# 57-dars Al-Maliik (2-qism): Asma-Ul-Husna

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Asmoul husno](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno.md), lecture 60 of 110
- Section: Al-Maliyk
- Duration: 29 min
- Original title: 57-DARS AL-MALIIK (2-QISM) / ASMA-UL-HUSNA
- Review status: reviewed
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/60
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/IMwmHgTm8Xk.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=IMwmHgTm8Xk
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/59.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/61.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:03] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen a'lamin. Vassalotu vassalomu ala sharaful mursalin va ala alixiy va ashabiy hajmain. Allohumma alin nama yonfauna, yonfauna bi ma'lam tana va zidna ilma. Allohumma arenal haqqa, haqqon orzuqnatibaba va arenal ba'tila ba'tilan orzuqnatjiddinaba.

[0:28] Hoja amma minmay yasta me'un al qovli fayetta bi una husana va adhinlarga rahmatika fiy aybadika solihiyin. Amma baxt assalomu alaykum va rahmatullohi ta'limi barakatuh. Alloh subhanah va taoloning go'zal ismlaridan, asmon xusnoz silsilasidan navbatdagi darsimiz. Al malikun. Malikun, malikun. Ya'ni har bitta narsani egasi. Tasarruhni hammasi alloh taoloning qo'lida. Al Malik mulkining komilligi va abadiyligiga dalolat qiladi.

[1:06] Mana shu ismning lavozimlaridan Alloh Al Malik, ya'ni haq ma'bud. Ibodat qilinishlikka haqli bo'lgan yagona zot, Al Malik. Har kuni biz duo qilamiz. Maliki yalmiddin, iya akana abdu va iya akana stain. Qiyomat kunining egasi, yolg'iz seni o'zingagina ibodat qilamiz, yolg'iz sening o'zingagina suyanamiz.

[1:34] Insonni bu dunyoda turishligini sababi, illati ibodat. Nimaga keldik bu dunyoga? Nima uchun keldik bu dunyoga? Javob. Istaydu billa, va man halokutil jinna val inisa illa li abudun. Alloh aziz va jal aytadi, men jins va insni faqat o'zimga ibodat qilishlik uchun yaratdim. Bizni bu borliqda turishimizning hikmati, illati sababi bitta. Bu ibodat. Ibodat nima o'zi?

[2:10] Ibodat abadiy saodatga olib boruvchi, asosi aniq ishonch, ilm bo'lgan, qalbiy muhabbatga aralashgan ixtiyoriy itoatdir. Juda nozik ta'rif. Namoz o'qiysiz, majbur o'qiysiz. Ibodat emas bu. Ixtiyoringiz bilan o'qish kerak. Namoz o'qisiz, muhabbatsiz ibodat emas. Muhabbat bilan qilinishlik kerak. Birodarlar, namozga muhabbat bilan yondashing, ixtiyoringiz bilan yondashing, aniq ishonib turib yondashing, shunda ibodat bo'ladi. Endi tushunyapsizlarmi nima uchun bizni ibodatlarimizda bu huzul halovat yo'q biz uchun. Juda ko'p o'rinlarda.

[2:52] Yo ishonch yo'q, yo muhabbat yo'q, yo ixtiyor yo'q. Shulardan bittasi yo'q bo'lganda, ibodat bizga huzul bermaydi. Alloh aziz va jalla bu koinotni bizga berdi. Mana shu koinot o'zining yaratuvchisi bor ekanligini siz bilan bizga so'zlaydi. Uning oliy sifatlari, go'zal ismlari haqida. Alloh taolo bizga aqlni berdi. Ana shu aqlimiz sababli biz Allohnı tanishimiz mumkin. Qur'onda mana shu tafakkur qilishlikka, aql yurgizishlikka dalolat qiladigan juda ko'p oyatlar bor. Afalaviy aqlun. Axir ular aql yurg'izishmaydimi? Afalav tadakkarun. Eslatma olmaysizlarmi?

[3:37] Va nafsin vomas savvaha, fa alhamaha, fujuraha va taqvaha. Bu nafsni Alloh Taolo shunday qilib beradiki, u yaxshilik qilishlikka ham, yomonlik qilishlikka hamm moyil. O'ng tomonga ham egilaveradi, chap tomonga ham egilavoradi. Nafs o'rtada qilib berilgan. Va nafsin vamas savvaha.

[4:01] Unga f alhamaha fujuraha. Fisqi fujurni ham ilhomini bergan va taqvaha. Taqvosini ham ilhomini bilgan. Ikkala tomonga teng ega ega oladi. Shunda inson nafs nimani tollasa, shunga yarasha mukofotni yoki jazoni oladi. Mana shu nafsini poklashiga bilan inson eng oliy martabalarga ko'tariladi. Ammo nafsini ko'yiga kirib ketadigan bo'lsa, asfalt sohiliga yolg'on bo'ladi.

[4:31] Al Malik ismining lavozimlaridan. Inson dunyoda yasharkan, ixtiyori bor. Bir ishni qilish qilmaslikka. Unga yoki chopga yurishga. Endi o'limi oldida undan mana shu ixtiyor olib qo'yiladi. Birodarlar, biz tirikmiz, hali ixtiyorimiz qo'limizda. Fa man sha'af al yomin va man sha'af al yakfur. Kim xohlasa, iymon keltirib muammo bo'lsin, kim xohlasa, xohlab o'zi kofir bo'lsin. Imma hadayna hus sabiyla, imma sha'kirov va imma kafuro. Inson surasida Alloh aytadi, darhaqiqat biz uni, insonni, xoh u shukur qilguvchi musulmon bo'lsin, xoh ko'r, demak kofir bo'lmasin, to'g'ri yo'lga hidoyat qildik. Inson toifasini hidoyat qilib qo'ydi, endi inson buyog'i ixtiyor o'zini qo'lida. Xohlasa musulmon bo'ladi, xohlasa kofir bo'ladi.

[5:31] Alloh aziz va jalloh o'zini tanitadigan bu koinotni yaratib qo'ydi. Amallarimizning g'ilofi bo'lgan vaqtni berib qo'ydi, to'g'ri yo'lga boshlaydigan tafsiliy manhajni berib qo'shdi. Keyin ixtiyorni berdi. Mana koinot, mana vaqt, mana manhaj, endi ixtiyor sendan. Xohla bularni ushlab ol, xohla bilgan ishingni qil. Endi o'limi oldida shu ixtiyor olib qo'yiladi. Qarang, o'lim kelgunga qadar musulmon kofir bo'lish ixtiyori bor.

[6:07] Xo'p, mana endi kofir inson dunyodan chiqib ketayotgan paytda ixtiyor olib ko'yildi. Endi muammo bo'laman desa, endi foydasi yo'q. Ya laytani qoddam tulih hayati. Aytadiki, eh, koshkiydi men hayot vaqtimda yaxshi amallarni qilib qolsam edi. Endi vaqt o'tdi. Alloh taolo mana shular haqida xabar beradi. Istaydi bilar. Ya umayati babu aya'ti robbik. La yonfa u nafsan i ma'nuha. Lam takun amalat min qobil, av kasabat fii i ma'nihah hayron. Parvardigoringizning ayrim oyatlari keladigan kunda esa, ilgari iymon keltirmagan yoki iymonida yaxshilik qilmagan biron jonga endi keltirgan iymoni foyda qilmas.

[6:56] Rasulullohdan so'rashdi. Ayyu sadaqa bi a'lamu ajron, yo rasululloh. Savobi eng ulug' bo'lgan sadaqa qaysi? Qaysi sadaqani savobi eng ulug'? Rasul aytdilar, anta tasoddaqa va anta saxiyhun. Shahiyhun. Tahshal faqir va ta'minul g'ina. Sog' bo'lib turgan paytingda. Baxil bo'lib turgan haytingda. Kambag'al bo'lishdan qo'rqib, boy bo'lishdan umidvor bo'lib turgan baytda qilgan ehsoning eng yaxshi ehson. Ya'ni o'zingga rosa kerak bo'lib turgan bo'lib turgan qaytda qilgan exsoning. G'arg'ara mana bu yerga kelganda dedilar rasulullohga ketay endi ko'rsatib. Muallimni falonchi qismi falonchiga, pokinchisi pokinchiga dema.

[7:42] Endi pul ularniki bo'ldi deydilar. Shuning uchun ajal kelgunga qadar qilingan ish savobli amal insonga foyda qiladi, ammo g'arg'ara kelgandan keyingisini foydasi yo'q. Shuning uchunga haqiqiy unuvorlik hali kech bo'lmasdan turib, hali vaqt o'tmasdan turib, hali ajal kelmasdan turib, haqni tanishligingizdan.

[8:08] Endi ajal keldi. Insonni hurriyatini Alloh olib qo'ydi, ish bitdi. Tirik turgan eding, rizqing ravon kelib turuvdi. Qo'lingda amal qilishga hamma imkoniyating bor edi. Tavba qilishing mumkin edi. Ayblarni tuzatishing mumkin edi, Allohga qaytishing mumkin edi? Endi vaqt o'tdi. Qayoqdan bilasiz? Bugungi juma siz uchun oxirgi jumadir. Alloh xayrli ishlar bilan umrimizni davomiy qilsin. Lekin qayoqdan bilasriz?

[8:41] Sakkiz yuz million dollar pul topiladi deyapti. Arab yurtlaridan bittasida bir odam. Endi ajal aniq bo'lib qoldi. Yoshini o'qigan ekan degan domlaga, endi nima qilaman deyapti. Bir kun, ikki kun o'n birin qoldi dedi doktor. Bu yoqda Allohni hadyasi dedi. Endi nima qilaman deyapti? Nima qiladi endi bu odam?

[9:05] Kallangiz ketyaptimi? Bir million o'rmonga bersa, yuz million o'rmog'a, endi foydasi yo'q unga. Endi hech narsa qila olmaysan. Kazinolardan, barlardan, restoranlardan topgan puli edi. Endi nima qiladi? Endi hech narsa qila olmaydi. Chunki ajali kelib qolganligini bilgandan keyin qilgan amali foydasi yo'q birodarlar. Shuning uchun g'animat bilaylik, g'animat bilaylik. Mana, yer yuzida yashab o'tgan eng katta kofir kim edi? Fir'avn edi. Nima degan edi? Ana robbukumul a'la degan edi. Men sizlarning eng oliy robbingizman, men xudoman degan edi. Mening ilohimman degan edi. Xo'p, ajali kelganda nima bo'ldi?

[9:51] Suvga cho'kayotganda nima bo'ldi? A man to anna hula ilaha illalladiy a manabbi hibani usroil dedi. Hech qanday iloh yo'q, magar banu isroil iymon keltirgan zot allohgina bordir, men unga iymon keltirdim dedi. Ixtiyor olib qo'yilganidan keyin. Cho'kayotgandan, foyda qildimi?

[10:13] Robbimiz subhanah va taolo al malik bo'lgan zot. Hamma narsa Alloh Taoloning ixtiyorida, tasarrufida. Ixtiyorimiz qo'limizga berib qo'yilgan paytda amal qilib qoldik. Endi ixtiyorimiz olib qo'yg'an paytda qilgan sadaqamizni ham, aytgan kalimamizni ham foydasi yo'q birodarlar. Inson o'limi oldida ko'zi ochiladi. Eskiradi. Albatta o'lim sharbatini hammamiz totaymiz. Shunda hammani ko'zi ochilad, ilmli bo'lib qoladi. Lekin bu ilmni bu insonga foydasi yo'q. Robbimiz mana shu holatni siz bilan bizga bayon qilib shunday deydi. Istaydi billa. Fakashshafna anka g'itoak faba sori kal yavma hadid. Ey inson, biz sendan pardangni ochib yubordik. Ya'ni o'lim oldida ko'radi inson, ba'zi narsalarniki tirigida ko'ra olmas edi. Chunki ko'zida parda bor edi. G'ayb olamini ko'rmading inson. Endi ajal yaqinlashgan paytda ko'ziga ko'rinadi g'ayb olaming vakillari. Farishtalar ko'rinadi.

[11:17] Biz sendan pardangni ochib qo'yamiz. Endi bu kun sening ko'zing juda o'tkirdir. Hadislarda keladi. Mo'min banda dunyodan chiqib oxiratga o'tayotgan lahzalar kelganda, tili so'zidan qoldi, ko'zi ishlab turibdi, quloq ahli ishlab turibti. Uni xaridorlari turadi. Oppoq yuzlik, chiroyli bir yuzlik. Farishtalar Jannatdan bo'lgan kafanliklar bilan kutib turadi, ko'radi. Mana endi ko'zi o'tkir bo'lib qoldi. Ulug'vorlik nimada, birodar? Iymonni munosib vaqtda keltirishligingizda. Sog'lom bo'lib turgan paytingizda, baxil bo'lib turganingizda sadaqa qilishingiz, umringizni rosa avjida turganda iymon keltirishingiz. Qo'l quti issiq, hamma imkoniyatlaringiz ustingizda bo'lib turgan paytda Allohni ibodatlarini qilishligingiz.

[12:07] Ey inson, bas, biz sendan pardangni ochib yubordik, endi bu kun seni ko'zing juda o'tkurdir. Parvardigoringizning ayrim oyatlari keladigan kunda esa, ilgari iymon keltirmagan, yoki iymonida yaxshilik kasb qilmagan biron jonga endi keltirgan iymoni foyda bermas.

[12:31] Faraz qiling, bir katta bir jomiyaga bir talaba kirib, imtihondan o'tib, shu jomiyani talabasi bo'lmoqchi. Keldi, imtihondandan o'ta olmadi. Bu yilgi qabul tugadi. Endi bu yigit uyiga borib, qaytadan kitobni o'qib, yana ekzamini topshiraman deb borsa jomega. Bu aqldan qilingan ish bo'ladimi? Bo'ldi. Bu yilgi qabul tugadi. Endi keyingi yilga harakat qilasiz. Xuddi shunga o'xshagandek, ajali kelib qolgandan keyin inson, agar meni alloh taolo imkoniyat bersa, qaytib hayotga qaytarsa, endi savob ishlarni qilib qolaman deyishligi, xuddi mana shu talabani ishiga o'xshaydi. Bu talabani ishi oson, keyingi yil yana bir harakat qilib ko'rishi mumkin. Ammo ajal kelgan paytda inson orqaga qaytishligi mumkin emas.

[13:25] Nafas olib turibmizmi? Yuragimiz urib turibdimi? Aql hushimiz o'rnida oyoq qilib ishlab turibdimi? Iymonda sobit bo'laylik. Chunki ajal kelganda, bu narsalarni hammasi yopiladi. Asarlarda keltiriladi. Bir odam vafot etdi, qabrga qo'yib sheriklari ketishdi. Shunda Alloh Taolo aytadi. Ey bandam, seni qo'yib o'zlari ketishdi. Tuproqqa ko'mishdi. Agar sen bilan qolishganida ham, senga ularni foydasi tegmas edi. Endi sen uchun faqatgina Men borman. Men esa hargiz o'lmayman, Men Al Hay bo'lgan Zotman. Hammamizni ro'paramizni turibdi birodar Alibo Jal. Kimga ellik yil, kimga oltmish yil, kimga yetmish yil,kimga sakson yil, lekin keladi bu ajal.

[14:16] Al malik ismli lavozimlaridan vaqt o'tmasdan turib iymon keltirish kerak, vaqt o'tmishdan avval amallarga ulgurib qolishlik kerak. Umarun xato boziyallohu anhuni oldiga aroqxo'rni olib kelishdi. Xalifa xabni qo'llanglar, jazoni beringlar dedi. Shunda haligi o'g'ri falsafasi o'qidi. Ey Amir al-Mo'minin dedi. A shunaqa bo'lishini Alloh taqdir qilgan u dedi.

[14:47] Ya'ni Alloh taqdirga qilgan ish bo'ladi. Bo'ladi. Alloh taqdirqilmagan ish bo'lmaydi. Mana men aroq ichibman. Demak shu ish bo'ldi. Demak Alloh nima qilgan buni? Taqdir qilgandi. Endi Alloh yozgan ishni qilsam, meni jazo lestimi deganida xalifa jazoni ikki marta beringlar dedi. Bittasi aroq ichgani uchun, ikkinchisi Allohga tuhmat qilgani uchun dedi. Ya'ni o'zini aroqxo'rligini taqdirga to'ngayapti. Allohga to'ngaydi, meni Alloh shunaqa aroqxo'p qilib qo'ygandir. Ba'zi bir ilmsiz, savodsiz, farosat kalti odamlar o'zini qilayotgan gunohini taqdirga uyadi. Alloh shunaqa bo'lishini xohlamaganman men bo'lamidim deydi. Allohning taqdiri seni bir ishni qilish qilmaslikka majbur qilmaydi. Allohni taqdiri nima? Sen dunyoda ixtiyoriy bilan qiladigan yoki qilmaydigan ishingni burun bilib yozib qo'yishligi. Taqdirga nima bitilgan? Seni ixtiyoring bitilgan. Anaqa da ixtiyoring bilan ishdimi yo biror bir tumshug'ingni qo'yib qo'ydi, mana bu qo'lingni baylab. Ixtiyoriy bilan ishlaymi? Ishmasliging ham mumkinmidi? Ha. Endi jazoni olasan. Shuning uchun taqdirni tushunib tushunmasdan o'zini qilayotgan gunohiga hujjat qilayotganlar unaqa falsafa so'qinmay qo'yaversin.

[16:07] Yana bir o'g'ilni olib kelishadi. Ya amir olimumining, Alloh taqdir qilgan ish bo'ldi. Alloh meni o'g'irlik qilishimni yozgan ekan, men o'g'irli qildim. Endi shuning uchun jazolaysizmi meni degan edi, ha. Seni o'g'illi qilishini yozgan taqdirga, seni qo'lingni kesishim ham yozilgan, achchiq qilib qo'limni kesiladi dedi. Shuning uchun nima ish qilasan, qilmaysan ixtiyoring o'zingni qo'lingda. Buyurilgan ishni qilasanmi, qaytarilgan ishni qurasanmi, ixtiyoringda. Hali ajaling kelmasdan turib bu narsalar ixtiyoringda, lekin ajal kelgandan keyin, sendan bu ixtiyor olib qo'yiladi. Qaysi ishlar bizni ixtiyorimizda emas? Kimni bolasi bo'lishimiz? Qaysi yurtda yashashimiz? Qaysi zamonda yashashimiz? Rangi ro'yimiz, shakli shamoyilimiz. Bu ishlarda bizni ixtiyor yo'q. Shuning uchun bu narsalar bizdan so'ralmaydi qilomatda. Nimaga sen o'g'il bola bo'lgansan? Nimaga sen o'zbek bo'lgansansan, qirg'iz bo'lgansanku, tojik bo'lganssan deb so'ralmaydi. U bizni ixtiyorimdan tashqari ishlarda.

[17:13] Endi ixtiyorimizda bo'lgan ishlarga qiyomat kunida javob beramiz. Uy qurmoqchi bo'lsak, ishni boshidan boshlaymiz. Ishni boshi nima? Uy quruvchilikda? Nima? Uy solganlar bormi? Hozir hamma uy solyapti. O'shaning uchun stroy material olmagansizlarni, ishi zo'r ketyapti. Ulgurmayapti, to'g'rimi? Materiallar kelib. Uy boshlashdagi birinchi ish nima?

[17:41] Proyekt pul. Pul. Proyekt ham, sxema ham bo'lmaydi, agar nima bo'lmasa. Har qanday ishni boshlayotganimizda boshidan boshlaymiz. Bu aqldan. Ishni oxiridan boshla degan tushuncha bor. Nima degani? Sodiq iymonida. No ming kishi har qanday ishini boshlayotganda, ishni oxiriga qarab turib, boshlaydi. Ya'ni ishni oxirida o'lim bor. Har qanday ishni oxiridagi o'lim bor. Yetmish yil ishlaysan, o'lasan. Ishni oxiriga qarab turib boshlaydi. O'limni albatta hisob kitob qilishlik kerak. Agar inson har bitta ishni boshlayotganda, o'lim kelganda, nima deb javob beraman bu ishim ustida degan e'tiqod bilan, tushuncha bilan ish boshlasa, bu odam ikki dunyoda najotga erishadi. Ma'no ishni qilsam, qiyomatda hisob kitob og'ir bo'ladi. Ma'noni eshitsam, Alloh Taolo meni so'roqqa tutadi. Ma'no tijoratga kelishadigan bo'lsam, albatta buni hisobi og'ir bo'ldi.

[18:48] Allohni huzurida, o'limidan keyin turib beradigan hisob kitobini o'ylab turib boshlasin da inson dunyodagi ishlarni. Hamma ishlarni tarafga kelib qoladi. Birovni yeri, birovni yeri o'ttiz yil kolxozda ishlagan, chekda zakonniy olgan uchastkani. Ozgina sportniy bo'lib qoldi, siz ozgina uzatib qo'yasiz, olib olasiz.

[19:12] U ayol hukumat sizga dokument qilib berganligi bilan halol bo'lib qolmaydi, shuninglar bu narsani. Ey, yer ustida problemaga kerak ekanlar. Sudlashdingiz. Sud sizni poydezga yechimni chiqarib berdi. U halol bo'lib bo'lmaydi sizga. Bu ayla hukumat hukm so'z chiqarib bergan qaror emas. Muhammad alayhissalom aytyaptilar.

[19:34] Agar ikkitalar meni oldimga kelsalar bir masalada tolashib. Biringlar o'zini hujjatini keltirishida so'zga ustunroq bo'lsa, ikkinchisi nonoqroq gapga. Vaholanki mana shu gapga nonoq bo'lgan odam haq. Birinchi odam nohaq. Lekin dalil hujjatni chiroyli keltirsa, Rasululloh aytyaptilar, men ham odamman, qalbiylikdagi narsani bilmayman.

[19:57] Hujjat dalilini chiroyli keltirmaganga hukm chiqarib beraveraman, uni haqqini bunga olib beraman. Bilib turibdi o'zini nohaqligini. Kimga shunday qilib, birodarini haqqini olib berayotgan bo'lsin, olmasin. Chunki men unga do'zaxdan bir parchasini hukm qilib beryapman deydilar. Shuning uchun o'sha qilib birovdan chekini zulm bilan tortib olgan, yo'lini qilib o'zini chiqib olganlar bo'lsa, rozi qilinglar.

[20:24] O'sha qilib zulm bilan olib olgan, nochor bilan olib olib olgan, o'sha uyda baraka topmayapti. Uyda baraka topmadi. Hamma yog'ini kafil, hamma yog'ini mramor qilib tashlamaydimi? Motamniki birovni haqqimi? Ollohdan qo'rqsin. Ertalashayotganlar, sizni pulingiz ko'p, bir besh ming dollar shunday berib qo'yasiz, olib olasiz. Narigi o'ttiz yil ishlagan kalxozchi nima qiladi? Yig'lab yig'lab qolaveradi.

[20:50] Agar tinmay boshingizdan kasal arimayotgan bo'lsa, uyingizda baraka bo'lmayotgan bo'lmasa, farzandlaringizni hayotida bir xotirjamlik bo'lmayotkan bo'lsa, qarang da, birovni haqqi emasmi mana shu uy? Ishni qayerdadan boshlash kerak ekan? O'lchov, tushuncha tuzalsin. Tushuncha o'lchov tuzalsin. Ponyatiyalarimiz tuzalsin. O'shani lekin yerda berasiz egasiga.

[21:15] Chunki yutdim deb o'ylayapsizmi? Yutmaysiz. Alloh taoloning huzurida turishni o'ylab turib ish boshlasa bir banda, albatta natijasi yaxshi bo'ladi. Shundagina Allohni amrida mustaqil bo'ladi. Al Malik ismining ma'nolaridan, qul. Fa man yam liku laku minallohi shay'an in aroda bekum doron av aroda bekum nafa'a. Ayting deyapti Alloh taolo Fath surasida. Agar Alloh sizlarga biron ziyonni istasa, yoki u sizlarga biron manfaatni istasa, u holda kim sizlar uchun Alloh tomonidan bo'lgan biror narsani daf qilishga qodir bo'lur?

[21:58] Siz. Noto'g'ri ish qilib olib oldingiz, Alloh balon yuborsa ustingizga. Kim to'sib qola oladi? Yoki aksincha, siz bir yaxshilikni qildingiz, Alloh sizga mukofot bermoqchi. Kim to'sib ololadi mukofotni? Ishni oxiridan boshlaylik birodar. Jasadingizdagi birodar bittagina a'zoyingizdan chiqib, ishdan chiqib qoladigan bo'lsa, tamom. Hayotingiz azobga aylanadi. Miyangizdagi bitta tomir yorilib ketadi, tamom. Shol bo'lib qolasiz. Mashinangizda tez ketyapsiz, ikki sekundga ko'zingiz yumildi. Bo'ldi, pishdingiz. Shuning uchun birodarlar, qaysi ishni qilishni boshlamaylik, nima ishga kirishmoqchi bo'lmaylik, Allohga beradigan javobimizni tayyorlab qo'yaylik. Biror qarorni qabul qilishdan avval, g'azablanishdan, xursand bo'lishdan avval, Allohga beriladigan javobmizni tayyorlab qoyaylik. Qo'lida odamlarda qamash yoki ozod qilish imkoniyati bor mansabdor kishi bir nasihat so'rab, bir shayxni oldiga keldi. Ya'ni qo'lda shunaqa mansab bor, odamlarda qom olib yubora oladi yoki ozodga yubora oladi. Shunda bu shayx, bu qozini, bu sudni g'aflatdan uyg'onsin deb, nasihatini qarang. Hammani qomab tashladi.

[23:14] Kelganda qomaver bir chekkadan dedi. Mahkamaga keldimi, sudga, bir chekkadan qomaver hammasini dedi. Desa, haligi, sud, e, nima deganingiz? Hammani bir chekkadan qomayversam, hukumatga nimadan javob beraman dedi. Shayx, hukumatiga javob berishingni o'ylayotganingdek, har bitta chiqargan hukmingda Allohga javob berishini ham o'ylab qo'y dedi.

[23:40] Dunyoda so'raydi da uni shu qozilikka, sudga qo'ygan hukumat. Nimaga qolmading deb. Qiyomatda ham xuddi shunday so'raladi. Birodarlar, gunohlarning turlari bor. Kechirilmaydigan gunohi bor. Bir shirk. Qoldirilmaydigan gunoqi bor, odamlarni haqqi. Endi kechiriladigan gunohlar bor. Alloh bilan bandani o'rtasida bo'ladigan gunohlar. Nima uchun shirk kechirilmaydi? Bir misol bilan tushuntiramiz bu narsani. Bir babavlot odam safardan qaytyapti o'zini yurtiga, poyezdga bilet oldi. Eng qimmat vagonidan. Lyuks vagonidan. Eng qimmat, bu yoqdagi oddiy vagonlardan bir necha barobar narxi baland. Lekin mana shu poyezdga kelib o'tirayotganda, bir qancha xatolarga yo'l qo'ydi. Birinchi xatosi. O'sha lyuks vagonga chiqmasdan, oddiy vagonga chiqib oldi.

[24:36] Ikkinchi xatosi. O'tirgan joyida bir mazza bemaza qiluvlarni qiladigan yosh yigitlar bilan o'tirib qoldi. Shahariga yetib kelguncha ko'yni aynib ketdi ularni muomalasidan. Uchinchi xatosi. Vagonda o'tirayotganda, kursni tolayotganda, vagonni yurishiga teskarisi kursiga o'tirib oldi. Vagonda o'tilgan kursni poyezni yurishiga tez karim bo'lib qoldi. Ketguncha boshi aylandi. To'rtinchi xatosi, qorni och qolib ketdi. Bu poyezdni ichida vagon restoran borligini bilmas edi.

[25:07] To'rtta xato yo'l qo'ydi, shaharga qaytib kelguncha juda ko'p qiylandi. Ammo bitta ishi to'g'ri edi. O'zini shaharga kelayotgan poyezdga chiqqan edi. Qiylandi, ko'ngli ozdi, och qoldi, bolalarni muomalasidan bir qalbi ezildi, lekin belgilangan mahalda o'zini shahriga yetib kelib oldi. Endi o'zini shaharga kelib olgandan keyin, bu muammolar esdan chiqib ketdi.

[25:32] Vagonda adashtirdi, kerak emas joyga o'tirdi, restoranda bilmadi. Bular xato edi, lekin kechiriladigan xato edi. Eng muhimi o'zini shahriga kelib olgani bor edi. Ammo uni holatida kechirilmaydigan xato qanaqa xato bo'lar edi? Boshqa foizga o'tirib olishligi. Boshqa vagoningizga o'tirib olsin, lyuks vagonda o'tirsin, to'g'ri kreslada o'tirsin, odobli odamlar bilan o'tirsin, lekin boshqa vagonga o'tirib olganligi, bu huzur halovatlarni yo'q qilar edi.

[26:06] Lillahi ila sal ala. Tushundinglarmi misolda? Inson dunyoda katta kichik xatolarga yo'l qo'yadi, lekin iymonda, e'tiqodda, sobit turadigan bo'lsa, dunyodan chiqib ketayotganda, Parvardigor undan rozi bo'lganda, saodatni topadi. Shuning uchun sen menda xato kamchiliklaring bor, nuqsonlaring bor. Shunaqalaring bo'lib turib Allohga iqbol qil, Alloh seni qabul qiladi. Ammo o'zingga o'xshagan odamlarga iqbol qila oladigan bo'lsang, qalbingni odamlarga bog'laydigan bo'lsang. Bu shirk bo'lib qoladi.

[26:37] Al Malik ismining lavozimlaridan. Yolg'iz Uni o'ziga iltijo qilish. Hamma narsa Allohni qo'lida ekanligini bilsang, yolg'iz O'ziga yuzlanasan, boshqa hech kimga umid qilmaysan. Va hech kim oldin egilmaysan. Man jala seyra'g'oniy in fotog'a abla ala hu zahadat sulifa dinihi. Keyin boy bilan o'tirib, u uchun o'zini xori tutsa, diniyning uchdan ikki qismi ketibdi. Puldornigi shunday egilib turibsiz uni oldida. Uni bir savobli amali, xayrli ishlari, go'zal axloqi, ilmiy emas, faqat boy bo'lganligi uchun mana shunday qilib turibsizmi? Diningizni uchdan ikkisi ketdi.

[27:19] Agar siz almalik bo'lgan robbingizni taniysangiz, birovga unaqa egilmaysiz. Utlu bul havo i ja bi aizzati innafs. Fa imnal umura tajribil qima qodir. Hojatlaringlarni ravo bo'lishini izzat nafs bilan talab qilinglar. Birovdan bir hojatingizni so'rasangiz, xorlanmang degani. Chunki ishlar taqdirda yozilgani bo'yicha bo'ladi. Qattiqroq yalinsangiz, ko'proq egilsangiz, ko'p oy eshikda qulni qilib tursangiz, beradi emas. Alloh taqdir qilgani uchun beradi.

[27:51] Al imanu bil qadar yuzahibul hamma val hasan. Qazoyi qadarga bo'lgan iymon g'am qayg'uni ketkazadi. Payg'ambarimiz aytadilar, vo alam annama axto aka lam yakunli yusibuka. Bilgin ki, seni chetlab o'tib ketgan narsa adashishligi mumkin emas edi. Senga kelib qolmas edi. Endi senga kelgan narsa ham adashib ketib qolmas edu. Ustunga kelgan narsa ham addashmasdan keldi, ustunga kelmagan narsa ham adashmasdan naryoqqa qarab ketdi. Demak, birodarlar, Alloh Taoloning Al Malik ismi siz bilan bizni o'z vaqtida iymon ketinchlikka, imkoniyatlarimiz o'zimizda bo'lib turgan paytda savobli amallarni qilishlikka, shoshilishlikka da'vat qiladi. Hamda almalik bo'lgan robbimiz subhanah va taoloning o'zigagina qalbimizni bog'lab, bandalardan behojat bo'lishlikka da'vat qurishadi. Aquli qovli ha'da, astag'firullohu alayhi valakum. Imnallohu va malaka tuhuyusaluna ala nabi, ya yuhalladina amanu sollallohu alayhi vasallim mutaslima. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

## Quran and hadith quoted in this lecture

- [0:29] Quran Az-Zumar 39:18
  - Said in the lecture: “minmay yasta me'un al qovli fayetta bi una husana va”
  - Arabic: ٱلَّذِينَ يَسْتَمِعُونَ ٱلْقَوْلَ فَيَتَّبِعُونَ أَحْسَنَهُۥٓ ۚ أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ هَدَىٰهُمُ ٱللَّهُ ۖ وَأُو۟لَٰٓئِكَ هُمْ أُو۟لُوا۟ ٱلْأَلْبَٰبِ
  - Uzbek translation: Ular gapni eshitib, eng goʻzaliga ergashadiganlardir. Ana oʻshalar Alloh hidoyat qilganlardir. Ana oʻshalar, ha, oʻshalar aql egalaridir. (Ushbu jumladan bilinadiki, odamlar ikki toifa–Allohga yoki togʻutga ibodat etadigan boʻladi. Uchinchi xili boʻlishi mumkin emas. Allohga ibodat qilmagan odam, albatta, togʻutga, yaʼni, Allohdan oʻzgaga sigʻingan boʻladi. Men dinsizman, hech narsaga ibodat qilmayman, deganlar yolgʻon gapiradilar. Ular, hech boʻlmasa, havoi nafsiga yoki oʻzi aʼzo boʻlgan jamiyatning urf-odatiga boʻysunadilar–ibodat qiladilar.)
- [5:03] Quran Al-Insaan 76:3
  - Said in the lecture: “Imma hadayna hus sabiyla, imma sha'kirov va imma kafuro.”
  - Arabic: إِنَّا هَدَيْنَٰهُ ٱلسَّبِيلَ إِمَّا شَاكِرًۭا وَإِمَّا كَفُورًا
  - Uzbek translation: Albatta, Biz unga yoʻl koʻrsatdik. (U esa) yoki shukr qiluvchi, yoki kufr qiluvchi boʻldi.
- [6:36] Quran Al-An'aam 6:158
  - Said in the lecture: “u nafsan i ma'nuha. Lam takun amalat min qobil, av kasabat fii i ma'nihah”
  - Arabic: هَلْ يَنظُرُونَ إِلَّآ أَن تَأْتِيَهُمُ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ أَوْ يَأْتِىَ رَبُّكَ أَوْ يَأْتِىَ بَعْضُ ءَايَٰتِ رَبِّكَ ۗ يَوْمَ يَأْتِى بَعْضُ ءَايَٰتِ رَبِّكَ لَا يَنفَعُ نَفْسًا إِيمَٰنُهَا لَمْ تَكُنْ ءَامَنَتْ مِن قَبْلُ أَوْ كَسَبَتْ فِىٓ إِيمَٰنِهَا خَيْرًۭا ۗ قُلِ ٱنتَظِرُوٓا۟ إِنَّا مُنتَظِرُونَ
  - Uzbek translation: Ular farishtalar kelishini, yo Robbingning kelishini yoki Robbingning baʼzi oyatlari kelishini kutmoqdalar, xolos. Robbingning baʼzi oyatlari kelgan kunida hech bir jonga, oldin iymon keltirmagan yoki iymonida yaxshilik kasb qilmagan boʻlsa, iymoni naf bermas. Sen: «Kutaveringlar, biz ham kutguvchilarmiz», deb ayt. («Robbingning baʼzi oyatlari»dan murod–lol qoldiruvchi moʻʼjizalar. Shunday talablar qilingani ushbu suraning avvalgi oyatlarida ham bir necha marta zikr qilingan edi. Agar oyati karimaga umumiy holni eʼtiborga olib taʼvil beriladigan boʻlsa, «farishta»lardan murod–oʻlim farishtalaridir. «Robbingning kelishi»–qiyomat kunining qoim boʻlishi; «Robbingning baʼzi oyatlari»–qiyomat alomatlari, demakdir.)
- [7:11] Hadith: Sahih al-Buxoriy, 1419 (grade: Sahih)
  - Said in the lecture: “tasoddaqa va anta saxiyhun. Shahiyhun. Tahshal faqir va ta'minul”
  - Arabic: أن تصدق وأنت صحيح شحيح، تخشى الفقر وتأمل الغنى، ولا تمهل حتى إذا بلغت الحلقوم قلت لفلان كذا، ولفلان كذا، وقد كان لفلان
- [10:51] Quran Qaaf 50:22
  - Said in the lecture: “Fakashshafna anka g'itoak faba sori kal yavma hadid.”
  - Arabic: لَّقَدْ كُنتَ فِى غَفْلَةٍۢ مِّنْ هَٰذَا فَكَشَفْنَا عَنكَ غِطَآءَكَ فَبَصَرُكَ ٱلْيَوْمَ حَدِيدٌۭ
  - Uzbek translation: Albatta, sen bundan gʻaflatda eding. Bas, Biz sening pardangni ochdik va bugun koʻzing oʻtkirdir.
- [21:35] Quran Al-Fath 48:11
  - Said in the lecture: “Fa man yam liku laku minallohi shay'an in aroda bekum doron av aroda bekum nafa'a.”
  - Arabic: سَيَقُولُ لَكَ ٱلْمُخَلَّفُونَ مِنَ ٱلْأَعْرَابِ شَغَلَتْنَآ أَمْوَٰلُنَا وَأَهْلُونَا فَٱسْتَغْفِرْ لَنَا ۚ يَقُولُونَ بِأَلْسِنَتِهِم مَّا لَيْسَ فِى قُلُوبِهِمْ ۚ قُلْ فَمَن يَمْلِكُ لَكُم مِّنَ ٱللَّهِ شَيْـًٔا إِنْ أَرَادَ بِكُمْ ضَرًّا أَوْ أَرَادَ بِكُمْ نَفْعًۢا ۚ بَلْ كَانَ ٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرًۢا
  - Uzbek translation: Ortda qolgan aʼrobiylar senga, molimiz va ahlimiz bizni mashgʻul qildi, bizga istigʻfor ayt, derlar. Ular qalblarida yoʻq narsani tillari ila aytarlar. Sen: «Agar Alloh sizga zararni iroda qilsa yoki sizga manfaatni iroda qilsa, kim sizlarni Allohdan (keladigan) biror narsadan (toʻsishga) molik boʻladir? Balki Alloh qilgan amallaringizdan xabardordir», deb ayt. (Ular aslida qoʻrqanlari uchun «Quraysh yaqinda Muhammadni Madinada Uhud urushida magʻlub qildi, endi Muhammad ularning yurtiga borib nima qila olar edi», deya qoʻshilmagan edilar. Ammo Alloh taoloning yordami bilan bu gal ish yaxshilik bilan tugab, musulmonlarga zafar yor boʻlib qaytganlarida, iymoni zaif xoinlar, Paygʻambar huzuriga kelib, uzr ayta boshladilar.)

## Self-check quiz

Generated automatically from the lecture; not reviewed by a person.

1. Ustoz ajal kelgandan keyin qilingan iymon yoki amallar haqida qanday fikr bildiradi?
   - a) Foydasi yo'q, ixtiyor olib qo'yilgan — correct
   - b) Agar samimiy bo'lsa, qabul qilinadi
   - c) Savobi avvalgilaridan ko'ra ulug'roq
   - d) Faqat yaqinlari uchun foydali bo'ladi

2. Ustoz qabul imtihonidan o'ta olmagani talaba misolida ajal kelgandan keyin amallarni qayta qilish imkoniyatini qanday ta'riflaydi?
   - a) Keyingi yilga qoldirilgan vazifa
   - b) Jazoga o'xshash holat
   - c) Qayta sinash uchun imtihon
   - d) Aqldan qilingan ish, chunki qabul tugagan — correct

3. Ustoz insonning har bir ishni boshlashidan oldin qanday e'tiqodda bo'lishini talab qiladi?
   - a) Ishni tezroq tugatishni o'ylab
   - b) Faqat pul va materiallarni hisoblab
   - c) O'lim va hisob-kitobni nazarda tutib — correct
   - d) Boshqalardan yordam so'rashni rejalashtirib
   - Why: Darsda inson har qanday ishni boshlayotganda, ishning oxiridagi o'lim va qiyomatdagi hisob-kitobni nazarda tutib, sodiq iymon bilan harakat qilishi kerakligi ta'kidlanadi. [17:41–18:46]

4. Ustoz birovning haqqini zulm bilan tortib olganlarning uyida nima bo'lishini aytadi?
   - a) Baraka ortadi
   - b) Mol-mulk ko'payadi
   - c) Farzandlari ko'payadi
   - d) Baraka topmaydi — correct
   - Why: Ustoz birovning haqqini zulm bilan olib olganlarning uyida baraka topilmaydi, deb ta'kidlaydi. [20:24–20:48]

5. Ustoz Al Malik ismi haqida gapirib, insonning boy odam oldida xorlanib egilishini nima deb ta'riflaydi?
   - a) Diningning uchdan ikki qismi ketishi — correct
   - b) Kichik bir xato qilish
   - c) Boylikka umid qilish
   - d) Ijtimoiy muloqotning bir qismi
   - Why: Darsda Al Malik ismi tushuntirilishida, boy odam oldida xorlanib egilishning diniyning uchdan ikki qismini yo'qotishiga olib kelishi aytib o'tilgan. [26:37–27:17]
