# 55-dars Al-Ilaah (4-qism): Asma-Ul-Husna

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Asmoul husno](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno.md), lecture 58 of 110
- Section: Al-Iloh
- Duration: 18 min
- Original title: 55-DARS AL-ILAAH (4-QISM) / ASMA-UL-HUSNA
- Review status: reviewed
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/58
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/sFWDb0YXRqs.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=sFWDb0YXRqs
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/57.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/59.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:02] Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi na'hmaduhu onas ta'inuhu onas tofuru ona'ruvillahi min surur ya'nfusinga. Omin sayyi ati amalina. Man yahdihillahi falam bug'ilalalar. Va man yu'g'ililgu falaha deyalar. Mana shuhratulloh ilohi illallohu vahda huvla sharikalar. Ana shuhrat anna muhammadan abduhu va rasuluh, hamma baxti. Assalomu alaykum va rahmatullohi taolo va barakatuh. Alloh azza va jallohning ismlaridan al ilah. Alloh subhanahu va taoloning bu ismi Qur'onda ham, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislarida ham vorut bo'lgan. Iloh. Ibodat qilinishlikka yakka, yagona, haqli bo'lgan zon. Alloh azza vajalloh siz bilan bizni bu dunyoga kelishligimizni sababini aytdi. Astadibillah. Voman xoloq tul jinna val in sa'illa li abudun. Men jin toifasini ham, inson toifasini ham bitta narsa uchun yaratdim. Menga ibodat qilishlari uchun. Ibodat. Demak, dunyoda turishimizni illati sababi shu. Ibodatni qisqacha ta'rifi Alloh Taolo'ga bo'yin sinish va unga muhabbatli bo'lish.

[1:18] Endi mufassal ta'rifi qalbiy muhabbatga aralashgan, asosi aniq ishonch ustiga qurilgan, abadiy saodatga olib boradigan ixtiyoriy bo'ysunish. Ibodatni ikki xil dedik. Shioriy ibodatlar, taomili ibodatlar. Shioriy ib odatlar bu namoz, ro'za, zakot, haj, islom shiorlari. Taomili ibod atlar bu muomalalarimiz. Rostgo'yligimiz, omonatdorligimiz, ahdimizda turishimiz, ko'zimizni tilimizni tiyishimiz. Yana aytdikki, kishining muomaladagi ibodatlari to'g'ri bo'lmasa, unga uning shioriy ibodatlari unga foyda qilmay qolishi mumkin. Chunki muflis banda qiyomat kunida qilgan amallarini, mana shu ibodatda, muomaladagi ibotlarni noto'g'ri qilganligi uchun o'zini savoblarini haqdorlariga berib yuboradi.

[2:13] Ibodatni uch xil turini aytdik yana. Haviya ibodati, ya'ni shaxsiyat ibodati. Boymisan, seni o'zingni xos qiladigan ibodating bor. Olimmisan, seni o'ziyni xos qiladiganing ibodating bor. Ayolmisan, ayolni qiladiganing xos ibodati bor. Ha, hammasi ana shu islomda aytilingan qirqta fazni bajaradi. Undan tashqari, mansabdor odam mansabiga tegishli ibodati bor. Boymi? Boyligiga tegishli ibodati bor. Birinchisi, xavfiy ibodati deyildi. Ikkinchisi, sharoit ibodati. Ya'ni muayyan vaqtda qilinadigan ibodat. Otasi kasal bo'lib turgan bola uchun birinchi o'rindagi ibodat, otasini xizmat qilishi, uyiga mehmon kelgan odamning birinchi ibodati mehmonni izzat ikrom qilishi, farzandini imtihonga tayyorlanadigan payt bo'ldi, farzandiniimtihonga ajratib qo'yish degan. Demak, o'zlik ibodati bor.

[3:07] Sharoit ibodati bor va vaqt ibodati bor. Nima u? Agar dushman toifa musulmonlarni qashshoq kambag'al qilishlik degan ishinglarga kuch berayotgan bo'lsa, bizni birinchi o'rindagi ibodatimiz shu yerda iqtisodni ko'tarishlik kerak. Agar ana shu dushmanlar musulmonlarnni johil, savodsiz qilishlikka kuch berayotkan bo'lsa, endi nima bo'ladi ibodat birinchisi? Ta'limga kuch berishligimiz kerak. Shaxs ibodati, sharoit ibodati, vaqt ibodati. Gohida bitta ibodat butun boshli asrning ibodati bo'lib qolishi mumkin. Hozirgi kunda murod Alloh siz bilan bizni birinchi o'rindagi ibodatimiz mana shu ta'lim tarbiya. Ta'limga e'tibor berishimiz kerak.

[3:55] O'tgan yilgi ramazon bilan bu ramazonni o'rtasida yigirmata kitob o'qigan odam qo'l ko'tarib qo'ysin desam, to'rtta yo beshta odam ko'taradi mana shu mingta odamdan. O'rtacha britaniyalik bir odam bir yilda yetti yuz varaq o'qir ekan. Bu kitob haqida dars qilganimizni aytdik. Bu yerda ko'p o'qiydigani bor, oz o'qiydigoni bor, o'qimaydigoni bor. O'rtacha bitta o'sha britaniyalik yetti yuz varax narsa o'qir e kan. Endi misrlik bir odamni o'rtacha bir odam olganda bir yilda ikki yarim varoq o'qiydi ekan.

[4:28] Ko'rib qolinglar da endi farqni. Uch yuz ellik barobar olyaptimi farqi? U ham nimani o'qiydi desangiz, uyga kelgan gazni, svetni, kritsasini o'qiganda ikki yarim varog'i bo'lsa kerak. Kulmanglar. Kak budto kitob o'qiydigan unaqa kulyapmiz da biz. Hammamiz uyquga televizor tagida, telefonni tagida ketamiz. Kitob bilan keta olganlari yo'q, to'g'rimi?

[4:51] Tamoyillar, shaxslar va buyumlar asri. Tamoyillar, shaxsllar va buyumlarasri. Prinsiplar asri, shaxslar asri va buyumlar asiri. Biz qaysinisida yashayapmiz hozir? A? O'ylanmasdan aytyapsiz da, to'g'ri aytyapsiz. O'ylanmasdan esa shu keladi. O'ylansangiz ham shu keladi. Chunki insonni qadr qiymati uni prinsipi, axloqi, ilmi emas. Ushlagan, telefoni mingan mashinasida bo'lib qolgan. To'g'rimi?

[5:28] Insoniyat mana shu uchta asrdan bittasida yashaydi. Prinsiplar, tamoyillar asri, shaxsiyatlar asri, buyumlar asri. Birinchi asr. Bu prinsiplar, taomillar asri. Bu eng afzal asr. Bu Nabiy sollallohu alayhi vasallamning va sahobalarning asrlari. Bu asrda insonlarning o'lchov tushunchalari tuzatildi. Prinsiplari tuzatild, tamoyillar tuzatild.

[5:55] Abu Zar G'ofuriy roziyallohu anhu bilor roziyallohi anhuni ya'b nas savda deb qo'ydi. Ey qora xotinni bolasi dedi. Ey qoravoy dedi bizni tilda. Haqiqatan qora, haqiqatan qoraxotinni bolasi, quldan chiqqan. Nabiyev sollallohu alayhi vasallam bu gaplarni eshitib turib, ey abboslar, ha sizda hali johillik bor ekan u dedilar.

[6:19] Ya'ni o'lchov tushunchalar tuzalishi kerak edi. To yuzimni tepalab o'tmagunicha, bilol deyishim yetarli turmayman deb boshimni yerga qo'yib yotib oldi. O'lchov tuzalgan edi. U o'lchov tumani. Tamoyillar, asrlar asri qanaqa bo'lishligi, tamoyillar, prinsiplar asri qanaqada bo'lishini bilishimiz uchun umariddin xattob davrida bo'lgan bitta voqeaga murojaat qilamiz. Jabal al ismlik kishi, g'asson urug'ining amirlaridan. G'asson urugi arablar, nasroniy dinlar bo'lgan va ular keyin islomda qabul qilishdi. Arablarning ichidagi eng qudratli urug'lardan. Yuz ming qo'shni bo'lgan. Umariddin xattob xalif bo'lib turgan davr, g'asson kelin musulmon bo'ldi. Ka'bani tavof qilayotgandi, bir arobek sahroi yigit etagini bosib oldi. Beqasd. Haligi jabalani yelkasidagi ridosi tushib ketdi. Shunday qaradida, haligi yigitni bir urib burnini pachaqlab qo'ydi.

[7:21] Bizni zamonimizda shunaqa bo'lsa nima bo'ladi? Haligi sahroi yigiti indamay ketaveradi. Chunki u mansabdor, u puldor, u podshohlardan. Qanaqa bo'ldi? Normalniy bo'ldi, indamay ketaveradi. Lekin u davr tamoyillar asri edi. U asr tamoyillar asr edi. Rasululloh tarbiya qilgan asr edi. Yigit indamay ketaversin. Chunki avval indamay ketaiverardi. Endi u davr o'tdi. Endi prinsiplar o'zgargan. Xalifa umariddin xattobni oldiga bordi. Ishini arz qildi. Xalifa javalini chaqirdi. G'assoning amirlaridan, podshohlaridan. Bu yigit aytayotgan gapmi to'g'rimi? To'g'ri. Nimaga urding, dedi? Aytdi-ki, beadablik uchun uni ta'zirini berdim, dedi. Undan haqqimni oldim, dedi. Xalifa, rozi qilasan endi buni, dedi. Modomiki qo'lingda uni qoni turibdimi? Rozi qilasan, dedi. Aks holda seni burningni pachoqlayman, dedi.

[8:25] Jabalak kalima keltirib musulmon bo'lgani bilan hali uni prinsiplari o'zgargan emas. Uni tamoyillari, o'lchov tushunchalari tuzalgan emas. Qanday qilib, dedi? Axir men arsh, tosh bo'lsam, u ko'chadagi odam bo'lsa, qanday qilib yulduz yerga sajda qilsin? Qanday qilib unga rozi bo'lasiz, dedi?

[8:49] Chalima keltirib musulmon bo'lgani bilan hali o'lchov tushunchasi johiliy. Uni prinsiplari johiliy. Zamonimizda ham juda ko'p odamlar shunaqa. Soqolni qo'ygan, masjidga yuguradi, zohirdan musulmonga o'xshaydi, lekin hayotda qilayotgan ishlarni qarasangiz, islom tamoyillariga, prinsiplarga juda ko'pi teskari kela ekanini ko'rasiz. O'mariddin hatto buni gapini eshitib turib, iye, johiliyat injiqligi yu, kibr shamolimi? Biz bu narsalarni ko'mib tashlaganmiz. Ustiga yangi bino qurganmiz, yangi ustunlarni qoyim qilganmiz. Unda xurlar va qullar barobar bo'ladi dedi. Jabal aka bu narsa yoqmadi. Ha, u kalima keltirib musulmonlar qatoriga o'tdi, lekin tamoyillari, prinsiplari o'zgarmagan. Unday bo'lsa, jabal aytdi, men o'zimni sizni oldingizga kelsam, aziz, hurmatli, quvvatli bolaman deb o'ylagan edim. Agar bunaqa qiladigan bo'lsangiz, men diningizga murtadman dedi.

[9:49] Xalifa unday bo'lsa, bo'yningga qilich uriladi dedi. Ana birodarlar, bu eng yaxshi, eng yaxshi asr edi. Eng yuqori oliy asr edi. Prinsiplar asri, tamoyillar asri, o'lchov tushunchalar asri. O'shaning uchun har safar aytaman, mana shu ikkita narsani tuzataylik, yigitlar. Rizq yozilgan.

[10:10] Ajalingiz quvgandan ko'ra rizqi ko'proq quvaydi sizni. Ajal bitta, rizqingiz ko'p. Shu rizqni hammasi kelmay turib ajalingiz kelmaydi. Yolg'on gapirsangiz ham shu rizq keladi, rost gapirsangiz ham. Ishingizni eplamachi bo'lsangiz ham, ishingizda yoki mutaxassis, professional bo'lsangiz, o'sha rizq keladi. Faqat bittasi baraka, bittasi bebaraka keladi.

[10:34] Xizmatni qilib, tugatmasdan turib pulini yeb qo'ymang. Chunki pishmagan gilosni sotib bo'lmaydi. Ishni tugatmasdan turib polda oldi yeb qo'ymang, chunki ishni bitkazgani yo'q. Mana ikkita narsani tuzataylik birodarlar, maylimi? Umarim xattob aytar edi, agar iroq yo'lida bitta tuya qoqilib ketsa, yo'lni tekkizmasligidan, men allohni oldida javob berishdan qo'rqaman deydi.

[10:59] Ha, bu ulkan bir davlatning prinsipi edi. Payg'ambarimiz bergan prinsip, Payg'ambar biz bergan o'lchov tushuncha edi. Tamoyillar asri, shaxsiyatlar asri, narsa buyumlar asri. Shaxsiyatler asri. Umariddin Abdulaziz, Xulofoy rojdlarning beshinchisi. Bu inson o'zini davrida shunday bir ulug' ishlarni qildiki, jamiyatga o'zining shaxsiyatini ta'sirini o'tkazdiki, kambag'al qolmadi yurtida.

[11:30] To'plangan zakotni pulini oladigan kambag'al qolmadi. Jarchi yurar edi. Ey, qarzdorlar bormi, kelinglar, qarzini uzib qo'yamiz davlat hisobidan. Ey, uylanolmayotgan bo'ydoqlar bormi,kelinglar, uylab qo'yamimiz davlat hisobidan! Ya'ni bu kishining shaxsiyati shunday bir kuchli shaxsiyat bo'ldiki, zamonini o'zgartirib yubordi. Salohiddin Ayyubiy Quddusni ozod qildi. Mana shaxsiyat. Lichnost mana. Muhammad Fotih Postontenani fath qildi. Mana shaxsiyat, mana lichnost akalar. Ikkinchi asr insonni oladigan asr, shaxsiyatlar asri. Agar sizni ustingizda rahbar bo'lib turgan odam mana shunday bir kuchli shaxsiyat egasi bo'lsa, juda ko'p xayriyatlarga sabab bo'ladi.

[12:16] Uchinchi asr, bu matohlar asri. Bu eng yomon asr. Bu asrda insonning qadr qiymati qo'lidagi mol dunyosi, qo'lidigi matohi bilan belgilanadigan bo'lib qoladi. Iymoni, axloqi, ilmi, taqvosi, solihamal emas. Bu asrda yashayotgan odamlarning o'lchov tushunchalari bo'yicha, kimni puli ko'p bo'lsa, shu haq. Kim boy bo'lsa, demak, Allohga yoqqan joyi bor.

[12:46] Hozir aytyapman ku, qimmatroq mashinada kelsa, boshqacharoq muomala qilasiz. Yengilroq mashinada kelmasa, boshqacharok muomala qilarsiz. Bunaqa asrda, birodarlar, bir kunda falon mingta o'libdi desa, odamlar buni musibatda qaramay qo'yadi. Oddiy narsa bo'lib qoladi. Tabiiy xabar bo'lib qolad. Birodarlar, shioriy ibodatlar bor. Taomili ibodatlar bor, ibodatni xaviya, shaxsiyat ibodati bor.

[13:15] Sharoit ibodati bor. Vaqt ibodati bor. Boyni o'ziga xos ibodati bor, mansabdorni o'ziga o'ziga xolis ibodati bor, ayol kishini xolis ibodati kor, vaqt ibodat, sharoit ibodati, asr ibodati bor. Al ilah. Alloh taoloning mana shu ismini o'rtaga qo'yib duo qilishlik.

[13:37] Yunus alayhissalom kitni qorniga tushib qoldi. Mana shu qilgan o'zini xatosi tufayli baliqni qorniga tushib qoldi. Va nido qildi. Astaydubilla, va zannun ir zahaba mug'odibin fazon na allan naqdiro alih fanada fil zulmatiy alla ilaha illa anta subhanaka innikud deminod volimiy. Zunnun yunusning qavmidan g'azablangan holda o'z qishlog'idan chiqib ketib, bizni uning ziyoniga hukm qilmaydi deb o'ylagan paytini, so'ng biz uni baliq qornida gapga tashlaganimizdan keyin, qorong'u zulmatlarda turib, hech iloh yo'q, magar o'zing bordirsan, ey pokiparvardigor, darhaqiqat men o'z jonimga jabr qilguliklardan bo'ldim, deb nido qilgan paytini eslang. La ilaha illa anta subhanaka innikun tumina volimin. La ilaha illa anta. Iloh ismini o'rtaga qo'yib duo qildi. Sendan o'ziga iloh yo'q. Alloh Taolo u zotning duosini ijobat qildi. Bas biz uning duosini mustajob qildik va uni g'amg'ussadan qutqardik. Biz mo'minlarga mana shunday najob beravermiz.

[14:56] Musibatga tushib qolgan, muammoga kirib qolgan odam mana shu duoni qilar ekan, Alloh albatta ijobat qiladi. Mana shu oyatni Alloh azza va jalla qonunga aylantirib qo'ydi. Agar birodarlar Qur'onda mana shu oyatdan boshqa oyat bo'lmaganida, shu oyatni o'zisi bilan bizga kifoya qilar edi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar da'vatidinnun, idhfu va fibat nil hud. La ilaha illa anta subhanaka niy kun tumanat zolimin. Fa innhuu lam yado'uu beha muslimun rabbahuu fishain qot illa istajab alahuu. Rasululloh aytyaptilar, imom ahmaddan bu hadis. Zunnunning ketning qornida turib qilgan duosi, sendan o'zga iloh yo'q, sen poksan, albatta men zolimlardan bo'lib qoldim. Aniqki musulmon banda u duo bilan biror narsada Robbizga duo qilarkan, duosi albatta ijobat bo'ladi. Mana shu duoni bilamizmi, birodarlar? La ilaha illa anta suvahannaki imniy kun'ti minot ta'limi. Birodarlar, bugungi kunda musulmonlar ustida mushkulalarni son sanog'i yo'q. Mana shu kunlarda birodarlar shu duoga naqadar muhtojmiz. Alloh jabbor, Alloh halim, Alloh allatiyev bo'lgan zon.

[16:15] Vazirlik mansabiga bir odam keldi. Yangi vazir keldi. Endi shu vazirlikda ishlaydigan odamlar qanaqa odam ekan? Axloqi yaxshimikan? Yaxshi insonmikan? Ma'lumki, shu odamni qo'lida mahamma ish, uni axloqi muhim bo'ladi. Uni qanaqaligi muhim bo'lardi. Siz uni tanishligingiz muhim bo'lgan. Siz robbingizni taniysizmi?

[16:37] Yengil kuningda Allohni ko'p esla, qiynalgan kuningda Alloh seni eslaydi. Shuning uchun birodarlar, bitta qalbda ham Allohga bo'lgan iymon, ham qayg'u birga bo'la olmaydi. Haqiqiy iymoni bor odam g'amga, qayg'uga kirmaydi. Chunki hamma ish kimni qo'lida? Allohning qo'lida.

[17:01] Alloh Taoloning go'zal ismlari bilan duo qilishning ma'nolari. Alloh Taolo o'zining ismlarini o'rtaga qo'yib, duo qilishini buyurgan. Valillah ila asma ul husna fado'hu biha. Alloh taoloning go'zal ismlari bordir, bas uni ana shu ismlar ila chornlanglar. Endi Allohni ismi bilan duo qilishning ikki xil ma'nosi bor. Birinchisi, Allohning shu sifatlaridan o'zingga ulush ol. Alloh karimmi, sen ham saxovatli bo'l. Alloh avf qiluvchimi, sen ham kechiruvchi bo'l. Alloh taolo adolatlimi, sen ham adolatli bo'l. Shunda duoying ijobat bo'ladi. Bu birinchi ma'nosi. Ikkinchi ma'nosi, ana shu go'zal sifatlarni o'zingda paydo qilishlik bilan Alloh taologa yaqin bo'l. Mana shu yo'lni tutish bilan duolarimiz ijobat bo'lishiga erishamiz.

[17:55] Alloh aziz va jalloh o'zi rozi bo'ladigan ishlarga hammamiz muvofiq qilgan bo'lsin. Aquvli qovli ha'da, osti ta'firulloh ili valakum. Innallohi va malayka tohi yu salumi ala nabiy. Ya yu halladina a'monu sollu alayhi va salli mutaslima. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatuh.

## Quran and hadith quoted in this lecture

- [15:22] Quran Al-Anbiyaa 21:87
  - Said in the lecture: “La ilaha illa anta subhanaka niy kun tumanat zolimin.”
  - Arabic: وَذَا ٱلنُّونِ إِذ ذَّهَبَ مُغَٰضِبًۭا فَظَنَّ أَن لَّن نَّقْدِرَ عَلَيْهِ فَنَادَىٰ فِى ٱلظُّلُمَٰتِ أَن لَّآ إِلَٰهَ إِلَّآ أَنتَ سُبْحَٰنَكَ إِنِّى كُنتُ مِنَ ٱلظَّٰلِمِينَ
  - Uzbek translation: Zunnunni esla. Oʻshanda u gʻazablangan holda chiqib ketgan edi. Bas, u Bizni oʻziga (yer yuzini) tor etmaydi, deb gumon qildi. Zulmatlarda turib, Sendan oʻzga Iloh yoʻq, Sen poksan, albatta, men zolimlardan boʻldim, deb nido qildi. (Zunnundan murod Yunus alayhissalomdir. «Nun» baliq degani, Zunnun esa, baliq egasi degani. Yunusni alayhissalom dengizda baliq yutib yuborgan, keyin qirgʻoqqa kelib, Allohning amri bilan chiqarib tashlangan. Shuning uchun Zunnun–baliq egasi, laqabini olganlar. U zotning qissalari As-Saffot surasida keladi. Ammo bu surada siyoqqa mos ravishda qisqacha bayon qilinmoqda. Yunus alayhissalom qavmlarining qilmishlaridan gʻazablanib, yurtlarini tashlab chiqib ketdilar. Ulamolarimiz aytishlaricha, aslida u kishi boshqa Paygʻambarlarga oʻxshab sabr qilishlari, Allohning amrini kutishlari kerak edi. Ammo bunday qilmadilar. Qavmlariga zarda qilib, yurtlaridan chiqib ketdilar. Soʻngra Alloh taolo, u kishini baliqqa yuttirib, sinovga uchratdi. Ana oʻshanda, «zulmatlarda turib», yaʼni kecha zulmati, dengiz osti zulmati va baliq qorni zulmatida turib, Alloh taologa yolborib: «Sendan oʻzga Iloh yoʻq, Sen poksan, men zolimlardan boʻldim, deb nido qildi».)

## Self-check quiz

Generated automatically from the lecture; not reviewed by a person.

1. Ustoz insonning qadr qiymatini nima bilan bog'laydi?
   - a) Uning shaxsiyati bilan
   - b) Uning ilmi va axloqi bilan
   - c) Uning tamoyillari bilan
   - d) Ushlagan telefoni va mashinasi bilan — correct
   - Why: Darsda ustoz insonning qadr qiymati uning ilmi yoki axloqi emas, balki ushlagan telefoni va mashinasi bilan bo'lib qolganini ta'kidladi. [4:51–5:25]

2. Ustoz Jabalning xalifa oldidagi munozarasidan chiqarilgan asosiy xulosa nima?
   - a) Xalifa har doim amirlarni himoya qilishi shart
   - b) Johiliyat odatlari islomda qat'iy taqiqlanadi
   - c) Musulmon bo'lgach, kibr avtomatik yo'qoladi
   - d) Kalima keltirish bilan ichki tamoyillar o'zgarmaydi — correct
   - Why: Ustoz Jabal misolida shaxs kalima keltirib musulmon bo'lgani bilan uning ichki o'lchov tushunchalari va tamoyillari hali o'zgarmaganini ta'kidlaydi. [8:25–8:47]

3. Ustoz rizqning ajaldan ko'ra tezroq kelishini nimaga bog'laydi?
   - a) Rizq faqat professional ishchilarga beriladi
   - b) Ajal bitta, rizq esa ko'p bo'lgani uchun — correct
   - c) Rizq yolg'on gapirganda ko'proq ortadi
   - d) Rizq baraka bilan birga kelmaydi
   - Why: Darsda ustoz ajalning bitta, rizqning esa ko'p ekanligini ta'kidlab, rizqning ajaldan ko'ra tezroq quvishini shu sababga bog'laydi. [10:10–10:31]

4. Ustoz Yunus alayhissalomning baliq qornida qilgan duosining asosiy xususiyati nima?
   - a) Ovoz chiqarib so'rash
   - b) Alloh ismini o'rtaga qo'yib so'rash — correct
   - c) Ko'p yig'lab so'rash
   - d) Kechki paytda so'rash
   - Why: Darsda Yunus alayhissalomning duosi Allohning 'Al-Ilah' ismini o'rtaga qo'yib qilinishi va bu orqali ijobat topishi ta'kidlangan. [13:37–14:54]

5. Ustoz Allohning go'zal ismlari bilan duo qilishning birinchi ma'nosini qanday izohlaydi?
   - a) Allohning ismlarini ko'p takrorlash
   - b) Allohning nomini yod olish
   - c) Allohning qasamiga qasam ichish
   - d) Allohning shu sifatlaridan o'zingga ulush olish — correct
   - Why: Darsda Allohning go'zal ismlari bilan duo qilishning birinchi ma'nosi Allohning shu sifatlaridan (karim, avf qiluvchi, adolatli) o'zingga ulush olish deb ta'riflangan. [17:01–17:53]
