Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen a'lamin. Vassalat vas salomu ala ashrafil mursalin va ala alixiy va ashabiy ajma'in. Allohumma alimla mayyon faruna. La'nfa anabi ma'lum tanavuzi idna ilman. Allohumma arina al haqqa haqqon va rizqu natibaba va arina al ba'tila ba'tilan va rizqu najidinaba. Vaja anna minnay yestami o'n al qovli fa yetti biyon a husana. Vodixin nabi rahmatika fii aybadika solihai. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'l va barakatu.
Alloh taolo aytyapti, astag'firulloh, va man haloq nas sama avval avdavama baynahuma, ba'tiyla. Osmonlarda ham, yerda ham, ikkalasini o'rtasidagi narsalarni ham biz behuda yaratgan emasmiz. Odamlar o'zlari to'qib yuborgan qancha qancha falsafalar, ideologiyalar bor edi. Dunyoga keldi, zohir bo'ldi, odamlarni boshini aylantirdi, keyin yo'q bo'lib ketaverdi. Nima uchun yo'q bo'p ketdi? Chunki u botil edi. Hozirdan birodarlar g'arbda ham, sharqda ham mana shu bir ulug' dinimizga qarshi aytish mumkin bo'lsa, uchinchi jahon urushini e'lon qilishgan. Yo'q qilishmoqchi bo'lyapti. G'arbdagilari ham, sharqdagilari ham. Lekin bu din sobit turadi va albatta g'olib bo'ladi. Chunki u haq.
Sovet tuzumi yetmish yil bu dinni yo'q qilishlikka kuch berdi. Dunyodagi ikkita katta bir saltanat imperiya bo'lsa, bittasi shu edi. Yadro quroli bor edi, kosmosga chiqqan edi, podvodniy lotkalar bor edi, shuncha narsasi bor edi, yetmish yil harakat qildi islom dinimizni yo'q qilishlikka. Bir yoki ikkita avlodni dindan uzoq qilishliklar qo'lidan keldi. Lekin o'zi yo'q bo'lib ketdi. Chunki bu narsa botil edi. Islom dini haq, Islom dini birodarlar Allohni va'dasiga muvofiq saqlanadi.
Dunyoni har burchagida birodarlar dinimizga qarshi urushib olib borishyapti. Millatlarga ham pullar sarflashyapti, lekin bu din sobi turibdi. Sobi turibdilar emas, ulib o'syapti ham. Ana shu ayni Islomga qarshi urish qilayotganlarning yurtlarida Islom rivojlanyapti. Va mana shu narsa Islomni rivojlanishiga va shu yurtlarda musulmonlarni yana ham ko'payishiga sabab bo'lyapti.
G'arb Allohdaan yuz o'girdi. Ovo dinini cherkovga tiqdi. Din bu faqat uch o'rinda keladi, kerak bo'ladigan narsa. Tug'ilganda, nikohlana ekganda, o'lganda. Boshqa hayotining boshqa jabhasiga aralashmaydi din. Tug'ilgandek kerak, nikohlana ekanda kerak va ko'makkanda kerak. Shuning uchun birodarlar bular yo'q bo'lib ketishlikka mahkum.
Britaniyalik bir olimni so'zini o'qib beraman. Aytadiki, yaqin kelajakda islom olami g'arbga yetib oladi deb o'ylamayman. Ya'ni turmush tarzida, maishiy qulayliklarida, ilmiy taraqqiyotida hali g'arbga yeta olmaydi. Chunki oradagi masofa juda ham katta. Bu masofa yana ham katta eib boryapti. Ammo men aniq ishonch bilan aytamanki, butun olam musulmonlar oldida tiz cho'kadi. Musulmonlar kuchli bo'lishgani uchun emas, e'lonning najotga yetishi faqatgina islom bilan bo'ladi. Shuning uchun ular tiz cho'kada. Faqat buning uchun musulmonlar o'zlarining dinini to'g'ri fahmlab, unga go'zal suratda amal qilib, boshqalarga dinlarini to'g'ru taqdim qilishlari kerak.
Tushunarlimi? Biz zo'rligimiz uchunmas, tiz cho'kadi ular. Dinimiz, islomimiz zo'rligi uchun. Bu olim aytyapti, g'arb xohlasin, xohlamasin, islom oldida tiz cho'kadilar. Chunki insoniyatni najotga yetishi, insoniyatni bu dunyoda tirik qolishligi faqat islom bilan bo'ladi. Chunki u o'zini jamiyatini nima bo'layotganligini ko'rib turibdida. Endi musulmonlar zo'rligi shuni tiz cho'kmaydi, islom zo'rligi tushun. Biz islomimizni to'g'ri qilib ko'rsatib berishimiz kerak. Musulmonligini fech qiladi, ana shu koreyada ishlayapti yoki boshqa joyda ishlayapti, musulmonliginifech qiladi, qilayotgan ishi musulmonni fe'liga to'g'ri kelmaydi.
Yana bir ma'no. Astadibillah. Omon xolaqunas sama avval ardova ma baynahuma la'idin. Biz osmon va yerni hamda ularning orasidagi narsalarni o'ynab, behuda yaratganimiz yo'q. O'ynab,behuda yaratganimizyo'q. Nima degani bu? Bemahab qilingan ish, bekorchi ish. Mana shu telefonni yangi modelini quvolashlik bekorchi ish, uxlamasdan kechqurun futbol ko'rishlik bekorchi ishi. Yana qanaqa ishlarimiz bor bekorchi?
O'n ming dollarlik mashinasiga yigirma ming dollarni sarflab qo'yadi tuning qilib. Bekarchi ish, shaharda bitta bola yursin. Bormi shu kasalimiz? Kechasi uchgacha nardi o'ynab o'tirish. Bu g'irt xorom ish. Behudagarchilik, vaqtni zoyi qilish. Unaqa odamlarni tili bilan aytganda, vaqtni o'ldirib o'tiribmiz deydi. Vaqtni o'tirib o'tiripdi. Sen nima eding odam bolasi, sen vaqtsan. Sen yillar, oylar, haftalar, kunlar, soatlar, daqiqalar, soniyalar majmuasisisan, sen vaqtsan. Sen vaqtni o'ldirib o'tiribmiz deganingda o'zingni o'ldiryapsan.
Prabasi o'tirishadi. Ana shu o'ldirayotgan vaqtingni kitob o'qishga yoki bir hunar olishga sarf qilganingda edi, xususan yoshlar. Ilm olishga, hunar o'rganishga sarflaganida edi, hayoti osuda bo'lib qolardi, zo'r bo'lib qolar edi. Kimgadir minutlar yetmay qoladi maqsadga yetish uchun, sekundlar yetmay qoladida. A kimlargadir yillar oshchalik qiladi. Ulgurmay qoladida, besh minut burun borganda ulgurib qolardim shu ishimga deydi, ulgurmas ketib qolibdi. Kimgadir vaqt yetmaydi, kimdir vaqt to'ldira olmaydi. Ey birodarlar, inson nima ekan? Inson vaqt ekan. Bu vaqtni bekordan bekor sarflamaslik kerak birodarlar. Haq bu botilning ziddi. Botil yo'q bo'lib ketadigan narsa, haq sobit turadigan boqiy narsa.
Yosh bolaga dadasi akkumulyator bilan yuradigan mashina olib berdi. Endi haligi bolani xursandchiligini cheki yo'q. Butun borlig'ini egallaydi bu mashina. Kuni tuni shu fikri o'yin mashina bilan. Olib qo'ysa dod deydi. Ko'ziga dunyoqorong'u bo'ladi. Keyin bu bola katta bo'ladi. O'qib bir yaxshi tabib yoki yaxshi bir advokat bo'ladi.keyin shu mashinasiga ko'zi tushib turib, yoshligini eslab kuladi. Qara, shu narsani deb yig'lab siqtab yurgan ekanman olib qo'yishsa deydi. Ana shu o'yin degan narsani sifati kuchki, o'yin seni yuksaltirmaydi.
Sen un qo'yding, bir narsaga erishding, o'yin degan narsadan yuksalding. Va mana shu o'yinni qanchalar mayda narsa ekanligini ko'rasan. Pabiji hali ham trenddami? Trenddami? Kattalashishni san tushunmadinglar a? Pabiji trenddami deyapman desa, u qaysi tilda gapiryapti domla deydi. Bu kami qara telefondagi o'yin, otish chopish o'yini.
Duganda do'konga klient keldi. O'tiribdi hozir bejara mana shunaqa o'tiribdi. Yo'q aka yo'q, unaqa narsa yo'q. Qaniydi shu do'konda egasi uni ishga olgan xo'jayin ko'rsak edi o'shani. Ko'tiga bir tep haydab chiqarardi. Klient kelsa yo'q aka, ish yo'q, dam olyapmiz deydi. Unaqa narsamiz yo'q deydi. Kompyuter o'rniga bal olib qolganlar, telefondagi o'ngga ballanib qolganlar. Birodarlar, yoshinglar katta bo'lib qolganini bilmay qolasizlar.
Tanka degan o'yin bor edi. Bir ukamiz aytib bergandi. Domla deydi, sakson soat o'ynabman deydi. Sakson soat o'tibman. Shuni o'rniga Qur'on yodlamaymanmi? Bu yigitni ulg'ayibdi. Esini yig'ib, esini yig'ilibdi. Endi kimdir o'tiribdi yana. Uyda o'tiribdi shu tankani o'ynab. Umr o'tyapti ya, umr o'typti.
Ba'zan boy berilib, bebaho onlar, bekor o'tgan damga ko'ngil ezilar. Ey, yoshlar, bu ashula bu. Bir hofizni ashulasini she'ri, qarang, ma'nodi. Sizlarni davringlardagi qo'shiladigan ma'nosi ham, madrasasi ham yo'q. Qanaqa edi? Umr o'tmoqda degan. Ha, eskilar bularni. Essiz, essiz bolalikni qoldirib ortda, umr o'tmo'qdadir daryo misoli. Qoldirib qoldirmayiz bu hayotda umr o'tmoqdadir, umr o'tmo'qdadir. Qarang. Keksalik nuralab eshik qoqmoqda, bolalik qaytadan qaytarilmoqda, bizdan erta kunga nelar qolmoqda, umr o'tmokdadir, daryo misoli. Shuning uchun birodarlar manaqa kompyuter o'ngga baylanib qolganlar, telefondagi o'ngga bayalanib qolganlar sizlar bekorchi narsa bilan shug'ullanyapsizlar.
O'yin shunaqa narsa. Zoyi bo'lgan vaqt, maqsadsiz amal, foydasiz ish. Endi uni pulga ham olishar ekan u tankani bazalarini. Ikki ming dollarga sotmadim deyapti. Ikki ming dollarlik o'sha to'plab qo'ygan tankalarni sotmabdi. Virtualniy boyligini naqd boylikka aylantiryapti. Yo'q, qarang da, qaysidir reja aql yosh bola, ikki ming dollar chakana pulmi?
Birodarlar, Alloh Taolo men osmoni yerni bekorchilik bilan yaratganim yo'q deyapti. Haq bilan, maqsad bilan yaratdi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar imna alloha yuhayt bu ma'ali al umr va ashofaha va yakurah u safa sifaha va daniyaha. Albatta Alloh ishlarning unvorlarini va eng sharaflilarini yaxshi ko'radi. Va uning safsatalarini va pastlarini yomon ko'radi. Tushunarlimi?
Hozir shunday telefoningizni olsam, ichida shunga o'xshagan o'yinlari yo'qligidan, xijolat bo'lmay o'tira olasizmi? O'tira olasisiz. Kerak emas suratlardachi? Tinmay futbol. Tinmay shu mushtlashgan. Tinmay o'sha prikol, tinmasdan o'shanaqa bir kulgili narsalar. Batareykasi o'tirib qolganda, telefon o'chib qolmasligi uchun, asmasin tutib qolgan odam dorini istagandaqa vosvosh bo'lib qoladi. Razredkaga, ulkasi bilan mana shu qadib borganda sanchib olay.
Birodarlar, biz mana shu, mana shu shunaqa bo'lib qoldik biz. Oliy ufqda bo'lgan inson bor, pastda, tubanlikda turgan inson bor. Eng sharafli oliy insonlar oliy ishlar bilan mashg'ul bo'ladi. Tuban past insonlar befoyda ishlardan ovora bo'ladi. Shuning uchun haq, sobit va oliy narsani ko'zlagan narsa, botil esa, sobit bo'lmagan, yo'q bo'lib ketadigan narsani ko'uzlagan narsa. Kompyuter o'yinlaringlar ana shu botil bo'ladi.
Agar inson o'zini nafsini haq bilan bog'lasa, haqqa ergashtsa, bu kishi ikki dunyoda saodat topadi. Ammo o'zini botil bilan bog'lab qo'yadigan bo'lsa, qalbini botilga bog'laydigan bo'lsa. Mana shu botil turarkan, u foyda topadi. U botil yo'q bo'lib ketgandan keyin undan foyda topa olmaydi. Demak, oqillik, ulug'vorlik abadiy va azaliy bo'lgan Haq bilan birga turishda.
Siz o'zingiz yaxshi bilasiz. Qilayotgan ishingizni qaysinisi Haq, qaysinisi botil. Haq ishni, to'g'ri ishni, foydali ishni qilganingizdan keyin, siz xijolat bo'lmaysiz birovni ko'zingiz tushib qolsa. Endi birov ko'rib qolsa, xijolat bo'lladigan ishni qilyapsizmi? Bilasiz shu narsa botil. Keldingiz telefonimni dey qiladi da. Qachon qolasiz mana shunaqa bo'lib qolgan. Birodarlar, yozsin, so'rasin, tavsiyadan yozyapman da bitta narsa. Yosinni yodlaganlar qo'l ko'tarib qo'yaylik.
Yaxshi. Qur'onga qarab o'qiy oladiganlar qo'l qo'tarib qo'taylik. Xudoga shukur, ko'proq. Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan sahih hadis bor. Kim tong otganda, bomdod namozidan keyin, tong otganda Yosin surasini o'qisa, to kech kirgunga qadar shu kunning yengilligiga erishadi. Shu kuni yengil bo'ladi. Kim Yosin surasini kechqurun o'qisa, to tong otgunga qadar shu tunning yengilligiga ega bo'ladi.
Zo'rmi? Asarlarda qalbi xursand yuradi deyilgan ekan. Kelinglar mana shu foydalanilmasa bilan shug'ullanaylik. Birovni yodlab qo'ysa bo'ladi, eshitib turib yodlab qo'sha bo'ladi kallasini tupoy bo'lmagan odam. Mana foydali narsa. O'shaning uchun ba'zi mashinalarda bomdoddan keyin Yosin surasini qilsa bid'at, bid'at deydigan ukalar bor. Mana sahih hadis. Sen o'qiyolmaysan, eshitib o'tir, hech bo'lmasa. Yetti minut, besh minutda o'qib qo'yadi.
Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallamning eng og'ir kunlarida u zotni yonida turib berganlar. Sahoba ikromlar. Qani ular hozir? Yo'q. Ular oliy illiginda. Ularni ismlari sharaf loyihasida. Ularni ismi aytilganida, roziyallohu anhun, alloh ulardan rozi bo'ldi deb qo'shib qo'yamiz. Ular ham o'tib ketdi. Endi Muhammad alayhissalomga qarshilik qilganlar, islomga dushmanlik qilganlar, o'zlarini botirda tutganlar. Ular qani? Ular ham yo'q. Ular ham o'lib ketdi. Mansabdorlar, ulug'lar, kiborlar, quvvatlilar. Bu toifa insonlar, Rasulullohga dushmanlik qilishdi. Ular qani? Ular tarix axlatxonasida.
Seni birodar, Allohga yaqin qiladigan har bitta narsa haq. Seni birodar Allohda uzoqlashtiradigan har bitta rosa botir. Qo'linglardagi telefon sizlarni Allohda uzo qilib turibdi, aksar holatda. Haq sobit va doim bor bo'ladigan narsa, botil yo'q bo'lib ketadigan narsa. Aboxanifa rahmatullo alayhni xusumatchilaridan bittasi bu imomni qiyin ahvolga solib qo'ymoqchi bo'ldi. Bular hammasi xalifa ja'far al mansurni huzurida turishganida, boyagi xusumatchi aboxanifaga dedi, rahmatullo alik aka. Nima deysiz, ey imom? Agar Xalifa menga bir odamni o'ldi desa, o'ldirishim kerakmi, yo'qmi dedi.
Abu Xalifa rahmatullohu alayhi Xalifa bu o'rinda haqmi yoki nohaqmi dedi. U kishi nohaq degani qo'rqdi da, haq dedi. Dedi, imom, sen haq bilan birga bo'l dedi. Tashqariga chiqqandan keyin, u meni bog'lab qo'ymoqchi bo'lgandi, men uni bog'lab qo'dim dedi.
Shuning uchun birodar, haq bilan birga bo'lishlik kerak. Haq doimiy turadigan narsa, botir, yo'q bo'lib ketadigan narsa. Birodarlar, dunyo matohi bu unga oshiq bo'lishlik botilaman. Bu dunyo matohi zimolavlantiradi. Sen birodar Allohni tanishish uchun yaralgansan. Jannat uchun yaralgonsan. Abadiy hayot oldidasan. Seni borlig'ingni Allohda boshqa narsa to'ldirmaydi. Mansabga intilasan, yetasan, zerikasan. Boylikka intilasan, yetasan, u ham zeriktiradi. Go'zal ayolga oshiq bo'lasan, yetasan, u ham zeriktirtiradi. Nima bo'lishidan qat'iy nazar, bu dunyo matohi vaqtincha huzur halovat bo'ladi, keyin zeriktiradi. Allohdan boshqa hamma narsa odamni malollantiradi. Allohdan boshqada biron narsa senga abadiy saodatni bera olmaydi. Alloh shunday bo'lishini xohladi. Shuning uchun dunyoda yashab, Allohni tanimasdan kun kechirayotganlarni hayoti malollanuvchilikdan iborat. Sen birodar, hamma narsani bir chekkaga qo'ygin da, Allohni rozi qilishlikni birinchi o'ringa qo'y. Shunda qolgan dunyo matohini Alloh Taolo sening qo'lingga ato qilib qo'yadi.
Allohni unutgan, dunyoni hamma narsasiga erishgan, odamlarni mushkulasi ham ayni shunda. Oldida maqsad qolmagan. Hamma yoqqa erishishgan. Shuning uchun qarasanglar, suitsid deymiz a mana. O'zini joniga o'zi qasd qilishlik, suitsid deyiladi. Mana shu jahon statistikasini qarasangiz, suitsidni eng katta qismi qayerda desa, mana shu ayni dunyoviy maishati rivojlangan mamlakatlarda. Ana shu boy mamlakatlardagi odamlarni qo'lida dunyoni hamma matohi bor. Hamma bir quloqlari mohayyo. Ammo Allohni unutib qo'yishganligi uchun hayotlarda molatlanishgan. Shuning uchun o'zlarini o'zlari ko'p joniga qasd qilishadi.
Astag'firulloh, qo'l hal nuna biy kun bil axsariyna amali. Ey Muhammad alayhissalom, ayting. Sizlarga qilgan ish amallaridan eng ko'p ziyon ko'rguvchi kimsalarni xabaringni beraymi? Dunyoga kelib eng katta zarar ko'rgan odam kim aytyapman? Ular kofir bo'lganlari sababli, qilgan sayo harakatlari, dunyodoyoq yo'q bo'lib ketgan u, ammo nodonliklari sababli o'zlarini chiroyli amal qilayotgan kishilar deb hisoblaydigan kimsalardir.
Allohdan uzoq bo'lib, inson saodat topishi mumkin emas. Chunki robbimiz aytyapti, ala bintikrillah hitatma in nol qulub. Ogoh bo'linglar. Ogoh bo'linglar, qalblar faqat Allohdan zikri bilan orom oladi. Dunyo, boylik, mansab, chiroyli ayol, keng hovli, qimmat mashina, bular hammasini mol ollantiradi. Qalb faqat Allohdan zikri bilan olib orom oladi.
Inson hayotini avvalida mol bu hamma narsa deb o'ylaydi. Hayotini o'rtasiga kelganda mol bor yo'g'i bir narsa ekan deb o'ylaydi. Umrini oxiriga borganda mol hech narsa emas ekan deydi. Nabiy sollallohu alayhi salam aytadilar, li an aqul subhanalloh va alhamdulillah va la ilaha illallohu va allohu akbar, ahab bu ilayye minma tolati alayhi shams.
Subhanalloh va ilhamdulillah va la illaha illallohu vallohu akbar deyishligim men uchun quyoshning nuri tekkan hamma narsalardan ko'ra sevimliroqdir. Telefonda kamroq o'ynab, zikrni ko'proq aytaylik. Subhanalloh, valhamdulillah, vala ilohi illallohu, vallohu akbar.
Alloh azza va jalla o'zi to'g'ri yo'lga boshlasin, haqni haq qilib ko'rsatsin, unga ergashaylik, botinni botin qilib ko'rsatsin, undan uzoq bo'laylik. Aquli qovli hada va astag'firulloh alayhi valakum. Innallohi va malakati huysalluni ala nabiy. Ya ayyu halladina amanu sollu alayhi vasallimu taslima. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatu.