Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robbilen alamin. Vassalomu alaykum assalomu ala shirofil mursalin va ala alixiy va ashabiy hajmain. Allohumma al imna ma'limna ma'yon fauna, vam fa'na bi ma'lim tanavvazidna ilman. Allohumma arenal haqqa haqqon va rizqu natibaa va arenal ba'tila ba'tilan va rizqu najidin aba. Va ja'alla minma yestami unal qovli fayetta bi una husana.
Va adhixinna bi rohamatika fiy aibadika solihain. Amma bahti assalomu alaykum va rahmatullohi hital va barakatuh. Alloh azza va jalloning asmonu al husno, go'zal ismlaridan al ahad ismini bugun dars qilgan bo'lamiz. Alloh taoloning bu ismi Qur'onda ham, sunnatda ham vorib bo'lgan.
Audubillahi minash shaytoni rohim bismillahir rohmanir rohim. Qul hu allohu ahad, allohu somad, lam yalid valam yu'lat, valam yakunlahu kufvan ahad. Mana hammamiz bilgan Ixlos surasida Alloh Taolo aytyapti: Qul hu Alloh u Ahad. Qulash mushliklari Payg'ambarimiz Sallallohu alayhi vasallamga kelib, Robbisini, o'zining Robbisini qanday Zot ekanligini sifatlab berishini talab qilishdi. Shunda Alloh Taolo mana shu surani nozil qildi. Ayting, ey Muhammad alayhissalom, u Alloh Ahaddir. Ya'ni yakkadir, yagonadir.
Mana endi Payg'ambarimiz Sallallohu alayhi vasallamdan Ibn Moja rivoyat qilgan hadis Abu Hurayra roziyallohu anhuning rivoyatida. Rasululloh sollallohu alayhissalom bir kishini shunday deb duo qilayotganligini eshitdilar. Allohimma inniy as'aluka bi anniy ash'adu annaka antalloh. La ilaha illa anta al ahadus somad alladiy lam yalid valam yulat valam yakunlahu kuf va nahad. Mana shunday deb duo qilayotganligini eshitdi. Parvardigor, men albatta sen sendan o'ziga iloh yo'q, sen tug'magan va tug'ilmagan, hamda hech kim senga teng bo'lmagan Al Ahad As Somad ekanligingga guvohlik beraman.
Shunda Rasululloh Sallallohu alayhi vasallam: Jonim Uni qo'lida bo'lgan Zotga qasamki, mana shu duo qilayotgan odam Allohning eng buyuk ismi bilan so'radiki, agar u ism bilan duo qilinsa, Alloh ijobat qiladi. Agar u ismbilan so'ralsa, alloh albatta ato qiladi dedi. Al ahadus somad. Qul hu vallohu ahad, allohu somad. Demak, alloh taoloning al ahad ismi kitobda ham vorib bo'lgan, sunnatda ham vorib bo'. Mana endi alloh taoloning ismi'l a'zami. Eng buyuk ismi. U shunday bir ismki, u ismni o'rtaga qo'yib Allohga duo qilinarkan, albatta ijobat bo'ladi. U ismni o'toq qo'yib so'ralarkan, albatta Alloh Taolo ato qiladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam mana bu ismni Alloh Taoloning eng ismul a'zami deb tayinlab bizga belgilamaganlar.
Toki musulmonlar Alloh Taoloning hamma ismlarini o'qisin, o'rgansin, yaxshi ko'rsin va ular bilan duo qilsin. Endi Alloh Taoloning ismul a'zamni, eng buyuk ismi, qaysi ism deganda turli fikrlarni aytishgan. Kimdir Rahman ismi, eng ismul azam deyishgan. Kimdir Alloh. Ismul a'zam degan. Lekin bitta fikrga ittifoq qilinmagan. Mana shu turli fikrlarni xulosasi shuki, siz muayyan holatingizda, Alloh Taoloning ismlaridan qaysinisiga muhtojroq bo'ladigan bo'lsangiz, shu siz uchun ismul a'zam bo'ladi. Agar siz faqir kambag'al bo'lsangiz Alloh Taoloning alg'oniy ismi, behojat, boy ma'nodagi ismi. Sizga mana shu ismul a'zam bo'ladi. Agar siz zaif, nochor bo'lib turgan bo'lsangiz, Alloh Taoloning al qodir ismi siz uchun ismul a'zam bo'ladi. Agar adashgan bo'lsangiz, al hadiy, to'g'ri yo'lga boshlovchi ismi, al hadiy ismi siz uchun eng ulug' ism bo'ladi. Demak, gohida attavvad ismi, gohida almug'niy ismi, gohida annasir ismi siz uchun ismul a'zam bo'ladi.
Xulosa, ustingizga kelgan har bitta holatda siz uchun zaruri bo'lgan shu ism ismul a'zam bo'ladi. Valillahil asmaul husna fadohubiha. Alloh Taoloning go'zal ismlari bor, dast unga ular ila duo qilinglar. Ana shu ismlar bilan Allohni chorlanglar. Kasalmisiz? Ash shafi ismi sizga ismul a'zan. Yordam kerakmi? Annasir ismingizga, ismul a'zam. Mustormisiz? Almujib ismi bilan Allohga duo qiling. Muayyan holatda, muayyan ism siz uchun ismul a'zan bo'ladi.
Alloh azza va jalaning sodiq mo'min bandasi robbizga itoatli bo'ladi. Maxluqotlar bilan qilayotgan muomalasida kamtar bo'ladi. Kibrli bo'lmaydi. Musulmon odam faqat masjidga kirganda, jannamizga turgandaylar robbisi bilan muloqot qilib, boshqa payt o'z holicha qolmaydi. Musulmon odam doimiy suratda robbisi bilan muomalada aloqali bo'ladi. Robbisiga murojaat qiladi. Yordam so'raydi, istig'for aytadi, tavakkal qiladi. Robbisga bo'lgan muhabbatini izhor qilib turadi.
Mo'min banda robbisini oldida o'zini hokisor tutadi, o'zini xor biladi. Mana shu fe'li uchun Alloh uni aziz, mukarram qiladi. Mo'min o'zini hokisor tutadi, robbisini huzurida. Chunki sizda nima bor, sizni boshqalardan baland qilib turgan? Ilmingiz bormi, pulingiz bormi, mansabingiz bormi? Quvvatingiz bormi, chiroyingiz bormi. Ovozingiz bormi odamlarga yoqimli? Bularni hammasi Alloh'dan.
Bularni hammasi Alloh'dan. Agar Alloh olib qo'yishini xohlasa, bir lahza ham ko'plik qiladi. Shuning uchun qanchalar o'zingizni xor tutasiz, qanchalar Alloh Taoloni fazli deb bilasiz, kam tarqatasiz, Alloh shu ne'matini ziyoda qilaveradi. Chunki Robbimiz aytgan: La in shakartum, la aziydan nakum. Bergan ne'matlarimni shukrini ado qilsanglar, yana ham ziyoda qilib beraman deydi. Volayin kafartum, agar nonko'rlik qilsanglar, shukur keltirmasanglar, isyon qilsanglar, inna adabiy lashadiydi. Meni azobim qattiq. Shuning uchun ehson qildingizmi? Kekkaymang. Yana ham hokisaroq turing. Chunki Alloh sizga shu ishni imkoniyatini berdi. Alloh pul berdi, qalbingizga muhabbatini soldi, qo'lingizni yengil chiqarib berdi cho'ntagingizdan. O'shani qila olmayotganlar ham bor. Bergisi keladi, bera olmaydi.
Qanchalar kamtar bo'lasiz, qanchalar o'zingizni hokisor tutasiz Allohni huzurida, Alloh sizni shunchalar ko'taradi. Qoida. O'zingni Allohni oldida qanchalar xor bilsang, hokisor tutsang, Alloh seni shunchalar ko'tarradi. Izzatingni ziyoda qiladi. Hikmat ato qiladi, quvvatli qiladi. O'zingni Uni huzurida qanchalab past tursang, seni sha'ningni shunchalar yuksaltiradi.
Fir'avn ana robbukumul a'la dedi. Men sizlarni eng oliy robbilarman dedi. Oqibat nima oldi? Dengiz tagida qoldi. Mo'min banda o'zini Alloh huzurida past tutgani bilan, xor his qilishligi bilan o'zini aziz deb biladi. Chunki Alloh aziz qilsin, sizni hech kim xor qila olmaydi.
Chunki insonni dunyoga kelishi, yaralishidagi maqsad, g'oya quvchilik. Astaylubillah. Va man xoloq tul jinna val inisa illali abudun. Robbimiz Subhanah va Taolo aytyapti, men jin va inson toifasini menga ibodat qilishligi uchun yaratdim. Menga qul bo'lishligi uchun yaratdim. Maqsad shu. Demak, insonni ishi ubudiyat, qulchilik, Allohni ishi esa rububiyat, tarbiya qilish. Siz Allohga qul bo'lasiz, boshingiz egasiz, Allohni hukmida turasiz, Alloh sizni hamma yog'ingizni tarbiyalaydi. Axloqingizni, jasadingizni, oilangizni, nima bor tarbiyaga muhtoj bo'lgan. Isloh qilinishlikka muhtoj bo'lgandan nimaiz bor? Rizqingiz bormi? Bolangizni tarbiyasi bormi? Oiladagi holat bormi? Hammasini Alloh Taolo to'g'rilab qo'yadi. Faqat siz Allohni qulchiligini o'rnida bajaring.
Mana aytdik, inson Robbisini oldida o'zini kamtar tutadi. Hokisor bo'ladi. Kibrga berilmaydi. Robbimiz Subhanah va Taolo mana hadis quddusida shunday deydi. Al kibriya u riday, va ala avomotu izariy. Fama nazaani vahida minhuma, qadoq tuhufin nar. Kibriyo mening ridoyim.
Azamat mening izorim. Mana shu ikkalasidan qaysi birini birov men bilan tolasa, men unga xorlik libosini kiygizaman. Fir'an ilohimandir, Alloh Taolo xor qildi. Qorun innama o'ti etuha ala ilmiyni indii dedi. Eng katta boy, yer yuzida yashab o'tgan boylarda eng kattasi. Bu moli dunyoda hammasini o'zimdagi ilm tufayli qo'lga kiritdim, o'zim bu pulni topdim degandi, Alloh Taolo yerga yuttirib yubordi. Birini suv tagiga bosdi da, bittasi yerga yuttirilib yubordi. Shuning uchun mo'minni ishi qulchilik, kamtarlik.
Har qancha gunozingiz ko'p bo'lmasin, agar Alloh xohlasa kechiradi. Alloh shunday bir karimzod. Alloh Taolo aytadi, ya ibna adama. La u balag'at uzun u buka ana nas sama. Simmas tafattiniy. Simmas tafattaniy, g'afartu laka va la u bali. Ey odam bolasi, gunohlaring ko'pib, osmongacha yetib borsa ham, mendan istig'for so'rasang, seni mag'firat qilaman, parvo qilmayman. Muhimi istig'for sora. Yetmish ga kirdingmi, tashlayapsan endi gunohlarni. Say sanga kirib namoz boshlayapsanmi? Muhim emas. Muhimi, g'arg'ara mana bu yerga kelgunga qadar, ajal ko'zingga ko'ringunga qadar tavba qil, agar yer qobig'ini gunoh bilan to'ldirib tashlagan bo'lsang ham, shirk keltirmasdan menga kelgan bo'lsang kechiraman deyapti. Tavba qilishlikka hech qachon kech bo'lmaydi. Faqatgina g'arg'ara kelib qolgan paytda kech bo'ladi. Yo odam bolasi, agar sen huzurimga yer qobig'i to'la gunoh bilan kelsang u, ammo menga shirk keltirmagan bo'lsang, seni oldinga yer qobig'ini to'la mag'firat bilan kelaman.
Ko'ring. Agar zarra miqdoricha kibr bo'ladigan bo'lsa, qalbingizda, bu kibr sizni uzoqlashtirib yuboradi. Qulchilik bilan kibr bir biriga kirishmaydigan narsa. Masalan, birchini sut turibdi. Shunga bir piyola suv qo'shsangiz, sut yomon narsaga aylanib qolmaydi. Yoqimli ishimli, yoqimli ishemli bo'lib qoladi, ichaverasiz. Sut bilan suv tabiati bir biriga qo'shiladi, bir biriga tushadi. Endi ana shu birchini sutga, bir piyola neftni qo'shsak nima bo'ladi? Tamom, endi sutni ichib bo'lmaydi. Chunki sut bilan neftni tabiati bir biriga to'g'ri kelmaydi. Xuddi shunga o'xshagandek, Allohga qulchiligi haqiqiy bo'lgan mo'min bandada kibr degan narsa bo'lmaydi.
Chunki kibr bilan qulchilik bir biriga tushmaydigan narsa. Robbiziga kibr qilmaydi mo'min va mo'minlarga ham kibr qilmaydimi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar, lavlam tut nebu lahifto alaykum mahu akbar. Sizni xokisonlikka, tavbaga, uyalishga olib boradigan gunoh, sizni kibrga olib borib qo'yadigan toatdan afzalroq. Qaytarib aytaman. Sizni kibrga, kekkayishlikka olib ketib qoladigan toat ibodatdan ko'ra, sizni xokisonlikka, tavbaga, uyalishga olib boradigan gunoh yaxshiroq.
Qilayotgan ibodatingiz, taqvoyingiz kibrga olib bordimi? Bu yomon amal. Endi qilib qo'ygan gunohingizdan xijolat bo'lib, uyalib, istig'for aytib, xokisor bo'lib, tavba qilyapsizmi? Shu holat yaxshiroq, shu gunoh yaxshiroq bundan. Ya'ni kechasi bilan uxlamasdan namoz o'qidingiz, ertaman kelib turib, ikki yuz rakat namoz o'qidim kechasi, tahajjud o'qidim deb bunday kekkayib qo'ydingiz.
Bu yaxshimi? Yoki tahajjud namoz o'qiyman deb niyat qilib uxlab qoldingiz, ertaman turib xijolat o'lyapsiz. Alloh o'zing kechirgin. Nazr qiluvdim, niyat qiluvdim, amalga oshirolmadim. Tushunarli ekan. Payg'ambarimiz aytadilar, la vlam tuzni bu lahafta alaykum mahu akbar. Agar gunoh qilmay qo'ysanglar, gunoh qilmay qolmasanglar, sizlarni ustinglarda ana shu ishinglardan ko'ra kattaroq ishdan qo'rqaman.
Agar gunoh qilmay quvsanglar, sizlaringni ustinglarda shundan ko'ra kattarog' narsadan qo'rqman. Nima u? Inson gunoh qiladi, tavba qiladi. Payg'ambarimiz aytganlar kunni bina adamahottaun va xayrul xatdayina tavabun. Odam bolasini hammasi gunoh qiladi. Gunoh qilmaydigan odam yo'q. Kattadir kishidir bilib bilmasdan qiladi gunohni. Endi shu gunoh qiladiganlarning eng yaxshisi tavba qiluvchisi.
Endi Payg'ambarimiz aytishgan, agar gunoh qilmay qo'ysanglar, shu holatingizdan ko'ra kattaroq xatarli bo'lgan narsadan qo'rqaman. Nima u? Al ajjub. O'zingizga o'zingiz baho berishni boshlaysizlar. Umuman birovga qaramayman, ko'zimni yerda olib yuraman doim. Men umuman g'iybat qilmayman. Men umuman gunoh maqsadlarga aralashmayman. Inson gunoh qilmay qo'yib, kibrga ketganidan ko'ra, gunohni qilib, bilib bilmasdan tavba qilgani yaxshi ekan. Tushunarlimi? Ha, o'zlari qora aka bo'lib turibman. Bu ham sendaqa odam ey. Kim aytdi u senga farishta deb? U ham odam bolasi, rostini aytib turibdilar ku, odam bolasi bor, xato qiladi. Bilib qiladi, bilmay qiladi, jahldusta qiladi, achchiq usta qilib yuboradi. Uni srazu domlaligini pesh qilma. Agar sen o'zing gunoh qilmaydigan bo'lganingda, shunaqa desang yarasharmidi?
Eng yomoni bunaqa odamni gapi emas. Eng yomoni bunaquq odamni gapiga xaridorni borligi. Eh, o'chir uningni. Demak o'zingda yo'qmi u narsa? A? O'zingda yo'mi? Tinmaysan ku narsani, bu jahlni bitta so'yib yubordi. Odam bolasida deb qo'yaylik, xato qiladi, tavba qilyaptimi, demak yaxshi odam. Al ahad so'zi arab tilidagi, arab tilidagi Al vahid so'zidan ishtixon qilingan, yasalgan, chiqarib olingan. Al vahid degani sanoqni boshlanishi. Al vahid ya'ni bir, undan keyin ikki uch degan ma'no. Al ahad esa ana shu sanoqni yo'q qilishlik uchun. Ahad ya'ni yagona degani. Bitta desangiz, keyin ikkita, uchta bo'ladi. Al vohidni ma'nosi shu. Bir, ikki, uch. Endi Al ahad deyilsa, yagona degani bo'ladi. Ayting, u Alloh yagonadir desak, to'g'ri bo'ladi. Masalan, ma ja ahadun deyilsa, hech kim kelmadi degani. Demak, nafiy uchun. Endi al vohid esa, isbot uchun. Ja vohidun minal qavm. Qavmdan bittasilar keldi. Demak, isbot uchun vohid ishlatiladi, nafiy uchun ahad ishlatiladi. Oradagi farq al vohid degani, ya'ni vohid deganini qancha adab ma'nosida ishlatilsa, ahad esa nav ma'nosida, sud.
Alloh taolo mana hal ta'lamu lahu samiyya deydi Qur'onda. Alloh taolo uchun bironta bir tengni bilurmisiz? Endi Alloh haqida siz qanaqa tasavvurga bormang, qanaqa deb fikr qilmang Alloh haqida, Alloh siz o'ylagandaqa emas. La isaka mit lihi shay'un. Allohga o'xshash biror narsa yo'q.
Al ahadning ma'nolaridan. Hamma, hamma narsada Allohga muhtoj bo'ladi. Alloh esa hech narsaga muhtoj emas. Koinotdagi har bitta narsa Allohga muhtoj bo'ladi, Alloh esa hech kimga va hech narsaga muhtoj emas. Mana, bir joyda bo'lishlik ham muhtojlik. Zamon va makonga bo'lgan muhtojlik. Biz o'shda masjidda o'tiribmiz. Hozir o'tiribmiz. Demak, hozir bu vaqt, o'sh masjid bu makon. Zamon va makonga muhtoj bo'lishlik maxluqlarning sifati. Endi biz Allohni qayerda deymiz desa, biz aytamizki, Alloh zamon va makonga muhtoj emas. Chunki zamon bilan makonga muhtoz bo'lish, yana qaytarib aytamiz, maxluqlarning sifati osmonda, yerda deb bo'lmaydi. Osmon, yer yaralmay turib ham Alloh bormidi?
Osmonda desangiz Allohni, axo'p. Osmon yo'qligida ham Alloh bormi edi? Osmon yo'q ligida ham, yer yo'qligida hammah alloh bormidi. Qayerda edi unda? Ana, o'sha qayer degan narsani zamon bilan makonda Alloh yaratdi. Demak Alloh zamon bilan makon yo'qligida ham bormidi? Demak Allohga zamon bilan makoni kerak emas.
Qur'onda Alloh Taolo bandalarini ibod degan, abid degan. Ikki xil so'z. Ibod, abid, bandalar. Mana shu Qur'onda kelgan ibod va obid so'zlarning ma'nosi. Ibod degani shukrning bandalari, obid qahrning bandalari.
Qur'onda uchta o'rinda obid degani Alloh. Qahr bandalari. O'n yettita o'rinda ibod degan. Shukrning bandalari. Bandar musulmon bo'lsin, kofir bo'lsin. Fojir bo'lsin, fosuq bo'lsin, baribir Allohning quli u. Kofir bo'lsa ham, mishriy bo'lsa ham Allohning bandasi quli. Chunki tirik bo'lib turishi Allohga bog'liq.
Yuragi to'xtab qolsin. Tamom, qo'lidagi milliardlagan pullari boshqalarning qo'liga o'tadi. O'ldi, o'shdi, yo'qoldi. Tog'imi, kofirmi, mutakabirmi, bari majburiy suratda Allohning hukmiga bo'yin singan. Majburiy bo'yin singan bandalar qahr bandalari deyiladi. Bular obid deyiladi. Alloh Taolo nafas olasan dedi, shu hukmiga majburan bo'yin sinadi. Alloh Taologa uxlaysan deydi, majbur uxlaydi. Alloh Taolo yeysan deb buyurib qo'ygan, shu hukmiga majbur bo'yin sinadi. Ixtiyorisiz, majburiy bo'yin sindirgan bandalar qahr bandalari deyiladi.
Abid deyiladi. Siz xohlang xohlamang, Allohni hukmiga bo'yin singansiz. Jamiyatda har qancha martabangiz katta bo'lmasin, har qancha mansabingiz ulug' bo'lmasin. Har qancha pulingiz katta bo'lsin, aqlingizni yo'qotdingiz. Endi jamiyatda bir tiyinlik odam bo'lmay qolasiz. Odamlar doirasidagi hurmatingiz, maqomingiz, oyoq qo'lingizni ishlab turishi, aqlingizni ishlabsiz turishiga bog'liq. Alloh olib qo'ysin. Alloh olib quysin. Nima qila olasiz?
Shuning uchun inson falon falon, falon falon bo'lmasin, baribir Allohni quli. Qahr bandasi. Majburan bo'yingizni undirilgan. Demak Alloh Taoloni qahriga, hukmiga majburan bo'yin sindirgan bandalar abid deyiladi. Qahr bandalari. Endi shukur bandalari, ibat qanaqa bo'ladi? Mo'minlar. Mo'min kishi esa Robbisini taniydi. Yaxshi ko'radi. Unga iqbol qiladi. Itoatda turadi ixtiyori bilan. Mana shu amallari bilan Allohga yaqin bo'ladi. Mo'min ham Allohni quli, bandasi. Ammo anavi fojir fosxolardan farqi bor. U shukur bandasi.
Qohran, majburan bo'yin so'ndirilgan bandalar abid deyiladi. Qur'onda abid so'zi mana uch marta zikr qilingan deb aytdik. Astadibillah. Voma robbuka bidor lamin lil abiydi. Parvardigoringiz bandalarga zulm qiluvchi emas. Qarang, abid. Allohga ixtiyor bilan bo'ynini surmagan. Kofir, fojirlar. Endi ularga balo kelgan paytda, Alloh aytyapti, men obidlarga, qahram bo'ynini surilgan, majbur bo'ynini surgan bandalarga zulm qiluvchi emasman. Ustiga balo kelgan bo'lsa, o'zlari so'rashib oldi.
Va man abiballohu milliy abid, qof so'rasin. Va men bandalarga zulm qilguvchi ham emasdirman. Uchinchi oyat. Vo anna alloh alayhiss abidullallohu amin li li li abiy. Zero Alloh hargiz bandalarga zulm quluvchi emasdir. Qarang, ibadga emas, abidga. Aybat bu mo'minlar. Ixtiyori bilan Allohga bo'yin surib, Allohni quvvat qilganlari, aybat. Endi zulm qilmayman deyotganda Alloh Taolo ibadlarga emas, obidlarga deyapti.
Shukur bilan bo'ynini singan bandalar esa al aybat deyiladi. Ibad va obid. Qur'onda aybat so'zi o'n yettita oyatda zikr qilingan. Fazlarni o'qib beraman. Alloh taolo aytadi imna ibadi laysalaka alayhim sultonun. Mana iblis alayhillani jannatdan quvildi, qiyomatgacha o'lmaslikka allohdan iznni oldi va shu odamni deb turib jannatdan quvuldimmi? Men mana shu odamning zurriyotlarini hammasini adashtiraman deganida alloh aytdi, mening bandalarim ustida esa sen uchun hech qanday saltanat hukmronlik bo'lmas. Inna ibadi mening bandalarim deyapti.
Stajirovila. Voyda sa'laka aybadi anni fainning qoriyeb. Ey muhammad alayhissalom, agar men haqimda bandalarim men sizdan so'rashsa, men ularga yaqinligimni ayting. Meni bandalarim deyapti. Nabiy abadiy anni an al g'ofuru rohim. Xabar bering, ey Muhammad al ayhissalom, bandalarimga, albatta men g'ofuru rohib ekanligimni. Aybadi. Va qulliy aybadi ya qulullatihi yaxsan. Boshqa oyatda annal avda yarixluha aybadiya solihun. Albatta yerni mening solih bandalarim vorislari bo'lishadi. O'n yettita oyat bor birodarlar. Demak, aybat degani, Alloh Taoloni shukur bandalari, ixtiyori bilan bo'yin singan mo'min bandalari, abid Alloh Taoloning qohran bo'yin sindirilgan bandalari.
Vatanmat kalimat robbika siddiqon va adila. Parvardigoringizning so'zlari siddiqo adolatda komil bo'ldi. Qur'on ichidagi hamma narsa ikkiga bo'linadi. Amr va nahiy va xabar. Buyruq va qaytariq, bitta narsa, amr va nahiy, ikkinchisi xabarlar. Alloh taolo bizga buyrug'i deb qaytardi va bizga xabar berdi. Allohni buyrug'i adolatli, xabari rost. Adolatli buyruq, rost xabar.
Alloh taolo siz bilan bizga aytyaptiki, ey bandalar, sizlardan sodiqlik, rostgo'ylik, mendan adolat. Mana shu odam rostgo'y odam desa, biz faqatgina yolg'on gapirmaydigan odamni tushunamiz. Sodiq, rostgo'yodam desa, bizfaqatgina gapiradigan gapini tushunamiz, hech qachon yolg'on gapirmaydi.
Lekin chuqurroq qaraydigan bo'lsak, rostgo'ylik bundan ko'ra kattaroq narsa. Haqiqiy rostgo'y odam kim? Yolg'on ham gapirmaydi va gapirgan gapiga ish to'g'ri keladi. Gapirgan gapi bilan qilayotgan ishi bir bo'lsa, shu odamni biz haqiqiy rossgo'y, sodiqda odam deb aytamiz. Haqiqiy sodiq kishi kim? So'zi va ishi bir xil bo'lgan odam. Mana shu inson sodiq inson bo'ladi. Ambiyolar qanaqa odam edi? Ular haqiqiy, sodiq insonlar bo'lishgan. Gapirgan gapi qilayotgan ishiga to'g'ri kelgan. Munofiqlarchi? So'zi boshqa, lekin ishi boshqa odamlar.
Ey bandalarim, sizlardan rozgo'ylik, mendan esa adolat. Mana shu joyda bitta bir fikrni aytib o'tish kerak. Musulmonlar hozir qarasangiz, dunyoviy fanlarda, dunyo ishlarida, ilm fan taraqqiyotida orqada qolib ketishdi. Sabab nima? Sabab nima? Ana shu dunyo maydonida muvaffaqiyatga erishish uchun, insonlar qanaqa sababni qilishlari kerak bo'lsa, shu sababda kim yaxshiroq qilsa, Alloh shunga muvaffaqiyatni beradi. Chunki Alloh odilzod.
Musulmon bo'lmagan xalqlar dunyo ishlarida yuksalishlik uchun qilish kerak bo'lgan sababni hammadan zo'r qildi, shuning uchun o'tib ketdi ular. Musulmonlar o'sha sababni qilmadi, orqada qolib ketdik. Tariximizni o'qinglar. Ana shu dunyo ishlarida ham, dunyo fanlarida ham yuksalishlikka sabab bo'ladigan ishni bizni ota bobolarimiz musulmonlar qilganida, Beruniy chiqdi, Termiziy chiqdi, Ibn Sino chiqdi, boshqa buyuklar chiqdi.
Tushunyapsizmi? Alloh odilzod. Sababni kim zo'r qilsa, Alloh shunga natijani berib yuboradi. U musulmonmi, kafirmi farqi yo'q. Biz sababni zo'r qilib turib, Allohga duo qilishimiz kerak edi. Endi biz sababni qilmay qo'ydik, faqat duo qilyapmiz. Kofirlar duo qilishni bilmaydi. Allohga iymoni yo'q, lekin sababni zo'ri qilyapti, shuning uchun ular oldida turibdi.
Yana qaytarib aytaman, dunyo ishlarida taraqqiy topishlik uchun, rivojlanishlik uchun, o'sishlik uchun qanaqa sababni qilish kerak bo'lsa, shu sababni kim zo'r qilsa, Alloh shunga berib yuboradi, kofir bo'lsa ham, musulmon bo'lsa ham. Biz duo qilishni uddalayapmiz, ammo sababini anavlarni qilmayapmiz. Shuning uchun dunyo elmaliida bular nima qilishdi? Bizdan o'zib ketishdi.
Shuning uchuna Alloh Taolo aytyapti, ey bandalarim, sizlardan rostgo'ylik, mendan adolat. Taraqqiy topishning niyatinglarda roshmisizlar? Gapirayotgan gapinglar bilan niyatinglar bir xilmi? Gapirayotkan gapinglar niyatinglar bir bo'lgandan keyin qilgan ishinglar shunga to'g'ri keladimi? Rostgo'r bo'linglar, sodiq bo'linglar, mendan adolatsizlik beraman deyapti.
Kofirlarni yuksaltirgan Alloh Taolo muammolarni yuksaltirmaydimi? Yuksaltiradi. Faqat muammolar sababini qilmay qo'ydi da. Mana hunar egalari bor. Qo'linglarda shogirdlar bor. Buni aytganmiz avval, qaytaramiz. Va yosh yigitlar bor, ustalar bilan ishlayotgan shogird, hunar o'rganyapti. Xoh ilm o'rganayotgan shogird bo'lsin, xoh hunar o'rgangan shogird bo'lsin, diqqat qilib eshitib olinglar. Alloh odilzod.
Siz to'rt yil svarshida qo'lida shogird bo'lib yurdingiz. Niyatingiz to'g'ri, so'zingizga to'g'ri keladi, qilgan ishingiz ham svarshilikda ishi. To'rt yil yurdingiz. Alloh sizga shu hunarni beradi. Chunki Alloh aytyapti yu, sizlardan sodiqlik, mendan adolat. To'rt yillik yurganingizdan keyin hunar yuqadida. Ustangiz qilgan hamma hunarni qila olasiz. Shu bilan baraka topdim deb o'ylaysizmi? Yo'q, yana bitta narsa qoldi. Mana shu ustani yoki ustozni roziligi qoldi. Siz to'rt yil umringizni berib, to'rt yil o'sha temirni orqasida chang yutib temir ko'tarib yuruvdingiz, sodiq bo'luvdingiz niyatingizda va fe'lingizda, Alloh hunarni yuqtirdi, hunarli bo'ldingiz. Endi baraka topishligingiz ustozingizni yoki ustingizni sizdan rozi bo'lishligiga bog'liq.
O'shaning uchun birin ikki bo'lmayapti ekanda, domla. Ha, o'shaning uchin birin ikki bo'mayapti. Ustozinga o'zimizni shogirdlarimiz bor, o'zlari usta, manaqa hunar. Olti oy ishlaydi deydi, usta duo bering deb turadi deydi. U hunar o'rgangani kelgani yo'q. Ey, eskilardan so'ranglar, ikki yil, uch yil, keyin so'ramasdi ota ona, shogirdga bergandan keyin. Hozir borib, bir oydan keyinlar pul olib kelmaysanmi deyveradi. To'g'rimi?
Usta duo qiling deydi. Nima qiladi usta, xohlamayapti ishlashni? Olib keldi deyapti bir kuzovshik birodarimiz. Siz pul topgani, bolangizni pul topishligi uchun olib keldingizmi bu yerga? Hunar o'rgatgani bo'lsa, hunar o'rganingiz kerak deyapti deydi. Bo'pti da, olti oyda kelib turibdi deydi, shunday shpoklopka surkashni o'rganib oldi, shunday temir tovlashni o'rgandim dedi. Duo bermang. Duo berdim deydi. Agar olti oyda o'rgangan bo'lsa ham bu hunardan, o'rganib o'rganib bo'lsa ham, baraka topmaydi endi.
O'zi javob beradi, ikki yilmi, uch yilmi. Javob bergan ham rozi bo'lsin sendan shunday baraka topasan. Shuning uchun bitta ustadan ikkita shagi chiqdi to'rt yilda, bittasi baraka topdi hayotida ishidan, ikkinchisi baraka topadi. Sabab ustoz norozi. Alloh odilzod. Ey bandalar, sizlardan sodiqlik, mendan adolat. Ustozingizni xizmatida bo'lasiz. Bo'ldi endi ishingni qilaver, usta bo'lib qolding deyishni kutasiz va sizdan haqiqatan rozi bo'ladi. Ust boshiga do'ppi kezib, qalpoq kezib, chopon kezib bitta osh qilib, elda oldida u ishmas u. Usta ma'no rozi bo'lsin. Kelishdikmi? Birodarlar? Ey bandalar, sizlardan sodiqlik, mendan adolat.
Aqul qovli hayda, astag'firullohu alayhi va lakum. Innallohu alam alakatuhu yu saluni alannibiy, ya yuhalladina amonu sollallohu alayhi vasallam mutaslima.