# 75-dars Al-Mannaan (1-qism): Asma-Ul-Husna

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Asmoul husno](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno.md), lecture 78 of 110
- Section: Al-Mannon
- Duration: 30 min
- Original title: 75-DARS AL-MANNAAN (1-QISM) / ASMA-UL-HUSNA
- Review status: reviewed
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/78
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/eLUwUFfk6Ww.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=eLUwUFfk6Ww
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/77.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/79.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:00] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen a'lamin. Vassalotu vassalamu ala ashrafil mursalin va ala alihi va ashabi hech ma'in. Allohumma allim na'ma yonfa una, vam fanaviy ma'lam tanavazid na'inman. Allohumma arenal haqqa haqqon orzuqunat tiba'a va arenal ba'tila ba'tilan orzuqunat jt na'ba. Hoja anna minmayyasida me'un al qovla fayetta bi una husana. Va'da xillabi rahmatika fiy aybadika solihiy. Amma ba'd. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'libu barakatuh.

[0:39] Alloh subhanah va taoloning go'zal ismlaridan dars qilayotgan ibradonlar, bugun Alloh subhanah vatoaloning go'zalismlaridan almannan ismini dars qilamiz. Alloh subhanah va taoloning bu ismi al mandan ismi Qur'onda vorid bo'lmagan. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislarida zikr qilingan. Abu dovudning sunanlarida anas ibn molik roziyallohu anhuni hadisi bir kishi rasululloh sollallohu alalayhi vasallamning yonida edi. Namoz o'qi bo'ldi da, orqasidan duo qildi. U kishining duosi: Allohumma inniy as'alu ka bi annalaka alhamd. La ilaha illa anta, al manna'nu badi uz samavati val art g'ul jalali val ikrom, ya hayyu ya qoyyum.

[1:30] Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: at tadruna bima da'a? Bu odam nima bilan, ya'ni qaysi ism bilan, Alloh Taoloning qaysi ismi bilan duo qilganligini bilasizlarmi? Sahobalar allohu rasuluhu alam deb javob berishdi. Alloh va Rasuloh yaxshiroq biluvchi. Rasululloh aytdilar: valladiy nafsi biyadiyhi laqodda allohi bi ismi hil adham. Jonim qo'lida bo'lgan zotga qasamki, taqiq bu kishi Alloh Taoloning eng buyuk ismi bilan duo qildi. Ismi ul a'lam. Ida doya bihi ajaba va ida su'yla bihi ato. Agar ana shu ismi bilan duo qilinadi, ijobat qilinadi. Shu ismi bilan so'ralsa, Alloh albatta ato qiladi. Mana endi bu hadis siz bilan bizni Alloh Taoloning ismul a'zam, eng buyuk ismi mavzusiga tortadi. Alloh Taoloning ismul a'zami bor, eng buyuk ism. Agar o'sha bilan duo qilinsa, ijobat qilinadi, duo qilsa, so'ralsa, beriladi. Endi, ismul a'zam ayni mana shu Almandan ismi deb ta'kidlay olmaymiz. Chunki ulamolarning o'rtasida ismul a'zam haqida ixtilof bor. Ayrim ulamolar ar rohman alloh taoloning ismul a'zami deyishadi.

[2:50] Yana ba'zilari Ar-Rabb ismi shunday deyishadi. Ya'ni ayrimlari Almandan ismi deydi. Binobarin, aynimo mana bu ism ismul a'zam bo'ladi deb siz bilan biz ta'kidlab ayta olmaymiz. Yana ulamolar aytishadiki, Allohning mana shu ismlaridan qaysi biriga sen ko'proq muhtoj bo'lib turgan bo'lsang, sen uchun mana shu ism ismul a'zam bo'ladi. Agar bemor bo'lsang, seni uchun eng ulug' ism ash shafiya, shifo beruvchi. Agar faqir muhtoj bo'lsang, senga uchun ismul a'zan ar roza ismi bo'ladi.agar qahrga uchragan bo'lsangiz, zulmga uchragan bosang, al muntaqim ismi intiqom oluvchi. Sen uchun ismul a'zam bo'ladi. Agar zaif bo'lsang, alloh taoloning al adim ismi, al qoviy ismi sen uchun ismulloh a'zam bo'lad. Shuning uchun ism ul a'zam deganda ayni mana bu ism deb biz ta'kidlay olmaymiz.

[3:47] Valillah ila asmal husna fado ovu biha. Alloh taolo qur'onda aytadi, alloh taoluning go'zal ismlari bordir, bas uni o'sha ismlar ila chorlanglar, yod etinglar. Bu oyatni ma'nolari ko'p birodarlar. Mana shu ismlaridan, alloh taoloning go'zal ismlaridan banda o'ziga nasiba olmagunicha, shu sifatlarni o'zida borligi imkoni boricha, paydo qilmagunicha, duo qilib ijobat bo'lishini kutmasin. Ya'ni alloh taolo al javvat, saxovatli, saxiy zot ekan. Mo'min banda shu ismdan o'ziga ulush olishi kerak. U ham saxiy bo'lishi kerak. Shunda duosi ijobat oladi. Alloh taolo ar rohim bo'lgan zot, rahmli zot. Banda o'ziga ulish olishi kerak bu ismdan. Rahmli bo'lishi keraks. Shunda duosi javob olishi kerak edi. Alloh Taolo odil bo'lgan zod, ala adil. Shuning uchun musulmon kishi qilayotgan ishlarida, qilayotgan muomalalarida adolatli bo'lishi kerak. Shunda shu ismlardan ulush olgan bo'ladi, shundan keyin duo qilsa, duosi ijobat bo'ladi. Ma'qulmi? Alloh Taoloning to'qson to'qqizta ismi bor, yuzta, bitta kam yuzta. Kim ularni iqso qilsa, jannatga kiradi.

[5:05] Iqso deganda ma'nosi ko'p, sanab chiqsa, yodlab chiqsa, shularni qatorida shu ismlardan o'ziga ulush olsa. Endi tasavvur qiling bir odamni. Shu to'qson to'qqizta ismni yodlab qo'ydi. Hayoti o'zi xohlagan edi shuncha. U ismlardan o'ziga bironta ulush nasiba olmagan. Adolati yo'q. Saxovati yo'q. Qo'pol, zulm qiladi, u yodlab qo'llaganligini o'zi kifoya qilmaydi.

[5:36] Siz bilan biz Alloh Taoloning mana shu go'zal ismlarini, ma'nolarini haqiqatdan o'qib o'rganar ekanmiz, u ismlardan o'zimizga ulush nasiba olishimiz kerak. Mana Almandan ismini o'qiyapmiz. Mana shu muddat berishdi payida bo'laylik. Valillah hir asma al husna fadoahub beha. Alloh Taoloning go'zal ismlari bordir, bas uni o'sha ismlar bilan chorlanglar, yodatinglar.

[6:05] Shifo kerakmi? Esh, ofiy deb duo qiling. Yordam kerakmi? Ya'an nasir deb duo qiling. Shuning uchun Alloh Taoloning ismul a'zam haqidagi mavzu bu ixtilofli mavzu. Ittifoq qilingan narsa shuki, qaysi ismini o'rtaga qo'yib duo qilding? Ijobat bo'ldi. Demak, shu ism sen uchun ismul a'zam. Bir ismni o'rtaga qo'yib duo qilding, ijobat bo'ldimi, demak shu ism sen uchun ismul a'zam bo'ladi.

[6:36] Birodarlar, duo bu ibodat. A duau muhul ibada. Duo ibodatni ayni mag'zi, ayni o'zi. Duodan musulmon bandaning oladigan ulushi nima? Albatta ijobat bo'lishi emas. Mo'min bandaning qilgan duosidan oladigan ulushi, uni Allohga bog'lanishi.

[7:01] Qo'lingni ko'tarib, yo roddadingmi, Allohga bog'landingmi, duodan oladigan ulushing mash'a. Shuni o'zi katta narsa. Ijobat bo'lishi eng asosiy narsa emas. Chunki duo qilganingda iymoning borligi uchun duo qilding. Seni duoyingni eshitishiga ishonganligi uchun duo qilding. Seni talabingni berishligiga qodir ekanligiga iymon keltirib turib duo qilding. Duo qilganing, Allohga yaqin bo'lganing, mana shu duodan oladigan ulushing.

[7:33] Alloh xohlasa, duo qilmasang ham berib qo'yaveradi. Agar xohlamasa, duo qilsang ham bermaydi. Shuning uchun duodan olinadigan asosiy ulush, bu albatta duom javobat bo'lishi emas. Allohga duo qilayotganligingni o'zi. Duo qilasan, ba'zida ijobat qilmaydi. Bilgin ki, sen uchun shu narsa foydali ekan. Chunki banda o'ziga foydali, yaxshi deb bilgan, ishongan narsasini so'raydi. Alloh Taolo esa bermadi. Vaholanki Qur'onda, voqolarobbukun u duovning asta jiblakun. Duo qilinglar, ijobat qilaman degan. Xo'p, duo qilinglar, ijobat qilaman dedi. Sen o'zingga yaxshi deb bilgan narsani so'rading, lekin bermadi. Demak bermagani yaxshi edi. Chunki sen yaxshilikni so'ray olmading? Robbana atina fit dunya hasana va fila xiroti hasana va qiyna adabannarmidi? Dunyoda ham hasanotni bergin, oxiratda ham hasanot deyammiding? Bermadimi, demak yaxshi ekan shu?

[8:38] Ma'qulmi? Payg'ambarimiz aytganlar. Yuzta ja bul yo hadiku ma'lamiyasdan ajil. Shoshilmasanglarlar, shoshiltirmasanglarlar, duoyinglar ijobat bo'ladi, dedilar Rasululloh. Sahobalar so'rashdi. Qanaqa qilib shoshilamiz? Qanaqa qlib shoshiltiramiz? Bir kishi dedilar Rasulullohni duo qiladi, duo qiladi, duoi qiladi. Aytadiki, Allohga duo qildim, duo qildim, ijobat qilmadi, deydi. Mana shu shoshiltirgani bo'ladi. Endi bermaydi so'raganini. Shuning uchun besh yil o'tar duo qilsangiz, o'n yil o'tar, yuz yil o'tar. Bu vaqt siz bilan biz uchun vaqt. Tushunarli mirodalar? Duo qilishlikdagi asosiy oladigan ulushimiz duoni ijobat bo'lishi emas, Allohga bog'langanligimiz.

[9:29] Nabiy sollallohu alayhi vasallam mana Toifdan qaytayotib, bilasizlar, siyrat dasturida aytganmiz, toshbo'ron bo'ldilar. Toifga chiqib da'vat qildilar qavmini, ular toshbo'ron qilib qaytarishdi. Mana qaytib o'tirib, shu Toifdan chiqqanida bog'da o'tirib duo qildilar. Parvardigor, meni kimga tashlab qo'yding? Menga rahm qilmaydigan zolimga dushmanagami? Yoki oxiri ko'rinmaydigan yo'lgami? Holatini bayon qilib turib, aytdiki, innam yakun beka g'adabun alay fala ubalay. Va lekin na ofiyat aka avsa u li. Shuncha muammo deyishda turibman, Parvardigor, shuncha qiyinchilik bo'lyapti, ammo shu holatda menga g'azab qo'ymay ekan bo'lsang bo'ldi, bularga parvo qilmayman.

[10:16] Lekin ofiyating men uchun yaxshiroqda deb qo'ydi. Duoi jobat bo'ldi. Duoi jobot bo'ldi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, ajabali amri ila mo'min. Mo'minni ishi ajablanarli. Innohu kullohu la huqhayr. Uni hamma ishlari o'zini foydasiga. Va bu faqat mo'minga berilgan. Agar unga yaxshilik yetsa, shukur keltiradi. Shukur keltirmagan o'ziga yaxshi. Agar unga yomonlik yetsa, sabr qiladi. Bu ham o'ziga yaxshi. Bu faqat kimga berilgan ekan? Mo'minga. Yaxshilik yetsa, alhamdulillah deydi, o'ziga foyda. Musibat esa sabr qiladi, shukur qiladi, bu ham uni o'ziga foydasi.

[11:04] Allohning rahmati om umumiydir. Ishlari hikmatli. Eng salohiyatli, yaxshi ishni qiladi. Chunki u mutloq bo'lgan Zon. Agar siz bilan bizni iymonimiz komil bo'lsa shunga, Allohning har bitta ishni orqasida hikmat bor degan narsaga iymonimiz komil bo'ladigan bo'lsa, birodarlar, ustimizga kelayotgan har qanday ishni orqasida hikmati bor ekanligi iymonimiz komil desa, Allohni qazoyi qadriga rozi bo'lamiz.

[11:37] Bandaning haqiqiy mo'minligi uning qazoyi qidirga roziligidan. Qaytaraman. Banda qazoyi qdirga rozimi? Taqdiriga rozimi? Demak shu odam nima ekan? Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytadilar, izzahabballohu abdani ibn talahum. Agar Alloh bir bandani yaxshi ko'rsa, uni baloli edi.

[12:03] Fain sobara ijita bahu. Mana shu balolarga sabr qilsa, tanlab oladi. Fain shakara iqtanahum. Agar shukur keltirsa, hayotidan qanoatlantirib qo'yadi. Tushunarlimi? Qanaqa ish keldi ustingizga taqdir tomonidan sizga yoqmaydigan. Siz unga sabr qiling. Alloh taolo bo'ladi. Sabr qilsangiz, qanoatlantirib qo'yadi hayotingizdan. Ya'ni baxtli qilib qo'yadi sizni hayotingizdan.

[12:32] Demak, ismul a'zam Alloh taoloning Arrob ismi bo'lishi mumkin, Arrohman bo'lishi mumkin yoki Almandan bo'lishi mumkin. Almandan so'zining lug'aviy ma'nosi. Almandan lug'atda siyg'ay mubolag'a, manna yamun nu mannan fe'lidan olinadi. Bir narsani kesdi, bir narsani ketkazdi yoki bir narsani ato qildi. Yana bir ma'nosi, in'om qildi, yaxshilik qildi. Almandan degani Alloh taolo ato qiluvchi, in'om qiluvchi bo'lgan zon. Alloh taolo Payg'ambarimizga aytadi Qur'on karimda va innala kala ajron g'oy ro mamnun. Albatta ey Muhammad alayhissalom, siz uchun bitmas tuganmas ajr mukofot bordir. Ya'ni hisobsiz.

[13:22] Minna. Mana almandan so'zi ato qiluvchi ekan. Minna, minnat aytishadi ayrim ulamolar, og'ir ne'matdir. Bir odam boshqa bir odamga o'n ming so'm hadya qildi. Shunday berib yubordi. Xolis. Albatta bu yaxshilik. Endi bir million so'm berdi. Bu undan ham katta yaxshilik. E endi katta bir yangi qurilgan hovlini hadya qilib yubordi, evazsiz. Xolis. Shunchaki hadya qildi. Albatta odamlarni nazarida bu ishlar katta yaxshili bo'ladi. Endi Alloh Taolo sizga nimalarni ato qildi, evazsaz? Bir o'ylab ko'ring da.

[14:02] Sizni bor qildi. Zurriyotingizni davom etishini berdi. Hidoyatni berdi, rushtni berdi. Evaziga hech narsa olmadi. Tvdagi odamni o'n ming so'm, bir million so'm uyini hadya qilishiga ham ato qilish, lekin Alloh Taoloning ato qilganini oldida bu hech narsa emas da.

[14:24] Tushunarlimi? Alloh Taoloning ulug' atolaridan bo'ldi. Shuning uchun Alloh Taolo bandalarga ne'matlarni berar ekan, kimga dunyo matohini hammasidan beradi, ammo hidoyatni bermaydi. Kimgadir hidoyatni ruchni beradi, dunyo matohidan ozroq beradi. Qaysinisiga ko'proq ato qilib qo'yibdi shu yerlar?

[14:47] Yetmish yil yashar, sakson yil yashar ketadi dunyodan. Inson dunyodan chiqib ketayotganda biladi, haqiqiy in'om, haqiqiy ato bu hidoyat ekanligini. Ungacha o'sha dunyo matohi qo'liga yetarli kelmayotgan bo'lsa, yetishmovchilik bo'lib turgan bo'lsa shikoyat qilaveradi, ming'illayveradi. Vaholanki eng katta narsani Alloh Taolo berib qo'ygan edi. Bu iymonni.

[15:12] Eng katta ne'mat, eng haqiqiy ne'mat Allohni tanishlik va hidoyat. Alloh azza va jala bu dunyo matohini boylikni, sog'likni, mansabni, quvvatni, chiroyini yaxshi ko'rgan bandasiga ham beravergan, yomon ko'rgan bandasi ham beravergan. Ana ko'rmaysizmi? Fir'avn, yer yuzida yashab o'tgan eng katta zolim.

[15:38] Fir'avnga ham berdi bu saltanatni. Endi o'zi yaxshi ko'rgan payg'ambar usulul alayhissalomga ham berdi shu saltanatni mulkni. Alloh taolo bu dunyoni boyligini, chaqasini, o'zi yomon ko'rga ham qorunga ham berib qo'yaverdi. Va o'zi yaxshi ko'rgan bandasi usmonov nafon abdurahmonovga ham beraverdi. Demak, birodarlar, bu dunyo matohini bir odamni qo'lida ko'p bo'lishligi, uni alloh yaxshi ko'ringanligini belgisi bo'lmaydi. Bir bandani qo'lida dunyo matohini oz bo'lishligi alloh uni yomon ko'rganligini belgisi bilmaydi. Alloh yaxshi kurgan bandasiga hidoyat beradi. Alloh yaxshiy ko'rmagan bandasiga bermaydi buni.

[16:18] Chunki bu dunyo matohi, birodarlar. O'lim bilan nima bo'ladi? Tamom bo'ladi. Endi xulosa qilamiz. Modomiki o'lim bilan tugaydigan bo'lsa, sizni qo'lingizdagi narsa Alloh Taoloning in'omi atosi deyilmaydi. Qaytarib aytaman. Siz in'om, ne'mat, katta yutuq deb o'ylayotgan boylik, mansab, shuhrat, quvvat o'limingiz bilan tugadimi? Demak bu Allohni atosi emas. Chunki Alloh Taoloning atosi u dunyoda ham bo'ladi. U ato, bu dunyoda berilgan ato, siz bilan qabrga ham kiradi. Agar qabrga kirmay tepada qolgan bo'lsa, ato emas, qabrga billa keladigan bo'lsa, bu atosi bo'ladi.

[17:03] Bu dunyo matohi agar o'lim bilan tugaydigan bo'lsa. Haqiqiy in'om deyilmaydi. Mana har safar dastlab aytamiz, Apple kompaniya asoschisi, Steve Jobs sakkiz milliard dollarda to'plab qo'yib, ellik olti yoshida oshqozon osti benzinni raki bilan ketdi, saratoni bilan. O'layotib dod deyapti. Men oldimga qo'ygan maqsad, men idealda bilgan narsa xato edi ekan. O'lim degan haqiqatni oldida sariqcha qilgan arzimaydigan narsa ekan deyapti. Sakkiz milliard dollar topgan odam hayoti muvaffaqiyatning ramzi bo'lib hisoblangan odam alam qilib o'tib ketyapti, sarobni orqasidan quvgan ekanman deb.

[17:43] Mo'minchi? Dunyodan chiqib ketar ekan, La ilaha illalloh bilan yashab, La ilaha illalloh bilan chiqib ketayotganligidan o'zini saodatli his qiladi. Shunday emasmi? Alloh sizga hamma yoqni berdi, imonni bermadimi? U berilgan narsa hech narsa emas. Chunki qo'lingda turgan bu boylik yuragini to'xtashi bilan tamom. Vorislari qoladi. Tirik, o'ynab ko'rib, harakatda bo'lib yurgan inson bir lahzada tarixga aylanadi. Rahmat qilsin, Alloh deb qo'yishadi. Tirikchilik kelib, shoper mashinasiga o'tiradi, haydaydi, bir haftadan keyin shu mashinaga yuk bo'lib keladi o'zi. Shuning uchun aytyapmiz da, birodarlar, uzulib to'xtab qoladigan narsa Alloh Taoloning atosi va karami bo'lmaydi.

[18:32] Chunki dunyo hovlisi uzilish va ajralish hovlisi. O'lim hamma narsani ketkazadi. Boyni, boyligini ketkazadi. Faqirni muhtojligini ketkazada. Polvonni quvvatini ketkazada, zaifning ojizligini, sog'ning, sog'ligini, kasalning kasalligini ketkazada da. Chunki bu dunyo birodarlar balo va ajralishlar xolisi bo'ladi.

[18:58] Har bitta o'tayotgan lahzamiz siz bilan bizni qabrga qarab olib ketyapti. Inson vaqt. Inson nima? Inson vaqt, yillar, oylar, haftalar, kunlar, soatlar, daqiqalar, soniyalar yig'indisi. Har bitta o'rtgan sekundingiz, minutingiz sizni qabrga olib ketyapt.

[19:21] Shuning uchun bir og'iz so'z bilan aytadigan bo'lsak, katta katta ishlarni bitta imzosi bilan hal qilib qo'yadigan odam o'lim kelganda hech kim bo'lmay qoladi. Dunyoda ato qilingan ne'matlar minnatlar. Og'ir ne'matlardir. Ular agar oxiratdagi ne'matlarga yetish uchun sabab bo'lmasa, bas u ne'mat emas ekan. Qarang, Alloh qo'lingizga katta pul berdi. Shu pulni sarfladingiz Alloh rozi bo'ladigan joyga, sizni oxiratga qarab intiltiryaptimi? Allohni rizosi jannatga qarab olib ketyaptimi? Demak, yaxshi ne'mat ekan. Agar qo'lingizda turgan katta dunyo, sizga berilgan boylik oxiratga sarflanib, sizni qadringizni ko'tarmayaptimi Allohni ko'rsa da, Allohni nazaridan, demak bu ulug' ne'mat emas ekan.

[20:07] Sizga berilgan narsa, sizni Allohni roziligiga qarab yetalamasa, bu ulug' nema deyilmaydi. Astag'firulloh. Va man yutu a'llaha va rasuluhu faqat faza fauzani aviyman. Kim Allohga va uning Payg'ambariga itoat etsa, bas u ulug' baxtga erishibdi. Ana baxti nimani aytyapti? Alloh va Payg'ambarga bo'ynini suysa deyapti. Haqiqiy ulug'vorlik, haqiqiy g'alaba jannatni qo'lga kiritishlik. Astaydubillah. Inn al muttaqina fii jannati va nahar. Fi naqo adi sidqin, ayni malikin muqtadir. Albatta taqvodor zotlar jannatlarda va daryolar ustida qodir podshoh huzuridagi rozi bo'lingan o'rinda bo'lurlar.

[20:58] Shuning uchun birodarlar, haqiqiy boylik, haqiqiy g'alaba nima ekan? Allohni rizosiga erishlik. Mana jamoatimizda har xil toifadagi odamlar o'tiribdi. Badavlat odamlar, o'rtahollar, qo'li kaltalar. Ali ibn Abid olim aytadi, haqiqiy boylik va haqiqiy kambag'allik Allohga ro'baro' bo'lingandan keyin bilinadi.

[21:25] Tushunarli a? Chunki inson bu dunyoda boy bo'ldi, o'rtahol bo'ldi yoki qo'li kalta bo'ldi. Yetmish yil sakson yil yashadi, o'ldi. Allohning huzuriga borganda bilinadi kim haqiqiy boy bo'lganligi. O'sha bir masjidni qurilishida, o'sha bir xorijdagi bir nima, fond qurib berganda, ma'lum bir joyga yetganda pul bermay qo'ydi.

[21:51] Endi u bir o'n besh yil buyog'ini gapiryapman. Yetmay qoldi, bir sakson foiz ekan, to'xtab qoldi masjid. Endi u paytda yoshmiz, birov tanimaydi, unga borib yalinyapmiz, bir mashina qumoq beryapti, bunga borib so'ranyapmiz. Allohning uyi uchun. Besh tonna semirta beryapti. Bitta akamiz juda katta chiqimlarni qilib berdi. Bu yigirma ming, o'ttiz ming dollarlik narsa qilib berdi. U davrda katta pul edi u yigirma minga. Endi xuddi o'sha odamni saviyasida yana bitta boy akani chaqirdik masjidga, keldi.

[22:20] Aka, boshida o'zi to'xtatdi, bo'ldi men tushundim sizlarni dedi. Ha Xudoga shukur, tushungan odamni sadaqasi kelsa yaxshi dedi. Yarim so'zdan tushundi deydi. Bo'ldi dedi, shunday cho'ntagimdan bir siqim pul chiqarib ellik dollar olib berdi. Biz ellik ming dollar bergandek xursandchilik bilan oldik. Chunki matishga ellik dollar katta pulda. Ularni ko'zida. Domlalarga ellik dollar katka pulda, uni ko'zida. Bitta o'tirishiga uch to'rt yuz dollar sarflab qo'yaveradi, ammo chaqirib matishga Allohga ehson qiling desa ellik dollar berdi. Boymas ekan u odam demak. Narigi birinchi ehsonni qilgan odam o'tib ketdi. Alloh rahmat qilsin, faqat yaxshilik bilan eslaymiz. Qilgan ishlari boshiga soyamoq bo'lsin qiyomat kunidan. Ammo boyagi akamiz bor hali. Ellik dollar, hoji aka, ellik dollar.

[23:12] U bermadi emas. Alloh olmadi undan. To'g'rimi? Endi u boyimi, kambag'almi? Ali ibn Abit olib aytyapti, al g'ina va al faqru ba'dal arde al alloh. Haqiqiy boylik bilan haqiqiy kambag'allik qachon bilinadi? Allohga ro'baro' bo'lganimizdan keyin.

[23:37] Shuning uchun qo'lida davlati bor akalar, qo'linglardagi dunyoyinglar, Alloh baraka bersin. Yaxshi kunlarga sadblanglar. Ana shu qo'linglrdagi dunyo, boshqalarni qo'lida yo'q bo'lgan sizlarni qo'linglirdagi dunyo. Sizlarni oxiratga Allohga qarab yeta olmayotgan bo'lsa, bu sinov deyiladi. Go'yo Alloh Taolo aytyapti, ey bandalar, berganim mukofot, men qilganim jazo emas.

[24:05] Chunki bizda unaqa tushuncha bor ku. Alloh yaxshi ko'rgani uchun zuvolasini katta uzibdi. Ha, demak, bu shu filosofiya bilan, shu logika bilan qarasak, zuvolasini kichkina uzgan bo'lsa, demak Allohni nima qipti uni? Allohni yaxshi ko'rsatgani, Allohni muhabbati zuvolani katta kishi uzish bilan emas. Imom bilan, amal bilan, taqvo bilan.

[24:29] Berganim mukofot, bermaganim jazo emas. Berganim sinov, bermaganim shifo. Chunki qo'lida dunyosi katta bo'lgan odamni gunohmasiyatga ham imkoniyati katta bo'ladi. Endi qo'liga dunyoni katta bermadimi, shu fitnadan shifo berib qo'yibdi. Tushunarlimi?

[24:52] Astaidu billa qul innal hosiriynal ladina hosiru an fu safum va ahlihim yavmal qiyama. Albatta ziyonkorlar qiyomat kuni o'zlariga ham, ahli oilalarga ham ziyon qilgan kimsalardir. Ogoh bo'linglar, ana shugina ochiq ziyonkorlikdir. O'zi ham ziyon qildi, iymon e'tiqoddan uzoq yurib, solihamaldan, oilasiga ham ziyon qilsin.

[25:19] Almannan. Alloh taoloning go'zal ismlaridan almannan. U shunday zotki, senga katta ne'matlarni ato qiladi. Bir odam so'zi bilan minnat qiladi. Bir yaxshilik qilgan bo'ladi da, gapirib ta'na qilib oladi. Men seni odam qilib qo'ydim, deydi. Men seni semirtirib qo'ydim, deydi. Bu qadih narsa. Minnat qilishlik. Yana amali bilan ham minnat qilinadi. Bu nima degani? Senga bir narsani beradi, sen uchun bir ishni qilib qo'yadi da, ammo bu qilgan yaxshiligi xolis emas. Ollohning roziligi uchun emas. Sizni o'ziga qarzdor qilib qo'ysiz uchun beradi. O'ziga bog'lab qo'yishlik uchun. Demak, so'z bilan ham minnat qilinar ekan, amal bilan ham nima qilar ekan? Minnat qilinar ekanda. Ammo ayrim o'rinlarda deydi ulamolar, minnat qilishlik kerak deydi. Qachon? Nonko'rlik qilinganida, gunoh maqsad yurib ketayotgan paytda. Bir oyga kamondonni o'q otishni o'rgatib qo'yasiz, keyin o'zingizga otadi. Bir oyga so'zni terishni o'rgartirib qo'yasangiz, keyin so'zga usta bo'lgandan keyin o'zingizi masxara qilib hijol qiladi.

[26:30] Minnat qilishlikka faqatgina Alloh Taolo haqli. La tobutil u sadoqatukum bilman niy val ada. Ey mo'minlar! Deydi Alloh Taolo. Qilgan sadaqanglarni minnat qilib, aziyat yetkazib, ta'na qilib, xabada qilib yubormanglar. Yaxshilik qilib qo'yayotib, doim gapirib yuradi. Uyli bo'lib qolish sizga bir foydasi tegdi. Yashayapsiz, har ko'rganda uyingiz yaxshimi? Yaxshi o'tiribsizmi? Mazza qilib o'tiribsimi? Har ko'rganday ta'na qiladi. Yoki biror bir kiyim hadya qilib qo'ydi, yo mashinasiga to'rtta bolani podarka qilib qo'ydimi? Mazza qilib kiyapsizmi? Har ko'rganida mashinangiz shunaqa bo'lib qoldimi?

[27:09] Mana shu ta'na bo'ladi. Minnat almandan bo'lgan Alloh Taoloning haqqi. Tushunarlimi? Bandan minnat qilishlikka haqqi yo'q, chunki aytyapti oyatda, qilgan sadaqanglarni ta'na qilib, minnat qilib nima qilmanglar, habada qilmanglar. Agar siz birovga yaxshilik qilgan bo'lsangiz, Alloh uchun bo'lgan bo'lsa, unutib yuborishingiz kerak. U yaxshilikni qilmaganda yurishingiz kerak. Ammo sizga birov yaxshilik qilgan bo'lsa, buni aksi. Hech qachon unutmang buni. Chunki Alloh taolo vala tansabul fadla baynakum deydi. O'zaro bir biringlarga bo'ladigan fazli karimanglarni unutmanglar. Qarang. Mana Alloh muvaffaq qiladi. Qandaydir foydali ish qilasiz jamiyatga, odamlarga. Shunda odamlar aytadi, falonchi mana bunday yaxshilik ishni qildi. Falonchi asfalt solib berdi. Falonchi yetimxonaga manaqa bir tomni qurib berdi. Falonchi sheyxga manaqa yordam berdi, eshitdingiz. Siz gapirmayapsiz, odamlar gapiryapti. Shunda nima qilish kerak?

[28:12] Nima deyish kerak? Bu Allohni fazli deyish kerak. Bu Allohni fazl deyish kerak, minnat faqat Allohni haqqi deyish kerak! Endi, birovni yaxshiligini birov gapiryapti. Falonchi falonchi yaxshilik qildi demoqtagan paytda yana aytishingiz kerak. Ana shu odamga shu yaxshilikni qilishlikka Alloh tavfiq berdi. Alloh uni shunday ish qilishlikka imkoniyat berdi. Bu Allohni tavfiqi deyish kerak. Tushunarlimi? Biz o'zimiz yaxshilik qilsak, Allohni fazli deymiz. Agar birov birovga yaxshilik qil desa, aytamiz, bu ham Allohni fazli, deymiz. Mana shu eng to'g'ri yo'l bo'ladi. Mana shu eng, eng to'g'rili yo'l bo'lad.

[28:50] Iza aro dallohu izohara fathlihi alayka, xolaqal fadla va nasabahu ilayka, deyiladi hikmatda. Alloh senga o'zining fazlini ko'rsatishni xohlasa, seni erkalatib qo'yishlikni xohlasa va seni qadringni ko'tarib qo'yishingni xohlasa. Fazlni yaratadi da, shuni senga nisbat qilib qo'yadi.

[29:12] Nima degani bu? Qo'lingizga dunyo berdi va qalbingizga saxotini qo'shib berdi. Ana, seni Alloh erkalatishni xohlaydi, qalbingga saxovatni ham berdi, keyin qo'ling bera oldi. O'shaning uchun Alloh meni belgizdi deng. Alloh meni shu ishga burdi deng. Shu ishni Alloh qildirdi deng. Shu hech narsa doim qilasiz. Yo'q, men o'zim qildim bu narsani desangiz, Allohning fazli to'xtab qoladi ustingizda. Keyin qila olmay qolasiz. Shuning uchun nima yaxshilik qilsak, birodarlar? Aytaylik, Allohni fazli, Allohni fazl, Allohni fazla va mana birodarlarimizni qilgan ishi nima bo'ldi? Sabab bo'ldi.

[29:54] Shuning uchun birodarlar, minnat qilish kimni haqqi ekan? Alloh Subhanah va Taoloning. Aqulu qovli ha'da va astag'firulloh ili valakum. Innallohi va malakati yu sollu ala nabi. Ya yu halladina amanu sollu alayhi va sallam mutaslima. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

## Quran and hadith quoted in this lecture

- [1:50] Hadith: Sunani Nasoiy, 1300 (grade: Sahih (Albaniy))
  - Said in the lecture: “valladiy nafsi biyadiyhi laqodda allohi bi ismi hil”
  - Arabic: تدرون بما دعا " . قالوا الله ورسوله أعلم . قال " والذي نفسي بيده لقد دعا الله باسمه العظيم الذي إذا دعي به أجاب وإذا سئل به أعطى
- [10:23] Hadith: Sahih Muslim, 2999 (grade: Sahih)
  - Said in the lecture: “Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, ajabali amri ila mo'min. Mo'minni ishi ajablanarli. Innohu kullohu la huqhayr. Uni hamma ishlari o'zini foydasiga.”
  - Arabic: عجبا لأمر المؤمن إن أمره كله خير وليس ذاك لأحد إلا للمؤمن إن أصابته سراء شكر فكان خيرا له وإن أصابته ضراء صبر فكان خيرا له
- [11:53] Hadith: Sunani Ibn Moja, 4031 (grade: Hasan (Albaniy))
  - Said in the lecture: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytadilar, izzahabballohu abdani ibn talahum. Agar Alloh bir bandani yaxshi ko'rsa, uni baloli edi. Fain sobara ijita bahu. Mana shu balolarga sabr qilsa, tanlab oladi.”
  - Arabic: عظم الجزاء مع عظم البلاء وإن الله إذا أحب قوما ابتلاهم فمن رضي فله الرضا ومن سخط فله السخط
- [13:06] Quran Al-Qalam 68:3
  - Said in the lecture: “Qur'on karimda va innala kala ajron g'oy ro mamnun.”
  - Arabic: وَإِنَّ لَكَ لَأَجْرًا غَيْرَ مَمْنُونٍۢ
  - Uzbek translation: Va albatta, senga minnat qilinmaydigan ajr bordur.
- [20:40] Quran Al-Qamar 54:54–55
  - Said in the lecture: “al muttaqina fii jannati va nahar. Fi naqo adi sidqin, ayni malikin muqtadir.”
  - Arabic: إِنَّ ٱلْمُتَّقِينَ فِى جَنَّٰتٍۢ وَنَهَرٍۢ فِى مَقْعَدِ صِدْقٍ عِندَ مَلِيكٍۢ مُّقْتَدِرٍۭ
  - Uzbek translation: (54) Albatta, taqvodorlar jannatu anhorlarda. (55) Sidq oʻrindiqda, qudratli Podshoh huzuridadirlar.

## Self-check quiz

Generated automatically from the lecture; not reviewed by a person.

1. Ustozning ta'kidlashicha, Allohning qaysi ismi shaxs uchun ismul a'zam bo'lishi nimaga bog'liq?
   - a) Sahobalar o'rtasidagi kelishuvga
   - b) Qur'ondagi zikr soniga
   - c) Ismning arabcha talaffuziga
   - d) Shaxsning o'sha ismga muhtojiyiga — correct
   - Why: Darsda aytilishicha, Allohning qaysi ismi shaxs uchun ismul a'zam bo'lishi o'sha shaxsning unga muhtojiyiga bog'liq. [2:50–3:45]

2. Ustozning ta'kidlashicha, mo'min bandaning duodan oladigan asosiy ulushi nima?
   - a) Allohga bog'lanish — correct
   - b) Oxiratchi muvaffaqiyatga erishish
   - c) Duoning ijobat bo'lishi
   - d) Dunyoviy talablarining qoniqishi
   - Why: Darsda duo ibodatning o'zi ekanligi va bandaning undan oladigan asosiy ulushi Allohga bog'lanish ekanligi, ijobat bo'lishi esa ikkinchi darajada ekanligi ta'kidlangan. [6:36–7:00]

3. Ustozning ta'kidlashicha, Allohning eng katta va haqiqiy ne'mati qaysi hisoblanadi?
   - a) Mansab va chiroy
   - b) Sog'lik va quvvat
   - c) Boylik va dunyo matohi
   - d) Allohni tanishlik va hidoyat — correct
   - Why: Darsda Allohni tanishlik va hidoyat dunyo matohidan ko'ra eng katta va haqiqiy ne'mat ekanligi ta'kidlanadi. [15:12–15:37]

4. Ustozning ta'kidlashicha, dunyoviy boylik haqiqiy ne'mat hisoblanishi uchun qanday shart bajarilishi kerak?
   - a) U insonni dunyoda muvaffaqiyatli qilishi kerak
   - b) U oxiratdagi ne'matlarga yetish uchun sabab bo'lishi kerak — correct
   - c) U Allohning atosi va karami bo'lishi kerak
   - d) U vorislarga to'liq qolishi kerak
   - Why: Darsda aytilishicha, dunyodagi ne'matlar agar oxiratdagi ne'matlarga yetish uchun sabab bo'lmasa, ular haqiqiy ne'mat emas deb hisoblanadi. [19:21–20:06]

5. Ustozning ta'kidlashicha, Allohning bergan dunyoviy boylikni qanday ma'no bilan tushunish kerak?
   - a) Bu Allohning bandaga qasabi va jazosidir
   - b) Bu faqat bandaning mehnati natijasidir
   - c) Bu Allohning bandani yo'qotganligi belgisidir
   - d) Bu bandaga berilgan mukofot va sinovdir — correct
   - Why: Ustoz darsda Allohning bergan dunyoviy boylikni mukofot va sinov, bermaganini esa shifo deb ta'riflagan. [23:37–24:03]
