MMaviza
Al-QodirTekshirilgan17 daq

17.12.2021 39-DARS (1-QISM) AL-QODIIR / ASMA-UL-HUSNA

Abdulloh Domla · Asmoul husno

0:00
16:54
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir rohiminir ro'min. Assalomu alayhi vas salamu ala shirofil gursalin va ala alixiy va ashabiy hajmain. Allohumma alayhi min amaliyam fauna va fa'l la bi ma'l lantana va zidna ilman. Allohum arin al haqqa, haqqon orzuqna tiba'a va arin al ba'tila ba'tilan orzuqna jdi naba. Vajannami min ma'yasda, miyunal qavla fayetta biyuna husana. Vodixin la biy rohamatika fia ibodika solihin. Ammabod. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Bismillahir rohmanir rohim. Bugun Asmol Husnod silsila darsidan Alloh Taoloning Al Qodir ismini dars qilamiz. Alloh Subhanahu va Taolo Qur'oni Karimdan marhamat qiladi astabi billa. Valillahi l asma ul husna fado'uhu biha. Alloh taoloning go'zal ismlari bordir, bas unga Allohga, ular ila iltijo qilinglar. Duo qilganimizda Allohning mana shu go'zal ismlarni o'rtaga qo'yib, duo qilamiz.

Inson zaif va ojizdir. Alloh taolarning hamma ismlari go'zal. Alloh taoloning hamma sifatlari azaliy va afzaldir. Odam bolasi yaralishini o'zida, o'zining fitratida Al Qodir bo'lgan zotga muhabbat bilan fitratlangan. Insonni yaralishida, asli yaralishida zaiflik bor. Va mana shu zaifligi uning foydasiga bo'ldi. Uning mana shu zaifliga dindor bo'lishligiga sabab bo'ladi.

Hatto odamlar o'zlari to'qib olgan soxta dinlari bor. Ana shu din vakillari ham shu zaiflik sababli o'zlarini diniga ergashadi. Zaif doim kuchli, qudratli zotga muhtoj bo'ladi. Va xoliqal inson u zaifa. Alloh taolo aytadi, inson zaif qilib yaratilgan. Biz zaifmiz. Biz chidamasmiz. Biz quvvatli bo'la olmaymiz, quvvatimizni chegarasi bor. Biz sabrli bo'la olmayman, chunki sabrimizni ham chegarasi bor. Biz zaifligimizni tan olsak, Allohni urug'ligini tan olgan bo'lamiz.

Istarubilloh, innal insana xuliqo halu a' idha massa hu sharru jazu a va idha massa hu l xayru manu a. Darhaqiqat deydi Alloh taolo, inson betoqat qilib yaratilgandir. Qachon unga yomonlik yetsa, o'ta besabrlik qiladi. Qachon unga yaxshilik yetsa, ya'ni boylik yetsa, salomatchilik yetadigan bo'lsa, o'ta man qiluvchi baxil bo'ladi. Demak, insonni zaif ekanligini Robbimiz Subhanahu va Taolo o'zi aytyapti.

Inson o'zi sezgan, sezmagan holida, Al Qodir bo'lgan Alloh Subhanahu va Taologa intiladi. Uni falonxiga, himoyasiga, qo'llashiga erishishligi uchun. Inson o'zini zaifligini tan oldi. Alloh taoloning qudrat ekasi ekanligini tan oldi . Mana shu holatda uning zaifligi komil bo'ldi. Mana shu uning zaiflig i Allohni tanishga, Allohga itoat qilishiga yetalaydi.

Innallohu ala kull sha'in qodir deydi Alloh Taolo Fotir surasida, albatta Alloh har narsaga qodir bo'lgan zotdir. Qaranglarda mana qudrat sifati Alloh Taoloning qodirligi. Ichimizda mana shu navesni buzib tashlashlikka qudrati bor odamlar bor. Shu navesni yasab berishlikka qudrat bor odamlar bor bor. Lekin ularni hammasini qudrati bolgarkaga, svarkaga, elektrodga, tokka, nimagadir bog'liq. Sizni qudratingiz nimagadir bog'diq. O'sha narsa bo'lmasa o'tiraverasiz, hamma qatori.

Endi Alloh Taoloning qudrati esa, bunaqa bironta bir sababga muhtoj emas. Alloh har narsaga qodir bo'lgan Zavod. Alloh qodirmi insoniyatni Odam aleyhissalom davriga qaytarib qo'yishga? Qodir. Alloh qodirmi hammani bir paytda iymonli qilib qo'yishiga? Qodir.alloh xohlasa bo'ldi. Alloh har narsa qodir. Allohni musulmonlarni yer yuzida hozir aziz mukarram qilib qo'ygizga qodirmi? Qodir. Nimaga qilmayapti bo'lmasa? Javob aniq. Musulmonlar unaqa aziz mukarram bo'lishiga loyiq emas hozir.

Alloh qodir, lekin bandalar unga loyiq bo'lishi kerak. Aziz mukarram olishiga loyiq, kerak bo'lgan sababni qilish kerak. Shunda Alloh aziz mukarram qiladi ularni. Kuchli, qudratli zotga intilish insonni tabiatidagi bor sifat. Inson kimga qarab intiladi? Bilishi, eshitishi, ko'rib turishi aniq bo'lgan zotga. Alloh subhanahu va taologa.

Alloh azza va jalla aytadi astadibillar, ya'lamu xoinat al ayuni va ma tufai su'dur. Alloh azza va jalloh ko'zlarning xiyonatini ham, dillarning yashiradigan narsalarini ham bilur. Ko'zni xiyonati nima? O'g'rincha qarab qo'yish. Ko'zni bunday tashlab qo'yasiz ku. Biladi Alloh. Bir narsa qilib o'ylab qo'ydi, sen ko'rib, bunday ko'rib qo'yib turib. Alloh ko'zni xiyonatini ham biladi, qalbingiz yashirgan narsani ham biladi. Endi Alloh hamma narsani biladi deganingizdan keyin, o'z o'zidan Alloh Taologa intilmay, unga suyanmay ilojingiz yo'q.

Agar gapirsangiz, Alloh eshitib turadi. Harakatlasangiz ko'rib turadi. Qalbingizda bir narsani tugib qo'ysangiz, uni ham biladi. Duo qilsangiz, eshitadi. Sir oshkoringizdan xabardor. Shunga ishonsangiz, sizni talabingizni berishga qodir ekanligi iymoningiz komil bo'ladi. Sizni mo'minligingiz komil bo'ldi. Allohdan yashirib bo'lmaydi hech narsani, to'g'rimi?

Odam bolasi pulga muhtoj bo'lsa, kimni oldiga boradi? Kambag'alni oldiga bormaydi. Boyni oldiga boradi. Yana hamma boyni oldiga bormaydi. Undan chiqishi mumkin bo'lgan, umid qilishi mumkin bo'lgan boyni oldiga boradi. Yo kambag'alning oldiga boradimi? Yo'q. Demak, inson Alloh Taolo'ga duo qildimi, demak Allohni qodir ekanligiga ishonyapti. Allohda berishlikka qodir ekanlikiga ishonganligi uchun duo qilyapti. Alloh uni qo'llashligiga ishonganligiga uchun unga suyanayapti.

Qarang da, siz ey parvardigor dedingizmi, uje mo'minsiz. Siz ko'rganingiz yo'q uni. Ovozini eshitganingiz yo'g'i. Lekin siz ishonyapsiz sizni eshitishligini. Siz ishonyapsiz, siz so'raganingizni berishga qodirligini. Duo qilganingiz, mo'minligingiz. Demak, biz kimga murojaat qilamiz ekan? Duoyimizni eshitadiganga, mushkulamizni hal qiladiganga va o'zimiz yaxshi ko'rgan Alloh Subhanahu va Taologa.

Yana qaytarib aytamiz. Duo qilishni o'zi bilan biz mo'min bo'ldik. Chunki borligiga ishondik, ko'rib eshitib turishiga mo'min bo'rdik. Qudratiga va mo'min bandalariga rahmli ekanligiga ishondik. Astadibillah. Qul ma ya abau bikum robbiy la ula duaukum. Agar duo iltijo qilmas ekansizlar, Parvardigorim sizlarga parvo qilmas deb ayting, ey Muhammad alayhissalom. Duo qilmasanglar, Alloh sizlarga parvoa qilmay qo'yadi. Shekilli surib qo'yadi sizlar degani.

Duo qilmasgansizlar, Alloh sizlarga parvo qilmaydi deyapti. Undan tashqari boshqa oyatda astajivilloh vaqoli robbukum u du'uni astajivlakum. Parvardigorimiz aytdiki, duo qilinglar, ijobat qilaman dedi. Kim menaga duo qilishdan kibr qilsa, ularni men azoblayman deb aytgan. Duo birodarlar ibodat hisoblanadi.

Ad duau muhul ibada duo ibodatning aslidir, Imom Termiziydan. Ad duau huvala ibada duo ibodattir, Imom Termiz'iydan. Demak, duoni o'zi ibodat ekan. Hamma narsa qudrat egasi bo'lgan Alloh Taoloning qo'lida. Siz mo'min sifatida Alloh bilan o'zingizni aziz bilasiz. Ya'ni Alloh har narsaga qodir. Allohga bo'lgan iymoningiz bilan azizsiz. Mana shu iymoningiz bilgan kuchlilarni ichida eng kuchligisiz asarlarda keltiriladi.

Eng kuchli odam bo'lmoqchimisan? Allohga tavakkal qil. Eng boy odam bo'lmodimisan? O'zingni qo'lingdagi narsaga ishonganingdan ko'ra Allohni qo'lidagi narsaga qattiqroq ishla. Studentlar bir muddat bir tinga mayda istab yuradi. Yo'lkirasini rashotini oladi, bitta pirashkani oshichi yeya olmaydi. Ollohga tavakkal deb yuradi. Chunki yo'qda. Tavakkal deyishdan boshqa chorasi yo'qligi uchun tavakkal deydi. Keyin, kattaroq mansabga o'tiradi yoki bir qandaydir tijoratni boshlaydi, boyib, badavlat bo'lib ketgandan keyin, yuz ming, ikki yuz minglab dollar puli bo'lib qolgandan keyin, tavakkuli puliga bo'lib qoladi. Dalil, yarim puli ketib qolsa vasvasa bo'lib qoladimi, bilasizmi? Endi nima qilaman deydi, yuz minglar qoldi deydi. O'zi yuz so'm yo'q paytda nima degan? Shuning uchun, shu gap bizga ham tegishli, uch to'rt chaqasi bor odamlar, Ollohni qo'lidagi narsaga suyanishimiz, tavakkalimiz qattiqroqmi yoki pulimizgami?

O'ylanadigan savol bu. Ha, endi menimcha pulim bor, endi qo'rqmasam bo'laveradi. Endi menimcha narsani orttirib qo'ydim, ja bo'lsa bittasini sotsam, menimcha problema. Qayoqdan bilasiz? Odamlarning eng hurmatlisi bo'lishni xohlaysanmi? Allohdan taqvo qil deyiladi asarlarda. Shuning uchun, birodarlar, iymon bilan ruhiy kasallik bitta xalqda jamlanmaydi. Bir vaqtni o'zida inson ham iymonlik, ham ruhiy tushkunlikka tushishi mumkin emas.

Chunki Alloh bor, hamma narsaga qodir. Misol. Bir yosh yigit harbiy xizmatga bordi. Tasavvur qiling. Mana shu yosh askar bir harbiy qismga bordi xizmat qilgani. Uni otasi shu harbiy qismni generali. Endi u harbiy qismda polkovnigi bor, mayori bor, kapitani bor va hokazo serjantigacha. Endi shu bolani bir serjant xafa qilyapti.

Qonun bilan, ustav bilan muomala qilmayapti da, xafa qilib, ha deb yig'latyapti. Endi bu bola indamasdan yig'lab yurishligi to'g'ri bo'ladimi? To'g'ri bo'ladimi? Nima qilish kerak? Generalga aytish kerak. Otasiga aytish, demak, otasi mana shu harbiy qismni eng katta odami bo'lib turib, generali bo'lib turib bu bola yig'lab o'tirishligi aqldan bo'lmaydi. Shuning uchun mo'min odam uni ruhini cho'ktiradigan, ko'nglini cho'ktiraradigan, uni xavotirga soladigan narsa kelganda, u tushkunlikka tushmaydi. Kimga yig'laydi? Kimga dardini aytadi? Shuning uchun aytyapmiz, ruhiy tushkunlik bilan iymon qalbni bir vaqtni o'zida jamlana olmaydi. Chunki iymoni baquvvat bo'lgan odam hech qachon ruhiy tushkunlikka tushmaydi. Chunki hamma narsa kimni qoladi?

Endi tushkunlikka tushib ketyapmizmi? Demak iymonimiz zaif ekan. Ollohning qudratli zot ekanligiga bo'lgan iymon mo'minni qalbiga xotirjamlik, sabot olib keladi. G'alabani olib keladi. Ollohga iymon keltirdingiz, Ollohni tanidingiz, aniq bildingiz. Hamma narsa Ollohni izmida ekan. Olloh xohlamasa, hech kim hech narsa qila olmas ekan. Bunday iymon egasi birodarlar qo'rquvga, xavotirga, ruhiy tushkunlikka tushmasligi kerak. Kim aytgani bo'ladi?

Aka, olsangiz ishingizni olasiz da. Jonim olamidingiz? Meni rizqim? Alloh yozib qo'ygan. Oling ishingizni deydi. Qo'rqmaydi, qo'rqmaydi. Benzin necha pul bo'ldi? Nima, benzin bir dollar bo'lar ekan da. Besh dollar bo'lsa ham chi, yurasan. Mashinani ko'ryapsizlarmi ko'pligini? Sig'may ketdi ya?

Ey, xotirjam bo'l birodar, besh dollar bo'lsa ham quyib yurasan. Alloh senga o'sha mashinani yurishlikka o'sha pulni beradi. Ruhiy salomatchilikni, yuksak ma'naviyatni, quvvatni, xatar oldida sobiq turishligining asli Allohga bo'lgan chin iymon. Qoida. G'am qayg'uni, tashvishni yengishlik uchun kishiga iymon kerak. Imoni bor odam, bu narsalarni yengishlik oson bo'ladi. Kim aytgani bo'ladi?

G'am qayg'uni, tashvishni yengishlik uchun kishiga iymon kerak. Qur'oni Karimning qissalari kim uchun birodarlar? Siz bilan biz uchun. Bu qissalardan biz ibrat olishimiz kerak. Astadibillah. Qola ashabu musa innala mudrokun. Mo'so alayhissalom Misrdan Banu Suroyni ertalab olib chiqib ketdi tunda. Fir'avn uyg'ondi, kecha ruxsat berib qo'ygan edi, endi fikridan qaytdi.

O'sha zamonning eng qudratli qo'shini bilan boyagi nochor, notavon bo'lgan yahudlar orqasidan quvib chiqdi. Bu olti yuz ming yahudiyning ovoli dengizga borganida orqa tomonidan fir'avn qo'shini bilankerak ekanligi ko'rindi. Shunda Alloh Taolo aytadi, mosoning hamrohlari bizlar aniq tutildik deyishdi.

Masalan hech narsa yo'q najot. Qarang, fir'avn o'zini bor kuch quvvati bilan, hikda adovati bilan mana shu zaif toifani ustiga qo'shim bilan bostirib kelyapti. Insoniy o'lchov bilan qarasangiz, Banu Isroilning qutilishlikka, najotga shansi nol. Imoni zaiflar bo'ldi, tugadi, hozir kelib qirib tashlaydi dedi. Lekin Muso alayhissalom nima dedi? Kalla, innama aya robbi sayyahdin. Yo'q. Aniqki, men bilan Parvardigorim bor, aniq yo'l ko'rsatadi dedi.

Bir xil holatda Muso alayhissa salom ham, qolgan yahudlar ham bir xil holatdada. Katta qismi bo'ldi tugadik deganda, Muso alayhisa salomat deyapti, robbim men bilan yo'l ko'rsaetadi. Ishonchni ko'ryapsizmi? Ishonchni ko'ryapsizmi? Shuning uchun mo'min odam tushkunlikka tushmaydi. Kim aytgani bo'ladi? Muhammad sollallohu alayhi vasallam. Toifga chiqdilar. Toif ahli uzzodni toshbo'ron qilib haydashdi. Mana endi Makkaga qaytib kirgani xavotir bor. Chunki Rasululloh qurish chiqmaysan desa chiqib ketdimi? Endi Makkaga kirganda to'g'ri kelgan bittasi Payg'ambarimizni qatl qilishi yoki uzzodga aziyat yetkazishi mumkin.

Shunda Makkaga kirishlikda Payg'ambarimiz shunday bir xavotir bilan turganlarida Zaydenni Xorisa aytdiki, yo Rasululloh, qanday qilib qaytib kelamiz endi? Axir Qurish, Makkadan chiqishlikni man qilib qo'ygan edi yu. O'ylab ko'radigan bo'lsa, mana shu tushkunlikni eng cho'qqisi. Makkaga sig'madi Rasululloh. Rasulullohga da'vat qilmaysan deb man qilib qo', dedi da'vatdan. Endi boshqa shaharga borib o'ziga yordamchi istorda toshbo'ron qilib haydashdi.

Mana shunday tushkunlikka tushib ketadigan holatda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilarki, ey Zayd, albatta Alloh o'zining nabisiga yordam beruvchidir. Ko'ring birodarlar. Inson bolasi qalbida komil iymoni bo'lar ekan, u tushkunlikka tuhmaydi. Chunki Al Qodir bo'lgan robbisi uni mana shu mushkuladan chiqarishga qodir bo'gan zom.

Alloh. Alloh subhanah va taolo sen unga ishonishingni xohlaydi. Uni qudrati va rioyasiga ishonib, xotirjam bo'lishingni xohlaydi'. Mo'min odam Alloh Taoloning madadi va yordamiga aniq ishonadi. Ey Zayd, albatta Alloh o'zining Nabisiga yordam beruvchidir. Qoida, Payg'ambarimizning bu so'zi bandani o'z Robbisiga bo'lgan ishonchi edi. Ilmga asoslangan ishonchi edi edi.

Aquli qovli hada va astag'firullohu alayhi valakum. Innallohi va malakati hu yu solluni ala nabi. Ya yu halladina a manu sollu alayhi vasallimu taslima. Assalomu alaykum va rahmatullohi ibn barakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish