# 41-dars (3-qism) Al-Qodiir: Asma-Ul-Husna

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Asmoul husno](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno.md), lecture 44 of 110
- Section: Al-Qodir
- Duration: 27 min
- Original title: 31.12.2021 41-DARS (3-QISM) AL-QODIIR / ASMA-UL-HUSNA
- Date in the video title: 2021-12-31
- Review status: reviewed
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/44
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/PAlBezuD9W0.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=PAlBezuD9W0
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/43.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/45.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:00] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen a'lamin. Vassolatu vassalom ala ashrafil mursalin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Allohumma alin na ma'yam fauna va na bima'lam ta'navazidna ilma. Allohumma arina al haqqa haqqon va rizqu na tibaa va arina al ba'tila ba'tilan va rizqu na jiddinaba. Vaja anna min ma yassamiya un al qovlu fayetta bi una husana va adhin la bi rahmatiki fii ibadika solihin. Ammavot, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'al va barakatuh.

[0:36] Alloh subhanahu va taoloning go'zal ismlaridan al qodir. Inson zaif. Alloh al qodir bo'lgan, har narsaga qudrat etadigan, qodir bo'gan zot. Odam bolasi zaif. Va xul iqhol insano doifa. Inson zaif bo'lib yaratildi. Inson zaif. Allohga muhtoj bo'lishlik insonning sha'ni. Allohni sha'ni esa unga muhtoj bo'tgan bandani quvvatli qilish. Siz o'zingizni Alloh Subhanahu va Taologa, Al Qodir bo'lgan robbingizga muhtoj deb bilsangiz, Alloh sizga quvvat beradi. Inson zaif qilib yaratildi va bu uning foydasi uchun bo'ldi.

[1:24] Agar zaif bo'lmasdan quvvatli bo'lganida, o'zini quvvatiga suyanib turib halokatga uchrashligi muqarrar edi. Ammo zaif qilib yoritildi va mana shu zaif bo'lishligi uni saodat topishiga sabab bo'ladi. Astaydu billah, innal insana xuliqo halua ida massahu sharru jazua va ida massahu l xoyru ma'nuaa illal musolli. Bizni zaifligimiz, bizni ojizligimiz, Robbimiz Subhanah va Taolo aytyapti bu haqida.

[2:00] Darhaqiqat inson betoqat qilib yaratilgandir. Qachon unga yomonlik yetib qolsa, o'ta besabrlik qilguvchidir. Qachon ungan yaxshilik yetsa, o'ta man qiluvchidir, baxldir. Halu degani, insonning jazovasining qattiqi. Qattiq jazovaga tushadi inson. Qizg'anchiq bo'ladi inson. Lekin mana shu inson Allohga muhtoj bo'lsa, Alloh bilan quvvatlanadi. Agar o'zini Al Qodir bo'lgan Allohga muhtoji deb bilsa, boy bo'ladi, olim bo'ladi. Muhammad alayhissalom Allohga muhtoz bo'lganidek. Qaranglarda. Mana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Al Qodir bo'lgan robbizga muhtoj bo'ldi. Alloh bu bandani aziz mukarram qildi. Alamna shiroxalaka sodrok. Vo vadona anka vizrok. Allaviy anqadadoxrok. Varofa ana alaka dikrok. Biz Allohga qanchalar muhtojligimizni izhor qilar ekanmiz, zaifligimizni tan olar ekanmiz, Alloh shunchalar bizni qo'llaydi, shunchalar quvvatlaydi. Agar men o'zim ilmim, quvvatim, tajribam desangiz, Alloh o'zingizni holingizga tashlab qo'yadi o'zingizni. Unda xor bo'lasiz.

[3:15] Ey Muhammad alayhissalom, biz sizning qalbingizni keng munavvar qilib qo'ymadikmi? Va biz sizdan yelkangizni ezib turgan og'ir yukingizni olib qo'ydik, va biz sizni zikringizni baland qilib qo'ydik. Qaytaramiz? Ko'p qaytaramiz shu qoidani. Inson qanchalar Allohga o'zini muhtoj deb his qilsa, Alloh shunchalar qo'llaydi. Shunchalar unga quvvat beradi. Shunchalar bu odam kuchli bo'ladi. Ammo o'zini behojat sezsa, Alloh Taolo bu bandani o'z holiga tashlab qo'yadi.

[3:50] Islom tarixida bo'lgan ulug' ikkita g'azot. Badr g'azoti va Hunayn g'azoti. Har kuni mana shu ikkala g'azotdan olinadigan darsga muhtojmiz. Badr kunida musulmonlar ozchilik edi. Kuraysh qo'shini bir necha barobar musulmonlardan ko'p edi. Lekin Alloh Taologa bu sahobalar muhtojligini, zaifligini, ojizligini izhor qilishdi, Alloh ularni qo'lladi. Astaydu billah. Valoqodin nasaraku mullohu bi badrin va an tum adil la. Axir Alloh Badr kunida kuchsiz bo'lsangizda, sizlarni g'olib qildi ku.

[4:30] Qaytaryapmiz qoidamizni. Qanchalar o'zingizni Allohga muhtoj deb bilsangiz, muhtojligingizni izhor qilsangiz, Alloh sizni shunchalar qo'llaydi. Uch yuzta sahoba birodarlar mingta odamni yengib qo'ydi. Hunayn kunida nima bo'ldi? Hunayn kunida Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o'n ming qo'shin bilan Makkani fath qilgan edilar, yana ikki ming kishi qo'shilib, Xunaynga o'n ikki ming qo'shn bilan chiqdilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Havozun qabilasiga qarshi jang qilgan. Havozunning qo'shini yigirma ming, musulmonlar o'n ikki million. Birinchi marta musulmonlarning adadi mana shunday bir katta sanoqqa yetdi. Hatto Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu la nug'lab minqillahi rasululloh deb yubordi. Qo'shin adadi katta, o'n ming kishi kelgan Makkaga, ikki ming kishi qo'shildi. Mana endi adadimiz katta, endi yengilmaymiz deb, nimaga suyanib qo'yishdi?

[5:30] Qo'shinning sanog'iga. Olloga muhtojligidan ko'ra, qo'shinga suyanishligi nima bo'ldi? Ko'zga ko'ndirib, hatto Abu Bakr Siddiq va Rasululloh. Bugun yengilmaymiz. Agar yengilsak ham, qo'shinni ozligi sababli yengilmaymiz, boshqa sabab bilan mag'lub bo'lishimiz mumkin, lekin qo'shinni adadi katta deb turib, sanoqqa suyanib qo'ydi. Aka xonangiz bor tevada, problemangizni hal qilib beradi. Uka xonangiz bor, shu problemani hal qiladi. Oshnangiz bor, bitta zvonok siz bitkazib beradi. Qayoqdan bilasan ey?

[6:05] Aytyapmiz ku, har kuni muhtojimiz mana shu darsga. Student bo'lganlar bor. Student bo'lib bir tinga maydasida yurgan kunlari bo'lgan. Ikkita prashkani ko'proq yeb qo'ysa, dadasi bergan puli yetmaydi, uyga peshkom ketish kerak bo'lgan kunlari bo'mgan. Kulayotganlar, student bo'lganlar.

[6:29] Endi o'sha kambag'alchilik, yo'qchilikni ko'rgan student keyin ishlab boyib ketdi. Qarang, nozik narsa. O'zingizni topolmaysiz, o'shalarda qotadi, qarang. Endi boyib ketdingiz da, qo'lingizda bir besh olti yuz ming dollar pulingiz bor. Endi siz ancha uverenniyisiz. Chunki nimangiz bor?

[6:52] Ikki yuz ming pulga kuydiz. Siqilasiz. Uch yuz ming turibdi, uje siqilyapsiz ikki yuz minga. Endi studentlik paytingizda eslang da, ellik so'm pul berar edi, yigirma so'm borib kelishga, o'ttiz so'm obedga edi. O'sha ulfatizga erib qo'ydingiz prashkaga. Tavakkaling detdagi, xudo poshsho. O'sha paytdagi tavakkulingiz allohga edi. A, Xudo beradi, detdagi deb turib, u yerdagi tavakkulingiz siz Xudoga edi. Endi keyin nimaga bo'lib qolyapti tavakkal? Suyanish nimaga bo'lib qulyapti?

[7:26] O'shaning uchun musulmon odam Allohga suyanib, Allohga ozligini bilar ekan, hamma puliga bankrot bo'lib kuyib kelsa ham insult bo'lmaydi. Infarkt bo'lmaydi. Nima deydi? Alloh beruvdi, Alloh oldi. Alloh berganda sinagan edi. Olganda ham sinadi. Bergani berib sinaganida Alhamdulillohda rozi bo'lgandim. Mana endi olib qo'yib sinayapti, yana nima deyman? Ey Xudo qasd qilgan gunohim uchun demaydi da bu.

[7:57] Xunayn kuni haqida Alloh Taolo aytyapti: voqod aajibat kum, katsirot ukum. O'shanda sizlarni ko'p ekanligingiz mag'rur qilib qo'ygan edi. E'tibor beringlar. Uch yuz o'n to'rtta sahoba Badrda mingta mushrikni mag'lub qildi. Endi ikki ming musulmon yigirma mingga mag'lub bo'lib qoldi. Hunaynda o'zlarining sanog'iga, adadiga suyanib qolishdi.

[8:22] Shuning uchun doim o'zimizni ojizligimizni, zaifligimizni, Allohga muhtojligimizni izhor qilib turishimiz kerak. Ishonmang pulingizga. Ishonmang akaxonangizga. Ishonmay to'plab qo'ygan bir qanday sebdagi mol mulkingizga. Alloh bir kunda yo'q qilib qo'yadi. Astaydu billah. Voyo'ma xunayn. Id'a ajabatukum kas'ratukum, falam tug'ni ankum shay'a. Va zovqat alaykumul ardubima rohibat, simma vallaytum mudbiriy. Alloh sizlarni ko'p o'rinlarda g'olib qildi. Hunayn kunini eslanglar. O'shanda sizlarni ko'p ekanligingiz mag'rur qilib qo'ygan edi. Ammo u sanog'inglarni katta ekanligi, sizlarni hech narsadan behojat qila olmadi va sizlarga keng yer torlik qilib qoldi. So'ngra yuz o'girgan holingizda chekindingiz.

[9:19] Ikkita dars. Badr kunida Allohga muhtojligini, o'zini ojizligini tan olib sahobalar iltijo qilishdi, Alloh qo'lladi ularni. Endi Hunayn kunida o'zlarining sanog'iga suyanib qolishdi, Alloh tog'li o'zini holiga tashlab qo'ydi. Shuning uchun birodar, har kuni muhtoj bo'lasan mana shu darsga. Alloh desang, Alloh desang, muhtojligingni izhor qilsang, zaifligingni tan olsang, Alloh seni ishingni o'zini qo'liga oladi. Senga nusrat beradi. Qo'llaydi, saqlaydi. Agar men desang, tajribam desang, oilam, urug'im, jamoatim desang, Alloh'dan boshqaga suyanib qoladigan bo'lsang, Alloh seni o'zingni holingga tashlab qo'yadi. Biz ojizmiz, biz zaifmiz, Alloh esa Al Qodir bo'lgan zod.

[10:10] Asarlarda keltiriladi. Ajoyib narsani o'qib beraman hozir. Alloh deyapsiz, Alloh deyapsiz. Lekin ichingizda niyat qanaqa ekanligini o'zingiz bilasiz, odamlar bilmaydi. Kim biladi ichingizdagi narsani? Asarlarda keltiriladi. Avha Alloh ila Davuda. Alloh taolo Dovud alayhissalomga vahiy qildi. Vo izzati, ma min abdin ya atasimubiy duna xolqiy. A'rifu dhalika min niyatixi. Fatakiydu hussamavatu val ard biman fixa, illa ja'al to'lachu min bayni dhalika maxroja.

[10:53] Asarlarda keltiriladi, Alloh taolo Dovud alayhissalomga dedi azizligimga qasamki, qaysi bir banda, maxluqotlar bilan emas, men bilan panohlansa, men buni niyatidan bilib olaman. Osmonlaru yer ahli unga qarshi hiyla qilishsa, u uchun men o'shalarni orasidan maxarojni chiqib ketadigan yo'lni beraman.

[11:17] Maxluqotlarga emas, menga ishonsin, menga suyansin, osmonu yer va uning ichidagi hamma unga yomonlik qilaman deb tursa, shu yomonligidan chiqib ketadigani yo'lni men beraman. Uni men bilan panohlanayotganligini niyatidan bilaman deyapti. Va man meni abdiniya atasimu bi maxluqin duniy, arifu zalika min niyatixi, illa qoton otu asbaba samai baynaya dayhi.

[11:46] Va osoh to'la havo taxta qodamayhi. Endi, qaysi bir banda men bilan emas, maxluqotlar bilan panohlansa, men buni niyatidan bilib olaman. Osmon sabablarini undan olib qo'yaman hamda uning oyoqlari ostidagi yerni titratib qo'yman dedi. Siz Allohga panoh tilayapsizmi yoki boshqalardanmi?

[12:11] Siz Allohga ishonib turib o'zingizni quvvatli his qilyapsizmi yoki bo'lmasalarga ishonib turipmi? Buni kim biladi? O'zingiz bilasiz, robbingiz biladi. Allohga muhtoj bo'lish birodarlar bandaning qadr qiymatini ko'taradi. Allohga muhtoj bol, seni ishingni o'zini qo'liga oladi. Seni ishingni yuksaltiradi. O'zini nusratini beradi, aziz qiladi. Men degin, o'zingni holingga tashlab qo'yadi.

[12:41] Biz, mana siz bilan biz. Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallam oldida kimmiz? Hech kim emasmiz. Sahobalarning oldida kimimiz? Hech kimsa emasmiz. Payg'ambarimiz aytganlar: innalloha ixtaaroniy, vaxta aroli as habiy. Alloh meni tanlab oldi, dedilar Rasululloh. Va men uchun sahobalarimni tanlab berdi. Rasululloh va sahobalar tanlab olingan odamlar, mana shunday zotni, Muhammad alayhissalomni eng yaxshi insonlar bo'lgan sahobalarning ichida bo'lishligi ham behojat qilmadi. Muhammad alayhissalom ularning ichida turgan bo'lsa ham, xato keluvdi jazolashni.

[13:26] Xatoga yo'l qolib, Allohga suyanmasdan sanog'iga suyanuvdi, ichida Muhammad alayhi salom turgan bo'lmasa ham mag'lubiyat keldi. Musibat keldi. Shuning uchun, birodarlar, siz kim bo'lmang, kimni bolasi bo'lmang, qanaqa sifatingiz, martabangiz bo'lmasin, muhammad alayhissalom oldida hech kimmassiz. Sahobalar, rizvonullohi alayhim, oldida hech kimsa emassiz. Ammo Allohni o'ziga suyanadigan bo'lsangiz, birodar, Allohni quvvatlaydi. Shunday odamlarni ham Alloh tashlab qo'ydi o'ziga.

[14:04] Bandaning zaifligi. Uni Allohga iqbol qilishiga sabab bo'ladi. Uni ostonasiga bosh urishlikka tutki bo'ladi. Boyligingiz, quvvatingiz, ilmingiz katta bo'lishi nimaga bog'liq? Boy bo'lishingiz, quvvatli bo'lishingiz, ilmli bo'lishingiz nimaga bog'li bo'ladi? Allohga muhtojligingizga bog'liq bo'ladi. Qanchalar muhtoj bo'lsangiz Allohga, shuni bilsangiz va izhor qilsangiz shuncha boy bo'lasiz, shuncha quvvatli bo'lasiz, shuncha ilmli bo'lasiz.

[14:39] Ochiq, aniq ravshan qilib aytib qo'yishimiz kerak bo'lgan narsa shuki, agar Alloh bir bandani yaxshi ko'rsa, uni qadrini odamlar orasida baland qilib qo'yadi. Maxluqotlarning qalbida unga nisbatan muhabbatni joylab qo'yadi . Agar bir odam shol bo'lib qolsa, mo'min aniq ishonadi. Alloh uni sog'lom qilib qo'yishga qodir.

[15:04] Agar bir odam zaif bo'lsa, dushmanlarda kuchli, quvvatli bo'lib turgan bo'lsa ham, agar Alloh xohlasa, dushmanlardan buni g'olib qo'yishiga ham qodir. Alloh hammasiga qodir bo'lgan, al qodir bo'gan zot. Astaydubillah, qol ashabu musa inna alamudrakun. Muso alayhissalomning asxoblari Misrdan chiqqanlarida sheraun orqadan kelayotganligini qo'shini bilan ko'rishdi.

[15:33] Musoning asxoblariga albatta biz tutildik. Biz halok bo'ldik. Yetib kelishdi dedi. Muso alayhissalom nima dedi? Qola, kalla, innama'iya robbi sayyahdin. Yo'q. Robbi men bilan birga menga yo'l ko'rsatadi. Aytdi yu, Allohga qancha muhtoj bo'lsangiz, chiqib ketadigan yo'lni chiqarib qo'yadi.

[15:57] Asarda keltirildi, banda Men bilan panohlansa, boshqalar bilan emas, Men uni niyatidan bilaman. Mendan panoh so'raydigan bo'lsa, yetti qavat osmon, yer, shularni orasidagi hamma unga yomonlik qilaman desa ham, chiqib ketayotgan yo'lni ko'rsatib qo'yaman dedi. Mana Muso alayhissalom manaqa qilib Alloh qutqardi. Asoyi bilan dengizni urdi da, urdi, dengiz yor oldida chiqib ketdi. Muso alayhissalom yoki mana Usroil mana shunday bir farajni yechimni bo'lishini o'ylaganmidi? Tasavvur qilganmidi?

[16:29] Allohni va'dasi haq, birodarlar. Yunus alayhissalom baliqni qorniga tushib qoldi. Baliqni qorinda dengizni tubida turibdi. Nima bor u zotni bu yerdan qutqaradigan? Qimirlolmaydi yotibdi baliqni qornida. Chiqib ketgani bironta bir yo'li bormi? Yer yuzidagi hamma odamlar yig'ilib, uni qutqarib qola oladimi?

[16:56] Havo yo'g'usi ikki minutda o'ladi odam. Lekin Alloh Taolo qutqarishni xohladi. Fanadafi zulmatiy alla ilaha illa anta subhanaka innikuntu minaz zalimin. Yunus alayhissalomga Alloh Taolo ilhomni berdi. Dengizni tubida turgan jonivorlarning aytadigan tasbehini eshittirib qo'ydi, qulog'idan pardani olib qo'ydi. Ya'ni ey Yunus, tasbeh chiqib ketasan deb Alloh o'zi yo'l ko'rsatdi.

[17:26] Qorong'u zulmatlarda turib, hech iloh yo'q. Magar o'zing bordirsan, ey pokiparvardigor, darhaqiqat men o'z jonimga jabr qiluvchilardan bo'lib qoldim deb nido qildi. Alloh qutqardimi? Ishonveringlar birodarlar. Alloh uchun mumkin bo'lmagan narsa yo'q. Alloh har narsaga qodir bo'lgan zot.

[17:48] Agar siz Allohga haqiqatdan ojiz ekanligingizni izhor qilib, Allohga olib yuborsangiz, sizni muammoga kirgizib, sizni boshingizni qotirib turgan odam, shu muammoni o'zi yechadi. Alloh har narsa qodir. Ko'rmaysizmi Alloh Taoloni mana shu Fir'avnning halok bo'lishiga sabab bo'ladigan Muso alayhissalomni Fir'avnning qasrida balog'atga yetishigini, ulg'ayishigini xohladi.

[18:12] Tushunyapsizmi nima degani bu? Vaholanki tushida Fir'avn ko'rdi, Banu Isroildan bir bola tug'ilib, uni halokatiga sabab bo'lar ekan. Shu halokatni o'zidan daf qilish uchun Banu Isroildan tug'ilgan har bitta o'g'il chaqalog'ni so'ydirdi. Aytyapti ku, yetti qavat osmon ichidagi hammasi makr qilsa ham, agar Alloh Taologa o'zini zaifligini izhor qilsa, chiqib ketadigan yo'lni ko'rsataman deyapti. O'zini halokatiga sabab bo'ladigan Mo'soni Alloh Taolo Fir'avnning qasrida ulg'ayishini xohladi. Innalloha ala kullhain qodir.

[18:48] Fastajabina ala huva natjayna hu minal g'om, vakadha lekin munjil mu'mining. Bas biz uning duosini mustajob qildik va uni g'am g'usxadan qutqardik. Biz mo'minlarga mana shunday najot beravermiz. Endi qaranglar. Yunus alayhissalom tasbeh aytibdi, Allohga muhtojligini izhor qilibdi, chiqib ketibdi.

[19:12] Bu bir marta bo'lib tugadi, endi bundan keyin hayotga aloqasi yo'q qissami? Yo'q. Alloh aziz va jallaning aziz kitobi tarixga aylanib qolmaydi akalar. Mana shu qissani Alloh Taolo hayotda ishlaydigan qonunga aylantirib qo'ydi. Qiyomatga shu shu qonun, shu sistema ishlaydi.

[19:34] O'zi nima sababdan baliqni qorniga kirdi Yunus alayhissalom? O'zini qilgan xatosi tufayli. Shuning uchun nima problema kelsa boshimizga? Molimizga kuydikmi, salomachiligimiz ketdimi, oilamizdan bir tortyapmizmi, yoki bir bizga musibat keldimi? Avvalambor biling, iymoningiz komil bo'lsin. Siz o'zingiz qilgan ish tufayli keldi bu. Bolangiz betarbiya bo'ldi, topganingizda baraka yo'q, uyingizda bir halovat yo'q. O'zingiz qildingiz ish tufaylik keldi, shuni yaxshilab bilib oling. Endi chiqib ketishni yo'li, Alloh Taoloning o'ziga yolvorishlik, Allohga muhtojligingizni izhor qilishlik.

[20:11] Va kadalika non jilmi umining deyapti Alloh. Biz mu'minlarga mana shunday najot beramiz deydi. Allohni rahmatidan noumid bo'lish, umidsizlik, tushkunlikka tushib qolish, bu musulmon odamga to'g'ri kelmaydigan sifatlar. Ha, musulmonlarni hozirgi kunda birodarlar ahvoli og'ir. Ish chatoq. Musulmonlar holi xarob. Musulmonlar o'zlari mazlum bo'lib turgan holda zolim degan ayblar yelkasiga qo'yilyapti. O'lekkan ham musulmon, qon oq ekan ham musulmon. Talon toroj bo'lakkan ham musulmon, yana aybdor ham kim?

[20:50] Musulmon bo'lib turibdi. Birodarlar, biz iymonimiz komil. Mana shu hozir xor bo'lib turgan holi nochor bo'lib turgan Ummati Muhammadniyini Alloh aziz qilib qo'yishga qodir. Alloh har narsaga qodir bo'lgan Zot. Faqat bu ummat ana shu azizlik sabablarini qoyim qiladi, aziz bo'lishiga sabab ishlarni qiladi, Allohga muhtojligini izhor qiladi, Allohni aziz qiladi bu ummatni. Xuddi ummatni avvalini Alloh Taolo aziz qilganidek.

[21:24] Vala tahin u vala tahzan u an tumul anau in kun tumu minin. Tushkunlikka tushmanglar, sustkashmanglar, mahzun bo'lmanglar, sizlar oliysizlar deb Robbimiz aytyapti. Biz oliymiz. Shart, agar mo'min bo'lsanglar. Demak, mo'minlikni shartini hammasi topilmayapti shekilli da bizda. Biz aziz ummat bo'lishlikka loyiq ishlarni qilmayapmiz shekilli da, shuning uchun bir xor bo'lib turibmiz hozir.

[21:53] Alloh taoloning qudratining yonida uning ilmi turadi. Jarroh bemorni jasadini yorib, kesib muolaja qilishi kerak. Insonni jasadi murakkab narsa. Bu yerda nervi bor, bu yerda asab tolasi bor, bu yerga poyi bor. Jarroh buni biladi. Uzoq yillar davomida o'rgangan inson tanasini tuzilishini. Ana shu ishni qilishlikka qodir. Qarang, ham qodir, ham biladi. Demak, qudratni shartlaridan bittasi ilm ekan birodarlar. Alloh taoloning ilmi, Alloh taoloning qudratini bir qismi. Qudrat palapartishi bo'lishi mumkin. Agar unga ilm qo'shilsa shu qudratga, shunda bu ongli qudrat bo'ladi. Ya'ni operatsionniy stolga o'tkazib qo'yib, qornini yorib qo'yish, juda ko'pchilik odamni qo'lidan keladi. Qodir shunga, qonunni yorib qo'yishga qodir. Ammo muolaja qilishlikka ilmi bormi?

[22:48] Qodirsiz, lekin ilmingiz yo'q. Endi Alloh azza va jallani esa ham qudrati bor, ham ilmi bor. Iymoni bor odam, birodarlar, nafsiy kasallikka duchor bo'lmaydi. Iymon bilan turgan odamda tushkunlik, umidsizlik, ruhiy xastalik birga bo'lmaydi da. Bu kasalliklar nimalar? Tushkunlik, umidsizlik, ruhiy xastalik, bular banda Allohdan uzoq bo'lib qolganda paydo bo'ladigan kasalliklar.

[23:22] Tushkunlikka, ruhiy xastallikka, noumidlikka Allohdan uzo'q bo'lgan odam tushadi. Muomala esa aniq biladi. Hamma ish kimni qo'lida? Yaxshilik ham, yomonlik ham kimni qo'lida. Aziz qiladigan, xor qiladigan kim? Boy qiladigan, kambag'al qiladigan kim kim? Innallohu a'la kulli sha'in. Qodirov. Mana shu iymoni mo'minni tushkunlikka tushishdan saqlaydi. Umidsizlikdan to'sadi. Ruhiy kasalliklarni to'sib turadi. Hamma ish kimni qo'lida?

[23:59] Qaranglarda, Alloh Subhanahu va Taolo ya'ni birov bir ish buyurayotsa, men ma'noni qilishim kerak, anaqa desa, ketaver men qilib qo'yaman deydi. Nima problema bor, manaqa manaqa, men bukizib qo'yaman, ketaver deydi. Sizga ish buyurayotgan odam muammoyingizni hal qilib qo'yyapti da, ish buyursa, ishni bemalol qilasiz. Tushuntira oladimi? Ko'mirda tashib qo'yishim kerak desa, ketaversin, men tashib qo'tyaman deydi. Ish buyurayotgan taraf sizni muammoyingizni hal qilib qo'yib turib ish buyursa, shu ishni bajarishingiz oson bo'ladi.

[24:32] Birodar, Alloh seni ibodat qilishga buyurishdan avval, seni xotirjam qilib qo'ydi. Avval xotirjam bo'l, orqasidan ibodat qil. Va ilayhi yur jaul amru kulluhu va abduhu va tavakkal alih. Osmonlar va yer faqat Allohnik. Hamma ish Allohni o'ziga qaytariladi. Bas, unga ibodat qil, uni o'ziga suyan.

[25:00] Ibodatdan nima to'syapti odamlarni? Bola, chaqa, tirikchilik. Shuni deb odamlar ibodat qilmayapti, shuni deb Qur'on o'qimayapti, shuni ham ilm majlisiga bormayapti, shunini tasbeh tahlili aytmayaptimi? Alloh aytyapti, ey banda, hamma narsa Meni qo'limda. Xavotir olma. Ibodat qil, tavakkal qil. Meni qo'limda hamma yo'q deyapti.

[25:24] Shuning uchun Robbimiz bizni xotirjam qilib qo'yib turib, keyin ibodat kelib deyapti. Qarang. Hamma ish Alloh Taoloni qo'lida, hamma ish Uni o'ziga qaytariladi, undan keyin aytyapti. Unga ibodat qil, Uni o'ziga sigan. Kim aytgani bo'ladi? Benzin necha pul oldi? Yana necha pul bo'ladi?

[25:48] Biz nima deymiz? Nima deymizmiz? Ikki yuz bo'lsa, o'shanga yarasha Alloh pul beradi, o'sha mashina yuradi. Uy bilan to'yni rizqini kim beradi? Nimaga unaqa deymiz? Boshqasini kim beradi? Nega shu uy bilan rizqni pulini Alloh berishiga aniq ishonchingiz bor? Chunki qisqa muddatda qayerdandir bir keldi bir narsa, uy bitib ketdi. Qisqa muddadda yo'q edi rashotda. Yoki kunni belgilab qo'ydingiz to'yda. Pul yo'q. Qisqa muddatda pul keladi, bo'lib ketdi. Shu yerda siz iymoningiz komil da. Uy bilan to'yni, rizqini Alloh beradi. Ya'ni qisqa muddatda bo'lganligi uchun siz Allohda kelganligini bilyapsiz. Boshqasini kim beradi?

[26:32] Biz o'sha ishonolmayotganligimizda, Allohga suyanolmayotganligizda, iymonimizni zaifligida, hamma ish Allohni qo'lida ekanligida, iymonimizni quvvotsizligida. Hamma ishchimi qavoliga qaytadi? Ey birodar, seni ibodat qilishga buyurishdan avval, robbing seni xotirjam qilib qo'ydi. Avval xotirjam bo'l, uni orqasidan ibodat qil.

[27:01] Aqlu qovli ha da, va astag'firullohu alayhi valakum. Innallohi va malakati yuz salun ala nabiy, ya yuhalladina amanu sollallohu alayhi vas salimu taslima. Va assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

## Quran and hadith quoted in this lecture

- [8:44] Quran At-Tawba 9:25
  - Said in the lecture: “Id'a ajabatukum kas'ratukum, falam tug'ni ankum shay'a. Va zovqat alaykumul ardubima rohibat, simma vallaytum mudbiriy.”
  - Arabic: لَقَدْ نَصَرَكُمُ ٱللَّهُ فِى مَوَاطِنَ كَثِيرَةٍۢ ۙ وَيَوْمَ حُنَيْنٍ ۙ إِذْ أَعْجَبَتْكُمْ كَثْرَتُكُمْ فَلَمْ تُغْنِ عَنكُمْ شَيْـًۭٔا وَضَاقَتْ عَلَيْكُمُ ٱلْأَرْضُ بِمَا رَحُبَتْ ثُمَّ وَلَّيْتُم مُّدْبِرِينَ
  - Uzbek translation: Batahqiq, Alloh sizlarga koʻp joylarda nusrat berdi. Hunayn kunida ham. Oʻshanda sizni koʻpligingiz magʻrur qilgan edi. Bas, sizga hech foyda bermadi va keng yer sizga torlik qilib qoldi. Soʻngra ortga qarab qochdingiz.
- [17:02] Quran Al-Anbiyaa 21:87
  - Said in the lecture: “Fanadafi zulmatiy alla ilaha illa anta subhanaka innikuntu minaz zalimin.”
  - Arabic: وَذَا ٱلنُّونِ إِذ ذَّهَبَ مُغَٰضِبًۭا فَظَنَّ أَن لَّن نَّقْدِرَ عَلَيْهِ فَنَادَىٰ فِى ٱلظُّلُمَٰتِ أَن لَّآ إِلَٰهَ إِلَّآ أَنتَ سُبْحَٰنَكَ إِنِّى كُنتُ مِنَ ٱلظَّٰلِمِينَ
  - Uzbek translation: Zunnunni esla. Oʻshanda u gʻazablangan holda chiqib ketgan edi. Bas, u Bizni oʻziga (yer yuzini) tor etmaydi, deb gumon qildi. Zulmatlarda turib, Sendan oʻzga Iloh yoʻq, Sen poksan, albatta, men zolimlardan boʻldim, deb nido qildi. (Zunnundan murod Yunus alayhissalomdir. «Nun» baliq degani, Zunnun esa, baliq egasi degani. Yunusni alayhissalom dengizda baliq yutib yuborgan, keyin qirgʻoqqa kelib, Allohning amri bilan chiqarib tashlangan. Shuning uchun Zunnun–baliq egasi, laqabini olganlar. U zotning qissalari As-Saffot surasida keladi. Ammo bu surada siyoqqa mos ravishda qisqacha bayon qilinmoqda. Yunus alayhissalom qavmlarining qilmishlaridan gʻazablanib, yurtlarini tashlab chiqib ketdilar. Ulamolarimiz aytishlaricha, aslida u kishi boshqa Paygʻambarlarga oʻxshab sabr qilishlari, Allohning amrini kutishlari kerak edi. Ammo bunday qilmadilar. Qavmlariga zarda qilib, yurtlaridan chiqib ketdilar. Soʻngra Alloh taolo, u kishini baliqqa yuttirib, sinovga uchratdi. Ana oʻshanda, «zulmatlarda turib», yaʼni kecha zulmati, dengiz osti zulmati va baliq qorni zulmatida turib, Alloh taologa yolborib: «Sendan oʻzga Iloh yoʻq, Sen poksan, men zolimlardan boʻldim, deb nido qildi».)
- [24:44] Quran Hud 11:123
  - Said in the lecture: “Va ilayhi yur jaul amru kulluhu va abduhu va tavakkal”
  - Arabic: وَلِلَّهِ غَيْبُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَإِلَيْهِ يُرْجَعُ ٱلْأَمْرُ كُلُّهُۥ فَٱعْبُدْهُ وَتَوَكَّلْ عَلَيْهِ ۚ وَمَا رَبُّكَ بِغَٰفِلٍ عَمَّا تَعْمَلُونَ
  - Uzbek translation: Osmonlaru yerning gʻaybi(ni bilmoq) Allohga xosdir. Ishning barchasi Unga qaytarilur. Bas, Unga ibodat qil va Ungagina tavakkal qil. Robbing qilayotganlaringizdan gʻofil emasdir. (Intizor boʻlib kutilayotgan narsa gʻaybdir. Gʻaybni esa, hech kim bilmaydi. Uni faqat Allohning Oʻzi biladi, xolos.)

## Self-check quiz

Generated automatically from the lecture; not reviewed by a person.

1. Ustozning ta'kidlashicha, Hunayn jangida musulmonlarning mag'lubiyatiga asosiy sabab nima bo'ldi?
   - a) O'zlarining ko'pligiga suyanib qolishlari — correct
   - b) Allohning ularga yordam bermasligi
   - c) Sahobalarning jang tajribasidan mahrum bo'lishi
   - d) Dushman qo'shiningi son jihatidan ustun bo'lishi
   - Why: Darsda Hunayn jangida musulmonlarning o'z sanog'iga va adadiga suyanib qolishi ularning mag'lubiyatiga sabab bo'lgani ta'kidlangan. [7:57–8:20]

2. Ustozning ta'kidlashicha, Allohga panohlanuvchi banda uchun osmon va yer ahli qanday yo'l ochadi?
   - a) Ular orasidan chiqib ketadigan maxroj beradi — correct
   - b) Ular bandani to'liq yo'q qiladi
   - c) Ular bandaga yordam berishadi
   - d) Ular bandani o'zlariga qo'shishadi
   - Why: Darsda Alloh Dovud alayhissalomga vahiy qilib, unga panohlanuvchi uchun osmon va yer ahli orasidan chiqib ketadigan yo'l (maxroj) berishini aytgan. [10:53–11:16]

3. Ustozning misolida Fir'avnning Muso alayhissalomni halok qilish rejasiga qaramay, Alloh uni qayerda ulg'aytirishni xohladi?
   - a) Fir'avnning qasrida — correct
   - b) Misrning chekka shahrida
   - c) Banu Isroilning o'rtasida
   - d) Dengiz tubida
   - Why: Darsda Alloh Fir'avnning halokatiga sabab bo'ladigan Musoni aynan Fir'avnning qasrida balog'atga yetishini xohlagani ta'kidlangan. [18:12–18:46]

4. Ustozning ta'kidlashicha, qudratning ongli va samarali bo'lishi uchun unga nima qo'shilishi kerak?
   - a) Mol
   - b) Vaqit
   - c) Ilm — correct
   - d) Kuch
   - Why: Darsda jarrohlik misoli orqali qudratning shartlaridan biri ilm ekanligi va ilmsiz qudratning ongli bo'lmasligi ta'kidlangan. [21:53–22:46]

5. Ustozning ta'kidlashicha, Alloh bandasini ibodat qilishga buyurishdan avval unga nima beradi?
   - a) Avval ilim beradi
   - b) Avval boylik beradi
   - c) Avval salomatlik beradi
   - d) Avval xotirjamlik beradi — correct
   - Why: Darsda Alloh bandasini ibodat qilishga buyurishdan avval uni xotirjam qilib qo'yishi ta'kidlanadi. [24:32–24:58]
