz. Lafzlarini, so'zlarini, adadini o'rganish bilan, ularning ma'nolari va dalolatlarni tushunish bilan, shu ismlari bilan duo qilishlik bilan.

Valilahil asmal husni fado'hu biha. Alloh taoloning go'zal ismlari bor, shu ismilari bilan unga duo qilinglar deydi. Alloh taoloni tanishlikka intilamiz, o'zidan komillikni so'raymiz. Ar rohim rahmli bo'lgan zotga bog'lansak, Alloh taolo qalbimizda rahm shafqat degan sifatni paydo qiladi. Qaytaraman. Ar rohim degan zotni tanib, u zotga bog'lasak, qalbimizga rahm shafqotni beradi.

Fabima rahmatin minallohi ili intalohim. Alloh taolo Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomga aytadi, ey Muhammad alayhi assalom, Alloh tomonidan bo'lgan bir marhamat sababli ularga, sahobalaringizga yumshoq so'zli bo'ldingiz. Payg'ambarimning sahobalariga muloyim yumshoq soz bo'lishligi Alloh tomonidan berilgan nima bo'libdi? Marhamat, rahmat bo'libdi. Payg'ambaramiz robbisini tanidi, hukmiga itoatda bo'ldi, Alloh u kishini qalbiga rahm shafqatni berdi. Endi qarang davomini. Valau kunda fazdon g'olib qolib. Agar qo'pol, qattiq dil bo'lganingizda edi, albatta atrofingizdan tarqalib ketishgan bo'lar edi. Alloh xohlasa qalbingizga rahm shafqatni beradi, odamlarga, maxluqotlarga shafqatli bo'lasiz. Alloh xohlamasa qalbingiz qattiq bo'ladi. Allohga yaqin bo'lasiz, rahm shafqli bo'lasiz, Allohdan uzoq bo'lasiz, qalbingiz qattiq bo'ladi, demak, bizni o'zimizga qo'limizga formula chiqyapti. Allohga yaqin bo'lish, bog'lanishlik, bu muloyimlik, rahmat, odamlarni qalbini ulfat bo'lishligi.

Allohdan uzoq bo'lib uzilishlik, nima degani bu? Qalbni qattiqligi, qo'polligi, odamlarniki bizdan nima bo'lay ekani? Nari bo'lay ekani. Siz dindor sifatida yoki bir oddiy bir musulmon sifatida odamlar sizga iqbol qilib talpinib kelyaptimi? Yoki sizdan bezib qochyaptimi? Shunga e'tibor bering. Siz bilan bir marta muloqot qilgandan keyin, yana bir marta mulo qilishingizni xohlayaptimi? Yo orqasini qilib qochyaptimi. Sizni ko'rganda o'ng o'ng kelyapti, kel manaqa o'tib turaylik. O'tib ketib qolsin, deyaptimi? Sizni Allohga yaqin bo'lganligingizni belgisi, odamlar sizga nima qilayotganligi, iqbol qilayotganlik. Endi sog'liq odamlarni aytamiz bu yerda. Araq sotayotganda ham nimasi bor, o'zini iqbol qilib keladigan odamlari bor. Latoxona ochganda o'zi iqbol qilib kelganlari bor. Biz solih odamlar sizni og'zingizga iqbol qilayotganligini nazarda tutyapmiz. Biz solih odamiylarni kelishini nazarda tutyopmiz.

Hikmat bilan banda saodat topadi. Allohni tanishga intilamiz, birodarlar. Uning o'zidan komillikni so'raymiz. Al hakim, alloh taoloning ismi. Al hakim. Hakim, hikmat egasi bo'lgan zotni tanisak, u zotga bog'lansak, qalbimizga hikmatni beradi. Bizni hayotda qilayotgan ishlarimizdagi xatolarni kuzatsangiz, hikmatsizlik sababli kelgan xato. Behikmat ish qilgansiz, shu ishingiz nima bo'lgan? Xatoga, jazoga olib borgansiz. Al hakim zotni taniymiz, u zotga bo'g'lanamiz, al hakim robbimizga duo qilamiz, qalbimizgaga hikmatni berad. Endi Alloh Taolo kimga hikmat bergan bo'lsa, va men yutal hikmat faqat u tuya hayronka tiyroq. U Alloh o'zi xohlagan kishilarga hikmat beradi. Kimga hikmat beryolgan bo'lsa bas, muhaqqaqki unga ko'p yaxshilik berilibdi. Hikmat nima? Har bitta ishni hikmati bor. Dinga da'vat qilishda hikmat bor. Odamlarga va'as qilishda hukumat bor. Xayriya ehson qilishda hokimat bor. Bizni muammoyimiz ilmizlikda. Ana shu al hakim robbimizni tanib, al hakim robbimimizga duo qilmaganligimiz uchun, ehtimol uzoqligimiz uchun hikmat bermay ekandir bizga.

Demak, al hakim robibimizni taniymiz, al hakim robhibimizga bog'lanamiz, duo qilamiz, bizga hikmat beradi alloh azza va jalloh. Bir do'stingizni uyga mehmonga borsangiz, u qo'lidan kelganicha sizga ziyofat qilib beradi. Borini beradi. Endi Robbilar a'lamining uyiga kirsangiz shu mehmon bo'lib, nimani beradi Robbimiz? Sizga mana shu hikmatni beradi. Qalbingizga rahmatni beradi. Kirayotgan ishlaringizni hikmatli bo'lishligini beradi. Endi bunday hikmatga ega bo'lsangiz, albatta juda ham bir katta hayriyatga yetishdingiz.

Ana shu hikmat bilan kishi o'zini oilasida saodat topadi. Agar shu hikmat berilmasida, oilasida baxtsiz bo'ladi. Hikmat bilan kishi molida ham, farzandlarida ham, borlig'ida ham baxtli bo'ladi. Sen banda hakim zotni tanigin, u zot senga hikmatni ato qiladi. Sen banda rahmli zotni tanigun, u zot senga rahmatni beradi. Sen banda ar rofiq, muloyim zotni tanigon, shunda u zot senga rifq, muloyimlikni beradi. Adolat, hikmat, ilm, istiqomat, bularni barchasi Alloh tomonidan bandalarga beradigan in'omi. Allohni uyiga kelganlarga Alloh Taolo beradigan in'omi.

Innallillahi tis atalbi tis ina isman, miyatan illa vohida, faman aqsoha, daxolat jannat. Albatta Alloh Taoloning to'qson to'qqizta ismi bor, bir kam yuzta. Kim ularni sanab, o'rganib, yod olsa, jannatga kiradi. Aqul qovli ha da va astag'firullohi rivalakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'rvi va barakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish