# 45-dars Al-Qoohir 3-qism: Asma-Ul-Husna

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Asmoul husno](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno.md), lecture 48 of 110
- Section: Al-Qohir
- Duration: 38 min
- Original title: 25.02.2022 45-DARS AL-QOOHIR 3-QISM / ASMA-UL-HUSNA
- Date in the video title: 2022-02-25
- Review status: reviewed
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/48
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/oqLjEziGv_U.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=oqLjEziGv_U
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/47.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/49.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:04] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen ilamin. Vassolatu vassalomu alayhi rofil mursalin va ala alixiy va ashabixiy ajma'in. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'la va barakatuh. Allohum alaykum na mayyan fauna va fana bi ma'lam tanavvaziyet na ilma. Allohumma arenal haqqa haqqon va rizqu natibaba va arenal ba'tila ba'tilan va rizqu natijatinaaba. Vo ja'alla minman yestami o'nal qovla fayetta bi o'na husana, va adhin la bi rohamatika fiya ibadika solihin. Ammabad, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh.

[0:45] Alloh subhanahu va taoloning go'zal ismlaridan al qohir ismini dars qilayotgan edik. Bugun davom etkazamiz. Bandalarni o'zi xohlagandek bo'yin sindirgan Alloh subhanahu va taolo har qanday aybini husnidan pok. Tasbehlar bor. Ana shulardan bittasi Subhanaman Qohira Ibadah u bilmaut.

[1:08] Bandalarini o'limga bo'yin sindirgan Zot aybini husnida pokdir. Bandalarni o'limga bo'min sindirgan Zot har qanday aybi nuqsondan pokdir. Hamma o'ladi. Mo'min kofir. Boy kambag'al, erkak ayol, sog' kasal. Hamma o'ladi. Alloh Taolo bandasini o'limga bo'yin sindirib qo'ygan. Qahr qilgan. Xohlasa bandasini kasallikka, xohlasa faqirlikka, xohlasi ojizlikka bo'yin sindirilib qo'yadi. Inson bo'yin sindirma iloji yo'q. Chunki Al Qahhar bo'lgan Alloh Azza va Jalloh mana shu narsani xohlagan edi. Shularni bari birodarlar qahr bo'yin sindirishlik deyiladi. Valillahi ila asma ul husna, fado'u hubeha. Alloh taoloning go'zal ismlari bor. Bas unga ular bilan duo qiling. Jabborlarni, haddidan oshganlarni, zolimlarni ustidan qahr qiladi, bo'yin sindiradi, xor qiladi. Ularni ustidan g'olib bo'ladi.

[2:09] Allohum mahdina fiy man hadayt va afina fiy man afayt. Va tavallana fiman tavallayt, va barikla nafima atoyt. Voqeina vosrih anna sharroma qodoyt, fa innaka taqdibel haq, valayu xudo alik. Duoni qarang. Kelinglar ko'rib chiqamiz shu duoni nimaligini. Parvardigor, sen o'zing hidoyat qilgan bandalar qatorida bizni ham hidoyat qilgin. Hamda sen ofiyatda saqlagan bandalar qatorida, bizni ham ofiyatda sa qlagin. Va sen ishlarini o'z qo'linga olgan bandalar qatorida bizni ham ishimizni qo'linga olmgin. Hamda sen ato qilgan narsani barakotli qilgin. Hamda qazoyingning yomonidan bizni saqlagin va uni bizdan nari qilgin. Albatta sen haq hukm qilasan, sening ustingdan hech kim hukm qilmaydi.

[3:04] Birinchi so'ralgan narsa allohu mahdina fiy man haday. Hidoyat. Parvardigor, sen hidoyat qilgan bandalar qatorida meni ham hidoyat qilgin. Yigitlar, bilib qo'yinglar. Yetmish ga, oltmish ga, sakson ga kirgan oqsoqollar hayotni issiqligini ko'rdi da, nima oq, nima qora bilishdi. Garchi diniy bilimlari chuqur bo'lmasa ham, hayotiy tajribadan ko'rishdi.

[3:31] Eng katta ne'mat, eng birinchi ulug' ne'mat, bu hidoyat. Ha, birinchi ne'mat hidoyat. Undan avval bironta bir ne'mat bo'lmaydi. Mana shu hidoyat degan ne'mat bir raqamiga o'xshaydi. Hidoyat bir. Uni orqasiga nol qo'shing. O'n bo'ldi. Mana shu nol bu ofiyat. Demak, hidoyat va ofiyat o'n bo'ladi. Endi orqasiga yana bitta ne'matni nol deb qo'shing. Nima bo'lsin? Farzand bo'lsin. Bir, ikkita nol. Yuz bo'ldi. Hidoyat, ofiyat, farzand.

[4:10] Yana bitta nol qo'shing. Ming bo'ldi. Birinchisi bir hidoyat, ikkinchisi ofiyat, uchinchisi farzand, to'rtinchisi boylik. Ming bo'ladi. Har bitta hayotdagi ne'matni bittadan nol qilib qo'shavering. O'shanda kimdadir million bor. Hidoyat va nechtadir nol. Endi mana shu million bo'lgan raqamni oldidan birni olib qo'ying.

[4:35] Nima bo'ldi? Nol bo'ldi. Sog'siz. Farzandlaringiz serob, boysiz, muammoingiz yo'q. Hamma yog'ingiz bor, ammo hidoyatingiz yo'q, iymoningiz yo'q! Bu ne'mat deyiladimi? Demak, eng birinchi ne'mat nima ekan? Eng birinchi va eng ulug' ne'mat bu hidoyat bo'ladi.

[5:00] Demak, birodarlar, hamma ne'matni berib turib, agar Alloh senga hidoyatni bermagan bo'lsa, bu ne'matlar hammasi nol bo'ladi. Iymondan boshqa ne'matlar Allohning haqiqiy chin atosi deyilmaydi. Chunki iymondan boshiqa ne'matlarni Alloh mo'minga ham beryapti, kofirga ham beryapti. Alloh Taoloning haqiqiy atosi, haqiqiy in'omi bergan hadiyasi o'lim bilan yakun topishi mumkin emas. Haqiqiy ato, haqiqiy ne'mat o'limdan keyin ham davom etadi. Haqiqiy ato haqiqiy neytmat qaysi ne'mat ekan? Hidoyat ne'mati ekan.

[5:39] Alloh Taoloni bu dunyoda insonlarga bergan ne'matlari ko'p. Eng birinchisi bu hidoyat. Undan keyin soliq. Undan keyin tinchlik. Undan keyin bola shaqa. Undan keyin mol u dunyo. Undan keyin obro'. Mana shu ne'matlar hammasi Alloh Taolo bandalarga ato qilgan inonlar. Lekin mana shu ne'mat lar hammasi inson vafot etishligi bilan qabrini ustida qoladi. Faqatgina iymon ne'mati, hidoyat ne'mati u bilan qabrga birga kiradi. Qaysi ne'matni inson o'limidan keyingi olib qo'ya ololadi? Hech qaysisini. Faqat hidoyatni. Shuning uchun haqiqiy oqil odam kim? Haqiqiy oqul odam kim?

[6:23] O'ziga o'limidan keyin ham foydasi tegadigan ne'matni topishida. Hidoyatni topishida va undan foydalanishida. Ha, albatta, dunyo hayoti ham birodarlar ne'mat, ammo u o'lim bilan tugaydi. Inson qabrga kirishi bilan, mansabidan, lazzatidan, huzur halovatidan, boyligidan, hammasidan ajraydi. Demak, haqiqiy oqil inson qabrga kirgandan keyin ham unga foyda beradigan ne'matni istaydi, topadi va mana shuni taqozosi bilan yashaydi. O'lim bilan tamom bo'ladigan ne'mat bu haqiqiy ne'mat emas. Haqiqatdan bu dunyo matohini, dunyo ne'matlarini Alloh Taolo o'zi yaxshi ko'rgan mo'minlarga ham, yomon ko'rgan kafirlarga ham beraveradi. Nodomiki shunday ekan, bu dunyo ne'mati Alloh siz bilan biz uchun xohlagan ne'matmas ekan.

[7:18] Endi bir fikr qilib beradigan bo'lsangiz, Alloh azza va jallaning eng suyukli bandasi Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallamga Alloh Taolo dunyo matohini bermadi. Dunyo matohini bermadi. Shu bilan xor qilgan bo'ladimi? Yo'q, aziz qilgan bo'ladi. Chunki hidoyatni berib turib, Alloh Taolo, dunyoni bermagan bo'lsa, bu xor qilgan bo'lmaydi. Eng asosiy narsani oldi banda.

[7:47] Aksincha, dunyoni berib turib, agar hidoyatni bermagan bo'lmasa, mana shu bandasini xor qilibdi. Bizni o'lchov tushunchamiz shunaqa. Islomiy o'lchov shunaqa bo'ladi. Xudo yoqqan joyi borki, zuolasini nima qilibdi? Katta uzibdi. Bu noto'g'ri gap. U zuvolani qarang da, qorunga qanaqa zuvolani uzgan? Xiraunga qanaqqa zuvolani o'zgan? Lekin ular iymoni yo'q kofir edi.

[8:15] Xudoga yoqqan joyi borki, zuolasini katta uzibdi. Bu johiliy tushuncha. Bu maqolni esdan chiqarish kerak. Bu noto'g'ri bu. Agar shu tushuncha bilan yashayotgan bo'lsa, bu inson hech qachon kassasi oqarmaydi, hech qachon xotirjam yashamaydi. Haqiqiy xor inson kim? Haqiqiy xor inon hidoyatni topmagan inson. Muhim emas uni millati qanaqa, qaysi zamonda yashagan, qaysi yerda tug'ilgan, qancha dunyosi bor, muhim emas. Muhimi hidoyatni topmapdimi? Bu odam xor inson hisoblanadi. Chunki takror aytyapmiz, moli dunyoni Alloh Taolo o'zi yomon ko'rgan shir aunga ham beraverdi. Mulkiy saltanatni o'zi yaxshi ko'rgan Sulaymon alayhissalomga ham beraverdi. Modomiki boyligini Alloh azza va jalla, qorunga ham beraverdi, usmonim nafonga ham beraverardi. Demak, boylik, mansab, dunyo matohi Alloh bir bandani yaxshi ko'raganligi uchun, yaxshi ko'rdiganligini belgisi emas ekan. Shuni tushunib olaylik. Shuni tushuna olaylik.

[9:25] Ya'ni bir qoida. Modomiki bir ne'matni Alloh azza va jalla o'zi yaxshi ko'rgan bandasiga ham bergan bo'lsa, yomon ko'rgan bandyasiga ham bergan bo'sa, demak bu ne'mat Alloh Taoloning muhabbatini belgisi emas. Allohning bir bandaga bo'lgan muhabbatini belgilisi hidoyat, iymon, amal, ilm. Shu tushuncha bilan yashaylik.

[9:54] Al qohir ismi yaqqol ko'zga ko'rinadigan mana duo. Haqiqiy oqil inson Alloh Taolodan doim hidoyatni so'raydi, tavfiqni so'raydi. Chunki mana shu ne'matlarning eng tamomi, mukammali hidoyat bo'lib sanaladi. Mana o'tgan darsimizda o'qigan duoyimiz Allohum mahdini fiy man hadayt. Parvardigorom meni o'zing hidoyat qilgan bandalar qatorida hidoyat qilgin va afini fiy man afayt. Va menga sen ofiyat bergan bandalar qatorida ofiyat bergin. Mana hidoyat qilgin. Hidoyat eng birinchi ne'mat. Uni orqasidagi ne'mat ofiyat. Shuning uchun duoda birinchi hidoyat ber, orqasidan ofiyat ber deydi. Mana shu duoni Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam ko'p aytardilar. Allohum arzuqnal afva va ala afiyata va al muofata doimo fiddiniy va dunyo va al axiron.

[10:54] Parvardigor bizlarni avf bilan, ofiyat bilan, din, dunyo va oxiratdagi doimiy muofat bilan rizqlantirgan. Chunki insonda ofiyat bo'lmasa, hayoti juda ham bir achchiq bo'lib ketadi. Shunday bir kasalni Alloh Taolo berib qo'yadi bir bandaga, shu dard tufayli hayoti jahimga aylanib ketadi. Shunday bir dard, kasalliklar bor. Seni bor u, mol u, dunyoying, uning oldida hech narsaga arzimay qoladi. Shunday bu musibatlar bor. Seni qo'lingdagi hamma ne'mat uning oldida yo'q bo'lib ketadi. Shuning uchun Alloh Taolodan hidoyatni so'raganimizdan keyin, ofiyatni so'raylik.

[11:36] Parvardigor, meni sen hidoyat qilgan bandalar qatorida hidoyat qilgin. Va menga sen ofiyat bergan bandalar qatorida ofiyat bergin. Hamda ishimizni o'zingni qo'lingga olgin. Ishimizni qo'linga olgin. Va ufavviyda amri ila Alloh, innalloha basirun bila ibod. Men deydi, Muso alayhissalomning mana qissasida bor, Fir'avnning saroyida yashagan, Fir'avnning qavmidan bo'lgan lekin Muso alayhissalomga iymon keltirgan mo'min kishi aytadi, men o'zimni ishimni Allohga topshirdim deydi.

[12:14] Ishingizni Allohga topshirtiring. Siz yaxshi deb o'ylayotgan narsa oqibati yomon bo'lishi mumkin, uni bilmaysiz siz. Siz yomon deb o'ylayayotgan ishning oqibati yaxshi bo'lishi mumkun. Buni siz bilmaysiz. Shuning uchun aytingki, Parvardigor, meni ishimni o'zingni qo'lingga olgin. Chunki men nima yaxshi yu, nima yomon ekanligini oqibatda bilmayman.

[12:41] Bandasini Alloh Subhanahu va Taolo kuzatib turadi va mana shu narsa banda uchun ulkan ne'mat. Sizni Alloh kuzatib turgan bo'lsa, sizga juda ham bir katta xayriyat bu. Chunki Alloh sizni xatolaringizni tuzatib turadi. Mukofotini olasiz. Qo'shtirnoq ichida. Xato qildingiz, mukofot keldi, qo'shtirnoq ichidagi mukofot. Ya'ni kibrga yo'l qo'ydingiz. Alloh sizni mukofotlaydi da, bir mashaqqatga tushiradi. Kibr qilganligingiz uchun shu ish kelganligini bilasiz, qaytib kibr qilmaysiz. Isrofga yo'l qo'ydingiz. Alloh Taolo sizni ana shu iqtisoddan yoki puldan qisib qo'ydi. Mukofotlab qo'ydi. Qo'lingizni kalta qilib qo'ydi. I ni tushunasiz, isrof qilgan ekanman deysiz. Ya'ni Alloh sizni ishingizni o'zini qo'liga oldi. Alloh sizni kuzatyapti. Xato qilayotganingizda tuzatib turibdi. Alloh sizni davo olyapti.

[13:35] Shuni yaxshilab tushunib olishimiz kerak, birodarlar. Qaysi bir banda robbim meni kuzatib turibdi degan e'tiqodda bo'lsa, bu odam tamomiy yaxshi holatda. Bunday odam, agar xatolari bor bo'lsa ham, tuzalishi umid qilinadi. Chunki qilgan xatosiga o'n nima mukofot kelib tursa nima qiladi? To'xtaydi da.

[13:57] Ammo yana bir odam bor, Alloh uni o'zini holiga tashlab qo'ygan. Kibr qiladimi, isrof qiladimi, boshqalarga zulm qiladimi, xoromiydimi, hech qanaqa jazo kelmaydi. Bu musibat bu odam uchun. Faqat tushunmaydi da buni. Buni istidroji deydi, ko'tarib yerga chopish degani. Alloh uni qilayotgan gunohlari bilan o'ziga tashlab qo'ygan. Ammo mo'min esa, mo'minni Alloh yaxshi ko'radi. O'zini holiga tashlab qolmaydi. Xatosi uchun albatta muolajani beradi.

[14:32] O'zingizni holingizga Alloh tashlab qo'llagandan ko'ra, qilgan xatoyingizga o'rnida mukofot berib, tarbiyalab turgan yaxshi emasmi sizga? Shuning uchun xohlagan ishini qilib yurgan odam bor, halol haromda farqiga bormaydi. Gunoh ma'siyatdan hech qanaqa bir parhez qilmaydi. Ammo shunaqa bo'lsa ham, o'zi xohlagandek yashayapti. Keng hamma yog'i, mo'l. Bu manda hushyor bo'lsin, bu istedroj deyiladi. Qoida.

[15:01] Inson iymonida, taqvosida yuksalgani sari, eng mayda gunohlar uchun ham, eng kichik xatolar uchun ham hisob kitob qilinadi. Endi, iymoniy e'tiqodi zaiflashgani sari, katta gunohlar uchun hisob qilinadi, mayda xatolar uchun emas. Kichkina qilgan xatoyingiz uchun ham mukofot kelyaptimi qo'shtirnoq ichida? Jazo kelyaptimi? Demak, iymoningizni yuksalibsiz. Ammo, iymon e'tiqoddan ancha orqaga ketib qolgan, zaiflashib ketib qolgan odamni Alloh faqatgina katta qilgan gunohlari uchun, qilgan katta gunohlari uchu jazo beradi, maydasiga emas.

[15:40] Endi tushundinglarmi birodalar? Allohni nazdida hurmati, maqomi baland bo'lgan kishi bir so'm haqqa o'tib ketsa, biroqda, darrov bir yerdan teshib chiqadi. Yana shunaqa odamlar bor, ming millionlarni shunday yeb yuboradi nohaq, jazo kelmaydi. Demak, Alloh ularni o'zini holiga tashlab qo'ygan. Parvardigor, meni sen hidoyat qilgan bandalar qatorida hidoyat qilgin. Meni sen ofiyat bergan bandalar qatorida ofiyatli qilgin. Demak, Alloh Taolo bizni ishimizni o'zini qo'liga oladi. Votavallana, fiy man tavallayt. Bandalarni ishini qo'linga olibsanmi? Meni ham ishimni qo'linga oling. Attavallih degani bu tarbiya qilish degani.

[16:27] Alloh deding. Parvardigor, o'zing meni ishimni qo'llinga oling dedingiz. O'zinga suyandim dedingiz. Alloh za tashlab qo'ymaydi. Ko'p qaytaradigan ibrat mana shu o'rinda Hunayn va Badr g'azotida bo'lgan ikkita ulkan dars. Har kuni muhtojmiz bu narsalarga.

[16:49] Hunayn kunida musulmonlar o'zlarining qo'shinini adadini, katta ekanligiga suyanib qolishdi. Allohga suyanishlaridan ko'ra, sanog'iga, suyanishligi ko'proq bo'lib qoldi. Natija nima bo'ldi? Mag'lubiyat naqd bo'ldi. Mag'lubiyati naqd bo'ladi. Biz ham ba'zida ozgina pul to'planib qolsa qo'limizga, bo'ldi endi mana shu qishdan yaxshi chiqaman.

[17:15] Ha ustalar? Bu yil sezonni yaxshi oldim, yaxshi bir besh o'n ming dollar qo'limda pulim bor. Endi qishni yaxshi o'tkazaman deb turib, suyanchingiz suyanishingiz pulingizga bo'lib qoldi. Ha avval nima bilan chiqyotgandingiz o'sha o'n ming dollar yo'q paytida? Nima deyotgandingiz? A rizq Allohni qo'lida, Alloh bor degansiz, qishdan zo'r chiqqansiz. Ammo pulingizga suyanib qo'ysangiz, agar Alloh sizga mana shu xatoyingiz uchun dars berishni xohlasa, bir kasalni berib qo'yadi, o'sha pulingizchalik qarzga yana kirib ketasiz. O'shanda ham qishdan chiqib yuborasiz.

[17:51] Hunayn kunida musulmonlar o'zlarining sanog'iga, qo'shinning adadiga suyanib qolishdi. Nima bo'ldi? Alloh bu sahobalarni yaxshi ko'rardi da. O'shaning uchun qilgan kichkina xatosi bo'lsin, katta xatosi bo'lsa, o'rnida muolajani berdi. Endi badr kunidachi? Musulmonlarning sanog'i qorosh mushriklarini qo'shinining sanog'idan uch barobar oz. Lekin ular Allohga tavakkal qilishdi, Alloh Taolo qo'lladi. Farishtalarni tushirdi.

[18:22] Men, o'zim deng, Alloh o'zingizni holingizga tashlab qo'yadi. Alloh deng, sizni ishingizni o'zini qo'liga oladi. Sizni ishingiz o'zini qoliga oldimi? Yutdingiz. Ikki dunyoda yutdingiz. Men bu sohada birinchiman, bu masalada mendan ko'ra bilimdoni yo'q deb bo'lmaydi. Chunki Allohga nisbatan beadablik bo'ladi bir odamlar. Pul bo'lsa changalda sho'rva deydi biroqlar. Uni nazarida hamma yoq pul bilan hal bo'ladi. Hamma muammodan pul bilan chiqib ketaman deb o'ylaydi. Rostdan ham shunaqami?

[18:56] Rostdan ham hamma mushkula, hamma muammoni pul bilan hal qilish mumkinmi? Birodarlar, bu so'z sizga Allohni unutib turib qo'yadi. Pul bo'lsa changaldashurva degan e'tiqod so'z Allohni sizni yodingizdan chiqargizib qo'yad. Pulingizga suyanib qolasiz. Alloh g'ayur bo'lgan zot. Bandasini qizg'anadi. Agar uni o'zidan boshqaga suyanib qoladigan bo'lsak, ilmimizga, hunarimizga, pulimizga, tajribamizga, tanishimizga, Alloh tomonidan bir muolaja keladi, kutib turing. Agar yaxshi ko'rsa, muolaja beradi. Bo'lmasam yuraverasiz o'sha pulingizga ishonib, akangizga ishonib. Akangizni baylab qo'ygani yo'q u kursiga. U pulingizni ham baylab qo'ygani yo'q.

[19:41] Allohga suyanaylik, birodarlar. Allohga suyaniylik. Valaqodin nasarokumullohu bi badring va anhum adil la. Alloh taolo sahobalarga aytyapti. Axir Alloh Badr jangida kuchsiz bo'lsanglar ham sizlarni g'olib qildi ku. Voyavma hunayn. Iz a ajabatukum kastoratukum, falam tug'niyang qum shay'a. Xunang kunni eslanglar, o'shanda sizlarni ko'pliginglar mag'rur qilib qolgan edi. Ammo sizlarni sanog'inglarni kattaligi sizlarga hech qanday foyda bermadi. Kimga suyanaylik? Al Qohhar bo'lgan robbimizga. Kimga ishimizni topshiraylik? Al Qahhar bo'lgan rabbimizga. Ha, pul kerak, tanish bilish kerak, ilm kerak, hunar kerak. Bular bor yo'g'i sabab.

[20:28] Maqsadingizga yetkazadigan sabab xolos. Lekin haqiqiy xohish Allohniki bo'ladi. Men dema banda, chunki sen hech kim emas eding. Hech narsa emas eding. Alloh deganingiz, endi bir yaxshi narsa bo'lding. Falyan durin insanu minma xuliq. Inson nimadan yaralganiga qaramaydimi? Inson nimadan yaralganga qarasin. Umurtqa pog'onasidan, ko'krak qafasidan otilib chiqadigan shu suvdan yaralmaganmidi? Najosatmasmidi asli? Shuning uchun men demasin. Men demasin inson.

[21:07] Votavallana fiyman tavallait va sen ishlarini o'z qo'lingga olgan bandalar qatorida bizni ham ishimizni qo'lingga oling. Alloh tarbiya qiladi. Alloh ishimizni qoniga oladi. Farzandini tarbiya qilayotgan otani ko'rmaysizmi? Bolasidan bir xato o'tsa, tuzatadi. Nojoy gapirsa, bu gapni gapirma deydi. Nojoy harakat qilsa, buni qilma deydi. Yaxshi ko'rganidanmi? Yaxshi ko'lganidan. Agar gapiga quloq sola olmasa, shu xatoni takrorlansa jazolaydi. Jazolayotganda, uni yomon ko'rganidan jazolayaptimi? Yo yaxshi ko'rtganidanmi?

[21:44] Shuning uchun qilgan xatoyingizga bir muolaja kelgan bo'lsa, ey Xudo, men senga nima yozuvdim demaylik. Bu Alloh bizni davolayapti. Ey bandalarim deyapti Alloh Taolo. Berganim mukofot, bermaganim jazo emas. Berganim sinov, men qilganim shifo.

[22:07] Va barik la nafima ato it. Va sen ato qilgan narsani menga barakali qilgin. Ba'zida pul topasiz, ko'p pulga o'xshaydi, ammo barakasi yo'q. Qayoqqa ketayotganini bilmaysiz. Tinimsiz mashinangiz remontdan chiqmaydi. Molingiz musodara bo'lgan, qayoqqa ketayotganini bilmaysiz, xullas bebaraka. Yana ba'zida bo'ladi, ozgina pul topasan, juda ko'p ishing bitadi. Alloh barakotli qilib qo'ygan. Shuning uchun Alloh ato qilgan narsani ko'paytirib berishini so'rash kerak emas.

[22:40] Alloh bergan narsani ko'taytir deb so'rash keraks, ko'paymaydi u. Uni barakalik qilib ber deb so'rashlik kerak. Chunki har bitta inson onasini qornida yuz yigirma bir kunga to'lgan kuni, farishta kelib rizqi bilan ajalini yozadi. Bu o'zgarmaydigan narsa. Rizq tugadi, ajal keldi. Inson bunga aloqasi yo'q. Hech narsa qila olmaydi buni. Ko'paytirib olsa aytira olmaydi. Orqaga sura olmaydi. Faqat unga baraka tilashi mumkin. Shuning uchun va barik lana fima atoit. Ato qilgan narsangni bizga barakali qilgin.

[23:16] O'zi baraka degan so'z birodarlar Qur'oniy so'zda. Tabarakalladiy biyadihil mulk. Barcha olimlar podshohligi o'z qo'lida bo'lgan Alloh barakatlidir. Kelinglar, shu barakani yengil hal qilib qo'yamiz. Baraka nima edi? Bir narsani barakali bo'lishida domla, to'g'ri aytdingiz. O'sha baraka nima eddi?

[23:38] Bir narsaning ustida ilohiy xayriyatni davomiy turishi. Endi mana bu piyola ellik yil ishlaydi. Demak, shu barakali piyola ekan. Yoki tushib ketib besh kunda sinadi. Demak, bebaraka ekan. Bo'ldimi? Tushunarlimi? Mana shu to'rtta pokrishkani qo'yganimdan beri to'rt yildan beri yuribman deydi. Keyingi pokrishkani quradi, xuddi o'sha yo'lda yuradi, bir yilda tugaydi. Baraka ko'p degani emas. Baraka ko'p degani emas. O'shaning uchun necha pul topasan degan savol to'g'riroqmi? Yoki qanaqa pul topasan degan savol to'g'rirog'mi?

[24:16] Ikkinchisi, qanaqa pulligi qiziq bo'lsin. Chunki qanchaligi muhim emas, qanaqaligi muhim. Demak, birodarlar, agar Alloh Taolo sizga baraka bersa, vaqtingizda baraka bo'ladi. Odamlar uzoq vaqtda ham qilolmayotgan ishni qisqa vaqtda qilib qo'yasiz. Molingizga baraka beradi. Ayolingiz, oilangiz barakali bo'ladi. Ayolingiz bilan uzoq muddat yashaysiz, ko'p yaxshilarga ega bo'lasiz. O'rtada mehr muhabbat, vafo, ishonch.

[24:47] Chunki buni aksi ham bo'lib qolishi mumkin da. Xotin zoti eri uchun azob uqubatni manbayi bo'lib qolishim mumkin. Agar bunaqa ayolga duchor bo'lsangiz, hayotingizni o'zi naqqina jahannam bo'lib qoladi. Hayotni o'zi naquna a'zo bo'lib qoladigan. Baraka birodarov faqatgina pulda bo'lmaydi. Itoatkor ayolda bo'ladi, sog'liq farzandlarda bo'ladi. Baraka sog'lig'ida bo'ladi. Uzoq yillar sog'ligingdan foydalanasan. Bularni bari Allohnin ne'mati. Baraka pulda bo'ladida, to'g'ri. Ozgina topgan puling bilan ko'p narsaga ega bo'lasan. Baraka vaqtda bo'ladi. Qisqa muddatda ko'p narsanga ulgaysanki, odamlar, e, qanday ulgayapsiz da shuncha narsaga deydi.

[25:32] Chunki sizni yigirma to'rt soatingiz unda ham bor. Lekin u ulgurmayapti da. Unda nima yo'q? Baraka yo'q. Imom Navoiy qirq besh yil umr ko'rgan. Lekin qirq besh yilda, yilda o'qib o'rganib qoldirib ketgan ilmini qarang da. Yuz yilga bo'lsangiz, yuz yil ham yetmaydi. Imomu Buxoriy oltmish uch yil umr ko'rgan, oltmish u ch yilda to'plab qoldirib ketkan ilmini yuz oltmish uchinchi yilga bo'lsa ham yetmaydi. Demak, bu kishilar barakotli umr ko'rgandi. Shundan Allohda nimani so'raylik, shuning uchun? Va barik la nafima atoid. Parvardigor, bizga bergan narsalaringni qanaqa qilib ber? Barakali qilib ber.

[26:12] Va innahular yu billuhu man valayt, valayya a'zum man adayt. Albatta sen do'st tutgan banda xor bo'lmaydi, sen unga dushmanlik qilgan banda aziz bo'lmaydi. Bizni azizligimiz Allohni quli bo'lishligimiz bilan. Boshqalarni xor bo'lishligi Allohga dushman bo'lishligi bilan. Shuning uchun, birodarlar, Al Qohir ismi bizga mana shu ma'nolarni beradi. Alloh Taolo hamma maxluqotini o'zini hukmiga bo'yin sindirgan. Hech kim Allohni qabzasidan qochib qutilolmaydi.

[26:45] Alloh bizni ba'zida kasallik bilan mag'lub qilib qo'yadi. Hukmiga boyni sindirib qo'yadi, ba'zida o'lim bilan yengib qo'yadi. Mana shu narsa bilan bizni ustimizdan g'olib, mana shu narsa bilan Alloh Taolo qohir bo'lgan son. Ba'zida bizni Alloh faqirligi bilan mag'lub qilib qo'yadi. Qo'limizni kaltak qilib qo'ydi, rizqimizni tang qilib qo'yadi, shuni orqasida yuramiz. Hayotimiz cho'qqa aylanib qoladi.

[27:07] Ammo Alloh bir bandasiga izzat ikrom ko'rsatsachi, solih ayol bilan, keng hovli bilan, solih farzandlar bilan, kifoya qiladigan daromad bilan rizqlantirib qo'yadi. Bironta odamga muhtoj qilmaydi. Albatta bu Alloh Taoloning ulkan in'omi bo'ladi. Al Qohir ismidan qanday foyda olamiz? Avvalambor, Al Qohir ismi siz bilan bizni Allohga itoatda bo'lishlikka va bo'yin so'nishlikka chorlaydi. Al Qohir, Al Qohir bo'lgan zot, Alloh Subhanahu va Taolo. Unga itoat qilishimiz kerak, bo'yin so'inishimiz kerak, chunki Allohni qabzasidamiz. Alloh xohlasa, jasadimizdagi kichkina bir tomirni shunday yorib qo'yadi, tugadingiz. Miyada bitta tog'on tomir yorilib kelsin, bo'ldi, sholsiz yotibsiz. Bunaqa tomirdan son sanoqsiz jasadimizda birodarlar. Allohga bo'yin so'naylik, itoat qilaylik. Al qohir ismi, al qohir isimi siz bilan bizda mana shunday narsa bor bo'lishini taqozo qiladi. Qo'lingizda nima bor bo'lsa, Alloh qo'lida u. Siz nimani xohlaysiz? Agar Alloh xohlamasa bo'lmaydi bu narsa. Qo'lida mansabi, kuchi quvvati bor odam senga bir yomonlik qilaman deb qasd qilsa qo'rqasan. Chunki boyagi qasdini amalga oshirishi mumkinda.

[28:25] Quvvati bor, puli bor, tanish bilishlari bor. Shunday qila oladi. Lekin qila olmay qolishi ham mumkin. Fikr o'zgarib qolishi mumkin, o'lib qolishi mumkin. Mahrum bo'lib qolishi ham mumkinda boyagi imkoniyatlaridan. Ammo Alloh Taolo senga yomonlik qilishni xohlasa chi? Qarang, o'zingga o'xshagan bitta odam, ozgina imkoniyati bor odam seni qo'rqitsa, sen qo'rqib ketyapsan. U yo qila oladi, yo qila olmaydi bu ishini. Ammo hamma ish o'zini qo'lida bo'lgan Allohda qo'rqishligimiz to'g'riroq bo'lmaydimi? Biroq tahdid qilsa, qo'rqitsa, Al Qohir bo'lgan Robbingizni tanisangiz, birodar, qo'lingizdan kelgan ishni qiling.

[29:06] Osmon qo'lingizda bo'lsa, tashlab oling. Meni peshonamga Alloh yozgandan boshqasi kelmaydi deysiz, quvvat egasi bo'lasiz. Al Qohir ismi bizni Allohga itoat qilishga, bo'yin sinishga va u bilan quvvatli bo'lishiga chaqiradi. Asadulla, qul huval qodiro ala an ya by asa alaykum adabam min favqi kun. Av min tahti arjulikum, av yalbi sakum shia an wayu ziyqa ba'dakum ba asabav. Ayting. U sizlarga ostingizdan, ustingizdan yo oyoqlaringiz ostidan azob yuborishga qodir. Yoki sizlarni guruh guruh qilib aralashtirib yuborib, jang u jadallarda biringizni zararingizni ikkinchingizga toptirib qo'yishga qodir bo'lgan zot. Urushtirib qo'yardi, biringlarni quvvatinglardan ikkinchidan musibat ko'raverasizlar. Yoki osmondan yoki yerdan balod yuborib qo'yadigan zot. Shuning uchun mingta odam sizni qo'rqitgani qayerda yu, al vohidud dayyan bo'lgan, al qohir bo'lgan Alloh Taoloning sizni ustingizda qahr qilishi qayerda.

[30:18] Astag'firulloh, vosbir alama asobak, innathalaka mina azmil umur. Hamda o'zingga yetgan balolarga sabr qil, albatta mana shu ishlarning maqsadga muvofiqidir. Ba'zida inson sabrga muhtoj bo'ladi. Chunki Alloh Taoloning qazoyi qadari ustiga kelgan paytda, unga bir musibat yozilgan bo'lsa, shu musibat keladi, sabr qilish kerak. Boshqa oyatda Alloh aytadi astazizu billah volaman sobaro va g'ofaro innadalika min azmil umur. Albatta kim o'ziga yetgan ozor aziyatni, odamlar tomonidan yetgan aziyatni kechib yuborsa, shak shubhasiz, bu ishlarning maqsadga muvofiqidir. Mana shu yerda bir nozik nuqta bor.

[31:06] Sizga aziyat yetkazgan, sizga bir musibat yetkazgan odamni avf qilishlik masalasi. Qarang, musibat keldi. Demak, Alloh taqdir qildi, keldi. Bolaman sobaro. Ana shu musibatga kim sabr qilsa va g'ofaro va kechirsa, kimni unga shu musibat kelishiga sabab bo'lgan odamni.

[31:29] Nima u? Innna zalika la min azmin umur. Albatta mana shunday qilishlik ishlarning muvofirog'idir. Ya'ni sinov keldi, inson sababli, insonni qo'li tufayli. Ikki holatda ham seni Alloh nima qilyapti? Sinayapti, tarbiyalayapti. Musibat kelganda sabr qil va avf qil. Shu yerda hammani ham kechirib yuborish kerakmi?

[31:59] Senga musibat yetkazgan, hammani ham avf qilaverish kerakmi? Degan haqli savol tug'iladi. Agar siz, sizga aziyat yetkazgan odamni avf qilsangiz, u tuzalishligi ehtimoli bo'lsa, avf qilganingiz albatta afzal. Agar siz uni avf qilsangiz, yana shu xatosida tug'yonida davom etib, odamlarga aziyatda davom etadigan bo'lsa, kechirishlik to'g'ri bo'lmaydi.

[32:26] Yosh bola yugurib mashinani tagiga kirib ketdi. Shoper mahkamaga tortiladi. Haligi bola o'lib qoldi. Otasi da'vo qiladi. Lekin yaxshilab tekshirib qaralsa, boyagi haydovchi qoidaga muvofiq yuruvdi. Tez kelmayotuvdi, hech qaysi qoidani buzmadi. Bola yugurib yubordi.

[32:49] Xo'p, nima qilish kerak unda? Qomatish kerakmi? Hozir aytayotganimizdek, modomiki u beqasd qildi. Uni aybi siz bo'ldi. Uni avf qilishlik to'g'ri bo'ladi. Chunki Allohni tanigan banda Allohda keldi. Demak, bolamizni taqdiri shu kungacha ekan deydi da, avf qiladi. Mana shunday holatda avf qilish kerak. Ammo mana shu zulm, zo'ravonlikni qilayotgan odam, siz uni ov qilsangiz, yana shu ishda davom etadigan bo'lsa, yana boshqa bir haloyiqqa zulm yetkazadigan bo'lsan, uni jazosini berishlikka, u jazosini olishligi kerak. Shuni farqini bilib olaylik. Kechirish ekanda bular unaqa bo'lmaydi.

[33:30] Aqida olimlari Alloh Taoloni zarar beruvchi deyish mumkin emas deb aytishadi. Vaholanki, Dor ismi zarar beruvchisimi Alloh Taoloning go'zal ismlaridan. Unda qanaqa aytishimiz kerak bu ismni? Allohu dorun nofeun deyish kerak. Alloh zarar beruvchi, foyda beruvchi. Alloh Taolo foyda berish uchun zarar beradi avval. Zarar berdimi, sabr qilasiz, rozi bo'lasiz, foydani beradi. Yana Alloh Taoloni xor qiluvchi deyishlik to'g'ri bo'lmaydi. Muzil. Allohu muzil unda bo'lmaydi. Vaholanki, xor qiluvchi Muzil ismi Allohni ismidan. Unda qanaqa qilib to'g'ri aytamiz bu ismni? Allohu al moizul mudil deymiz. Alloh aziz qiluvchi, xor qiluvchi. Ikkalasi sifatni birga aytishlik kerak bo'ladi.

[34:21] Yana Alloh Taolo xofiy. Alloh odamlarni qadrini pasaytiruvchi deyishlik noto'g'ri bo'ladi. Vaholanki xofiyni ismi Allohni izmlaridan. Bo'lsin da qanaqa qilib to'g'ri aytamiz unda desa, Alloh xofi dun rofi deyiladi. Alloh bandalarni qadrini tushuruvchi va ko'taruvchi. Qarang, Alloh Taolo zarar beryapti foyda berish uchun. Alloh Taolo tushuryapti ko'tarish uchun. Agar banda sabr qilsa, ibrat olsa. Allohni xor qilganidan, Alloh Taolo uni jazolaganidan.

[34:56] Mana shunday bo'lishligi Alloh Taoloning ulkan ne'matlaridan. Va asbaho alaykum ni amahu, va oxirat ham va botina. Va sizlarga barcha zohiriy va botiniy ne'matlarni Alloh Taolo komil qilib berdi. Darsimizning nihoyasida voqea qizsak, bir kishi bor edi. Alloh Taolo qo'liga keng mol u davlatni berdi. O'zi yaxshi taqvali odam edi. Dunyosi ko'payib, tijoratda kengayib ketib, Allohni unutib qo'ydi. O'zi xohlaydi unaqa, ko'ngil charog'idan bo'lib qoldi. Bo'ladi yu hayotda. Allohni unutib, g'aflatga kirib ketdi, Alloh Taolo bu bandasiga muolajani berdi. Qiziga bir, kichkina qiziga bir dardni berdi. U yoqqa yugurdi, bu yoqqa yurdi, pulini sarfladi, ko'rsatmagan tabibi qolmadi, boshqa yurtga ham olib bordi. Lekin mol mulki tugasa ham, shifodan umid yo'q. Mana, pul bo'lsa changalda sho'rva deydigan e'tiqodni noto'g'riligi. Hamma pulni sarflab yubordi, otada, mehri borda qiziga, lekin shifo bo'lmadi. Shunda bosh qotib, ayoli bilan o'tirib, Alloh esiga keldi.

[36:11] Allohga tavba qilsangiz chi, allohga qaysangiz chi, namoz o'qisangiz chi, qiyomullik qilsangiz chi , o'zingizni yolbosangiz chi, dinimizga qaytaylik degan hayol keldi. Shunday qildi. Alloh shifo berdi. Puli shifo bermadi. Tanish bilishlari foyda bermadi. Kim foyda berdi? Alloh foyda berdi. Shuning uchun birodarlar, bu insonni qiziga kelgan dard shu ota enani Allohni manhashiga qaytardi. Demak, mana shu dard ular uchun mukofot bo'ldi. Mana shu dard, ular uchun nima bo'ldi? Allohning muolajasi bo'ldi. Kimidir Alloh Taolo yengillik bilan to'g'ri yo'lga qaytarib qo'yadi. Yana kimnidir haqqa qaytishligi uchun bir musibat kerak bo'ladi.

[36:55] Ikkala holat ham bandaga yaxshi agar Allohga qaytsa. Shuning uchun aytiladi, birodarlar. Kimga bir musibat kelgan bo'lsa yu, shu musibat unga ma'ruza, dars bo'lmagan bo'lsa, bas bu odamning o'zini nafsidagi musibati unga kelgan musibatdan ko'ra kattaroq musibat ekan. Kelgan musibat sizga Allohni tanitmadimi? Demak siz o'zi musibatda ekansiz. Bu kelgan musibat hech narsa emas ekan buni oldida.

[37:25] Banda kim bo'lishidan qat'iy nazar, mansabi, puli, kuch quvvati qanchalik bo'lishidan qattiy nazar, hamma hamma Allohninng qabzasida. Har qancha bir quvvating katta bo'lmasin, boshingdagi bitta tomirni yorilib ketish bilan hamma yo'q tamom bo'ladi. Hurmating ham qoladi, boyliging ham qoladi. Alloh azza va jalla al qohir bo'lgan zot. U zotni al qohir ismi siz bilan bizni o'ziga bo'ysunishlikka, itoat qilishlikka va faqatgina o'zidan umid qilib, o'ziga suyanishlikka chaqiradi. Aquli qovli hada. Vositag'firullohi li valakum. Innallohi va malayhi katuhi yu solluna ala nabi, ya ayyu halladina a'manu sollu alayhi va sallimu taslima. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

## Quran and hadith quoted in this lecture

- [2:09] Hadith: Sunani Abu Dovud, 1425 (grade: Sahih (Albaniy))
  - Said in the lecture: “Allohum mahdina fiy man hadayt va afina fiy man afayt. Va tavallana fiman tavallayt, va barikla nafima atoyt. Voqeina”
  - Arabic: اللهم اهدني فيمن هديت وعافني فيمن عافيت وتولني فيمن توليت وبارك لي فيما أعطيت وقني شر ما قضيت إنك تقضي ولا يقضى عليك وإنه لا يذل من واليت ولا يعز من عاديت تباركت ربنا وتعاليت
- [11:51] Quran Ghafir 40:44
  - Said in the lecture: “Va ufavviyda amri ila Alloh, innalloha basirun bila ibod.”
  - Arabic: فَسَتَذْكُرُونَ مَآ أَقُولُ لَكُمْ ۚ وَأُفَوِّضُ أَمْرِىٓ إِلَى ٱللَّهِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ بَصِيرٌۢ بِٱلْعِبَادِ
  - Uzbek translation: Hali men sizga aytayotgan gaplarni eslaysizlar. Men ishimni Allohning Oʻziga topshirdim. Albatta, Alloh bandalarini aniq koʻrib turguvchidir», dedi.
- [29:24] Quran Al-An'aam 6:65
  - Said in the lecture: “Asadulla, qul huval qodiro ala an ya by asa alaykum adabam min favqi kun. Av min tahti arjulikum, av yalbi sakum shia an wayu ziyqa ba'dakum ba asabav.”
  - Arabic: قُلْ هُوَ ٱلْقَادِرُ عَلَىٰٓ أَن يَبْعَثَ عَلَيْكُمْ عَذَابًۭا مِّن فَوْقِكُمْ أَوْ مِن تَحْتِ أَرْجُلِكُمْ أَوْ يَلْبِسَكُمْ شِيَعًۭا وَيُذِيقَ بَعْضَكُم بَأْسَ بَعْضٍ ۗ ٱنظُرْ كَيْفَ نُصَرِّفُ ٱلْءَايَٰتِ لَعَلَّهُمْ يَفْقَهُونَ
  - Uzbek translation: Sen: «U sizga ustingizdan yoki oyogʻingiz ostidan azob yuborishga, turli firqalarga aralashtirib yuborishga, baʼzilaringizga baʼzilaringizning azobini totdirishga qodirdir», deb ayt. Oyatlarimizni qanday tasarruf qilishimizga nazar sol. Shoyadki anglab yetsalar. (Kofir-mushriklarning ustidan yuboriladigan azobga Lut qavmiga va Fil egalariga yuborilgan azoblarni misol keltiradilar. Oyoq ostidan yuboriladigan azobga Qorunni yer yutishi va toʻfon balosi misol qilib keltiriladi. Odamlar firqalarga boʻlingandan keyin, har firqa aʼzolari oʻz firqalariga taassub qilib, bir-biriga shafqatsiz ravishda zulm oʻtkazishga, azob berishga qattiq urinadi. Insoniyat tarixida bunday holatlar koʻplab boʻlgan va hozir ham davom etib kelmoqda.)

## Self-check quiz

Generated automatically from the lecture; not reviewed by a person.

1. Ustozning ta'kidlashicha, Allohning bir bandaga bo'lgan muhabbatining asosiy belgisi nima?
   - a) Mansab va saltanat
   - b) Hidoyat, iymon, amal va ilm — correct
   - c) Millati va tug'ilgan joyi
   - d) Boylik va dunyo matohi
   - Why: Darsda Allohning muhabbatining belgisi hidoyat, iymon, amal va ilm ekanligi, boylik va mansabning esa belgi emasligi ta'kidlangan. [9:25–9:51]

2. Ustozning ta'kidlashicha, Hunayn jangida musulmonlarning mag'lubiyatga uchragan asosiy sababi nima edi?
   - a) O'z qo'shinlari sonining ko'pligiga suyanish — correct
   - b) Dushman qo'shinining kuchli bo'lishi
   - c) Harbiy taktikadagi xatolik
   - d) Allohga to'liq tavakkul qilish
   - Why: Darsda Hunayn jangida musulmonlar o'z qo'shinlari sonining ko'pligiga suyanib, Allohga suyanishlaridan ko'ra sanog'iga suyanishlari natijasida mag'lubiyatga uchragani aytilgan. [16:49–17:13]

3. Ustozning ta'kidlashicha, Allohga so'rashda narsaning ko'pligidan ko'ra nima muhim?
   - a) Ko'p miqdorda bo'lishi
   - b) Oson saqlanishi
   - c) Barakasi bo'lishi — correct
   - d) Tez topilishi
   - Why: Ustoz baraka ko'p degani emas, balki ilohiy xayriyatning davomiy turishi ekanligini va shuning uchun barakani so'rash kerakligini ta'kidladi. [23:38–24:13]

4. Ustozning ta'kidlashicha, sizga aziyat yetkazgan odamni kechirishning afzal bo'lishi uchun qanday shart bajarilishi kerak?
   - a) Uning tanishlari ko'p bo'lsa
   - b) Uning puli ko'p bo'lsa
   - c) Uning tuzalish ehtimoli bo'lsa — correct
   - d) Uning qo'rqitishi kuchli bo'lsa
   - Why: Darsda aytilishicha, agar kechirilgan odam tuzalish ehtimoli bo'lsa, avf qilish albatta afzal hisoblanadi. [31:59–32:24]

5. Ustozning ta'kidlashicha, Alloh Taolo bandaga zarar berishining asosiy maqsadi nima?
   - a) Foyda berish uchun avval zarar beradi — correct
   - b) Bandaning gunohlarini oshirish uchun
   - c) Bandani dunyodan qaytarib qolish uchun
   - d) Bandani jazolash uchun
   - Why: Darsda Alloh Taolo foyda berish uchun avval zarar beradi va bu orqali bandani sabr va roziyatga odatlantiradi degan fikr keltirilgan. [33:30–34:19]
