# 69-dars Al-Muʼmin (2-qism): Asma-Ul-Husna

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Asmoul husno](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno.md), lecture 72 of 110
- Section: Al-Muʼmin
- Duration: 34 min
- Original title: 69-DARS AL-MUʼMIN (2-QISM) / ASMA-UL-HUSNA
- Review status: reviewed
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/72
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/zQ8pX8E0U4M.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=zQ8pX8E0U4M
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/71.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/73.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:00] Inna alhamdulillahi nahmad u huvonista, inna huvonista g'ufiru. Va na'udhu billahi min sururiyan fursina va min sayyi'ati amalina. Man yahdihillahi falahm u billalalar. Va man yurg'ul ilhufalaha deyalar. Va na shadvalloh ilohi illalloh va hidahullohi sharikalar. Mana shuhrat anna muhammadan abduhu va rasuluh. Ammabodo assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh.

[0:29] Alloh taoloning ismlaridan al mu'min. Alloh subhanahu taolo Qur'oni Karimda, Mana Fotir surasida shunday marhamat qiladi. Astayribilla, ma yaftahillahi linnasimi rahmating fala mumsik ala va ma yumsik fala mursil ala humin baxti. Alloh odamlar uchun ne bir rahmat, marhamatni ochib qo'ysa, bas uni ushlab to'sib qoluvchi bo'lmas, va neni ushlab qolsa, bas u zot ushlab qolgandan so'ng, u narsalarni bandalarga biron yuborguncha bo'lmas. Alloh taolo bir bandaga rahmat berishingni xohlasa, hech kim uni to'sib qololmaydi. Butun dunyo ahli uni to'xtatishlikka harakat qilsin, lekin qo'lidan kelmaydi. Endi aksincha, Alloh Taolo bir narsani man qilib qo'yadigan bo'lsa, har qancha urinmasin, hech kim unga u narsani bera olmaydi.

[1:26] Yigirma birinchi asrni vabosi bu mashhurlik degan kasallik. Mashhur bo'lishlikni xohlaydi hamma. Agar Alloh Taolo bir bandani mashhur qilishlikni xohlasa, o'zi bilgan yo'l bilan mashhur qilib qo'yadi. Uni xohlamasa ham. Ammo Alloh xohlamagan bo'lsa mashhur qilishligida, o'zini o'tga uradi, cho'qqa uradi, nima bo'lmaydi? Birodarlar, mashhurlik yaxshi narsa emas. Ishonaveringlar yaxshi narsa emas. Ayniqsa yoshlarga aytyapmiz bu narsani. E, yaxshi narsa mas, mashhurlik gapni qisqasi. O'sha mashhur bo'lgan artistlardan, aktyorlardan, qo'shiqchilardan, xullas, mashhurlik balosiga murtalo bo'lganlardan so'ranglar da, o'zi avvalgi hayotim yaxshi edi ekan deydi.

[2:11] Birodarlar, yolg'iz Alloh Taoloni o'zi hukm qiladi. Hamma ish Alloh Taoloni qo'lida. Ato qiladigan, man qiladigan o'zi, ko'tarib tushiradigan o'zi. Aziz qilib xor qiladigan o'sha. Agar shunga iymoningiz komil bo'lsa, qalbingiz xotirjam bo'ladi. Kim aytgani bo'ladi? Allohni aytgani bo'madi. Deysiz, tamom. Nahnavo bilan ham, obu havo bilan ham ishingiz yo'q. Chunki u narsalar ob havo, nag'navo, ko'chada bo'layotgan bir xil hodisa, voqealar, sizni unga hech qanaqa aloqangiz yo'q. Siz hech narsa qilolmaysiz. Siz o'zingiz qiladigan, qo'lingizda bo'lgan narsa bilan og'riq oling, u yog'ini kimga tashlang? Allohga tashlang. Demak, biz birodarlar, alloh taoloni al mo'min degan ismini o'qiyapmiz.

[3:07] Mana shu ismdan oladigan xulosamizni bittasi, Alloh Taoloning mulkida hech kimga zulm qilinmaydi. Alloh Taolo omonlik beradi hammaga. Alloh Taoloning mulkida hech kimga zulm qilinmaydimi. Mana, zulm nima? Zulm haq egasini haqqini bermaslik. Adolat nima? Zulmni teskarisi. Adolat har bitta haq egasini, haqqini berishlik. Kim nimaga loyiq bo'lsa, shuni olishligi adolat, endi kim nimaga loyiqbo'lsa, shu narsani ololmasa, unga berilmasa, zulm bo'ladi. Mana zulm haqida bugun ko'proq gaplashamiz. Zulm haqida bir qancha oyatlar nozir bo'lgan. Astayru billah, innallohu alayhi yadli mumid qoladorro al. Albatta Alloh Taolo birovga bir zarra vaznicha zulm qilmas. Zarra bilasizlar, haligi xonada quyosh nuri tushib turgan bo'lsa bir teshikdan. Chang ko'tariladi da, qarasangiz o'sha quyoshni nurida shuncha chang ko'rinadi. Shu zarra.

[4:14] Vazni yo'q uni. O'shaning uchun havoda uchib yuribdi. Alloh Taolo birovga shuncha ham zulm qilmaydi. O'zi zulm degan so'z Alloh Taologa umuman ishlatib bo'lmaydi. Zulm Alloh Taolo o'ziga harom qilganiman. Keyingi oyat. Vala yudlamuna fatiila. Va ularga qilchalik zulm qilinmas.

[4:37] Endi qil harqalay ko'rinadi, yerga tashlasa tushadi, vazni bor. Keyingi oyat. Vala yudlamuna naqiro. Ularga zarracha zulm qilinnas, niso surasi. Keyingi oyati. La zulm al yaom. U kunda hech qanday zulm bo'lmaydi. Chunki qiyomat kunida adolat qoyim bo'ladi. Hukm faqat Alloh Taoloni qo'lidami? Maxluqotlar faqat eshitib, guvoh bo'lib, qabul qilishidan boshqa ishi yo'qmi? Hamma ishni Alloh Taolo o'zi yechadimi? Demak, adolat bo'ladi, u yerda zulm bo'lmaydi. Dunyoda zulm bo'ladi. Chunki odamlarda qo'lida ham qandaydir quvvat bor, hukm bor, imkoniyat, iqtidor bor, zulm qilishi ham mumkin, adolat qilishi ham mumkan. Lekin qiyomat kunida faqat Alloh Taoloni aytgani bo'ladi, binobarin uyda zulm bo'lmaydi.

[5:29] Keyingi oyam. Astaydubillah. Falat u'dulomu nafsun shay'a va imkana mithxola habbati min xordalin atayinabihah va kafabina hasibin. Bas, biron jonga zarracha zulm qilinmas, agar hardal o'simligining urug'idek yaxshi yoki yomon amal qilingan bo'lsa, o'shanada keltirarmiz, biz o'zimiz yetarli hisob kitob qilguvchidirmiz. Dunyoda ba'zida yaxshi bir maqtovga loyiq, mukofotga loyiq, sanoqga loyiq ish qilasiz, birov bilmaydi, birov maqtamaydi, mukofot bermaydi, minnatdorchilik bildirmaydi. Lekin Alloh Taolo bilib turadi buni. Yoki katta katta bir zulmni qilib qo'yadi da, hech kim unga jazo bera olmaydi.

[6:20] Dunyoda qolib ketishi mumkin, ishlar mukofotlanmasdan yoki jazolanmasdan. Endi qiyomat kunida Alloh Taolo aytyapti, har dal o'simligini urug'chalik, ya'ni juda ham kichkina yaxshilik qilsa ham, yoki shu o'simlikni urug'chaligi kichkina yomonlik qilsa ham, qiyomat kunida albatta olib kelib qo'yamiz deyapti. Fa manga amal mifqola zarroting xoyron yaroh, va manga amal mifquola zarroting sharrong yaroh. Misqola zarra yaxshilik bo'lsa ham qiyomatda ko'radi, misqola zarra yomonlik bo'lsa ham quyonatda ko'radi. Voy birodarlar, oxiratga bo'lgan iymon, qiyomatga bo'lgan iymon musulmonni qalbini tamomiy xotirjam qiladi.

[7:03] Ayniqsa zulm ko'rganidan. Ayniqsa uni huquqlari poymol bo'lganida, ayniqsa tuhmatga qolganida, aynqsa bo'xtonnga qolganida, beayb jazolangan paytda, nima deydi? Qiyomat bor u deydi. Shundaymi? Agar qiyomatda borligi iymoningiz komil bo'lsa, adolatda borligi ham komil bo'ladi iymoningiz.

[7:29] Alloh Subhanah va Taolo hadis quddusiyda shunday deydi. Ya ibadi. Inniy haromtu zulmu ala nafsi, vajal tuh u baynakummu haroman, falat a'olamu. Ey bandalarim, zulmni men o'zimni nafsim uchun harom qildim. Zulm Alloh uchun harom, Alloh zulm qilmaydi. Uni sizlarni o'rtanglarni ham harom qildim, bir biringlarga zulm qilmanglar. Zulm nima ekan? Haq dorni haqqini bermaslik.

[8:03] Mashinangizni qizilmasdan haydadingiz, haqqini bermadingiz, bir o'n minut qizish kerak edi, mashinaga zulm bo'ldi. Hayvonangizga keragidan oshish uchun yukni yuklab ko'tarib ketyapsiz, yuklab. Zulm qildingiz. Charchadingiz. Sakkiz soat yurib keldingiz o'sha Bishkek, mashina minib. Charchadingiz, organizmga nima berish kerak? Dam berish kerak. Yo'q, klient bo'lib qolsa shart, o'tirib ketaverasiz. Siz zulm qildingiz. Kimga?

[8:31] Kimga? O'zingizga ham, mashinangizga ham, klientingizga ham. Uxlab qolsangiz nima oladi? Tushunarlimi? Ya ibadi inna mahiya amal ukum deydi Alloh Taolo, bu hadis xuddi sudi davomida. Ey bandalarim, mana bular sizlarni qilgan amallaringlar. Xolos. Men ularni hisoblab qo'yaman, shunga qarab sizlarga to'liq jazo, mukofot beraman. Qiyomatga borganda bir odam mukofot olsa, Alloh Taolo qilgan amaliga yarasha berdi. Endi jazo bergan bo'lsa, u ham amaliga yarasha bo'ldi.

[9:09] Fa man wajada xayron, fal yahmadi'lla. O'zini qilgan amallaridan yaxshilikni topgan bo'lsa. Allohga hamd aytsin. Va man wajada g'ayri dalika. Endi. Boshqa narsani topsa, ya'ni jazoni yomonlik topsa, faqat o'zini malomat qilsin. Chunki la zulm al yaom, qiyomat kunida hech qanday nima bo'lmaydi, zulm bo'lmaydi.

[9:33] Shuning uchun birodar, hayotingizda bir sizga yoqmaydigan ishlar sodir bo'layotgan bo'lsa, topganingizda baraka bo'lmasa, ishingiz yurishmayotgan bo'lmasa. Jamiyatni o'rtasida hurmat e'tiboringiz yo'q bo'lsa, xullas, bo'lsa bo'lsa bo'sa. Alloh meni taqdirimga shunaqa yomon kun deb yozgan ekan deb, taqdirga tuhmat qilmang. Chunki nima boshingizga kelayotgan bo'lsa, o'zingizni qilgan ishingiz tufayli keladi deyapti. Yana men deyapti, Alloh Taolo ko'p gunohlarni kechirib turaman deyapti.

[10:04] Alloh Taoloning sifatlari mutloq. Ya'ni mutloq komil. Alloh Taoloni mulkida odam alayhissalomdan boshlab, qiyomat xoin bo'lguncha, qancha odam yashasa, qancha zamon o'tsa, qancha voqea hodisalar bo'lsa, shulardan bitta tushumchuqqa zulm qilingan bo'lsa, bu zulm jazosiz qolib ketishi mumkin emas. Chunki qilingan zulmning jazosi yo dunyoda yo oxiratda albatta beriladi. Yoki ikkalasida beriladi.

[10:39] Qilingan zulmning jazosi berilmasdan qolib ketishligi mumkin emas. Chunki bunday bo'lishi alloh taoloning al adil ismiga teskari bo'ladi. Alloh Taoloning adolati mutloq. Mutloq degani nima degani? Bironta nuqson kamchiligi yo'q. Oldi ham adolat, o'rtasi ham adolat, oxiri ham adolat. Bandalar ham adolat qiladi, lekin ularning adolati nisbiy bo'ladi. Masalan, bitta qozi o'zini qozilik muddatida mingta hukm chiqargan bo'lsa, shundan beshtasi adolatli bo'lmay qoldi. Qolgan to'qqiz yuz to'qson besh tasi adolatli bo'ldi. Beshtasi odilmas hukmi, lekin baribir shu qozini nima deymiz biz? Odil deymiz. U mutlaqo hamma hukmi adolatli bo'lishi mumkin emas, chunki insonda u, ojizda u. Ilmiy ham, aqliy ham ojiz bo'lgandan keyin adolati ham ojiz bo'ldi.

[11:37] Insonni fe'lida, ishida xatoni ehtimoli bor, chunki ojiz. Ammo Alloh Taoloning ishida xato bo'lmaydi. Chunki Alloh Taolo mukammal bo'lgan zot. Ikkita gunoh bor. U ikkala gunohni jazosi bu dunyoda ham beriladi, oxiratda ham beriladi.

[11:59] Qolgan gunohlar dunyoda berilishi ham mumkin, berilmasligi ham mumkin. Oxiratga olib qo'yilishi mumkin. Lekin ikkita gunoh bor, dunyoda ham totadi bu gunoh qilgan odam jazosini. Oxiratda ham, ikkalasida totadi. Qaysi edi u? Ota onaga oqib bo'lgan odam ikki dunyoda jazosini oladi va zulm qilgan odam.

[12:25] Mansabi bilan, quvvati bilan, xullas bir narsasi bilan odamlarga zulm qilib yashagan odamni zulm qilgan paytinglar ko'rasizlar da, otda turgan paytida. Bir muddat o'tgandan keyin yo'q bo'lib ketdi. Surishtiring da. Qanday zulm qilgan bo'lsa, xaloyiqqa, shu zulm bilan o'zi ham ketgan bo'ladi. E'tibor beringlar da. Faqat esimizdan chiqarib qo'yamiz da biz. Shuning uchun zulmni aytyap to'laylik birodarlar.

[12:54] Zarra vaznicha zulm qilinmaydi. Qilchaligi zulm qilinaydi. Zarracha zulm qilinlaydi. Bu kunda hech kimga zulm qilinmaydi. Alloh taolo bandalarga zulm qiluvchi bo'lmadi. Mana oyatlarni mazmuni. Zulm sha'nini Allohdan nafiy qilish. Nima degani bu? Zulm degan tushunchani Alloh taologa nisbat qilmaslik degani.

[13:18] Alloh degani bu adolat degani. Alloh degani zulm degani emas. O'n tadan ortiq bo'lgan fe'llarni nafiy qilishni ulamolar shunday deb atashadi. Masalan, Ahmad ismli odam bor. Sen o'g'limisan desangiz, yo'q deydi. Shuni o'zi yetadimi? Yo'q. Agar Ahmad hurmat, e'tiborli, o'zini qavmini obro'li kishilardan bo'lsa, bu gap yetmaydi. Nima deyish kerak u? Nima deyapsan? Men o'g'ri deyapsanmi? Mendan o'g'irlik bo'lishi mumkin emas. O'g'irligi haqida o'ylashim ham mumkin emas. Men bu narsaga rozi bo'lmayman. Agar hurmat e'tiborli odam bo'lsa, yo'q, men o'g'ir emasman degan gap bilan kifoyalanmaydi birodar. Shuning uchun Alloh Taolo zulm qiladimi desa, yo'q deb qo'yishni o'zi kifoya qilmaydi.

[14:10] Alloh Taologa zulm degan so'zni yaqin olib kelib bo'lmaydi. Makan allohu iyatli mahum. Alloh zulm qiluvchi bo'lmadi. Ya'ni bir qavmga Allohning balosi keldi. Shamolmidi, suvmidi, yer titrashimidi? Qo'yingki bir tabiiy ofat keldi, balo keldi, yo'q bo'lib ketdi. Qirib tashladi Alloh Taolo ularni, tak tomiri bilan. Keyin aytyapti, Alloh ularga zulm qiluvchisi bo'lmadi, ular o'zlari o'zlariga zulm qilishib oldi. Alloh Taoloning adolati qoyim bo'ldi. Alloh zulm qilmaydi.

[14:48] Shuning uchun farzandingiz nobop bo'lib, kuydirgi bo'lib, qaqshatib, to'yg'izgan bo'lsa, ey Xudo, shunaqa farzandni ham berasanmi, qaysi qilgan gunohim uchun deyish kufrga yaqin bo'lib qoladi. Sizni qilgan ishingiz sizni yegizgan noningiz, sizni odamlardan qavsh olganingizni oldida hamma bolangiz emas, bitta bolangizlar kuydirgi bo'ldi.

[15:14] Agar Alloh Taolo adolat qilganda hamma bolangiz kuydirgi bo'shish kerak edi. Lekin bittasidan totayapsiz. Shuning uchun farzandidan ozgina musibat torttayotgan birodarlar oramizda bor bo'ladigan bo'lsa, bolalarni malomat qilmaylik. Ma'qulmi? Qandoq balokonda tug'ilib qolgan ekansan? Nimaga falonchini bolasida qilmasdan demanglar. Chunki u falonchini bolasi. Bu farzand ota ona uchun yo mukofot, yo jazo.

[15:52] Nimani eshitsang? O'shaning uchun mana bu yoshlar eshitib qo'yinglar shu narsani. Katta topkali shart emas. Halol topib kelish shart. Chunki siz katta topa olmaysiz, yozmagan bo'lsa. Siz halol yoki xoram qilish ixtiyoringizda. Allohdan zulm degan narsani nafiy qilamiz. Alloh zulm qilishi mumkin emas. Uni ishida xato bo'lishi mumkin emas. Ha unda domla nimaga yer qimirlayapti?

[16:23] Nimaga shamollar, to'fonlar, urushlar, kasalliklar, zilzilalar, hukunalar, sunamiylar, ochliklar bo'lyapti. Buni hikmati nima deysizda? Javob, Alloh Taoloning har bitta ishi adolatli. Faqat uni adolatini tushungani seni aqling ojizlik qiladi. Allohning adolatini idrok qilishlikka seni aqling oijizlik qiladi, chunki aqlingni chegarasi bor.

[16:54] Faqat nodir, mustahil hollarda Allohni adolatini tushunib yetishing mumkin. Allohning adolati, Allohning ishi komil, seni aqling ojiz. Sen ojiz aqling bilan Allohni komil ishini, komil adolatini idrok qilaman deb urinma. Lekin ba'zi bir holatlarda aqling yetib qoladi da, Subhanalloh deb yuborasan.

[17:19] Yetmish dan o'tgan otasini so'dirab urib ketyapti bir, chuquvvatga kirgan, o'ttiz ga kirgan bola. Otasini urib so'dirab ketyapti. Buni ko'rib turib, Alloh xohlagani uchun shunday bo'lyapti da deysiz. Ha. Alloh xohlamasa, bu otasini urmas edi. Alloh quvvat bermasa, otasiga qo'l ko'tarmas edi. Bunda nima adolat bor? Boqib katta qilib qo'yganda, kuch quvvatga kirganda, otasi qariganda shunaqa urganida nima adolat bo'ladi desa, biz aytamizki, birodar, bu odamning hayoti yetmishinchi yilda bo'lsa, demak yetmishinchi seriyasida turibdi. Bu odamni oltmish to'qqizta seriyasi bor hayotida. Sen agar ana shu oltmish to'tqizta seriyasini ham ko'rganingda, yetmishinchi seriyada nimaga kaltak ekkanligini tushunar eding.

[18:05] Sen yetmishinchi meriyasini ko'rib turib, adolatsizlik bo'lyapti demagin. Qaraginda, bu kinoda o'ttizinchi meriyasida, bu kaltak ekkan oqsoqol ham o'zini otasini urgan edi. Adolatmi endi? Adolat bo'libdimi? Ha. Alloh taoloning ishi komil, adolati mutloq. Endi komil, mutloq adolatni ojiz aqling bilan idrok qilaman deb urinma. Aqling yetmaydi. Lekin ba'zi bir holatlarda tushunganingda nima deb olasan, subhanalloh?

[18:35] Chunki men asobaku min musibating fabima kasabat aydiku voy afon katif degan alloh. Nima musibat yetsa o'zingni qilgan ishing tufayli yetadi? Ya'ni men ko'pini kechirib turaman deydi. Demak, zarra vaznicha zulm qilinmaydi, qilcha zulm qilinaydi, hech kimga zulm qilinlaydi. Hardal o'simligini urg'uchalik bo'lsa ham alloh taolo olib kelib qo'yadi qiyomat kunida. Alloh zulm qiluvchi emas.

[19:02] Demak, birodar, sen alloh taoloni almu umin degan ismiga iymon keltirgan bo'lsang, bilginki, alloh hech kimga zulml qilmaydi. Nima keragi bor allohga bandalarni azoblashligini? Allohga o'zi bir narsani keragi bormi? A? Alloh komil, allohu hisobot bo'lgan zot. Hech narsaga muhtoj emas. Alloh Taolo aytadi: astaytibillar, men yaf'alullohu bi adabikum in shakartum va amantum. E bandalar, agar shukur keltirib, mo'min bo'lsanglar, Alloh sizlarni nimaga azoblasin?

[19:38] Demak, mo'min bo'mading, shokir bo'mading, yana balo keldi, yana jazo keldi. Demak bizda agar iymon bilan shukur bo'lsa, ustimizga Allohni balosi kelmas ekan, jazosi kelmas ekan deb odamlar. Qur'onda Alloh Taolo siz bilan bizga hali bo'lmagan ishlarni bo'ldi deb aytgan. Masalan, astaydibillah, ataa amrullohi falat ta'sa ajlu. Allohning farmoni, ya'ni qiyomat kelib qoldi, hali qiyomat qoyim bo'lmadi. Lekin Alloh qoyim bo'ldi deb aytyapti.

[20:17] Biz Qur'onda kelgan xabarni, garchi u ish hali bo'lmagan bo'lsa ham, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam kelajakda bo'ladigan ishlarni xabarni bergan, garchi sodir bo'lmaganbo'lsa ham, bo'lgandaqa qabul qilishimiz kerak. Ko'zimiz bilan ko'rganday ishonishimiz kerak. Shunda bizni iymonimiz komil iymon bo'ladi.

[20:40] Qur'ondagi ko'p oyatlarda Alloh Taolo zulm qilmasligini xabarini berdi. Birodarlar, bu hayotat dunyo nima? Bu hayotat dunyu sinov imtihonlar hovlisi. Vaqtinchalik hovli. Bu dunyo har qancha uzoq bo'lmasin, ming yil yashang, besh ming yil yoshang, oxirat hayotini oldida hech narsa bo'lmay qoladi.

[21:04] Misol. Qo'lingizda daptar turibdi, qalam turibdi. Bir raqamini yozing. Yozdingiz. Orqasiga uchta nol qo'ying. Ming bo'ldi. Yana uchta qo'ying. Million bo'ldi. Orqasiga o'n beshta nol qo'y. Shunaqa katta raqam. Shunaqa qilib, nol yozib ketavering. Quyoshgacha yozib boring. Yerdan quyoshgacha yuz ellik million kilometrmi? Yuz ellik million km nol yozing.

[21:37] Shuncha hayot kechiring bu dunyoda. Lekin baribir kun tugaydi. Va oxirat hayotini oldida bunchalik uzoq hayot ham birodarlar hech narsa bo'lmay qoladi. Yana bitta misol. Bir arqonni tasavvur qiling. Qo'lingizda turibdi, ikkinchi uchi ketgan, o qayergadir ko'rinmay ketdi. Mahallalarni oralab ketdi, oxiri yo'q. Ana shu arqonni bir o'n smni ustiga izolyant o'rab qo'ydingiz. O'n sm boshida izolenta bor, qolgan ipni cheki yo'q. Endi mana shu cheksiz ip bilan o'n smda taqqoslash aqldan bo'ladimi? Ana shu cheksiz ketayotgan arqon oxiratdagi hayot. Mana bu o'n sm izolenta urilgan joyi dunyo hayoti.

[22:24] Endi mana shunday o'n smlik hayot uchun abadiy hayotdan voz kechishlik, kufrga yurishlik, aqlli odamni ishi bo'ladimi? Birodar, dunyoda ming yil yashayapti. Qo'lingda hamma matohi bo'lsin dunyoni. Shuncha yil sog' salomat bo'l. Dunyoni hamma huzur halovatini tot. Lekin baribir oxiratni oldida bu hayoting nol bo'lib qoladi.

[22:47] Savol. Hozir mana o'tirganlarning ichida, bironta odam bormidi yuz yil burun? Yo'q edi a? Yo'q eddi. Xo'p, shu o'tirganlardan birontamiz yuz yildan keyin qolamizmi yer yuzida? Qolmaymiz. La dulmal yaun. Bu kunda hech qanday zulm bo'lmaydi. Birodarlar, har bitta haq egasi qiyomat kunida haqqini albatta oladi. Jazoga loyiqlar jazosini albatta olada. Mukofotga loyiqlar mukofotini hamma o'ziga tegishlisini oladi. Yutuq nimada? Yutuq oxiratni qo'lga kiritishda. Yutuq oxiratda kulishda.

[23:33] Dunyoda kulish bu yutuq emas. Chunki haqiqiy kulish oxiratda bo'ladi. Falyavmalladina a ma'no minal kuffari yad hakun. U kunda, deydi Alloh Taolo, mo'minlar kafirlar ustidan kuladi. Hozir kulishyapti yu mo'minlar ustidan kafirlar. Qoloqligi, iqtisodiy orqadaligi, dunyo fanlaridan orqadaligi, ko'chalarimiz, qo'yingki, turmush tarzimiz ustidan kulyaptimi kofirlar? Qiyomat bo'lsin, birodarlar, biz ham kulamiz. Lekin u kunda kulishlik haqiqiy kulishlik bo'ladi. Chunki birodarlar o'lim, o'lim.

[24:10] Hamma narsani yo'q qiladi. Boyni boyligini yo'q qiladi. Kambag'alni kambag'alligini, sog'ni sog'ligini, boyni boyligini. Quvvatlikni quvvatini, faqirni faqirligini. Chiroylini chiroyini ketkazadi. O'lim dunyodagi hamma narsani yo'q qiladi. Shuning uchun, birodarlar, agar shu dunyo matohidan qo'limizga ancha muncha tegmay qolgan bo'lsa, ko'p ham siqilavermaylik. Ya'ni necha yil yashamoqchisiz?

[24:40] Mana savolda, necha yil yashamoqchisiz? Tegdi, tegmadi, xullas Alloh Taoloni taqdiri. Oxiratga intilaylik birodarlar. Mutloq yomonlik. Bu koinotda mutloq yomonligi bo'lishi mumkinmi, yo'qmi? Mutloq yomonli degan narsa bo'lmaydi. Nima degani? U shunaqa bir yomonlikki, hamma yog'i yomonlik. Bironta yaxshiligi yo'q. Shunday yomonlik bor bo'lishi mumkinki, mutloq yomonlilik. Yo'q birodarlar. Mumkin emas.

[25:19] Qanaqa yomonlik bo'lmasin, uni orqasida bitta yaxshiligi bor. Masalan, pulingizni birod tortib qo'ydi. Yomonlikmi? Yomonlik. Qiyomatga qoldi, foydasi. Yoki sizga zulm qildi birod. Urib tepkilab ketdi. Yomonlikmi, yomonlik, qo'lingiz sindi, tish, burningiz sindi. Foydasi nima? Qiyomatni olasiz. Qo'li sinib qoldi. Yomonlikmi? Yomonlik. Yaxshiligi nimada?

[25:50] Gunohlarga kafolat. On qarang. Qanaqa yomonlik sodir bo'lgan bo'lsa, orqasida bitta yaxshiligi bor. Eng kamida bo'lmasam to'rtta yaxshiligi bo'ladi. Biz faqat yomonlikni ko'raveramiz da. Bu borliqda mutloq yomonlik bo'lmaydi. Yomonlik bormi? U mutloq emas, nisbiy u. Uni orqasida albatta nima bor? Yaxshiligi bor.

[26:15] Demak, banda Alloh Taoloning adolatini o'zini ojiz aqli bilan doim ham idrok qila olmaydi. Faqatgina nodir holatda idrok qilishi mumkin. Mana shu zulm ham birodarlar, mutlaqo emas. Zulm ham nisbiy. Yana aytyapmiz ku, sizga zulm qildimi? Yomonlik deb o'ylayapsiz ku, o'zi aslida orqasida nimasi bor sizni, siz uchun? Foydasi bor. Xo'p, masalan, mansabdor odam o'tirib, xalqni pulini yedi.

[26:47] Xalqqa ko'mir yetmay qoldi. Yoki qandaydir asfaltni pulini yeb qo'ydi, bir metr ko'cha tor bo'lib qoldi. Yokiy saqichini pulini yeb qolibdi, asfalt sifatsiz bo'lib qoldik. Xalqni puli yedi. Xalq uchun yomon bu. Bu mutloq yomonlikmi? Yo'q, nisbiy yomonlik. Chunki qiyomatda o'sha boyagi amaldor beradi yana bularni haqqini.

[27:11] Bir yomonlik bo'ldimi, mutloq emas bu. Orqasida albatta bitta yaxshiligi bor. Istang o'sha narsani. Vakada lekin nuval li ba'dod zolimina ba'dod demakan u yakshi bum. Shuningdek, deydi Alloh Taolo, qilib yurgan gunohlari sababli zolim kimsalarni bir birlariga do'st qilib qo'yavermiz. Qarang. Zolimni, zolimlarga do'st bo'ladi da. Kim zolimga yordam bersa, bas Alloh ana shu zolimni bu odamni ustida sulton qilib qo'yadi. Kim zolimiga yordam bersa? Ana shu zolunning zulmiga birinchi bo'lib mana shu odam o'zi qurbon bo'ladi. Zulm birodarlari zohiriy. Ko'rinishi zulmga o'xshaydi xolos. Ammo zulm mutloq bo'lmaydi. Haqiqiy bo'lmaydi, nisbiy bo'ladi. Har bitta ko'ringan zulmni orqasida bir hikmat bor.

[28:02] Al mo'min. Al mo'min mazlumlarga himoya beruvchi. Bu ustundan oladigan yana bitta xulosamiz. Qissa, misol. Bir podshoh duradgorni chaqirdi qadim zamonda. Chaqirib turib, u duradgor bajara olmaydigan vazifani berdi da, shuni tonggacha bajarmasang, kallang olinadi dedi. Nima dedi? Ertalabgacha ikki yuz qopda to'ponni tayyorlab qo'yasan dedi, paraxani tayyorlab qo'tyasan dedi.

[28:33] U davrlarda stanok yo'q. Bir yil harakat qilsa ham ikki yuz qops to'ponni, paraxani yig'a olmaydi. Podshoh hukm qildi. Tong otgan daskarlarim boradi. Agar vazifani bajarmasang, kallang olinadi dedi. Zulmmi? Zulmi? Endi haligi duradgor nima qiladi? Oilasi bilan xayrlashadi, oxirgi kecha o'tiribdi oilasi bilan, vasiyatini qiladi, o'limi aniq bo'lib turibdi. Tong otganda askarlar kelishdi. Uni qatl qilgani. Eshikni taqillatdi, duradgor chukun nafasni ochdi, eshikni ochdi. Askarlar, bizga bitta tobut yasab bering, podshohimiz uzilib qoldi kechqurun dedi.

[29:20] Mazlumga Alloh Taolo yordam beradi. Alloh taoloning al mumin ismidan yana bitta oladigan xulosamiz shu. Qul man biyadixi malakuti kunli sha in vahu va yujiru vala yujara alih. Ayting, deydi Alloh Taolo Qur'onda. Agar bilsanglar aytinglarchi, barcha narsaning podshohligi qo'lida bo'lgan, o'zi barchaga homiylik qiladigan, unga qarshi birov homiylik qila olmaydigan zot kimdir? Alloh. Alloh.

[29:50] Haloyiqqa zulm qil ekanlar. Kim bo'lishidan qat'iy nazar, qayerda yashagandan qat'iy nazari, qachon yashagandan qattiq nazar, qancha umr kechirgandan qattiq nazari, o'lim degan haqiqatga duch keladimi? Ha, duch keladi. O'limidan keyin kimni oldida qoyim bo'ladi ular? Robbilar alamin huzurida, tamom. Alloh Taolo endi mana shu zolimlardan haqlarini albatta mazlumlarga olib beradi. Vakadalika axdu robbiki idha axadal qur'o vahiya volima inna axtah u alay munshadiydi. Parvardigoringiz, ahli egalari zolim bo'lgan shaharlarni ushlaganida mana shunday ushlar. Uning ushlashi, azobi alamli qattiqdir. Birodarlar, alloh taoloning al mo'min ismini dars qilyapmiz. Buning ma'nosi juda ham daqiq, nozik. Bu ismni bizni hayotimizga bo'lgan aloqasi juda ham aloqasi qattiq. Al mo'min, xotirjam bo'l. Alloh mazlumga yordam beradi. Alloh zolimni jazosini beradi. Alloh Taolo hech kimga zulm qilmaydi. Qarang. Alloh Taolo o'tgan darsda ham aytganmiz. Bizni ibodat qilishlikka buyurdi.

[31:01] O'ziga quvchilikka buyurdi. Buyurishdan oldin qalbimizni xotirjam qilib qo'ydi. Va ilayhi yur javul amru kulluhu. Ey bandalar, ko'zinglarni ochinglar. Hamma ish Allohga qaytib keladi. Va abduhu va tavakkal alayh. Sen ibodat qil, Allohga tavakkal qil. Namoz o'qi, ro'za tut, ko'zingni tiy, zakot ber, sadaqa qil deb buyuradimi? Shu ishni buyurishdan oldin aytyapti, hamma ish Meni qo'limda. Rizqinglar ham Meni qo'limda, ob havoilar ham Meni qo'shlimda. Meni aytganim bo'ladi. Shuning uchun, shunga iymoning komil bo'lgandan keyin ibodatni qil, tavakkal qil, g'am qilma deyapti. Agar sizni ishingizni o'zidan boshqaga topshirib qo'ysa, qanaqa qilib bizni ibodatga buyurgan bo'ladi, birodar? Endi menga ibodat qildimi?

[31:51] Ollohga ibodat qilasizmi? Demak, zulm yo'q. Chunki hamma ish kimni qo'lida? Olloh taoloni qo'lida. Hayoting ollohni qo'lidan, rizqing ollohni qo'lida, dushmanlaringni ishi ham ollohni qo'llidan, kuchlikni ham, kuchsizni ham ishi ollohni qo'mida, yerdagilarni ham, osmondagilarni ham ishi ollohnik qo'lida ayoling, farzanding, tijorating, hammasini ishi kimni qo'liga? Endi alloh sen bilan birga bo'lsa, kim senga zarar yetkaza oladi?

[32:20] Agar alloh senga qarshi bo'lsa chi, kim senga bir yaxshilik qila oladi? Shuning uchun aytamiz, parvardigor, seni topgan banda nimani yo'qotibdi? Parvardigor, senitopmagan banda nimani topibdi? Alloh Taolo aytyapti, ey banda, Meni talab qil, topasan. Agar Meni topsang, hamma narsani topding. Agar Meni topmasang, hech narsani topmading. Men sen uchun hamma narsadan ko'ra sevimliroqman.

[32:52] Siz bilamiz, birodarlar, har kuni, har lahzada robbimizning mana shu ismi, al muamin ismiga juda ham muhtojmiz. Chunki al muamin bo'lgan robbimiz xotirjamlikni beradi. Biz Alloh Taoloni va'dasi bilan xotirjam bo'lishimiz kerak. Alloh Taolo o'zini zimmasiga bizni bir haqqimizni qo'yib qo'ydi. Bizni Allohni ustida haqqimiz bor. U qanaqa haq? U shuki, agar biz Allohni o'ziga xolis to'g'ri ibodat qilsak, u Alloh bizni azoblamaydi.

[33:28] Va makana allohu luyohdiy baxum an ta fihim, va makana allohum ma'oddiy baxum va hukm yas tafirun. Ey Muhammad alayhissalom, modomiki, siz ularni orasida ekansiz, Alloh ularni hargiz azoblamas. Payg'ambar turar ekan bir qavmni ichida balo kelmaydi yu ekan. Endi Payg'ambar ketdi. Endi nima bo'ladi? Va ular mag'firat so'rab turgan hollarida ham Alloh ularni azoblariga uchun emasdir. Oramizda Payg'ambar alayhissalom yo'qlar. Ketganlar. Endi biz oramizda iymon bo'ladi, amal bo'ladi, istig'for bo'ladi, Allohni balosi kelmaydi. Aks holda, bu balolar bandalar ustilarida haq bo'lib qoladi.

[34:10] Aqlu qovli ha'da va astag'firullohu alayhi valakum. Innallohu va malak katahhu yu salun ala alannabiy, ya yu halladina amanu sollallohu alayhi va sallamu taslima. Assalomu alaykum.

## Quran and hadith quoted in this lecture

- [0:41] Quran Faatir 35:2
  - Said in the lecture: “ma yaftahillahi linnasimi rahmating fala mumsik ala va ma yumsik fala mursil ala humin baxti.”
  - Arabic: مَّا يَفْتَحِ ٱللَّهُ لِلنَّاسِ مِن رَّحْمَةٍۢ فَلَا مُمْسِكَ لَهَا ۖ وَمَا يُمْسِكْ فَلَا مُرْسِلَ لَهُۥ مِنۢ بَعْدِهِۦ ۚ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ
  - Uzbek translation: Alloh odamlarga ne rahmatni ochsa, bas, uni tutib qolguvchi boʻlmas. U zot tutib qolgan narsani Undan keyin qoʻyib yuborguvchi boʻlmas. U zot azizu hakiymdir. (Alloh bergan neʼmatini birov man qila olmaydi. Shuning uchun xotirni jam qilish kerak. Allohga iymon keltirib, koʻrsatgan yoʻldan yurish lozim.)
- [7:33] Hadith: Sahih Muslim, 2577 (grade: Sahih)
  - Said in the lecture: “ibadi. Inniy haromtu zulmu ala nafsi, vajal tuh u baynakummu haroman, falat a'olamu. Ey”
  - Arabic: يا عبادي إني حرمت الظلم على نفسي وجعلته بينكم محرما فلا تظالموا يا عبادي كلكم ضال إلا من هديته فاستهدوني أهدكم يا عبادي كلكم جائع إلا من أطعمته فاستطعموني أطعمكم …

## Self-check quiz

Generated automatically from the lecture; not reviewed by a person.

1. Ustoz zulmni qanday ta'riflaydi?
   - a) O'z haqini talab qilish
   - b) Boshqalarga yomon gap aytish
   - c) Ishda xato qilish
   - d) Haq dorining haqqini bermaslik — correct
   - Why: Darsda ustoz zulmni aniq ta'riflab, uni haq dorining haqqini bermaslik deb izohlaydi. [7:29–8:01]

2. Ustoz Allohning balolari va ofatlari haqida qanday xulosa chiqaradi?
   - a) Allohning har bir ishi adolatli, lekin inson aqli uni to'liq idrok qila olmaydi — correct
   - b) Alloh ba'zi odamlarga o'z ixtiyori bilan zulm qiladi
   - c) Allohning ishlari inson aqliga mutlaqo tushunarsizdir
   - d) Tabiiy ofatlar Allohning adolatsizligining dalili hisoblanadi
   - Why: Darsda Allohning har bir ishi adolatli ekanligi, lekin inson aqlining chegarasi tufayli bu adolatni to'liq idrok qila olmasligi ta'kidlanadi. [16:23–16:50]

3. Ustoz dunyo hayoti bilan oxirat hayotini taqqoslash uchun qaysi misolni keltiradi?
   - a) Katta dengiz va undagi bir tomchi suv
   - b) Cheksiz arqon va uning o'n santimetrlik qismi — correct
   - c) Uzoq yo'l va uning boshidagi bir qadam
   - d) Katta dasturxon va ustidagi kichik non
   - Why: Darsda dunyo hayoti cheksiz arqonning faqat o'n santimetrlik qismiga tenglashtiriladi. [21:37–22:22]

4. Ustoz bandaning Allohning adolatini to'liq idrok qila olmasligining sababini nimada ko'rsatadi?
   - a) O'zining ojiz aqli bilan — correct
   - b) Dunyo matohi bilan
   - c) Allohning xotirjamligi bilan
   - d) Oxiratchi niyati bilan
   - Why: Darsda ustoz banda Alloh Taoloning adolatini o'zining ojiz aqli bilan doim ham idrok qila olmaydi, faqat nodir holatda tushunadi deb ta'kidladi. [26:15–26:46]

5. Ustoz Allohning 'Al-Mu'min' ismiga muhtojlikning asosiy sababini nimada ko'rsatadi?
   - a) Ilmni oshirishi
   - b) Rizqni ko'paytirishi
   - c) Dushmanlarni yo'q qilishi
   - d) Xotirjamlikni berishi — correct
   - Why: Darsda Allohning 'Al-Mu'min' ismi xotirjamlikni berishi va bizning shu ismga muhtojligimiz ta'kidlanadi. [32:52–33:26]
