# 56-dars Al-Maliik (1-qism): Asma-Ul-Husna

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Asmoul husno](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno.md), lecture 59 of 110
- Section: Al-Maliyk
- Duration: 27 min
- Original title: 56-DARS AL-MALIIK (1-QISM) / ASMA-UL-HUSNA
- Review status: reviewed
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/59
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/uCNJs5m1dgY.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=uCNJs5m1dgY
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/58.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/60.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:03] Bismillahir rohmanir rohim. Innal hamdilillahi inna hamaduhu anasta inuhu anasta ofiruh va naudh billahi min ash sururiyan fursina. Omin sayyiha atiya amalina, may yahdihillahi falah mudhiylala, va man yudililgu falaha de'ala. Onashhadu an la ilaha illallohu vahda hula sharikala, onashhadu anna muhammadan abduhu rasuluh. Ammabad. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'l va barakatuh. Bugun alloh subhanah va taoloning go'zal ismlaridan al malik ismini dars qilamiz. Al malik ismining qur'on va sunnatda vorid bo'lishi.

[0:45] Alloh taoloning al malik ismi qur'onda ham vorut bo'lgan, payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislarida ham vorut bo'gan. Astaytibilla, innal muttaqina fii jannating va nahar, fii maqo adi sidiqin, aynda malikim muqtadir. Qomar surasida Robbimiz Subhanah va Taolo aytadi, albatta taqvodor zotlar jannatlarda va daryolar ustida qodir podshoh huzuridagi rozi bo'lingan o'rinda bo'lurlar. Mana shu oyatda al malik ismi keldi.

[1:21] Insonlar o'zlarini qadr qiymatini belgilayotganda, o'zaro bir biriga qadr qiylik berayotganda, da o'zlarini o'rtaga qo'ygan o'lchovlari bor. Boylik, nasl nasab, quvvat, chiroy, a? Zehnzakovat, mana shu o'lchovlar bilan bir odamni ikkinchi odamdan afzalligini belgilashadi. Lekin Alloh subhanahu va taolo bir odamni ikkinchi odamdan qadrini belgilayotgan paytda, qadr qiymatini belgilayotganda, bu o'lchovalarga e'tibor qilmadi. Bu insonlarni o'lchovlarni o'choqqa qo'ymadi. Alloh taoloning nazdida bir bandani ikkinchi bandadan qadrini balandligi ikkita narsa bilan bo'ladi. Ilm bilan, amal bilan. Ro'parangizda turgan musulmon birodaringizni sizdan ilmi ko'pmi? Sizdan amali chiroyliroqmi? Shu odam sizdan afzal bo'laveradi. Garchi puli bo'lmasa ham, garchi ko'rimsiz bo'lsa ham. Allohning o'lchovi ilm va amal. Alloh Taolo aytadi, istadi billa. Qal yasta villa dina ya'lamu na valladina la ya'lamu. Axir bilgan zotlar bilan bilmagan kimsalar barobar bo'lurmi? Ilmli odam bilan ilmsiz odam hech qachon teng bo'lmaydi.

[2:41] Yarfayl la hulladina amoru minkum va la dinu u tul ilma darajat. Alloh Taolo aytyapti, Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni baland daraja martabalarga ko'tarur. Demak, birodarlar, Qur'on ilm va amalga e'tibor qildi. Odamlar o'rtalarga qo'yib olgan o'lchovlarni hisobga olmadi.

[3:07] Insonni ulug'vorligi nimada? O'zining o'lchov tushunchalarini Qur'onning o'lchov tuzumlariga muvofiq qilishligida. Siz uchun kim hurmatli odam? Qur'on hurmatli degan odam siz uchun hurmatli. Odamlar hurmatli degan otam hurmatli emas. Chunki hozir aytdik ku, boy bo'lsa, mansabdor bo'lsa va hokazo va hokazo bo'lsa, shu odam biz oramizda baland deb his qiladigan bo'lib qolganmiz. Odamlarni o'zlarini qo'yib olgan o'lchovlar.

[3:40] Payg'ambarimiz aytadilar, rubba ash asin modufoi bil abu ab, lau aqsam alalloh ila oborro. Shunaqa bir odamlar bo'lib qoladi, ko'rimsiz, sochlari paxmiyev ketgan, odamlarni eshigini oldiga kelsa, kirgizishni xohlamasdan qaytarib yuborishadi. Lekin ilmli va amalliy bo'lsa, Allohga yaqin, amali chiroyli bo'lsa, shu odam agar Allohni nomiga qasam ichsa, Alloh uni qasamini nima qiladi? Oqlaydi. Ulug'vorlik nimada? Insonni ulug'ligi nimada? O'zining o'lchov tushunchalarini shariatni o'lchov shunchalariga moslab olganligida.

[4:21] Qodir, almalik bo'lgan Alloh taoloning huzurida maqtalgan o'rnidan joy olishligida insonni ulug'ligi. Allohni norozi qiladigan ishlarni qilib, o'zingga o'xshagan odamlarni rozi qilayotgan bo'lsang, o'ylamagan, katta martabadaman, yutuqdaman deb. Ulug'vorlik Qodir, Almalik huzuridagi rozi bo'lingan o'rnidan jo'ya olishlikda.

[4:50] Valiyulloh degan so'z bor. Allohni do'sti. Valiy kim? Allohni valiysi qanaqa odam bo'ladi? U suvni surib ketayotgan odam valiy emas. Havoga shunday qadam bosib ko'tarilib ketayotgan odam valiy emas. Agar iymoni va solih amali bo'lmaydigan bo'lsa. Valiy kim? Valiy halol haromga qattiq e'tibor beradi. Alloh buyurgan ishlarda birontasini qoldirmaydi. Alloh man qilgan ishlardan uzoq bo'ladi. Demak, vali kim desa, Qur'on oddiy ta'rif bergan. Alladina amanu vakanu yattaqun. Iymon keltirgan va taqvoliy bo'lgan zotlar.

[5:35] Bu yerda o'tirgan odamlarda har qaysi Allohning valisi. Lekin uni valiynigi, Allohga do'stligi taqvosiga bog'liq. U albatta domla bo'lishi shart emas, oddiy odam bo'lishi ham mumkin. Albatta boy bo'lishi shat emas, oddiydan bo'lishi mumkin. Qanchalar Alloh'dan ko'p qo'rqsangiz, siz Allohni ibalisi bo'laverasiz. Payg'ambarimizning ulug' sahobalaridan Sa'dullohu alayhi vaqqos, roziyallohu anhu. Rasulullohning tog'alaridan bo'lgan. Bir kuni masjidga kirib kelayotganlarida, Sa'dim abduyoqqos, Rasululloh ana shu sahobasini ko'rib turib, yonida o'tirgan kishilarga ha da xoli, bu kishi meni tog'am bo'ladi. Fal yurini imri um xolahu. Birorta yerlar shunaqa tog'asi bo'lsa ko'rsatsin chi dedilar. Mana shu sahobasiga o'qitgunida irmiya asad biyabi anta va ummiy yoki fidaka abiy va ummiy. Ota onam sizga fido bo'lsin, oting degan edi. Sa'di mabiyu yoqqos islomga birinchi bo'lib kirgan kishilardan edi. Sa'dim abiyu yoqqas roziyallohu anhu asharey mubashshalaridan bittasi edi. Mana shunday maqomga chiqqan, mana shunday martabada bo'lgan sa'd roziyallohuhu anhuga keyinchalik rasululloh vafot etganlaridan keyin, umariddin xattop aytdiki, ey sa'd, rasulullohni tog'asi degan gap sizni g'ururlantirib qo'ymasin.

[6:59] Chunki allohni huzurida bandalar barobar. Alloh bilan bandalarni o'rtasida unga bo'lgan toatdan boshqa yaqinlik yo'q. Innakromahkum ayni dallohi at hokim. Allohni huzurda sizlarni olinglarni hurmatlirog'inglar kim? Taqvodorlari. Demak, ulug'vorlik, almalik bo'lgan allohning huzurida maqtalgan o'rinda sen uchun bir joyni bo'lishligi.

[7:30] Alloh taoloning al malik ismi mana payg'ambarimizning hadislarida ham vorid bo'lgan. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu, yo Rasululloh, tong otganda men aytadigan bir narsani menga o'rgating, dedi. Shunda Rasululloh aytdilar, qul allohumma fotiras sama va teval art, alimal g'oybi va shahada. Robbakul shay'in va malikahu. Ashxadu alla ilohi illa an. Ayting. Osmonlaru yerni yo'g'idan paydo qilgan, g'aybu shahodatni biluvchi va har bir narsaning robbisi va uning malika, egasi sendan o'ziga iloh yo'qligiga guvohlik beraman. Mana al malik ismini payg'ambarimizning duolarida, hadislarida vor bo'lishligi.

[8:21] Al-Malik ismining ma'nolaridan. Al-Malik degani podshoh, egasi degani. Inson yerning egasi deyiladi. Inson yerning podshohi deyiladi. Shunaqa gap bor a? Ya'ni egasi podshohi yer yuzidagi hamma jonivorlar insonga xizmat qilyapti. Yer yuzidagi ham tabiiy boyliklar insonni manfaati uchun ishlayapti. Inson yerning podshohi va egasi. Ammo mana shu yerni ustidagi hukm insonni qo'lida emas. Nima degani? Yer qimirlaydi, inson hech narsa qila olmaydi. Yer titraydi, hech narsa qilolmaydi. Yer surilib ketadi, inson hech nimani qila olmaydi. Demak, podshoh egasi degan gap bir narsa, yerning hukmi qo'lida bo'lishligi ikkinchi narsa. Lekin Alloh Taolo esa bu yerni ham podshohi, ham egasi, ham ishini idora qilishlik Allohning qo'lida.

[9:25] Alloh Taolo barcha narsaning podshohi. Yaratishi, tasarrufi, oqibati Allohning qo'lda degan. Al Malik, podshoh. Ega ma'nosida. Harbiy samolyotni ishlab chiqaradigan katta bir davlat, rivojlangan, taraqqiy topgan, texnologiyalari baland bo'lgan bir davlat harbiy samolyotni ishlab chiqargan edi. Keyin sotuv yubordi.

[9:50] Endi bu samolyotni ishi sotib olganlarni qo'lda. Birinchi davlat samolyot yasadi, ikkinchi davlat sotib oldi, endi samolyotni ishini hal qilishlik bu ikkinchi mamlakatni ishi bo'ladi. Endi shu samolyotda yasagan mamlakat xohlamagan ishlarni bu samolyot qilishi mumkin. Chunki sotgandan keyin qo'lda nima qildi? Chiqib ketdi.

[10:14] Allohu xoliqu kunli shay, vahua ala kunli shay in vakil. Alloh barcha narsani yaratuvchisi, u barcha narsaning ustida vakil, homiydir. Qarang, ona davlat samolyotni yasadi, sotib yubordi a? Yasadi, sotib yubordi. Endi u samolyotda bo'lib bu yoqda bo'ladigan ishiga aralasha olmaydi. Lekin Alloh Subhanahu va Taolo hamma maxluqotni yaratdi. Yaratgandan keyin ham hammasini ishi tizginiki qo'lida Allohni qo'lida. Al malik ismining ma'lumotidan bittasi shu. Lahul xolqu val amr. Ogoh bo'linglar, yaratish ham, buyurish ham Alloh uchundir.

[10:58] Yana bitta boshqa davlat, samolyot yasadi, harbiy samolyot, sotmadi. Yasadi, sotmadi? Bu samolyotni qaysi yo'lda ishlatishlik ularni qo'lida. Lekin samolyotning oqibati hali bu davlatni qo'lida emas. Birinchi mamlakat yasadi, sotib yubordi. Samolyotning ishi chiqib ketdi ularni qo'llaridan. Ikkinchi davlat yasadi, sotib yubormadi. Samolyotning ishi qo'lida turibdi, lekin oqibati ularni qo'lida emas. Nima degani?

[11:30] Nima degani bu? O'sha samolyot uchib ketayotib turib, shap bir joyi buziladi, yerga qulab tushadi. Lekin Alloh Taolo yaratgan narsasi, uni tasarrufi, uni oqibati Alloh Taoloni qo'lida. Saudiyadan Pokistonga tushib kelayotgan samolyot. Ana shu samolyotda bitta bir oynaga yorilib ketdi da, haligi bosim ikkita yosh bilan tortib, tashqariga chiqarib yubordi, onasi qoldi. Dod deb qoldi. Lekin qarang, mana samolyotdan chiqib ketdi. Endi nima bo'ladi bu ikkita bola? Halok bo'lishi tayin. Lekin alloh taoloning qo'lida da hamma ish. Haligi karo bola sakkiz ming, o'n ming metr balandlikdan dengizga tushdi. Yana qayerga tushdi desangiz, ayni shu bolalar tushgan joyda bir kemada bir odam baliq tutayotgan edi. Haligi tushgan narsani oldiga boruvdi, borsa ikkita bola, tirik.

[12:26] Olib keldi, hukumatga xabar berdi, onalari kelib olib ketdi. Ya'ni ko'ring, chiqib ketdi samolyotdan. Nima qila oladi inson? Samolyot egasi nima qila olaydi? Pilot nima qila oladiydi? Hech kim hech narsa qila olmaydi. Hayotni ato etadigan ham Alloh. Olib qo'yadigan ham Alloh. Sizni yaratdi, endi buni buyog'idagi ishingiz ham Allohni qo'lida.

[12:48] Arzimagan narsa sababli hayotingiz jahlinga aylanib ketishi mumkin. Miyangizda bitta qon tomir yorilib ketdi, bo'ldi, infarktsiz, insultsiz. Bitta tomiringiz ishlamay qoldi kerak joyida, mashinani burolmay qoldingiz, ko'zingiz yumilib qoldi, ketdingiz. Birodar, bironta a'zosidan shikoyati bo'lmasdan, sop posob yashayotgan odam ham bir lahzada ham o'lib qolganligiga guvohlik qilingan ekanlar. Odamlar ko'rgan bu narsani.

[13:13] Oliy ma'lumotli, katta ilm egasi, rizqi tang. Umuman savodsiz, maktabda narve o'qigan, eplamachi odam bor, rizqi keng. Kimni qo'lida ekan bu narsa? Birodalar, umrni ham, rizqni ham yolg'iz Alloh Taolo o'zi taqsim qiladi. Duo bor. Mansur duo Payg'ambarimizdan. Parvardigorim, senga qilinadigan gunohlarimiz bizning oramizni to'sadigan qo'rquvni va jannatingga yetkazadigan toatingni hamda dunyo musibatlarini bizga yengillashtiradigan yaqinni ulush qilib ber. Allohim, bizni tirikligimizda qulog'imiz, ko'zimiz va quvvatimiz ila naflantirib, uni bizga merosxo'r qil. Ya'ni o'lgunimizcha mana shu a'zolarimizdan nima qilaylik? Foydalanaylik.

[14:10] Inson tirik ekan, mana shu a'zolardan foydalanadi. Alloh Taolo ato qilganligi uchun. Mana shu a'zosining ishi ham kimni qo'lida? Allohni qo'lida. Qon aylanib turibdi tomirlarda. Yurak haydab turibdi qonda ishlab. Pochkalab qonni tozalab turibdi, jigar tozalab turilibdi. Bularni hammasi Alloh Taoloni qo'lida. Hammasi Alloh Taolloning qabzasida. Lekin inson o'zining johilligi sababli hamma ishni o'zim xohlagandek qilyapman. Hamma ish meni ixtiyorimda. Xohlaganimni qilaman deb o'ylaydi.

[14:47] Astadibillar. Va umli ilahum innakaidi matin. Men ularga muhlat berib, umrlarini uzun qilib qo'yaman. Darvoqe, mening makrim juda qattiqdir. Sen bandan, kim bo'lishingdan qat'iy nazar, Allohni qabzasidasan. Boymisan, podshohmisan, mansabdormisan.

[15:13] Bir odam pul bo'lsa changalda sho'rva degan e'tiqodda yashar edi. Pul hal qila olmaydigan muammo yo'q degan e'tiqodda mahkam ushlagan edi. Lekin Alloh Taolo unga bir ta'lim, tarbiya berishlikni xohladi da, qamalib qoldi. Yakka o'tiradigan xonaga qamalib qolibdi. Uzoq yillar. Necha yil o'tirgan bo'lsa, pul bo'lsa changaldashurva. Pul bo'lsa changalda sho'rva degan so'zini takrorlab o'tirdi.

[15:44] Nimaga? Pul hal qilmas ekanda a? Hamma narsani. Haligi yana bir johillarni gapi bor. Qaysi narsani pul hal qilmasa, u narsani katta pul hal qiladi deydi. Ha, ehtimol odamlar bilan qilayotgan muomalangda o'sha katta pulni berib, mushkulani hal qilib olarsan, lekin Alloh tomonidan kelib qolgan bo'lsa chi?

[16:10] Yeyotgan guruching tomog'inga tiqilib qoldi, kalapinda ochmay qo'ydi. Necha pul bilan kallaysan uni? A? Mashinada ketyapti, uxlab qolding, rolda ketyapti. Jarlikka tushib ketding. Necha pul bil anavi hal qilasan? Alloh taoloning al malik ismidan xabardor bo'lgan mo'min kishi biladi. Nimani biladi? Seni a'zolaring. Kuch quvvating, mulk moling, mansabing, bularni bari Alloh taoloni qo'lida. Hatto o'zingni og'zingdagi tupurig'ingni yutishliging ham Alloh taoloni ko'lida.

[16:49] Agar Alloh sendan rozi bo'lsa chi, birodar, dushmanlaringni xizmatingga solib qo'yadi. Agar Alloh Taolo senga g'azab qilib qahr qilsa, eng yaqin odamlaring seniga qo'llarini dushmanlik bilan, adovat bilan cho'zadi. Va umli ilahum innakaide matin. Bir odamni tasavvur qiling, mustahkam, pishiq arqon bilan bir stulga mahkam bog'lab qo'yilgan. Aylantirib bog'lab qo'tilgan. Mana shu odam aniq biladi. Ipning, arqonning qabzasida turibdi. Uzib yubora olmasligini, yechib yubora olmaslikini biladi da, o'zini ojizligini his qiladi. Mo'min odam biladi. Nimani biladi? O'zini Allohnin qabzasida ekanligini.

[17:34] Hamma narsa Alloh Taoloning qo'lida. Almaliq ismining lavozimlaridan. Shu kungacha nima sodir bo'lgan bo'lsa, o'sha narsani Alloh xohlagan edi. Shuning uchun sodir bo'ldi. Endi buni buyog'iga kelajakda nima sodir bo'lsa, Alloh uni xohlagan bo'ladi.

[17:57] Hozir nima sodir bo'layotgan bo'lsa, demak Alloh buni ham xohlabdi. Alloh xohlamagan narsani bu borliqda bo'lishligi birodarlar mumkin emas. Nimaki sodir bo'lgan bo'lsa? Albatta buni orqasida hikmati bor bo'ladi. Bir jinoyatmidi, kattaroq bir gunohimi sodir bo'ldimi? Demak Alloh izn beribdi, shuning uchun bo'libdi. Demak hikmati bor. Uni tushungan tushundi, tushunmagan tushunmadi. Koinotda mutloq yomonlik yo'q. Nima degani mutloq yomonligi? Naq yomonlikni o'zi, orqasida hech qanaqa yaxshiligi yo'q bo'lgan yomonlik, mutloq yomonli deyiladi.

[18:39] Mutloq yomonlilik degan narsani o'zi yo'q. Yomonlik mutloq emas, u nisbiy. O'sha nisbiy bo'lgan yomoniik mutloq bo'lgan yaxshilikni xizmatida turadi. Alloh taolo taqdir qilgan ishlarda, birodarlar, mutloq yomonlik bo'lmaydi. Ya'ni bandani ixtiyoridan tashqari bo'layotgan ishlar bormi? Unda mutloq yomonligi yo'q. Albatta orqasida bitta yaxshilik bor.

[19:05] Alloh taolo insonlardagi mana shu nisbiy yomonlikni mutloq yaxshilikni xizmatiga solib qo'yadi. Chayon shaxta. Yomonlikmi? Yomonlik. O'lmading. O'lmading, tirik qolding. Endi yaxshiligi, endi ilonni zahariga qarshi immunitet bo'lib qoldi. Kasal yetdi. Yomonlimi? Yomonlik. Orqasida nima bor? Gunohlaringga kafforat bo'lishlik bor.

[19:33] Musobaqada yutkazib qo'yding. Yomonmi? Yomon. Foydasi nima hikmati? Motivatsiya bo'ladi. Yaxshiroq o'qiysan yoki yaxshiroq yana shug'ullanasan. Kasal bola ko'chaga chiqolmaydigan bola yotib qoldi. Yomonlikmi? Yomonlik. Foydasi nima? Ko'chaga chi qilib gunoh ham qilmaysan da. Yoki bankrot bo'ldingiz, yoki pulingizni og'ir olib ketdi. Zulmatni biror pulingizni bermay qo'ydi. Yomonlikmi, yomonlik. Foyda si nima? Oxiriga o'tib qoldi. Ko'ryapsizmi?

[20:07] Sizni ustingizda taqdir qilingan yomon ish mutloq yomonlik emas. Uni orqasida albatta bir yaxshilik bor. Mutloq yomonli bo'lishi mumkin emas. Alloh taqdir qilgan ishlardan. Bu nima degani? Taqdiringa rozi bo'l degani. Falonchini qiziga xaridor bo'luvding, bermadi. Keyin bildik, yaxshi ham bo'lgan ekan. Manaqa edi ekan.

[20:32] Falon joydan chek olaman deb urishib talashib harakat qilding, bo'lmadi, qo'lingga tegmadi. Keyin bilsang rosa g'alaba bo'lar ekan ekan, to'rtta odam olib olgan ekan lechekni. Ko'rdingizmi? Alloh sizga taqdiringizga bitgan, sizni ixtiyoringizdan tashqari bo'lgan ishlar, taqdirdagi ishlar mutloq yomonlik bo'lmaydi bir odam. Tushunyapsizmi? Mana ikkita narsani tuzatib oling da. Shu ish bo'ldimi? Demak Alloh shuni taqdir qilgan ekan, bo'ldi. Alloh xohlamaganda bo'lmas edi. Xo'p, sizni ixtiyoringizdan tashqari shu ish bo'ldimi? Endi buni orqasida nima bor? Hikmat bor.

[21:10] Shuning uchun natija shunaqa bo'ladiki, ko'zingizni oldida sodir bo'lgan har qanaqa voqeaga baho berib turib, falonchi qildi. Agar o'sha shunaqa qilmagani mana bo'lmas edim. Falon davlat falon davlatga hujum qildi. Urush e'lon qildi deb o'ylaymiz. Biz o'zlari qildi deb o'tkazamiz. Vaholanki bu narsa Alloh Taoloning rejasiga ko'ra bo'lyapti. Alloh xohlamaganida o'sha mamlakat o'sha mamlakaotga hujum qilmas edi. Alloh xohlaganida o'sha odam o'sha ishni qilmas edi, o'sha yumaloq xatni yozmas edi.

[21:41] Biz odamlar shu ishlarni o'zlari qilyapti deb o'ylaymiz. Lekin tahdidiy natija shuki, har bitta sodir bo'lgan voqea Allohning rejasiga ko'la sodir bo'ladi. Allohning rejasi zolimlarni rejasini qamrab olgan bo'ladi. Nima bo'lgan bo'lsa, Alloh xohlagani uchun bo'ldi. Nima bo'layotgan bo'lsa Alloh xohlagoni uchun bo'lyapti va nima kelajakda bo'lsa, Alloh buni xohlagani uchu sodir bo'ladi.

[22:11] Allohning irodasi mutloq hikmatga bog'liq. Mutloq hikmet esa mutloq yaxshilikka bog'liq. O'zini davrida ko'p mamlakatlar bosib olgan, ko'p davlatlarning yerlarini bosib olgan, koe odamlarni o'limiga sabab bo'lgan bir zolim podderjoklardan so'rashdi. Sen kimsan? Juda ham chiroyli javob berdi. Men Allohni g'azabiman dedi.

[22:37] Ya'ni odamlar Allohni g'ozabiga, qahriga qoladigan bo'lib qoldi, shunday zolim podderzhokni yubordi, ularni qirdi, yakson qildi, ularni xor qildi. Tushunarlimi? Alloh taolo g'azab qiladigan bo'lsa, bandarlarning ustiga mana shunday bir podshohlarni yuborib qo'yadi. Banu isroilni qissasini oling. Innna fir'avna ala fil'ard. Albatta, Fir'avn Misr yerida tug'yonga tushdi, aholisini bo'lak bo'lak qildi, bir toifasini xor qildi. O'g'il bolalarni so'yib, ayollarni tirik qoldirdi. Banu Isroilda xor bo'ldi. Ana shu zolim bo'lgan, tog'iy bo'lgan Fir'avnning nisbiy yomonligi keyin mutloq yaxshilik xizmatida bo'ldi.

[23:23] Banu Isroilni xor bo'lishligi yomonligida, lekin oqibatda Fir'avn halok bo'ldi, bu yerlar, bu mulklar Banu Isroilga qoldi. Tushunarlimi? Bu Alloh Taoloning siyosati. Ehtimol hozirgi kunda musulmon ummatni ustida ketayotgan mana shuni bir siz bilan bizga yoqmaydigan noxush holatlar, musulmonlarni ustida bo'layotgan fitnalar, fitnali kunlar, bu mushkulalar ajab emas, biz uchun oqibatda Alloh Taoloning marhamati bo'lib chiqsa.

[23:54] Inson qarzga botadi, Alloh deydi. Insonga kasal yetadi, Alloh deyd. Demak, mana shu qarz bilan kasala unga yomonlik bo'lib ko'ringani bilan oqibati, foydasiga bo'ldimi? Umid qilamiz, ummatda hozirgi ayanchli ahvoli yana ellik yildir, yuz yildir ummatni yuksalishiga sabab bo'lar. Demak, Fir'avnning ishi nisbiy yomonligida, mutlaqo yomonlik emas edi, lekin alal oqibat Bani Isroil uchun foyda bo'ldi.

[24:23] Basra valisiga Yaziddan bir buyruq keldi. Yazid xalifa Basrani valisiga maktub yubordi, buyruq. Basrani valisi oldida Hasan ibn Basri aytilgan edi. U oliy maktubni o'qidi, unda Alloh norozi bo'ladigan ish turibdi. Shunda Hasan ibn Basridan so'radi. Nima qilaman dedi. Nima qiloman dedi.

[24:46] Hasan ibn Basrid shunday javob berdi. Hasan ibn Basrining bu javobini oltin harflar bilan yozib qo'yishlik kerak. U kishi aytdi. Alloh seni Yaziddan himoya qiladi. Lekin Yazid seni Allohda himoya qila olmaydi dedi. Alloh seni Yaziddan himoya qiladi, aniq himoya qiladi, Alloh bunga qodir, lekin Allohda bir narsa keladigan bo'lsa, Yazid seni himoya qila olmaydi.

[25:14] Shuning uchun birodarlar, agar musulmonlar ustida zulm, zo'ravonlik, nojoy ishlar bo'layotgan bo'lsa, unga qilich ko'tarib, qurol bilan qarshilik qilinmaydi. Avvalambor musulmonlar Allohga qaytishligi, haqqa qaytishligini, taqvoga qaytishligiga, tavbaga inobatga qaytishlik bilan qarshi chiqiladi. Shundan keyin isloh qiladi Alloh Taolo ularni ham.

[25:40] Salohiddin Ayyubiy shunday qilgan edi. Munkoratlarda hammasini yo'q qildi. Yoshlarga sog'lom aqidani, doim taqvoda bo'lishni, istiqomatda turishini ta'lim berdi. Shundan keyin dushman menga ro'baro' bo'ldi, shundan keyin Alloh ularga g'alaba nusrat ato qildi. Shuning uchun birodarlar, avvalambor Allohga qaytish kerak, tavbaga qaytish kerak, unga iqbol qilish kerak. Keyin insoniy sabablarga kirishlik to'g'ri bo'ladi. Mana shunday qilinsa, shunda Alloh tomonidan nusrat keladi. Hasan vasri aytadi, agar u mushkulani yolg'iz qilishning o'zi bilan davolashga kirishilsa, Allohga qaytilmasdan avval, bu fitna bo'ladiki, u fitna qilishdan ham keskinroq bo'ladi.

[26:27] Agar u mushkularni yolg'iz qishning o'zibilan davolashga tirishilsa, Allohni qaytilmasdan afval, bu fitna bo'ladiki, u fitna qilishdan ham keskinroq bo'ladi. Aqulu qovli ha'da, va astag'firullohu alayhi valakum. Innallohi va malaykiyatuhi yuzsalu ana ala nabiy, ya yo'g'illadigina amanu sollallohu alayhi vasalli mutaslima.

## Quran and hadith quoted in this lecture

- [0:56] Quran Al-Qamar 54:54–55
  - Said in the lecture: “fii jannating va nahar, fii maqo adi sidiqin, aynda malikim muqtadir.”
  - Arabic: إِنَّ ٱلْمُتَّقِينَ فِى جَنَّٰتٍۢ وَنَهَرٍۢ فِى مَقْعَدِ صِدْقٍ عِندَ مَلِيكٍۢ مُّقْتَدِرٍۭ
  - Uzbek translation: (54) Albatta, taqvodorlar jannatu anhorlarda. (55) Sidq oʻrindiqda, qudratli Podshoh huzuridadirlar.
- [3:40] Hadith: Sahih al-Buxoriy, 6071 (grade: Sahih)
  - Said in the lecture: “Payg'ambarimiz aytadilar, rubba ash asin modufoi bil abu ab, lau aqsam alalloh ila oborro. Shunaqa bir odamlar bo'lib qoladi, ko'rimsiz, sochlari paxmiyev ketgan, odamlarni eshigini oldiga kelsa, kirgizishni xohlamasdan qaytarib yuborishadi. Lekin ilmli va amalliy bo'lsa, Allohga yaqin, amali chiroyli bo'lsa, shu odam agar Allohni nomiga qasam ichsa, Alloh uni qasamini nima qiladi? Oqlaydi.”
  - Arabic: ألا أخبركم بأهل الجنة، كل ضعيف متضاعف، لو أقسم على الله لأبره، ألا أخبركم بأهل النار كل عتل جواظ مستكبر
- [7:47] Quran Az-Zumar 39:46
  - Said in the lecture: “allohumma fotiras sama va teval art, alimal g'oybi va shahada.”
  - Arabic: قُلِ ٱللَّهُمَّ فَاطِرَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ عَٰلِمَ ٱلْغَيْبِ وَٱلشَّهَٰدَةِ أَنتَ تَحْكُمُ بَيْنَ عِبَادِكَ فِى مَا كَانُوا۟ فِيهِ يَخْتَلِفُونَ
  - Uzbek translation: Sen: «Ey Allohim! Osmonlaru yerni yaratgan zot! Gʻoyib va oshkorni bilguvchi zot! Sening Oʻzing bandalarning orasida ular ixtilof qilib yurgan narsalarda hukm qilursan», deb ayt.

## Self-check quiz

Generated automatically from the lecture; not reviewed by a person.

1. Ustoz darsda Alloh Taoloning Al-Malik ismiga oid ta'rifida uning boshqa mavjudotlardan farqini nimada deb izohlagan?
   - a) U faqat yer yuzidagi boyliklarning egasi
   - b) U yer qimirlashini to'xtata oladigan yagona kishi
   - c) U insonlarning barcha ishlari ustidan nazorat qiladi
   - d) U yer ham podshohi, ham egasi, ham idora qiluvchisi — correct
   - Why: Darsda Alloh Taolo yer yuzining podshohi, egasi va idora qiluvchisi ekanligi, inson esa faqat egasi bo'lib, hukm uning qo'li emasligi ta'kidlangan. [8:21–9:18]

2. Ustoz darsda samolyotdan tushgan bolalar haqidagi misol orqali Alloh Taoloning qaysi sifati yoki hukmini ta'kidladi?
   - a) Davlat hamma holatda bandalarini himoya qiladi
   - b) Samolyot egasi barcha mas'uliyatni o'z zimmaga oladi
   - c) Pilotning mahorati halok bo'lishdan saqlaydi
   - d) Yaratgan narsaning oqibati faqat Alloh qo'lida — correct

3. Ustoz darsda insonning o'z ixtiyori va Alloh Taoloning qabzasi o'rtasidagi munosabatni qanday izohlagan?
   - a) Inson o'zini Allohning qabzasida bilib, ojizligini his qiladi — correct
   - b) Inson hamma ishni o'z ixtiyori bilan erkin bajaradi
   - c) Insonning kuch-quvvati faqat o'z qo'li bilan bog'liq
   - d) Alloh bandaga mutlaqo erkinlik berib, aralashmaydi

4. Ustoz darsda taqdir qilingan ishlarda mutloq yomonlikning bo'lmasligining sababini nimada deb izohlagan?
   - a) Alloh bandalarini sinovdan o'tkazish uchun yomonlik yaratadi
   - b) Har bir yomonlik orqasida albatta bir yaxshilik bor — correct
   - c) Yomonliklar dunyoviy omillar ta'sirida kelib chiqadi
   - d) Yomonliklar insonning o'z gunohlari tufayli sodir bo'ladi
   - Why: Ustoz taqdir qilingan ishlarda mutloq yomonlik bo'lmasligini har bir nisbiy yomonlikning mutloq yaxshilik xizmatida turishi va orqasida albatta bir yaxshilik bo'lishi bilan asoslaydi. [18:39–19:03]

5. Ustoz darsda musulmonlarning ustidagi zulm va fitnalarga qarshi birinchi qadam sifatida nimani ta'kidladi?
   - a) Allohga qaytish va taqvoga inobat qilish — correct
   - b) Qo'lda qurol olib, dushman bilan to'g'ridan-to'g'ri jang qilish
   - c) Jamoat bilan namoz o'qib, duoni kuchaytirish
   - d) Siyosiy tashkilotlar orqali tashqi yordam so'rash
   - Why: Ustoz darsda zulm va zo'ravonlikka qarshilik ko'rsatishning asosiy va birinchi yo'li Allohga qaytish, haqqa va taqvoga inobat qilish ekanligini ta'kidladi. [25:14–25:38]
