# 83-dars Al-Aziz (1-qism): Asma-Ul-Husna

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Asmoul husno](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno.md), lecture 86 of 110
- Section: Al-Aziz
- Duration: 30 min
- Original title: 83-DARS AL-AZIZ (1-QISM) / ASMA-UL-HUSNA
- Review status: reviewed
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/86
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/bsBrCNg4s3U.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=bsBrCNg4s3U
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/85.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/87.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:01] Bismillahir rohmanir rohim. Innal hamdulillahi nahmaduhu onas ta'inuhu onas firdav. Va na'udubillahi min ash g'ururiyan fuzina. Va min sayyi'ati amalina. Man yahdihillahi falah mudir lala. Va man yuzli ilhuf falah hadiyalar. Mana shuhratulloh ilohi illalloh va hiddu huv la sharikala. Mana shuhrati anna muhammadan abduhu va rasuluh. Ambobod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'limi barakani.

[0:33] Alloh subhanah va taoloning asma ul husno go'zal ismlari silsilasidan navbatdagi darsimiz. Bugun ana shu go'zal ismlardan al aziz ismini dars qilgan bo'lamiz. Alloh taolo al aziz bo'lgan zot. Qur'oni Karimda yuzlagan oyatlarda Alloh Taoloning mana shu ismi zikr qilingan. Yana Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ham ko'pgina hadislarida bu ism aytilgan. Qur'onda ana shu ism haqida shunday deyiladi. Astayu billah hu vallohu illatih la ilaha illa huval malikul quddusus salamul mu'minul muhayminul azizul jabbarul mutakamber. Hashir surasi. U Alloh shunday zotki, hech qanday iloh yo'q, faqat uning o'zi bor.

[1:27] U yolg'iz podshohdir, har qanday abin uxsondan pok salomatdir, omon qilguvchidir, ko'rib kuzatuvchidir, qudrat sohibidir. Al Aziz, qudrat sohibi. Qur'oni Karimda Alloh Taoloning Al Aziz ismi boshqa ismlar bilan birga zikr qilingan. Al Azizul Hakim, qudrat va hikmat sohibi. Al Azizul Alim, qudratli va bilguvchi zot. Al Azizul Hamid, qudratli maqtov egasi. Al azizul rohim, qudratli mehribon. Al azizul vahad, qudratli sazovatli, al qoviy yul aziz, haqiqiy kuch qudrat egasi. Azizun zuntiqom, qudrat va intiqom sohidi. Mana aytdik, Al aziz ismi Alloh Taoloni Qur'onda yuzlagan o'rinlarda, yuzlagan oyatlarda zikr qilingan. Mana endi bu ismni Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislarida zikr qilinishi. Mana ba'zi ismlar bor, Alloh Taoloning go'zal ismlaridan Qur'onda zikr qilinsin. Payg'ambar bizning hadislaridan. Masalan, Al hannan, Al mannan ismi.

[2:45] Qur'onda yo'q, lekin Payg'ambarimizning hadislarida bor. Ammo Al aziz ismi ham oyatda, ham hadisda zikr qilingan. Oyish onamiz roziyallohu anhodan rivoyat qilingan hadisda, Payg'ambar biz sollallohu alayhi vasallamning shunday deb duo qilganlariga rivoyat qilinadi. La ilaha illallohul vahidul qohir robbus sama vati val ardi va ma baynahum ala azizul g'affar. Mana azizul g'ffar.

[3:13] Gunohlarni kechirguvchi qudrat sohibi. Al azizul g'offar. Mana endi bizni tilimizda aziz degan so'z hurmatli, e'tiborli, martabasi baland degan ma'nolarni tushunamiz. Bu aziz odam o'zini qavmi uchun deganda, mana shu ma'noni tushunamiz, endi Alloh Taoloni aziz deganda, qanaqa ma'nolar chiqadi? Masalan, bir sifat bor, insonni zotida aytilsa, bu nuqson bo'ladi, ayb bo'ladi, lekin shu sifat Allohni zoti haqida aytilsa. Bu martaba bo'ladi, ulug'lik bo'ladi. Masalan, mutakkabdir.

[3:57] Insonga nisbatan ishlasangiz, bu ayb bu. Lekin Alloh Taoloni mutakkab bir deganimizda bu fazilat bo'ladi. Tushunarlimi? Xuddi shunga o'xshagandek, aziz degan sifatni, aziz degan ismni Allohga qo'llaganimizda bir ma'no, bandalarga qo'llaganizda yana bir ma'no bo'ladi. Al aziz ismining ma'nolaridan. Birinchi ma'nosi, al aziz degani g'olib degani. G'olib. Va inna jundan ala humul g'olibun deydi Alloh Taolo Safot surasida. Va shak shubhasiz bizning qo'shnimiz g'olib bo'lguvchidir. Shak shubhasis bizning qo'shinimiz g'olibbo'lguvchidirlar. Allohning qo'shini kim? Payg'ambarlar va ularga iymon keltirgan zotlar. Payg'ambar va ularga iymon keltirganlar Allohning qo'shini bo'ladi va ular doim g'olib bo'ladi. Endi siz bilan biz, biz musulmon sifatida o'zimizni Allohning askari ekanligimizni yuzaga chiqaradigan bo'lsak, albatta g'olib bo'lamiz.

[5:08] Qaytaraman. Musulmon sifatida o'zimiz Allohning qo'shini ekanligimizni, yuzaga chiqarsak, albatta, g'olib bo'lamiz. Sen birodar, mo'min sifatida Allohni qo'shini bo'lib turib mag'lub bo'lishing mumkin emas. G'olib bo'lmasliging mumkin emas. Misol.

[5:31] Fir'avnning qizini sartaroshi. Fir'avn ning qizi uni sartaroshi bor. Bu musulmon edi. Muso alayhissalomga iymon keltirgan musulmon edi, Fir'avn men xudomin degan odam edim. Ana shu qizini sochini taryatib, Fir'avnni qo'lidan tarog'i tushib ketdi, yo Alloh devordi. Fir'avnni, qizi eshitib turib, iye, seni hali meni otamdan boshqa ilohing bormi deb turib, otasiga aytib qo'ydi. Qiz seni bilasizlar. To'rtta, beshta bolasini qozonga solib kuydirib yubordi. O'zini ham qatl qildi Fir'avn.

[6:09] Xo'p, Fir'avn g'olib bo'ldimi? Fir'avn g'olib bo'ldi odamlarni o'lchov bilan qaralganda. Chunki bu ayolni qatl qildi bolalari bilan. Hukmini qahr bilan o'tkazdi unga. Lekin oqibat nima bo'ldi? Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam mana shu meroch kechasida jannatga kirganlarida juda ham bir yoqimli, xushbo'y narsani hidini his qildilar jannatda.

[6:33] Bu nimani hidi deb Jabr alayhissalomdan so'raganida, boyagi ayolni aytdi. Demak, bu ayol Payg'ambarga iymon keltirib, o'zini muomaligini yuzaga chiqarib, Allohni qo'shini ekanligini isbotladi, garchi dunyoda qatl qilinib, odamlarni ko'zida mag'lub bo'ldi deyilsa ham, kim yutdi? Mana shu ayol yutdi. Shuning uchun qaytarib aytamiz. Musulmon sifatida, birodar, o'zingni Allohni askar ekanligingni yuzaga chiqarsang, albatta g'olib bo'lasan.

[7:03] Alloh Taolo aytadi, intansuru loha yansurkum. Agar sizlar, mu'minlar, Allohga yordam bersanglar, Alloh ham sizlarga yordam beradi. Biz Allohga yordam bera olmaymiz. Alloh Taolo birovni yordamiga muhtoj emas. Alloh hech narsaga muhtoj emas! Allohga yordam berish degani, Allohni diniga yordam berish degani. Iymonda, taqvoda, solih amalda mustahkam tur. Dinga ansor bo'l, yordamchi bo'l, Allohda albatta nusratni olasan. Shak shubhasiz, bizning qo'shnimiz g'olib bo'lg'ushidirlar.

[7:41] Musulmon odam doim g'olib bo'llgan, al aziz bo'lgan alloh taolo bilan birga bo'lishligi kerak. Agar biz mana hozirgi kunda musulmonlar musulmon bo'lib turib, g'olib emas ekanmizmi? Demak, ayb o'zimizda. Biz musulmonman deb turib g'olib emasmizmi? Ayb faqat o'zimizda. Ayb Allohga bo'lgan taqvoyimizda, quvchiligimizda, itoatimizda.

[8:10] Chunki Alloh Taolo aytib qo'yibdi, shak shubhasiz meni qo'shnim g'olib bo'ladi deyapti. Men yordam beraman deyapti Alloh. Endi mana shunday va'dani egasi bo'lib turib, siz bilan biz g'olib emasmizmi? Ayb nafaqat kimda? O'zimizda! Doim g'olib bo'lgan, al aziz bo'lgan alloh bilan birga bo'lishlik, haqiqiy yutuq va haqiqiy ulug'vorlik. Vayron qiladigan xato nima? Mag'lub taraf bilan birga bo'molish. Allohdan boshqalar bilan birga bo'llashlik, bu katta xato bo'ladi. Agar sen Al-Aziz bo'gan Alloh bilan birga bo'sang, sen g'olibsan. Senga yordam beriladi. Agar Al-Aziz bo'lgan Alloh bilan berga bo'sang, kim senga qarshi tura oladi?

[9:01] Agar Alloh senga qarshi bo'lsa chi, kim senga yordam beradi, foyda bera oladi? Shuning uchun qoida. Musulmon odamning quvvati, qudrati, kuchi Allohning manhajini amalga oshirishligidan. Qanchalar kuchlisiz, qanchalar quvvatlisiz, bilmoqchimisiz? Pulingizga qaramang, tanishibligingizga qaraming, biligingizdagi quvvatga qaramang. Sizni mo'min sifatida quvvatingiz Allohni manhajini amal qilish, amalga oshirishingizga bog'liq. Ko'proq amalga oshiryapsizmi, ko'proq taqvod yuribsizmi, demak siz kuchlisiz.

[9:42] Ha, masalan, o'sha tijoratini bir yarmiga kuyib ketsa, sarmoyasini yarmiga kuyib kelsa, yoki hammasiga kuyib kelmasa, ayrim odamlar shart insult bo'lib qoladi. Shart infarka bo'lib qoladida. Nimaga desa, quvvatli emas da u, kuchli emas da u. U puliga suyanib kuchli his qilardi o'zini. Mansabiga, kursiga suyanib turib o'zini kuchli his qilar edi. Endi mana shu kursi bilan mablag'i qo'lidagi dunyosi olib qo'yilganda, holi qurib iliga qaltirab infarka bo'p qolyapti da. Agar mo'min Alloh bilan birgaligidan quvvat oladigan bo'lsa, Alloh'dan uni hech kim ajratib qo'ya olmaydi. Shuning uchun, birodarlar, musulmon odam Allohni manhajini amalga oshirib borar ekan, quvvatli bo'laveradi. Mo'minni kuch quvvati diniga qilayotgan amaliga bog'liq. Shuning uchunga, siz bilan biz din haqida qayg'urishimiz kerak emas. Bu dinni, Qur'onni, shariatni Alloh Taolo nozil qildi, o'zi himoya qilib oladi. O'zi yordam beradi. Biz o'zimiz haqimizda ham qilaylik. Ma'qulmi? Bir odam o'sha dunyo matohi katta bo'lsa qo'lida, biror bir mansabga ega bo'lsa, yoki biror dunyo narsasini qo'lga kiritsa, o'zini quvvatli his qilishni boshlaydi.

[11:03] Demak, o'sha bilan quvvatli bo'ldimi? Demak, o'shanaqa narsa ketganda quvvatsiz bo'lib qolaveradi. Xulosa, mo'minning kuch quvvati al aziz bo'lgan allohni man hajini amalga oshirishda bo'ladi. Oshiring, quvvatli bo'la olasiz. Ha, nima deydi o'sha bir quvvatli mo'min? Dunyosini hammasi kuyib kelsa nima deydi? Hammasidan ajrab qolsa nima deydi. Ha Alloh beruvdi, Alloh oldi.

[11:29] Alloh berganda sinagan edi. Olib ham sinayapti. Berib sinaganda chiroyli o'tdim imtihondan, endi olib sinayotganda ham chiroyli o'taman deydi. Ma'qulmi? Demak, mo'minni quvvati Allohga tavakkal qilishida, Allohga suyanishida, shariatga amal qilishligida.

[11:54] Endi Alloh Taoloning yordami, quvvati, qo'llashi qachon bo'ladi deydi desa, hozir aytdik, shariatga amallab qilinganida. Orzu xayollar bilan, xom xayollar bilan ish bitmaydi. Bunaqa orzu xayolga, umidlarga ila suyanib olishlik, bu hamovqatli odamlarning ishi. Alloh Taolo aytadi Qur'onda astayribilloh la iso bi amaniye ikkum va la amaniye yahli il kitob.

[12:22] Sizlarni ham xom xayolinglar emas, ahli kitoblarning xom xayollari ham emas. Man ya'mal su'an yuj zabihi. Kim yomon amal qiladigan bo'lsa, albatta jazosini olar. Shuning uchun inson solih amalni qiladi, Allohni qo'llashiga ega bo'ladi. Solih amal qiladi, duolari ijobat bo'lishiga umid qiladi. Chunki birodarlar, biz Alloh Taolodan kuch quvvat so'rab duo qilsak yu, shariatdan chiqib ketgan bo'lsak, topish tushishimizga xoram aralashgan bo'lsa, mana shunday holatda duo qilsak, duoyimiz ijobat bo'lmaydi.

[13:03] Vaholanki, vo qolarobbukum duouniy astajivlakum. Duo qilinglar, ijobat qilaman degan Alloh. Endi duo qilsangiz ijobat bo'lyaptimi? Ay faqat o'zingizdan. Alloh duo qilib ijobat qiloman dedimi? Siz duo qildingiz ijobat bo'mayaptimi? Ay fa qat o'zingizda.

[13:27] Bir zamonasidagi bir qudratli podshohlardan bittasi olim bilan yo'liqib qolib, meni haqqimga duo qilib qo'ying dedi. Olim nima dedi? Zulm qilma, haloyiqqa, meni duoyimga muhtoj bo'lmaysan dedi. Chunki o'zingni duoying ijobat bo'laveradi. Har qancha duo qilmasin, haddidan oshganlarni duosini Alloh ijobat qilmaydi. Astabi billa, odu u robbakum tadarru an va hufiya, innahula yuhaybul ma'utadiy. Podvordigoringizga tazarru bilan ishingizda maqtiy iltijo qiling, zotan u haddan oshuvchi kimsalarni sevmas. Yana qaytarib aytamiz, duoyingiz ijobat bo'lishi uchun taqvoda bo'ling, halol bo'ling, zulm qilmang, birovni duo qilishi shartmas sizga, o'zingizni duoyingizga javobat bo'laveradi.

[14:26] Chunki Alloh o'ziga do'st tutgan bandani hech kim xor qila olmaydi. Alloh xor qilishni xohlagan bandani hech kim aziz qila olmaydi. Ma'qulmi? Alloh aziz qilibdimi? Har qancha unga dushmanlik qiling, har qancha tagiga suv qo'ying, oyog'iga boltavering, u aziz bo'laveradi, chunki Alloh aziz qib qo'ygan uni. Endi Alloh xor qilib qo'ygan bandan har qancha yo'ling, har qancha turting, uni hech kim aziz qila olmaydi. Demak, al azizning ma'nolaridan bittasi g'olib. Alloh Taolo o'zini ishida g'olibdir. Ikkinchi ma'nosi. Al aziz sharafli, hurmatli, martabali, e'tiborli.

[15:12] Har qanaqa jamiyatni ichida u musulmon bo'lsin, kofir bo'lsin, avval yashagan bo'lsin, hozir yashayotgan bo'lsin, farqi yo'q. Odamlarni jamoati, jamiyati bormi? Ularning ichida albatta hurmat, e'tiborli, sharafli bo'lgan insonlar bo'ladi. Mana Qur'onda ham Alloh Taolo ana shu Bilqiz qissasida aytadi holat innal muluka idh da halu qoryatan af saduha.

[15:37] Sulaymon alayhissalomning maktubi keldi. Bu ayol Bilqis o'zini vazirlar bilan maslahatlashyapti, shunda aytadiki, aniqki podshohlar qachon biron qishloqqa bostirib kirsalar, uni vayron eturlar, aholisining obro'li, e'tiborli kishilarini esa xorizor qilurlar. Aizzata ahliha. Mana Alloh Taolo aytyapti, bir qavm bo'lsa, shuni ichida hurmatli kishilari bo'ladi, aziz insonlar. Birinchi ma'nosi al azizni g'olib, ikkinchi ma'nosi hurmatli, martabali, sharafli.

[16:14] Al azizning uchinchi ma'nosi kuchli, quvvatli. Iz arsen na ilayhimu sinayi ne fakad zaba huma fa azaz na abit al eting. Yosin so'rasdan Alloh Taolo aytadi bir qavmga ikkita payg'ambarni yubordi, qavm ularni qabul qilmadi. Shunda Alloh Taolo ularni quvvatlashlik uchun, ularni kuchaytirishlik uchun uchinchisini yubordi. O'shanda biz ularga ikki elchini yuborganimizda, u ikkisini yolg'onchi qilishgach, uchinchi elchi bilan quvvatlantirdik. Al azizning yana bitta ma'nosi kuchli quvvatlik. Agar falonchi odam Aziz deyilsa, demak, uni kuchli, quvvatli ekanligi ma'lum bo'ladi. Odamlar kuchli odamlar bilan birga bo'lishni yaxshi ko'radi. Bu insonni tabiatida bor narsa.

[17:10] Ammo haqiqiy kuch quvvat egasi kim? Hamma kuchlilardan ham kuchli bo'lgan kim? Xoliqul kaun al aziz bo'lgan alloh subhanahu va taoloning o'zi. Agar biz ham kuchli bo', xohlasak, Allohga tavakkal qilish kerak. Allohga suyanish kerak. Agar hurmatli bo'lishni xohlasak, Allohdaan qo'rqish kerak.

[17:35] Allohni qo'rqing, hurmatingiz oshavoradi. Fataqulloha va yo' alli mukumulloh. Ilmli bo'lishnix xohlasak, Allohdaan qo'ry qiylik. Chunki mana biz hozir aytgan oyatda Alloh aytyapti, taqvo qilinglar, fa yo' alli mukumiulloh. Alloh o'rgatadi o'zi. Hamma yoqda o'rgatad. Pul topishda ham o'rgatadi. Oilani idora qilishda ham o'lgatadi. Farzand tarbiya qilishda ham uygatadi, hamma yoqda o'rgatad. Faqat bitta sharti, Allohdaan taqvo qiling. Allohdaan qo'rqing.

[18:07] Alloh al aziz bo'lgan zot. Agar bir narsa aziz deyilsa, mana aytdik ku darsimizni boshidan. Bir sifat bor, bandaga nisbatan aytilsa, bu ayb. Allohga nisbatan ishlatilsa bu sifat, bu fazilat. Mana mutakabbir. Agar insonni mutakabbir deb sifatlasak, bu yomon odamligi ma'lum bo'ladi. Endi Alloh Taoloni mutakabbir deb ishlatilsak, bu fazilat bo'ladi. Mana endi bir narsani, bir maxluqni aziz desak, u bir ma'no. Alloh Taoloni aziz desak, yana bir ma'no. Masalan, bir narsani aziz deylik. Qaysi narsa aziz biz uchun? Narsalarni ichida.

[18:50] Oltin. Masalan, oltin. Bu aziz narsa, chunki nodir da. Kam, nodir. O'shaning uchun narxi baland. Yoki bo'lmasam, almaz. Brilliant. Bu ham aziz narsa. Nima uchun? Nodir, kamyob va qimmat, o'shaning uchu. Ammo Alloh Taoloni aziz deydigan bo'lsak, bu uning misli yo'q, tengi yo'q, o'xshashi yo'q degani. Alloh Taoloni aziz desak, Alloh Taoloni yagona degan bo'lamiz.

[19:25] La isaka mif lihi shayun. Biror narsa Allohga o'xshab ketdi. Shuning uchun aytiladi, kull nima xotaraf i balika, sollallohu bi xilof i dalika. Allohni zoti haqida xayolingga nima kelmasin, qanaqa xayol kelmasin kallenga? Alloh buni xilofida.

[19:49] Biz Allohni zotini qanday ekanligini tasavvur qilishimiz mumkin emas. Tasavvur qilib bo'lmaydi. Tasavvur qilib bo'lmaydi! Al aziz, Alloh shunday zotki, har bir kimsa va har bir narsa hamma narsada unga muhtoj bo'ladi. Aziz deganda, demak, kamyob ekanligini, noyob ekanligini oz ekanligini tushunamiz. Ehtiyoj katta bo'ladi bu narsaga, shu narsaga odamlar muhtoj bo'ladi. Endi Allohni aziz deganimizda, yagona va hech kim va hech narsa unga teng emas va u hech narsaga nima emas, muhtoj emas. Masalan, odamlar podderjokka muhtoj bo'lar. Podderjok kerak. Chunki davlatni tinchligini ta'minlaydi.

[20:42] Omonlikni, tartib intizomni ta'minlaydi, turmush uchun sharoitlarni paydo qilib beryapti. Demak, podshoh aziz narsa. Odamlar unga muhtoj, podshoh bo'lishi kerak. Endi mana shu mamlakatni, shu podshohni boshqarib turgan mamlakatini o bir sahrosini bir chekkasida yoki bir tog'ni bir chekkasida, o'rmonni bir ichida bir cho'pontirchilik qiladi. Unga podshoh kerak emas.

[21:09] Chunki o'sha qo'yni, echkisini sog'adi, go'shtini yeydi, tirikchiligi shu bilan. Podshoh ham aziz narsa, podshoh ham kerak, lekin bu darajada emas da. Endi Alloh Taolo aziz, hamma Allohga muhtoj. Bu borlig'ida nimaki bor bo'lsa, tirikmi, o'likmi, quyuqmi, suyuqmi, harakatlanadimi, jomu turadimi, Alloh Taolo uni qo'llashiga muhtoj bo'ladi.

[21:39] Har bitta tirik inson o'zini tirik bo'lib turishida, tirik jonivor tirik bo'lib surishida, al aziz bo'lgan allohni qo'llashiga nuqtoj. Chunki o'lim nima? O'lim nima. Allohning madadini to'xtatib qo'yilishi. Alloh qo'llamay qo'yadi, madadini uzib qo'yadi da, inson o'ladi. Mana sizlar mana o'lib yotgan odamni ko'rmaysizmi? Hamma a'zolar o'rnida. Hozir gapirib, hozir harakatlanib turuvdi. O'ldi. Bironta a'zosi kamayib qoldimi? Yo'q. Hamma yoqqa turibdi. Nima kamayib qoldi? Allohni uni qo'llab turishi. Alloh qo'llamaya qo'ydi, o'ldi. Shuning uchun.

[22:23] Jasadimizdagi hamma a'zolarimiz, ko'z bo'ladimi, yurak bo'ladimi, quloq bo'ladimi, buyrak bo'ladimi, Alloh qo'llashiga muhtoj. Agar ana shu qo'llash to'xtaydigan bo'lsa, inson vafot etadi. Mana aytdik, bir narsani aziz desak, shu narsaga ehtiyoj katta bo'ladi va qattiq bo'ladi. Zarur da. Suv birodarlar aziz narsa. Chunki suv hamma tirik jonivorni asosi. Havo ham nima? Aziz narsa. Havoga hamma muhtoj. Suv bilan havo aziz narsa ekan. Endi, nodir bo'lsa, oz bo'lsa, kamyob bo'lsanglar, albatta o'sha narsa aziz degani bo'lavermaydi.

[23:15] Qaytaraman. Oz ekan, kam yop ekan, qimmat ekan. O'shaning uchun aziz bo'lavermaydi doim. Chunki shunaqa narsalar bor, kamyob, nodir, lekin aziz emas. Nima u? Masalan, rolik soati. Kamyob, qimmat, nodir. Azizmi u? Yo'q, u siz ham ko'nglingizda turadi. Yana nima bor aziz narsa?

[23:41] Marka yig'ish. Bitta markani bir million dollarga olibdi deydi. An'anasi bor ekan. Yevropada boshqa bir tur o'stirar ekan. Bir donasi uch ming dollardan ekan. Buyuk Britaniyada o'sar ekan. Juda ham nodir sort ekan. Uch ming dollar bitta an'anasi. Biz aytayotgan andozaga tushyapti. Kamyob, nodir, qimmat. Donasi uch min dollar. Azizmi shu narsa biz uchun?

[24:09] Lekin Alloh Taoloni aziz degan paytimizni birodarlar, Alloh Taolo hech kim Allohga o'xshamaydi. U hech kimga muhtoj emas. Hamma Alloh Taologa nima? Muhtoj. Insonni sog'ligi aziz narsa bir odamdir. Alloh Taolo shunaqa bir boy qilib qo'ygan bir insonni, soppa sog'. Faqat puli yo'q qo'lida. O'zini eng baxtsiz odam, eng faqir odam deb biladi. Keyin shu sog'ligini sarflab, o'ttiz yil, qirq yil yurib, katta pulga ega bo'ladi. I uch to'rtta dard oshirib oladi. I topgan pulini o'sha dardni ketkazish uchun sabablarga yurib oladi.

[24:49] I pritom o'sha to'ra dardidan qutila olmaydi. Bo'ladilarmi mana mana mana mana mana shu yuzimizda turgan, shu face'da turgan, ko'z, burun, og'iz, quloq. Bilasizmi necha pul turadi? Ko'zingiz ko'rmay qolsa, milliardlagan dollaringiz bo'lsa ham dunyo qorong'u. Milliardlagan dolingiz bo'lib kar bo'lsangiz, ovozni eshitmasangiz, balonmi? Og'zingiz mazza bilmay qolsa, balonmi?

[25:15] Biz ojiz bandamizda. Bor narsamizni ko'rmaymiz. Yo'q narsamizni yana ko'raveramiz. Vaholanki, agar qarasangiz, yo'q narsangizdan ko'ra, bor narsangiz ko'proq. To'g'rimi? Ishi yurishmayapti, tovari ketmayapti, yurting tinch turibdi yu birodar. Puli ko'p yemayapti, falonchidan pulini ololmayapti, bemalol uxlab turayapsanmi? Qaragin da. Qaragin da!

[25:47] Inson yuragi to'xtab qoladi. Bo'ldi, tamom. Miyasidagi bitta tomir qisilib qoladi, tamom. Tildan qolishi mumkin, ko'zdan qolishi mumkin. Xotirasini ajrab qolishi mumkin? Shol bo'lib qolishi mumkinmi? Demak, insonni mana shu sog'ligi Alloh Taoloning qo'lida. Insonni kuch quvvati, obro'yi, boyligi, hamma narsasi Alloh Taoloning qulida. Bitta tomiringizni shunday qisib qo'yadi, hech kim emassiz.

[26:18] Inson tirikchilik deb boshqa yurtlarga chiqib ketadi. Katta katta rejalari bor. Planni puxta tuzgan. Har oyda qancha daromad topishini hisoblab chiqqan, rejasi aniq, bir yilda falonchi daromad topadi, hamma sabablarni qilib qo'ygan, lekin biz aytayotgandek, bir uxlaydi, turmaydi. Bir yiqiladi, miyasida biror tomir uziladi, shu bilan xotirasiga yetadi, hech kim bo'lmay qoladi. Shuning uchun Allohning ishi kerak. Kuchingizga ham ishlamang, pulingizga ham ishamang, tanishbilingizga ham ishaming, Alloh deng. Chunki Alloh desangiz, Alloh qo'lida edi. Men, o'zim, ilmim, tanishim, falonchilar deydigan bo'lsangiz, sizni o'zingizni holingizga tashlab qo'yadi. Aqlli odam nimadir ekan? Aqlli odam Allohdir ekan.

[27:09] Agar biz aziz bo'lishni xohlasak, boy bo'lishni xohlashsak, kuchli bo'lishni xihohlasak, Al Aziz bo'lgan Alloh deylik. Alloh desangiz, Alloh qo'llaydi, o'zim desangiz, o'ziga tashlab qo'yadi. Muhammad alayhissotu vassallam sahobalari, insoniyatning eng ulug' insoniyatning guli bo'lgan insonlar.

[27:32] Xunayn ko'lda musulmonlar sanog'ini katta bo'lganligiga suyanib qo'yishdi. A ajabatkum kasra tukum dedi Alloh xonanda. Xunayn kunini eslanglar. Voyav ma Xunayn edi a ajabatkum qasra tukum. Falam tug'ni ankum shay'a va doqat alaykumul ardu bima rohibat summa vallaytum ubiyning. Musulmonlarning sanog'i katta bo'lib ketdi.

[27:58] Shu kungacha musulmonlarning adadi bunchalik bo'lgan emas, qo'shinini adadi. Hatto Abu Bakr Siddiq, yo Rasululloh, la nug'ulot min qillatib yubordi. Mag'lubiyatga uchramaymiz, ozligimiz sababli. Ya'ni mag'lub bo'lsak, boshqa bir sabab bilan mag'lub bo'llarmiz, lekin sanog'imizni ozligi uchun mag'lub bo'maymiz. Ya'ni biz ko'pmiz bugun dedi. Va ayni mana shu kuni mag'lub boldim musulmonlar. Mana aytyapmiz ku, banda Alloh desa, xohlaydi. O'zim desa, pulim desa, mansabim desa, tanishim desa, qo'shnimni sanog'i desa, Alloh qo'llamas ekan. Garchi ular Payg'ambarning sahobalari bo'lsa ham, garchi ularning ichida Muhammad Ali assalom bor bo'lsa ham Alloh ularni mag'lub bo'lishini xohladi. Nima uchun? Nima uchun o'zimizlab qo'ydi.

[28:50] Ayt, bo'ldi aka bitkazib beraman deysiz, bir hafta deysiz. Qayoqdan bilasan? Javob, bir yilga qolmay bitkizib beraman dedi. Qayoqdan bilasan? Svet o'chib qolar, qo'ling sinib qolar usta bo'lsang, bankrot bo'lib qolarsan savdogar bo'lsang, ishchilaring kelmay qolar agar prorab bo'lsang, qayoqdan bilisan? Javobni aka deydi. Desa javob deydi.

[29:14] Yuz foiz garantiya emasdan yuz bir foiz garantiya deydi. Muammo shunaqa deydimi? Aka yuz foiz garantiyani Alloh beradi deydi. Agar yuz foiz garantiya istasangiz, men uni qilib bera olmayman, men bandaman deydi. Men qo'limdan kelgan harakatni yuz foiz qilaman deb va'da beraman. Alloh sizlarni deydi, mana shu Hunayn haqida. Alloh sizlerni ko'p o'rinlarda g'olib qildi. Hunayn kunini eslanglar. O'shanda sizlarni ko'p ekanligingiz mag'rur qilib qo'ygan edi. Biz bugun ko'pmiz deyishgan edi musulmonlar. Ammo u, ya'ni sizlarni sanog'inglar, sizlarni hech narsadan behojat qila olmadi va sizlarga keng yer torlik qilib qoldi, so'ng yuz o'girgan holingizda chekindigiz. Alloh deng, Alloh qo'llaydi. O'zim deng, pulim deng, o'zingizni holingizga tashlab qo'yadi.

[30:12] Aquli qovli ha da, astag'firulloh ili valakum. Innallohi va malaka tuhyi saluni ala nabiy, ya yuhalladiy.

## Quran and hadith quoted in this lecture

- [1:09] Quran Al-Hashr 59:23
  - Said in the lecture: “illatih la ilaha illa huval malikul quddusus salamul mu'minul muhayminul azizul jabbarul mutakamber.”
  - Arabic: هُوَ ٱللَّهُ ٱلَّذِى لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ٱلْمَلِكُ ٱلْقُدُّوسُ ٱلسَّلَٰمُ ٱلْمُؤْمِنُ ٱلْمُهَيْمِنُ ٱلْعَزِيزُ ٱلْجَبَّارُ ٱلْمُتَكَبِّرُ ۚ سُبْحَٰنَ ٱللَّهِ عَمَّا يُشْرِكُونَ
  - Uzbek translation: U Alloh, Undan oʻzga iloh yoʻq. U - Malik, U-Quddus, U-Salom, U- Moʻmin, U- Muhaymin, U-Aziz, U-Jabbor, U-mutakabbirdir. Alloh Unga shirk keltirayotgan narsalardan pokdir. (Malik-haqiqiy egadir, Undan oʻzga ega yoʻq. Shuning uchun bandalar faqat unga qul boʻladilar. Quddus-barcha ayblardan xoli, noloyiq sifatlardan pok. Mutlaq muqaddaslik va mutlaq poklik Allohning Oʻzigagina xosdir. Salom-nuqsonlardan salomat, shuningdek, tinchlik-xotirjamlik va rohat beruvchi zot. Alloh «Salom» sifati ila bandalarga tinchlik, omonlik, xotirjamlik ato qiladi. Moʻmin-iymon va omonlikni beruvchi. Muhaymin-hamma narsani qamrab oluvchi, yaʼni, Alloh bandalarning barcha holatlarining guvohi boʻlib turadi, undan hech narsa maxfiy qolmaydi. Aziz-barchaning ustidan gʻolib. Jabbor - oliy qadar, ulugʻ, Uning oldida oʻzgalar oʻzini xor tutadi. Mutakabbir-kibiryosi va ulugʻligi mubolagʻali zot.)
- [13:56] Quran Al-A'raaf 7:55
  - Said in the lecture: “billa, odu u robbakum tadarru an va hufiya, innahula yuhaybul ma'utadiy.”
  - Arabic: ٱدْعُوا۟ رَبَّكُمْ تَضَرُّعًۭا وَخُفْيَةً ۚ إِنَّهُۥ لَا يُحِبُّ ٱلْمُعْتَدِينَ
  - Uzbek translation: Robbingizga tazarruʼ ila va maxfiy duo qiling. Zotan, U haddan oshuvchilarni sevmas.
- [16:20] Quran Yaseen 36:14
  - Said in the lecture: “Iz arsen na ilayhimu sinayi ne fakad zaba huma fa azaz na”
  - Arabic: إِذْ أَرْسَلْنَآ إِلَيْهِمُ ٱثْنَيْنِ فَكَذَّبُوهُمَا فَعَزَّزْنَا بِثَالِثٍۢ فَقَالُوٓا۟ إِنَّآ إِلَيْكُم مُّرْسَلُونَ
  - Uzbek translation: Oʻshanda Biz ularga ikkitani yuborgan edik, ular ikkovlarini yolgʻonchiga chiqardilar. Bas, Biz uchinchi bilan quvvatladik. Shunda: «Albatta, biz sizlarga yuborilgan Paygʻambarlarmiz», dedilar.
- [27:44] Quran At-Tawba 9:25
  - Said in the lecture: “ma Xunayn edi a ajabatkum qasra tukum. Falam tug'ni ankum shay'a va doqat alaykumul ardu bima rohibat summa vallaytum”
  - Arabic: لَقَدْ نَصَرَكُمُ ٱللَّهُ فِى مَوَاطِنَ كَثِيرَةٍۢ ۙ وَيَوْمَ حُنَيْنٍ ۙ إِذْ أَعْجَبَتْكُمْ كَثْرَتُكُمْ فَلَمْ تُغْنِ عَنكُمْ شَيْـًۭٔا وَضَاقَتْ عَلَيْكُمُ ٱلْأَرْضُ بِمَا رَحُبَتْ ثُمَّ وَلَّيْتُم مُّدْبِرِينَ
  - Uzbek translation: Batahqiq, Alloh sizlarga koʻp joylarda nusrat berdi. Hunayn kunida ham. Oʻshanda sizni koʻpligingiz magʻrur qilgan edi. Bas, sizga hech foyda bermadi va keng yer sizga torlik qilib qoldi. Soʻngra ortga qarab qochdingiz.

## Self-check quiz

Generated automatically from the lecture; not reviewed by a person.

1. Ustoz Allohning qo'shini kimlardan iborat ekanligini qanday izohlaydi?
   - a) Barcha insoniyat vakillari
   - b) Faqat olimlar va ulamolar
   - c) Faqat muhojirlar va ansorlar
   - d) Payg'ambarlar va ularga iymon keltirgan zotlar — correct
   - Why: Darsda Allohning qo'shini Payg'ambarlar va ularga iymon keltirgan zotlar ekanligi ta'kidlangan. [3:57–5:06]

2. Ustozga ko'ra, musulmonning haqiqiy quvvati va kuchi nimadan iborat?
   - a) Keng bilim va ma'lumotga ega bo'lishdan
   - b) Ko'p pul va boylikka ega bo'lishdan
   - c) Jismoniy tanish va kuchlilikdan
   - d) Allohning manhajini amalga oshirishdan — correct
   - Why: Ustoz darsning oxirida musulmonning quvvati va kuchi Allohning manhajini amalga oshirishga bog'liq ekanligini ta'kidlaydi. [9:01–9:39]

3. Ustozga ko'ra, duoning ijobat bo'lishi uchun bandaning holati qanday bo'lishi kerak?
   - a) Ko'p so'zlab, baland ovozda iltijo qilishi
   - b) Taqvoda bo'lib, halol yashashi va zulm qilmasligi — correct
   - c) Orzu-xayollariga suyanib, shariatga amal qilmasligi
   - d) Birovning duosiga muhtoj bo'lib, o'z amallarini unutishi
   - Why: Darsda ustoz duoning ijobat bo'lishi uchun taqvoda bo'lish, halol yashash va zulm qilmaslikni asosiy shart sifatida keltiradi. [13:27–14:23]

4. Ustozga ko'ra, o'limning mohiyati nimadan iborat?
   - a) Jasad a'zolarining kamayib qolishi
   - b) Ruhning tanadan ajralib chiqishi
   - c) Allohning bandasini qo'llashini to'xtatishi — correct
   - d) Tirlik manbasining qurib qolishi
   - Why: Darsda o'lim Allohning madadini to'xtatib qo'yishi, ya'ni bandasini qo'llashini uzib qo'yishi sifatida ta'riflanadi. [21:39–22:21]

5. Ustozga ko'ra, Xunayn jangida musulmonlarning mag'lubiyatga uchrashishining asosiy sababi nima edi?
   - a) Sanog'ining ko'pligiga suyanib, Allohga tayanishni unutishlari — correct
   - b) Dushman qo'shining son jihatdan ustunlik qilishi
   - c) Payg'ambarimizning (s) buyrug'iga itoat etmasliklari
   - d) Jang maydonidagi iqlim sharoitlari yomon bo'lishi
   - Why: Darsda Xunayn jangida musulmonlarning sanog'i katta bo'lgani uchun mag'rur bo'lib, Allohga emas, o'zlariga tayanishlari tufayli mag'lub bo'lganligi ta'kidlanadi. [27:58–28:48]
