# 50-dars At-Toyyib (1-qism): Asma-Ul-Husna

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Asmoul husno](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno.md), lecture 53 of 110
- Section: At-Toyyib
- Duration: 25 min
- Original title: 25.3.2022 50-DARS AT-TOYYIB (1-QISM) / ASMA-UL-HUSNA
- Date in the video title: 2022-03-25
- Review status: reviewed
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/53
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/fDiiTXITSLY.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=fDiiTXITSLY
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/52.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/54.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:02] Inna alhamdulillahi nahamadhu onista'inuhu onista'firuh. Va naruqu billahi min surur ya'nfusina va min sayy'at ya'malina. Man yahdihillahi falah mudir lala, va man yuzli ilh u falaha deyala. Va nashxadu alla iloh ila allohu vahdahlala sharikala. Va nashqadu anna muhammadan abduhu rasuluh. Ammavah, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'al va barakatuh. Alloh taoloning go'zal ismlaridan attoyib.

[0:31] Alloh subhanahu va taoloning at toyib ismi Qur'onda zikr qilinmagan. Bu ismi sunnati navbiyada zikr qilingan. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, innalloha toyibun la yaqbalu illa toyiba. Alloh taolo pokiza zot va faqatgina pokiza narsani qabul qiladi. Demak, Alloh at toyib, pokiza bo'lgan zot ekan.

[0:56] Payg'ambaringiz sollallohu alalayhi vasallam aytadilar, inna alloha toyyibun yuhaybut toyyiba. Alloh pokizazod, pokizalikni yaxshi ko'radi. Nadifun yuhaybun nadofatah. Tozadir, tozaligini yaxshi ko'ladi. Karimun yuhayb bulkarama. Alloh azza va jalla karim, oliyjanob zod. Oliyjanobligini yaxshi ko'taradi. Javvadun yuhaybbul juvda. Alloh azza va jalla saxovatli zot, saxovatni yaxshi ko'radi. Mana alloh taolo pokiza zot ekan. Mo'min odam alloh taoloning mana shu go'zal ismlaridan o'ziga ulush nasiba olishi kerak. Masalan alloh al karim, saxiy zot. Mo'min odam saxiylikdan o'ziga ulushi olishi kerak. Alloh Taolo Rahim bo'lgan, Mehribon bo'lgan Zot. Mo'min odam shu ismdan o'ziga ulush olishi kerak, unda Rahim sifati bo'lishligi kerak. Mana endi Alloh Taolo pokiza Zot ekan. Mo'min odam Allohning mana shu go'zal ismidan ham o'ziga ulush olishi kerak. U pokiza bo'lishligi kerak. Alloh Komil Zot. Pok Zot. Agar mo'min pok bo'lmaydigan bo'lsa, Alloh bu bandaga nazar solmaydi. Sen birodar, namoz o'qiysan, ruku qilasan, sajda qilasan, boshqa amallarni qilasan.

[2:16] Agar senda pokizalik bo'lmaydigan bo'lsa, bu amallaring qabul bo'lmaydi. Chunki innalloha toyyibun la yaqbola illa toyiba. Alloh pok zot, faqatgina pok narsani ahvol qiladi. Agar sen pok bo'lmasang, mana shu ibodatlardan oladigan huzur senga berilmaydi. Shu ibodatni orqasidan senga keladigan xayriyatlar berilmaydi. Seni pokiza bo'lishliging shart.

[2:43] Allohga yaqin bo'lishligi uchun pok bo'lishimiz kerak. Endi odamlarga yaqin bo'shligi uchun bu narsa juda ham shart emas. Mansabdorga, xo'jayinga yoki falonchiga yaqin bo'lishingizni yo'li oson. Oldida maqtab berasiz, yo'g'ida maqtab gerasiz, atini yozib qog'ozga ko'tarib yuborasiz, suratini ko'tarib yurasiz, haligi odamni nazariga tushasiz. Qalbingiz tamomiy buni teskarisi bo'lib turgan bo'lsa ham, unga yaqin bo'laverasiz.

[3:15] Chunki zohiriy amallari, zohiriy qilayotgan amallaringiz unga sizni yaqin qilyapti, lekin qalbingiz boshqa. Ammo Alloh Taolo bilan bo'ladigan muammolarda bunaqa yo'l ketmaydi. Sizni zohiringiz qanaqa bo'lsa, botiringiz ham shunaqa bo'lishi kerak. Pok bo'lishligingiz kerak. Taqvoliy bo'lishingiz kerak. Odam Allohni buyurgan farzandlarini bajaradi, ibodatlarini qiladi, lekin Allohga yaqinligini his qilmayaptimi? Demak, qalbini tekshirsin. Qalbini tekshirsin.

[3:48] Ehtimol, bu odamni qalbida habislik, yolg'onchilik, makr, nifoq bordir. Agar bunaqa sifatlar ichida bo'ladigan bo'lsa, bu menda hech qachon Allohga yaqim bo'la olmaydi. Chunki Alloh pokizazod, faqatgina nimani qabul qiladi? Pokiza nasani. Jasading pokiza bo'lishi kerak. Kiyiming pokiza bo'lish kerak. So'zing pokiza bo'lisha kerak. Qalbing pokiza bo'lish ekan. Ungacha, agar bu pokilik bo'lmasa, seni namozing faqat yotib turishlik bo'lib qolibdi.

[4:18] O'shaning uchun ko'pchiligimizni o'qiyotgan namozimizga e'tibor bersak, nechanchi rakatda turganimiz ham esimizdan chiqib qoladi. Ko'zimizda yosh kelmaydi. Namozda turganimizda ko'zimizga yosh kelmaydi, namozni o'qishdan avvalgi holat bilan, namozni o'qib bo'lgandan keyingi holatimiz bir xil. Bu yaxshilikni belgisi emas, birodar. Ma'qulmi?

[4:43] Faqatgina pokiza, taqvodor, mustaqim, mul'tazim bo'lsanggina, Alloh to'g'ri sendan qabul qiladi va seni o'ziga yaqin qiladi. Shuning uchun, ambiyolarga ergashgan odamlar bilan, mansabdorlarga puldorlarga ergashgan odamlarni o'rtasida farq bor. Ambiyorlarga ergashganlarni qalbi pok bo'ladi. Tili bilan dili bir bo'ladi. Ammo mansabdorlarga quvvat yoki pul egalariga ergashganlarda bu narsa bo'lmaydi. Nimaga ergashadi ularga desa? Ulardan bir narsa foyda bo'lishligi uchun.

[5:18] Payg'ambarga ergashganlar odamlar bilan mansabdorlariga ergashganlarnini orasida albatta nima bor? Farq bor. Payg'ambarlarga ergashgan insonlarni so'zlari ham, qalblari ham, jasadlari ham pok bo'ladi. Ammo mansabdorlarga ergashganlarni baland faro so'zlari bo'ladi, maddohliklari bo'lardi, lekin haqiqatda qalbida bu narsa bo'lmaydi.

[5:43] Alloh taolo mehribon zod. Ar rohman, ar rohaym. Ar rohman degani, bu dunyoda hamma odamlarga bir xil rahm shafqat ko'rsatadi. Musulmonga ham, kofirga ham. Ar rohim degani, oxiratda faqat mo'minlarga rahmat qiladi. Faqat mo'minalarga rahm ko'rsatadi. Endi modomiki dunyoda insonlar yashar ekan, Allohni ne'matlaridan hammasi bir xil foydalanaveradi. Xuddi ota o'zini farzandlarini bir xil qornini boqqandaqa. Hammasini bir xil yegizib, bir xil kiydiraveradi, lekin bitta ikkitasini ko'proq yaxshi ko'radi. Qalbiga yaqinroq bo'ladi. Xuddi shunga o'xshagandek, fosiq bo'lsa ham, kofir bo'lsa ham Alloh rizqini beraveradi, lekin pokiza bandalarinigina o'ziga nima qiladi? Yaqin qiladi.

[6:33] Innalloha toyibun la yaqbala illa toyiba. Alloh pokiza zot. Faqatgina pokiza narsani qabul qiladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Imomahammaddan bu hadis. Bir kuni yotadigan o'rinlarda bir dona xurmonni topdilar da, haligina yeb qo'ydilar. Imom ahmaddan.

[6:55] O'sha kecha Payg'ambarimiz uxla olmadilar. Ayollaridan biri, yo Rasululloh, kechasi tuni bilan uxlamadingiz a? Dedi. Shunda Rasululloh aytdilar, ostimdan bir dona xurmoni topib olib yegan edim. Uyimizda sadaqani xurmosi ham bor edi. Ana shu men yegan xurmo sadaqaning xurmosidan emasmikin deb qo'rqdim dedilar. Rasululloh sadaqa yeyishlari mumkin emas. Tushunyapsizmi? Rasululloh ikki o'zini o'zini pulga olgan xurmosi bo'lishi ham mumkin, lekin sadaqa xurmosi bo'm qolishi ham mumkin degan xavotir Payg'ambarimizni kechasi bilan uyqusini keltirmadi. Tushunyapmizmi? Chunki Payg'ambarimni hamma yog'i pok.

[7:40] Shuning uchun pok bo'lsang, birodar, Alloh tomonidan senga tavfiq beriladi. Nusrat beriladi. Qo'llov beriladi. Sakinat beriladi. Rozilik beriladi, saodatli bo'lasan. Birodar, dunyoda saodat topishni xohlasang, pokiza bo'l. Pok bo'lsang senga nimalar berishligini bilib ol. Bu biz aytayotgan ikki dunyoni saodati pok insonlarga beriladi.

[8:10] Siz bilan biz birodarlar, payg'ambar ham emasmiz, nabiya ham emasmiz. Alloh Taolo payg'ambarlarga, anbiolarga nimani buyurgan bo'lsa, bizga ham shuni buyurgan. A biz payg'ambar, nabi emasmiz biz. Innalloha toyyibun la yaqbala illa toyiban va innalloha amarol mu'minina bima amarobihil mursalin. Payg'ambarimiz hadisda aytyaptilar, Alloh pok, faqat pokiza narsani qabul qiladi va payg'ambarlarga nimani buyurgan bo'lsa, mo'minlarga ham shuni buyuradi.

[8:41] Tushunarlimi? Jarrohni tasavvur qiling. Operatsiya stolida bir kasal yotibdi. Qornini yorib, ichi ichi avvalini kelsa, bular davolayapti. Yonida hamshiylasi turadi. Ikkalasini ishi ikki xil. Hamshirani ishi o'sha latani olib berib turish, tampponini olib berib, paxtasini olib berib turib, peshonasidagi xiruvni terda artib turishlik, boyagi kesilgan joyda qon achisa, oqsa artib turishlik. Ikkalasini ishi ikki xil. Lekin bitta narsani maqsad qilishyapti. Shu bemorni tuzatishlik.

[9:13] Payg'ambarga buyurgan narsani sizga buyurayotgan paytda, bitta narsa maqsad qillanyapti. Pokiza bo'lishlik. Alloh taoloni rozilik erishlik. Yo'li ikki xil. Payg'ambarlar payg'ambardaqa mehnat qilsa, biz oddiy odamdaqa mehnatni qilamiz. Lekin maqsad nima? Maqsad bitta. Va innallohu amarol mursal. Mo'miningna bima amaro behil mursaliy. Payg'ambarlarga Alloh nimani buyurgan bo'lsa, mo'minlarga ham shuni buyuradi.

[9:41] Insonni nafsi bir narsani xohlaydi, lekin iymoni u narsadan man qiladi. Shunda inson bitta tomonda tanlashi kerak. Yo nafsini aytganini qiladi, yo iymon aytganini qilsa. Agar sizga o'zingizni shahvatingiz, nafsingizni xohishi Allohni buyrug'idan ustun bo'layotgan bo'lsa, Allohga hech qachon yaqin bo'la olmaysiz siz.

[10:04] Siz o'ylanyapsizmi hali? Alloh harom qilgan ishni qilaymi, qilmaymi deb. Alloh buyurib qil degan ishni qilyaymi, qilaymi deb o'ylanyapsingmi? Siz uchun tavfiq eshigi yopiq. Siz uchun tavfiq eshigi yopiq. Mo'min odamda ixtiyor qolmaydi. Harom deydimi, tamom. Farz deydimi, tam om. U o'ylanib o'tirmaydi.

[10:31] Alloh taolo aytadi, ey Muhammad alayhissalom, ayting, Tavba surasida. Agar ota onanglar, bolalaringlar, aka ukanglar, juftlaringlar, qarindosh urug'inglar, kasb bilib topgan mol u dunyoyinglar, kasod bo'lib qolishdan qo'rqayotgan tijoratlaringlar, yaxshi ko'rgan uy joylaringlar, Payg'ambardan va Allohda hamda jihod qilishdan suyukliroq bo'lsa, unda Alloh taoloning buyrug'ini kutaveringlar, Alloh itoatsiz qavmni hidoyat qilmas. Sizda ikkilanish bo'lishi kerak emas. Ramazon kelibdi. Tutsammi, tutmasammi bu yil? A?

[11:10] Shunaqa bo'ladimi bu mo'minda? Yo'q, bu odamda, mo'minda unaqa bo'lmaydi. Agar Allohni naq buyrug'i turganda, naq qaytarig'i turganda ikkilanayotgan bo'lsangiz, sizni qalbingizda ancha muammo bor ekan. Agar qalbing pok bo'lmasa banda, ibodatning huzurini totimaysan. Pulingiz bor, sadaqa qilishingiz mumkin, hajga umraga borishingiz mumkin, ro'za tutishingiz mumkin, namoz o'qishingiz mumkin. Lekin. Payg'ambarimiz aytayotgan poklik qalbingizda bo'lmasa, bu ibodatlardan topoladigan huzur sizga berilmaydi.

[11:48] Odamlarni molini nohaq qilayotgan bo'lsa, g'iybatni hunar qilib olgan bo'lsa. Odamlarniy or nomusiga tajovuz qilayotgani bo'lsa, Alloh Taoloni norozi qiladigan so'zlarni gapirayotgan bo'lsak, bu inson pok deyilmaydi. Shuning uchun bunaqa odamlar ibodatdan huzur topa olmaydi. Muhim savol. Allohga yaqin bo'lmoqchimisan? Allohni nazariga tushmoqchimisan, tavfiq berishini Alloh xohlaysanmi? Alloh seni qo'llashini istaysanmi? Allohni madad berishini istaysanmi, saodatli hayot kechirmoqchimisan. Alloh uchun qadrli bo'lmoqchi san, pokiza bo'l.

[12:31] Allohni muhabbatini xohlasang, pokiza bo'ld. Roziligini xohlasang pokiza bo'l. Qalbingda allohni nuri bo'lishini xohlasang, pokiza bo'l . Navozingda huzur, halovat, xush'uni topishni xohlasang, pokiza bo'l. Ro'zing, duoyingda pokiza bo'l, yegan luqmingda pokiza bo'lsin. Tiling ham, jasading ham, qalbing ham pokiza bo'lsun. Yo Rasululloh, dedi Sa'diddin Abduyoqqos roziyallohu anhud. Duo qiling. Men duolari ijobat bandalaridan bo'ling.

[13:04] Agar Rasululloh qo'lini ko'tarib, amin, Parvardigor, Sa'dning duolarini ijobat qil desalar, tamom, ijobat bo'ladi. Va faqatgina Sa'di mabiy va qoshni ustida haq bo'ladi bu narsa. Ammo Rasululloh aytdilar, ya Sa'd, atvib mata amaka takun mustajaba da'va. Ey Sa'd, luqmangizni pok qiling. Yeyotgan ovqatingizni pok qiling, duosi mustajob kishilardan bo'lasiz dedilar Rasululloh. Mana endi bu hammamizni imkoniyatimizdan. Agar yeyotgan lug'mamiz pok bo'lsa, pok bo'lsa. Jasadlarimiz pok bo'lsa? Qalblarimiz pok bo'lsa? So'zlarimiz pok bo'lsa, duosi mustajab bandalardan bo'lamiz. Shuning uchun ko'p duolarimiz ijobat bo'lmayotganligining sababini o'zimizni pokligimizdan tekshiraylik.

[13:55] Demak, Alloh Taoloning yo'li kudek ravshan, har bir mo'min uchun bu yo'l ochiq. Mana shu yo'l pokiza bo'lishlik, insonni saodatli bo'lishga olib boradi. Bismillah. Fa man ka'na yarju liqo robbihi faliya amal amalan soliha. Kim Parvardigoriga ro'baro' bo'lishdan umidvor bo'lsa, u holda yaxshi amalni qilsin. Valay yushlik bi ibadati robbihi ahada. Robbiziga qilayotgan ibodatda hech kimni sher kelmasin.

[14:29] Birodarlar, aniq iymonimiz komil bo'lsin. Qalbida mustahkam iymoni bor odam, hargiz mahzun bo'lmaydi. Chunki bu mo'minni duo degan quroli bor. Duo degan qurolim bor. Vo qol robbukum budu uniy astashiblakom. Duo qilinglar, duoyilarni ijobat qilaman degan. Ana shu quroli bilan birodarlar mo'min hammadan kuchli bo'ladi. Agar Allohni tanigan bo'lsang, sen har qanaqa muammodan kattasan. Agar Allohni tanimagan bo'lsang, har qanaqa ma'omodan sen kichkinasan. Eng kichkina mushkulardan ham kichkina bo'lasan. Alloh Taolo aytyapti. Ibn adam, utlubniy tajidniy. Odam bolasi, meni qidir, meni izla, meni topasan. Foyda vajatdan i vajatda kunlashay. Agar meni topgan bo'lsang, hamma narsani topding. Agar meni yo'qotgan bo'lsang. Topmagan bo'lsang, hech narsani topmading. Shuning uchun aytamizki, Parvardigor, seni topgan banda nimani yo'qotibdi? Parvardigor, seni tanigan banda nimani yo'g'otibdi? Parvardigor, seni topmagan banda nimaga ega bo'libdi?

[15:41] Inna Alloha toyibun la yaqbalu illa toyiba. Mana shu hadis bizga shior bo'lishi kerak. Alloh pokizazod, faqat nimani qabul qiladi? Pokiza narsani qabul qilaman. Pokiza narsani. Tijoratingda, safaringda, hazaringda, muomilingda, yeyish ichishingda, yurish turishingda pokiza bo'l, inshaalloh Alloh yaxshi ko'rgan bandalardan bo'lasan.

[16:04] Mo'min banda pokiza bo'ladi. Unda ikkiyuzlamachilik bo'lmaydi. Eng ulug' sifatlardan bittasi mana shu. U har doim bir xil. Odamlar ichida turganda ham bir xil, uyida turganda ham bu xil. Odamlar ichiga chiqqanda mashalloh, billoh billoh deydi, lekin yolg'iz qolganda tinmasdan og'zidan faxsh tushmaydi. Mo'min odam unaqa bo'lmaydi. Mo'mino odam doim bir xil bo'ladi. Uyida qilayotgan qilig'ini ko'chada ham qilaveradi, uyalmaydi. Endi ko'chada qilgan qilig'i uyda ham qilaveradi. Uyalmaydi.

[16:37] Odamlar bor, soqolni qo'ygan, besh ma'lumot ichiga yuguradi. Qo'lidan tasvir tushmaydi. Ko'rsang, taqvoni o'zi. Lekin eshitsang, uydagilar bilan qilayotgan muomalasi, uydagilari bilan, uydagilarga gapirayotgan gaplari, og'izdan chiqayotgan so'zlarini eshitib turib, ilon post tashlab yuboradi deydi. Mana shu odam shunaqami desang, shu odam shuqa deydi. Demak, bu ikki yuzlamachida bu. Bu pokiza emas bu insonni qalbi. Mo'min odamda bunaqa ikkiyuzlamachilik bo'lmaydi. Ko'chada ham bir xil, uyda ham bir xil.

[17:13] Xo'p. Bunaqa ikki yuzlamachilar haqida, bunaqa munofiqlar haqida Alloh nima degan? Istadilar a? Voyda la qulladina, amanu qolu amanni. Bunaqa ikkiyuzlamachi munofiqlar, mo'minlarga ro'baro' kelganda biz ham iymon keltirdik deyishadi. Va idha xolov ila shayati nihim qol u, inna ma'qum, inna ma'nax nu mustahziyun. O'zlariga o'xshagan shaytonlarga ro'baro' kelsa, kofirlarga, biz sizlar bilan birgamiz, biz anavi mo'minlarni masxara qilyapmiz deydi.

[17:42] Ikkiyuzlamachilik. Domlalardan kelib falonchi odam qanaqa odam deb so'rasanglar, domlalar albatta yaxshi odam deydi. Chunki narigi odamlar faqatgina oppoq yumshoq joyni ko'rsatadi domlalarga. To'g'rimi? Shirin suxan, tabassumlik, assalomu alaykum, bo'ldi qilib qo'yamiz domla deydi. Domla faqat yaxshi tomonini biladi da. Shuning uchun o'zimizni tekshiraylik. O'sha xo'jangga, domlaga, ministrga, yana kimga? Qilayotgan chiroyli muomalangiz o'zingizdan quyiroq bo'lgan odamga ham qilyapsizmi? Demak pokiza odam ekansiz.

[18:23] Umuman bir xil bo'ladi, ikki yuzlamacha bo'lmaydi. Zohiri botinidek, botin esa zohirida, chunki u Alloh Taoloning Attoyib ismidan o'ziga ulush olgan. Pokiza. Alloh Taolo pokiza zot. Attoyib, pokiza so'zining ma'nosi. Toba, yotibu, tiyban fe'lidan olinadi.

[18:48] Toyib degani, nima degani? Naqadar yaxshi, naqadar yoqimli, naqadar xushbo'y, naqadar go'zal, naqadar toza, naqadar nafis, naqadar shirin, naqadar zo'r. At toyib degani eng, eng, eng afzal narsa degani. Alloh Taolo aytadi va yuhaylullohi muttoibbat. Ana shu Payg'ambar ularga pokiza narsalarni halol qilib beradi.

[19:18] Habis narsa va pokiza narsa. Habis narsa, iflos narsa va pokiza nasa. Bular hech qachon teng bo'lmaydi. Masalan, ichimliklar bor. Turli ichimliklar bor, hammasi halol, pok. Faqatgina mast qiluvchi, insonda aqlini o'g'ilovchi ichimliklar harom. Go'shtni qancha turi bor? Faqatgina muayyan go'sht harom. Endi, halol narsa bilan harom narsani taqqoslasangiz, halol juda ham ko'p, haromga taqqoslaganda. Qaranglarda, harom narsa cheklangan, muboh, halol narsa juda ham ko'plar. Mana shu halol bilan harom, pok bilan nopok narsa turganda, inson pokini yesa qalbi xotirjam bo'ladi, habisini yesa iztirob chekadi. Masalan, erkak kishiga a'lo kerak. Erkak kishiga ayol kerak. Nikohlab bir ayolni oladi, oilasi bor. Halol yo'li bilan shahvatini qondiradi. Mana endi qalbi xotirjam. Yoki bo'lmasam, shu shahvatini harom yo'li bilan, zino bilan qoldiradi, zino qilgandan keyin qalbi hech qachon xotirjam bo'lmaydi. Birodarlar, shaytonni do'koni shunaqa do'kanki, u yerdan bir narsa oldingizmi?

[20:36] Albatta sizdan o'zini haqqi undiradi. Agar siz zinoga qo'l urgan bo'lsangiz, ahli ayollaringizdan albatta bittasidan zdachisini oladi shayton. Yo ayolingizdan oladi, yo qizingizdan oladi. Yo nevarangizdan oladi. Xotirjam bo'ling. Alloh taolo inson zotiga qanaqa xohish istek, maylni, shahvatni qo'ygan bo'lsa, shu narsani halol yo'l bilan qondirishni yo'lini ham bergan. Mana ayol kishiga bo'lgan rag'bat bor erkakda. Uni halol yo'l bilan qondirishning nikohi.

[21:11] Ma'qulmi? Va man adallu minman itta ba havau behoyra huda minalloh. Alloh tomonidan hidoyatlanmagan holda, o'z havoyi nafsiga ergashgan kimsadan ham yo'ldan oz yorug' kimsa bormi? Qanaqa xohish bo'lsa jasadingizda, qanaqa mayl istak bo'ladigan bo'lsa, uni muboh yo'li bor. Va uni xonam yo'li ham bor. Muboh yo'li bilan, halol yo'li bilan qondirsangiz, nafsingiz orom oladi. Agar harom yo'l bilan qondiradigan bo'lsangiz, nafs sizni iztirobda bo'ladi. Boy bo'lishni xohlaysizmi? Xohlaysiz, insonni tabiatida boylikka muhabbat bor. Endi halol yo'l bilan boyish bor. Uyni yaxshi ko'rasizmi? Chiroyli mashinani yaxshi ko'ramizmi? Halol yo'l bo'lgan qondirish yo'li bor. Endi harom yo'l bo'lishi ham bor. Masalan, go'sht tasavvur qiling. Masalan qo'yni yoki molni go'shti. Shu go'sht bilan to'g'ri muomala qilsangiz, go'sht sizga yoqimli taom bo'ladi. Masalan xolodilnikani qo'yib qo'yasiz, tuzga tuzlab qo'yasiz. Aynib ketmaslikka sababini qilasiz, pishirasiz, shirin taom. Endi go'shtga noto'g'ri muamala qiling, optoga tashlab qo'ying, pashshalarga qo'yib bo'ying. Nima bo'ladi? Sizni kasal qilib, ehtimol o'lishingizga sabab bo'ladigan narsaga aylanib qoladi.

[22:29] Insonni xohish istaklari ham shunaqa. Muboh, halol yo'l bilan qilsangiz, huzur topasiz, aks holda zarar tortasiz. La yastavel xobbiy fivottoy i bu valav aajib aka kattarotul xobbiy. Mana ko'pchilik qilyapti, hamma qilyapti degan gap bor. Alloh taolo aytadi, garchi nopok narsaning ko'pligi sizni qiziqtirsa ham, nopok narsa pok narsaga barobar bo'lmas.

[22:57] Harom narsalarni ko'pchilik qilayotganligi shu narsani halol qilib qo'ymaydi. Riboga pul olayotganlar ko'payib ketgan bo'lsa, hamma olyapti yu, degan fikr kallangizga kelgan bo'lsa. Hamma qilayotgan bo'lsa bu narsa halol bo'lib qolmaydi. Tushunarlimi? Haromni ko'pchilik halol qilayotganlariga va haromni ko'payib ketkanlariga uni halol qilib qolmaydi. Alloh taolo aytadi. Istadvillar?

[23:22] Voy in totiya aks taraman fil ardiy. Yuday luka ansabiy lilla. Yer yuzidagi kimsalarning juda ko'plariga itoat qiladigan bo'lsanglar, sizlarni Alloh yo'lida nima qiladi? Ozdirib qo'yadi. Qilaversin. O'sha xonami ishni ixtiyor qilib qilayotgan qilaversin. Qishloqda hamma qilayotgan bo'lsin, shaharda hamma qilayayotgan bo'lsin, sen u ko'pchilik bilan bo'lma. Ozchilik bo'lsa ham, mo'minlar bilan birga bo'l, ozchilik bo'sa ham mustaqil bandalar bilan birga bo'. Ochchilik bo'lsa ham Allohni chegaralarida to'xtaydigan bandalar bilan bo'l. Garchi nopok narsaning ko'pligi sizni qiziqtirsa ham, nopok narsa pok narsaga barobar bo'lmas. Pokiza, rostgo'y, kamtar, ishonchli inson. Rost gapiradi, muomala qilsang omonatdor, o'zini shahvatini jilovlab olgan, xoram narsalarga kirmaydi. Mana shunday odamlar bilan birga bo'l.

[24:15] Robbimiz Subhanah va Taolo marhamat qilyapti. Astadilloh. Ma kan allohu li yag'arol mu'minina alama an tum alik, xatta yami zal hobbi tho minnat toyibi. Alloh mo'minlarni sizlar bo'lgan mana shu holatda tashlab qo'yuvchi emas, sinamasdan kim haqiqiymi, kim munofiq ajratib olmasdan turib tashlab qo'maydi. Hali u Alloh nopokni pokdan ajratadi.

[24:45] Aquli qovli hada va astag'firullohu alayhi valakum. Innallohu va malaka tohi yusalluni a'la nabiy. Ya yu halladina amanu sollu alayhi va salli mutaslima. Assalomu alaykum va rahmatullohi.

## Quran and hadith quoted in this lecture

- [0:39] Hadith: Imom Molik, «Muvatto», 1841
  - Said in the lecture: “Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, innalloha toyibun la yaqbalu illa toyiba. Alloh taolo pokiza zot va faqatgina pokiza narsani qabul qiladi. Demak, Alloh at toyib, pokiza bo'lgan zot ekan. Payg'ambaringiz sollallohu alalayhi vasallam aytadilar, inna alloha toyyibun yuhaybut toyyiba.”
  - Arabic: من تصدق بصدقة من كسب طيب - ولا يقبل الله إلا طيبا - كان إنما يضعها في كف الرحمن يربيها كما يربي أحدكم فلوه أو فصيله حتى تكون مثل الجبل
- [8:26] Hadith: Sahih Muslim, 1015 (grade: Sahih)
  - Said in the lecture: “toyiban va innalloha amarol mu'minina bima amarobihil mursalin.”
  - Arabic: أيها الناس إن الله طيب لا يقبل إلا طيبا وإن الله أمر المؤمنين بما أمر به المرسلين فقال وقال " . ثم ذكر الرجل يطيل السفر أشعث أغبر يمد يديه إلى السماء يا رب يا رب ومطعمه حرام ومشربه حرام وملبسه حرام وغذي بالحرام فأنى يستجاب لذلك
- [8:30] Hadith: Sahih Muslim, 1015 (grade: Sahih)
  - Said in the lecture: “Payg'ambarimiz hadisda aytyaptilar, Alloh pok, faqat pokiza narsani qabul qiladi va payg'ambarlarga nimani buyurgan bo'lsa, mo'minlarga ham shuni buyuradi.”
  - Arabic: أيها الناس إن الله طيب لا يقبل إلا طيبا وإن الله أمر المؤمنين بما أمر به المرسلين فقال وقال " . ثم ذكر الرجل يطيل السفر أشعث أغبر يمد يديه إلى السماء يا رب يا رب ومطعمه حرام ومشربه حرام وملبسه حرام وغذي بالحرام فأنى يستجاب لذلك
- [17:28] Quran Al-Baqara 2:14
  - Said in the lecture: “xolov ila shayati nihim qol u, inna ma'qum, inna ma'nax nu mustahziyun.”
  - Arabic: وَإِذَا لَقُوا۟ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ قَالُوٓا۟ ءَامَنَّا وَإِذَا خَلَوْا۟ إِلَىٰ شَيَٰطِينِهِمْ قَالُوٓا۟ إِنَّا مَعَكُمْ إِنَّمَا نَحْنُ مُسْتَهْزِءُونَ
  - Uzbek translation: Ular iymon keltirganlarni uchratsalar, iymon keltirdik, deydilar, shaytonlari bilan holi qolganda esa, biz sizlar bilanmiz, faqat istehzo qilyapmiz xolos, deydilar.
- [23:22] Quran Al-An'aam 6:116
  - Said in the lecture: “Voy in totiya aks taraman fil ardiy. Yuday luka ansabiy lilla.”
  - Arabic: وَإِن تُطِعْ أَكْثَرَ مَن فِى ٱلْأَرْضِ يُضِلُّوكَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ۚ إِن يَتَّبِعُونَ إِلَّا ٱلظَّنَّ وَإِنْ هُمْ إِلَّا يَخْرُصُونَ
  - Uzbek translation: Va agar yer yuzidagilarning koʻplariga itoat qilsang, seni Allohning yoʻlidan adashtiradilar. Ular gumondan boshqaga ergashmaslar. Ular taxmin qilarlar, xolos.

## Self-check quiz

Generated automatically from the lecture; not reviewed by a person.

1. Ustoz Allohning Ar-Rahman va Ar-Rahim nomlarining ma'nosini qanday farqlab tushuntirgan?
   - a) Ar-Rahman dunyoda, Ar-Rahim esa faqat payg'ambarlarga rahmat qiladi
   - b) Ar-Rahman dunyoda hammasiga, Ar-Rahim oxiratda faqat mo'minlarga rahmat qiladi — correct
   - c) Ar-Rahman faqat mo'minlarga, Ar-Rahim kofirlarga rahmat qiladi
   - d) Ar-Rahman va Ar-Rahim ikkalasi ham faqat oxiratda amal qiladi
   - Why: Darsda Ar-Rahman dunyoda hamma odamlarga, Ar-Rahim esa oxiratda faqat mo'minlarga rahmat qilishi ta'kidlangan. [5:43–6:29]

2. Ustoz mo'min odamda Allohning buyrug'i va qaytarig'i turganda ikkilanish bo'lishi kerakligini ta'kidlaganmi?
   - a) Yo'q, lekin faqat ro'za va namozda o'ylash mumkin
   - b) Ha, faqat muhim masalalarda o'ylash kerak
   - c) Yo'q, mo'minda ixtiyor qolmaydi va ikkilanish bo'lmasligi kerak — correct
   - d) Ha, har bir amalda o'ylab ko'rish lozim
   - Why: Darsda mo'min odamda ixtiyor qolmaydi, Alloh harom yoki farz deganda o'ylanib o'tirmaydi, balki to'g'ridan-to'g'ri amal qilishi kerakligi aytilgan. [10:04–10:27]

3. Ustoz duolarning ijobat bo'lishi uchun bandaning qanday holatda bo'lishi kerakligini qanday ta'kidlagan?
   - a) Ishonchli odamlar bilan muloqot qilish
   - b) Ko'p miqdorda tilovat qilish
   - c) Moliyaviy imkoniyatlarning kengligi
   - d) Ovqat, jasad, qalb va so'zlarning pokligi — correct
   - Why: Ustoz duoni mustajob qilish uchun yeyilgan ovqat, jasad, qalb va so'zlarning pokligini shart qilib qo'ygan. [13:04–13:51]

4. Ustoz halol yo'l bilan shahvatni qondirishning inson qalbiga ta'sirini qanday tushuntirgan?
   - a) Qalbi xotirjam bo'ladi — correct
   - b) Qalbi xavotirda bo'ladi
   - c) Qalbi shoshilinch bo'ladi
   - d) Qalbi iztirob chekadi
   - Why: Darsda inson pok narsani yesa yoki halol yo'l bilan shahvatini qondirsa qalbi xotirjam bo'lishi, harom yo'l bilan qondirsa iztirob chekishi ta'kidlangan. [19:18–20:35]

5. Ustoz ko'pchilik harom ishni qilayotgan bo'lsa, uni halol deb hisoblash mumkinmi?
   - a) Ha, ko'pchilik qilgani uchun halol bo'ladi
   - b) Yo'q, ko'pchilik qilishi uni halol qilmaydi — correct
   - c) Ha, agar qishloqda hamma qilsa
   - d) Yo'q, lekin shaharda qilsa halol bo'ladi
   - Why: Ustoz harom narsalarni ko'pchilik qilayotganligi shu narsani halol qilib qo'ymasligini ta'kidlagan. [22:57–23:20]
