# 40-dars (2-qism) Al-Qodiir: Asma-Ul-Husna

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Asmoul husno](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno.md), lecture 43 of 110
- Section: Al-Qodir
- Duration: 20 min
- Original title: 24.12.2021 40-DARS (2-QISM) AL-QODIIR / ASMA-UL-HUSNA
- Date in the video title: 2021-12-24
- Review status: reviewed
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/43
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/ozxzy0wvLgU.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=ozxzy0wvLgU
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/42.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/44.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:10] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin. Vassalotu vassalam ala shirofil mursalin va ala alixiy va ashabihij ma'in. Allohumma alimnama ya'mfa'una vam fana bi ma'lantana vazibna ilma. Allohumma arenal haqqa haqqon va zuhnatdibaa va arenal botila botilan va zuhnatjiddinaba va ja'annamin minmay yestani onal qovli fayetdabiunah sana. Vodixin la bi rohmat aka fiyin ibodaka solihayn ammabod. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'alib va barakatuh. Alloh taoloning go'zal ismlaridan, asmon xusnoz silsilasidan dars boshlagan edik. O'tgan darsimizda, o'tgan darsimda biz Alloh subhanahu va taoloning al qodir ismini dars qilayotgan edik. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Makkani hijrat qilib chiqib ketganlarida, Qurish mushriklari u zotning tirigi o'ligiga yuzta tuyani mukofot qilib qo'yishdi.

[1:12] Qo'lidan kelgan, kelmagan odam Payg'ambarimizni tutib, mana shu mukofotga ega bo'lishlikka xaris bo'ldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va Abu Bakr Siddiq ketayotganlarida, ana shu mukofotning ilinjida so'roqotini Molik al Jush umiy bularga ergashdi. Sira dasturida aytganmiz, eshitgansizlar. Shunda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam So'roqa'ga kayfa anta ya So'roqa va fiyadaika silaray kisirog'a dedilar. Ya'ni xabarni yashirib, qorashga aytmaslik va'dasini olib qaytib ketayotgan edi So'roqa. Payg'ambarimiz aytdilarki, ey So'roqa, kisloroni bilay uzuklarini qo'lingga taqqaningda holating qanday bo'larkan dedi. Nima deyapti? Yurtidan qochib ketayotgan, tirigi o'ligiga mukofot qilib yuzta tuya tikilgan odam shunaqa deydimi? Yana o'sha davrdagi eng qudratli bo'lgan Fors mamlakatini podshohini bilay uzugini va'da qiladimi? Bu qanaqa ishonch? Ha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o'zining al qodir bo'lgan robbisiga bo'lgan iymoni komil. Ha, u zot sollallohu alayhi vasallam al qodir bo'sgan robbisini va'dasiga ishonadi. Tushkunlikka tushmaydi. Chunki Ovo har narsaga qodir. Madinaga yetib boradi, davlat varpo qiladi, qo'shin jamlaydi, musulmonlar forsni mag'lub qiladi.

[2:30] Ana shunda, ey suroqa, seni qo'lingga kisloroni bering uzuklari taqilladi. Seni asringda bo'ladi. Rasulullohning va'dasi hayotda haqiqatni ko'rildi. Rasululloh o'zining robbisining al qodir ekanligi iymoni komil, shuning uchun ishonadi, tushkunlikka tushmaydi. Shuning uchun birodarlar hozirgi kunda dunyoni g'arbi sharqini qaraydigan bo'lsangiz, bizni dinimiz, musulmonlar, islomimiz har xil tuhmat bo'xtonlariga uchrab turibdi. G'arbni sharqini ommaviy axborot vositalarini qilayotgan ishiga qarasangiz, dinimizga hech qanaqa aloqasi bo'lmagan, terrorni, qonxo'rlikni, islomda umuman qoralangan ba'zi ishlarni islomdan ekanligini tuhmat qilib, bo'xton qilib, hammani ishontirmoqchi bo'lishadi. Ha, ummat hozir mana shunday bir xor holatda, birodarlar. Ammo sodiq mo'min, sodiq iymon egasi Alloh Taoloning nusratiga ishonadi. Chunki inna allohu ala kullhain, qodir. Alloh har bitta narsaga qodir. Albatta Alloh Taolo o'zini nusratini beradi mo'minlarga.

[3:41] Mo'min bandalarini yordamsiz tashlab qo'ymaydi. Mo'minlarni aziz qiladi. Aniq ishoning. Faqat mo'minlar Allohning shu nusratini olishlikka loyiq bo'lishi kerak. Alloh Taolo albatta nusratini berad, faqat unga loyiq bo'lishi kerak. Iymonida sobit bo'lishi keraks. Amallarda sobit bo'lishligi kerak. O'lchov tushunchalarida to'g'ri bo'lishligi ketdik. G'arbdan, shartdan kelgan tasavvurlar bilan, tushunchalar bilan yashamasligi ketdikk.

[4:06] Alloh Taolo aytadi astag'firulloh. Vala tahinu vala tahzanu an tumul a'laun inkun tum umini. Kufrga qarshi kurashda sudlashmanglar, g'amgin bo'lmanglar. Agar haqiqiy iymon egalari bo'lsanglar, sizlar oliy bo'lasizlar, sizlar ustun bo'lasizlar. Bizning iymonimiz komil. Alloh qodir muammolarni aziz mukarram qilishlikka, avval aziz mukarramni qilganidek, faqat bu xalq, bu ummat, bu musulmonlar Allohni nusratiga loyi bo'lishlari kerak. Shuning uchun birodarlar, biz aniq ishonamiz. Al qodir bo'lgan robbimiz bu koinotda bo'layotgan har bitta narsalarni xabardor. Alloh bo'layotgan narsalarni bilmayaptimikin, bexabarmikin deb o'ylashlik imonga teskari tushuncha.

[4:53] Shtabi la, voma tasqu'tumi varoqatin illa ya alam u ha. Qancha daraxt bor yer yuzida? Qancha bo'lgan? Va qancha bo'ladilar daraxtlar? Va qancha barglar bor? Ana shu barglardan birontasi yerga uzilib tushmaydi, mag'ar Alloh biladi. Alloh hamma yoqda bilib turibdi. Alloh o'zini dushmanlarini g'olib qilishlikka qodir emasmikin deb o'ylash birodarlar iymonga teskari tushuncha. Chunki innallohu ala kulli shay in qodir. Alloh hamma narsaga qodir bo'lgan zot.

[5:27] Yer yuzida bo'layotgan ishlarga allohni parvosi yo'qmikin degan tushunchada bo'lish ham birodarlar iymonga teskari tushuncha. Chunki istaydu billa, vahual la defis samai ilahun va fil ardi ilah, vahual hakimuni alim. U alloh. Osmonda ham iloh, yerda ham iloh bo'lgan zot. U hikmat tegasi va bo'luvchi bo'lgan zod. Musulmonlarni dushmanlari alloh xohlamagan ishni ham qila olishadi deb o'ylash degan birodarlar iymonnga teskari tushuncha. Musulmonlarda xor qilishyaptimi? Xor qilishayapti. Alloh bilmayaptimi? Alloh bilyapti. Nimaga teq qo'yapti? Musulmonlar shunga loyiq bo'lib qoldi.

[6:10] Vala yaxshi bin la dinah kafaru saboqu innahum la yujuzun. Kofir bo'lgan kimsalar ustun keldik deb hisoblashmasin. Ular hargiz ojiz qila olmaydilar. Ya'ni Alloh Taolo albatta jazolarni beradi ularni. Biz mo'min sifati birodarlar, Alloh Taolo hamma narsani bilib turadi. Hamma narsaga qodir. Yer yuzida bo'layotgan ishlarga Alloh beparvo emas. Allohni iznisiz dinimizni dushmanlari o'rnidan qimirlamasligi, ular Allohni qabzasidan qochib qutila olishlikka qodir emasligiga iymon keltirishimiz kerak. Nima bo'layotgan bo'lsa, Alloh xohlagani uchun bo'lyapti.

[6:50] Bilingki, mana shu musulmonlarni ustida hozirgi kundagi bo'layotgan mana shu ishlarni bir ulug' hikmat bor. Musulmonlar uchun foyda bor. Lekin bu hikmatni, bu foydani siz bilan bizni ko'zimiz ilg'omaydi. Chunki Alloh Taoloning ne'matlari bor, zohiriy va botiniy. Ko'rinib turgan ne'matlari ham bor va ko'rinmayotgan ne'matlar ham bor. Vo asbaho alaykum ne amahuu vohiratan va botina. Va sizlarga barcha zohiriy va botiniy ne'matlarni komil qilib berganini ko'rmaysizlarmi?

[7:22] Biz Alloh Taoloning al qodir ismi haqida dars qilyapmiz. Innalloh hali kun lushayn qodir. Alloh har narsaga qodir bo'lgan zot. Mana shu e'tiqodingiz mustahkam bo'ladigan bo'lsa, qalbingizda xotirjamlik bo'ladi. Allohni yordamiga bo'lgan ishonch paydo bo'ladi. Al Qodir ismini Qur'on va Sunnatda vorid bo'lishligi. Bu ism, Al Qodir ismi Qur'onda ham zikri bor, hadisda ham. Istedavilla, yaxluqu ma yasha, u vahuvvala alimul qodir. U o'zi xohlagan narsani yaratur, u bilimdon va qudratlidir.

[8:00] Mana Qur'onda yana bitta bir misol, istedavilla, quli'lla humma malikal mulki tutil mulka montasha. Va tanzil mulka minman tasha, va to'g'ayz zuman tashao va to'g'ril luman tashao biyadikal xoyr innaka ala kunli shay in qodir. Ayting, ey mulki davlat egasi bo'lgan Allohim, sen istagan kishingga mulk ato qilursan. Istagan kishingdan bu mulkni tortib olaversan. Istagan kishingni aziz qilursan, istagan kishingni xor qilursan, bor yaxshilik yolg'iz sening qo'lingdadir, albatta sen barcha narsaga qodirsin.

[8:38] O'ttizta o'rinda birodarlar innallohu ala kullushayn qodir jumlasi keladi. Albatta Alloh har narsaga qodir bo'lgan zon. Mana siz bilan biz har kuni namozdan keyin o'qiydigan kalimai tavhid. La ilaha illallohu vahda hula shar'i ikala la hul mulku va la hul hamdu vohu va ala kulli sha'in qodir. Yagona Allohdan o'ziga iloh yo'q. Uning sherigi yo'q. Mulk unga xosdir. Hamd unga xosdir, u har narsaga qodirdir. Allohumma la mani alima ato eta. Parvardigor, sen bergan narsani to'sib qoladigan yo'q. Va la moti alima mani eta. Sen men qilgan narsani beradigan yo'q. Ya'ni sen berishni xohlasang hech kim to'sib qololmaydi, keladi. Agar sen berishni xohlamasang, hech kim bera olmaydi. Valayam faul zal jaddiy minkal jad. Huzuringda boylik egasiga boyligi foyda bermaydi. Alloh sizni boyitib qo'yishni xohladimi? Butun dunyo qarshi tursin, Alloh sizni boy qilib qo'yishga qodir.

[9:45] Astadibillah. Ma yaftaillahi lindan simen rahman. Fala mumsik ala. Va va yumsik, falam mursil ala humin ba'diy. Alloh odamlar uchun ne bir rahmat, marhamatni ochib qo'ysa, bas uni ushlab to'sib qolguvchi bo'lmas va nimani ushlab qolsa, bas u zot ushlab qolgandan keyin u narsani bandalarga bironta yuborg'uvchi bo'lmas.

[10:10] Agar Alloh siz bilan bo'lsa, kim sizga zarar yetkaza oladi? Agar Alloh sizga qarshi bo'lsa chi, kim sizga foyda keltira oladi? Shuning uchun aytishimiz kerakki, Parvardigor, seni topgan banda nimani yo'qotibdi? Seni yo'qotgan banda nimani topibdi? Qudrat, qadar va qodir kalimalar. Mana qodir so'zi, qaysi so'zdan chiqarib olingan, ishtixon qilingan? Taqdir so'zidanmi, qudrat so'zidanmi? Mana masdari bir. Masdari bir. Taqdir, qadar so'zidan chiqarilganmi al qodir?

[10:51] Yoki qudrat so'zidanmi? Ikkita odam bor. Ilmli odam, jur'atli odam. Ilmli kishini ishi, tadbiri, rejasi puxta bo'ladi. Chunki nima bor unda? Ilm ma'rifat bor. Juratli odamda ilm ma'rifat bo'lmaganligi uchun, uni ishini, tadbiri ilmli odamni ishini tadbiridaqa bo'lmaydi.

[11:16] Oliy darajadagi ilmi bor odamki, maqsadiga yeta olmaydi. Nima uchun? Tadbiri zo'r u, jur'ati yo'q. Endi, jur'atli odam, jur'ati bor, lekin tadbiri yo'q. Kamchilikda. Shijoatli kishi bir ishni qilishi kerak, ammo ilmsizligi sababli qanday yo'l tushdi bilmaydi. Ilmi bor, jur'ati yo'q. Jur'ati bor, ilmi yo'q.

[11:45] Savol. Qadrlagan odamingizni doim yaxshi ko'rasizmi? Siz qadrlaydigan bitta odam bor, doim yaxshi ko'rasizmi? Ikkinchi savol. Yaxshi ko'rgan odamingizni doimo qadrlaysizmi? Yaxshi ko'rdi degani, albatta qadrladi degani emas. Qadrladi degani, albatta yaxshi ko'r degani emas!

[12:12] Yaxshi ko'rgan odamingizni doim qadrlaysizmi? Qadrlagan odamingizni doimo yaxshi ko'raverasizmi? Gohida bir odam bir odamni qadrlaydi, ammo yaxshi ko'rmaydi. Yoki yaxshi ko'rar edi, ammo qadrlamaydi. Misol bilan tushuntiramiz. Ota ona. Farzand uchun muhabbatni eng oliy martabasida turadi. Ammo bu ota ona savodsiz. Farzand olimlik maqomiga yetgan. Ota onasini yaxshi ko'radi, lekin ilm maydonida qadrlamaydi.

[12:43] Tushunarli bo'ldimi? Yaxshi ko'radi, ammo qadrlamaydi. Chunki ota ona savodsuz. Yaxshi ko'radi, ammo ilm maydonida qadrlamaydi. Endi ikkinchisi. Ilmli odam bor, oliy darajadagi professor, akademik, ilmida tengsiz, uni qadrlaysiz, ammo xulqi, fe'l atvori chatoqligi uchun yomon ko'rasiz. Yaxshi ko'rib turib qadrlamadi, qadrlab turib yaxshi ko'rmadi.

[13:14] Bir tabib bor, fe'l atvari yomon, axloqi chatoq, og'zi shaloq, faxshni tinmay gapiradi, ammo o'zini ishini tengsiz mutaxassisi. Uni qadrlay siz. Tabipligini, lekin shaxsiyat sifatida yaxshi ko'rmaysiz. Ammo Alloh Subhanahu va Taoloni Al Qodir bo'lgan Zotni qancha qadrlasangiz, shuncha yaxshi ko'rasiz, qancha yaxshi ko'rsangiz, shuncho qadrlaysiz.

[13:43] Tabarakas Muborakka Dil Jalali va Ikrom, buyuklik va karam sohibi bo'lgan Parvardigoringizning nomi barakotli muborakdir. Allohni buyukligi uchun ulug'laysan, ikromi uchun yaxshi ko'rasan. Al Qodir Alloh Taoloning go'zal ismlaridan. Qancha qadrlasang, shuncha yaxshi ham ko'rasan.

[14:06] Endi qarang da, qancha odamda qadrlaymiz atrofimizda yurgan va qanchasini yaxshi ko'ramiz? Alloh Al Qodir bo'lgan Zot. Qodir so'zi taqdir so'zidan olingan. Ya'ni cheksiz ilm egasi. Yana Qodir so'zi qudrat so'zidan ovingan. Demak, kuch qudrat egasi. Qodir degan so'z ham qudrat so'zi dan olingan, ham taqdir so'zi dan ovingan.

[14:33] Alloh taoloni ilmi bilan qanchalar xotirjam bo'lsak, qudrati bilan ham shunchalar xotirjam bolamiz. Uning qudrati bilan qanchalar xotirjam bo'lsak, ilmi bilan ham shunchalar xotirjam bilamiz. Demak, Alloh taoloning al qodir ismi taqdir so'zidan ham, qudrat so'zidan ham olingan. Alloh subhanah va taoloning al qadir ismi inson bilan uning umri davomida doim birga bo'ladi. Allohni qazosi bor, Allohni qadari bor. Allohning qazosi degani, bu Allohning ilmi degani. Ollohning qadari degani o'lchovi degani. Olloh hamma narsani bilib turib, o'lchov bilan yaratgan zon.

[15:14] Mana shu insonda kibr sodir bo'lishini Alloh taolo bildi va ana shu kibridan qutilishlik uchun bir muolajani tayinlab qo'ydi. Boshiga bir musibat tushadi da boyagi kibr qilgan odamni. Xorlangandan keyin alamga kiradi da, ustiga kelgan shu musibatning sababi kibr ekanligini tushunadi da, tavba qiladi. Demak Alloh Taolo hammasiga qodir Zol. Bilishga ham qodir, tarbiyalab qo'yishga ham qodir bo'lgan Zol.

[15:42] Agar siz birodar Alloh bilan birga bo'lib, lazzat topayotgan bo'lsangiz, demak siz omonlikdasiz. Rohatdasiz, xotirjamlikdasiz. Bilib qo'yinglar, insonning qalbi taskin topishi, qalbi osoyishda bo'lishi, qalbi xotirjam bo'lishi bitta narsaga bog'liq.

[16:06] Bu taskin, bu xotirjamlik, bu sakinat, xotirjamlik Allohni zikriga bog'liq, birodarlar. Robbimiz Subhanahu va Taolo aytyapti, ala bidikrillahi tatma innul qulub. Ogoh bo'linglar, qalblar faqat allohni zikri bilangina orom olar. Bu nima degani? Insonda qalbi boshqa narsalar bilan ham orom oladi. Masalan, katta pul topsa orom oladi. Bir mansab ketsa, orom oladi. Biri muammosidan chiqsa, orom oladi, giyohvand moddalarda nima qilsa, iste'mol qilsa orom oladi. Lekin haqiqiy orommi bu?

[16:41] Bu u orom deb o'ylayotgan narsalar oqibati qanaqa bo'ladi? Qarang, mansabga o'tirib qalbingiz orom oluvdi, mansabdan tushirishyordi. Orom yo'q. Giyohatmandani tomonidan haydadi, bir soat yarim soat orom oldi, keyin u azob. Siz bilan bizni yo'g'dan bor qilgan Parvardigorimiz aytyapti, ey bandalar, sizlarni qalbinglar faqat Meni zikr qilish bilan orom oladi deyapti.

[17:07] Zikr bilasizmi qalb uchun nimaga o'xshaydi? Tuyadagi gulingizga suv qanchalar zarur? Suv qo'ysangiz ko'karib o'sadi. Suv qo'ymasangiz qurib qoladi. Xuddi shunga o'xshagandek lillahi ilmat alal ala allohni zikr qilgan odamni qalbi tirik turadi. Robbisini zikr qilgan odam bilan, robbisini zikr qilmagan odamning misoli, degan rasululloh, tirik odam bilan o'lik odamga o'xshaydi.

[17:35] Ogoh bo'linglar, qalblar faqat Allohni zikri bilan orom oladi. Alloh azza va jalla hali bizga taskin beradi, agar zikrda bo'lsangiz, Allohni eslasangiz, zikrda bo'lsangiz. Bu qalbni tamomiy sakinatda bo'lishligi faqat mo'min bandalarga beriladigan Allohning xos ne'mati. Chunki birodarlar qarang da. Alloh Taolo sog'ligini ham, zakovatni ham, molni ham, quvvatni ham, chiroyli ham hammaga beraverapti. Kofirga ham, mo'minga ham beryapti. Ammo sakinat, xotirjamlikni Alloh Taolo mo'min bo'lgan do'stlariga beradi, o'lchov bilan ato qiladi. Demak, omonlik, xotirjamlik faqatgina mo'minlarga beriladigan xos ne'mat ekan.

[18:23] Agar bilsangiz, deydi Alloh Taolo, aytingchi, qaysi guruh qo'rqmay, xotirjam bo'lishga haqliroqmi? Iymon keltirgan, o'z iymonlarini zulm bilan aralashtirmagan zotlar, ana o'shalar xotirjam bo'lguvchidirlar va ana o'shalar hidoyat topguvchidirlari. Sen banda zaifsan, Alloh qodir. Sen faqirsan, Alloh boy. Sen bilmaysan, Alloh biladi. Sen qayerda bo'lma, Alloh sen bilan birga.

[18:54] Alloh Taoloning ibrodalar, bandalar bilan birga ekanligida shubha qilmaylik. Vaho vamaku maynaman kundum. Qayerda bo'lmanglar Alloh sizlar bilan birga. Endi mana shu Allohning birga bo'lishi ikki xil bo'ladi. Umumiy birgalik va xos birgalik. Umumiy birgarlik nima? Muammo bo'lsin, kofir bo'lsin, Alloh u bilan birga. Uni kuzatish bilan, nazorat qilish bilan, ko'rib turishi bilan.

[19:18] Xos birgalik, bu mo'minlar bilan bo'ladigan birgalik. Va annalloha ma'lum meni. Alloh sen bilan birga nimasi bilan? Kuzatib turishi bilan ham sen bilan birga. Endi qo'llashi, saqlashi, tavfiq berishi va yaxshi ko'rishi bilan birga. Aqlu qovli ha'da va astag'firulloh livalakum. Innallohi va malakati g'ush salun ala nabiy, ya yuha alladina amanu sollu alayhi vasallam mutaslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi.

## Quran and hadith quoted in this lecture

- [4:08] Quran Aal-i-Imraan 3:139
  - Said in the lecture: “Vala tahinu vala tahzanu an tumul a'laun inkun tum umini.”
  - Arabic: وَلَا تَهِنُوا۟ وَلَا تَحْزَنُوا۟ وَأَنتُمُ ٱلْأَعْلَوْنَ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ
  - Uzbek translation: Boʻshashmanglar! Xafa boʻlmanglar! Sizlar, agar moʻmin boʻlsalaringiz, ustunsizlar. (Ey musulmonlar! Hech boʻshashmanglar, zaiflashmanglar, sizga yetgan musibatlarga, boshingizga tushgan ogʻirliklarga xafa boʻlmanglar. Sizlar dunyoda hammani hidoyatga daʼvat qiluvchilarsiz. Ular zulmatga, zalolatga chaqiruvchilardir. Sizlar ikki dunyo saodatiga egasiz. Ular ikki dunyo badbaxtligiga egadirlar.)
- [5:38] Quran Az-Zukhruf 43:84
  - Said in the lecture: “samai ilahun va fil ardi ilah, vahual hakimuni alim.”
  - Arabic: وَهُوَ ٱلَّذِى فِى ٱلسَّمَآءِ إِلَٰهٌۭ وَفِى ٱلْأَرْضِ إِلَٰهٌۭ ۚ وَهُوَ ٱلْحَكِيمُ ٱلْعَلِيمُ
  - Uzbek translation: U zot osmonda ham ilohdir, yerda ham ilohdir. U zot oʻta hikmatli, oʻta ilmlidir.
- [9:46] Quran Faatir 35:2
  - Said in the lecture: “yaftaillahi lindan simen rahman. Fala mumsik ala. Va va yumsik, falam mursil ala humin ba'diy.”
  - Arabic: مَّا يَفْتَحِ ٱللَّهُ لِلنَّاسِ مِن رَّحْمَةٍۢ فَلَا مُمْسِكَ لَهَا ۖ وَمَا يُمْسِكْ فَلَا مُرْسِلَ لَهُۥ مِنۢ بَعْدِهِۦ ۚ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ
  - Uzbek translation: Alloh odamlarga ne rahmatni ochsa, bas, uni tutib qolguvchi boʻlmas. U zot tutib qolgan narsani Undan keyin qoʻyib yuborguvchi boʻlmas. U zot azizu hakiymdir. (Alloh bergan neʼmatini birov man qila olmaydi. Shuning uchun xotirni jam qilish kerak. Allohga iymon keltirib, koʻrsatgan yoʻldan yurish lozim.)

## Self-check quiz

Generated automatically from the lecture; not reviewed by a person.

1. Ustozga ko'ra, Allohning mo'minlarni nusrat qilishiga loyiq bo'lish uchun ular qanday holatda bo'lishi kerak?
   - a) G'arb tushunchalarini qabul qilish
   - b) Faqat ibodat qilish va moliyaviy yordam berish
   - c) Iymonida, amallarida va o'lchov tushunchalarida sobit bo'lishi — correct
   - d) Dushmanlar bilan muzokaralar olib borish

2. Ustozga ko'ra, Allohning Al Qodir ismiga mustahkam e'tiqod qalbiga nima keltiradi?
   - a) Dunyoviy boylik ortishi
   - b) Jismoniy kuchi ortishi
   - c) Xotirjamlik va yordamga ishonch — correct
   - d) Qo'rquv va tashvish
   - Why: Darsda Al Qodir ismiga mustahkam e'tiqod qalbiga xotirjamlik va Allohning yordamiga bo'lgan ishonchni keltirishi ta'kidlangan. [7:22–7:58]

3. Ustozga ko'ra, Allohni qadrlash va Uni yaxshi ko'rish o'rtasidagi aloqa qanday ifodalanadi?
   - a) Qancha qadrlasangiz, shuncha yaxshi ko'rasiz — correct
   - b) Ikki tushuncha bir-biriga zid keladi
   - c) Yaxshi ko'rish qadrlashdan yuqori bo'ladi
   - d) Qadrlash yaxshi ko'rishni talab qilmaydi
   - Why: Ustoz darsning oxirida Allohni qadrlash darajasi shunchaki yaxshi ko'rish darajasiga teng ekanligini ta'kidladi. [13:14–13:41]

4. Ustozga ko'ra, inson qalbi haqiqiy taskin va xotirjamlikka faqat nimaga erishadi?
   - a) Mansab egallashga
   - b) Katta pul topishga
   - c) Allohni zikr qilishga — correct
   - d) Muammolardan chiqishga
   - Why: Darsda qalblar faqat Allohni zikri bilan orom oladi, pul yoki mansab esa haqiqiy taskin bermaydi degan fikr ta'kidlangan. [16:06–16:39]

5. Ustozga ko'ra, Allohning bandalar bilan birgaligi qanday ikki turga bo'linadi?
   - a) Ko'zga ko'rinadigan va ko'rinmaydigan birgalik
   - b) Jismoniy va ma'naviy birgalik
   - c) Umumiy va xos birgalik — correct
   - d) Vaqtinchalik va doimiy birgalik
   - Why: Darsda Allohning bandalar bilan birgaligi umumiy (kuzatish) va xos (saqlash, yaxshi ko'rish) deb ikki turga bo'lingan. [18:54–19:16]
