# 42-dars (4-qism) Al-Qodiir: Asma-Ul-Husna

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Asmoul husno](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno.md), lecture 45 of 110
- Section: Al-Qodir
- Duration: 23 min
- Original title: 07.01.2022 42-DARS (4-QISM) AL-QODIIR / ASMA-UL-HUSNA
- Date in the video title: 2022-01-07
- Review status: reviewed
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/45
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/nNJrtrUMWi8.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=nNJrtrUMWi8
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/44.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/46.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:05] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen a'lamin. Vassolatu vassalomu ala shirofil mursalim va ala alixiy vasihabiy ajma'in. Allohumma alimnama yonfauna, vamfauna bima'lamtana vaziydna ilma. Allohumma arina al haqqa haqqon va zuhnat tibba aqt va arina al ba'tila ba'tilan va zuhnat tushdi navba. Hoji allam min mayyasida me'un al qovla fayetta biyona axsana. Vodixin la bi rohmatika fiyin ibodika solihin. Ammabab, assalomu alaykum va rahmatullohi taolo va barakatuh. Bismillahir rohmanir rohim. Alloh subhanahu va taoloning go'zal ismlaridan birodarlar al qodir ismini quratgan edik. Bugun oxirgi qismi.

[0:51] Alloh azza va jalla siz bilan bizni o'ziga ibodat qilishlikka buyurishdan avval qalbimizni xotirjam bo'lishligini xohladi. Ey banda, xotirjam bo', keyin ibodat qil. Chunki inson xotirjam bo'masa ibodat qila olmaydi. Astaydu billah. Va ilayhi yur jaul amru kulluhu, fa'buduhu va tavakkala aliy. Hamma ish osmonlar va yerdagi hamma ish Allohniki. Hamma narsa Allohniki o'ziga qaytariladi. Bas, unga ibodat qiling va o'ziga suyaning. Qarang da, ibodat bilan suyanishni keyin aytyapti. Olib ol, tushunib ol manda. Osmondagi yerdagi hamma ish Allohniki. Hamma ish Allohga qaytadi. Hamma narsa Allohning qo'lida. Keyin ibodatingni qil deyapti. Demak, birodarlar, tavhid insonning, mo'minning qalbini xotirjamlikka, osoyishtalikka to'ldiradi.

[1:54] Qachon sizni qalbingiz xotirjam bo'lar ekan? Iymoningiz komil bo'lganda mana shu narsaga. Kim aytgani bo'ladi? Ha, benzin ikki so'm arzonlab qolibdimi? A? Ikki so'm arzonlab qoldi, xursand bo'lyapti. Ikki so'm qimmatlaganda siqiluvdi. Birodar, arzonlasa xursand bo'lma, Allohni xohishi. Qimmatlasa apoma, bu ham Allohni xohshi. Ikki yuz so'm bo'lsa ham, o'sha ikki yuz so'nlik benzinga yarasha pulni Alloh beradi senga. Tuzdikmi?

[2:22] Birinchi oladigan xulosamiz bugun shu. Hamma ish Allohni qo'lida, hamma ish Alloh Taologa qaytadi, sen ibodatingni qil. Chunki Alloh Taolo bizning jasadlarimizga, suratlarimizga qaramaydi. Qalbimizga qaraydi, amalimizga qaraydi. Qalbimizgi amalimizga qara edi. Qalb xotirjam bo'lsa, ibodatni xotirjam qilasiz.

[2:49] Tovhid oyatlari insonni qalbiga xotirjamlikni to'ldiradi. Alloh al Qodir bo'lgan, har narsaga qodir bo'lgan zot. Sen esa, nima san banda? Zaifsan. U seni hamma dushmanlaringdan quvvatli, koinotdagi hamma narsadan kuchli. U osmonlar va yerni yaratgan Zot. Hamma ish Uni qo'lida. Mana shu osmon bilan yerni ishi ham Uni qo'lidan. Qarang. Astag'firulloh, al alahul xol quval amr.

[3:19] Ogoh bo'lingiz kim? Yaratish va buyurish faqat Unikidir. Nima degani? Odam bolasi samolyot yasadi. Yasadi da, sotdi. Endi samolyot boshqa birovlarni qo'lidan. Sotib olganlar u samolyot bilan xohlagan tomoniga uchadi, xohlagan ishini qiladi. Sotgan odamni qo'lidan chiqdi.

[3:43] Yasashlik, yasovchini ishi bo'ldi, lekin undan keyingi samolyotni ishi sotib olganlarni qo'lida bo'ldi. Shunaqada, to'g'rimi? Nima deymiz, temirchi bir boltani yasaydi, sotdi. Endi uni yog'idagi ishi boltani temirchini qo'lida emas. Xohlasa o'tini chopadi, xohlasa borib turib, devorga uradi boltani. Ammo Alloh Taoloning yaratishi unaqa emas. Yaratgan ham o'zi, uni ishlari ham o'zini qo'lida.

[4:15] Nimani yaratgan bo'lsa, ularni hammasini ishi Alloh Taoloning qo'lida edi. Allohu xoliqu kulli shayyun va huva ala kulli shayyun vakil. Alloh barcha narsaning yaratuvchisidir va u barcha narsanining ustida homiy vakildir. Ya'ni yaratib qo'ydimi? Ya'ni idorasi ham o'zini qo'lida. Sizga umrni berdimi? Sizni umringiz ham Allohni qo'lida. Sizga aql quvvatni boyligini mansabda berdimi? Shu ham o'zini qo'lida, sizga berdi, lekin idorasi o'zini qo'lida.

[4:49] Shuning uchun sizni qo'rquvga solishi mumkin bo'lgan nimaki bo'lsa, hammasi Allohni qo'llida. Bir top yirtqich hayvonlar yuribdi, qorni och, yegani ovqat istab yurishibdi. Ularni ko'rdingiz. Ular ularni yaratgan quvvatli, hakim, odil va rahmli bo'lgan Zotni qo'lidan. Sizni aloqangiz kim bilan bo'ladi? Shu yutqizish hayvonlari bilanmi yoki ularni yaratgan Zot bilanmi? A u paytda hamma Alloh deydi, bilasizmi? Qarasa hech narsa yo'q. Bir daraxt ham yo'q chiqib olay desa, bir tog' ham yo'q chi qib olay desa. Shunda nima deydi? U oxirida aytadi da u. Mo'minni farqi har doim Alloh deydi. Mashinasiga chiqib o'tirib olganda bo'ldi endi menga she'r teyolmaydi demaydi. Mashinasiga chiqib olganda ham nima deydi? Alloh deydi.

[5:39] Istadvillar, inniy tavakkal tu alalloh, robbi va robbikum. Ma min dabbatin illa hu va ahidun binasi yatiha, innna robbiya ala siroti mustaqim. Men faqat mening ham, sizlarning ham parvardigoringiz bo'lgan Allohga suyandim. O'rmalagan narsa borki, barchasi u zotning qo'l ostidadir, parvardigorim shak shubhasiz to'g'ri yo'ldadir.

[6:07] Inson Allohni yakkalagan paytida qalbiga omonlik, xotirjamlik, umid, xursandchilik to'ladi. Chunki kimni qo'lida ekan hamma ish, Allohni qo'lida ekanda. Shuning uchun aytamizki, e banda, robbing seni qalbingni xotirjamlikka to'ldirib qo'yib turib, keyin ibodat qil deb buyurdi. Ibodating to'g'ri bo'ladi qachon? Qachon ibodating to'rt bo'ladi? Qalbing xotirjam bo'lgan paytda. Chunki aytdik, osmonlar va yer uning orasidagi hamma narsa Allohnik va ularning hammasini ishi Allohni qo'liga qaytadi, unga ibodat qilinglar, unga suyaninglar.

[6:49] La ilaha illallohu vahda hula shariy kalah. La hul mulku va la hul hamdu vohu va ala kul lishay in qodir. Har namozda domlalarimiz o'qishadi, namozdan keyin. Nima degani bu? Allohdan o'ziga iloh yo'q. Yolg'iz uning o'zi bor, uning sherigi yo'q. Mulk uningdir, hamd uningdir va u har narsaga qodirdir.

[7:16] Shuning uchun aytamizki, Parvardigor, sen bermoqchi bo'lsang, uni to'sib qoladigan hech kim yo'q. Agar sen to'sib qo'yadigan bo'lsang, unib bera oladigani yo'q. Sen bir bandaga bir narsani ato qilmoqchi bo'lseng, kim to'sib qola oladi? Agar bir bandadan bir narsani man qilib qo'ymoqchi bo'lsa, kim uni bera oladi? Mana shu tavqid bo'ladi, birodarlar. Alloh Taolo aytadi Qur'onda, istadibilla, ma yaftahl la hulinnasimi rahmatin falam mumsik ala. O'ma yumsik falam mursil ala humin ba'di.

[7:51] Alloh odamlar uchun ne bir rahmat marhamatni ochib qo'ysa, bas uni ushlab to'sib qolguchi bo'lmas va ne ne ushlab qolsa, bas u zot ushlab qolganidan so'ng narsalarni bandalarga biron yuboruvchi bo'lmas. Alloh berishni xohlasa hech kim to'sib qololmaydi. Alloh olib qo'yishni xohlasa ham hech kim to'sib qololmaydi. Chunki Alloh har narsaga qodir bo'lgan Zon.

[8:17] Allohim alayhi man yalayman atoyta, va la moti yalayman mana ata, va la ya'm fa u dha l jaddi minka l jad. Mana duoda o'qiymiz namozdan keyin. Allohim, sen berganni to'suvchi yo'q. Sen to'sganni beruvchi yo'q! Huzuringda boylik egasiga boyligi foyda bermaydi. Shuning uchun pulimizga ishonmaylik, aql zokautimizga ishonmay lik, hunarimizga ishonmay li, chunki bu narsalar agar Alloh yo'lamasa, bizga as qotmaydi.

[8:51] Hozir men bir savolni beraman. Ustab ko'ring o'zingizdan. Bir doktorsiz, ustasiz, domlasiz, xullas bir sohani egasisiz. Bir sohada mutaxassis bo'lib turib, sho'x sohada kaltak yeb qolgan kuningiz bo'lgan. Ya'ni bir mashina purishki, o'ttiz yildan beri mashina olib sotadi. Shunday qarab turib, mashinani rentgen qilib qo'yadi da, ko'rib qo'yadi. Bu ulangan ekan, bu motori pishgan ekan, deydi da, oy o'tadi, kun o'tadi, yil o'tadi, bir kun o'zi yeb qoladi. Bo'lganmi?

[9:29] Do'koningda turganda biror narsani olib qo'ying deb, obkasa olma. Deydi domla, shogirdiga. Nimaga desa, agar bu g'irrom bo'lsa, seni podstava qilmoqchi bo'lsa, do'koning joying tayin bo'ladi, senga olib kelib sotadi. Hech ham olmagin, deydi. Oy o'tib, yil o'tib, ikkita pensioner odam, sholi kampir, ko'tarib keladi karobkani ikkita narsani. Pensiyamizga berdim uni, olib qo'ying bolam, deydi.

[9:56] Desa, bu domla o'zi aytyapti, olma deyapti. Endi pensionerlarga hali yerda ko'nglini yumshatyapti da oylikka berdi deb. Bu bo'lgan voqea. Amaki olay desam hozir pulim ham yo'q ekan desa, Xudoni xohishini qarang. Yonida oshnasi kelib, men oshnada deb turib pul ham berib qo'yadi. Haligini oladi, bir haftadan keyin o'g'irlangan bo'lib chiqadi, chiqib, kerakli tashkilotlarda ochiq berib tushadi. Endi haligi domla aytadi, qara ya deydi.

[10:22] Shuncha qaytarib, shuncha aytib deb turib o'zim tushdim a deydi. Shunaqa bir hodisaga duch bo'lganmisizlar? O'zingizni sohangizda hammaga aql o'rgatib turib, o'zingiz yeb qolgansiz, bizni tilda aytganda. Men bir hadisda o'qiganimdan keyin hamma narsa o'n o'niga tushdi. Qarang. Innalloha ila axabba infa adhu amrin salaba kunla di lyubbin lyubbahu. Albatta Alloh, agar bir ishni yuzaga chiqarishini xohlasa, har bir aql egasining aqlini olib qo'yadi. O'sha lahzada.

[11:00] O'zingiz aytdingiz, olma bunaqa mashinada dedingiz, o'zingiz olib oldingiz. Qarab, o'zim ham tushunmayapman qanaqa qilib yeb qoldim bu yerda deysiz. Chunki kimni qo'lida ekan, hamma yoq? Aytyapmiz ku, sizni aqlingiz, ilmingiz, tajribangiz, tanish bilishlaringiz, pulingiz sizga asqatmaydi, agar Alloh xohlamagan bo'lsa. O'zini hayotida shunga o'xshagan holatga tushganlar kulyapti. Yeb qolgansiz a? Qara, shuncha aytib o'zim qilibman shu ishni, Subhanalloh deydi. Ha demak Alloh shuni xohlagan ekan shunday bo'lishini. Kimga suyanaylik?

[11:37] Alloh bilan qilinadigan muomalada, birodarlar, aql zakovatga suyanmaslik kerak. Chunki bu narsalar foyda bermaydi. Alloh bilan bo'layotgan muomalada nimaga suyanish kerak? Istiqomatga, to'g'ri yo'lda bo'lishga, chiroyli amalga, allohga muhtoj ekanligingizni hisob qilishga, allohga mukabbatli bo'lishga muhtojsiz, allohga tavakkal qilishga muhtojs siz. Aql zakovatingizga emas. Ha, aql zakovat sabab.

[12:04] Har safar qilayotgan ishingizni qildingiz, bu yil hosil bo'lmadi. Har safar qila aytgandaqa qildingiz, ovqatni ochdi, shunday damladingiz, lekin bu safar bo'lmadi? Kimni qo'lida ekan? Shuning uchun birodarlar, Allohga qanchalar muhtoj ekanligimizni bilsak, izhor qilsak va bu narsani Alloh Taologa duo qilib yonib yuborib tursak, Alloh shuncha qo'llaydi. O'zingizni qanchalar Allohdan behojat bilsangiz, o'zingizni holingizga o'zingizni tashlab qo'yadi. Chunki Alloh Taolo har narsaga al qodir bo'lgan zot.

[12:36] Agar odamlar, aqlli odamlar, a'qillarga haddan ortiq suyanib qoladigan bo'lsa, avvalgilar ham, keyingilar ham kirmagan mushkulalarga kirib qoladi. Istadiy billah alladina kafaru va soddo an sabiy li lahi adolat a'maluhum. Kofir bo'lgan va o'zgalarni ham Alloh yo'lidan to'sgan kimsalarning amallarini Alloh zoye qilur.

[13:05] Qarang endi, mana Allohda yuz o'girgan xalqlarni qarasangiz, ilm fanda, texnologiyada, rivojlanishingda, hammadan oldida. Lekin aqllariga oshkicha suyanishdi. Allohga suyanishmadi, Alloh Taolo ularni qanday adashtirib qo'ydi? Oila qurishmay qo'ydi. Erkak ayolni farqi qolmadi. Erkakga erkakka, ayol ayolga nikohlanadigan bo'ldi.

[13:29] Vaholanki ahmoq emas bular. Bular Allohga sig'inishni, Allohga muhtojligini izhor qilishni to'xtatib qo'yishdi. Hamma narsani o'zimiz qilamiz deyishdi. Al Qodir bo'lgan Robbini esdan chiqardi, Alloh bularni yo'q bo'lishga hokim mahkum qildi. Ellik yil bordir, oltmish yil bordir qirilib tugaydi bu xalqlar. Chunki oila degan muqaddas dargohni yo'q qildi bular. Bola boqim nima qilaman? Menga muammo deb turib, aqllariga ishonishdi. Nima bo'ldi? Tugash arafasida bo'lar. Bizni asrimizda yashayotganlar ko'rasizlar inshaalloh. Biz ko'rmasak, bizdan kichkinalar ko'rar. Chunki shundaylar o'zi sanoqni qarasanglar, shu musulmonlarni ko'paykanligi, yuzlagan cherkovlar, ishlamay turgan cherkovlar masjidlarga aylantirayotganligini o'zlari aytishyapti.

[14:16] Biz Allohga suyanaylik, birodarlar. Ha, aql kerak, ilm kerak, tajriba kerak, mehnat kerak. Lekin bular sabab. Bir tabib ma'lum bir sohada kuchli bir mutaxassis. Masalan, oshqozon ichi kasalliklari bo'yicha deylik, yoki o'pka kasalliklari bilan mutaxassis, tengsiz.

[14:39] Nima sababdan mana shu kasallarga chalinishligini biladi. Qaysi sabablardan ehtiyot bo'lishi kerakligini biladi va o'zini ayni mana shu kasalga chalinmasligiga ishonadi. Nazarida hamma yoqda biladi da. Hamma ehtiyot chorani qiladi. Allohni taqdiri. Ayni shu kasalni o'zi bilan ketadi. Chunki kimga suyanmadi bu?

[15:03] Al qodir bo'lgan robbizga suyanmadi, o'zining aqliga, tajribasiga suyandi. Tavhidga teskari yo'l tutdi. Taassuf, Alloh Subhanahu va Taolo mana shu tabibni ayni u o'zi mutaxassis bo'lgan kasal bilan dunyodan kechligini iroda qildi, shu kasal bilan ketdi. Kuch quvvatini cho'qqisida bo'lgan polvon o'zini kuchiga ishondi. Tavhidga teskari yo'l tutdi. Ammo haqiqiy quvvat egasi bo'lgan Alloh Subhanahuvataolo ana shu polvonni ayni shu polvonli maydonda mag'lub bo'lishini xohladi, bir zaif ish keldi, ko'tarib yerga chopib qo'ydi.

[15:41] Tavhid birodarlar, dinimizdagi eng muhim narsa. Voma ta'alla matila abidu afzal minnat tavhid. Bandalar tovhiddan ko'ra yaxshiroq narsani o'rganmagan. Inson bolasi qilishi mumkin, o'rganishi mumkin bo'lgan eng afzal narsa tovhid, banda qilishi mumkin bo'lgan amaling eng afzali ixlos. Ixlos va tovhid.

[16:04] Parvardigor, sen berganni to'suvchi yo'q, sen to'sganni beruvchi yo'q. Huzuringda boylik egasiga boyligi foyda bermas. Ilmi bor, ilmi foyda bermas! Mansabi bor, mansabi foyda bermas. Hech narsa foyda bermaydi, agar Alloh xohlamasa. Birodar, seni aqling Allohning irodasidan saqlab qololmaydi. Yuqori malakang saqlab qolola olmaydi. Jamoating seni saqlab qola olmaydi Allohda. Puxta o'ylab qilingan reja, planing seni Allohda saqla olmaydi.

[16:44] Inson bir narsani maqsad qiladi da, shu maqsadga olib boradigan rejani tuzadi. Hamma tomonini o'ylaydi. Issig'ini, sovug'ini, ustani kelmay qolishini, svetni o'chib qolishini, apparati buzilib qolishigini, hamma sabablarini qilib, reja planni tuzadi. Lekin maqsadiga yeta olmaydi. Bilib qo'yaylik, birodarlar. Bizni ko'zlagan maqsadimizga olib boradigon yuz foiz ishlaydigan sababni o'zi yo'q. Sizni ko'zlagan maqsadingizga aniq olib boradigan, yuz foiz kafolat beradigan sababni o'zi yo'q.

[17:21] Yuz foizlik sabab nima? Yuz foiz ishlaydigan sabab nima? Allohni xohishi. Alloh xohladimi? Yetti qavat osmon va uni orasidagi, yer ustidagi hammasi sizga qarshilik qilsin, hammasi qarshilik qilsun, agar Alloh xohlagan bo'lsa, yuz foiz bo'ladi. Mana shu tavhid bo'ladi, birodarlar.

[17:46] Bir betni topshirishingiz kerak Qur'ondan. Yuz marta emas, uch yuz marta takrorladingiz. Uxlamadingiz. Tushingizda ham aytib beradigan holatga keldingiz. Endi domlaning oldiga kelasiz da, aniq topshiraman deysiz. Inshaalloh demaysiz. Avu billahimina shaytona rojiym. Bo'ldi, to'xtadingiz. Chunki kim xohlamadi uni?

[18:10] Kim xohlamadi? Alloh xohlamadi. Va shuning uchun bilib qo'yinglar. Bizni qo'limizda Alloh Taolo qanday xayriyatli ishlarni qilayotgan bo'lsa, bizni qo'liimiz bilan qildirayotgan bo'lsak, aytaylikki, Allohni fazli deylik. Mana alima ming kun annizu qudratin ala mag'firati zunub. G'ofartulahu vala ubali ma'lam yushrik bi.

[18:34] Hadis xuddi sizda Alloh Taolo aytyapti. Sizlardan kim men gunohlarning mag'firat qilishga qodir ekanimni bilgan bo'lsa, uni gunohini kechirdim, parvo qilmayman, modomiki she'r keltirmagan bo'lsa bo'ldi. Kim meni gunohlarni mag'firat qilishga qodir ekanligini bilsa, shirk keltirmagan bo'lsanglar, men u gunohlarni kechirdim deb aytyapman Alloh Taolo. Birodarlar, ilm bu asl. Asl narsa bu ilm. Alloh taoloning hamma ismlari, sifatlari go'zal va oliy ekanligini siz bilan biz bilishimiz kerak bo'ladi. Shuning uchun aytamizki, Parvardigor, seni qazoyingga iymon keltirganmiz. Sendan qazoyingni qaytarishingni so'ramaymiz, balki qazoyingda bizga lutf ko'rsatishingni so'raymiz. Alloh azza va jalla duolarimizni ijobat bo'lishini xohlaydi. Shuning uchun bizga duo qilishimizni buyurgan.

[19:31] Siz Allohga duo qilishligingizni o'zi bilan qulligingizni tan oldingiz. Allohga duo qilib shug'ullaningizni o'zi baland Allohni eshittiruvchi ekanligini tan oldingiz. Siz Allohga duo qilishingiz bilan o'zingizni ojiz, Allohni qodir ekanligini tan oldingiz. Allohga duo qilib o'zi bilan siz faqir, Allohni boy ekanligini tan holdingiz. Siz duo qilishligingiz bilan o'ziyingizni banda, qul, Allohni esa rob ekanligini tan holdingiz. Birodalar, duo bu ibodat.

[20:01] Duo ibodat, birodalar. Ad duau huval ibada deganlar, rasululloh. Boshqa hadislarida ad-duo u muhul iboda, duo ibodatning mag'zi deganlar. Qul ma ya abau bekum murabbiy lavla duau kun. Alloh Taolo xonanda aytadi, agar duo iltijo qilmasanglar, Parvardigorim sizlarga parvo qilmas deb ayting, e Muhammad alayhissalom deydi.

[20:27] Eng kuchli inson bo'lishini istaysanmi? Allohga tavakkal qil. Eng boy odam bo'lishini istaysanmi? Qo'lingdagi narsaga ishongandan ko'ra Allohni va'dasiga ko'proq ishon. Odamlarni eng hurmatlisi bo'lishini istaysanmi? Allohdan qo'rq. Alloh Taolo o'zini mustaqil bandasiga nazar soladi. Uni mustaqilligini biladi va unga tavfiqni bitib qo'yadi. Alloh kazzob, yolg'onchi bo'lgan bandaga qaraydi, uni kazzobligini biladi va bunga ilojni, davoni, musibatni bitib qo'yadi.

[21:03] Xulosa qilib aytadigan bo'lsak birodarlar, Alloh Taolo hamma narsani biladi, har narsaga qodir va mana shu qazoyi qadar har bir insonni taqdiriga unga munosib bo'lgan narsani bitib qo'yadi. Tabib bemorni oldiga keldi. Qon bosimi ko'tarilib ketibdi. Kasallik varaqchasini o'qib ko'rdi. Kasallik varaqachasini o'qigan paytda bu odam haqida ma'lumotga ega bo'ldi. Endi qanaqa muomala qilish kerakligini biladi.

[21:33] Endi Alloh Taolo bandasini yaratgan paytda biladi kim kimligini, nimaligini. Unga bergan muolajasi ham shunga yarasha bo'ladi. Alloh Taolo siz bilan bizni o'zi yaratgan, kimligimizni yaxshi biladi, o'zini ilmi bilan, hikmati, qudrati bilan ustimizga mana shu kunni bitdi. Shu kun ustimizga yozilibdimi? Demak shu kun bizga yaxshi rozi bo'lishimiz kerak.

[21:56] Rozi bo'l deganicha kunidan, yaxshiroq kunni so'rama degani emas. Rozi bo'lish shikoyat qilmaslik degani. Yaxshiroq kunda so'rang. O'sha kunga olib boradigan sabablarni qoyim qiling. Qarzingizni ko'tarishini, dardingizni yo'q qilishini so'rang, harakat qiling. O'zingizga bog'liq hamma sababni qiling. Shundan keyin nima bo'lsa, rozi bo'ling.

[22:19] Chunki shu kunni Alloh Taolo sizga taqdir qildi. Shunga ishonish birodarlar tavhid deyiladi. Bandani ishi faqir bo'lish, ojiz bo'lish, zaif bo'lish. Zaif inson agar Allohga iqbol qilsa, Allohni quvvatli qiladi. Faqir inson agar Allohni iqbol qilsak, Alloh uni behojat qiladi.

[22:44] Agar ilmsiz johil inson Allohga iqbol qilsa, Alloh unga ilm berib qo'yadi. Va allamaka ma'lam takun ta'lam va ka'nafot lullohi alayka g'iyma. Demak, Alloh Taoloning Al Qodir ismi bandalarga boshqa ismlardan ko'ra yaqinroq bo'lgan ism. Chunki banda zaif. Uning mana shu zaifligi uni dindor bo'lishlikka chorlaydi. Hatto butga sig'inadigan, adashgan toifalarni o'zlari to'qib olgan dinlarida tulishligiga ham zaifligi sabab bo'ladi. Inson zaif, Alloh Taolo Al Qodir bo'lgan zot.

[23:24] Aquvli qovli ha'da, va astag'firulloh alayhi va alakum, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh.

## Quran and hadith quoted in this lecture

- [1:12] Quran Hud 11:123
  - Said in the lecture: “Va ilayhi yur jaul amru kulluhu, fa'buduhu va tavakkala aliy.”
  - Arabic: وَلِلَّهِ غَيْبُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَإِلَيْهِ يُرْجَعُ ٱلْأَمْرُ كُلُّهُۥ فَٱعْبُدْهُ وَتَوَكَّلْ عَلَيْهِ ۚ وَمَا رَبُّكَ بِغَٰفِلٍ عَمَّا تَعْمَلُونَ
  - Uzbek translation: Osmonlaru yerning gʻaybi(ni bilmoq) Allohga xosdir. Ishning barchasi Unga qaytarilur. Bas, Unga ibodat qil va Ungagina tavakkal qil. Robbing qilayotganlaringizdan gʻofil emasdir. (Intizor boʻlib kutilayotgan narsa gʻaybdir. Gʻaybni esa, hech kim bilmaydi. Uni faqat Allohning Oʻzi biladi, xolos.)
- [7:42] Quran Faatir 35:2
  - Said in the lecture: “yaftahl la hulinnasimi rahmatin falam mumsik ala. O'ma yumsik falam mursil ala humin ba'di.”
  - Arabic: مَّا يَفْتَحِ ٱللَّهُ لِلنَّاسِ مِن رَّحْمَةٍۢ فَلَا مُمْسِكَ لَهَا ۖ وَمَا يُمْسِكْ فَلَا مُرْسِلَ لَهُۥ مِنۢ بَعْدِهِۦ ۚ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ
  - Uzbek translation: Alloh odamlarga ne rahmatni ochsa, bas, uni tutib qolguvchi boʻlmas. U zot tutib qolgan narsani Undan keyin qoʻyib yuborguvchi boʻlmas. U zot azizu hakiymdir. (Alloh bergan neʼmatini birov man qila olmaydi. Shuning uchun xotirni jam qilish kerak. Allohga iymon keltirib, koʻrsatgan yoʻldan yurish lozim.)

## Self-check quiz

Generated automatically from the lecture; not reviewed by a person.

1. Ustoz ibodatning qachon to'g'ri bo'lishini nimaga bog'lab tushirdi?
   - a) Jismoniy harakatlar ko'p bo'lganda
   - b) Qalbiga xotirjamlik to'lgan paytda — correct
   - c) Ovoz baland chiqqan paytda
   - d) Til bilan ko'p so'z aytilganda
   - Why: Darsda ibodatning to'g'ri bo'lishi qalbiga xotirjamlik to'lgan vaqtda ekanligi ta'kidlangan. [6:07–6:47]

2. Ustoz Alloh bir ishni xohlasa, odamning aqliga nima qilishini ta'kidladi?
   - a) Aqlini olib qo'yadi — correct
   - b) Aqlini o'zgartiradi
   - c) Aqlini yo'qotadi
   - d) Aqlini oshiradi
   - Why: Darsda Alloh bir ishni yuzaga chiqarishini xohlasa, har bir aql egasining aqlini olib qo'yishi haqida hadis keltirilgan. [10:22–10:58]

3. Ustoz aql va tajribaga haddan ortiq suyanishning oqibatini qanday tushuntirdi?
   - a) Alloh ularni boshqa xalqlar bilan birlashtiradi
   - b) Alloh ularni boylik bilan taqdirlaydi
   - c) Alloh ularni yo'q bo'lishga mahkum qiladi — correct
   - d) Alloh ularni ilmiy rivojga yetkazadi
   - Why: Ustoz aqliga ishonib, Allohga muhtojlikni izhor qilishni to'xtatgan xalqlarni Alloh yo'q bo'lishga hokim mahkum qilganini ta'kidladi. [13:29–14:14]

4. Ustoz duo qilish orqali insonning Alloh Taolo oldidagi holatini qanday ifodalashini ta'kidladi?
   - a) O'zini ilmi bor, Allohni esa ilmsiz deb tan olish
   - b) O'zini ojiz va faqir, Allohni esa qodir va boy deb tan olish — correct
   - c) O'zini mustaqil, Allohni esa bog'liq deb tan olish
   - d) O'zini boy va qodir, Allohni esa faqir deb tan olish
   - Why: Ustoz duo qilish orqali inson o'zini ojiz, faqir va banda, Allohni esa qodir, boy va Rob deb tan olganini ta'kidladi. [19:31–19:59]

5. Ustoz rozi bo'lish tushunchasini qanday izohlaydi?
   - a) Yaxshiroq kunni so'ramaslik va faqat sabr qilish
   - b) Shikoyat qilmaslik, lekin yaxshiroq kun uchun sabab qo'yish — correct
   - c) Barcha muammolarni o'zimiz hal qilishimiz kerakligi
   - d) Allohga shikoyat qilish orqali uning e'tiborini jalb qilish
   - Why: Ustoz rozi bo'lishning shikoyat qilmaslik degani, lekin yaxshiroq kun uchun harakat qilish va sabab qo'yishni ta'kidlaydi. [21:56–22:18]
