# 59-dars Al-Ahad (2-qism): Asma-Ul-Husna

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Asmoul husno](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno.md), lecture 62 of 110
- Section: Al-Ahad
- Duration: 10 min
- Original title: 59-DARS AL-AHAD (2-QISM) / ASMA-UL-HUSNA
- Review status: reviewed
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/62
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/XydEQVomsTE.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=XydEQVomsTE
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/61.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/63.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:02] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robbilen alamin. Vassalomu alaykum assalom ala ashrafil mursalin va ala alixiy va ashabiy hajmain. Allohumma allimnoma yonfauna, vonfauna bi ma'lim, tana va zidna ilman. Allohumma arenal haqqa, haqqon va rizqu natibaa va arenal ba'tila ba'tilan va rizqu najidin abaa. Vaja allam minma yestami un al qovlu fayetta bi una husana.

[0:32] Va adhixinna bi rohamatika fiy aybadika solihain. Amma ba'ti assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh. Alloh taoloning ma'rifati va unga olib boradigan yo'l. Ali roziyalloh har xil aytadi, Allohnı tanishlik dinning aslidir. Allohnı tanishlik dinning aslidir. Inson namoz o'qib, ro'za tutib, boshqa bir savobli amalada qilayotgan bo'lishi mumkin. Ha, unga albatta ajr bor. Lekin Allohni tanib turib qilishlik bilan bunday qilishlikni o'rtasida albatta farq bor.

[1:08] Yog'och usta bilan temirchi usta, ikkalasini mehnati taqqoslanganda qaysinisini qadri balandroq bo'ladi? Ana shu ikkala usta bahs qilayotgan maydonga qarab turib. Yog'ochdan ko'ra temir mustahkamroq, chidamliroq va davomiyroq turadigan narsa bo'lganligi uchun, temirchini mehnati yog'och ustani mehnatidan baratroq turadi. Demak, birodarlar, bir ilmning sharafi boshqa ilmdan afzalligi nima bilan o'lgan o'lchanadi? Shu ilm nimani bahs qiladi?

[1:43] Va sharaful ilmiy min sharaful ma'lum. Ilmning sharafi shu ilm o'rganayotgan narsaning sharafiga qarab belgilanadi. Mana qadimgi Yunon, Rim, Hind afsonalari bor. Kimlardir shu narsani institutlarda, universitetlarda o'qiydi, o'rganadi, shular haqida ilmiy ishlar olib boradi, kimdir doktor bo'ladi, kimdir professor bo'ladi. Shu qadimiy xalqlarning afsonalarini ustida professor bo'ldi. Endi, u afsonalarda turgan bitgani zalolat, shirk kufr edi. Endi bu afsonalar haqidagi ilmni qadri shu afsonalarni qadriga teng.

[2:23] Professor lekin. Lekin qaysi ilmda professor? Musulmon odam uchun bu ilmda qiymati bormi, yo'qmi? Fizika, matematikadan bo'lsin edi, mayli edi. Mana hozirgi kundagi texnologiya bo'yicha professor bo'lsin, insonlarga foydasi bor ishlar edi. Ammo mifologiya bo'yicha professor bo'lsa qanaqa bo'ladi? Yana kimdir Alloh Taoloning go'zal ism va sifatlarini, ilmini o'rganadi. Ilmning sharafi shu ilm o'rgatayotgan narsaning sharafiga bog'liq bo'ladi.

[2:57] Alloh Taoloning ism va sifattini o'rganishlik, bizga Alloh Taoloni tanityaptimi? Demak, bu ilmni qadri boshqa hamma ilmlardan ustun bo'ladi. Alloh haqidagi ilmni qadr qiymati bir narsa, maxluqotlar haqidagi ilmlarning qadri yana bir narsa. Alloh taoloni maxluqotlarga tenglash mumkin bo'lmaganidek, alloh haqidagi bilimni ham maxluqotlarhaqidagi ilmga tenglashi mumkin bo'lmaydi.

[3:25] Siz o'rganayotgan ilmingizni mazmuni yuksalgan sari, siz ham yuksalib boraverasiz. Siz Alloh taoloni taniganingiz sari, Alloh taologa yaqin bo'lib boraverasiz, birodar. Ilm. Maxluqotlar haqidagi ilm, Allohning buyruqlari haqidagi ilim va Alloh taoloning o'zi haqidagi ilmi. Maxluqot har haqidagi ilmm, allohni buyruqlari har haqidagi bilim va allohning o'zi haqadagi ilm. Maxluqotlar haqidagi ilm. Bu jomiyalarning ishi. Astronomiya, fizika, ximiya, geologiya, geografiya. Bu ilmlar mana shu dunyodagi hayotimizni salohiyatini belgilaydi.

[4:10] Alloh taoloning buyruqlari haqidagi ilm. Bu shariat fakultetlarining ishi, fiqh ishi. Halol, harom, oldi sotti, qarz, nikoh taolo haqidagi ilmlardir. Mana shu ikkala ilmni olishni, o'rganishni yo'li bir xil. Kitob o'qiysiz, domla yasharga tushasiz, yodlaysiz, imtihon topshirasiz, ekzamenni topshirasiz, bu ilmning, bu mehnatning samarasi kallangizda qoladi.

[4:37] Demak, maxluqotlar haqidagi ilm bilan Allohnin buyruqlari haqidagi ilmini o'rganish yo'li bir xil va mana shu ikkita ilmni mehnatini qilsangiz, buni natijasi kallangizday qoladi. Endi Allohnin o'zi haqidagi ilmi chi? Mahluqotlarni Allohnin o'xshatib bo'lmaganidek, Allohnin haqidagi ilmni, mahluqotlar haqidagi ilimga o'xshab bo'lmaydi. Televideniyadagi ikkita ilmni o'qib, yodlab, takrorlasangiz kallangizda qolganligini aytdik. Natijasi kallangizda kaladi, zehningizda. Ammo Allohnin haqidigi ilm chi?

[5:12] Bu ikkala ilm, avvalgi ikkala ilm. Dunyodagi hayotingizni salohiyatli bo'lishligini ta'minlaydi. Ammo Alloh haqidagi ilm sizni ikki dunyoda saodat topishingizni ta'minlaydi. Endi bu ilmni o'rganishlik uchun nima qilish kerak? Avvalgi ikkita ilmga o'xshab faqat kitob o'qib yodlab topshirishlik bilan bo'lmaydi. Avvalgi ikkita ikkita ilmni mehnatini qilsangiz, natijasi kallangizda qoldi. Ammo bu ilmni o'tkazishlik uchun birodarlar, Imom G'azzoli aytganidek, jahid, tushahid.

[5:48] Mehnat qil, ko'rasan. Topasan, anglaysan. Joningni qiyna. Joningni qiyna. Bu Alloh haqidagi ilmni o'rganishlik uchun inson nafsini jilovlash kerak. Ko'zini tiyish kerak, tilini tiyish kerik, to'g'ri kiygan ovqatni yuvormaslik kerak. Berish kerak borini, in'fo qilish kerak, solih amalda bo'lish kerak. Bu ilmning natijasi qalbingda qoladi.

[6:14] Avvalgi ikkita ilmni bir xil o'rgandik, natijasi kallada qoldi. Bu ikkita ilmda hamma o'rgana olmaydi. Chunki zehn har xilda, ammo Allohni tanitadigan ilmni zehnni xira odam ham o'rgana oladi. Ko'ryapsizmi? Alloh haqidagi ilmni narxi baland, lekin hammaga dostupniy bizni tilda aytganda. Zehni zo'r bo'lsa ham, zehnni xira bo'lsa ham bu ilmni o'rgana olmadi. Chunki jonini qiynasa bo'ldi.

[6:44] Fayyul fariqoyniy axaqqu bil amning quntun ta'lamun. Bilsa, agar bilsanglar aytinglarchi, qaysi guruh xotirjam yashashlikka haqliroq? Alladina amano olam yalbi su'i imana hun bi zulm, ular akala hun mul'am va hun muhtadun. Iymon keltirgan va o'z iymonlarini zulm bilan aralashtirmagan zotlar, ana o'shalar xotirjam bo'lgushidirlar, ana o'shalarni hidoyat topgushidirlar. Agar siz Allohni sizga tanitadigan ilm bilan mashg'ul bo'lsangiz va mana shu ilmni egasi bo'ladigan bo'lsangiz, samarasi qanaqa bo'ladi? Sakinat bo'ladi qalbingizda. Rozilik bo'ladi. Osoyishtalik bo'ladi . Qo'lingizda dunyo matohi katta bo'lmasa ham, Allohni taniganligi uchun hayotingizda saodatli bo'lasiz. Allohni tanishlik, Allohni o'zi haqidagi ilm, uni samaralaridan hikmatli bo'lib qolasiz. Qalbingizda orom bo'ladi. Rahmat bo'ladi. Haq bilan botinni ajratib beradigan nur beriladi. Allohni tanitadigan ilmni o'qing, Allohni taning, hikmat egasi bo'lasiz. Bu nima degani?

[7:56] Mana bu odam mana mana bu ishlarni qilsa ham mana bu shunday zo'r yashab yuribdi desa, aytasizki, qarab tur deysiz. Buni hayotini oltmish yillik serial desangiz, qirq yili zo'r ketyapti. Qolgan yigirma yilini ko'rasan deysiz. Boshqalar ko'rmaydigan narsani ko'radigan bo'lib qolasiz. Chunki isrofgarda aytdik ku, Alloh unga hidoyatni bermaydi.

[8:19] Haq bilan botirda ajrata olmay qoladi. Alloh nur bermaydi bunga. O'shaning uchun qilaveradi shu ishini. Ammo Allohni taniydigan bo'lsangiz, shoshmay tur deysiz. Mana odam holi xarob. Halol yashagani uchun manaqa qiyinchilikda yuribdi desa, buni ham ko'rasan keyinini deysiz. Bola chaqalarni ko'rasan kim bo'lishini buni. A buni ham bola chaqalar qanaqa ahvolga tushishini ko'rasan deysiz. Qachon? Alloh haqidagi ilmni o'rgansangiz.

[8:45] Allohni tanitadigan ilm. Bu ilmni o'rgangan inson, aqli adashmaydi, nafsi baxtsiz bo'lmaydi, mahzun bo'lmaydi, xavotirda bo'lmaydi. Dalil? Hamman tabiiyahudayef ala xavfun alayhi valahum yaxzanun. Bas kim mening hidoyatimga ergashsa, bas ular uchun xavf u xatar yo'q va ular mahzun bo'lmaslar. Birodarlar, uch xil ilmni aytdik. Allohning maxluqotlari haqidagi ilm. Allohning buyruqlari haqidagi ilm va Alloh Taoloning o'zi haqidagi ilm.

[9:19] Birinchi ikkita ilmni o'rganishni yo'li bir xil. Kitob, domla, imtihon, yodlash, takrorlash. Bu ikkita ilmni o'rgansangiz, dunyoda mohir tabib bo'lasiz. Advokat bo'lasiz. Zo'r bir muhandis bo'lasiz. Birinchi ilm, birinchi ikkita ilm, sizga mana shu dunyoyingizni salohiyatli bo'lishligini ta'minlaydi. Endi uchinchi, Allohni o'zi haqidagi ilmni o'rtansangiz, ikki dunyoda saodat topishingizga sabab bo'ladi. Alloh aziz va jalil mana shu ilmni o'lganchlikka hammamizga tavfiq bergan bo'lsin. Aquli qovli hayda va astag'firullohali va rahm. Innallohu malakatuhu yus'aluni alannibiy, ya yuhalladina amaluh sollallohu alayhi vasallim mutaslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

## Self-check quiz

Generated automatically from the lecture; not reviewed by a person.

1. Ustoz ilmning sharafi nimaga qarab belgilanishini qanday izohlaydi?
   - a) Ilmni o'qituvchi institutning nufuziga qarab
   - b) Ilm o'rganayotgan narsaning sharafiga qarab — correct
   - c) Ilmni o'rganish uchun sarflangan vaqtga qarab
   - d) Ilmni o'qituvchi professorning maqomiga qarab
   - Why: Darsda ilmning sharafi shu ilm o'rganayotgan narsaning sharafiga bog'liq ekanligi ta'kidlangan. [1:43–2:22]

2. Ustoz Alloh haqidagi ilmni o'rganishning avvalgi ikki turdagi ilmdan asosiy farqi nimada ekanini qanday ta'riflaydi?
   - a) Dunyodagi hayot salohiyatini belgilaydi
   - b) Kitob o'qib yodlash orqali o'rganiladi
   - c) Natijasi faqat zehnda qoladi
   - d) Natijasi faqat zehnda qolmaydi, balki ikki dunyoda saodat beradi — correct
   - Why: Darsda Alloh haqidagi ilmning natijasi zehnda qolmaydi, balki ikki dunyoda saodat topishni ta'minlaydi degan fikr bildirilgan. [5:12–5:42]

3. Ustoz Alloh haqidagi ilmni egallashning qalbga ta'siri haqida qanday fikr bildiradi?
   - a) Dunyo matohini ko'paytiradi
   - b) Qalbigizda sakinat va orom bo'ladi — correct
   - c) Faqat zehni kuchli odamlarga ta'sir qiladi
   - d) Kallada qoladi va unutilib ketadi
   - Why: Darsda Allohni tanitadigan ilmni o'qish natijasida qalbigizda sakinat, rozilik va orom bo'lishi ta'kidlanadi. [6:44–7:54]

4. Ustoz Alloh haqidagi ilmni o'rgangan insonning holati haqida qanday fikr bildiradi?
   - a) Doimiy mahzunlikda yashaydi
   - b) Aqli adashmaydi va xavotirda bo'lmaydi — correct
   - c) Nafsi baxtsiz bo'lib qoladi
   - d) Xavf va xatardan qochmaydi
   - Why: Darsda Allohni tanitadigan ilmni o'rgangan inson aqli adashmaydi, nafsi baxtsiz bo'lmaydi va xavotirda bo'lmaydi degan. [8:45–9:17]
