Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi nahamduhu va nastaihinuhu va nastavfiruh. Va na'udhu billahi min shu'rur ya'nfu sinavamin sayyati an'analina. Man yahdihillahi falah muvillala va man yuzli hufalaha deyala. Mana shadvalloh ilohi illallohu va hidahular sharikala. Va nashhadu anna muhammadana abdug'u va rasuluh, ammabad, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'al va barakatuh. Bismillahir rohmanir rohim.
Alloh subhanahot o'g'lining go'zal ismlari, asmoli husnol so'lsalasidan birodaralar, alloh taoloning al malik, podshoh ismini dasturlayotgandek, bugun davom etkazamiz. Sabablarni qoyim qilishning o'zi kifoyami? Inson bu dunyoda yashar ekan, oldiga qo'ygan maqsadlari bor, yetmoqchi bo'lgan orzu niyatlari bor. Shu yetmoqchi bo'llan narsasiga qilish kerak bo'lgan sabablar bor.
Bu sabablar alloh taoloni bu koinotga qo'yib qo'ygan qonuni. Shu sababda kim zo'rroq qilsa, Alloh Taolo shunga natijani beraveradi. Sababda kim zo'r qilsa, Allohni shunga natijasini beraveradi. Bu sababni zo'r qilayotgan odam musulmonmi, kofirmi farqi yo'q. Sababni zo'ri qildimi? Bu yerda musulmon kofirligiga qaramaydi. Sababni kim zo'r qilsa, Alloh natijani shunga beraveradi. Endi sababni zo'ru qilsa, kofirga bergan Alloh, sababni zo'du qilsa, mo'minga bermay qo'yadimi?
Demak, dunyo ilmlarida, dunyo fanlarida, nimada orqada qolib ketgan bo'lsak, bu o'zimizni aybimiz bilan bo'ldi. Ular bu masalalarda qaysi ishda o'tib ketgan bo'lsa, o'zlarini sababidan o'tib ketdi. Lekin sabablar hamma narsa ekan degan xulosa kelib qolmasligi kerak. Sabab bor yo'g'i sabab.
Alloh Taolo siz bilan biz qiladigan sabablarni hech narsa emasligini ba'zida ko'rsatib qo'yadi. Biz maqsadimizga erishish uchun qilishimiz kerak bo'lgan sabablar ikki xil bo'ladi. Asliy sabab, tayin qilingan sabab. Asliy sababi Allohning xohishi. Alloh xohlasa bo'ladi bir narsa. Endi buni bilmaymiz da biz, to'g'rimi? Alloh xohladimi, xohlamadimi, bilmaymiz bir ishni, oxirida. Bizga tayin qilingan safar qoladi. Tayin qilingan nima desa, biz qilishimiz kerak bu yilni ichida. Asliy sabab Allohni xohishi. Tayin qilingan sabab biz qilishimiz kerak bo'lgan ish. Alloh bir ishda xohladimi, xohlamadimi bilmaymiz buni. Mana u qoladi. Tayin qilingani sababi ikki xil bo'ladi. Biz tushunib his qiladigan, biz tushunib, his qilmaydigan.
Masalan, inson boy bo'lmoqchi. Faqirlikdan qutulib, badavlat bo'lmoqchi. Maqsad bor. Unga ikkita sabab kerak. Birinchisi, Allohni xohishi, asliy sabab. Ikkinchisi, tayin qilingan sabab. Endi Alloh sizni boy bo'lish bo'lmasligingizni xohlagan xohlamaganligini bila olasizmi? Buni qo'yasiz. Nima qoldi sizga?
Tayin qilingan sabab. Tayin qilingan safar ikki xil. Biz qilishimiz kerak bo'lgani uchun ikki xil. Birinchisi, hamma qilayotgan ishlar. Boy bo'lish uchun nima qilish kerak? Aqlimizni oladigan ishlar. Ishlash kerak, mehnat qilish kerak, ekonom qilish kerak. Yemaychiman, bo'l baxil. E, insonlar. Boy bo'lishligi uchun insonlar qiladigan sababni birinchisini musulmon ham, kofir ham qilyapti.
Mehnatni aqlimiz yetgan sababni hammamiz qilyapmiz. Endi ikkinchisi, boy bo'lishimiz uchun biz qilishimiz kerak bo'lgan, biz his qilmaydigan, tushunmaydigan sabab nima? Silay rahm, ota onani duosi, sadaqa hayriy ehson, taqvo. Buni qilmaydi ku opalar, ma'noninglar qiladi. Lekin zo'r qilgani uchun Alloh beraveryapti bularga. Xo'p, biz boy bo'lmoqchimiz. Mehnatni qildik, sababni qildik, ekonomni qildik. Silay rahmni ham qildik, hayri ehsonda ham qildik. Endi aniq boy bo'lamizmi?
Nima qoldi mana bu yoqda? Allohni xohishi qoldi. Demak biz modomiki Allohni xohishini bilmaymizmi? Bizga tegishli bo'lgan ishni zo'r qilib qilamiz va hech narsa qilmagandek Parvardigor endi boy qilgin deymiz. Biz odamlar yo uni yo buni qiladi. Tavakkal qilgani hech narsa qimaydi, tavakkal o'tirib yuboradi.
Mehnat qilgani mehnatni qiladi, tavakkal qilishni bilmaydi. Ikkalasini qilamiz. Sababni zo'r qilamiz, tavakkalni qilamiz, undan keyin nima bo'lsa rozi bo'lamiz. Birodarlar, bizni qilayotgan mana sabablarimiz bor yo'g'i sabab. Alloh xohlasa, sababni qilmasangiz ham berib qo'ya oladi.
Iso alayhissalomni tug'ilishini qarang. Erkak bilan ayol bo'lishi kerakmi sababni ichida? Erkak yo'q tug'ilaverdimi? Ibrohim alayhissalomni Alloh Taolo qutqarishni xohladi. O'tga tashlashdi. Sababni qildi insonlar, aqliy hissini ham his qilmaydiganini ham. Tashlashdi, kuyib ketishi kerak edi. Ibrohim alayhissalom hech narsa qila olmas edi. Kuydimi? Demak, kim aytgani bo'lar ekan? Biz ma'noni qilishga javobgarmiz, natija Allohdan.
Yomg'ir ko'katni o'sishiga sabab xolos. Yomg'ir o'stirmaydi ko'katni, Allohni xohishi o'stiradi. Olov o'tinni kuyishligiga sabab xolos. Olov o'tini kuydirmaydi, Allohni xokishi kuydiradi. Suv insonni cho'kib o'lishiga sabab xolosh. Lekin suv o'ldirmaydi insonni. Allohni xohish o'ldiradi. Ibrohim alayhissalomni o'tga tashlashni o't kuydirmadi. Alloh alohida. Yunus alayhissalomni suvga tashlashuvdi, shoxmadi. Kim xohlamovdi? Shuning uchun biz sabablarni zo'r qilamiz.
Zo'r qilammiz, lekin sababni o'ziga suyanib qolmaymiz. Tushunarlimi? Allohga tavakkal qilishlik, birodarlar, bu siz bilan bizni qalbimizni xotirjamlikka to'ldiradi. Ana shu sababni qilasan, lekin hech narsa bo'lmaydi. Masalan. Ikkita yosh nikohlanadi. Bir yil, ikki yil, uch yil yashaydi. Hamma sabab bor, lekin farzand yo'q. Ana, bu yoqda Yeso alayhissalom ota bo'lmasa ham dunyoga kelyapti. Alloh xohlagani uchun. Bu yerda er xotin har qancha harakat qilsin, har qancha tabibga yugurmasin, bo'lmayapti. Nima uchun? Alloh xohlamagani uchun, demak, natija Allohdan bo'ladi. Sabablar bor yo'g'i sabab.
G'arb olamni faqat sabablarga suyandi, Allohnı unutdi, shirkka kirib qoldi. Endi bizni zamonimizda, oxir zamonda yashagan musulmonlar sabablarga beparvo bo'ldi, gunohkor bo'lishdi. Ikkalasi ham xato. Biz ikkalasini ham ushlashligimiz kerak. Tavakkal ham qilamiz, sababni ham qilamiz. Qarash eng to'g'ri yo'l bo'ladi.
Mana Alloh Taolo Payg'ambarimizga ayting deyapti. Qul. Innila amlikulakum doron vala roshada. Men sizlarga na bir ziyon va na to'g'ri yo'l berishga ega emasman. Kimni qo'lida hamma narsa? Qullaa amlikulina fsi doron vala nafa. Ayting ye Muhammad alayhissalom. Men hatto Alloh xohlamasa, o'zimga ham yaxshilikka ham zarar ham qila olmayman. O'zimga foyda ham zarar keltira olmayman. Endi Muhammad alayhissalom keyin o'ziga foyda zarurat keltira olmasa, Allohni iznisiz, qolganlarga yo'l bo'lsin.
Alloh Taoloning al malik ismi. Uni amaliy tatbiqi bor. Alloh taolo al g'ofur ekanmi? O'sha ismdan o'zimizga ulush olamiz. Kechirimli bo'lamiz. Alloh taolo ar rohim ekanmi? Ulush olamiz, rahmli bo'lamiz, alloh taolo al javat. Saxovatli ekanmi? O'zimizga ulush olamiz. Biz ham saxovatli bo'lamiz.
Bu darslardan ko'zlangan maqsad shu. Allohni bir ismini, sifatini o'rgandingiz, o'zingizga ulush oling shunda. Endi al malik. Alloh Taolo podshoh bo'lgan zot. Al malik bo'lgan allohning bandasi o'zini o'ziga o'xshagan odamlarga xor qilib qo'ymaydi. Allohni al malik ekanligiga iymon keltirgan mo'min bandaga xor bo'lishligiga unga umuman yarashmaydi. Masalan, boyni yoki bir mansabdorni oldida inson o'zini xor qilsa, bu mo'minga mutloq to'g'ri kelmaydigan holat bo'ladi.
Man jalas ila g'oniyn fotoda abdu ala hu zahaba sulisa adinihi. Kim bir boy bilan birga o'tirsa, bir kambag'al yoki o'rtahol odam boy bilan o'tirsa va uni oldida o'zini xor tutsa, dinini uchdan ikkisi ketdi.
Endi bu boy, agar xayriya saxovatli, jamiyatga foydali, juda ko'p xayriyatli ishlarni qilayotgan bo'lsa, shu ishi uchun oldida o'zingizni qulluq qilib tursangiz, mayli. Yaxshi ishlari uchun. Qilgan savobli ish uchun hurmat qilsangiz mayli boyda. Endi bunaqa amal yo'q bitta ham. Prosta boyda. Tushunarlimi?
Ha seni boy qilib sinayotgan bo'lsa, meni kambag'al qilib sinabdi. Seni boy qilib qo'yganda, seni mendan balandliging emas. Meni kambag'alligim sendan pastliging emas. Bu sinov, bu deydi. O'sha boy akalar, xayrli ish qilinglar, ishinglar uchun hurmat tilaylik. Ammo prosta boy bo'lganinglar uchun hurmat talab qilmanglar. Al malik ismini amaliy tadbiqi nima? U qanaqa bo'ladi?
Muso alayhissalom bilan Horun alayhissalomni Alloh Taolo sheri alinda oldiga borib da'vat qilinglar dedi. U ikkalasi aytdi, payg'ambar. Qola, robbana innana nahofu an ya furutu alayna av an ya tog'on. Qo'rqishdi, xavotir olishdi. Parvardigorroq, darhaqiqat biz, agar uni senga iymon keltirishga da'vat qilsak, u shashqaloqlik bilan bizni azobga giriftor qilishidan yoki battar tug'ilgunga tushishidan xavfdamiz. Xavotirimiz bor dedi. Alloh nima dedi? Qoli la tahofa, qo'rqmanglar ki, oylarim. Innani ma'quma asmau a'ro. Men ikki oila bilan birgaman, ko'rib eshitib turaman dedi. O'zini zamonasidagi eng katta podshoh, eng katta zolim Fir'avn.
Banu Isroil chiqib ketdi Misrdan. Orqasidan qo'shim bilan quvib bordi. Ana, siz sababni qilmasangiz ham Alloh xohlagan ish bo'lishligini bitta misol. Olti yuz ming yahudiy Misrdan chiqdi. Dengizga borib turib qoldi karvonni boshi olti yuz ming kishilik karvonni. Karvonni oxiridagilar Fir'avnni eng kuchli o'sha zamondagi qo'shini bilan kelayotganligini ko'rdi. Mana endi halokat aniq. Falamma tora al jaman, qoli ashabi musa, innala mudrokun. Ikki jamoa bir birini ko'rgach, Banu Isroil bilan Fir'avn qo'shini. Musoning hamrohlari dedi, bizlar aniq tutildik.
Nima sabab bor? Nima ish bor qo'lida? O'zlarini tirik saqlab qolishlikka. Hech qanday sababi chorasi yo'q. Muso alayhissalom nima dedi? Kalla. Qola kalla innama aya robbi sayyahdin. Yo'q. Aniqki, men bilan birga Parvardigorim bor. Albatta O'zi najotga boshlaydi, dedi. Qissani bilasizlar, davomini. Banu Isroildan bitta odam yerdan bitta kessaga olib otmadi, u qo'shinga.
Alloh Taolo dengizga shunday g'arq qilib qo'ydi Fir'avnning qo'shinini. Demak, sabablarni qilishlik siz bilan bizga lozim, lekin sababni o'ziga suyanib qolmaslik kerak. Bu yil gektaridan ellik sentrdan hosil olibsizlar, qanday erishdinglar bunga, deydi. Desa, dehqon bobo aytadi: vaqtida yerda haydadik, vaqtida suvni qo'ydik, vaqtada, vaqtida, vaqtida sabab, shuning uchun erishdik, deydi. Endi keyingi yil xushxunosa bo'lmaydi. Xuddi o'sha ishni qildi. Desa, bu yil tabiat injiqligi tufayli aytmayaptiki, o'tgan yili qilgan ishni qilgandik, bu yil bo'lmadi. Demak, Alloh xohlamagan ekan, deya olmaydi da. Shu dehqon alloh deb qolsa nima bo'ladi da o'sha yerda?
Ha, o'tgan yil ham o'sha ish qilgan edi desa. Muso alayhissalom aytyapti, Alloh men bilan birga deyapti. Alloh men bilan birga yo'l ko'rsatadi deyapti. Agar sen musulmon banda, al malik bo'lgan robbing bilan birga bo'lsang, sen ham podush olsan. Agar sen al malik bo'gan robbinga iymon keltirgan bo'lsang va ishingni bironta bandani qo'lida tutib gumon qilsang, allohdan boshqa biror foyda ham zarar keltirishi mumkin deyotgan bo'lsang, seni vahimga kirib qopsan. Sen shirkka kelib qopsan.
Allohni Al-Malik ekanligiga iymon keltirgan, iymoni komil mo'min, hamma ish Allohni qo'lida deydi. Hamma sababni qiladi, dorini vaqtida soladi, yerda haydaydi, suvni qo'yadi, tavakkal deydi. Undan keyin nima bo'lsa ham deydi, Alhamdulillah, Herobbilar alamin deydi. Xudo alayhissalom qavmi masxara qildi. Hamma haqorat qildi, ustidan kuldi. Nima dedi oxirida? Fakiydu ne jamiyat, summalatun birov. Endimi dedi? Shuncha da'vat qildim, shuncha sizlarga nasihat qildim, qabul qilmadinglarmi, endi qo'linglardan kelgan ishinglarni qilinglar. Menga nisbatan hiylalarni xohlagan qilinglar, kutmanglar dedi. Men faqat mening ham, sizlarning ham parvardigoringiz bo'lgan Allohga suyandim. O'rmalagan narsa borki, hammasi U Zotning qo'l ostidadir. Parvardigorim, shak shubhasiz, to'g'ri yo'ldadir. Birodarlar, mana shu din deyiladi. Mana shu tavhid deyiladi. Hammani ishi, hammani chori Allohni qo'lida deb bilishing tavhid.
Hamma Allohni qabzasida bilishing tavhid. Qalbingni xotirjam bo'lishligi tavhid. Birodarlar, Alloh Taolo bizga ibodatni buyuradi, namoz o'qib ro'za tutadi. Shu narsaga buyurishdan avval qalbimizni xotirjam qilib qo'ydi. Va ilayhi yur javlu amru kulluhu. Barcha ishlar uning o'ziga qaytarilur. Bas unga ibodat qiling, o'ziga suyaning. Agar siz robbingizni al malik ekanligiga iymoningiz komil bo'lsa, hamma ish, hamma narsa allohni qabzasi ekanligiga iymaningiz komil bo'sa, allohdan boshqasiga xor bo'lmaysiz. Odamlarga xor bo'lmay siz. Allohni o'ziga suyanasiz, tavakkal qilasiz, siz ham podshoh bo'lasiz hayotda.
Mo'minni azizligi Allohga bo'lgan tavakkuli bilan, qiyomullayli bilan, odamlardan behojatligi bilan. Panumayya xalifalardan bittasi Makkada, Harami Sharifda bir jalil olim bilan uchrashib qoldi da, xalifa aytyapti olimga. Bir hojatingiz bo'lsa menga ayting deyapti. Haligi olim: Vallohi, Allohni uyida o'tirib, Allohdan boshqasiga hojatimni aytishga uyalaman, dedi.
Keyin tashqariga chiqishdi. Tashqariga chiqqanda: Hojatingiz bo'lsa menga ayting, dedi. Olim unga: Vallohi, hojatimni ravo qilishga qodir zotdan so'ramadim, u, uni ravo qilolmaydigan bandadan so'raymanmi, dedi. Xalifa turib oldi, bir yaxshilik qilay, bir ko'nglini olay, deb turib olganida, olim: Bo'pti, dedi. Meni jannatga ketib qo'y, dedi.
Meni qo'limdan kelmaydi, dedi xalifa. Olim aytdi: Unday bo'lsa, sizda hojatim yo'q, dedi. Shuning uchun robbisini al malik ekanligini bilgan, iymon keltirgan va iymoni komil bo'lgan odam faqat allohga suyanadi, bandalarga o'zini xor qilib qo'ymaydi. Aquli hovli ha'da va astag'firullohu alayhi va lakum. Innallohu va malakatuhu yu'nusaluni ala nabiy. Ya yu halladina amanu sollallohu alayhi vasalli mutaslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi ta'voli barakatuh.