MMaviza
Al-JamiylTekshirilgan23 daq

19-Dars AL-JAMIL / Asma-ul-Husna

Abdulloh Domla · Asmoul husno

0:00
22:30
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Bismillahir rohmana rohim. Alhamdulillahi robbilan ilamin. Vassalotu vassalamu ala saidina muhammadi va ala alihi vosxab ihi ajma'in. Ammabot, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ala va barakatuh.

Alloh taoloning go'zal ismlari, asmon, husno, haqida olib borayotgan navbatdagi darsimiz bugun Alloh taoloning al jamil go'zal ismi haqida dars qilgan bo'lamiz. Alloh taoloning ali jamil ismi Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sahih hadislarida zikr qilingan. Bu hadisni Imom Muslim sahihdan o'qiymiz. Uni Abdullohi nimasud roziyallohu anhu rivoyat qiladi Payg'ambarimizdan. Rasululloh sollallohu alalayhi vasallam dedilar. La yadhulul jannata man fii qol bihi mifqol u zarrati min kibri. Qalbida misqoli zarra, kibri bor odam jannatga kirmaydi. Shunda bir kishi turib aytdiki, yo rasululloh, bir kishi o'zini kiyimini va poyafzalini go'zali bo'lishini yaxshi ko'radi.

Shunda payg'ambarimiz aytdilar, innalloha jamilun, yuhaybul jamal. Alloh taolo, albatta alloh taolo go'zaldir, go'zallikni yaxshi ko'radi. Al kibru, batarul haqqiy va g'om tunnas. Bu kibr emas. Alloh chiroyli zot, go'zalliyni yaxshi ko'rada. Kibr haqqa ko'nmaslik va odamlarni mensimaslik dedilar. Go'zallik kibr emas. Masalan, bir litr sutga ikki uch litr suvni qo'shsangiz, bu ichsa bo'ladigan ichimlik bo'ladi. Chunki suvni tabiati, sutni tabiati bir biriga yaqin. Ichimlik hissa bo'laveradi. Ammo, bir litr sutga, bir piyola neftni qo'shsangiz nima bo'ladi?

Ichib bo'lmaydi, chunki sutni tabiati bilan neftni tabiati bir biriga to'g'ri kelmaydi. Xuddi shunga o'xshagandek, ubodiyat, qulchilik bilan kibr hech qachon bir biriga to'rt kelmaydi. Allohni haqiqiy quli, haqiqiy mo'min bandasi mutakkabbir bo'lmaydi. Shuning uchun Payg'ambarimiz aytdilar, qalbida misqoli zarra kibri bir odam jannatga kirmaydi. Kibr haqqa ko'nmaslik va odamlarni mensimaslik. Yana bir hadis o'qiymiz. Imom Bozordan, Bayhaqiydan, Anas roziyallohu anhudan. Rasululloh aytdilar: la yadhul jannatdan manfiy qolbiyhi mifqolar zarrati min kibrin. Qol rojulun inna rojula yuhibbon yakuna savbuhu hasanan va na'luhu hasanan. Qalbida zardacha kibr bor odam jannatga kirmaydi desa, bir odam kiyimi va oyoq kiyimi, oyoq bo'g'ichlari chiroyli bo'lishini xohlaydi bir odam. Kibrmi deganida Payg'ambarimiz yo'q deb javob berdilar.

Boshqalarda haqqini ado qilmaslik, o'zini boshqalardan ustun deb bilishlik, haq so'z aytganda ko'nmaslik, bu kibr va bu gunoh iblisning gunohi. Abau astakbar va ka'na minal kafirin. Odam alayhissalomga sajda qilishdan bosh tortdi, kibr qildi, natijada kofirlardan bo'ldi. Lekin musulmon odam yonidagi odamlarni e'tirof qiladi. Fazlini biladi, qadrini biladi. Ularda qadr qiymatini o'zini o'rniga qo'yadi.

O'zi yoningizdagi odamni mensimasligingiz, to'g'otmasligingiz siz uchun yetarli gunoh. Boshqa gunohda keragi yo'q. Fransuzlar aytadilar, behis by vil mar imina shar'riy an yaqqiro ahohul muslim. Kishi o'zini musulmon birodarini haqir ko'rishligi shu kishi uchun yetarli gunoh. Mensimaydi, kibr qiladi. Payg'ambarimiz Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallam o'ta kamtarin zot bo'lganlar. Bir kishi, u zot sollallohu alayhi vasallamni huzuriga kirib gapirmoqchi bo'ldi yu, kirib, haybati sir bosib, gapini topa olmay qoldi. Tili aylanmay qoldi. Buni payg'ambarimiz ko'rib aytdilarki, havin alik. Fainni las tobe malikin. Innama ana ibn murodiym ta'qulul qodiydan. O'zingizni bosib oling. Men podshoh emasman. Men qodiyd, ya'ni quritilin go'shtni yeydigan ayolda bolasiman. Ya'ni oddiy odamman deyaptilar. Rahmatan lili alamin bo'lishiga qaramasdan, kamtarligini ko'ring. Rasululloh kamtar bo'lganlar, mutakabr bo'lmaganlar. Safarlarini birida rasululloh to'xtaganlarida, hamrohlaridan bittasi men qo'y so'yaman, dedi. Ikkinchisi men uni pishiraman, dedi. Rasululloh, men o'tintirib kelaman, dedilar.

Qarang, Rasulullohga biror ish buyurmaydi, Rasulullohni xizmatini qilishlik sharaf sahobalarga, ammo Rasulullohni kamtarligini ko'ring. Demak, mo'min kishi mutakabr bo'maydi, kamtar bo'ladi. Go'zal, al jamiyat. Alloh taolo bandani go'zal bo'lishligini xohlaydi. Pokiza, usti boshi tartibli, xushbo'y, sochlari taralgan, surati chiroyli bo'lishligi kerak. Bu yerda yangi kiyim deyilmaydi. Agar kiyim haqida gapirsak, pokiza kiyim deyiladi. Yuvilgan, taralgan, tartibga keltirilgan.

Go'zallikni yaxshi ko'rishlik insonni tabiatida bor. Mana aytinglar. Kiminglar chiroyli mashinani yaxshi ko'rmaysizlar? Kim chiroyli uyda yaxshi ko'rmaydi? Insonni tabiatida go'zallikka bo'lgan intilish bor, bu uni fitratida. Innallohi jamilun, yuhayb buljamal. Albatta Alloh Taolo go'zaldir, go'zalligini yaxshi ko'radim. Hatto birodarlar, gapiradigan so'zimiz go'zal bo'lsin.

Abbosiddin Abdulmuttoley, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning amakisi. Kenja amakilaridan so'rashdi. Siz kattaroqmi, Rasululloh kattaroqmi? Shunda abbosiddin abdul muttoley bitta gapini qarang. Men ertaroq tug'ilganman, lekin Rasululloh mendan kattalar deb javob berdi. Men kattaman desa bo'laveradi, ammo chiroyli bo'lmaydi da bu. Rasulullohdan kattaman dedi o'zini onqara, deylarmidi?

Agarchi biz gapirayotgan gapimizni tuzalishini xohlasak, biz avval eshitishni o'rganaylik. Eshitishni o'tkazsak, in'at chiroyli gapirishni o'rgansak. Demak, men rasulullohdan ertadan tug'ilganman, ammo rasululloh mendan go'zal so'z bo'lgan ekanmi? Go'zal so'.

Moddiy va ma'naviy go'zallik matlub. Moddiy va ma'noviy tomondan musulmon kishi go'zal bo'lishligi kerak. Demak, musulmon o'zini kiyimini chiroyli qilishi kibrdan emas. Mashinasini chiroyli olib yurishi kibrdan emos. Uy joyini chiroyli qilib ishligi kibrdan emas, chunki u insonni tabiati bor narsa va go'zal qilsa o'zida bor narsani, alloh buni yaxshi ko'radi. Innalloha jamilun yuhaybul jaman.

Odamlarni yuzidagi holdek namuna bo'lib, zohiri bilan, fe'li bilan, odamlarga havas bo'linadigan holatda turish, bu ayni dinimizni talabi bo'ladi. Muammo menda borlig'ini go'zal qiladi. O'zida alloh taoloning al jamil sifatidan bir ulush paydo qilishida holi edi. Adolatli bo'ladi, odil bo'lgan zotga yaqin bo'ladi. Rahim shafqatli bo'ladi, ar rohim bo'lgan zotga yaqin bo'ladi. Xayri saxovatli bo'ladi, lutfli bo'ladi. Al-Latif bo'lgan zotga yaqin bo'ladi. O'zini go'zal olib yuradi. Al jamil bo'lgan allohga shu bilan yaqin bo'lladi. Ehtimol gapira olmasiz. Nutqingiz yo'qdir. Ehtimol pulingiz yo'qdir, info ehson qila olmaysiz. Ehtimol boshqa narsangiz yo'qdir lekin o'zingizni tashqi ko'rinishingizni chiroyli olib yurish qo'lingizdan keladimi birodar? Keladimi? Keladi. O'zingizni shunday chiroyli olib yuring da, maqsadingiz al jamil bo'lgan Alloh shuni yaxshi ko'rar ekan, degan maqsad bo'lsin, shu fe'lingiz bilan Allohga yaqin bo'laverasiz. Hamma ham o'zini oppoq tutadi. Hamma ham o'sini tashqi ko'rishini chiroyli qiladi. Lekin hamma shu qilayotgan ishidan Allohni rizosini istaydimi, yo'qmi? Odamlar nima deydi, sal ust boshingga qarab olsang, e, uyatmaysanmi?

Kimdan uyatmaysan? Ha, odamlardan. Biz o'zimizni chiroyli olib yuramiz, kim uchun ekan? Go'zallik. Go'zallik nima o'zi? Insonni ko'zi va qalbiga yoqadigan narsa. Go'zallik insonni ko'z tushganda qalbi quvonadigan, qalbi yaylaydigan narsa.

Go'sallik birodarlar shaklda bo'ladi, axloqda bo'ladi. Go'zallik deyilganda odamlarni tushunchasi faqatgina shakl tushuniladi. Ammo ichki dunyo haqida, ichki dunyoni go'zal bo'lishi haqida birov o'ylab ham qo'ymaydi. Masalan vafo, ahdiga vafodor bo'lishlik, go'zallikmi? Saxovatli bo'lishlik, g'ozallikmi? Kechirimli bo'lishlik go'zallikmi? Bu axloqdagi go'zallik. Birodarlar, jismoniy, jasadiy go'zallikdan ko'ra, ma'naviy go'zallikka chiroyliroq bo'ladi. Rosa shakli chiroyli kelishgan odam, bir marta ham aytgan gapiga javob bermaydi. Kim uni yaxshi ko'radi? Rosa ketib yuborgan chiroyli ayol, eriga mehri yo'q, eriga muhabbati yo'q, vafosi yo'q. Kim yaxshi ko'radimi uni? Go'zallik deganda faqat zohirda tushunmaylik. Bu ichki dunyo ham go'zal bo'lishligi kerak bo'ladi.

Xobiylardan ahnafimni qaysi? O'zini qavmini saidi bo'lgan. Ko'rimsiz bo'lgan, xunuk bo'lgan, pastdagi bo'yni bo'lgan, ko'zi manaqa bo'lgan, qora rangli bo'lgan. Xullas ko'rimsiz. Ammo shu kishini g'azabi uchun xomidan yuz mingta kishi g'azablanar edi. Nimaga g'azab qilyapsan deb so'ramas edi. Bu kishini nimasi go'zal edi? Axloqi, tasarrufoti, ichki dunyosi. Zohirni xuniyligiga borib qaramas edi.

Agar odamlarni ichi qanaqa bo'lsa, shu narsa tashiga chiqib turadigan bo'lgandami? Demak, go'zallik faqatgina moddiy jasadiy bo'lmaydi. Uni fasohati, axloqi, saxovati, kamtarligi, rahmati xullas fe'l atvorida ham go'zallik bo'lishligi kerak bo'ladi. Mana, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning hadislari juda ko'p o'qiganmiz. Muttafaa aliyh bo'lgan hadis. An nabiy hurot roziyallohu anhuh, an inabiy sollallohu alayh va salam qol. Tunka xul mar'atu li arba'a. Ayol kishilarni to'rtta narsasiga qarab, to'rtta narsaasiga qiziqib uylaniladi. Li ma liha. Muolaa davlatiga qiziqib uylaniladi. Li hasabiha. Nasl nasabiga qiziqib uylaniladi. Lijamaliy ha. Chiroyiga qarab uylaniladi. Vali diniy ha. Diniga qiziqib uylaniladi. Qarang, to'ralasi ham chiroyli narsa. Boylik chiroyli narsa, nasl nasab chiroyli narsa? Chiroy chiroyli narsa, din chiroyli. Qani to'ralasi ham go'zal bo'lsa? Shunda Payg'ambarimiz aytyaptilar, dindorini tanlagin, baraka topgur. Yoki baraka topasan.

To'la rosa turganda birinchi diniga qaraymiz. To'la rossa ham chiroyli narsa. Go'zallik. Shunda dini birinchi o'rinda turishligi kerak bo'ladi. Go'zallik faqatgina shaklda, zohirda emas. Uylanadigan ukalar, albatta chiroyligini istaysizlar. Albatta, yuziga qaraysizlar, bo'yiga qaraysizlar, boshqa joyga qaraysizlar. Bu sizlar ko'zingiz ko'rayotgan narsa. Lekin ichki dunyosini ko'ra olasizlarmi?

Bir ayol bor, o'rtacha husnli. Eri bilan yashaydi, eriga vafodor. Doim xizmatida, doim ko'ngliga qaragan, or yo'g'ida yonida birda turadi. Bunaqa erkakni hayoti haqiqatan osoyishda bo'ladi, saodatli bo'ladi. Yoki yana bir erkak kishi ayoli judayam go'zal. Judayam chiroyli. Lekin boyagi aytiladigan narsalar yo'q bunda. Vafo yo'q, mehr yo'q, muhabbat yo'q, xizmat yo'q. Endi bu erkakni hayoti nima oladi? Do'zaxdan bir parcha bo'ladi. Aytilinyapti, chiroyiga, puliga, nasib nasabiga, diniga deyapti. Dinini birinchi qaraylik, dinini.

Kishi chiroyli kiyimni kiydi. Chiroyli yuvib tarandi, sochlarini taradi, xush bo'ladi, sepdi. Zohiri go'zal bo'ldi. Odamlar ko'rsa, ko'zi quvonadigan bo'ldi. Endi shu odam faxsh bo'lgan, buzuq bo'lgan, baziy bo'lgan so'zlarni gapirib tursa, yarashadimi? Boshqacha tasavvurda turdingiz shaklini ko'rib turib, obrazovanniy odamga o'xshayapti. Didli odam ekan, chiroyli kiyinibdi, chiroyli zo'r ekan deysiz u, og'zidan chiqqan gapni ko'rib turib haligi tasavvuringiz buziladi. Bunaqa odamga aytish kerak bo'ladi, sen yo kiyimingga yarasha degan so'zni so'zla yoki ko'zingga yarasha kiyimni kiyov. Ma'qulmi? Shuning uchun zohirlik go'zallik bo'lgandek, botiniy ma'naviy go'zallik ham siz bilan bizda bo'lishligi kerak bo'lardi. Mana shu so'z masalasida Rasululloh aytadilar la yastaqimu imanu abdin xatta yastaqimu qolbuxun. Tishini iymoni mustaqim, sobit mustahkam bo'lmaydi, to qalbi mustahkam bo'linguncha. Vala yastaqimu qalbug'u, hatta yastaqimu lisanuhu. Endi qalbi mustaqim bo'lmaydi. Tili mustaqim bo'magunicha.

Shuning uchun kiyimimizni chiroyli qilgandek, so'zimizni ham chiroyli qilaylik, fe'limizni ham chiroyli qulaylik. Mana endi birodarlar, go'zal axloq. Fosbir, sobiran jamila. Bas, chiroyli sabr bilan sabr qiling. Alloh Taolo chiroyli sabr qil deyapti. Demak, chiroyli bo'lmagan sabr ham bor. Chiroyli bo'lgan sabrni tushunarli. Chiroyli bo'lmagan sabr chi? Sabr qildi. Asabiylashadi, g'azablanadi, uni so'kadi, buni turtadi, buni tepadi, undan alamini oladi. Bu ham sabr. Lekin qanaqa sabr emas bu? Go'zal sabr emas. Chiroyli avf qilish. Chiroyli avf qilib.

Fosfaxiy safqal jamiy. Bas, ey Muhammad alayhissalom, ularni chiroyli kechirish bilan, go'zal kechirish bilani kechiring. Ya'ni kechirdingiz. Sizni kechirishingiz go'zal bo'ldimi, go'zal bo'madimi? Biz kechirishdagi, axloqdagi go'zallikni gapiryapmiz. Sizni kechinishingiz go'zalsiz bo'lganligini belgisi, shu kechirgan odamingizni qaytib shu aybini gapirmaysiz.

Agar esingizga kelganda, alam qilib ketganda, a? Jazavet tutib ketganda gapirib qo'yayotgan bo'lsangiz, bu kechirishlik go'zal kechirishlik bo'lmabdi. Bir odam ikkinchi odamni qomatib yuborishi xatarliroqmi? Yoki bir odam ikkinch odamni quduqqa tashlab yuborishi xatarliroqmi? Albatta quduqqa tashib yuborishi xatorliroq. Chunki qomalgan odamni tirik qolishi mumkin. Tirik qoladi. Yusuf alayhissalomni akalari o'n ikki yashar paytida quduqqa taqib yubordi. Keyin Misrga borganda Misrning vazirining ayoli Yusuf alayhissalomni qomatib yubordi. Qaysinisi xatarliroq edi yusuf alayhi salomi hayoti uchun? Albatta quduqqa tashlanishi. Ammo oradan yigirma yillar o'tgandan keyin akalari oldiga kelganida shu ishini eslatmadi. Nima dedi? Astay debillah, laqodah ahsanabiy id axroj ya'ni minna sijin. Alloh menga ulkan in'om qildi, meni zindondan chiqardi dedi. Nimani aytmadi?

Hududga tashlaganini, akalarini shu ishini aytmadi, eslatmadi, chunki chiroyli kechirgan edi da. O'shaning uchun eslamadi, gapirmadi. Bizda ham o'tib qoladi. Bir paytlar amaking manan qilgan edi. Bir paytlar tog'ing manan qilgan endi. O'zi kechirganman degan. Lekin nima qilaveradi? Demak, kechirmabdi bu odam. Go'zal kechirish bu aybni qaytib eslamaslik bilan bo'ladi.

Rabboniy go'zalligini martabalari. Alloh taoloning zoti go'zal. Sifatlari go'zal. Fe'llari go'zal, ismlari go'zals. Alloh Taolo shunday go'zal Zotki, U Zotni go'zalligining qandayligini na bir Payg'ambar bilmaydi, na bir farishta bilmaydi. Allohni qanchalik go'zal ekanligini faqat Alloh Taoloning o'zi biladi. Biz aqllarimiz birodarlar sig'dira olmaydi Alloh Taoloni go'zalini idrok qilishligini.

Shuning uchun birodarlar, aytiladiki, shariat adolatning ayni o'zi. Chunki u Allohni manhaji. Shariat rahmatning ayni o'si. Shariat hukumatning ayni hozi. Shariat faqat va faqat xayriyat yaxshilik. Shuning uchun qaysi ishimiz bizni musulmonlar, qaysi bir ishimiz shariat doirasidan chiqib kelsa, u yaxshilik emas, yomonlikka qarab ketadi. Uni har qancha qog'ozga o'ring, har qancha bezeng qilayotgan ishingizni shariatdan chiqdimi? Bu endi yomon ish, bu zarar ish, bu xunuk ish.

Islom chiroyli sanagan, shariat chiroyli sanagan narsa. Chiroyli, shariat xunuk deb sanagan narsa xunuk. Bachavozlikda, erkakda erkakka, ayolda ayolga uylanishligini taraqqiyoti belgisi, peshqadamlik deyapti. Har qanaqa qog'ozga uryapti. Ammo shariatimiz nima degan? Bu razelik, tabiqlik, ifloslik dedimi, tamom. Har qancha qog'ozga yoramasin, biz shariatda turib aytamizki, bu ifloslik, razelik, rasvolik. Bizga bu narsalar yot, bu narsalar bizga xoron, mumkin emas. Yana qaytarib aytamiz, hamma yaxshilik shariatda. Shariatdan chiqdingizmi, endi har qanday narsaga tayyor turib oldik.

Biz Alloh Taoloni al jamil, go'zal zot deb aytdik. Alloh Taoloning hamma yog'i go'zal. Ismi ham, zoti ham, fe'li ham. Shuning uchun fe'lini ko'ramiz. Qor yog'ishini kuzatinglar, qanaqa go'zal. Yomg'ir yog'ishini bir eshitinglar, qanaqo go'zal. Gulni o'sib chiqib kela ekanligini ko'ring, qanaqa g'ozal. Kichkinagina jiji bolangizni, shu bir uch oy, to'rt oylik bo'lgan, besh oylik bo'gan bolangizni qarang, qanaqa, go'zal. Quruq qaqshab yotgan, yerga yomg'ir yoqqandan keyin ko'kat chiqqandan ko'ring qanaqa go'zal. Chunki bu go'zal bo'lgan, aljamil bo'lgan Alloh azza va jallaning fe'lidan edi. Qo'limizda yetgan olma biz qaraylik. E biz qaror ham o'tirmaymiz a?

Qachon qurding? Nima yeding? Qanaqa yeding? Olmani oling qo'lingizga. Shakliga qarab bir mazza qiling. Ko'zingiz quvonsin. Hidlang. Burningiz mazza qilsin. Demak, olmani rangidan, hididan, shaklidan, ta'midan huzulanayotgan paytimizda birodarlar buni kim yaratdi, shunday bir o'ylab qo'yaylik. Ko'klamzorni qaraylik. Ko'm ko'm maysa. Siz hech narsa qilmaysiz. Yomg'ir yog'adi, chiqadi. Qadriga yetmaymiz birodarlar. Somoni ko'kligiga, daryoni oqishiga, dengizni mavjudlanishiga, kun bilan tun almashiga qaraylik birodarlar. Bularni kim yaratdi? Al jamil bo'lgan robbimiz subhanah va taolo.

Bir ishda juda ham chiroyli qilib qilib qo'ygan bo'lsa, ustasi qarab turadi, ha ustasi kuchli odam ekan. O'zini ishida mohir ekan deysiz. Hunari go'zal ekan deysiz, to'g'rimi? Mashinangiz shunaqa kraskalar berdi, yangidek qilib qo'ydi. Qoyil ustasiga deysiz. Endi bu koinotni, bu borliqni qarab turib, nima deyishimiz kerak? Subhanalloh. Bu go'zal ililarda yaratgan alloh taolo o'zi ham al jamil go'zal bo'lgan inson.

Valau yaralladina zoramu id yaraunan adaba annal quvvat alillahi jamiyat. Bunday zolimlar azobga ro'baro' bo'ladigan zamonlarida, qiyomat kunida, butun kuch qudrat allohniki bo'lishini va allohning azobi qattiq ekanini bilsalar edi. Kimlar zolim, kimlar o'ziga zulm qilgan kimsalar? Gunoh qilganlar. Inson gunoh qilar ekan, faqat o'ziga zulmlarni qiladi. Endi qarab turing. Nima deb gunoh qiladi inson? Masalan, bir ayolni dedi da, shunga yetaman deb gunohga qo'l urdi.

Nimasiga aldandi bu ayolni? Go'zalligiga. Demak, bu insonni go'zallikka bo'lgan oshiqligi gunoh qilishlikka olib yubordi. Chiroyli imorat, chiroyli mashinani ko'rdi da, shunga erishish uchun bir xoromishga qo'l uribdi. Bu narsalarda nimasiga aldandi? Go'zallikiga. Insonni tabiatida go'zallikka bo'lgan muhabbat uni gunoh qilishlikka, osiylikka olib bordi. Endi nima uchun asobga qoldi? Nima uchun Robbizga osiy bo'ldi? Vaqtincha bo'lgan, go'zalligi vaqtincha bo'shgan maxluvdi muhabbati bilan aldanib qoldi. Go'zallikka aldanib qolamiz ekan. Ma'qulmi? Masalan, yangi mashina oldingiz, yuribsiz. Olti oydan keyin yangisi chiqadi. Undan chiroyliroq. Mololingiz ham zo'r o'zi. Nima bilan oldi yapti sizni?

Go'zallik oldi yapti ekanmi? Endi inson shu go'zallikka oldinib turib gunohga qo'l ursa, musulmon odam, Allohga itoat qilgan odam haqiqiy go'zallikka oshiq bo'ladi. Bu Alloh Subhanah, avtou Alohninng jamoli. Boyagi dunyoni go'zalliklari harakat qilsangiz, intilsangiz, yetishingiz mumkin. Yetganingizdan keyin bilasizmi, zerikasiz shundan. Ammo haqiqiy go'zallik bo'lgan, Alloh Taoloni jamoliga intilgan odam bu dunyoda yeta olmaydi u maqsadiga. Shuning uchun doimiy suratda uni hayotida intilish bo'ladi, shavqi bo'ladi. Zerikish bo'lmaydi hayotida. Banda hushyor bo'lsin.

Banda bu go'zalliklarni tark qiladi yoki u go'zalliklar uni tark qiladi. Chiroyli ayolini yaxshi ko'radi bir erkak. Juda ham yaxshi ko'rar edi. Lekin bir kun keladi, albatta ajraydi bir biridan. Yo uni ajali tufayli, yo buni ajali tufaylik. Topib qo'ygan chiroyli dunyoyingiz, chiroyli imoratingiz, chiroyli mashinalaringiz, ulardan albatta ajraysiz. Ammo agar Alloh azza va jallani jamolini oshig'i bo'ladigan bo'lsangiz, bundan abadul abad ajramaysiz birga bilasiz.

Aqlu qavli ha da vastag'firulloh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish