# 46-dars Al-Aʼlaa (1-qism): Asma-Ul-Husna

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Asmoul husno](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno.md), lecture 49 of 110
- Section: Al-Aʼlo
- Duration: 33 min
- Original title: 4.3.2022 46-DARS AL-AʼLAA (1-QISM) / ASMA-UL-HUSNA
- Date in the video title: 2022-03-04
- Review status: reviewed
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/49
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/bNHAeGtSavA.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=bNHAeGtSavA
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/48.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/50.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:01] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen a'lamin. Vassalatu vassalomu ala ashroful mursalim va ala alixiy va ashabiy hajmai. Allohumma alik na ma yonfauna, vam fa'nabi ma'lam tana va zidna ilman. Allohumma arenal haqqa haqqon va rizqu natiba va arenal ba'tila ba'tilan va rizqu najidinaba.

[0:29] Vo ja'anna min ma'yasidaniya un al qovli fayad tabiuni aqsana. Va'da xilna bi rohmatiki fiyon ibodikas solihin. Ammavot, assalomu alaykum va rahmatullohi va taolo va barakam. Alloh subhanahu va taoloning go'zal ismlaridan dars qilyapmiz. Bugungi mavzuyimiz alloh taoloning al a'la ismi haqida. Alloh taoloning al a'la ismi Qur'on va sunnatda zikr qilingan.

[0:56] Alloh taolo Qur'oni karimni Mana a'lo surasida aytadi, avzu billahi minash shaytoni rajim bismillahir rohmanir rohim. Sabbiya has'man robbikal a'la. Ey Muhammad alayhissalom, eng oliy zot bo'lmish Parvardigoringizning nomini har qanday nuqsondan poklang. Ya'ni har narsadan oliy bo'lgan zot. Nisbiy va mutloq degan so'zlar bor. Nisbiy. Mana shu ikkala so'z orasidagi farq. Bir qozini tasavvur qilaylik, umri davomida mingta hokim chiqargan. Shundan beshtasi adolatsiz bo'lgan, xato bo'lgan, lekin to'qqiz yuz to'qson besh tasi to'g'ri bo'lgan.

[1:39] Lekin beshta ishida xato qilgan bo'lsa ham, ishini ko'proq qismida adolatli hokim chiqadiganligi uchun, bu odamni adolatli qozi deymiz. Inson mutloq adolatli bo'lishi mumkin emas. Albatta unda bir xato bo'ladi, nuqson bo'ladi, kamchilik bo'ladi. Demak, bu odam ming tadan to'qqiz yuz to'qson beshta hukmi adolatli bo'lganda ham, beshtasida xato bo'lgan. Demak, uning adolati nisbiy deyiladi. Mutloq deyilmaydi, mukammal deyilmaydi. Endi Alloh Subhanahu va Taoloni adolatli deganimizdachi? Robbimizni qanaqa hukmi bo'lgan bo'lsa, qancha hukmi bor bo'lgan bo'sa, hammasi mutloq odil hukmlar. O'zini mulkida bironta maxluqqa Alloh Azza va Jalla zulm qilishi mumkin emas. Endi adolat bilan zulmni ham bir ozgina tushunchasini berib qo'yaylik. Adolat bu zulmning ziddi. Zulm adolatning ziddi. Har bitta haq egasini, haqqini ado qilish adolat deyiladi. Endi ana shu haq egalarini haqqini bermaslik, bu zulm bo'ladi. Alloh Taolo odilzod hammani haqqini to'liq komil suratda ado qiladi.

[2:55] Gohida inson o'zini aqliga suyanib, Alloh Taoloning adolatini tekshirmoqchi bo'ladi, qidirmoqchi bo'lar. Juda ham nodir holatlarda inson Allohning adolatini anglab yetishi mumkin. Masalan, hayotda minglagan voqea hodisalarga guvoh bo'lamiz. To'g'rirog'i, ana shu voqea hodisasalarni oxiriga guvoh bo'lamizda, bu voqealarning avvalidan xabarimiz bo'lmaganligi uchun shu ishlarda adolat yo'qqa o'xshab ko'rinadi.

[3:26] Ya'ni, bir ishni ko'rdik, bizni nazarimizda adolatli ish bo'lmadi. Siz bu ishni oxirini ko'rdingiz da. Agar siz bu ishni avvalidan ham xabardor bo'lganingizda bunaqa fikrda bo'lmas edingiz. Misol uchun, kuch quvvatga to'lgan o'ttiz ga, o'ttiz besh ga kirgan yigit otasini sudrab ko'chada urib ketyapti. Qani adolat? Bu bolani dunyoga keltirib, boqib, katta qilib, tarbiyalab, kuch quvvvatga to'g'izib qo'ygandan keyin otaga shunaqa muomala qiladimi? Adolat qani degan savol tug'iladi inson. Hozir aytganimizdek, siz bu hodisa voqeani oxirigacha guvoh bo'lib turibsiz da. Kinoni oxirgi seriyasini ko'ryapsiz bizni tilda aytganda.

[4:12] Shuning uchun Allohni, bu bandani ustidagi hukmini siz tushunmayapsiz. Keyin so'rab surishtirsangiz, ota bolalarni tarixini. Hammasidan xabardor bo'ldingiz. Bu kaltak yeyayotgan qari ota o'z davrida o'zini otasini xuddi shunday qilib o'rganadi. Ha, endi qissani avvalidan ham xabardor bo'lganingizdan keyin, nimaga kaltak yeyotganligini tushunasiz da, ha, Alloh Taoloning ishida adolat bor deysiz. Siz tushunmayotgan adolatni shunda topasiz. Shuning uchun hayotda bo'layotgan ayrim narsalarni hikmatini tushunmayotkan bo'lsak, bizni nazarimizda shu ishlarda adolat yo'q bo'lib ko'rinayotgan bo'lsa, bu kamoli bizni aqlimizni noqisligidan va mana shu bo'layotgan hodisalarning avvalidan bexabarligimiz sababli bo'ladi. Shuning uchun surishtirib ko'raylikchi.

[5:00] Surishtirib ko'raylikchi. Qarasangiz tuppa tuzuk odam ibodatda, birodar haqqini yemaydi, besh mahal namozini o'qiydi, tarozidan urmaydi, yolg'on gapirmaydi, lekin qandaydir musibat ustiga musibat yog'ilib kelyapti ustiga. Siz endi ko'rdingiz da buni ibodatxon bo'lib qolganini. Siz uni ibodatxod bo'lib qolganda ko'rdingiz. Dinga moyil bo'lib, gunoh ishla, avvalgi ishlarni tark qilgan joyini ko'rdingiz, avval qanaqa bo'lgan edi?

[5:29] Biz haqlarni yeymiz, o'zimizga bo'lmagan. Allohni haqqini yeb qo'yamiz, bandalarni haqqini yerib qo'yamiz. Masalan, namoz o'qimasak, Allohni buyrug'ini bajarmadik. Ro'za tutmasak, demak haq yeyildi. Alloh bilan bo'ladigan muomalalarda biz haq yeb qo'ygan bo'lsak, istig'for aytamiz, tavba tazarru qilamiz, robbimiz kechiradi. Ammo bandalarni haqqini yegan bo'lsak chi?

[5:58] Allohni haqqi bo'lgan ishlarda xatoga yo'l qo'ygan bossak, uchta ish talab qilinadi bizdan. Masalan, benamozadez, to'xtatasiz benamozdagizni. A, benamoz bo'lganingizga pushaymon yeysiz va qaytib namozni tashlamayman deysiz. Boshqa misol. Masalan, aroq xo'ridingiz. Sizning aroq ichmasligingiz Allohni sizni ustingizdagi haqqi edi. Demak Allohni haqqini yeysiz. Bu ishdan qutilish uchun to'xtatasiz aroq ichishni. Ichgan kunlaringizga qattiq pushaymon yeys siz va qaytib ichmayman deb ahd berasiz, demak siz alloh taoloni haqqini ado qildingiz, shu ishingiz kechiriladi. Endi, bandalarni haqqi bo'lgan ishda, to'xtash, pushaymon ish, qaytib qilmaslikniki yana to'rtinchi shart qo'shiladi. Bandani haqqini qaytarib berasiz.

[6:55] Agar zulm qilgan bo'lsangiz, odamlarda haqqini nohaq yegan bo'lsangiz, zulman yerini tortib olgan bo'lsangiz, zulman chekini olib olgan bo'lsa, zulman bir pulini tortib olgan bossangiz, to'xtatdingiz, qattiq pushaymon yedingiz, qaytib birorta pulni yemayman dedingiz, bo'ldimi? Qaytarib berasiz. Ehtimol biz hozir aytayotgan odam o'sha to'rtinchisini qilmagandir. O'shaning uchun tortayotgandir. Shuning uchun akalar, ukalar, kattalar u hayotiy tajribadan bu narsani ko'rib bo'ldi. Yaxshilar bilib olinglar. Birovni bir tiyin haqqi o'tib ketdimi?

[7:32] Birovga zulm qildingizmi? Xotirjam bo'ling. Albatta, albatta sizga keladi buni mukofoti. Agar Alloh sizni yaxshi ko'rsa, shu dunyoda qutulib olsin bandanda, musibatni shu dunyoda berib qo'yadi. Agar oxiratga olib qo'yadigan bo'lsa, holingizga voy. Yo'lga to'xtab olyapsizlar mashinada. Orqadagi mashinalar to'xtab probka bo'lib ketyapti. Zulm qilyapsizlar. Qaytib keladi xotirjam bo'ling, xuddi shu mashinangizda keladi sizga zulm. Birovni yo'lga shart chiqib ketyapsiz, mashinangiz katta, mensimasdan. Svetoforda qizilga yurdingiz, narigini haqida, xotirjam boling, keladi, iymoninglar komil bo'lsin.

[8:14] Al a'la ning ma'nolaridan faqatgina Allohning xohlagani bo'lgan va faqatgina Allohni xohlagani bo'ldi. Mana shu haqiqatni yaxshilab tushunib olishinglar kerak bo'ladi. Koinotda nima sodir bo'lgan bo'lsa, Alloh xohlagani uchun bo'ldi. Bo' bo'ldimi shu ish, demak Alloh xohlagan ekan. Endi buni buyog'iga Alloh nimani xohlagan bo'lsa, faqatgina shu narsa sodir bo'ladi. Alloh taoloning birodarlar irodasi xohishi mutloq hikmatga bog'liq. Uning mutloq hikmati esa mutloq yaxshilikka bog'liq.

[8:50] Sabbiha ismi robbikal a'la. Eng oliy zot bo'lmish Parvardigoringizni nomini har qanday ayb u nuqsondan poklang. Alloh azza va jallaning hamma ismlari, birodarlar mutloq komil. Biz o'zimizga o'xshagan bir bandani, odam bolasini odil deb sifatlaymiz. Lekin yuqoridagi qozini misolida tushuntirdik. Bizni adolatimiz nisbiy, mukammal emas, mutloq emas. Bir odamni rahm shafqatli deymiz, lekin uni rahm shafqati ham nisbiy, mutloq emass. Besh kun rahm shafqotli bo'lgan bo'lsa, oltinchi kuni bir oyga bir g'azab qilib, jahl qilib, zulm qilib qo'yishi mumkin. Biz o'zimiz noqis bo'lganimizdan keyin, bizni sifatlarimiz ham noqis.

[9:35] Al a'la ismining ma'nolaridan Alloh azza va jalla bandalarni qilayotgan ishlaridan g'ofil emas. G'ofillik bu noqislik. G'ofillikk bu nuqson. Alloh azza va jala har qanday ayb u nuqsondan pok bo'lgan zon. Alloh bandalarni qilaydigan ishlaridan g'sofil emas. Astaydubillah. Vala taqsabannallohu g'ofil an amma ya'malu vvoleymun innama yu aqhi ruhun liyaumin tashxosu fihil abusor.

[10:07] Hayotda bo'layotgan ishlarni ko'rib turib, adolat qanida boradi inson ba'zida. Ya'ni, zolimlar odamlarga zulm qilyapti, mazlumlar oyog'osti bo'lib tepalanyapti, haqlar poymol bo'lyapti, mubolagunliklar musodara bo'lyapti. Shunda iymoni zaif odam adolat bormi o'zi? Alloh ko'ryaptimikan mana shu ishlarni?

[10:32] Deb yuboradi. Ba'zi bir odamlarga bechora qariganda qiynalib qolibdi deyishlikka loyiqmasligini ko'rasiz. Kuchga kirganda, qo'lida mansab bo'lganda, quvvat, qo'lidagi pul bo'lganda nima ishlar qilganligini eshitganingizdan keyin, ha bu ham kamakam bunga devorasiz. Demak, zolimlarni qilayotgan ishlaridan Allohni hargiz, g'ofil deb o'ylamang. Oyatda o'qib beraman. Siz hargiz. Alloh zolim kimsalarning qilayotgan amallaridan g'ofil deb o'ylamang. Faqat Alloh ularning jazolarini ko'zlar dahshatdan qotib qoladigan, qo'rqinchli qiyomat kuniga qoldirmoqda xolos. Tushunarlimi? Hozirda zolimlarni qilayotgan ishlardan Allohni g'ofil deb. O'ylamaymiz. Chunki g'ofillik nuqson, birodarlar. Alloh Taolo eng oliy bo'lgan zol. Nuqsoni yo'q.

[11:31] Alloh azza va jalla siz bilan bizni bir imtihonga soladi. Har kuni. O'zi bilgan bir hikmat uchun. Dushmanlarni quvvatli qilib qo'yadi, imkoniyatlarini kuchli qiladi, xohlagan narsasiga imkoniyatlari bor. Shunda iymoni zaif bo'lgan, aqliy kalta odamlar, Alloh qani deydi.

[11:53] Alloh bo'layotgan ishlardan bexabarga o'xshaydi deb o'ylaydi. Albatta bu uning nuqsonidan. Hozirgi kunda musulmon o'lkalarni qaraydigan bo'lsangiz, haqiqatdan holi nochor, zaif. Boyliklari talon taroj, xalqlari faqir, ahvoli yomon. Buni ko'rgan zaif inson, Alloh ko'rmayaptimi buni deydi.

[12:16] Mana Alloh Taolo aytyapti, istadibilla, vala taqsabannalloha g'ofilan amma ya'malot zolimun. Innama yu oxirixum liyaumin tashxa so'fiy hil obuzor. Bu zolimlarni qilayotgan ishidan Allohni g'ofil demanglar. Ko'zlari katta ochib, qatib qoladigan qiyomat kuniga olib qo'yapti xolos. Ularni jazolarini.

[12:41] Demak, Alloh Aziz va Jalla bandalarga zulm qilishlikdan pok bo'lgan zot. Biz bo'layotgan ishlarni faqat zohirini ko'ramiz, oxirgi qismini ko'ramiz. Qiynalgan inson, rizqi tang inson, bir qarasang soliq kishiga o'xshaydi. Nimaga xoli bunday ekan? Avvalgi qilib qo'ygan ishlarga berilayotgan mukofot, jazo.

[13:07] Alloh taologa bandalarni azoblashlik kerakmi? Allohga hech narsa kerak emas. Nimaga azoblayapti ularni? Istaydi billoh. Ma yaf'alullohu bi adabikum insha kartun va aman tun. Ey bandalar, agar shukur keltirib, iymonli bo'lsanglar, Alloh sizlarni nimaga azoblasin?

[13:32] Shukur keltirsanglar, iymonli bo'sanglar, nima qilaman men sizlarni azoblab deydi? Bir xatosi ma'lum bir darajaga yetdi bir odamni. Xatosi ko'payib ketdi. Alloh bunga bir azobni yuboradi. Shu xatosidan qutulib olishi uchun. Chunki xatosi bo'lmagan odamni Alloh Taolo azoblamaydi. Xato hammamizda bor, inson bolasi bor xato qiladi, lekin tavba qilamiz, to'xtatamiz, istig'for aytamiz. Ammo shunday odamlar bor, ko'payib ketganda alloh taolo az ob beradi ularga.

[14:05] Sadu billah. Voma asoba kun min musibati in fabima kasabat aydin kun va ya'f on kafir. Qaranglarda, ey insonlar, sizlarga nima musibat yetsa, bas, o'zinglar shu qo'linglar bilan qilgan ish tufayli yetadi, gunoh sababli yetadi. Endi Alloh Taolo yana ko'p gunohlaringlarni jazolamasdan kechirib yuboradi. Ko'p aytamiz, shuning uchun bolangizdan tortib qoldingizmi, yoki bir boshqa tomondan tortib qoldingizinmi, o'zingizdan qidiring.

[14:33] O'zingizdan quduring. Bir oqsoqol o'g'li qimorboz bo'lib, latokka pul yutkazib yuborib, latokka pulni yutkazib, yaxshi odam bo'lgan. Bo'laversa, bolasini malomatlab aytyaptiki, o'zimdan o'tib qolgan bo'lsam kerak, bir harom xarash yegizib qo'ygan bo'lsam keling, o'sha mansabda ishlab turgan paytimda degan gapni gapirib, o'zidan qidiryapti. Endi buni ko'rgan boshqa bolalarni nima qiladi?

[15:01] Ha, demak biz shu xatoni takrorlamaylik, chunki xoram yegizsak, zulm qilsak, qarg'ishga qolsak, tortamiz ekan degan narsa bo'ladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning mana Ibn Asokadan keltirilgan hadislari Baror roziyallohu anhudan. Ma'min athiroting, vala ixtilaj ya'roqing, vala hadisha audin illa bima qaddamat aydiku. Diqqat qilinglar da.

[15:33] Oyog'ni qoqilib ketishi bo'ladimi, payni titrab ketishi bo'ladirmi, qaltirab ketishi, yoki bir cho'pni terini shilib yuborishi bo'ladirmi? Borki, qilgan ishinglar tufayli yetadi. Qaltirab qoshki tushib ketdi qo'lingizdan. Sizga yoqmaydigan ish. Qaltirab, qo'lingizdagi ishini ovqat to'kilib ketdi, sizga yoqmaydigan ish. Bularni hammasi o'zingni qilgan ishing tufayli yetadi.

[16:00] Yana deyapti oyatda, Alloh kechirib yuboradiganlari ko'p gunohinglarni. O'n tadan bittasiga berar ekan Alloh jazoni. To'qqiztasini yuvib yuborar ekan shu bilan. Mana shu Alloh sizni yaxshi ko'rganligining belgisi. Bitta xatoyingizga jazoni berdi, to'qqiz tasini shu bilan yuvib tashladi. O'shaning uchun aytdik da. Agar Alloh yaxshi ko'rsa bandasini, shu dunyoda o'zida shu qilgan ishlariga mukofotni berib qo'yadi.

[16:26] Alloh haqida yaxshi o'yda, yaxshi fikrda bo'lishingning mukofoti jannat. Alloh haqidagi gumoningni yaxshi bo'lishligi mukofoti jannati. O'sha hadislarda keladi. Bu hadislarni eshitsangiz, qalbingizga shunaqa bir umid paydo bo'ladi qalbingizda. Alloh azza va jola bir iymoni bor, lekin dunyoda ko'p gunohlarni qilib, do'zaxga hukm qo'ygan bandasi haqida xabar beradi. Mana Payg'ambarimizni hadislarda shunday ma'no bor.

[16:54] Iymon bilan chiqqan dunyodan gunohlari ko'p. Uni do'zaxga olib ketishyapti. Shunda banda do'zaxga kirib ketyapti, orqasiga bir o'girilib qo'yadi. Xuddi bir odam bir yordam kutgandek, najot kutgandek. O'zgarishini kutgandek! Shunda Alloh Taolo to'xtatinglar deydi. Hadisni mazmuni. Ey banda, nimaga orqaga o'girilding? Deganda banda, Parvardigor, men seni menga bunaqa muomala qiladi deb gumon qilganman sizni, der ekan. Nima deb gumon qilgansan desa, meni gunohimni kechiradi deb gumon qilyapman sen haqingda. Deganda Alloh Taolo, mana shu yaxshi gumon uchun to'xtatinglar, kirgizilar buni jannatga, deydi.

[17:35] Robbimiz haqida gumonimiz to'g'ri bo'lsa, Alloh bizni jannatga kirgizadi. Imoni zaif insonlar Alloh haqida nohaq gumonda, johili uyda bo'ladi. Allohu la ilaha illa huval hayyul hayyum. Alloh yakka, yagona, uni sherigi yo'q. U doimiy hayot va barhayot tirikdir. Al ahad, misli tengi yo'q bo'lgan zot. Al a'la, oliy bo'lgan z ot, har qanday aybi nuqsondan oliy bo'lagan zot.

[18:07] Koinotda nima bo'lgan bo'lsa shu kungacha, Alloh xohlagani uchun bo'ldi va Alloh nimani xohlagan bo'lsa, bu borliqda uni xohlagandan oshishcha narsa bo'lmaydi. Dunyo birodarlar sinov va imtihon hovlisi. Oxirat esa mukofot va mangulik hovlisi. Siz la ilaha illalloh muhammadur rasululloh dedingiz u, lekin o'zingiz xohlaganday kun kechirdingiz.

[18:34] Bu to'g'ri emas. Alloh haqida gumoningiz yaxshi bo'lsa, robbingizni ulug'lasangiz, ism va sifatlarni hammasini mutloq komil ekanligi iymoningiz, iymoningiz bo'lsa, mana shu iymon sizni qalbingizga taskin beradi. Mana shunday iymon to'g'ri iymon bo'ladi. Agar La ilaha illalloh desangiz u, Allohning sizni ustingizda qilayotgan ishlariga e'tirozingiz bor bo'ladigan bo'lsa, bu iymoningizdagi katta nuqson. La ilaha illalloh dedingizmi? Alloh sizni ustizga bir kunda berdimi? Bilingki, bu albatta orqasida hikmati bor. Ya'ni odamlarni shunaqa so'zlari bor. Kufrga yetaklab qo'yadi odamni. Ey Xudo, men senga nima yozuvdim? Ey Xudo, qaysi qilgan gunohim uchun?

[19:20] La ilaha illalloh Muhammadur rasululloh degan odam qazoyi qadariga iymon keltirdim, qazoyi qabariga roziman degan odam bo'ladi. Shunday bo'ldimi? Demak, shunga loyiq ekanman da. Sizni ustingizga yoqmaydigan bir keldi. Bilingki, qaysidir gunohingiz uchun qidiring. Endi topa olmadingiz. Haqiqatan soliq inson bo'lishingiz mumkin. Shunda ham kelgan bo'lsa, demak sizni qadringizni ko'tarish uchun bo'ldi.

[19:48] Ustingizga kelgan musibat ikkita sababdan. Bittasi gunohingizni yuvishlik uchun keldi. Yoki sizni martabangizni Allohni huzurida ko'tarish uchun keldi. Nima bo'lganda ham musulmon odam mana shu musibatni ustida foydada qoladi. Shuni deb qabul qilamizmi, yo'qmi? Mana, Muso va Hizr alayhima salom, bularni qissasiga murojaat qilsak, o'n ikki ga, o'n ga kirgan bola o'ynab yuruvdi ko'chada. Hizr alayhissalom haligini shunday so'yib, qatl qilib qo'ydi. Shuni Muso alayhissalom tushunmadi. Qotaltan afsan beg'oyirinafsin. Ha, begunoh, bolani o'ldirding u, dedi. Keyin hikmatini eshitganidan keyin, keyin aytdik, qizsan oxirida. Agar bu bola katta bo'lganida, dedi hizr alayhissa. Kufr ma'siyatga kirib ketar edi. Ota enasi ham bu bolasiga ergashib, kufr ma'siyatga kirib ketar dedi. Endi alloh taolo bu moddani olib qo'yib turib bu bolani, boshqa solih farzandni berdi dedi. Mana endi boyagi ota ena bolasi o'lib qolgan paytda, dunyodagi eng katta musibat o'shalarnikim edi?

[20:59] Nimaga kichkina bola edi yu deb turib tushuna olmayotgan edimi? Endi qiyomatga borganda, mana shu bolani o'lishligidagi hikmatni tushunib turib, qalbi erib ketadi parvardigoriga hamd aytib. Musibat kelganda qarangda, undan kattarog'i ham bor edi, u kelmadi, yengillik keldi. Hamda aytasiz, yutug'dasiz. Millionni yo'qotdingizmi? Yana to'qqiz million turibdi yu.

[21:21] Bitta yoqda qaraydingizmi? Ikkinchisi turibdimi? Demak, ey Xudo, men senga nimani yozuvdim? Qaysi gunohim uchun bunday so'zlar noto'g'ri so'zlar? Chunki dunyo sino aholisi birodarlar. Asarlarda keltiriladi, bu dunyo egrilik hovlisi. To'g'rilik hovlisi emas. Qayg'u hovlisi, xursandchilik hovlisi emas! Shuning uchun mana shu narsani kim tushunib yetadigan bo'lsa, dunyoni yengilligi uchun qo'yolmaydi, mashaqqati uchun qayg'urmaydi. Birodarlar, dunyo hayotini Alloh Taolo balolar hovlisi qildi. Oxiratni esa mukofot hovlisi qildi. Dunyodagi balolar oxiratdagi mukofotga sabab bo'ladi. Dunyodagi mashaqqatlarga rozi bo'lib sabr qilarkanmiz, qiyomat kunidagi azizlikka sabab bo'ladi. Alloh Taolo ato qilish uchun avval olib qo'yadi. Mukofotlashlik uchun avval balo olaydi.

[22:18] Bu dunyo hayoti oxiratni oldida birodarlar nolga teng. Qog'ozga bir deb yozing. Uni orqasiga bitta nolni yozing. Shunday qilib nollarni yozib ketavering, yozib ketaversangiz, yozib k etavering. Bir santimetrga ikkita nol sig'adi. Endi, birda orqasidan o'ttizta nol yozsangiz, nechi deyiladi shu raqam, bilasizlarmi? O'n besh santimetrga o'ttizta noll sig'adi. Non million deyilar ekan. Endi oltmishta bo'lsa chi?

[22:50] Endi mana shu birda yozib turib, oygacha yozib keting nolda. Qanaqa raqam bo'ladi bu? Lekin mana shunday katta raqamlik muddat ham oxiratning abadiyligini oldida qisqa vaqt bo'lib qoladi. Lekin ana shu raqam har qancha katta uzun bo'lmasin, abadiylikni oldida birodarlar hech qancha vaqt bo'lmay qoladi. Soddaroq qilib aytadigan bo'lsak, bir inson dunyoda podshoh bo'lib yashadi. Yuz yil yashadi. Boring ming yil yashadi, qadimgi odamlarga o'xshab. Lekin baribir nima bo'ladi? O'ladimi? Nima kutadi umrini oxirida uni? O'limmi? Endi oxiratdagi abadiy hayot oldida, bu dunyodagi hayot nolga teng bo'lib qolgandan keyin, oxiratdagi azob uqubatlarini oldida, bu dunyozagi podshohni hayoti ham nol bo'lib qoladi.

[23:43] Alloh azza va jalla rizqu nasibalarini tarqatishda ham, ayrim odamlarni nazarida, adolat qilmaganga o'xshaydi. Qara, mana odam manaqa rasvo bo'lsa ham rizqi keng. Mana odam taqvoli, halol bo'lsa ham hech bir qo'lida bir to'rtta so'm to'planmaydi. Mana shu dunyodagi insonlarni rizqlarini turli xil bo'lishligi ham imtihon bo'ldi, birodarlar. Imtihon bo'lldi. Nima, Alloh qodir emasmi hammani bir xil boyi badavlat qilib qo'yishga? Qodir. Allohni mulkidan deydi, hadis quddusiyda. Ey insonlar va jinlar, avvalgi yu oxirgisi hammasi bir joyga yig'ilsa va bir vaqtni o'zida xohlagan narsasini so'rasa, Alloh ularni xohlagan narsasi ham bir vaqtda bera oladi va bu Allohni mulkidan shuncha so'ralgan narsa. Dengizga ignani solib chiqarganda, dengiz qancha kamaydi? Kamimaydimi? Shuncha ham kamimaydi.

[24:40] Endi bu hikmat bo'ldi, kimni boy, kimni kambag'al bo'lishi, kimni quvvatli, kimni nimjon bo'lishi. Bularni bari sinov birodarlar. Alloh azza va jalloh aytadi, istaydilar. Onzur kayfa faddonla ba'da hum alaba' vala ala hirotu akbaru darojati in va akbaru tafdiila. Bu dunyoda ularning birovlaridan birovlarini rizqu martabada qanday ustun qilganimizni ko'ring. Shak shubha yo'qki, oxirat darajalari necha barobar ulug' va afzalroqdir. Dunyoda kambag'alrog'dirsiz. Dunyoda quvvati sizrog'dirsiz. Zaifdirsiz.

[25:21] Kimdir sizdan quvvatli, kimdir sizdan boy, kimdir podshoh, kimdir boshqa. Lekin oxiratdagi daraja deyapti. Asosiysi. Boy bir mamlakatga kambag'al mamlakatdan bir faqir ayol ishlagani keldi. Oilasini boqish uchun. Oladigan maoshi juda ham oz. Lekin bu ayol ham o'ladi. Ellik yil yashaydi, yetmish yil yashayda o'ladi. Agar mana shu qiyin, kambag'al, faqirona hayotida sabr bilan, iymon bilan, istiqoma bilan yashaydigan bo'lsa, yutuqda mana shu odam ketadi. Mana shu ayol yutuqda ketadi. Ammo dunyo hayoti farovon bo'lsa, oxiratni unutib yashagan bo'lsa, har qancha boy badavlat kayfi safot yashagan bo'lsin, agar shu holatda ketadigan bo'lsa, u zarar qiladi.

[26:10] Haqiqiy zarar iymon e'tiqodsiz yashashda. Demak, ibrat oxirat hayotida yutqazib qo'ymaslikda. Ali ibn Abit olib aytadi, kimning haqiqiy boy va haqiqiy faqir ekani Allohga ro'baro' bo'lishdan keyin ma'lum bo'ladi.

[26:35] Bu dunyoda men boyman deb yuribsan, Allohni oldiga borib hisob kitobdan o'tgandan keyin ko'ramiz, boymisan, kambag'almisan. Dunyoda men kambag'al faqirman deyapsan, qiyomat hisob kitobidan keyin ko'ramz. Rostdan boymisan yo kambag'almi san? Alloh azza va jallaning adolati mutloq adolat. Alloh hech kimga zulm qilmaydi. Mana darsimizni avvalida aytdik, odam bolasining, odam bolaslining ishlarini hammasi nisbiy, mutloq emas. Nuqsonli, komil emas. Allohning hakimligi, odilligi va adolati mutlo q, benuqson.

[27:14] Odam alayhissalomdan qiyomat kunigacha Allohni mulkida bironta chumchuqqa ham zulm qilinmaydi birodarlar. Alloh taolo hadis hududida aytadi, ey odam bolalari, albatta men zulmni o'zimga harom qildim, sizlarni orangizda ham zulmni harom qildim. Bir biringlarga zulm qilmanglar. Zulm nima ekan? Haq egasini haqqini ado qilmaslik. Ustani ishlatil, pulni bermaslik zulm. Agar qarg'asa, hayron bo'lasiz. Ustalar, uyda egasi ko'rmayotgan paytda ham, uyda egasi qarab turgandek ishlamaslik, uyda egasiga bo'lgan zulm. U sizni qarg'amaydi, bilmaydi da ishingizni kiritishginini. Ha shunaqa ekan deb ketaveradi. Ammo sizga birovni haqqini yeb zulm qilganligingiz uchun pulingizdagi baraka degan narsa olib qo'yiladi.

[28:06] Ollohdan qo'rqib ishlaylik. Professional bo'laylik. E komissiya keladimi? Riviza tushib qoladimi to'satdan? Sizga nima? Astabi billa, la zulmalyavm. Bu kunda hech kimga zulm qilinmas. Va la yuzlamuna fatila. Ularga qilchalik zulm qilinmaydi. Va la yuzla munanaqiyroq. Va ularga zarracha zulm qilin emas.

[28:32] Astabi billa, falatu zlamunafsun shay'a. Va inkana mifqolar habbati minxordalim atayinabihah va kafabina hasivin. Biz qiyomat kuni uchun adolatli, mezon tarozilar qo'yavermiz. Bas, biron jonga zarracha zulm qilinmas. Agar hardal o'simligining urug'idek yaxshi yoki yomon amal qilingan bo'lsa, o'shanada keltiravermiz. Biz o'zimiz yetarli hisob kitob qilguvchidirmiz. Alloh zulm qilmaydi. Allohning hukmi komil. Chunki eng oliy bo'lgan, a'la bo'lgan zot. Al a'la bo'gan robbimiz subhanah vatalloh hech kimga zulm qilmayd. Uning hamma hukmlari adolatli hukm bo'ladi. Mana shu Alloh Taoloning al a'la ismi sizni qalbingizga xotirjamlik beradi. Taskin olib keladi. Iymon deyiladi shu narsa. Birodarlar, iymon juda ham qimmat narsa. Iymon juda ham qimmat narsa. Alhamdulillah hirob bilalamin shu iymonni berdi. Endi mana shu iymonimizda kimimiz? Yuqoriroqda, kimimiz pastroqda. Kimimizni iymonimiz quvvatliroq, kimimizniki zaifroq. Mana shu bilan farqlanadi bizni hayotdagi saodatimiz yoki shaqovatimiz.

[29:49] Ala ila lohi tasiru umr. Ogoh bo'linglarki, barcha ishlar Allohga qaytur. Ogoh bo'linglar, hamma ish Allohga qaytadi. Bir odam aytadi, bu ishlarni hammasi meni qo'limda deydi. Xohlaganimni qilaman deydi. Meni aytganim bo'ladi deydi. Savol. Sen shu dunyoga kelishingdan avval, bu ishlar kimni qo'lida edi?

[30:17] Seni aytganingni bo'lishidan avval, kim aytgani bo'layotgan edi? Qarang. Oyatda aytilyaptiki, oxiratdagi ishlar hammasi Allohni qo'lida bo'ladi. Iye. Oxiratdagi izhlar Allohni qo'llida bo'lsa, dunyodagi izhlar kimni qo'lida? Allohni qolda emasmi? Degan xayol keladi. Mana shu oyatni tafsirida mufassalar aytishadiki, Allohni unutgan, adashgan, g'ofil, iymoni zaif odamlar dunyoda Allohdan boshqa ilohim bor deb o'ylaydi. Ular pulni iloh deb bilishadi. Kuch quvvatni, mansabni, boylik va hokazolarni iloh deb biladi. Pul bo'lsa, pul bo'lsa changalda sho'rva deb o'ylashadi.

[31:07] Qaysi masalani pul hal qilmasa, u masalani katta pul hal qiladi. Bormi shunaqa tushuncha? Bu musulmon odamni tushunchasi emas. Haqiqiy mo'min esa Alloh'dan boshqa iloh yo'q deb biladi. Beruvchi ham Alloh, oluvchi ham Alloh. Aziz qiluvchi ham Alloh, xor qiluvchi ham Alloh. Yordam beruvchi ham Alloh, tashlab qo'yadigan ham Alloh. Mana shunday deb e'tiqod qilishlik tavqid deyiladi birodarlar. Pulingizga ishonmang. Darsimiz oxirida student bo'lgansiz, shogird bo'lgansiz, qo'lingizda pulingiz bo'lmagan bir yosh bola bo'lgansangiz, aqli hushsiz joyida, uylanish kerak, puli yo'q, mashina menga keladi, u ham yo'q, hech narsa yo'q. O'shanda nima degansiz?

[31:54] Ha inshaalloh, Alloh hammasini beradi degansiz. Boshqa suyanadigan hech narsa yoq edi da, shuning uchun Allohga suyandingiz. Endi, qo'lingizda yuz ming, ikki yuz ming dollar paydo bo'ldi. Endi nimaga suyanadigan bo'lib qoldingiz? Maoshni qilish kerak desa, bunday mo'ljallaysiz. Pulimni to'rtdan biri bilan bitarkan, qilib yuboramiz deysiz. Endi nimaga suyanayapsiz? O'sha yo'q bo'lgan paytda Allohga suyanganingizdek, hozir ham Allohga suyanyapsizmi yo pulingizga suyanib qo'yyapsizmi? O'zingizdan bir so'rab qo'ying.

[32:29] Aquli qovli ha da, va astag'firullohi li va lakum. Inna Alloh va malay katuhu yusalluni alannabi, ya ayyu halladina amanu sollu alayhi vasalli mutaslima. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'l va barakatuh.

## Quran and hadith quoted in this lecture

- [24:51] Quran Al-Israa 17:21
  - Said in the lecture: “Onzur kayfa faddonla ba'da hum alaba' vala ala hirotu akbaru darojati in va akbaru tafdiila.”
  - Arabic: ٱنظُرْ كَيْفَ فَضَّلْنَا بَعْضَهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍۢ ۚ وَلَلْءَاخِرَةُ أَكْبَرُ دَرَجَٰتٍۢ وَأَكْبَرُ تَفْضِيلًۭا
  - Uzbek translation: Baʼzilarini baʼzilaridan qanday afzal qilib qoʻyganimizga nazar sol. Albatta, oxirat darajasi va afzalligi kattaroqdir. (Bu dunyoda baʼzi odamlarga koʻproq neʼmat tegsa, boshqalaridan afzal boʻlib yuraveradilar. Ammo bu hollari haqiqiy afzallik, haqiqiy yuksak martaba emas. Oxiratning daraja va afzalligi haqiqiydir. Chunki bu daraja va afzalliklar abadiy qolajakdir. Oʻzini bilgan odamlar ana oʻsha afzallik va ana oʻsha darajaga erishish uchun harakat qiladilar.)
- [27:14] Hadith: Qudsiy hadislar, 17
  - Said in the lecture: “Odam alayhissalomdan qiyomat kunigacha Allohni mulkida bironta chumchuqqa ham zulm qilinmaydi birodarlar. Alloh taolo hadis hududida aytadi, ey odam bolalari, albatta men zulmni o'zimga harom qildim, sizlarni orangizda ham zulmni harom qildim. Bir biringlarga zulm qilmanglar.”
  - Arabic: فيما يرويه عن ربه عز وجل أنه قال: يا عبادي: إني حرمت الظلم على نفسي وجعلته بينكم محرما فلا تظالموا. يا عبادي: كلكم ضال إلا من هديته فاستهدوني أهدكم، يا عبادي: كلكم جائع إلا من أطعمته فاستطعموني أطعمكم، يا عبادي: كلكم عار إلا من كسوته فاستكسوني أكسكم، يا عبادي: إنكم تخطئون بالليل والنهار، وأنا أغفر الذنوب جميعا، فاستغفروني أغفر لكم. يا عبادي: إنكم لن تبلغوا ضري فتضروني، ولن تبلغوا نفعي …
- [32:33] Quran Al-Ahzaab 33:56
  - Said in the lecture: “Inna Alloh va malay katuhu yusalluni alannabi, ya ayyu halladina amanu sollu alayhi vasalli mutaslima.”
  - Arabic: إِنَّ ٱللَّهَ وَمَلَٰٓئِكَتَهُۥ يُصَلُّونَ عَلَى ٱلنَّبِىِّ ۚ يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ صَلُّوا۟ عَلَيْهِ وَسَلِّمُوا۟ تَسْلِيمًا
  - Uzbek translation: Albatta, Alloh va Uning farishtalari Paygʻambarga salovot ayturlar. Ey iymon keltirganlar! Siz ham unga salovot ayting va salom yuboring. (Arab tilida «salovot» soʻzi «salot»ning jami boʻlib, duo maʼnosini anglatadi. Arabchada namoz ham «salot» deyiladi. Chunki namozda ham duo maʼnosi bor. Ammo «salot» Alloh taolo tomonidan boʻlganida «duo» maʼnosini yoʻqotadi. Alloh taoloning Paygʻambarimizga (s. a. v.) salovot aytishining maʼnosi u zotga (s. a. v.) oʻz rahmatini yuborishi, ulugʻlashi, maqomlarini koʻrsatishi va farishtalar huzurida shaʼnlariga maqtovlar aytishini anglatadi.)

## Self-check quiz

Generated automatically from the lecture; not reviewed by a person.

1. Ustozning ta'kidlashicha, Allohning irodasi va xohishi nimaga bog'liq?
   - a) Mutloq hikmat va yaxshilikka — correct
   - b) Bandalarning so'rovlariga
   - c) Vaqt o'tishiga
   - d) Tabiiy qonunlarga
   - Why: Darsda Allohning irodasi mutloq hikmatga, u esa mutloq yaxshilikka bog'liq ekanligi aytilgan. [8:14–8:48]

2. Ustozning ta'kidlashicha, Alloh bandasiga dunyoda jazo berib, qolgan gunohlarni kechirishining sababi nima?
   - a) Bandaning shukr qilishga majburligi
   - b) Alloh bandasini yaxshi ko'rganligi belgisi — correct
   - c) Bandaning irodasining zaifligi
   - d) Allohning bandaga ehtiyoji borligi
   - Why: Darsda Allohning bitta xatoga jazo berib, to'qqiztasini kechirishi uning bandasini yaxshi ko'rganligining belgisi deb ta'kidlangan. [16:00–16:24]

3. Ustozning ta'kidlashicha, ustiga kelgan musibatning ikkita asosiy sababi nima?
   - a) Dunyoviy boylikni yo'qotish yoki kasallanish
   - b) Jamoatdan ajralish yoki yolg'iz qolish
   - c) Jahannamga tushish yoki azoblanish
   - d) Gunohlarni yuvish yoki martabani ko'tarish — correct
   - Why: Darsda musibatning gunoh yuvish yoki Alloh huzuridagi martabani ko'tarish uchun kelishi ta'kidlangan. [19:48–20:57]

4. Ustozning ta'kidlashicha, haqiqiy boylik va faqirlikni aniqlashning yagona o'lchovi nima?
   - a) Ijtimoiy maqom va unvon
   - b) Jismoniy quvvat va salomatlik
   - c) Allohga ro'baro' bo'lish — correct
   - d) Dunyodagi mol-mulk miqdori
   - Why: Darsda Ali ibn Abit so'zi keltirilgan bo'lib, haqiqiy boy va faqirlik Allohga ro'baro' bo'lgach ma'lum bo'lishi aytilgan. [26:10–26:32]

5. Ustozning ta'kidlashicha, haqiqiy mo'min dunyodagi barcha voqealar kimning qo'lidagiga ishonadi?
   - a) Kuch va mansabning qo'lidagiga
   - b) O'z irodasining qo'lidagiga
   - c) Pul va boylikning qo'lidagiga
   - d) Allohning qo'lidagiga — correct
   - Why: Darsda haqiqiy mo'min beruvchi, oluvchi, aziz qiluvchi va xor qiluvchi ham Alloh ekanini biladi va faqat Allohga suyanadi. [31:07–31:53]
