Bismillahir rohmanir rohim. Innal hamdaliillahi nahmaduhu anastayinuhu anastag'firuh. Va na'udh billahi min surur ya'nfu sinavamin sayy'ati amalina. Man yahdihillahi falah mubillala. Va man yug'ililgu falah hadiyala. Va nashxadvalloh ilohi illalloh va hidahular sharikala. Va nashqadvanna muhammadan abduhu rasuluh. A mabodo assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatu.
Alloh subhanahu va taoloning go'zal ismlari, asmaul husno silsilasidan rodallab o'tgan jumada as subuh ismini boshlagan edik. Bugun davom etkazamiz. Alloh taoloni zulmdan poklash bu tasbeh bo'ladi. Tasbeh nima? Tasbeh Allohni har qanday aybdan, nuqsondan va xususan zulmdan poklashlik. Alloh azza va jalla hadis hududida aytadi, ey bandalarim, men o'zimga zulmni harom qildim, sizlarni o'rtanglarda ham buni harom qildim. Bir biringlarga zulm qilmanglar. Zulm nima edi?
Zulm adolatning ziddi. Adolat nima edi? Adolat har bir haq egasini haqqini berishlik. Zulm mana shu haq egasini, haqqini ado qilmaslik. Alloh taolo hech qachon hech kimga misqoli zarra zulm qilmaydi. Nimaga loyiq bo'lsa, shuni beradi. Agar bir bandaga jazo bergan bo'lsa, shinga loyiq bo'ladimi? Endi Alloh taolo bir bandaga mukofot bergan bo'lmasa, unga fazil ko'rsatgan bo'ladi. Esimizdan chiqmasin, ustimizda qanaqa bir xayriyat, yaxshilik siz bilan bizga yoqadigan bir ko'rinish bo'lsa, biz bunga loyiq bo'lganligimiz uchun berayotgani yo'q buni Alloh. Balki fazl ko'rsatyapti.
Agar adolat qilsa, yer yuzida hech narsani qoldirmagan bo'lar edi. Qiyomat kunida Alloh Taolo adolat qilsin, hech kim jannatga kirmaydi. Bizni qilayotgan savobli amallarimiz bu jannatning mukofoti, jannatning xizmat haqqi emas. Jannatga Allohni fazli bilan kiramiz. Qilgan amallarimiz ana shu jannatdagi darajamizni belgilaydi. Demak, Alloh Taoloni zulmdan poklashligingiz bu tasbeh bo'ladi.
Alloh Taolo hargiz bandalariga zulm qilmaydi. Mana bir qancha oyatlarni o'qiymiz. Astadibilla la zulm al yaun. Bu kunda hech kimga zulm qilinmas. Qiyomat kunida hech kimga Alloh zulm qilmaydi. Fama aka an allohu liyat li ma'hum. Bas Alloh ularga zulm qilguvchi bo'lmadi. Bir qavmni balo bilan, ofat bilan qirib, yakson qilib yo'q qilgan bo'lsa, orqasidan aytyapti Alloh Taolo, Alloh ularga zulum qilgani yo'q. Ular o'zlariga o'zlari zulm qilishib oldi. Va la yuzla munafatiila. Qiyomat kunida ularga qilchalik zulm qilinmas. Demak, subhan robbi al a'lo, subhan robbi il adim, subhan Alloh degan ekanimizda, Alloh Taoloni har qanday aybdan pokli ekan bo'lamiz. Astaydu billa. Vo inkana mifqola habbati minxordalin atayinabiha akafa bina hasibin. Biz Qiyomat kuni uchun adolatli, mezon tarozular qo'yavermiz. Bas, biron jonga zarracha zulm qilinmas. Agar hardal o'simligining urug'idek yaxshilik yoki yomonlik qilingan bo'lsa, o'shani ham keltiramiz, biz o'zimiz yetarli hisob kitob qilgichidirmiz.
Demak, Alloh azza va jalla zulm qilmaydi. Allohni zulmdan poklaymiz. Tasbeh nima? Tasbeh Alloh Taoloni juftdan va farzanddan poklashlik. Biz musulmonlar Alloh Taoloni farzanddan va ayoldan poklaymiz. Chunki Alloh Taologa bu sifat loyiq emas. Fala hadd alahoo, fala did alahoo, falan nid alahoo. Imom A'zam Fiqhul Akbarda aytadi, Alloh Taoloni haddi yo'q, chegara yo'q Allohga. Alloh Taoloning ziddi yo'q va Alloh Taoloning tengi yo'q. Falan nid alahloo. Shuning uchun Qurash mushriklari Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan kelib savol so'rashdi. Robbingni bizga sifatlab ber.
Javob o'laroq, Qur'oni Karimdagi hammamiz bilgan Ixlos surasi nozil bo'ldi. Qul hu allohu ahad, allohu somad, lam yalid valam yuvlat valam yakunlahu kufvanahad. Ayting, u Alloh yagonadir, Alloh behojjattir, lam yalid tug'madi, valam yu'lat, tug'ilmadi. Valam yakunlahu kufvan ahad. Hech kim Allohga teng emas.
U farzandga muhtoj bo'lish, xotinga muhtoj bo'lishlik, o'zi umuman bir narsaga muhtoj bo'ldik, bu maxluqotlarning sifati. Alloh azza va jalla bunday nuqsondan, bunday bir aybdan pok bo'lgan son. Tasbehning ma'nolaridan As Subuh ismi haqida aytiladi. As Subuh ya'ni Alloh Taoloning sifatlari komil va go'zaldir.
Inson nimani yaxshi ko'radi? Inson go'zallikni yaxshi ko'rar. Komillikni yaxshi ko'radi. Atoni yaxshi ko'radi. Mana shu uchala yaxshilikning masdari o'zagi Alloh Subhanahu va Taoloning o'zi bo'ladi. Komillikning masdari Alloh. Go'zallikning masdari asli alloh va ato qilishlikning asli ham alloh subhanahu vataolo. Ato qiladigan ham yolg'iz o'zi. Alloh Azza va Jallaning ishlari yomonlik va nuqsondan pok.
Astaydu billah. Qulinglar huma malikal mulkiy to'til mulka man tasha'u va tanzil mulka min man tasha'u. Va to'g'ayz zuman tasha'u va tuziluman tasha'u biyodikal xoyr. Ayting, ey mulki davlat egasi bo'lgan Allohim, sen istagan kishingga mulk ato qilaversan. Istagan kishingdan bu mulkni tortib olaversan. Istagan qishingni aziz qilaversan, istagan qishingni xor qilaversan. Bor yaxshilik, yolg'iz seni qo'lingdadir. Biyadikal xoyr. Yaxshilik seni qo'lingda.
Bu oyatda biyadikal xo'r deyildi. Yaxshilik sening qo'lingda deyildi. Yomonlik seni qo'lingda deyilmadi. Chunki Alloh Taolo bandalarga hargiz yomonlik qilmaydi. Avvalgi darslarimizda aytdik. Bu borliqda yomonlik bor bo'lsa, bu yomonlik nisbiy yomonlik deyiladi. Mutloq yomonlik bo'lmaydi.
Mutloq yomanlik degani, orqasida hech qanaqa yaxshilik bo'lmagan. Boshi ham, o'rtasi ham, oxiri ham yomonlik, mutloq yomonligi deyiladi. Bunaqa yomonlikni bo'lishligi mumkin emas. Masalan, bir odamni oyog'i sindi. Bu mutloq yomonlikmi yoki nisbiymi? Nisbiy. Chunki oyog'i singani zarar bo'lsa, endi ko'chaga chiqa olmaydi, gunoh ma'siyatdan ham tiyildi. Orqasida nimasi bor? Foydasi bor. Bir odam kasal bo'ldi. Yomonlikmi? Yomonlik. Yaxshiligi nima?
Gunohlarga kafforat bo'ladi. Bir odamni katta miqdorda pulini biror tortib oldi, g'asib qildi, zulmon tortib oldi. Bermay qo'ydi. Yomonlikmi? Yomonlik. Yaxshiligichi? Qiyomatga qoldi. O'zi o'tkaza olmasdan uncha miqdorda puldi, to'g'rimi? Ko'ryapsizmi? Bu dunyoda bo'layotgan yomonliklar mutloq yomonlik deyilmaydi. Bu nisbiy. Har qanday yomonlik orqasida nima bor? Bitta yaxshilik bor.
Mana shu borliq, samo bo'lsin, quyosh bo'lsin, osmondagi sayyoralar bo'lsin, yer bo'lsin, suv bo'lsin, borliq. Alloh yaratgan maxluqotlarning hammasi Allohga tasbeh aytadi. Lekin biz ularni tasbehini tushunmaymiz. Astaydu billa, tusab bi hula hus samavatu sabu avval ard va man fihin. Va im min shay in illa yu sabbi hibbe hamdihi, valakin la tavqoxuna tasbehahum. Yetti osmon, yer va ulardagi bor jonzot Allohni poklar. Allohga tasbeh aytadi. Mavjud bo'lgan barcha narsa hamdu sano aytish bilan u zotni poklar. Lekin sizlar ey insonlar, ularning tasbeh aytishlarini, poklashlarini anglamassizlar. Darhaqiqat, u halim va mag'firatli bo'lgan zotdir. Birodarlar, nimaki bor bo'lsa bu borliqda, Alloh Taolo yaratgan maxluqotlarning hammasi tasbeh aytadi. Faqat ularni tasbehiy qanaqa ekanligini biz tushunmaymiz. Ehtimol shamolni daraxtlarni qimirlatayotganligi shamolni tasbehidir. Shu shamolda daraxtlarnini chayqalayotganligi tasbehidir. Dengizni to'lqinlanayotganligi tas behidir.
Hayvonlarni Alloh o'rgatgandek, ilhom bergandek ish yuritishligi tasbehdir. Butun borliq Alloh Taologa tasbeh aytib turganda, g'ofil inson tasbeh aytishdan to'xtab qoladi. Hamma narsa tasbeh aytadi, lekin inson mana shu koinotni Alloh unga bo'ysin deb berganiga qaramasdan, tasbeh aytmaydi, g'ofil bo'ladi. Uyalmaydimi?
Qilayotgan har bitta ishiga inson qiyomat kunida mas'ul bo'ladi. Mana shu dunyoda ne'matlariga, lazzatlariga sho'ng'ib ketishlik aqldan bo'ladimi? Bu aqliyo'q, ixtiyoriy bo'lgan hayvonlar qiyomat kunida ma'sul, javobgar bo'lmaydi. Ammo inson qiyomatda javob beradi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar: Subhanalloh va alhamdulillah va la ilaha illallohu va la hukm deyishim men uchun quyoshning nuri tekkan hamma narsadan yaxshi.
Butun borliq o'zini bor bo'lib turishligida Alloh Taologa tasbiya qaytar ekan. Subhanalloh der ekan. Astaytubillar? Vo innomin ala hijaroti la ma yata fajaru minhul anhar. Vo innomin ha la ma yashshaqoq u min fayah ruju minhul ma. Vo innomin ha le ma yahbitu min hoshiyating la. Zero deydi Alloh Taolo Baqara surasida. Zero shunday toshlar borki, ulardan daryolar otilib chiqadi. Yana shundaylari borki, yorilib ichidan suv chiqadi. Yano shundaylari ham borki, Allohdan qo'rqqanidan pastga qulaydi. Tosh yorilib ichidan surib chiqadi. Tosh Allohdan qo'shib yumalaydi pastga qarab deyapti. Endi, toshni Alloh Taolodan qo'rqishligi mana shu oyatning nassi bilan sobit bo'ldi. Tosh qo'rqar ekan. Endi insonchi? Endi bu insonni qalbi toshdan ham qattiq. Ta'sirlanmaydi, yig'lamaydi, qo'rqmaydi.
Bilasizlarmi, inson zoti nima uchun yer yuzidagi eng mukarram maxluq deyilgan? Valaqodu karrom na bani adama deydi Alloh Taolo Qur'onda. Biz odam bolalarini aziz mukarram qildik. Ularni quruqlik u dengizda ko'tardik va yaratgan maxluqotlarimizdan, bandalarimizdan, ko'plaridan aziz qildik.
Chunki nimaga inson eng aziz mukarram maxluq? Chunki u omonatni ko'tardi. Innna aroqnal amanata, ala samavati val ard. Biz mana shu omonatni deydi Alloh Taolo, din degan omonatni. Alloh Taologa o'zini ixtiyori bilan bo'ysunish degan, din degan omonatni osmonlar yerga taklif qilganimizda, ular bosh tortishdi. Ko'tara olmaymiz buni deyishdi. Lekin inson ko'tardi uni deydi. Mana shu omonatni ko'targani uchun inson eng aziz mukarram maxluq. Tushunarlimi? Bizni figuramiz chiroyli bo'lganligidan, aqlimiz, tilimiz ravon bo'lganligida aziz mukarram emasmiz. Allohni dinini ixtiyorimiz bilan bo'yi sinaman deb qabul qilganligimiz uchun aziz mukarrammiz.
Ona allohu beg'ofileni ammati amalun. Alloh qilayotgan amallaringizdan g'ofil emasdir. Demak, yuqoridagi oyatlardan ma'lum bo'lyaptiki, koinotdagi har bitta narsa Allohga tasbeh aytadi, faqat g'ofil, kofir insongina mana shu tasbehdan uzoq bo'ladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: hijabuhu nur, la ukashafahu, la axroqa, subihatu vajihih, ma imta ilayhi bosaruhu min xolqihi.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam mana miyrojdan qaytib tushganlarida Alloh Taolo bilan rozi aytishdi. Besh mahal namozni farziyatini olib tushdilar va Oyshanamiz so'radilar: yo Rasululloh, hal ro ayta robbaka, robbingizni ko'rdingizmi? Deganida: a nur, nur, anna aroq, hamma yog'i nur edi. Qayoqdan ko'raman dedi. Mana robbimiz Subhanah va Taolo haqida Payg'ambarimiz aytyaptilar, uning hijobi nurdir. Nurdan bo'lgan nimasi bor, hijobi bor, to'sig'i bor.
Uning yuzini pokligi, yuzining nuri, maxluqotlardan ko'zi yetadigan joygacha kuydirib yuboradi. Ya'ni Alloh Taoloning nazari qayerga yetsa, agar shu pardani ko'tarsa, bu nur, bu yorug'lik butun maxluqotlarni kuydirib yuberadi. Ya'ni butun maxluqhotlarni hammasini kuydirib yubeoradi. Mo'liso alayhissalom Alloh Subhanahu va Taolodan tavrotni qabul qilib olishlik uchun mana to'rtog'iga keldi. Va kallamallohu musa taklima. Alloh taolo Musoga o'zi gapirdi. Mana eshitganidan keyin parvardigor, alini andur ilayk, o'zingni ko'rsat, senga bir nazar solay, senga bir boqay dedi. Alloh taolo nima dedi? Lan taroney. Hargiz meni ko'ra olmaysan. Inson bu dunyoda turar ekan, hali o'lmas ekan, jannatga kirmas ekan, hargiz Allohnı ko'rishi mumkin emas.
Qachonki Muso va'dalashgan vaqtimizda to'rt tog'iga kelib, parvardigori unga bevosita so'zlagach, u Muso, dedi. Parvardigorim, menga jamolingni ko'rsatgin, senga bir qaray. Alloh dedi. Sen meni bu dunyoda hargiz ko'ra olmaysan. Lekin bandasini boyagi qiziqishini qanoatlantirib qo'ydi Alloh taolo. Ibrohim alayhissalom aytgan edi ku, adiniy kayfa tuh ilmauta. Parvardigor o'linglarni qanaqa qilib tirtirasan, ko'rsat deganida, to'rtta qushni ol, hammasini boshini uz, go'shtini patlari bilan qiyma qiylab chop aralashtir, tog'ni, to'rtta tog'ni cho'qqisiga qo'y, so'ngra ularni ismini aytib chaqir dedi. Shunday qilgan edi, boyagi go'shtlar, patlar yig'ilib, qushga aylanib keldi, boshini oldi, to'rtta qush bo'ldi. Endi Muso alayhissalom ham Parvardigor ko'ray seni dedi.
Alloh Taolo aytdi. Ammo mana bu tog'ga qara. Men unga ko'rinaman. Men ko'ringanimda, ana shu turgan joyda turib qolsa, sen ham meni ko'ra olasan dedi. Falam ma tajjala robbuhu lil jabal, ja alahudakka. Qachonki Parvardigori u tog'ga ko'ringan edi, uni mayda mayda qilib tashladi.
Dunyoda inson Alloh Taoloni ko'rishi mumkin emas. Jannatga kiradi, Robbisini ko'radi. Ha, biz ko'ramiz, bizni e'tiqodimizda Alloh Taoloni, ko'ramiz biz. Ana shu adashgan toifalardan mo'tazilalar Alloh Taoloni ko'rib bo'lmaydi. Sen mana shu ko'zingni soqqasiga joylashgan ko'zingga Allohni sig'diraman deb ishonyapsanmi? Deb ular Allohni ko'rishni inkor qilgan. Hatto jannatda ham ko'rib bo'lmaydi deyishgan. Bizni e'tiqodimizda birodarlar, ahli sunnaval jamoa e'tiqodida Alloh Taoloni ko'ramiz.
Tog' parcha parcha bo'lib ketdi. Vahorra Muso soiqo, falonma afaqo, qolasida xaynaka, tu butu ilayk va ana avvalul munimiyn. Va ana avvalul mo'mining. Muso boyagi tog'ni mayda mayda bo'lib yo'q bo'lib ketganligini ko'rganidan keyin, hushsiz holda yiqildi. O'ziga kelgandan keyin esa, pokiparvardigor, noo'rin savol so'rashdan o'zingga tavba qildim. Endi men iymon keltiruvchilarning eng avvali peshqadamiman dedi. Shuning uchun, Qur'onda aytiladi, la tudrikuhul abusor. Uni Allohni ko'zlar idrok qila olmaydi. Ko'zlar ko'ra olmaydi.
Bu dunyoda turib hech kim Allohni ko'ra olmaydi, faqatgina oxiratda, jannatda. Alloh Taolo aytadi, istadibilla, vujudhun yelma ilin nadiro ila robbixin nadiro. U kunda mo'minlarning yuzlari yashnab, Parvardigoriga boqib turguvchidirlar. Ko'ramiz Robbimizni subhanah va Taolo. Maqsad shu. Eng oliy maqsadimiz Allohni jamolini ko'rish.
Alloh hammamizga shuni baxti nasib qilsin. Qo'l ja'al haqqi va zahaqol batil, inn al batilaka ana zahhu qo'l. Ayting ey Muhammad ali sallalloh, haq keldi, botil yo'q bo'ldi. Zero botil yo'q bu bo'lib ketadigan narsa bo'ladi. Alloh taoloning jamolini ko'rinishlikka inson xardor bo'lishligi kerak. Mana shu emas, eng aqlli odamni ishi. Ana shu Allohni jamolini ko'rishlik uchun inson nafsini jilovlay bilishligi kerak.
Allohga tasbeh etishlik birodarlar har vaqtda bo'lishi kerak. Allohni subhanah va taolo aytadi astadibilla, fath subhanallohi haynatunsun va haynatus behun. Vala hul hamdu fissanova ti va al ardi va ashiym va hina tuthi hirun. Mana shu namoz vaqtlari aytilingan shu oyatda. Shunda tasbeh aytinglar deyapti. Bas, tunga kirish paytlaringizda ham, tonga kirish paytlaringizda ham, oqshomda ham, peshinga kirishingizda ham Allohga tasbeh ayting. Qarang, namoz vaqtilari.
Tunga kirayotganingda, tongga kirayotganinda, oqshomda, peshinda Allohga tasbeh hayting. Ya'ni tasbeh doimiy bo'lishligi kerak. Subhanalloh. Subhanalloh! Fasab beh, bismillah robbikal al avim. Bas ulug' parvardigoringizning nomini har qanday aybini husnidan poklab, tasbeh hayting.
Inson qachon tasbeh haytadi? Qalbini tub tubidan. Qachoniki tafakkur qilganda. Inson fikr yurgizsa, tafakkur qila oladigan bo'lsa, subhanalloh, dinchlikdan boshqa chorasi qolmaydi. Chunki o'ylanib ko'ring, farzandlaringiz bor. Balog'atga yetti, o'rta yoshda, go'dak, shu jidji deylik. Bir tomchi suv shu.
Bir tomchi suvi. O'ylab ko'ring da. Siz bilan biz ham aslimiz bir tomchi suv. Shu bir tomchi suvdan mana shunday bir komil suratdagi insonni yaratgan Alloh Taolo. Buni sizga hujjat dalillari bilan, ilmiy asoslar bilan tushuntirib bersa, Subhanalloh deysiz. Shuning uchun tasbeh, yurakdan chiqishligi uchun, qalbni tag tagidan chiqishligi shu, maxluqotlar haqida fikr yuritish kerak.
Tufakkiru fi maxluqotingla va la tufakkiru fida atixiy. Fatahlaku. Sizlar Allohning maxluqotlari haqida fikr qilinglar, Allohni zoti haqida tafakkur qilmanglar, aks holda halokatga uchraysizlar. Allohni qanaqa ekan o'zi zoti deb turib kirishmaymiz.
Chunki ana shu fixul akbarni sharhida aytilganidek, Allohning zotini idrok qila olmasligingni idrok qilishing, Allohni zotini idrok kilishingdir. O'zinglarga qaytarib yuboringlar da. Iplolamikin sizlar? Qaytara olmaysizlar, to'qson foiz qaytara olmaydi. Lekin domlalarning aqidasi noto'g'rigini bemalol muhokama qilaveramiz, a?
Mana shu yerda o'tirganlardan aqidaga tegishli bir ellikta kitob o'qigan odam bormi, qo'l ko'taringlar desam, hech kim ko'tarmaydi. O'qiganmisiz, qo'lingizni ko'taryapsizmi? Siz, siz. Nima deydi, qilyapsiz ku. Qo'lingizni ko'tarmay turing, birodar, qo'l ko'tadi deganimda. Ellikta kitob o'qiganmizmi aqidadan? Yo'q.
Qirq beshta. Yo'q. Bo'lmasam tichi, bunday qilaylik. Aqida haqida bahs qilmaylik biz, birodarlar. Aqida haqidagi bahsli mavzular ulamolarning yigirma o'ttizinchi etajida bo'ladigan mavzular. Ulamolar hal qilishadi, ulamolar hujjat dalilini keltiradi, har kim o'zini hujjati bilan qoladi, birodarlik ichida tarqab ketaveradi. Ammo avom xalqni orasiga olib tushadigan bo'lsangiz, Allohni zot haqidagi bahslarda, avom xalq bir biriga dushman bo'lib ketadi. Tushunarlimi?
Allohning zotini idrok qila olmasligingni idrok qilishing tire Allohni zotini idrok kilishingdir. Allohni zoti qanaqa ekan deb tasavvur qildingiz, qildingiz, tafakkur qildingiz, to'xtadingiz. Meni aqlim yetmas ekan Allohni qanaqa zot ekanligini idrok qilishlikka, dedingizmi? Demak Allohni tanibsiz. Shuning uchun Alloh ay yerda, Alloh may yerda, Allohni yuzi, Allohni qo'li degan temalarga kirishmanglar qo'yasiz. Chunki mo'min banda oromisi haqidagi e'tiqodi, aqidasida ozgina shubha qilib qolsa, ikkilanib qolsa, shu holda o'sha kofir bo'ladi.
Imom azam Fixo Akbarda aytadi, mo'min aqidasiga tegishli bo'lgan nozik masalalarda ikkilanib qolsa, u uchun bitta yo'l qoladi. Nima deydi u? U ham dalil keltiryapti, bu ham dalil keltirayapti. Biri ag'dasa, biri bag'da deyapti. Ikkita odam gapiryapti, bir biriga zid, lekin ikkalasini ham kitobi, sunnatdan dalili bor. Ikkilanib qoldi, o'zi kitob ko'ra olmaydi. Bittasini gapiga ishonish kerak. Shunda nima qiladi?
Aqidani nozik nuqtalarida mo'min odam shubhaga borib qolsa, ikkilanib qolsa, aytish kerak. Imom azam aytadi buni. Allohning nazdida qaysinisi to'g'ri bo'lsa, men shu e'tiqoddaman deb qo'yish kerak. Va bu, bu gap to bir biladigan bir olimdan borib, aniqlab, so'rab olgunicha himoya qilib turadi e'tiqodini.
Masalan, safarda eshitdingiz u, gangib qoldingiz, qanaqa ekin deb, Alloh haqida ekin deb. Allohni nazdida qaysi e'tiqod to'g'ri bo'lsa men tushunaman dedingiz va bu gapingiz to bir ishonchli olim odamlar borib so'rab olguningizcha ishlaydi. So'rab aniq qilib oling e'tiqodingizni. Tushunarlimi birodarlar? Allohning zotini qanaqa ekanligini, Allohni zotini idrok qila olmasligingni idrok qilishing Allohni zotining idrok qilishingdir. Qanday idrok qila olmaydi insonda ahli? Ahli podbornniy lodka asab suv tagiga tushyapti, kosmosga chiqyapti, a? Klonirovaniya qilyapti. Shunga yetgan aqli nahotki Allohni qanaqa zot ekanligini idrok qila olmaydida desa, aqliy misol keltiramiz.
Tilla tortadigan tarozi mana shu telefonchalik tarozi bo'ladi. Buni ati nima? Tarozi. U besh yuz grammgacha tortadi. Keyin mana bu do'konlardagi kartoshka piyozni qopi bilan tortadigan tarozi bor. U besh yuz kggacha tortadi. Uni ham ati tarozi. Endi mana bu yuk mashinalarni ko'miri bilan ustiga chiqarib tortadigan tarozilar bor. U ellik tonnagacha tortadi. Uni yam ati tarozi . O'sha besh yuz glik yukni ko'taradigan tilla tarozini ustiga, o'sha yuk mashinani ko'miri bilan chiqarib qo'ysangiz nima bo'ladi? Pachag'lanib ketadimi? Xuddi shunga o'xshagandek, lillahi ilmat alul a'la allohning zotini qanaqa ekanligini idrok qilgani, sizning aqlingizni ojizlik qiladi, qosirlik qiladi.
Ha siz alloh taoloni zoti haqida fikr qilish emas, sizni tirik qilib turgan ruh haqida fikr qurib ko'ring. Nima u ruh? Aytib bera olasizmi? Aytib berolmaysiz va bundan keyin ham aytib berisha olmaydi. Istaydu billa. Va ya siz alunikani ruh. Sizdan ey Muhammad alayhissalom, ruh haqida so'rashadi. Quli ruhi min amri robbiy. Ayting, ruh robbi min ishi, va man olti yil u minal ilmi illa. Qoling. Sizlarga ozgina ilm berilgan.
Insoniyatni oldida qanaqa bir ilmiy kashfiyotlar turibdi hali? Alloh biladi qayergacha borishini, lekin ruhni aniq bila olmaydi. Inson tirik edi. Nima yo'qoldi undan? Soch soqoli o'rnida turibdi, ves o'chligicha turibdi, hamma yog'i bor, lekin ruhi yo'q. Qani u? Shuning uchun birodarlar, bizni e'tiqodimiz, bizni aqidamizda Allohning zoti haqida fikr qilishlik mumkin emas.
Adashib qolasiz. Ikkilanib qolasiz, Alloh saqlasin, iymondan chiqib ketib qolasiz. Allohning zotini idrok qila olmasligingni idrok qilishing, Allohning zotini idrok qilishingdir. Demak nima demoqchiman bu gapim bilan? Bizni aqlimiz yetmagan, ilmimiz yetmaydigan narsalarga aralashmaylik birodarlar. Xo'p.
Bolangizni ko'zini operatsiya qilish kerak bo'lsa, eng ishonchli doktorga olib borasiz. Eng qimmat doktorga olib berasiz. A? Chunki bolangizni kozida ikkita yana u ko'zi. Oltmish yil, yetmish yil yashaydigan odam shu ko'zini etyot qiladiki, shu oltmish yetmish yil foydalanish kerak da ko'zidan. To'g'ri kelgan doktorga olib bormaysiz ku ko'zini kavlatgani, to'g'rimi? Tish bo'lsa bo'pti endi o'ttiz ikki ta u. Sug'urib yuborib, o'rniga boshqa qo'ysa bo'ladi. Bolangizni yoki o'zingizni ko'zingizni davolatishlikda eng, eng, eng, eng mutaxassisga olib borasiz u, e'tiqod aqlingizni belgilashda, shakllantirishlikda to'g'ri kelgan odamni gapini olib ketaverasizmi?
Birodarlar insof qilaylik. Ma'qulmi? Shayx hazratlarini taniysizmi desam, tanimayman deyapti. Alloh qayerda degan savolni beruvdi, bir ukamiz, narigi masjid edim. Men o'zimni gapimni aytish to'rniga, shayx hazratlarini, rahmatli muhammad sodiq muhammad yusuf hazratlarini javobini aytib qo'ysam, u kishini martabasi, maqomi baland, shu odamni gapi kuchliroq hujjat bo'ladi deb. Shayx hazratlarni taniysizmi desam, tanimayman deyapti.
Qayerlisiz desam, qizil qiyaliyman deyapti, o'zbek yigit. Endi o'ttiz dan o'tgan namoz o'qiydigan yigit, shayx hazratlarni tanimasligi mumkinmi? Mumkin g'orda yashasa kerak menimcha. Keyin aytyaptiki, men u kishini ilmiga guvohlik bermayman deyapti. Men u kishini illiga guvohlik germayman deyapt. Qaranglar ey, insof qilinglar birodarlar. Mana aytyapman, aqidadan ellikta kitob o'qigan odam bormi desam, ko'tarmayapmiz a?
O'sha Liviyadagi glavniy bibliotekasini kitobini o'qib bo'lgan ekan hazrat. Qancha kitob yozdi? Ikki yuz yaqin kitobi bor. Shu kishini ilmiga guvohlik bermaydigan darajaga chiqibdi shu yigit. Endi nima deysiz endi? Shuning uchun asalari, pashaga, asalni tezakdan yaxshi narsa ekanligini tushuntirgani vaqti yo'q ekan.
Chunki asalari, poshaga, asalni tezakdan yaxshi ekanligini tushuntiraman deb ovora bo'lsa, asal yo'q bo'lib qolar ekan. Asalni faqatgina asalari jamlar ekan, tezakni hamma chiqaradi. Bir paqir asalni yig'ishlik uchun bir yashik ari ikki oy mehnat qilsa, bir paqir tezakni chiqarganda to'rtta mol, to'rtta sigir obedgacha ishlasa, yetadi.
Asalarini pashshaga asalni tezligidan afzal ekanligini tushuntirgani vaqti yo'q ekan. Agar bu narsa bilan ovora bo'ladigan bo'lsa, odamlar asalsiz qolib ketar ekan. O'zi asalari esa qishki zapas yo'q, o'lib ketar ekan. Tushunarlimi? Shuning uchun hammaga ham asalari bo'lishiga nasib qilmas ekan. Ana shunday bir xalqiga, ummatiga foydali bo'lgan insonlar barmoq bilan sanaladigan odamlar bo'lar ekan. Endi shu maqom shuncha umrini dinga sarflab qo'ygan, odamlarni tan olmaydigan holatga tushib qolgan birodarlarimizga vaqt yo'q deb gapirib tushuntirgani.
U ellikta aqidadan kitob emas. Prosta roman o'qiganmisan ellikta deb so'rab ko'ring da. Agar o'qigan bo'lganida bu gapni gapirmas edi. Aqul u qoldi, ha da. Va astag'firullohu livalakum. Innallohu va malakatuhi yu soluna ala nabiy, ya yuho'llatina aminu sollu ala.