# 64-dars As-Subbuuh (3-qism): Asma-Ul-Husna

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Asmoul husno](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno.md), lecture 67 of 110
- Section: As-Subbuh
- Duration: 31 min
- Original title: 64-DARS AS-SUBBUUH (3-QISM) / ASMA-UL-HUSNA
- Review status: reviewed
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/67
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/dZUJlPM7dok.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=dZUJlPM7dok
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/66.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/68.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:00] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen a'lamin. Vassalatu vassalom ala shirofil mursalin. Va ala alixiy va ashabiy hajmain. Allohumma alim na mayyan fauna. Va fa'na bi ma'lam tana va zidna ilman. Allohumma arenal haqqa haqqon orzuq natibaa va arenal ba'tiyla ba'tiylan orzuq natijatina va vo ja'allami man yasta me'un al qovli fayetta bi una axsana, va adhixin la bi rahmatika fiy ibadika solihiyin ammabad. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'la va barakatuh. Alloh subhanahu va taoloning go'zal ismlari, asmo ul husno, silsilab darslaridan alloh taoloning as subuh ismini dars qilayotgan edik.

[0:50] Koinot haqida tafakkur qilish, insonni alloh taologa tasbeh aytishlikka olib boradi. Borliq haqida tafakkur qilar ekan, aqlini ishlatar ekan, qur'onda buyurganidek mahluqotlar haqida fikr yuritar ekan, uning bu fikr yuritishligi allohni ulug'lashlikka, subhanalloh deyishiga olib boradi. Insonni tasbehga yetalaydigan ishonchli yo'l mana shu bo'ladi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar, tafakkur fiy maxluqotinglar va tafakkur fiy datixi. Va taxlaku. Allohning maxluqotlari haqida fikr yuritinglar, Allohning zoti haqida emas. Aks holda, halokatga uchraysizlar. Allohni zoti haqida fikr qilib bo'lmaydi. O'tgan darsimizda aytdik, Allohni zoti qanday ekanligini sizni aqlingiz idrok qila olmaydi. Allohning zotini idrok qila olmasligingni idrok qilishing, Allohning zotini ijrok qilishing dedik. Shuning uchun inson har qancha aqli kuchli bo'lmasin, har qancha bilimi katta bo'lmasin. Allohni zoti qanaqa ekanligini idrok qilishlikka quvvati yetmaydi. Lekin maxluqotlar haqida ancha ko'p fikr qilsang, shunchalar bu ishda yuksalsang, Alloh Taoloni azamatini shunchalar yaxshiroq bilasan.

[2:11] Shuning uchung Allohda Allohning olim bandalari qo'rqadi deydi Alloh Taolo Qur'onda. Mana tafakkur qilishlik maxluqotlari haqida. Insonni tasbehga olib boradigan ishonchniy yo'l deb aytdik. Mana insonni miyasi haqida ozgina bir fikr qilaylik. Insonni miyasida yuz qirq milliardga yaqin neyron hujayralar bor.

[2:35] Yuz qirq milyard. O'ylab ko'ringlar. Hali haligacha ularni hammasini ishini, funksiyasini insonlar bilmaydi. Insonni miyasida joylashgan va ana shu nerv impulslarini o'tkazib turadigan, agar aytishim mumkin bo'lsa, ingichka iplar bor. Oksonlar deyilar ekan. Bularni uzunligi yuz ellik yuz oltmish ming kilometrga teng ekan.

[3:01] O'ylab ko'ring da, shu kichkinagina miyangizga shu narsa joylashgan. Mana shu o'n to'rt milliarddan ko'proq bo'lgan neyron hujayralarida xotiringiz bor, nutqingiz bor, ko'zingizni ko'rishi bor, tafakkur bor, eshitishingiz bor, mulohazingiz bor, hammasi shuni ichida. Ana shu o'n qirq milliard hujayra bor yo'g'i bug'dedi donasichalik hajmga ega ekan. O'ylab ko'ringlarda. Subhanalloh deyishdan boshqa so'z qolmaydi tilingizga.

[3:30] Insonni jasadi ozuqalanishligi kerak. Organizmga quvvat kerak. Ana shu organizm to'qimalari mayda qon tomirlari orqali, kapillyarlar orqali ozuqasini oladi. Endi ko'zni shohpardasi, u ham ozuqa olishi kerak. Agar u ham qon orqali ozuqi oladigan bo'lsa, ko'zni ko'rishi xiralashib qoladi.

[3:53] Endi mana shu joyga kelganda ko'zni mana shu shohpardasi to'g'ridan to'g'ri shu kapelyardan ozuqa olmasdan, yonboshidagi a'zoni ozuqasidan tortar ekan. Subhanalloh deysizmi? Siz tirnog'ingizni o'sishini qarang. Bolangizni sekin sekin bo'yi cho'zayotganligi, vazniga vazn qo'shilayotganligini qarang. Siz ozgina fikr qilib ko'radigan bo'lsangiz, subhanalloh deyishdan boshqa chorangiz qolmaydi.

[4:21] Sun allohilladiy atqonakullashay. Bu kimni ishi? Bu har bitta ishni puxta qilgan zot Alloh Taoloning ishi. Ko'chada ketyapti, bir odam bog'da ketyapti, tog'da ketyaptiyu, bir ilonga ko'zi tushdi. Ko'zi ilonni ko'rdi, darrov qo'rqib ketadimi? Yo'q. Ko'z orqali ma'lumot miyaga uzatiladi.

[4:43] Miya uni xatar ekanligini o'qiydi. Endi qarang, buni misoli nimaga o'xshaydi? Bir odam kasal bo'ldi da, laboratoriyaga borib turib analiz topshirdi. Analiz qog'ozlarini chiqarib berishdi. U o'qib ko'radi. Tushunadimi nima ekanligini uni? Tabib emas, tushunmaydi. Tabibga olib boradi, bu qog'ozni nima ekanligi o'qib, tushuntirib beradigan tabib buni aytadi, manaqa manaqa kasal bo'libsiz deydi. Endi ko'z ham ko'rdi, miyaga bordi, miya o'qiydi. Miyada shunaqa papka bor, ilon degan.

[5:17] Surat ko'rgan, har xil bir hodisa, voqealarni eshitgan, birovni ilonni chaxib olgan degan, videoroliklar ko'rgan, shu papka uyg'onadi. Va miya butun tanaga buyruq beradi. Bu qandaydir bir ikki sekund o'rtasida bo'layotgan narsa. Miya jasadga qanaqa komanda beradi? Qanaqa buyruq beradi? Pochka qonga garmon tashlaydi.

[5:41] Yurak urishi tezlashadi. O'pka qattiqroq ishlaydi, o'shaning uchun nafas olish tezlashadi, jigar shakar moddasini ko'proq ishlab chiqaradi. Qon mushaklarga, muskullarga kelish ko'payadi. Insonni rangi sarg'ayadi. Bu bir sekund, yarim sekund orasida bo'layotgan narsa. Bilasizmi, bir odam qo'rqib ketganda, bir lig'ib uch metr devoldan o'tib ketgani bor.

[6:06] Yoki shunday bir ko'tara olmaydigan narsani ko'tarib oladi bolasini ustiga tushib qolsa. Nimadan? Mana shu insonni organizmida keragidan ortiq quvvat foyda boradi o'sha paytda. O'shaning uchun bir xil o'tib ketdi. Yo bir kichkinaroq teshikdan o'tib ketdi, bo'lgan bu narsa. Keyin qarab turib, aql olmaydi. Alloh taolo mana shunday quvvatni, mana shunday bir imkoniyatni qandaydir soniyalarda ishlab berib qo'yadi. Subhanalloh demaysizmi?

[6:33] Mana shu insonni miyasi, birodarlar, shu ma'lumotlarga qaraganda, nima deymiz, bir chinidek miya bo'ladigan bo'lsa, uzuniga o'n olti o'n yetti sm bo'lar ekan, eniga o'n uch yarim, o'n to'rt yarim sm bo'lar e kan. Vazni to'qqiz yuz grammdan ikki kilo gacha bo'lar ekan. Shuni ichida shuncha ma'lumot bor. Yana bu, yana bu, nima qiladi? Rivojlanib turadi bu narsa. Rodalar, biz Allohni maxluqotlari haqida fikr qilsak, o'zimizni jasadimiz haqida fikr oladigan bo'lsak, Subhanalloh deyishidan boshqa choramiz qolmaydi. Ma tarafi xolqir rahmani ming tafovut.

[7:12] Alloh taoloni rahmonni yaratishida bironta tafovutni, nuqsonni ko'rmaysiz. Alloh taoloning hamma maxluqotlarini, hamma yaratgan xalqi komil va mukammal. Shuning uchun birodarlar, biz Allohga tasbeh aytishni xohlasak, Alloh taoloni har qaynda aybini nuqsondan poklashni xohlasak. Tasbeh aytishligimiz kerak. Tasbeh aytishimiz uchun biz maxluqotlar haqida fikr qilishimiz kerak.

[7:39] Valillah ila asma ul husna fado'u hubeha. Alloh taoloning go'zal ismlari bordir, bas uni ular ila chorlanglar. As subuh. Ko'p ulg'lanadigan, ko'p poklanadigan zot. O'zi Alloh taoloni poklashlikni Allohga keragi yo'q. Allohni poklash bizga kerak.

[8:04] Har qancha poklamaylik, maxluqotlar har qancha poklanmasin, talab darajasida poklay olmaymiz. Bizni o'zimiz nuqsonli bo'lganimizdan keyin, tasbehimiz ham nima bo'ladi? Nuqsonli bo'lladi. Insonni muammosi nimada? Allohni bor deb ishonib qo'yishligi oson. Alloh bor deb iymon keltirib qo'yilishligi, kalima keltirib qolishligi oson, insonni muammosi Allohnı ulug'lashlikda.

[8:33] Istaydu billah, innah u ka'nala yu'minu billa ila adin. Albatta u hayotlardek chog'dida, hayoti dunyoda ulug' Allohnı iymon keltirmagan edi. Ya'ni Allohnı iymon keltirdi ish hamda, lekin ulug' robbisiga iymon keltirishiga zaif bo'ldi, Allohnı ulg'ashligi sust bo'ldi. Mana Iblis ham birodarlar Allohnı borligiga iymon keltilgan. Xaloqdan minnaling va xaloqdaho minting deydi. Meni olovdan yaratding, uni Odam alayhissalom, tuproqdan yaratding dedi. Ya'ni rob ekanligini tan olyapti. Lekin buyrug'ini bajarishga kelgan paytda u kibr qildi. Demak, iymon keltirib qo'yishlikni o'zi bu kifoya emas ekan. Ana shu iymon keltirilgan robbisini hukmini bajarishlikda qoyim bo'lishligi kerak. Iblis nima dedi? Qola, anzirniy ilayyomi yuba asun.

[9:34] Qayta tiriladigan kungacha meni o'ldirmagin. Qarang, Alloh Taolo qayta tiriltirishiga ham iymoni bor. Alloh yaratganiga ham iymoni bor iblisni, lekin ulug'lashga kelganda, Allohni hukmini ulug'lashiga kelganda, nima qildi? Kibr qildi, osiylik qildi. Agar aqlini yeb qo'ygan ozchilik odamlarni hisobga olmasangiz, odamlarning aksariyati Allohni borligiga iymon keltirgan ishonadi. Ammo ana shu Allohni borligi ishonganlarning muammosi Allohning hukmlariga bo'yn egishlikda. La ilaha illalloh muhammadur rasululloh dedi, tamom, musulmon biz uchun u.

[10:12] Endi ana shu itoati, Allohni buyruqlariga bo'yin so'nishligida ular bir biridan tafovutli bo'ladi. Bu taqvo deyiladi. Alloh azza va jalla inson uchun bu dunyoda nima kerak bo'lsa, hamma narsani ato qilib qo'ydi. Shunday bo'lsa ham, inson Allohga ibodat qilishlikda qosir bo'ldi.

[10:37] Inna hukm ala yu'minu billa hil adin. Ana shu odamni muammosi nima deydi? Buyuk bo'lgan robbisiga iymon keltirishida, uni hukmlariga bo'yni sinishida nuqsonli bo'lganligi. Mana Alloh Taolo aytyapti, astadibilla. Vala yahud do ala ta'am ilm iskin, falay salohul yavma ha huna hamim, vala ta'amun illa min g'islin la ya'quluhu illal hotiyun.

[11:03] Chunki u hayoti dunyodalik paytida ulug' Allohga iymon keltirmas edi va miskin bechoraga taom berishga targ'ib qilmas edi. Ko'ring. Amalda sizsiz edi bu odam. Endichi? Bas bugun bu yerda uning uchun biron do'st madadkor yo'qdir va biron taom ham yo'qdir, faqat yeringdan bo'lgan bir taomki, uni faqat kofirlar yerlar.

[11:32] Alloh Taoloning mana shu al adhim degan so'zi Qur'onda, al adhim kalimasi yuz yigirma tadan ko'proq o'rinda keladi. Vahuala robbil arshul adhim va u Alloh buyuk arsh sohibidir. Vahuala aliyul adhim, u eng oliy va buyuk bo'lgan zoddir. Vallohu zulfazli al adhim, Alloh buyuk fazl egasidir.

[11:59] Alloh siz bilan bizni dunyoga kiritdi, bor bo'lishlik ne'matini berdi. Hidoyat ne'matini beradi. Va nasl qoldirishlik ne'matini derdi. Bu Alloh Taoloning fazli. Va Alloh Taolo butun borlig'ini bizga bo'yin surdirib berdi. Bir fikr qilib ko'ring. To'rtta odamni quvvati yetmaydigan bitta tuya shunday ipni ushlab so'ldirasa, orqasidan bo'yin sinib ketyapti. Kerak bo'lsa o'nta odamni kuchi yetmaydigan ot insonga nima qilyapti? Bo'yni sinyapti. Alloh qodir edi ularda bo'yni sinmaydigan qilib qo'yishlikka ham. Shuni o'ylang da, subhanalloh deng.

[12:39] Vahiy orqali, payg'ambarlar orqali bizni haqqa chaqirdi. Bizni tarbiyaladi. Alloh seni tarbiyalaydi manda. Bir narsani ko'rsatib ta'lim beradi. Bitta musibatni beradi, ta'lim beradi, kenglik beradi, ta'lim beradi, torlik beradi, nasihat qiladi, musibat soladi. Kim allohni yaxshi ko'raman desa yu, unga qulchilikni bajarmagan bo'lsa, bu gapi quruq da'vo. Biz ham allohga iymon keltirganmiz desa yu, allohni hukmiga bo'ysunishida sustkashlik qilayotgan bo'lsa, bu gapi quruq da'vo bo'ladi. Ha. La ilaha illalloh muhammadur rasululloh dedi, biz uchun musulmon u.

[13:21] Kalima uni musulmon qiladi. Biz ikkilanmaymiz, aqidamiz bu. Endi sen shu kalimangni quvvatini qilayotgan amalingda ko'rsat. Va hayoting ham shu amalingga bog'liq bo'ladi, osoyishtada bo'lishligi. Alloh bilan bandamni o'rtasidagi aloqa, birodarlar muhabbat asosida bo'lishi kerak. Savol.

[13:44] Hozir juma o'qigani keldinglar. Majbur keldinglarmi? Yo yaxshi ko'rib, qalbinglarda muhabbat bilan keldinglarmi. Do'konni yopib olsang, hammaga yopib ketibdi, uyatda endi. Atrofdagi hamma do'konlar yopib ketdi juma. Men ochsam hozir nima bo'ladi? Uyat bo'ladi. O'shaning uchun nima qilish kerak?

[14:07] So'rang o'zingizdan. Jumaga nima deb keldingiz? Yaxshi ko'rib keldingizmi? Demak, sizni Allohga qilayotgan qulchiligingiz muhabbat asosida ekan. La ikroha fiddin, dinda majburlash yo'q. Namozni Alloh uchun o'qing. Muhabbat bilan o'qing. Hidoyat qilganiga shukur keltirib o'qing. Ramazon ro'zasi keldimi? Xursand bo'lib kutib oling. Chunki keyingi ramazongacha bormisiz yo'qmisiz, Xudo biladi. Sizga gunohlardan tozalanishiga imkon berdi. Siz yaxshi ko'rib qiling ro'zani, yaxshi ko'rib bering zakyotni, yaxshi ko'tarib bering sadaqani.

[14:47] Alloh nimani xohlaydi bandasidan? Banda Allohni eshigi oldiga, Alloh Taoloning huzuriga o'zini xohishi bilan, muhabbati bilan kelsin. Alloh bandalarini yaxshi ko'rishigina aytyapti. Endi banda ham Robbisini yaxshi ko'rsin. Demak, banda Allohni yaxshi ko'lishi kerak. Banda Allohni tanidi, ammo yaxshi ko'lmadi.

[15:10] Yaxshi ko'lkirmagan bo'lsa, demak tanimabdi hali u. Chunki inson tanigan tarafni yaxshi ko'ra oladi. Tanimaganda yaxshi ko'rolmaydi. Endi tanidim, yaxshi ko'rdim desa yu, bo'yin so'nmagan bo'lsa, bu gapi ham quruq da'vo bo'ladi, birodarlar. Shuning uchun biz Allohni tanishimiz kerak, muhabbatli bo'lishimiz kerak va hukmlarda qoyim va doim bo'lishligimiz kerak.

[15:37] Shariat nazdida aqlli odam kim? Allohni tanigan va Allohga yo'liqadigan kunga tayyorgarlik ko'rgan odam. Qaytarib aytamiz. Shariat o'lchovi bo'yicha aqlli odam kim? Allohni tanigan va Allohga ro'baro' bo'linadigan qiyomat kuniga tayyorgarlik ko'rgan inson. Quraysh mushriklari savol so'rashyapti bir biridan. Istadibillah, ammo yetasa alun, ani naba il avin. Mushriklar bir birlaridan nima haqida so'rashmoqdalar? Ulug' xabar haqida. Ulug' xabar nima edi? Qiyomatni borligi. Bizni iymonimizni asosiy shartlardan bittasi qiyomat kuni borligi, ishonchliligingiz. Endi ishonchliligizni dalili shunga tayyorgarlik ko'rayotganligingiz.

[16:31] Umariddin Xattob roziyallohu anhuhu xalifa bo'lib turar ekan, safarlarni birida. Yo'lda ketib borar ekan, qo'y boqib yurgan bir qulni ko'rdi. Qulni sinamoqchi bo'lib turib, qo'ylardan bittasini menga sotmaysanmi dedi. Qo'l aytdi, men qulman, qo'y saidimniki dedi. Ha saidinga bo'ri yeb ketib qo'yasan dedi.

[16:55] Desa qo'l aytyapti, menga pul judayam zarur hozir, juda kerak payt. Va xo'jayinimni ko'zida men juda ishonchli odamman. Agar shunday desam ishonadi dedi. Lekin Allohci dedi. Mana, qiyomatga iymoni bor ekanligini dalili. Odamlarda hammasini uxlatib qo'yishi mumkin. Dokument qog'ozlarda hammasini chotki qilib qo'yishi ham mumkin. Hammani uxlatishi mumkin bizni tilda aytganda. Lekin Allohchi, inson qiyomat kuniga borishligi, qiyomatda turishiga iymoni bo'lsa, boyagi ishlardan tiyila oladi.

[17:35] Ikkita gunoh bor. Ikkita gunohni bor. Alloh Taolo oxiratni ham aniq beradi, lekin dunyoni ham aniq beradi. Qolgan gunohlarni Alloh Taolo jazosini dunyoda bermay, oxiratga olib qo'yishi mumkin. Oxiratga qoladi. Ammo ikkita gunoh bor, shuni dunyoda ham beradi. Bittasi, ota onaga oq bo'lishlik. Ota onasiga oq bo'lgan odam dunyoda xor bo'lmay iloji yo'q. Oxiratdan avval dunyoda xorbo'ladi. Ikkinchisi, zulm.

[18:04] Zulm desa faqat birovni burnini urib sindirishni tushunmaylik. Zulm nima? Zulm haqdorni haqqini bermaslik. Siz mansabdor bo'lib turib ruchka bilan birovni haqqini o'zingiz qilib oldingizmi? Yuz so'm olish kerak bo'lgan joyga sakson so'm berib turib yuz so'mga qo'l qo'ydiryapsiz. Bormi shu muammo?

[18:27] Voy nima qilib o'tiribsan u yerda sening? Birovni haqqi yo'q u. Agar kimdir mana shunaqa qilib zulmat birodar haqqini yeb, odamlarga zulm qilayotgan bo'lsa, hayotini qarab turinglar da. Dunyoni o'zida tavba qilib shu maslamalarni egalariga qaytarib bermasdan ketadigan bo'lsa, dunyoni o'zi ham ko'radi. Shuning uchun birodarlar haqiqiy hushyor odam, oqil odam kim shariat nazdida? Allohni tanigan va Allohga ro'baro' bo'ladigan qiyomat kuniga tayyorgarlik ko'rgan odam.

[18:58] Haqiqiy yutuq, birodarlar, Allohga itoat qilishlikda, qiyomat kuniga tayyorgarlik ko'rishlikda. Endi qiyomat kuni qanaqa kun, bilasizlarmi? Astaylubiyilla, ya'uma tarovnaha tadhalu kullu murdiyati in amma ardoat va tado u kulla dati hamlin hamlaha, botaron nasa sukaro va mahum bi sukaro va lekin na adab allohi shadid. U qiyomat qanaqa kun bilasizmi?

[19:28] Qiyomat kunida inson kambag'al bo'lganiga quvonadi. Hisob kitobi yengil bo'lishligini ko'rib. Dunyosi qo'lida katta bo'lganiga qiyomat kunida pushaymon yeydi. Inson qiyomat kunida hadislarda aytilganidek, ikkita odamni o'rtasida qozilik qilganiga pushaymon yeydi, qaniydi shu mansabda o'tirmasam, qaniydi shuni hukmda chiqarmasam.

[19:50] U shunaqa bir og'ir kunki, Alloh Taolo aytadi. Uni ko'rar kuningizda, qiyomat kuni ko'rar kuniningizda, emizayotgan onalar emizib turgan bolasini unutar. Va barcha homilador ayollar o'z homilasini tashlab yuboradilar. Odamlarni mast, alas holda ko'raversiz. Mast odamda qilib yuradi nima qilayotganini bilmasdan. Holbuki ularning o'zlari mast emaslar, lekin Allohning azobi qattiqdir.

[20:22] Dahshatni qattiqligidan inson yonida kim ketayotganligini ko'rmaydi. Qiyomat kunida erkak ayollar yalang'och holda maqsadgohga yurib boradi, desalar, Oysha onamiz, yo Rasululloh, erkak ayol yalang'och bo'lib aralashib yursa, bir noqulay, uyatli holat bo'lmaydimi? Deganida Payg'ambarimiz aytadilarki, ey Oysha, u kun shunday dahshatli kunki, inson yonida birov ketayotganliginini ko'rmaydilar. Dahshatni qattiqligidan yonida kim ketayotganini ko'rmaydi, uni erkak ayol, kiyim avratmas. O'sha kun kelyapti hammamizni oldimizda turibdi. Siz xohlamasangiz ham o'sha kunga borasiz. Endi sizni oqilligingiz nimada? Ana shu kunga tayyorgarlik ko'rishlikda.

[21:06] Fasad beh. Bismillahir rohbekal al adin. Bas buyuk Parvardigoringizni nomini poklab tasbeh ayting. Vaman yo' adhim shayr allohi fa innaha min taqvol qilib. Kim Allohninng qonunlarini hurmat qilsa, bas, albatta bu hurmat dillarning taqvodorligi sababli bo'lur. Mana shariat tanasa mumkin emas bu narsa dedi. Bir ish qilmoqchisiz yoki qildingiz, shariatim mumkin emas dedi. To'xtatdingiz. Shariat bo'yicha siz nohaq qaytarib berishingiz kerak dedi. Qaytarib berdingiz. Demak siz Allohninng qonunini hurmat qildingiz. Ha nima bo'pti? Hamma qilyapti yu. Dedingizmi? Hurmat qilmabsiz. Birodarlar, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sahobalari va undan keyingi tobinlar davrida, bu insonlar uchun, bu musulmonlar uchun Allohning hukmlari qadrli edi.

[22:05] Allohni hukmlarini, buyrug'larini hurmat qilishdi. Qadrli bo'ldi Allohni hukmi bo'lar uchun. Endi mana shu bandalar ham Alloh uchun hurmatli, qadrli bo'ladi. Alloh ularni aziz, mukarram qildi. Dunyoni ustozlariga aylantirdi, boshqa millatlarga. Endi keyingi davrda musulmonlar uchun Allohning hukmlari qadrli, hurmatli bo'lmadi.

[22:28] O'shaning uchun bu bandalar ham, bu musulmon ummatining hozirgi toifasi ham Alloh uchunga qadrsiz bo'ldi. Tushunarlimi? Fansur na alal komil kafiring deb duo qilaveramiz. Kofir qavm ustidan bizga nusrat ber deymiz, lekin hayotimizda Allohning qonunlarini hurmatini joyiga qo'ymayapmiz. Qachonki hurmatini joyiga quyamiz, halol da halol deymiz, harom da harom deymiz, shariat bo'yicha yashaymiz.

[22:55] Allohning hukmlari biz uchun hurmatli bo'lsa, biz ham Alloh uchun hurmatlik bo'lamiz. Alloh g'olib qiladi. Eng katta yutuq, do'zaxdan uzoqlashib, jannatga kirishing. Eng katta yutuqi, Qur'on o'lchovlari bilan, Qur'on miqyoslari bilan yashashliging. Alloh Taolo aytadi, astabi billa voman yutu allaha va rasulullohu faqat faza favzan aviyma.

[23:24] Kim Allohga va uning payg'ambariga itoat etsa, bas, u ulug' baxtga erishibdi. Yutuqqa erishibdi. Uyingni ellik soti bo'lishligi birodar, bu haqiqiy yutuq emas. Katta daromad olib kelib turgan tijoratingni ishlab turishi bu haqiqiy yetuq emas. Dunyoning eng go'zal matohlaridan foydalanayotganliging haqiqiy yetuv emas. Haqiqiy ymutuq Allohni tanishing, Uni ibodatida, itoatida turishing. Eng katta haqiqiy yutuq do'zaxdan chetlatilib, jannatga kiritilishing. Chunki biz aytayotgan dunyo matohini qo'lga kiritishlik, dunyoda zo'r yashashlik yutuq desa, kofirlarni qo'lida bu dunyo siz bilan bizdan ko'ra ko'proq.

[24:11] Lekin ular oqibati nima bo'ladi oxirida? Astaydi billa. Kullu nafsin zay qotul mavut. Deyapti Alloh Taolo. Har bir jon o'limni totguvchidir. Va indama tuvaffov na uju rakum yo mal qiyama. Qiyomat kunida shubhasiz qilgan ishinglarni mukofotini komil suratda olasizlar.

[24:35] Fa man zuh ziha anin nar va udh ila jannata faqat faz. Kim do'zaxdan chetlatilib deyapti Alloh Taolo? Jannatga kiritilsa, taqiq yutdi. Va mal hayatu dunyo illa ma taul g'urur. Bu dunyo hayoti esa aldaguvchi matodir. Aldaguvchi matadir. Insonni oldab qo'yadi.

[25:00] Qo'lingdagi katta dunyoying bor. Jamiyatda mavqeing bor. Shakl shamoyiling bor. Kuch quvvating bor. Ammo bularni hammasi miyangdagi bitta tomirni qisilib qolishi bilan bir pulga aylanib qoladi. Yuragingda bitta tomir qisib qoladi, bo'ldi nogironsan. Endi hech kimmassan. Mana shunday qo'lingdagi narsalar bilan ne'matlanib, zo'r bo'lib turishliging bitta tomiringga bog'liq. Shu tomiringni qisib qo'yadigan kim?

[25:30] Shuning uchun Subhani Robbiyal A'lo deylik. Sabbiha Hisni Robbil A'lo. Bir odam borada endi yo'q. Ketayotuvdi, ko'z yumilib ketdi, jarga tushib ketdi. Pul ham qoldi, mansab ham qoldi, hurmat ham qoldi. Endi hech kim emas. Shuning uchun insonni oqilligi, insonni oqlligi, Alloh aytgan aziz narsani aziz deb bilish, Alloh arzimas haqir deb aytgan narsani haqir deb bilish. Nimani tuzatish?

[25:59] Nimani tuzatishi? O'lchov va tushunchani. Hayot haqidagi tasavvurni tuzatishlik. Biz eng baxtli odamlarmiz, birodarlar. Yoppasiga. Chunki avvalambor La ilaha illalloh, Muhammadur rasululloh deganlardanmiz. Ikkinchidan, ana shu La ilaha illalloh, Muhammadur rasululloh degan kalimani taqozosi bilan yashashim kerak degan g'amimiz bor. Mana shu bilan hammadan baxtlimiz. Ona dunyo matohi, endi bo'lsa bo'ldi, bo'lmasa yo'q. Endi ozgina sabr qilaylik, ketib qolamiz.

[26:31] Yuz yil burun bu yerda o'tirganlardan bittasi yo'q edi. Yuz yildan keyin bu yerda o'tirganlardan birortamiz qolmaymiz. Qaranglarda. O'shanda nimangizga quvonasiz? Allohni taniganingizga va Uni hukmi bilan yashaganingizga. Biz baxtli inson ekanmizmi? Demak, oqil odam, hushyor odam, Alloh ulug' degan narsani ulug' deb biladi, Alloh haqir deb aytgan narsani haqir deb biladi.

[26:58] Alloh Taoloni tanigan, Uni hukmida turgan musulmonni qalbi birodarlar ulkan qalb bo'ladi. Uni oldida har qanaqa katta narsa haqiqiy narsaga aylanib qoladi. Ammo Allohni manhashidan uzoq, Allohni dinidan uzoq bo'lgan insonni qalbi kichkina bo'ladi, Uni ko'zida kichkina narsa ham katta narsa bo'lib ko'rinadi. Albatta ikkita qalb o'rtasida farq bor.

[27:22] Mo'minni boyligi Alloh bilan bo'ladi. Quvvati ham Alloh bilan bo'lladi, azizligi ham Alloh bilan biladi. Mo'min shaxsiyati buyuk inson bo'ladi va bu narsaga hamma qodir bo'lmaydi. Istaydu billah. Va man yulaqqo ha illalladina soboru, va man yulaqqu ha illatu haddin adin. Bu narsaga ulkan qalb egasi bo'lishlikka, Alloh bilan o'zingizni o'zini aziz deb bilishlikka, Alloh balon o'zini boy deb bilishlikka faqat sabr toqatli zotlarga ne rishular. Unga mana shu narsaga, faqat ulug' nasiba egalarigina erishur.

[28:01] Sen Allohning go'zal ismlaridan banda o'zingga ulush nasiba ol. Agar Allohning go'ozal ismlaridan o'zingga ulushi olsang, sen iffatlisan. Sen Allohda olgan nasibang, ulushing tufayli insoflisan, kechirimlisan, kamtarsan, rahmlisan. Muhammad alayhissalotu vassalamga Alloh taolo hamma narsani ato qildi. Vahini, mo'jizani, bayonni, fasohatni, go'zalligini, hikmatni va mana shuncha u berilgan ne'matlarning ichida u zot sollallohu alayhi vasallamni xulqini maqtadi. Va innakala ala xulqin adin. Rasululloh zo'r siyosatchi bo'lganlar. Zo'r iqtisodchi bo'lganlar, zo'r rahbar bo'lganlar, zo'r ota bo'lganlar. Zo'r do'st bo'lganlarlar, zo'r er bo'lganlar! Mana shu hamma xulqlari komil bo'lgan. Lekin Alloh Taolo maqtaganda, mana shunday ulug' sifatlanishidan xulqini maqtadi.

[29:01] Birodar, sen go'zal xulq egasisan. Chunki sen Alloh Taolodan, Alloh Taoloning go'zal ismlaridan o'zingga ulush nasib olgansan. Ukalar, odobli bo'lish, shirin so'z bo'lish, muloyim bo'lish, kechirimli bo'lish, islomiy xulq egasi bo'lish, bizni tilda esli bo'lish, ko'chadagi johillarni ko'zida qoloqlik, qo'rqoqlik, a? Bo'lib ko'rinadi. Behayo bo'lish, uyat gaplarni gapirish, har xil harom farazchilarga kirishlik, jur'at, bu jasorat erkaklar beliga soladi. O'g'lonni tushunchasi. Yaxshilab bilib olinglar, ayniqsa yoshlar. Sizni go'zal axloq egasi bo'lishingiz, xulqingizni chiroyli bo'lishligi cho'ntagingizga to'g'ridan to'g'ri aloqasi bor. Ishonasizmi shunga?

[29:51] Sizni axloqingizni go'zal bo'lishligi, ilmli bo'lishligingizga to'g'dridan to'g'dri aloqasi ham bor. Dalil, bironta axloqi buzuq olimni ko'rganmisizlar, diniy olimni? Bormi shunaqa bir olimki, ko'zga ko'ringan, tanilgan, xalq tan olgan olimki, axloqi buzuq bo'lsin. Bormi? Bo'lmaydi.

[30:15] Shuning uchun, ikki dunyo saodatiga ega bo'lishni xohlasangiz, hayotingizda barakat bo'lishini xohlasangiz. Cho'ntagingizda baraka bo'lishini xohlaysiz. Ilm sizga yuqushligini xohlasangiz, axloqingiz go'zal bo'lsin. G'iybat qilmang ahli ilmlarni. Kibr qilmang kattalarga, kichiklarga. Beadab bo'lmang, mashina minganingizda, futbol o'ynaganingizda, qo'yingki, odobli bo'ling. Mana shu biz aytayotgan narsalar sizga o'tadi, yuqadi.

[30:46] Alloh subhanahu va taolo as subbuq bo'lgan zot siz bilan biz as subuh bo'lgan robbimizni har qanday ayb u nuqsondan poklashlikka buyurilganmiz. Tasbeh aytishlik siz bilan bizni Alloh Taologa yaqin qiladigan ulug' ibodatlardan hisoblanadi.

[31:09] Aquli qovli ha da, va astag'firulloh ili valakum, innallohi va malakati hu yusaluni ala nabi, ya yuhalladina amanu, sollu alayhi va salli mutaslima, va

## Quran and hadith quoted in this lecture

- [10:52] Quran Al-Haaqqa 69:34–35
  - Said in the lecture: “do ala ta'am ilm iskin, falay salohul yavma ha huna hamim, vala”
  - Arabic: وَلَا يَحُضُّ عَلَىٰ طَعَامِ ٱلْمِسْكِينِ فَلَيْسَ لَهُ ٱلْيَوْمَ هَٰهُنَا حَمِيمٌۭ
  - Uzbek translation: (34) Va miskinlarga taom berishga qiziqtirmagan edi. (Miskinlarga taom berishga qiziqtirmaslik shunchalikka olib kelsa, imkoni boʻlsa turib ularga taom bermaslik qanchalik gunoh ekan–buni kitobxonning oʻzi fahmlayversin.) (35) Bas, bugungi kunda unga bu yerda biron chin doʻst yoʻq.
- [19:15] Quran Al-Hajj 22:2
  - Said in the lecture: “tado u kulla dati hamlin hamlaha, botaron nasa sukaro va mahum bi sukaro va lekin na adab allohi shadid.”
  - Arabic: يَوْمَ تَرَوْنَهَا تَذْهَلُ كُلُّ مُرْضِعَةٍ عَمَّآ أَرْضَعَتْ وَتَضَعُ كُلُّ ذَاتِ حَمْلٍ حَمْلَهَا وَتَرَى ٱلنَّاسَ سُكَٰرَىٰ وَمَا هُم بِسُكَٰرَىٰ وَلَٰكِنَّ عَذَابَ ٱللَّهِ شَدِيدٌۭ
  - Uzbek translation: Uni koʻradigan kuningizda, har bir emizuvchi oʻzi emizayotgan narsasini unutar. Har bir homilador homilasini tashlar. Odamlarni mast holda koʻrarsan. Holbuki, ular mast emas. Lekin Allohning azobi shiddatlidir.
- [20:26] Hadith: Sahih Muslim, 2859 (grade: Sahih)
  - Said in the lecture: “Qiyomat kunida erkak ayollar yalang'och holda maqsadgohga yurib boradi, desalar, Oysha onamiz, yo Rasululloh, erkak ayol yalang'och bo'lib aralashib yursa, bir noqulay, uyatli holat bo'lmaydimi? Deganida Payg'ambarimiz aytadilarki, ey Oysha, u kun shunday dahshatli kunki, inson yonida birov ketayotganliginini ko'rmaydilar. Dahshatni qattiqligidan yonida kim ketayotganini ko'rmaydi, uni erkak ayol, kiyim avratmas.”
  - Arabic: يحشر الناس يوم القيامة حفاة عراة غرلا " . قلت يا رسول الله النساء والرجال جميعا ينظر بعضهم إلى بعض قال صلى الله عليه وسلم " يا عائشة الأمر أشد من أن ينظر بعضهم إلى بعض
- [25:32] Quran Al-A'laa 87:1
  - Said in the lecture: “Sabbiha Hisni Robbil A'lo.”
  - Arabic: بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ سَبِّحِ ٱسْمَ رَبِّكَ ٱلْأَعْلَى
  - Uzbek translation: Oliy qadar boʻlgan Robbing ismini poklab yod et.
- [31:12] Quran Al-Ahzaab 33:56
  - Said in the lecture: “innallohi va malakati hu yusaluni ala nabi, ya yuhalladina amanu,”
  - Arabic: إِنَّ ٱللَّهَ وَمَلَٰٓئِكَتَهُۥ يُصَلُّونَ عَلَى ٱلنَّبِىِّ ۚ يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ صَلُّوا۟ عَلَيْهِ وَسَلِّمُوا۟ تَسْلِيمًا
  - Uzbek translation: Albatta, Alloh va Uning farishtalari Paygʻambarga salovot ayturlar. Ey iymon keltirganlar! Siz ham unga salovot ayting va salom yuboring. (Arab tilida «salovot» soʻzi «salot»ning jami boʻlib, duo maʼnosini anglatadi. Arabchada namoz ham «salot» deyiladi. Chunki namozda ham duo maʼnosi bor. Ammo «salot» Alloh taolo tomonidan boʻlganida «duo» maʼnosini yoʻqotadi. Alloh taoloning Paygʻambarimizga (s. a. v.) salovot aytishining maʼnosi u zotga (s. a. v.) oʻz rahmatini yuborishi, ulugʻlashi, maqomlarini koʻrsatishi va farishtalar huzurida shaʼnlariga maqtovlar aytishini anglatadi.)

## Self-check quiz

Generated automatically from the lecture; not reviewed by a person.

1. Ustoz insonning Allohga iymon keltirishdagi asosiy muammosi nimada ekanini qanday izohlaydi?
   - a) Allohni ulug'lash va hukmlariga bo'yn egishda zaiflik — correct
   - b) Allohning ismlarini bilmaslik
   - c) Namoz o'qishni unutmak
   - d) Allohning borligini inkor qilish
   - Why: Darsda Allohning borligiga ishonish oson, lekin uni ulug'lash va hukmlariga bo'yn egishda zaiflik insonning asosiy muammosi sifatida ta'kidlanadi. [8:04–8:30]

2. Ustoz Allohning bandasidan nima xohlashini qanday izohlaydi?
   - a) Faqat majburiyat bilan ibodat qilishini
   - b) O'zini boshqalardan yuqori ko'rishini
   - c) Muhabbat bilan huzuriga kelishini — correct
   - d) Boshqalardan ko'ra boy bo'lishini
   - Why: Darsda Alloh bandasidan o'zini xohishi bilan va muhabbati bilan huzuriga kelishini xohlaydi degan fikr aytilgan. [14:47–15:08]

3. Ustoz qiyomat kunida insonning dunyodagi boylik va mansabi haqida qanday fikr bildiradi?
   - a) Boylik va mansab qiyomatda yengil hisob berishga yordam beradi
   - b) Boylik va mansab insonni hurmatga sazovor qiladi
   - c) Boylik va mansab insonni qiyomat azobidan qutqaradi
   - d) Boylik va mansab pushaymonlik sababi bo'ladi — correct
   - Why: Darsda aytilishicha, qiyomat kunida inson dunyosi qo'lida katta bo'lganiga va mansabda o'tirganiga pushaymon yeydi. [19:28–19:48]

4. Ustoz haqiqiy yutuq nimada ekanini qanday ta'riflaydi?
   - a) Allohni tanish va itoatida turish — correct
   - b) Dunyoviy matohlardan foydalanish
   - c) Katta daromad va boylikka ega bo'lish
   - d) Jamiyatda yuqori mavqega erishish
   - Why: Ustoz boylik va mansabni haqiqiy yutuq deb hisoblamay, Allohni tanish va itoatida turishni eng katta yutuq deb ta'riflaydi. [23:24–24:09]

5. Ustoz mo'minning boylik, quvvat va azizligi nimadan kelib chiqishini qanday izohlaydi?
   - a) Jamoat qo'llab-quvvatlashidan
   - b) Alloh bilan bo'lishidan — correct
   - c) Shaxsiy mehnatidan
   - d) Tabiiy sovg'alaridan
   - Why: Darsda mo'minning boyligi, quvvati va azizligi Alloh bilan bo'lishi ta'kidlangan. [27:22–27:59]
