MMaviza
Al-JavodTekshirilgan24 daq

16.04.2021 - 36-Dars AL-JAVAD / Asma-ul-Husna

Abdulloh Domla · Asmoul husno

0:00
24:22
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil alamin. Vassalotu vassalamu ala saidina muhammad as sodiqul va adil amin. Allohumma la ilmalana illa ma'lamtana innakantana alimul hakim. Allohumma al imnama ayam fauna va fana bi ma'lamtana vaziydina ilma. Allohumma arenal haqqa haqqon va zuhnat i ba'a va arenal ba'tila ba'tilan va zuhnat i jdi naba.

Vaja'il la min min ma'y yestin me'unul qovli fayetta biyunun aqsana. Vodixin la bi rohamatika fii aybadika solihin. Ammabayev. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatuh. Bismillahir rohmanir rohim. Alloh azza va jalining go'zal ismlaridan, asmonu xurshidnodan olib borayotgan navbatdagi darsimiz, alloh subhanah va taoloning al javat ismi haqida dars qilgan bo'lamiz. Al javat. Saxiy, saxovatli. Mo'min kishi. So'zi ham, amali ham chiroyli bo'ladi. Chunki uni robbisi Al Javvat, so'zni ham, fe'lni ham eng chiroyligini qoyim qiladigan zot, bu sifatidan, bu ismidan mo'min o'ziga ulush nasib olishlik kerak. Mo'min kishini axloqi go'zal bo'ladi.

Sodiq mo'min o'zi mana shu ismdan nasib olgan bo'ladi, shuning uchun xulqi go'zal boradi. Shuning uchun ulamolar aytishadi, iymon axloqdir. Kimning axloqi senikidan yuqori bo'lsa, demak uni iymoni ham seni iymoningdan o'zib ketibdi. Biz endi albatta La ilaha illalloh Muhammad rasululloh degan muammolar haqida gapiryapmiz. Masalan, g'ayridinlar yoki xudo zidlarida ham qarasangiz xulqi, axloqi ideal bo'lganlari bor. Yonidan ketkisi kelmaydi, shunaqa shu muammolar, shirin so'z. Lekin uniki xulq emas, uniki hunar.

Bizdagi, biz sanayotgan go'zal xulq, u xulqmi bizga yo hunarmi? Qanday bilsak bo'ladi shuni? Masalan, styuardessalar bor a, samolyotda. Juda ham sertabassum bo'ladi, xushmuomala bo'ladi, bunday qilsa yurib keladi, suv deysiz, olib kelib beradi. Uniki xulqmi, hunarmi?

Kayerdan bilasizlar? Pul oladi? O'qigan, hunarli bo'lishganmi? O'qigan. Yo'q, uniki hunar, to'g'ri aytdinglar. Chunki o'sha boyagi styuardessa kiyimini kiyganda, u shuning uchun pul oladi. Endi, o'sha kiyimini yechgandan keyin ko'chada ko'ring da. Demak, uniki hunar. Bizniki chi?

O'zimizdan kattaroq, quvvatliroq, mansabli odam kelsa chiroylik. Endi bizdan pastroq kelganda chi? O'zimga qaraylik. Ko'chada xushmuomala ochib keldik deymiz, uyga kelganda chi? Agar uyga kelganda ham o'sha shirin suxanlik, o'sha xushmuomalali bo'lsa, bu xulq ekan. Bo'lmasa nima ekan u? Demak, kimni axloqi seni axloqingdan o'zib ketgan bo'lsa, demak uni iymoni ham sendan nima bo'lib ketibdi? O'zib ketibdi. Shuning uchun ukalar, o'qiyotgan namozimiz, o'qiydigan Qur'onimiz, qilayotgan sunnat amallarimiz nihoyatda go'zal, nihoyatda yaxshi. Lekin shuni yonida, shuni yonida xulq ham bo'lishligi kerak. Agar boyagi qilayotgan amallarimiz qorin o'rnida bo'lsa, xulq bel o'rnida bilishi kerak. Chunki qorin bo'lmasa bel bo'lmaydi. Bel bo'lmasa qorin bo'lolmagandek, bu amallarimizni to'g'ri bo'layotganligi, haqiqiy bo'layotganini belgisi xulqimizda ko'rinadi. Shuning uchun kattalarga hurmatli bo'laylik, kichkinalarga shafqatli bo'laylik. Agar bizda kibr turgan bo'lsa, o'zimizdan boshqani bir tinga olmayotgan bo'lsak, mutakabr bo'lsak, demak bizni iymonimiz hali nochor ekan.

Demak, aljut so'zini bitta ma'nosi saxovat, yana bitta ma'nosida so'z va amallarni eng go'zalini keltirishlik. Bu birinchi va ikkinchi ma'nolar bo'ldi. Mana birinchi ma'nosi saxavat ekan. Alloh taolo al javat, saxovatli bo'lgan zon. Mo'min kishi saxovatli bo'lladi. U o'zini hayotini xaloyiqqa yaxshilik qilishlik ustiga quradi. Alloh Taolo unga nima bergan bo'lsa, shuni xaloyiqa sarf qiladi. Shuning uchun mo'min odam o'zida bor narsani musulmonlarga, insonlarga, umuman maxluqotlarga ato qilganda o'zini baxtli his qiladi. Ya'ni ato qilib berib huzulanadi. Biz ham o'zimizdan so'raylik.

Xaloyiqqa yaxshilik qilib, borimizni berganimizda o'zimizni yaxshi his qilamizmi? Yoki olganimizdami? Mo'min ato qilib huzulanadi. Nima uchun? Chunki aniq biladi. Agar u o'zidagi xayriyatni ato qilsa, al javot bo'lgan, saxovatli bo'lgan robbisi singari ato qiladigan bo'lsa, aniq biladi. Robbisi uni o'zini fazli marhamatiga o'rab qo'yadi. Shuning uchun faqat olishlik falsafasi bilan yashayotgan, olib qolsam, yulib qolsam bo'ldi deyotganlarda falsafasi bilan qarasangiz, mo'min odamni qilayotgan ishi aqlga sig'maydi. Buyoqdagilar olib mazza qilganda u berib mazza qiladi. Chunki uni o'lchov tushunchasi kitobi sunnatga muvofiq. Mo'min aniq biladi. U ato qilsa, bu qilingan yaxshilik Alloh Taoloning zimmasiga qarzi hasana bo'lib yoziladi. Alloh qarzdor bo'ladi. Siz maxluqotlarga yaxshilik qilsangiz. Endi Alloh Taolo qarzini uzmaydigan zotmi?

Ma'qulmi? Ukam, men ushlashib qo'ying desa, aka, vaqtim yo'q. Ukamni uzatib yuboring, o'zingizni oling. Mana shuchi, u rahmat ham demaydi deng. Masalan, mashinasini chiqara olmadi, borib turib tushirib qo'ydingiz, indamasdan, chiqib ketib, ketoverdi. Hech bo'lmasa nima qilib qo'ymadi? Banda, mu'min banda kimga qilmasin yaxshilikni? U odamgami, hayvongami, parrandagami, darrandagami, ko'katgami? Yaxshilik qildimi? Aniq biladi. Alloh Taolo buni albatta mukofotlaydi. Eslaylik, bir fohisha bag'oy ayol chanqab turib suv ichdi qudug'ini olib. Qarovda bir it issiqdan, chanqoqdan shu hovli qurib, shu qumni yalayotgandi yotib olib. Ha bu ham chanqabdi. Bu sahihadeysiz bu. Didida kavushiga suvni quyib turib, itni tumshug'iga tutib ichini qo'ydi. Bitta qilgan yaxshiligi uchun. Endi odamga qilinganmas edi bu yaxshilik. Hayvonga, hayvon bo'lib qo'yga yoki sigirganmas edi. Kimga? Itga edi. Shuning uchun birodarlar, biroqga yaxshilik qilayotgan bo'lsak, u ikki og'ishini so'zmi, pulmi, yoki bir boshqa bir yordammi? Foydamiz tegyaptimi? Aniq biling.

Robbiz qarzi hasan qilib yozib qo'yadi buni. Endi robbimiz aytadi, sizlar deb e'lab, man zalladiy yuqridullohu qordan hasana, fayuzoifahulahu adayfankathirom. Allohga qarzi hasana beradigan kim borki, alloh unga bir necha barobar qilib qaytarib bersa. Ber deyapti alloh taolo. Men ko'paytirib qaytaraman deydi. Endi bizda qanaqa? Avval bersin o'zi.

Qil, Allohni yonida inifo qil desa, yo'qda deydi. Puling yo'qmi? Oyoq qo'ling ham yo'qmi? Qarzni hasanladikda faqat pulni tushunmaylik. Aytyapmiz ku, a ga chiqsangiz, namozxonlar shu kalashlar palapalacha erishib kirib ketibdi. Tartibga keltirib qo'ying. Unga ham pul kerakmi? Sizdan sodir bo'lgan yaxshilik, yaxshilik, kimga bo'lishidan qat'iy nazar, Alloh qaytarib beradi buni ko'paytirib.

Agar biz ato qilsak, birodarlar, Alloh Taolo bizga ikki dunyoda ato qiladi. Shunaqa ato qiladiki, Ollohni saxovatini, fazli karamini ko'rib turib, uyalib ketamiz. Chunki bunchalik saxovatga, bunchalik xayriyatga loyiq ish qilmagan edik biz. Lekin robbimiz mana shunday saxovatli bo'lgan, al javot. Hozir payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning bir hadisini o'qiymiz. Diqqat qilib turasizlar.

Ehtimol, ichimizda bizni o'ylantirgan ayrim bir chigal masalalarni yechib qo'yar. Payg'ambarimiz duo qilganlar. Allohimma, orzuqning xubbak va xubbi man yanfa uni xubbuhu andak. Parvardigor, o'zingning muhabbating bilan meni rizqlantirgin. Menga foydasi borning muhabbati bilan ham rizqlanttirgin. Ya'ni bir odamni yaxshi ko'rsam, shuni muhabbati menga foydali bo'lsin. Bas, unga bo'lgan muhabbatim men uchun seni huzuringda foydali bo'lsin. Birinchi qismi. Tushunarli a? Ikkinchi qismi. Allohimma ma rozaqtani min ma oxibbu fajalhu quvvatan li fiy ma tohibbu. Parvardigor, men yaxshi ko'rgan qaysi narsa bilan meni rizqlantirgan bo'lsang, meni nimani, nimani yaxshi ko'rsam, shuni bergan bo'lsang bas, uni sen yaxshi ko'igan narsada menga quvvat qilgin. Men yaxshi ko'rgan nimani bergan bo'lsang, men yaxshi ko'radigan narsalarimdan, shu narsa quvvat bo'lsin menga, sen yaxshi ko'rayotgan ish uchun. Endi asosiy joyim. Allohumma ma zavoyita an ni min ma ruhib bu faji aluhu farog'on li fima tuxib bu.

Parvardigor, men yaxshi korgan qaysi narsani mendan nari qilgan bo'lsang. Men yaxshi korigan narsani menga bermagan bo'lsang, bas, o'sha holatni o'zing yaxshi ko'rgan narsa uchun menga forig'lik qilgin. Ya'ni, bir narsani yaxshi ko'rdim, bermading. Endi shu bermaganliging, shu narsani menda yo'qligi sen yaxshi ko'igan ishlar uchun menga bo'sh vaqt bo'lib qolgan bo'lsin.

Nimalarni so'ramayapmiz? Nimalarni yaxshi ko'ramayapmuz? O'sha narsalar yo'q. O'sha yo'qmi? Demak bizni ban qilmayapti o'sha narsa. Band qilmayapti. Shu bo'sh vaqtingiz Alloh Taoloni rozi qiladigan ishlar uchun sarflanadigan bo'lsin. Qarang bermagan joyini ham foydasiga burib qolishib olyaptimi? Bergan bo'lsa yu, zo'r endi. Bermagan bo'lsa chi?

Ya'ni Robbim menga berganing ham, bermaganig ham seni yo'lingda ibodatda bo'lishimga sabab bo'lsin. Berganingga shukur keltirib, seni ibodatingda bo'lsam, bermaganingga rozi bo'laman, u ham nimaga o'tadi? Ibodatga o'tadi. Masalan, nima deymiz? Alloh taolo bizga nima bergan bo'lsa, buni ortidan oxiratni iroda qilishimiz kerak. Ilm berdimi, mol berdimi, sog'liq berdimi, mansab berdimi, vaqt berdimi, quvvat berdimi, nima nima berdi? Hammasini ortidan oxiratni ko'zlaylik.

Nafs, qalb ilmini olimlardan so'rashdi. Zakot qanaqa beriladi moldan? Dedi haligi olim, sizlardami, bizdami dedi. Iye, siz bilan biz bormi? Bir xil bo'lmaydimi dedi. Sizlarda molni qirg'idan bir qismi zakot qilib beriladi. Bizda mol ham u molni egasi ham bergan zotni mulki dedi.

Tushunarli bo'ldimi? Bu qul inna soati va nusuki va maxiyai va ma hiy la ila hi robbila alamin oyatiga muvofiq bo'ladi. Ayting, albatta namozim, ibodatlarim, hayotim, omotim butun olamlarning parvardigori bo'lmish Alloh uchundir. Ya'ni bizga nima bergan bo'lsa ham Allohnik, nimani bermagan bo'lsa ham, Allohnik. Nimani bergan bo'lmasa ham, nimani bermagan bosa ham, bu holat bizni Allohni qulchiligiga tegishligi kerak. Agar to'g'ri yo'lda turgan bo'lsak.

Shuning uchun Alloh senga bergan narsadan bandalarga ato qilayotganing, ey banda, seni aqlning va zakovatning cho'qqisida ekanligini belgisin. Qaytaramiz. Alloh senga bergan narsadan bandalarga ato qilayotganing aql va zakovatning cho'qqisida ekanligini belgisi. U aqli va zakovatni cho'qqisiga bo'lmagan odam baxillik qiladi. O'zim deydi. Olib qoladi va ko'paymaydi. Aytyapti ku, bersang ko'paytirib beraman deb. Chunki innallilahi ma ahoda va rahimah a a'to.

Bergani ham Allohnikiki, olgani ham Allohnikiki. Shuning uchun falonchi o'tibdi, akangiz o'tibdi, ukangiz o'tibdi, otangiz o'tibdiganda, innalilayhi va innilayhi rojiyu deymiz. Albatta biz Allohnikimiz, Allohga qaytib boramiz va olgani ham Allohnikiki, bergani ham Allohnikiki. Shunda bandaning qalbida rozilik paydo bo'ladi.

Shuning uchun, Parvardigor, men yaxshi ko'rgan qaysi narsani mendan nari qilgan bo'lsang, bas, shu holatni bermagan holatingni, o'zing yaxshi ko'rgan narsa uchun menga bo'sh vaqt qilgin, foriylik qilib bergin. Siz boshqa uyda orzu qilgandingiz. Alloh Taolo boshqa uyga berdi. Siz boshqa ayolni orzu qilgan edingiz. Alloh Taolo boshqasini berdi. Mana, siz xohlagan narsani bermadi.

Ana shu sizga berilmagan narsa agar berilganida vaqtingizni qalbingizni band qilardi shu narsa. Inson bolasi o'zini topishni, shuni cheksiz bo'lishini xohlaydi. Har oyga, deylik, ellik ming dollardan pul topishni xohlaydi. To'g'rimi? Ozod qo'ymadimmi?

Besh ming dollardan oylik topishni xohlamaydi. Bilasizmi, ellik ming dollardan har oyda pul topsangiz, kallangiz yomon band bo'lib qoladi, ey, endi qayerga sarflasamikin? Mana hozir yo'q pul. Topib o'tib, deylik, qo'lingizga ming dollar kelib qoldi. Darrov boshingiz qatib qoladi, bilasizmi? Nima qilsamikin? Qo'y olib qo'ysamikin? Yo yog'och olib bosib qo'ysa? Yo'q edi.

Yo'q edi, nima bo'layotgan edi? O'shaning uchun men. Men yaxshi ko'rgan narsadan qaysini siz menga bermagan bo'lsang, shu bermaganliging, demak men bo'shman shu narsadan. Shu bo'sh vaqtimni o'zing rozi bo'ladigan ish tomonga burib, tomonga burib qo'ygin. Odam bolasi o'zini topish uchun hisob bo'lishini xohlaydi, lekin daromadini cheklanganligini ko'radi. Albatta buni ortida hikmat bor. Mana, Muso alayhissalom va Xizr alayhissalom qissasiga murojaat qilamiz. Ha, bir yosh bolani o'ldirib qo'ydi. Xizr alayhissalom. Yosh bolani shu balog'atga yetmagan yosh bolani o'ynab turgan joyda o'ldirib qo'ydi. Ha nimaga o'ldirding dedi Muso alayhissalom? Keyin javobini berdi, hissani nihoyasida. Bu bola katta bo'lganda fizq fujurga kelardi, kofir bo'lib ketardi va ota onasini ham kofiri bo'lishiga sabab bo'lar edi. Mana endi bu bolani o'ldirib ko'yildi, ota ona yomon bo'ldi deb o'ylayapti. Shu bolani olib qo'ydi ularni qo'lidan alloh taolo. Lekin buni orqasida hikmati nima edi? Ularni kufrdan to'sish edi. Keyin alloh taolo undan ko'ra yaxshiroq, sog'lik farzandni berdi. Endi qiyomatga borganda, shu farzand nimaga olib qo'yilganligini ota ona hikmatini tushunganida qalbi shukurdan erib ketadi.

So'rayapsiz faloncha narsani, bermayapti. Buni orqasidan hikmati bor, biling. Chunki robbiz al javot, saxovatli bo'lgan zot. Qizg'anmaydi robbiz. Lekin shuni bermadimi, bir hikmati bor. Bo'lmasam, va qola robbukum mudir oniy astajib lakum. O'zi aytib turibdi, ayting Muhammad alayhissalom, duo qilinglar robbilarga, ijobat qiladi deb turib, siz so'ragan narsani bermadi. Endi nima deyishingiz kerak? Albatta buni orqasida bitta hikmat bor.

Agar o'sha orzu qilgan katta daromad qo'lga berilsa, o'sha daromad bilan, o'sha dunyo bilan ovora bo'larmidi? Bo'laveradi. Shuning uchun aytilinadi. Al imanu bil qadar, al imanu bil qkadar yudh ibul hamma va hasan. Qadarga bo'lgan iymon g'am qayg'uni ketkazadi. Alloh taolo taqdir qilgan narsa bo'ladi deydi, xotirjam bo'ladi.

Va kunluni inda hu beajali musamma, val tasbir val taxtasib. Har bir narsa uning huzurida aniq o'lchov bilan belgilangan. Va sabrli bo'lib, savob umid qil. Ya'ni sabr qilganingga nima qilgin? Savob umid qiling. Aljut ma'nolaridan ato qilish, sarf qilishni yengil bo'lishi. Ba'zida bir savobli ishga qo'lida uch to'rt chaqasi bor odamni bir rag'batlantirib, shijoatlantirib, shu yaxshi ishga bir hissangizni qo'shong deb harakat qilasan. Hujjatlaringni keltirasan, bir oyat xarisa aytasan, xullas, terga botasan.

To'p deydi da, ozgina inqiroz qiladi. Vaholanki qo'lida ko'p. Ammo aljut, saxovat egasi bunaqa bo'lmaydi. Saxovatli insonni inqiroz qilib ishlashligi juda ham oson bo'ladi. Alloh taologa chin iymon keltirgan mo'min hech qachon ziqna baxil bo'lmaydi. Chunki berayotganini kimga beryapman deb beradi? Alloh taologa qarzi hasanat deb beradi va aniq biladi bu narsani ko'payib qaytib kelishligini. Payg'ambarimiz aytganlar, anfiqa bilal, bola tahshamin delal arshiy qilalan. Ey Bilol, infoq qiling. Arsh egasi tarafidan kamaytirilib qo'yilishini dunyoyingizni g'amini qilmang. Ha biyron roziyalloh anaqa kambag'al olgan akalar. Kambag'al bo'lgan. Lekin mana shu zotga Rasululloh aytyaptilar, info qiling, qo'rqmang, pulingizni kamaytirib qo'ymaydi Alloh taolo deyapti. Boyagi gapga qaytyapmiz da, avval bersin Alloh menga, keyin beraman deymiz. Yo'q, siz bering borini avval. Pulingiz bo'lsa, pulingizni bir qismini bering ozrog'ini bo'lsa ham. Agar pulingiz bo'lsin, oyoq qo'lingizni, xizmatingizni bering.

Alloh tarafidan bizga rahmat berilmasa, biz rahm shafqatli bo'la olmaymiz. Alloh tomonidan adolat berilmasa, siz adolatli ish qila olmaymiz. Allohni ismlaridan bizga ulush tegadi, shunda shu suhbatlar bizda paydo bo'ladi, birodarlar. Alloh taolo al javvat, saxovatli bo'lgan zot. Shu ismdan o'zingizga ulush oling, qalbingizda saxovat bo'ladi. Mana Alloh taolo al g'oniy, behojat bo'lgan zot. Mo'min kishi, Alloh taoloning mana shu ismidan qanday ulush olish kerak o'ziga? O'zini odamlardan behojat his qilish kerak. Shuning uchun. Shuning uchungi mo'min odam iffatli bo'ladi.

Mansabdorni yoki boy odamni oldida turganda yetti bukilmaydi. Payg'ambarimiz aytganlar, man jalasa ila g'oniyn fotaza a'zo alohu, ya'ni tamaskana amamahu zahaba hulifa dinixiy. Qaysi bir kishi boy odamni oldida o'tirib, uni oldida o'zini xor tutib bersa, bas shu kishini dinini uchdan ikki qismi ketdi.

Mo'min robbisining alg'oniy, behojat ismidan ulush oladi, shuning uchun egilmaydi u. Lagambardor olmaydi u. O'zini behojat iffati bilan tutadi. O'sha boyamchi, doimo mutakkabir bo'lsa da, shunaqa qilib qo'yishgan da uni. Ha, shunaqa qurib qo'yishgandi. O'sha egilish olavergan, egilish olaversin, qullik qilish olavergansiz, i nifiravn nima degan? Ana robbukumul a'la, men sizlarni xudoyilarman degan.

Ey banda, sen Alloh uchun, Alloh xohlaganday bo'gin, Alloh ham sen uchun, sen xohlaganday biladi. Alloh Taolo hadis hududida marhamat qiladi. Mana shu iffatga tegishli joyida, iffatli bo'laylik da. Abdiy, anta turid va ana urid. Ey bandam, sen ham xohlaysan bir narsalarni, men ham xohlayman. Fayda salam taalay fiy ma urid, kafay to'ka ma turid. Agar sen, men sendan xohlagan narsada menga taslim bo'lsang, men aytgandayqa bo'lsang, sen xohlagan narsaga men o'zim kifoya qilaman. Va ilm tuslim fima urit, at abduka fima turit. Agar men sendan xohlagani ishda men xohlagandayqa bo'masang, sen xohlagani ishtda seni mashaqqatga solib qo'yaman, shundan keyin ham bari men aytgan bo'ladi. Biz Alloh aytganday bo'laylik, qolgan g'amimizni Robbimiz Subhanah Taologa topshirib berdik. Shuning uchun aytilinadi, e amal libojigin vohiding yakfihal vujudha kunla. Bitta yuz uchun ishlagin, bitta yuzning roziligini istagin, qolgan yuzlarga u kifoya qiladi.

Allohni rozi qilishlik uchun yashagin, qolkan mahluqotlarni sendan rozi qilib qo'yadi. Endi qaysi agar odamlarni rozi qilaman desangiz, qaysinisini rozi qilaverasiz. Bunga sha'lo yoqadi, bunga sho'lo yoqmaydi. Bunga shashlik yoqadi, bungga osh yoqadi. Bunga tez gapirsang yoqadi, bungacha sekin gapirsang yoqadi. Rozi bo'ladimi odamlar? Irzo inna g'oyatun la tudrak.

Odamlarni rozi qilishlik yetib bo'lmaydigan orzu edi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam abdullohinda ma'suddan man ja'al al humuma hamman vahidan. Hamma axirotixin. Kim? Hamma g'amlarni bitta g'amga almashtirib olsa, oxirat g'amiga almashtiriborsa, kafahullohu hamma dunya. Alloh bu bandi uchun uni dunyosini hamma ishlarini zimmasiga oladi. Alloh kifoya qiladi. Va men tasha abad bihi al humum, fi ahvali dunya, lam yuba li'llahhu fii ayi avdiy adiyha halak. Endi kimni dunyoning holatlarining g'ami sochib yuborgan bo'lsa, faqat dunyo g'ami bilan yashayotgan bo'lsa, uni qaysi vodiyda halok bo'lishiga Alloh Taolo parvo qilmaydi.

Bitta g'amni qil, qolgan g'aming Allohni zimmasiga. Agar Allohni g'amini, rozilik g'amini qilmasang, dunyoni g'amlari seni sochib tashlaydi. Shuning uchun aytamiz, Allohni topgan bandani meni yo'qotibdi. Hech narsani. Allohni yo'qotgan bandani meni topibdi. Hech nimani. Shuning uchun Allohni yo' qotmaylik, Allohni topaylik, qolgan g'amni Robbimiz Subhanahu va Taologa topshirib qo'yaylik. Agar Alloh Taolo sen bilan bo'lsa banda, bilgin ki, aniq bilgin ki, dushmaningni ham seni xizmatingga solib qo'yadi. Agar Alloh senga qarshi bo'lsa chi, odamlarni oxirgisi ham senga kelib jur'at qiladigan bo'lib qoladi. Dalil? Muso alayhissalomni so'yishlik uchun charxlangan qilichlar tug'ilmasidan avval, Fir'avnda buyruqiga muvofiq so'yilishlik kerak. Banu Isroildan har bitta tug'ilgan o'g'il bola so'yilishi kerak. Fir'avn tushidan qo'rqqan edi.

Muso alayhissa lomni so'yishligi uchun charxlangangan qilichlar, keyin nima bo'ldi allohni izni bilan? Muso alayhissalomni qo'riqlab, saroydan onasini oldiga olib kelib, emizdirib, qaytarib olib borib qo'yadigan soqchi qilichlarga aylanib qolmadimi? Yo ishonmaymizmi, birodarlar? Agar Alloh sen bilan bo'lsa, dushmanlaringni sen xizmatingga solib qo'yadi. Faqat sen Alloh bilan birga bo'lgin. Shunda Alloh sen bilan birga bo'ladi. Aqlu qobling ha bir.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish