MMaviza
Ad-DayyonTekshirilgan33 daq

25-Dars AD-DAYYAN / Asma-ul-Husna

Abdulloh Domla · Asmoul husno

0:00
33:12
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillah robbilar alamin. Vassalatu vassalamu ala saidina muhammad as sodiq al va'dil amin. Allohum ala ilmalana ila ma'lam tana innaka ta'la alimul hakim. Allohum al imna ma'lam na ma'yam far'una va onfa'nabi ma'lam ta'la vasidna ilma. Va rina al haqqa haqqon orzuqun at tiba, va rina al ba'tila ba'tilan orzuqun ajdinaaba. Hoja allam min ma'yasidami un al qovla fayetta bi una husana va adhixin la bi rahmatika fiya ibodika solihiyin. Mabodo assalomu alaykum va rahmatullohi ta'rih va barakatuh.

Alloh azza va jallaning asmonu husno, go'zal ismlari haqida olib borayotgan navbatdagi darsimiz. O'tgan darsimizda alloh subhanahu va taoloning addayyan jazolovchi, mukofotlovchi ismi haqida dars qilgan edik. Inshaalloh bugun davom etkazgan bo'lamiz. Alhamdulillah hirob bilan alamin ar rahman ir rahim maliki yavmiddin. Ya'ni jazo kunining podshohi bo'lgan mehribon va rahmli Alloh Taologa barcha hamdi sanolar bo'lsin. Biz bir kunda o'ttiz martadan ko'proq tilovat qilamiz, Fotiha surasini. Maliki yavmid din jazo kunining podshohi, addayyan jazolovchi, mukofotlovchi. Alloh Taoloning addayyan ekanligini bilishlik bandani taqvoga, istiqomatga teglaydi. Alloh Taolo addayyan bo'lgan zot. Hamma narsani biladi, hisob kitob qiladi, jazolaydi. Agar mana shu haqiqatni banda anglab yetadigan bo'lsa, ustida puxta hisob kitob borligini, mukofot yoki jazo borligini bilsa, robbisini itoatiga kirmay iloji yo'q. Demak, itoatdan tashqarida fizqu fuzyorda yurgan odamlar Alloh Taoloning addayyan ekanligidan bexabar.

Ularning mana shu ilmsizligi gunoh ma'siyatda doimiy bo'lishiga sabab bo'ladi. Alloh azza va jalla Qur'onda marhamat qiladi, istaydu billah. Allohun ladiy xoloqa sabo' as samavatiym va minal al dimitulahun. Yetanas zalul amru bayna hunna li ta'lamu anna allohu ala kull sha'in qodir va anna allohu aqodaha to bi kunli sha'in a'ilma.

Alloh azza va jalloh yetti osmonni va yerdan ham o'shalarning mislini yaratgan zotdir. Allohning amr farmoni ularning o'rtasiga nozil bo'lib tarqalib turur. Osmon bilan yerning o'rtasida tushadi, hukmi tarqalib turadi. Toki sizlar Allohning barcha narsaga qodir ekanligini va Alloh barcha narsani o'z bilimi bilan ihota qilib olganini bilishlaringiz uchun, u zot sizlarga xabar berdi. Qarang, osmonlar va yerni yaratilishidagi sabab illat bu li ta'lamu, bilishingiz uchun. Ya'ni bilib qo'yinglar, Alloh Taolo hamma narsani o'zi ilmi bilan ihota qilgan. Hamma narsani bilib turadi. Nima dedik? Nimani o'yladik? Qayoqqa bir qadam bosdik? U osmondami, suvni tagidami, yerni tagidami? Alloh Taoloning ilmidan biror narsa maxfiy bo'lmaydi.

Alloh azza va jalolning mana shu maxluqotlari haqida fikr qilish siz bilan bizni Alloh Taoloni oldiga olib keladi. Allohni qanchalar tanisak, undan shunday bir qattiq, qalbimizda unga nisbatan muhabbat bo'ladi, uni hisobidan qattiq qo'rqishlik bo'ladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat qilganlar, mutofaxini alix bo'lgan hadis. Innalillahi ta'ala tis'atan va tis'ayna isman illa vahidan. Man axsoha dahal al jannat. Albatta Alloh Subhanahu va Taoloning to'qson to'qqizta ismi bor. Bir kam yuzta. Kim ularni iqso qilsa, ya'ni o'qib, o'rgansa, sanasa, ma'nolarni anglasa, jannatga kiradi. Biz mana shu to'qson to'qqizta ismini birodarlar o'qib o'rganyapmiz.

Mana Alloh Taolo aytdi va anna allohi xot ahvato bekul lishayin ilma. Alloh Aziz va Jallab barcha narsani o'z bilimi bilan ihota qilib qo'ygan. Demak, Alloh biladi, hisob kitob qiladi, jazolaydi. Shu narsadan xabarimiz bo'lar ekan, shu narsa esimizdan chiqmas ekan, shu haqiqat yodimizdan ko'tarilmas ekan, biz mustaqim yo'lda bo'lamiz. Mana, bir misol bilan tushuntiraylik.

Inson qachon majbur Alloh Taoloning itoatida bo'ladi? Qachoniki Alloh Taoloni bilishini, hisob kitob qilishini, jazolashini bilsa. Misol, shaharda bir katta bir perekroskasi deylik. Svetofor qizil chirog'i yonida. Haydovchi kelib to'xtaydi. Shu svetoforni o'rtasida mirshab turibdi kuzatib. Mandarog'ida yana bitta mirshab mashinada o'tiribdi kuzatilib. Shu perekroskani ustida kamera turibdi yosib. Savol. Shu haydovchi qizil chiroqqa yuradimi hozir?

Yurmaydi. Nima uchun yurmaydi? Shu yo'l harakatni qoidasini joriy qilgan hukumat uni kuzatib turibdi. Ko'rib turibdi. Hukumatni ikkita mirshabi turibdi. Yurib o'tib ketsa, quvib boradi. Agar qochib ketsa, kamera turib yozib qo'ygan. Nima uchun yurmaydi boyagi haydovchimiz? Chunki shu yo'l harakati qoidasini jori qilgan hukuman uni kuzatib suribdi. Kamerasi kuzatyapti, mirshabi kuzatyapti. Demak, hukumatning u haqidagi ilmi shu haydovchini qoidani bo'lishligidan man qiladi. Xuddi shunga o'xshagandek, siz bilan biz alloh taoloning addayyan ekanligini bilsak, bilishini, yozib qo'yishini, hisob qilishini biladigan bo'lsak, unga osiy bo'lishlikdan qo'rqamiz, tiyilamiz. Chunki aqlli odam yurmaydi da boyagi qizil chiroqqa. To'g'rimi?

Oqil, hushyor inson qanday bo'ladi? Asarlarda keltiriladi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam o'zining asboblari bilan ko'chada ketib borarkanlar, Madina ko'chalarida, bir majnun odamga to'g'ri keldilar. Ya'ni past odam. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam so'radilar, bu kim? Kim bu? Asboblar, bu majnun deyishdi. Ya'ni jinni. Rasululloh aytdilar, la ha da mubitalo, al majnun man asalloha. Yo'q, bu mubitalo, balolangan inson. Majnun, Allohga osiy bo'lgan kishi.

Allohga osiy bo'lgan kishi majnun. Aytyapmiz ku, aqli hushi joyida bo'lib turib, boyagi haydovchi qizlarga yurarmidi? Oqillik uchun turibdida. Endi Robbini jazolashligini, addayyan ekanligini bilib turib ham gunoh qilayotgan bo'lsa, demak bu odam emas, oqil emas, balki majnun bo'ladi. Shuning uchun bir odam dunyoviy ilmlarda bir ma'lum bir darajaga erishgandir. Beshta diplomi bordir. Ammo agar mana shu o'zini ilmi deyotgan odam, beshta diplomi bor odam, gunoh ma'siyatda doim bo'lsa, dunyoga nimaga kelganligini bilmasa, nimaga yashayotganligini bilmasa, qayerga ketishligini izlab topib o'rganmasa, bu odamni birodarlar shariat nuqtai nazaridan oqil deb bo'lmaydi. Ma'qulmi? Undan ko'ra o'sha maktabni narigi tugatgan omon dehqon yetmish ga kirgan. Ilmliroq shariat nuqtayi nazaridan. Chunki qayerdan kelganini biladi, nimaga yashayotkanini biladi, qayoqqa qarab ketayotganligini bildi, shunga qarab tayyorgarlik qiladi. Chunki har qancha ilminglar katta bo'lmasin, birodarlar, diplominglar mingta bo'lmasun, o'rganinglarda diplom qayerda qoladi?

Qayerda qolad? Unvoningiz ham qoladi, pogoningiz ham qolad, udastoveringiz ham qoladi. Pulingiz ham qolad. Diplom hammasi qabrni ustida qoladi. Endi u yoqqa amali bilan, iymoni bilan kiradi. Alloh azza va jallaning asma oli husnosini o'rganishlik siz bilan bizga lozim va lobiddur. Ustimizda ilm o'rganishlik farz, birodarlar. Tolabo'li ilmiy faridatu ala kulli muslimin va muslimatin. Har bitta erkak, ayol musulmonga ilm talab qilishlik farz. Endi mana shu ilmni farzi ayam bo'lgani bor, farzi kifoya bo'lgani borda. Farzi ayam bo'maganda shunaqa ilmki, hamma bilishligi kerak. Masalan, besh ma'ru namoz, tahorat, g'usl. Farzi kifoya shunaqa ilmniki, musulmonlardan bir ayrimlari shu narsani o'rganib qo'ysa, shu ilmni, qolganlardan soqit bo'ladi. Masalan, parashutingiz.

U uchun qaysi ilmni bilishlik farzi ayni, parashut haqida ekan. Qaysi ilmda bilishlik farzi kifoya. Aytaylarchi? Parashut qaysi materialdan yasalgan, qaysi kompaniya tikkan, qanaqa ip bilan tikkan, qaysi mashinka bilan tikkan, bu farzi kifoya. Uni bilmasa ham hech narsa bo'lmaydi. Ammo farzi ayb bo'lganichi?

Qaysini farzi? U parasturni qanday taxlasa, ochiladi. Shuni bilishi farz. Va qaysi ip tutqorchisi ochiladi, shuni bilishi fariz. Ammo yuqoridagi narsalarni bilmasa, hech narsa bo'lmaydi. Xuddi shunga o'xshagandek birodarlar. Siz bilan biz bilishimiz farz, lozim, nobud bo'lgan ilm bor va bizga farzi kifoya bo'lgan ilmi bor. Mana shu Alloh azza va jalolining asmol husnosi haqidagi ilm bizga farzi ayni. Chunki addayyan ekanligini bildingiz. Arrazoq ekanligini bildiz. Arrohim ekanligini bildiiz. Allohdan boshqaga suyalmaysiz.

Yana bitta misol. Xullas bir odam mashinani oldi, uzoq safarga chiqdi. Sayohatga. Ozgina yurgandan keyin, tablosida qizil chiroq yonib qoldi. Yog'di, chiroq yonilib qoldi. Nima degani bu? Ziynat uchunmi? Haligi haydovchi uni bilmaydi nimaligini. Shu ilmdan bexabar. Ketaveradi, chiroq yoniq turibdi deb. Ozginadan keyin mashina to'xtaydi, motor ushlab qoladi, sayohat qoladi, katta chiqimga tushadi. Demak, mana shu haydovchini shu ilm haddan bexabarligi uni safarini to'xtatib qo'ydi. Demak, siz bilan biz robbimizni asmoli husno va sifatul o'losini biladigan bo'lsak, birodarlar, juda ko'p muammolarimiz olda olinadi va doim haqda bardavom bo'lamiz.

Demak, ilmsizlik musibat ekan. Johillik qotil ekan. Dinimizda siz bilan biz bilishimiz kerak bo'lgan farz ilmlardan qancha qanchasi turibdi, o'shalar bilan shug'ullanmasdan nafl bo'lgan, kifoya bo'lgan ilmlar bilan ovora bo'lib yuribmiz. Ba'zida sunnatda mahkam ushlayapman deb, tashqi ko'rinishini sunnatga muvofiq qilyapman deb tirishib yurgan ukalarni ko'ramiz. Ota onasi bilan qilayotgan muomilasi, birodarlar, mutloq shariatga to'g'ri kelmaydi. Seni birodar shaklingni sunnatga muvofiq qilishingdan ko'ra, ota onangni duosini olishliging, ularda xizmat qilishliging lozimrog'ida, lobitrog'ida. Nafl bo'lgani ishga chiqib ketyapti, uyda farz yoki vojib bo'lgani qolib turibdi. Shuning uchun yaxshilab bilib olaylik. Qoida, ilm amaldan burun turadi.

Ilm amaldan burun turadi. Agar kim ilmidan bexabar bo'lib turib amalga kirishib ketsa, nima bo'ladi? Qovun tushadi. Da'vat bo'ladimi bu, nasihat bo'ladimi bu? Sport bo'ladimi bu. Tijorat bo'ladimi, hunar bo'ladimi? Nima bo'lishidan qat'iy nazar, ilmini o'rganishligimiz kerak. Ma'qulmisizlar? O'zi qaranglarda, xuddi mana shu da'vatni o'zi ham, islomga da'vat qilishlikni o'zi ham shu da'vat qilayotgan odam, shu da'vat ilmidan xabari bo'lmay turib da'vat qilsa, birov quloq solmayapti.

Uni da'vatini birov qabul qilmayapti. Bo'lmasa musulmonlarga gapiryapti. Nimaga qabul qilmaypti? Demak shu da'vat, ilmidan xabar yo'q shu odamni. Qoida, ilm amaldan muqaddam turadi. Kishining iymonini afzali qaysi? Kishining iymonining afzali, Alloh doim u bilan birga ekanligini bilishi. Alloh doim men bilan birga dedingizmi? Demak, iymoningiz eng yaxshisi mana shu. Endi, iymoning eng oliysi qaysi?

Allohni ko'rib turganingdek ibodat qilishing. Garchi Allohni ko'rolmayotgan bo'lsang ham, U seni ko'rib turibdi. Alloh Taoloni addayyan ekanligini bildingiz. Biladi, yozib qo'yadi, jazo beradi. Mana shu narsani bilasizmi? Demak iymonni eng oliysi sizda. Chunki qarang, masalan, prezidentni oldida turibsiz, yurtingizni prezidentini oldida turibsaz. Qanaqa turasiz?

A? Qanaqa turarsiz? Rovno turasiz. Oshishga harakat qilmaysiz. Bitta so'zni oshishga gapirasizmi? Qanaqa o'zi taklif qildi sizni? Prezidentni anaqasiga taklif qilganda bilasizmi, bir oy tayyorgarlik ko'rasiz. Nimalarni yangilaysiz? O'zi kiyimingiz yangi. Yangi kiyim olasiz. Sotib olishga kechqurun borasiz. Prichoskalarni qilasiz, atillarni sepasiz, mana shunday borasiz da. Bitta o'zingizga o'xshagan odam, faqat davlat rahbarini oldida turishlik uchun qanchalar o'zingizni nazorat qilib turishingiz kerak bo'lsa, chunki ko'rib turibdi da prezident sizni. Endi robbingiz ko'rib turganda qanaqa turishingiz kerak edi? Aytdik ku, kim ma'siyatda, fizq fuchurda davomiy qolib ketadi? Robbisini addayan ekanligi, robbisini kuzatib turuvchi ekanligini bilmagan odam. Bilmagan odam!

Alloh subhanahu va taoloni asmoli husno va oliy sifatlarga bo'lgan iymonimiz birodarlar haqiqiy iymon bo'lishligi kerak. Shayton nima degan edi? Fabi izzat ekan. Izzatinga qasam degan edi. Demak Alloh Taoloni azizligiga iymon keltirdi. Fanzirni ilayyavmi yubasun. Meni insonlar, umuman maxluqotlar qayta tiriladigan kungacha tirik qo'ygin degan edi. Qayta tiriltilishiga iymon keltirgan edi. Xoloqdan minnar, meni olovdan yaratding degan edi. Yaratganiga iymon keltirilgan edi.

Xoliqligiga, robligiga, aziz ekanligiga, qiyomat kuni tiriltilishiga, qiyomat kunda qoyim qilishingga iymon keltirdi, ammo Alloh Taoloning asmonu xusnosidan bexabar edi. Tanimagan edi. Demak, Alloh Taologa ibodat ham qilmagan edi. Murodalar, Allohni borligiga mutloq ishonmaydigan odamlar ko'p bo'lmaydi. G'irt kofirlar ko'p bo'lsaydi.

Insonni tabiatida Alloh Taologa sig'inishlik, fitratida bor narsa. Hatto mushriylar ham o'sha toshiga, g'ishiga suyanayotib turib, aytadiki, astadibillar ma na'buduhum illal yuqor ribuna ila allohi zulfa biz o'sha xudolarimizga faqat ular bizni Allohga yaqin qilishlari uchungina ibodat qilurmiz deyishar edi. Ya'ni Allohni borligiga ishonadi, faqat o'rtaga vosita ishlarni qo'yib qo'ygan.

Endi inson Allohni borligi iymon keltirdi yu, bu iymoni Allohga itoatga yetaylanmaydigan bo'lsa, bu iymonni qiymati yo'q. Biz ham Allohga ishonamiz. Biz ham la ilaha illalloh muhammad rasululloh deymiz deyapti va shu kalima bilan musulmon bo'ldi, ammo qiymati baland emas buni, qiymati yo'q iymonini. Chunki haqiqiy iymon bo'lganida itoatga yetaylikmi iloji yo'q edi. Bir inson qiyomatda borligiga ishonaman deyapti yu, lekin maxluqotlarga aziziyat yetkazishlikdan to'xtatmayaptimi shu iymoni? Demak, bu iymonini ham qiymati yo'. Iymoni yo'q emas, iymoni bor, iymonini qiymati yo't. Allohga bo'lgan iymon, uni itoatiga biz tortishlik kerak. Qiyomat kuniga bo'lgan iyman, maxluqotlarga aziyat yetkazmaslikka biz chaqirishlik kerak. Tushunarli bo'ldimi? Mana shu ham qoida edi. Qaytaramiz. Allohga bo'lgun iymon, uni itovatiga chaqiradi biz.

Qiyomat kuni kuniga bo'lgun iyman, maxluquotlarga aziyyat yetkazmasligiga chaqiradi. Agar shu ikkita ishni qilmayotgan bo'lsak, iymonimizni qiymati, qadri yo'q ekan. Kimni iymoni Alloh Taoloning toatiga etaklagan bo'lsa, bas bu kishi najot topgan haqiqiy mo'min ekan. Alloh azza va jalla insonga idrok qilishlik quvvatini, fikr yuritishlik quvvatinini berdi. Ya'ni oliy ehtiyoji bor va quyiroq bo'lgan ehtiyoji ham bor. Quyiroq bo'magan ehtiyoj nima? Ovqat, kiyim, issiq, sovuq, uy, juft, bu quyiroq ehtiyojlarimiz. Bu ehtiyojlar hayvonda ham bor. Unga ham ovqat kerak, unga ham juft kerak, unga hamm uyni kerak. Bu masalada jonivorlar bilan odamlar bir xil. Quyi ehtiyojlarmizda. Ammo oliy ehtiyojlar bor bizda.

Shu ehtiyojlarni qondirmasa, faqat quyi ehtiyoji bilan yuradigan bo'lsa inson, ana shu hayvonlar darajasiga yaqin bo'lib qoladi, tushunib qoladi. Ruhini talablariga, oliy ehtiyojlariga labbay demagan, ularni qanoatlantirmagan kishi hayvonlik darajasiga tushib qoladi. Amuatun g'oyru ahya, deydi Alloh Taolo. Ular jonsiz o'liklardir. Boshqa oyatda inhum illa kal an am, balhum adol lu sabiyla. Ollohni itoatidan uzoq bo'lgan kofirlar, ular hech narsa emaslar. Magar chorva hayvonlari kabidir. Yo'q, ular yanada yo'ldan ozganroq kimsalardir. Xushumi musannada, ular go'yo devorga yo'lab qo'yilgan yog'ochlarga o'xshaydi. Oliy ehtiyojimiz bor, birodarlar. Aqlimizni ehtiyoji, ruhimizni, qalbimizni ehtiyoaji bor. Agar bularni qanoatlantirmasdan, faqat quyi ehtiyojlar bilan ovora bo'lib qolsak, hayvonlar darajasiga tushib qolamiz, birodarlar.

Astabiyaillah. Ar rahman, allamal quran, xolaqol insan, allamahul bayan. Mehribon Alloh, Muhammad alayhissalom va uning ummatlariga Qur'onni ta'lim berdi. U zot insonni yaratib, unga nutqni ta'lim berdi. Mana shu bayon, nutq birodarlar, siz bilan bizni boshqa jonivorlardan ajratib turadi. Voy, bilasizmi nutq qanaqa ne'mat? Yuragimni qashib qo'ydingiz siz.

Bo'ldi, topib qashaydi. Endi shuni tilsiz tushuntiring da. Yo ichim burab qornim og'riyapti degan narsani aytmasdan, mimika bilan, jestikulyatsiya bilan tushuntirib ko'ring da. Alloh Taolo nima dedi? Unga bayonni ta'lim berdi. Inson yaratilmasdan avval unga Qur'on o'rgatilishi mumkinmi? Yo'q. Avval yaralishi kerak. Lekin avval nima dedi? Qur'onni o'rgatdi, keyin yaratdi deyapti. O'zi aslida yaratdi, ta'lim berdi, keyin qur'onnio'rgatdi deyish kerakmidi? Yo'q. Ar rahman, allamal qur'on qur'onnii o'rgatd deb avval aytdi. Yaratishidan avval. Inson yaralmasdan avval unga Qur'on o'rgatishi mumkinmi? Yo'q. Oyatdagi tartib birodarlar foyda tartibi emas, balki martaba tartibidir. Ya'ni, inson yashasa, uni hayoti bir manxaj ustida bo'lmaydigan bo'lsa, vujudda borligini foydasi yo'q. Masalan, nimaga yashayapti odamlarni ko'pchiligi? O'sha savolni bersin da o'ziga.

Aytaman, turdi, ishga boradi. Ha xo'p, ishga borad. Nimaga ishga bording? Ha pul topgani bordim. Nimaga pul topasan, bola chaqa boqqani? Nimaga bola chaqa bo'g'yapsan? Mendan keyin qolgani. Hozir ishdan maqsad nima? Ha ketasan ertaga. Manhaj yo'q. Aytdi ku, bir odamni beshta diplomi bo'lsa yu, qayerdan kelganligini bilmasa, nimaga yashayotganligini bilmas a, qayoqqa ketishigini fikr qilmasa, Payg'ambarimiz aytyaptilar, u majnun jinni emas bu. Majnun kim?

Allohga osiy bo'lgan odamni majnun deyapti payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam. Alloh taolo addayyan jazolovchi, mukofotlovchi bo'lgan zot. Alloh subhanahu va taolo gunohkor bandaning zarariga hujjatni qoyim qiladi. Bir qozi yoki hokim, birovni jazolamoqchi bo'lsa, uni jazolashlik uchun hujjat dalil keltirishlik kerak. Qilgan gunohini aybini bo'yniga qo'yishlik kerak va mana shu keltirgan dalili uni beradigan jazosini oqlaydi.

Demak alloh taolo dayyan bo'lgan zot, addayyan bo'lganzod, bandasini ustiga hujjatni keltiradi. Aytadi, astaydu billah, iqro kitabak kafa binafsika liya ma'leaka hasiba va unga deyilur, nomayi amolingni o'qi. Bugun o'z nafsing o'zinga qarshi yetarli hisobchidir.

Akalar, biz iymon keltirganmiz. Va innah alaykum la hafiylin kiroman kotibin. Albatta, ustingizda saqlovchi ikkita hurmatli yozuvchimiz bor. Bu ikkita farishta hojatxonaga kirganimizda tushib turadi. Jufti bilan yaqin bo'lgan paytda tushib turadi, boshqa payt ustimizda. Bironta so'z, bironta harakatimiz yozilmay qolmaydi. Innalloh akani alaykum raqibah. Albatta Alloh ustingizda kuzatuvchi bo'lgan zotdir. Ha bo'pti, shu ikkita o'rinda tushib ketar ekan. Shu paytdagisi nima bo'ladi gunohlarda? Alloh Taolo aytyapti, albatta Alloh ustingizdan kuzatuvchi bilgan zotdir. Agar ular yozmagan bo'lsa, Alloh Taolo bilib turadi.

Agar bir odamga seni telefoning proslushkada ekan desa, qanaqa qilib gapiradi? Qanaqa qilib gaplashadi? Judayam terib gapiradi. Oz gapiradi, iloji yo'qsa umuman ishlatmaylar qo'yadi telefonini. Ya'ni o'zingga o'xshagan odam seni kuzatyapti ekan degan narsa, shu ilm uni og'zidagi gapni elab qo'yyapti. Yoki seni orqangda odam bor ekan, kuzatib yurgan desa, haligi odam o'zi biladi nima ish qilish qilmasligini. Haligi odam ko'rmay qolishi mumkin bir xil ishingizni. Haligi yozayotgan apparati yozmay qolishi mumki gapirayotgan gapingizni. Ammo shunday bo'lsa ham juda ehtiyotkor bo'lasiz. Endi yelkangizda ikkita farishta turgan bo'lsa chi, addayam bo'lgan robbingiz kuzatib turganini bilsangiz chi. Bunaqa odamga qorovulni ham keragi yo'q, mirshabni ham keragi yo', nimani ham keragi yo'g', kamerani ham keragi yo'da.

Demak, xulosa qilsak aytamizki, alloh taoloning addayyan ekanligidan bexabar bo'lgan inson, alloh taoloni kuzatib turishidan bexabarbo'lgan inson gunoh mas'uliyatga kirib ketadi. Gunohga uni nima yetaylikyapti? Bexabar. Bexabarligi boshqacha qilib aytsak, ilmsizligi.

O'zi hamma musibat o'sha bitta so'zga borib taqaladi, ilmsizlik musibatiga. Voh voh ma'qum, aynama kundum. Sizlar qayerda bo'lmanglar, u zot sizlar bilan birga. Shuni his qilsangiz, Alloh Taoloning addayyan ekanligini bilsangiz, albatta gunohdan tinchligingiz oson bo'ladi. Addayyan kalimasidan olinadi yana bir ma'no, xabardorlik, hujjat keltirish va hisob qilish. Alloh addayyan biladi, hisob kitob qiladi, jazolaydi. Biladi, yozib qo'yadi, hisob kitob qiladi, jazolaydi. Mana shu to'rt dona so'zni yaxshilab qalbimizga joylab olsak, gunohni tarqalishlik judayam, judayam oson bo'ladi.

Shahardagi katta perekryoska qizil chiroq yonib turibdi. Haydovchi to'xtadi. Ikkita mirshab kuzatib turibdi, kamera yozib turibdi. Buzadimi qoidani? Buzmaydi. Qachon buzadi qoidani? Kechasi soat uch, mirshablar yo'q, kamera buzilib yotibdi. O'shanda buzadi. Qachon buzar ekan? Uni kuzatib turuvchilar yo'qligini bilganidan keyin. Lekin siz bilan biz birodarlar kuzatib turgan kuzatuvchilarimiz, xiroman, katibin farishtalarimiz, ular uxlamaydi. Ular obedga chiqmaydi. Ular charchab ketmaydi. Ularni fleshkasi to'lib qolmaydi.

A fahasi butun anna man xolaqinakom abadhan. Alloh taolo so'rayapti. Yoki sizlarning gumoningizcha, biz sizlarni behuda yaratdikmi? Bironta ish behuda bo'lishi mumkinmi bu vujudda? Yo'q. Mutloq komillik egasi bo'lgan robbimiz bironta ishni bekordan qilgan bo'lishi mumkinki? Yo'q. Alloh taolo so'ryapti. Nima? Bekarga yaratildi deb o'ylayapsizlarmi? Va annakum ilaynala turjaun bizni oldimizga qaytib kelmaymiz deb o'ylayapsizlarmi? Ta'allohu li malakul haq. Bunaqa bema'nigarchilikdan alloh subhanahu taolo pok bo'lgan zot.

Bir universitetni tasavvur qilaylik, jomiyani katta pul evaziga qurilgan. Katta pul sarflangan. Isitishiga, sovutishiga, jihozlariga, muallimlarga. Muallimlarni ko'p mehnati vaqti sarflangan o'quvchilarga. Endi shu jomiya, yilni oxirida. Talabalarni imtihon qilmasdan chiqarib olishlarga aqlga sig'adimi? Qarang, odam bolasi bekorchi ishni qilmaydi. Shuncha pulga qurildi, shuncha vaqt sarflandi, mehnat sarflandi, endi yilni oxirida nima olish kerak? Imtihon bo'lishi kerak. Xuddi shunga o'xshaganday birodarlar lilakhi ilma salul ala yetmish yil sakson yashadingiz u yerda. Yedingiz, ichdingiz, birodar haqqini yedingiz, siznikini yeb ketdi. Hisob kitob bo'lmasdan shunday tugab ketishlarga aql ga sig'adimi?

Ayahsa bul insano an yutraka suda. Alloh Taolo yana so'rayapti. Inson bekor tashlab qo'yilishini o'ylarmi? Hisob kitob qilinmasdan oxiratda. Dunyoda yozib, tekshirilmasdan o'z holiga tashlab qo'yapti deydimi? Birodarlar, hayotda Alloh Taolo kimnidir boy, kimni kambag'al qildi. Kimni quvvatli, kimni quvvatsiz qildi. Kimi xo'jayin, kimni itoatda qildi. Endi birov birovni haqqini yedi. Quvvatli odam quvvatsizga zulm qildi. Shu bilan dunyo tugadi, ketdimi? Aql qabul qiladimi buni?

E, buni hisobi bor degan narsa qalbingizga mo'minni qalbiga taskin beradigan eng katta narsa oxiratga bo'lgan iymoni. Haqqini yeb ketdi. Urdi, sindirdi, bir narsasini tortib oldi, xullas zulm qildi, bu javob bera olmadi. Ichi yonadi a? Mo'min odam nima deydi? Hali qiyomat bor deydi. Xotirjam turadi. Bersangiz shu dunyoni olaman og'ayni deydi. Yo aka deydi. Bermasangiz qiyomatga qoldi deydi. Deydi, xotirjam ketaveradi. Zo'r a?

Zo'r a? Shuning uchun mo'min odam insult bo'lmasligi kerak, uch to'rt soqqasini yo'qotsa. A? Insult bo'lmaslik kerak. Chunki kim bor? Adayyan bo'lgan Robbimiz Subhanah va Taolo bor. Qanday kun bor? Qiyomat kuni bor. Oxiratga bo'lgan iymoni mo'minni qalbiga mana shu taskenni beradi. Addayyan ismidan olinadigan yana bitta ma'no, Alloh Taolo xaloyiqni hammasini o'ziga tamomiy bo'yin sindiradi. Qullillahi il hujjatul bal ig'om. Ayting, yetuk hujjat faqat Allohning hujjatidir.

Qiyomat kunida ustimizga qo'yiladigan, bizni zararimizga qo'hiladigan hujjat birodarlar komil. Hech kim uni inkor qilolmaydi. Va kafay binafsaka liya ma'lika hasiba, o'zingga o'zing kifoya qilasan hisob kitob uchun deyapti. Sizni o'zingizni shu qilgan gunohlaringizni, shu gunohlarni qilgan a'zolaringiz o'zi aytib turadi. Al liya ma naqtimah al avvahihim. U kunda og'izlarga muhr uramiz deyapti Alloh Taolo. Oyoq qo'llarini gapirtirib qo'yamiz, qilgan ishlari ustida deydi. Hujjat xoin bo'ladi, hech kim yuz o'gira olmaydi, hech kim u narsani inkor qila olmaydi. Alloh Taolo puxta, nozik, daqiq hisob kitob qiladi, bironta odam inkor qila olmaydimi uni hujjatini dalilini.

Bir arobiy kelib, yo Rasululloh, menga nasihat qiling, faqat qisqaroq qiling dedi. Shu soddalik bilan kelib, qisqa nasihat qilib qo'ying, ozgina bo'lsin dedi. Endi chakana narsani aytish kerakmi o'zi aslida? Rasululloh ikkita oyatni o'qib berdilar. Astaydu billah.

Fa man ya'mal mifqola zarroting xoyron yaroh, va man ya'mal mufqola zarroting sharron yaroh. Ba'zi kim zarra misxolichalik yaxshilik qilsa, o'shani ko'rur qiyomat kunidan. Va kim zarra misqolichalik yomonlik qilsa, uni ham ko'rur. Yana qanaqa nasihat kerak? Chunki addayyan bo'lgan, jazolovchi, mukofotlovchi bo'lgan robbimiz zarra vaznichalik yaxshilik bo'lsa ham ko'rsatib unga mukofot beradi. Zarra vaznichali yomonlik bo'lsa, uni ko'rsatib turib, albatta unga jazo beradi. Haligi arobiy kifoya qiladi dedi. Bo'ldi dedi. Tushundim dedi. Rosul aytdilar, faquh rojim dedi. Faqih deyilsa, tushundi, angladi, ammo faquha bo'lsa, fiqh ilm egiga bo'ldi. Bu o'rinda Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam faquha dedilar. Ya'ni, fiqh egasi bo'ldi.

Addayyan karimasidan olinadigan yana bir ma'no, Allohning jazosidan hech kim qutila olmaydi. Hech kim qutula olmaydi. U kunda birodarlar oyoq qo'llar ishlamaydi. Alloh Taolo qiyomatga, maqsadgohga hammamizni tikka qilib qo'yadi. Uni iznisiz hech kim bir og'iz so'z ayta olmaydi. Uni iznisiz, hech kim harakat qila olmaydi, qimirlay olmaydi. Hech kim Allohni mukofotidan ham, jazosidan ham qutula olmaydi. Bu dunyoda qutilib ketish yo'llari ko'p. To'g'rimi? Muhimi kerak odamlar bilan tanishiligingiz bo'lsa bo'ldi. Falonchi urug'dan bo'lsangiz bo'ldi, falonchini jiyani bo'lsangiz, bo'ldi, qutilib ketasiz.

Dunyodagi odamlar beradigan jazodan qutulib ketishi mumkin. Lekin qiyomatda birodarlar hech kim hech kimga kuyinmaydi, hech kim hech nimga foyda zarar keltira olmaydi. Alloh taolo aytadi, istadi billoh, innaka idimatin, albatta mening makrim qattiqdir. Birodarlar, yer yuzidagi eng mustahkam materiallardan bu po'lat. O, yuzlagan metr baland turadigan imoratlar po'latga suyanadi. O'o' katta katta ko'priklar mana shu po'latdan qilinadi, po'latdan bo'lgan troslarga osib qo'yiladi. Mustahkamligi uchun, pishiqligi uchun.

Alloh taolo aytyapti, albatta meni makrim, hisob kitobim, jazo mukofot berishim qattiq deb aytadi. Hech kim qutila olmaydi undan. Demak, osiy banda hech qachon allohning jazosidan, iqobidan qochib qutilib keta olmaydi. Vala yaxshabanna la dinah kafaru saboqu. Kofir bo'lgan kimsalar ustun keldik deb hisoblamasinlar. Kofir inson muvimiga zulm qilyapti. Musulmonlar xor bo'lyapti hozir yer yuzida. Kofirlar zulm qilyaptilar. Hech kim jazosini bermayapti. Zo'r yashab o'tib ketyapti dunyoda. Lekin o'tib ketyapdi baribir. Dunyoda jazosini olmasdan o'tib ketyapsi ko'pchiligi. Robbimiz aytyapti, kofir bo'lgan kimsalar ustun keldik, ya'ni g'olib bo'ldik. Hech kim bizni jazoyimizni bermadi deb o'ylamasin. Chunki qayerga bordi ular?

Alloh taoloni huzuriga. Qiyomat kunida hamma Alloh Taoloning qabzasida bo'ladi. Alhamdulillah, ilohi robbilen a'lamin, ar rohmanir rohiym, maliki ya umiddin. Jazo kunining podshohi, addayyan bo'lgan, mehribon va rahmli bo'lgan Alloh Subhanah va Taologa hamdu sanolar bo'lsin. Birodarlar, unutmaylik, Alloh Taolo biladi, Alloh Taolo hisob kitob qiladi, Alloh Taoloni jazolaydi. Chunki u addayyan bo'gan zot. Aqlu qovli ha'da va astag'firulloh ili valakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va birakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish