# 84-dars Al-Aziz (2-qism): Asma-Ul-Husna

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Asmoul husno](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno.md), lecture 87 of 110
- Section: Al-Aziz
- Duration: 22 min
- Original title: 84-DARS AL-AZIZ (2-QISM) / ASMA-UL-HUSNA
- Review status: reviewed
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/87
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/U6RAsr_SdUA.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=U6RAsr_SdUA
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/86.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/88.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:01] Bismillahir rohmanir rohim. Inda alhamdulillahi nahmaduhu varasta, inuhuhu varasta g'ufuruh. Va na'udh billahi min shukuriyam husina va min sayyi'ati amalina. Man yahdihillah hufala mubillala va man yug'dililgu falaha hadiyala. Va nashxadah alloh ilohi illalloh va hidahular sharikala va nashxaduh anna muhammadan abduhu rasuluh. Amma ba'da, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'al va barakatuh.

[0:31] Alloh subhanah va taoloning go'zal ismlari asmo ul husno silsalar darslaridan, birodarlar. Alloh taoloning al aziz ismini, o'tgan darsimizda boshlagan edik. Alloh taolo aziz bo'lgan zot. Mana aziz deganda, agar maxluqotlarga ishlatilinadigan bo'lsa, bu o'sha aziz deyilayotgan narsa nodir, kamyob va unga talab juda ham katta degan ma'noda bildiradi. Masalan, almaz noyob, talab katta, qimmat, unga yetish qiyin. Endi alloh taoloni al aziz deygan paytimizda, alloh taolo hech kimga o'xshamasligi, hamma narsa, har narsada unga muhtoj ekanligini tushunamiz. Aziz narsa deganda, u shunaqa narsaki, unga yetishlik qiyin. Masalan, prezidentni qabuliga kirishlik aziz narsa. Chunki prezidentni qabuliga kirishlik oson emas da. Nechta chig'iriq bor, nechta joyga yozish kerak, qancha kutishlik kerak. Podushohni qasrga kirishlik, demak, qiyin narsa. Endi Alloh Taoloni azizlik ekan paytimizda, Alloh Taolo hammadan oliy va yuksak ekanligini tushunamiz.

[1:52] Alloh Taoloning azizligi, biz Alloh Taoloni idrok qilolmasligimiz. Voma olti etun minala ilmi ila qoli. Alloh Taolo aytadi, sizlarga juda ham oz ilm berilgan. Alloh Subhanah va Taoloning zotini qanday ekanligini Alloh Azza va Jallaning o'zi biladi xolos. Alloh haqidagi bandalarning ilm ma'rifati mutloq, komil emas, nuqsonli.

[2:22] Allohning zotini idrok qila olmasligingni idrok qilishing Allohning zotining idrok qilishingdir. Allohning z otini qanaqaligini? Idrok qila olmasligingni idrok qilishing Allohning zotini idrok qilishingdir. Men allohni qanaqa ekanligini, zotini idrok kilolmayman ekan, aqlimga sig'dirolmayman ekan dedingizmi? Demak, Allohda tanibsizsiz.

[2:51] Chunki, birodarlar, bizni ilmimiz cheklangan. Biz ojiz bandamiz. Aqllarimizni cheki bor. Shuning uchun Alloh Taoloni zotini idrok etishlikka ham siz bilan biz ojizlik qilamiz. Sayyidul xalq bo'lgan Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallam ham Alloh Taolo haqidagi ilmi mutloq komil deyilmaydi.

[3:14] Hatto Muhammad alayhissalom ham Alloh Taoloning zotini, haqiqatini to'liq bila olmaydilar. Demak, Alloh Taoloni aziz deganimizda, biz u zotni, zoti qanaqa ekanligini idrok qila olmasligimizni tushunamiz. Shuning uchun Alloh Taolo samoida, Alloh Taolo arshda, Alloh Taolo keladi, Alloh Taoloning boldiri, Alloh Taoloning qo'li, Alloh Taoloni ikkita barmog'i, Alloh Taolouni kulishi, Alloh Taolo jahannamni ezishi degan xabarlarni eshitgan paytimizda, biz hayolimizga qanaqa narsa kelmasin, Alloh unaqa emas.

[3:52] Qanaqa qilib keladi Alloh Taolo? Va ja robbuka val malaku soffan soffan. Qiyomat kunlari robbing va maloikalar saf saf bo'lib keladi deyapti. Siz kelishligini idrok qilishingiz uchun, kelishi qanaqa bo'lishini tushunishingiz uchun Allohning zoti qanaqa ekanligini tushunishing kerak avval. Masalan, odam keldi. Siz tasavvur qila olasiz, chunki odamni nimaligini bilasiz da, o'shaning uchun kelishini ham tasavvur qilolaysiz.

[4:24] Bahor keldi. Bahorda nimaligini bilasiz da, o'shaning uchun uni kelishini ham bilasiz. It keldi, mashina keldi. O'sha kelishlik qanaqa ekanligini tushunishingiz uchun, o'sha kelayotganda kimligini tanishingiz kerak. Endi Alloh Taoloning zotini qanaqaligini bilmaysizmi? Endi kelishi qanaqaligligini ham o'ziga qo'yib qo'ying. Tushunarlimi? Alloh Taolo arshga iste'fo qildi. Qanaqa qilib iste'fo qildi? Biz aytamiz, Alloh o'ziga munosib bo'lgan sur'atni iste'fo qildi, tafsilotga kirishmaymiz.

[4:58] Demak, al azizning ma'nolaridan uning qanday zot ekanini idrok qilish, allohning zotini haqiqatini ixota qilib bilib olish mustahil degan ma'noni bildiradi. Mo'minning ulug'vorligi nimada? Nima uchun mo'min odam, musulmon odam ulug' bo'ladi? Chunki mo'min odam oliy narsalarni maqsad qiladi. Mayda chuyda narsalarni maqsad qilmaydi. Agar inson oliy narsani maqsad qilsa, eng oliy narsa nima edi?

[5:31] Alloh Taolo edi. Alloh Taoloning roziligi edi. Alloh tanisligidan. Eng oliy narsa shu. Shu narsani maqsud qilgan inson yuzga kirsa ham, himmati, shijoati, g'ayrati yoshlarnikidek bo'ladi. Chunki u narsaga, birodarlar, inson yetib, to'xtab qolishi mumkin emas. Ha, bunaqa oliy himmatli inson yuziga kirib, tanasi yoshlarinikidek bo'lmasligi mumkin, qomati sal bir, na egilib qolgan bo'lishi mumkin, lekin himmati oliy bo'laveradi. Chunki Alloh Taoloning nihoyasi yo'q. Demak, kim Alloh Taoloni tanishlikka bo'lgan harakati ham tugab qolmaydi.

[6:14] Mo'mindan boshqalar, mo'min insondan boshqa insonlar, dunyo matohini, shu dunyoni chaqasini niyat qiladigan bo'lsa, yo yetadi, yo yetmaydi. Dunyoni boyligini maqsad qilgan inson yo yetadi, yo etmaydi. Yetmasa aniq baxtsiz bo'ladi. Endi yetsa chi? Yetsa baxtli bo'ladimi? Yo'q.

[6:43] Dunyo matohi vaqtinchalik saodat shu o'rinni beradi. Qaytarib aytamiz. Yeta olmasa, aniq baxtsiz bo'ladi. Maqsad dunyo bo'ldi. Maqsad Alloh emas. Maqsad Allohning roziligi emas, maqsad jannat emas. Dunyoni maqsad qildi. Yeta olmasa aniq baxtsizsiz. Yetsa chi? Dunyo matohi sizga vaqtinchalik bo'lgan saodat shu o'rnini beradi. Ya'ni, uylandingiz, baxtlisiz.

[7:17] Necha kun? Mashinangiz yo'q edi. Mashinalik bo'ldingiz, baxtsiz. Qancha? To'rt oyda zerikasizlar. Keyingisi chiroyli ko'rinibveradi. Dunyo matohi vaqtincha saodat shu urinib beradi. Inson ko'nikib qoladi, inson zerikadi. Faqat dunyoni maqsad qilgan bo'lsangiz, yetmasangiz aniq baxtsizsiz, yetsangiz malollanasiz shunda.

[7:43] Inson bu dunyoga birodarlar Allohni tanish uchun kelgan. Unga qulchilik qilish uchun kelgan, unga muhabbatli bo'lish uchun kelgan , uni roziligiga intilish uchun kegan. Shu maqsadni amalga oshirsa, inson baxtli bo'laveradi. Dunyosi bo'lsa ham, bo'lmasa ham. Va man xolaqtul jinna val insoilla li abudun. Men deyapti Alloh Taolo jinlarni ham, insonlarni ham menga ibodat qilsin deb yaratdim dedi. Ana shu ibodatni qiladi, Alloh undan ko'zlagan maqsadni yuzaga chiqaradi, saodat topadi. Alloh Taolo aytadi, ya ibna adam utulibniy tajidniy. Ey odam bolasi, meni qidir, meni izla, meni albatta topasan. Fayda vajattani vajatda kunlashay. Agar meni topsang, hamma narsani topding. Robbila alamin bo'lgan robbimiz Alloh Subhanah va Taolo aytyapti, meni topsang, hammasini topding.

[8:46] Agar meni topmasang, hech narsani topmading. Shuning uchun Allohni topgan banda nimani yo'qotibdi? Allohni tanib topgan banda nimani yo'qotibdi? Va Allohni tanimagan banda nimani topibdi dunyoda? Allohni qo'yib boshqa narsani maqsad qilsangiz, dunyoni haq narsasini, boyligini, mansabini, kuch quvvatini, yetdingiz, baxtlisiz. Keyin aytdik, zerikasiz, ko'nikib qolasiz. Boy bo'ldingiz, avvaliga xursand bo'lasiz, keyin oddiy bo'lib qoladi. Uylandingiz, baxtli bo'ldingiz. Keyin oddiy narsa bo'lib qolad. Shuning uchun birodarlar, inson dunyoda saodat topish uchun, Al Aziz bo'lgan Robbini tanish kerak, unga qulchilik qilish kerak, unga muhabbatli bo'lish kerak.

[9:34] Bir inson shu oldiga dunyoni maqsad qilib yetdi. Boylik topdi. Mansabga ega bo'ldi. Toshsho ham bo'ldi deylik. Lekin baribir har qanaqa tirik jonzotni oqibati nima? O'limmi? O'lib qabrga kirganda, bu intilib topgan yoki topmagan, to'plagan narsasi yerni betida qoladi, o'zi yolg'iz keladi. Shuning uchun o'lganda baxtsizligini aniq biladi. Ammo mo'minchi? Allohga bo'lgan muhabbat u dunyoda ham boradi, qabrga ham keladi u muhabbat u bilan. Shuning uchunga baxtli bo'ladi.

[10:16] Koinot haqida tafakkur qilishlik. Al aziz bo'lgan Alloh Taoloni tanitadigan yo'l. Koinot haqida tafakkur qilishlik, Al aziz bo'lkan Parvardigorimizni tanitadigan yo'l. Biz aziz narsada nimani aytdik? Topilishi qiyin bo'lgan narsa, aziz.

[10:38] Unga ehtiyoj qattiq bo'lgan narsasi, aziz. Un ga yetishlik qiyin bo'lgan narsa, aziz. Endi qaysi narsa ko'payib ketsa, azizligi kamayadi. Qaysi narsaga ehtiyoj kam bo'lsa, azizligi kamayadi. Qaysi nuqtaga yetishlik oson bo'lsa, ajizligi oziyadi. Endi bir narsaki, aziz.

[11:02] Juda ham kam bo'lsa. Balki yagona bo'lsa. Bir narsaki, hamma u narsaga muhtoj bo'lsa.bir narsaki, hech kim unga yeta olmasa. Qaysi narsa bo'ladi u? U narsa yolg'iz Alloh Taoloning o'zi bo'ladi. Al Aziz bo'lgan Alloh Taoloning rozi bo'ladi bu. Allohni narsa desa bo'ladimi?

[11:28] Nusom milla ha shay'an la kal ashiya'i va'datan an jihati siddiq xoli. Bobomiz Sirojiddin o'sha aytadi, Allohni boshqa narsalarga o'xshamagan narsa deymiz deydi. Allohni narsa deyish mumkin. Chunki Qur'onda lay saka mif lihi shay un degan Alloh. Allohga o'xshash biron narsa yo'q deydi. Imom Azam aytadi, Alloh Taoloni narsa deymiz, lekin darrov orqasidan hech qaysi narsaga o'xshamagan narsa deymiz.

[12:01] Koinot haqida tafakkur qilsak, al aziz bo'lgan robbimizni tanishligiga eng katta yo'l dedik. Mana ozgina bir koinot haqida tafakkur qilamiz. Mana Yer sayyorasi va unga eng yaqin bo'lgan yulduz. Alfa Sentavra deylar ekan. Mana shu yer bilan, shu yulduzni o'rtasidagi masofa qirq bir yarim trillion kilometr ekan.

[12:27] Qirq bir yarom trillion kilometr. Bu yerga eng yaqin bilgan yulduz bilan yerning o'rtasidagi masofa, endi undan tashqari qancha yulduzlar bor bu galaktikada? Mana ozgina fikr qilaylik. Endi mana shu masofani, yer bilan unga eng yaqin bo'lgan yulduzning o'rtasidaagi qirq bir yarim trillion kilometr masofani soatiga ikki yuz kilometr tezlarda yuradigan mashinada bosib o'tmoqchi bo'lsak, bizga yigirma uch million yildan ko'proq vaqt kerak ekan.

[12:59] Soatiga ikki yuz km ketadigan mashinada yursak, yigirma uch million yil kerak ekan. Endi undan keyingi yulduz chi? U qancha yurar ekanmiz? Boring insoniyatni tarixini o'n ming yil deng. Odam alayhissalom tushganiga endi Alloh biladi aniqini, o'n minginchi yilda tasavvur qilaylik. Qachon bosib o'tish mumkin? Bu qanaqa bir insonni aqlini lol qoldira oladigan katta masofa? Bu eng qisqa masofasi shunchalik bo'lyapti. Shuning uchun birodarlar, Alloh Taoloni azamati haqida ozgina fikr qilaylik. Koinot haqida ozginagina tafakkur qilaylik. Subhanalloh deyishdan boshqa so'z qolmaydi biz uchun.

[13:39] Falyandur ilin sanu minna xuliqu. Xuliqu minna inda fiqh, yahruj minba inna sulbiy va taroib. Xo'p, osmonga qarashlik qiyin bo'lsa, Alloh Taolo aytyapti. Inson o'zi nimadan yaralganiga qaramaydimi? Umurtqa pog'onasidan, ko'krak havasidan otilib chiqqan odam suvdan yaralmadimi? Ana shu nutfami? Nutfami? Uni ichida suve bormi, go'sht bormi, nima bor? Suyuqlik. Onani bachadoniga borib joylashar ekan, bosqich bosqich bilan komil inson bo'lib dunyoga kelyapti. Shuni fikr qilib ko'rmaymizmi?

[14:18] Jasadni qarang. Insonni suyagi sinsa, sakson ga kirgan odamni suyagi sindi. U sakson ga kirgan adamni suyagi o'ttiz ga kirmasdan qatigan o'sishdan, to'xtagan, uxlagan. Uni suyagini o'stiradigan sistema to'xtagan, o'chgan. Uxlagan. Endi oltmish yil, yetmish yil o'smasdan turgan suyagi sinsa. Haligi sistema uyg'onadi da.

[14:42] Travmatologning ishi nima? Ha, olib kelib qo'yish. U yog'i kimni ishi? O'chganiga ellik yil bo'lgan boyagi sistema uyg'onadi da, suyada qaytadan yopishtirib qo'yadi. Subhanalloh demaysizmi? Qaysi mashinamizni olib borib gursatib bir joyga ursak, uch kun qo'yib qo'ysak joyiga kelib qoladi. Bu insonni yasagan narsasi. Endi Alloh Taolodan yaratgan bu maxluqini qaramaysizmi? Shuning uchun birodarlar, hal yasta villadina ya alamuna va la dinalar ya alamun.

[15:16] Bilgan zotlar bilan bilmagan kimsalar barobar bo'ladimi? Demak, alloh taolo al aziz bo'lgan zot ekan. Mana shu zotni tanigan, iymon keltirgan, uni yaxshi ko'rganlarga tavba bo'lsin. Al aziz bo'gan robbimizni tanimagan, iymon keltirmaganlarga vayil bo'lsin. Allohni tanishlik dinning asli.

[15:42] Allohning ma'rifati dinning asli. Shahvatlar bor insonda. Gunoh ma'siyatga buyurib turadigan ibodatdan to'sib turadigan shahvatlar bor. Xohish istaklari. Tushuntirish uchun aytamiz. Masalan, bir odamni shahvatini o'n kilo deb faraz qilaylik. O'n kilo bo'lib ketgan shahvati Alloh Taoloning ibodatini qilishdan mana shu o'n kilolik shahvatni to'sib turadi. Endi mana shu odam ilm majlisiga kelsa, ma'ruza eshitsa, dars eshitsa, Allohga bo'lgan qanoti, Alloh haqidagi ilmi biroz ko'payadi. Masalan o'n gramm gap.

[16:20] Yana bir marta darsga keldi. Yana bitta ma'ruzani eshitdi. Yana o'n gramm qo'shildi. Demak, Alloh haqida ilmi yigirma gramm bo'ldi. Bir oy kelsin, bir kilo bo'ldi. Ha, endi o'n kilo shahvatni oldida bir kilo ilm hech qancha emas. Lekin davomiy suratda ilm majlisiga kelib turadigan bo'lsa, bir kun kelib ilmi o'n kilo bo'ladi. Alloh haqidagi qanoti o'n kilo bo'lladi. Shunda shahvati bilan ilmi teng keladi. Shunda ilm kurashadi, iymon ustun keladi, shahvati sinadi.

[16:53] Shuning uchun, birodarlar, Alloh Taolo aytyapti, bilgan zotlar bilan bilmagan kimsalar barobar bo'lmaydi. Ana shu ma'ruza eshitlikka qalbida muhabbati borlar, baxtli odamlar sizlar. Har eshitganda bir narsani o'rgandingiz. Men hozir suveda gapiruvdim a? Subhanalloh dedingizmi? Shuning uchun birodarlar, ilmi ko'paygan sari, kishini e'tiqodi mustahkamlanadi. Endi bu odamni Allohga olsak bo'lishligi mustahil bo'ladi.

[17:23] Inson qachon Allohga olsay bo'ladi? Ana shu ilmi yo'q bo'lgan paytda. Ma'rifati zaif bo'lgan paytda. Allohni tanishlik dinning asli. Alloh taoloning ma'rifati dinning asli. Allohga itoat qilishingiz, undan qo'rqishingiz ilmingizga bog'liq. Allohni tanishingizga bog'liqi. Innama yaxshi allohi mina ibodihi al ulama. Albatta Alloh taolodan Allohning olim bandalari qo'rqadi.

[17:58] Demak, dinni asli Alloh taoloni tanishlik. Alloh taoloning ilmi. Istadiy billah va ma qodarulloh haqqa qodirix va ardu jamiyan qobuzatu hu ya'mal qiyama. Zumar surasida Alloh aytadi: ular Allohni to'g'ri taniy olmadilar. Butun yer qiyomat kunida uning qabzasi changiladi.

[18:23] Allohdan boshqaga duo qilganlar ikki dunyoda qattiq azobga duchor bo'ladi. Fala tadumi allohi ilohi al ahhor. Bas, siz Alloh bilan birga o'zga biron ilohga iltijo qilmang. Iloh bu mushriklar o'zlari qo'llari bilan yasa bo'lgan haykallarki, unga sig'inishar edi. U iloh deyiladi. U mushriklarning ilohi edi. Lekin gohida insonning shahvati ilohi bo'lib qolishi mumkin. Shahvati nimani xohlasa, shuni qiladi. Shahvatiga yo'q deya olmaydi. Gohida iloh mansabi bo'lib qolish mumkin. Shu mansabda qolish uchun nima ish qilish kerak bo'lsa, qiladi hammasini. Yoki shu mansabga yetishligi uchun nima ishga qo'l urish kerak bo'lsa, hammasini qiladi. Demak, bu odam uchun mansab iloh bo'lib qoldi. Gohida iloh insonni boyligi bo'lishi mumkin. O'sha katta boylikka yetishlik uchun nima ist qilish kerak bo'lsin, hech qaysidan qaytmaydi. Shu boyligini qo'lida ushlab qolishlik uchun qanaqa gunoh ma'siyat bo'lsa, hech qaysi tarafdan tap tortmay qiladi. Demak, iloh degani ba'zida pul bo'lar ekan, ba'zida mansab bo'lib qolar ekan, ba'izida shahvat bo'lib qolar ekkan.

[19:36] Uyg'onasiz bomdodga turgiz kelmaydi. Bo'lgan a? Sovuq. Svet yo'q. Gaz o'chib qolgan. Hech ham turgim kelmaydi. Turib sovuq suvda nima qilish kerak? Shart turib, nafsini sindirib, shahvatini yo'q qilib, tahorat qilib, namoz o'qiganlarga tavba bo'lsin.

[20:01] Agar Alloh'dan o'zgaga duo qilsanglar deyapti Alloh, fotakuna minal muaddabin. Aks holda, azoblanuvchi kimsalardan bo'lib qolibsiz. Allohdan boshqaga duo qilish, Allohdan boshqaga quvchilik qilish, Allohni boshqani o'ziga iloh deb bilishlik, insonning doimiy suratda nafsiy azoblanishiga sabab bo'ladi.

[20:26] Qaytarib aytaman, Allohdan boshqaga sig'inish, Allohdan boshqadan qo'rqish, Allohdan boshqasini o'ziga iloh deb olishlik, insonni doimiy suratda ichki azobiga sabab bo'ladi. Shuning uchun, va tavakkal ala azizi rohim. G'olib va mehribon bo'lgan Allohga tavakkal qiling. Agar sen musulmon birodar, Alloh Taoloning Al Aziz ismi haqidagi biliming bor bo'ladigan bo'lsa, bu bilim seni boy qiladi, kuchli qiladi, aziz qiladi. Agar aziz bo'lgan alloh bilan birga bo'lsang, doim g'olibsan, doim nusratga ega bo'lasan, doim boy bo'lasan,doim aziz bo'lasan.

[21:10] Chunki Al Aziz bo'lgan Allohga do'st bo'lgan banda xor bo'lmaydi. Al aziz bo'gan allohga qul bo'lgan banda, xor bo'l maydi. Al Aziz bo'lgan Allohga dushman bo'lgan bandalar hech qachon aziz bo'lmaydi. Shuning uchun, va tavakkal alali azizir rohim. G'olib va mehribon bo'lgan Allohni tafakkur qiling, suyaning.

[21:35] Aquli qovli hada va astag'firulloh li valakum. Innallohi va malakati huyu salluni ala nabi. Ya yu halladina amanu sollu alayhi vasallimu taslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi ta'lid.

## Quran and hadith quoted in this lecture

- [8:00] Quran Adh-Dhaariyat 51:56
  - Said in the lecture: “Va man xolaqtul jinna val insoilla li abudun.”
  - Arabic: وَمَا خَلَقْتُ ٱلْجِنَّ وَٱلْإِنسَ إِلَّا لِيَعْبُدُونِ
  - Uzbek translation: Jin va insonni faqat Menga ibodat qilish uchungina yaratdim.
- [13:39] Quran At-Taariq 86:5–7
  - Said in the lecture: “Falyandur ilin sanu minna xuliqu. Xuliqu minna inda fiqh, yahruj minba inna sulbiy va taroib.”
  - Arabic: فَلْيَنظُرِ ٱلْإِنسَٰنُ مِمَّ خُلِقَ خُلِقَ مِن مَّآءٍۢ دَافِقٍۢ يَخْرُجُ مِنۢ بَيْنِ ٱلصُّلْبِ وَٱلتَّرَآئِبِ
  - Uzbek translation: (5) Inson nimadan yaralganiga nazar solsin. (6) U otilib chiquvchi suvdan yaratilgandir. (7) U (suv) sulb (umurtqa) va taroib (koʻkrak suyagi) orasidan chiqadir.
- [18:05] Quran Az-Zumar 39:67
  - Said in the lecture: “ma qodarulloh haqqa qodirix va ardu jamiyan qobuzatu hu ya'mal”
  - Arabic: وَمَا قَدَرُوا۟ ٱللَّهَ حَقَّ قَدْرِهِۦ وَٱلْأَرْضُ جَمِيعًۭا قَبْضَتُهُۥ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ وَٱلسَّمَٰوَٰتُ مَطْوِيَّٰتٌۢ بِيَمِينِهِۦ ۚ سُبْحَٰنَهُۥ وَتَعَٰلَىٰ عَمَّا يُشْرِكُونَ
  - Uzbek translation: Ular Allohning qadrini toʻgʻri taqdirlamadilar. Holbuki, yer borligicha Uning siqimidadir. Osmonlar esa, Uning qudrat qoʻliga yigʻilgandir. U zot ular shirk keltirayotgan narsalardan pok va yuksakdir. (Bu dunyoda Allohga shirk keltirganlar Alloh taoloning qanday zot ekanini toʻgʻri taqdir qilmadilar. Ular Alloh taoloning yolgʻiz Oʻziga ibodat qilmayotganlari, Unga shirk keltirayotganlari shunga dalolatdir. Allohning vahdoniyatini ham, Allohning ulugʻligini ham idrok qilmadilar. Ular Allohning har bir narsaga qodirligini anglamadilar. Agar shu maʼnolarni idrok qilganlarida unga shirk keltirmas edilar.)
- [21:41] Quran Al-Ahzaab 33:56
  - Said in the lecture: “yu halladina amanu sollu alayhi vasallimu taslima.”
  - Arabic: إِنَّ ٱللَّهَ وَمَلَٰٓئِكَتَهُۥ يُصَلُّونَ عَلَى ٱلنَّبِىِّ ۚ يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ صَلُّوا۟ عَلَيْهِ وَسَلِّمُوا۟ تَسْلِيمًا
  - Uzbek translation: Albatta, Alloh va Uning farishtalari Paygʻambarga salovot ayturlar. Ey iymon keltirganlar! Siz ham unga salovot ayting va salom yuboring. (Arab tilida «salovot» soʻzi «salot»ning jami boʻlib, duo maʼnosini anglatadi. Arabchada namoz ham «salot» deyiladi. Chunki namozda ham duo maʼnosi bor. Ammo «salot» Alloh taolo tomonidan boʻlganida «duo» maʼnosini yoʻqotadi. Alloh taoloning Paygʻambarimizga (s. a. v.) salovot aytishining maʼnosi u zotga (s. a. v.) oʻz rahmatini yuborishi, ulugʻlashi, maqomlarini koʻrsatishi va farishtalar huzurida shaʼnlariga maqtovlar aytishini anglatadi.)

## Self-check quiz

Generated automatically from the lecture; not reviewed by a person.

1. Ustoz dunyoni maqsad qilgan insonning ahvolini qanday tushuntiradi?
   - a) Doimiy baxt va suhbatga erishadi
   - b) Yetmasa baxtsiz, yetsa malollanadi — correct
   - c) Jannatga kirishga to'liq tayyor bo'ladi
   - d) Allohning roziligini abadiy topadi
   - Why: Darsda dunyoni maqsad qilgan kishi yetmasa baxtsiz, yetsa esa vaqtinchalik saodatdan keyin malollanishi ta'kidlanadi. [6:14–6:40]

2. Ustoz mo'min bandaning qabrda baxtli bo'lishining asosiy sababi nima?
   - a) O'limdan keyin ham dunyoviy xursandchilik davom etadi
   - b) Dunyoda to'plagan boyliklari uning bilan qabrga tushadi
   - c) Allohga bo'lgan muhabbat uning bilan birga boradi — correct
   - d) Mansab va shohlik uning qabrini obod qiladi
   - Why: Darsda ta'kidlanishicha, mo'minning qabrda baxtli bo'lishi Allohga bo'lgan muhabbat uning bilan birga borishi bilan bog'liq. [9:34–10:12]

3. Ustoz koinot haqidagi tafakkurning Allohni tanishda qanday o'rin egallashini qanday ta'riflaydi?
   - a) Insoniyat tarixini o'zgartirishning asbobi
   - b) Din qoidalarini o'rganishning yagona usuli
   - c) Allohni inkor etishning asosiy dalili
   - d) Allohni tanishlikning eng katta yo'li — correct
   - Why: Darsda koinot haqida tafakkur qilish Allohni tanishlikning eng katta yo'li deb ta'kidlanadi. [12:01–12:25]

4. Ustoz insonning shahvatlarini yengish va e'tiqodini mustahkamlash uchun qanday yo'lni ko'rsatadi?
   - a) Shahvatlarni to'liq yo'qotish
   - b) Dunyoviy ishlardan voz kechish
   - c) Faqat ibodat qilish
   - d) Ilm majlislariga davomiy qatnashish — correct
   - Why: Ustoz davomiy ilm olish orqali ilmi shahvatidan oshib, e'tiqodi mustahkamlanishini ta'kidlaydi. [16:20–16:51]

5. Ustoz insonning shahvati, mansabi yoki boyligi unga iloh bo'lib qolishi nimani anglatadi?
   - a) Ushbu narsalar uchun har qanday gunohga qo'l urishga majbur bo'lish — correct
   - b) Mansab va boylikni Alloh uchun ishlatish
   - c) Ilm o'rganish orqali shahvatni yo'q qilish
   - d) Shahvatga ergashishni to'xtatib, nafsni sindirish
   - Why: Darsda shahvat, mansab yoki boylik iloh bo'lib qolganda, inson ular uchun hech qanday gunohdan qaytmaydi va hammasini qiladi, deyilgan. [18:23–19:34]
