MMaviza
Al-AzizTekshirilgan21 daq

85-DARS AL-AZIZ (3-QISM) / ASMA-UL-HUSNA

Abdulloh Domla · Asmoul husno

0:00
20:39
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi nahmaduhu anasta'inuhu anasta'firuh. Va na'udh billahi min shukuriyan husina. Omin sayyi atiya amalina. Man yahdihillahi fala mudillala va man yug'dililgu fala hadiyala. Va nashhadvalloh ilohi illallohu vahdahlash sharikala. Va nashhat anna muhammadan abduhu rasuluh. A m m a ba ayt assalomu alaykum va rahmatullohi ta'al va barakatuh. Bismillahir rohmanir rohim. Alloh subhanah va taoloning asmoli husno, go'zal ismlari silsilasidan navbatdagi darsimiz. Alloh taoloning al aziz ismini o'qib dars qilayotgan edik. Davom etkazamiz. Alloh taolo al aziz. Al azizning ma'nolaridan al muiz, aziz qiluvchi. Alloh Taolo o'zi aziz zot va aziz qiluvchi bo'lgan zot. Istaydu billah, qulinglar humma malikal mulkiy to' til mulka man tashaa'u va tan ziyul mulka min man tashaa'au va to' az zuvan man tashaa'a va to' dilu man tashaa'aa biyadikal xoyr.

Alloh Taolo oliy imron surasida shunday deydi. Ayting, ey mulki davlat egasi bo'lgan Allohim, sen istagan kishiga mulk ato qilasan. Istagan kishidan o'sha mulkni tortib olaversan. Istagan kishini aziz qilaversan va istagan kishini xor qilaversan, bor yaxshilik yolg'iz sening qo'lingdadir. Aziz qiladigan Alloh, xor qiladigan Allohni. Ato qiladigan, beradigan Alloh, man qilib tortib qo'yadigan ham Allohni. Alloh Taolo bir ishni qildimi, demak shu yaxshilik. Ato qilsa yaxshilik. Man qilsa chi, bu ham yaxshilik. Chunki ato qilishida ham, man qilishda ham albatta bir hikmat bor. Alloh taolo mutloq komil bo'lgan zon. U zotning tasarrufoti ham mutloq bo'ladi. Mana, ato qilishligi yaxshilik, tushunarli endi bu, farzand berdi, o'g'il berdi, qiz berdi. Mansab berdi, obro' berdi, mol u dunyo berdi. Albatta bu yaxshilik. Buni ko'rib turibmiz. Endi ba'zida man qilib qo'yadi.

Man qilgani ham yaxshilik. Qanaqa qilib yaxshilik? Xizr alayhissalomni qissasiga murojaat qilaylik, muso alayhissalom bilan. Kemani teshib qo'ydi. Yomonlik kelmashi uchun. Haligi kichkina bolani o'ldirib qo'ydi Xizr alayhi assalom. Yomonlik ota onasi uchun. Lekin bu qissani oxiriga qarasangiz, nima uchun kemani teshganligini, nima uchuni bu bolani o'ldirganligini aytib berganidan keyin, ana shu kemachi uchun ham kemani teshilgani yaxshiligi ma'lum bo'ldi. Ana shu o'ldirilgan bolani ota onasi uchun shu bolani o'lganligi yaxshiligini ma'lum boldi. Shuning uchun Alloh Taolo bizni ustimizga qanday kunduk bersa, bu albatta siz bilan biz uchun yaxshilik.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, Imom Muslimda keltirilgan hadisda. Ajabali yamril mo'min. Inna amruhu kulla huxayr. Mo'minning ishi ajablanarli. Uning ishlarining hammasi u uchun yaxshilikdir. Bu faqat mo'minga berilgan. Agar unga yaxshilik yetsa, deydilar, Rasululloh, shukur qiladi. Bas, bu uchun yaxshi. Agar unga yomonlik yetsa, sabr qiladi, bu hamma uchun yaxshilik. Va bu faqat mo'minga berilgan. Yaxshilik esa shukur qildi, foydasi. Yomonlik esa sabr qilib shukur qild, bu ham nimasi? Uni foydasi va faqat mo'minga berilgan. Demak, bir narsani berishi ham yaxshilik, bir narsani olib qo'yishi ham yaxshilik.

Chunki birodarlar, Alloh Taolo ato qilishlik uchun avval olib qo'yyadi. Aziz qilish uchun avval xor qilib qo'yadi. Xorlikni beradi, sabr qilib, shukur keltirib rozi bo'lsa, Alloh Taolo azizlikni ham olib chiqadi. O'sha ishlar yurishmasdan, muhtojlik, faqirlikda kun kechirgan akalar bor. Besh yil, o'n yil sabr qildi, keyin ishlari yaxshi bo'lib ketdi. Ato qildimi? Ato qildi. Nimaga olib qo'yuvdi ekan? Nimaga bermay qo'yuvdik ekan? Sinash uchun. Keyin berdimi?

Shuning uchun kim hozir minusda bo'lsa, sabr qilib turinglar. Minus tugasa nima keladi? Domla ja cho'zilib ketdi da minuschi. Ja cho'zilib ketti. U seni nazaringda cho'zilib ketdiku. Alloh uchun hech narsa emas bu vaqt. Seni ishingga shukur keltirish, rozi bo'lish, duo qilish. Alloh taolo al aziz bo'lgan zot. Al aziz, al muays. Ma'nolardan bittasi Alloh taolo aziz qiluvchi.

Istiqomi insonni aziz bo'lishlikka olib boradigan yo'l. Istiqomi nima edi? Dinda to'g'ri bo'lish degani. Din undan talab qilgan narsani mahkam ushlab, shu ishda sobit turishligi istiqomi deyiladi. Insonni mana shu dunyoda aziz bo'lishligiga amaliy bir yo'li bormi?

Ha birodarlar bor bunaqa retsept. Bu taqvo. Bu istiqomi. Astay deb bilar? Lilladina axsamul husna va ziyada, va la agar haquvv uji u haquvvun qotarun, va la dillar tun. Alloh taolo Yunus surasida aytyapti. Chiroyli amal qilgan zotlar uchun go'zal oqibat va ziyoda ne'matlar bordir. Ularning yuzlarini na qorolik va na xorlik qoplar.

Demak, chiroyli amal qilgan, taqvoliy zotlar uchun hech qachon yuzini qoroligi va xorlik bo'lmaydi. Ular aziz mukarram bo'ladi. Siz qachon aziz bo'lasiz? Jamiyatda, usta sifatida. Qachoniki ustachiligingizda puxta bo'lsangiz. Ma'qulmi? Qachonki kasb hunaringizda professional bo'lsangiz, mohir bo'lsangiz. Chunki lilladina ahsanul, chiroyli amal qilganlar deyapti Alloh Taolo.

Ustani ishini chiroyli qiladi. Bu odam doim hurmat e'tiborda bo'ladi. Doim klient orqasida quvolab yuradi. Narxni qimmat aytsa ham ish yurishaveradi. Nima uchun? Chiroyli amal quryapti da. Er sifatida chiroyli amal qilsa, oilada hurmati bo'ladi. Farzandlarini tarbiyasida chiroyli ish tutadigan bo'lsa, farzandlarini izzati ikromiga sabab bo'ladi. Agar savdogar bo'lib turib, chiroyli amal hissa, ya'ni omonatdor bo'lsa, yolg'on gapirmasa, ahdida tursa, bir narxga kelishib qo'yib turib, keyin aynib ketmasa, savdogar sifatida aziz bo'ladi. Demak, birodarlar, chiroyli amal qilish, muhsin bo'lishlik, ishida puxta bo'lishlik, azizlik yo'li ekanligini Alloh Taolo bizga bildiryapti. Kutib turasiz da, to'g'rimi, shu ustani? Uch oydan keyin bo'shaymiz, yozib qo'ying deysiz. Nima uchun?

Nima uchun u chiroyli ishlayapti, chiroyli amal qildi. Endi xuddi shu ishni qiladigan boshqa ustalar ham bor. Bekor nima qiladi? O'tiradi. Chiroyli amal qilganlar uchun na xorlik bor, na ularga, ularni yuzlarini xorlik qoplaydi. Chiroyli amal qilingan zotlar uchun go'zal oqibat, jannat bor va ziyodalik bor. Nima u ziyodalik? Chiroyli amal qurgan odamga jannat bor, jannatga kirdi. Endi kirgandan keyingi ziyodalik, Alloh azza va jallani jamoliga boqishlik. Allohni jamoliga boqishingizni xohlaymizmi? Allohni Allohni ko'rishlikni xohlaymizmi? Chiroyli amal qilaylik. Professional bo'laylik. Ishimizda, kasbi hunarimizda.

G'arb nimaga o'tib ketdi? Sportda ham o'tib ketgan, ilm fanda ham o'tib ketkan, texnologiyada ham o'tib ketagan. Nimaga o'tib kelibdi? Bilasizlarmi, kofir bo'lsa ham bo'ladi. Chunki mana shu ishida ular chiroyli ish qilishdi. Agar muhsing bo'lsang aziz bo'lasan. Pokiza bo'lsang aziza bo'lasan. Rostgo'y bo'lsang azizi bo'lasan. Omonatdor bo'lsang azizo bo'lasan. Taqvoliy bo'lsang azir bo'lasan. Hech kim senga ta'na malomat qila olmaydi. Go'yo farishta deysan. Mustaqil banda aziz bo'ladi. Pokiza banda aziz bo'lladi. Muxlis banda aziz bolladi.

Aqlli odam. O'zini ayb ishlardan ehtiyot qiladi. Mana endi biz hozir o'qigan oyatni davomiga o'tyapmiz. Chiroyli amal qilganlar uchun ne'matlar bor va ziyodalik bor. Ularni hech qachon xorlik qoplamaydi. Yuz yerga qaramaydi. Endi davomini qarang. Shtabi billa, valladina kasaba sayy'a ati jaza u say'i atin bimet liha va tarhoquhim villa. Shu oyatni davomi. Yomon amal qilgan kimsalar uchun esa, o'sha yomonliklari barobarida yomon jazo bo'lur va ularni xorlik o'rab olaverur. Qachon inson xor bo'ladi? Xoin bo'lsa. Xiyonati fosh bo'lib qolganda, undan xor odam yo'q. Yolg'onchi bo'lsa, yolg'oni fosh bo'lib olganda, undan ko'ra xorroq odam yo'q! O'g'ri bo'lsa, o'g'riligi fosh bo'lib qolganda, undan ko'ra xorroq odam yo'q.

Qarang oyatni. Chiroyli amal qilganlarga xorlik yo'q deyapti Alloh. Endi, ana shu bir chiroyli amalni ziddi bo'lgan, yomon amal qilganlarni esa, xorlik bor. Masalan, o'sha usta sifatida, o'quvchi sifatida, muallimi sifatida eplamachi bo'ling. Eplamachi boling. Xor bo'laverasiz. Qor bo'laverasiz. Shuning uchun Payg'ambarimiz aytadilar vo iya aka, vo ma yu o'toq daru minhu. Uzr so'rashga olib boradigan ishlardan ehtiyot bo'lgin. Bilasan shu ishni qilsang, xijolatga qilasan, qilmay qo'yaver shu narsani. Chunki aqlli odam uni uyatga qo'yadigan, xijolatiga qo'yadagan ishlardan o'zini ehtiyot qiladi.

Sodiq mo'min kishining oshkorasi ham, siri ham birdek bo'ladi. Agar al aziz bo'lgan alloh bilan birga bo'lsang, sen ham azizsan, mustaqimsan. Agar sen mustaqim bo'lmasang, Alloh Taolo seni amallaring qabul qilmaydi. Agar mustaqim bo'lsang, Alloh Taolosi seni jamiyatda aziz qilib qo'yadi. Chunki alloh al azizdir va yana al moizdir.

Dinni birodarlar, asli bu istiqomi. Din istiqomi. Sen dinda mustaqil bo'lmaguningcha, dinni nevalaridan bahra ololmaysan. Musulmon odamni haqiqiy taqvodor, mustaqil musulmon odamlar odamlardan berkitadigan ishi, odamlardan yashiradigan so'zlari bo'lmaydi.

Zohiri botini kabi, siri oshkhorasi kabi bo'ladi. Odamlar bilan bo'lganda ham bir xil, odamlar yo'q bo'lganda yana bir xil. Rostgo'ylik, istiqomat va omonatdorlik. Inson aziz bo'lish uchun mana shu xulqlarni albatta o'zida mujassam qilish kerak. Rostgo'y, mustaqil, omonatdor. O'z izida bunaqa odam aziz bo'ladi jamiyatda. Inson faqat bu qonni bilan emasda tirik bo'lishi. Yaxshi yeb, yaxshi issanglar, zo'r hayot degani emas da. Inson hurmati bo'lishi kerak jamiyatda. Karomati bo'lishi kere. Izzat nafsi bo'lishi kre. Mana shu narsalar bo'lsa, endi hayot yaxshi bo'ladi uni. Tasavvur qiling, bir odamni shu bir hurmati yo'q jamiyatda, bir tinga qimmat odam, hamma jirkanadi, lekin yeyishi zo'r. Kiyishi zo'r, meni yurgan mashinasi zo'r. Ammo jamiyatda hech kim bir tinga olmaydi. Hayoti zo'r bo'ladimi buni?

O'sha bir odamni o'g'riligi bilinib qoldi. Qanaqa xor bo'ladi? Yolg'onchiligi fosh bo'lib qoldi. Xoinligi, sotqinligi bilinib qoldi. Mana endi bir tiyin bo'ladi. Garchi qonni zo'r to'yayotgan bo'lsa ham, dunyoviy maishati zo'r bo'layotgan bo'lmasa ham. Bunaqa odam Allohni nazdida ham hurmati yerda bo'ladi, insonlarda nazdida ham.

Alloh Taolo aziz bo'lgan zot. U yana Al Moizdir. Aziz qiladi. Aziz qilad, agar mustaqil bo'lsang, iffatli bo'lsang. Al Aziz bo'lkan Alloh Taolo sen uchun hamma narsadan aziz bo'lishligi kerak. Qaytarib aytamiz. Al aziz bo'llan alloh taolo sen bu musulmon birodar hamma narsadan arziz bo'lishlig kerak.

Shaxvatingdan, nafsingni xohishlaridan, har xil qalang'i qasang'u ulfatlardan, agar mana shulardan aziz bo'lmasa, sen Allohni muhabbatiga erisha olmaysan. Alloh Taolo qachon qo'llaydi seni? Qachon seni madadi bilan qo'llaydi? Qachon seni aziz qiladi? Hozir aytganimizdek, hamma narsadan ko'ra Alloh Taolo aziz bo'lsa. Mana endi buni aksi bo'lsa chi? Shaxvatingiz birinchi o'rinda. Havo inabsiz birinchi o'sha o'rinda. Ulfatlar birinchi o'rinida.

Unda bu odam diniy mevalardan foyda ololmaydi. Mana keyingi o'qiydigan oyatimiz, agar inson do'ppisi nimaga qo'yib qo'yib, jiddiy o'ylanib ko'rsa, belini sindirib yuboradigan oyat. Astar vellar, qul inkani abauqul. Ayting, ey Muhammad alayhissalom. Agar ota onalaringiz boy, quvvatli otangiz gunoh ma'siyatga buyurib turibdi.

Alloh norozi bo'layotgan ishga buyurib turilibdi. Agar quloq solmay osiylik qilsangiz, merosdan mahrum qilib qo'yishi mumkin. Agar otanglar Allohdan sizlarga sevimliroq bo'lsa va abna ukm bolalaringiz sizlarga Allohdan ko'ra azizroq bo'lsa. Ya'ni bolasiga bir narsa topib kelish uchun yoki bolasini talabiga ko'ra haromga kirib ketyapti. Va ixvanukum. Aka ukalaringlar Allohdan ko'rasizlarga aziz bo'lsa. Va azvajukum. Juftlaringiz Allohdan ko'rat sizlarga aziz bo'sa. Mana aytdik ku, alloh sizni aziz qilish uchun, al aziz bo'lgan alloh sizga hamma narsadan aziz bo'lishi kerak.

Er xotin ajrashyapti. Mana ajrashlikda shariy hukm bor va voziy hukm bor, sud bor. Xotin shu eri bilan ajrashayotganda, qaysi hukmga murojaat qiladi? Albatta, sudga. Chunki shariy hukmlarni ajrashsa, erini mulkini hech narsa berilmaydi unga.

Shunda nima qiladi u? Sudga boradi da. Domla, shu oshnam bilan kelisha olmay qoldik, muomalada, tijoratda, pulni ustida. Shariatda hukmini ayting. Muhimi Alloh rozi bo'lsin. Kimga o'tib ketadi ko'prog'i, kimga qoladi kamrog'i muhim emas. Muhimi Allohni rozi bo'ladigan bo'lsin deb keladiganlar bor. Allohni rozi bo'lsin bo'ladi. Yoki bunday mo'ljalli edi. Agar domlaga borsa, bunga hukm qilib berar ekan.

O'shaning uchun falonchiga boradi. Yoki pokinchilarga boradi. Ha, ana, shu yerda aytyapti da, otanglar, bolanglar, ayollaringlar Allohda ko'ra sizlarga sevimliroq bo'lsa. Ayolini yaxshi ko'radi. Allohni norozi qiladigan narsani ayol eridan talab qilib turibdi. Er nima qiladi? Itoat qiladi, Allohni norozi qilib.

Sizni alloh aziz qilishi uchun al aziz bo'lgan alloh sizga hamma narsadan nima olsin? Aziz bo'lsin. Ulug' tobenlardan bo'lgan Hasan i Basriy Basira volisini oldida turarkan, Basira volisiga xalifadan bir buyruq keldi. Bu buyruqni bajarsa, Alloh norozi bo'ladi. Ya'ni Allohga yoqmaydigan hukm.

Shunda Basirani volisi so'rayapti Hasan i Basridan, nima qilay dedi? Agar bajarsa, Alloh norozi bo'ladi. Bajarmasa, xalifa qahr qilib ishdan olib tashlaydi. Yoki jazolaydi. Hasan i Basriyni javobini ko'ring. Innalloha yam nauka min yazidin. Va lekin yazid la yam nauka min alloh. Ya'ni xalifa. Alloh seni Yaziddan saqlay oladi. Lekin Yazid seni Allohdan saqlay olmaydi.

Senga xalifa azizmi, Alloh azizmi deyapti da. Allohdan aytganda qilaver, Alloh saqlab oladi seni xalifadan deyapti. Shuning uchun birodarlar, Allohni roziligini qo'yib, boshqalarni roziligini istayotgan bo'lsak, biz hech qachon aziz bo'lmaymiz. Alloh Taolo ota onaga chiroyli muomala qil, xizmatini qil, duosini oldi dedi.

Bu Allohni buyrug'i, shariatni buyrug'i. Endi bu ota shu farzand o'zini bola chaqasini boqishligi uchun, tirikchiligi uchun boshqa mamlakatga ketadi. Yillar yuradi. Shu bolam chaqam deb. Ha, bola chaqani boqish ham kerak. Ammo ota onaga bir yilda bir marta telefon ham qilib qo'ymaydi. Shunaqalar bor, birodarlar.

Telefon, shunday telefon qilib turib, a yaxshimisiz, dada yaxshimis siz, men yaxshiman, ishlab yuribman deb qo'yishga yaramaydiganlar bor. Farzandini deb ota onasidan voz kechib, ota onasini bir xizmatini qilmay, norozi qilyaptimi? Endi bunaqa yo'l bilan boqilgan farzand ertaga katta bo'lganda otaga xuddi shunaqa muomalani qiladi. Shuning uchun, ey otalar, agar aynan farzandlarimiz bizga nisbatan qilayotgan muomalasidan ko'nglimiz chiqmayotgan bo'lsa, biz norozi bo'layotgan bo'lsak, hadep u bilan urishavermasdan, o'zimizga ham qarab qo'yaylik. Nima yegizuvdik? Qanaqa tarbiya beruvdik? Birinchidan. Ikkinchidan, o'zimiz ota onamizga qanaqa muomala qiluvdik?

Keyinmi? Mana boshiga qo'ngan qushga o'xshaydi da otangni. Pir etib tushib ketib qoladi. Pulingiz ham o'zingizga qoladi. Qa'dasan, bormisan deydigan ham qolmaydi. Ungacha nima qilib qolish kerak? Ayting, ey Muhammad. Agar ota onalaringiz bolalaringiz, aka ukalaringiz, juftlaringiz va kasb qilib topgan ma'lu dunyolaringiz, kasod bo'lib qolishdan qo'rqadigan tijoratlaringiz hamda yaxshi ko'radigan uy joylaringiz Allohda, uning Payg'ambaridan va uning yo'lida jihod qilishdan suyukliroq bo'lsa, u holda kutib turavering. Agar bular mana shu sanalganlar, Alloh va Rasulidan ko'ra sevimliroq bo'ladigan bo'lsa, demak sen hali Alloh tafovutiga qarab yurmagan ekansan.

Aziz bo'lgan Allohga taslim bo'lasan, uni hamma narsasini afzal bilasan, shunda senga yaxshilik keladi, martaba keladi, makonat keladi, rohat keladi, osoyishtalik keladi, saodat keladi. Ikki dunyoda aziz bo'lishlikni birodarlar. Ikki dunyoda saodatli bo'lishni retsepti, aziz bo'lgan Alloh Taoloni hamma narsadan ustun ko'rishligimizdan.

Aqulu qovli ha'da va astag'firulloh ali valakum, innallohi va malakati huyu salluna ala nabiy, ya yuhalladina amanu, sollu alayhi va sallimut aslima.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish