# 86-dars Al-Aziz (4-qism): Asma-Ul-Husna

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Asmoul husno](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno.md), lecture 89 of 110
- Section: Al-Aziz
- Duration: 19 min
- Original title: 86-DARS AL-AZIZ (4-QISM) / ASMA-UL-HUSNA
- Review status: reviewed
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/89
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/3vrAvM_0-pM.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=3vrAvM_0-pM
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/88.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/90.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:01] Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi nahmaduhu onas da'inuhu onas firu. Va na'udhullohi min shu'ruri yonfusinga. Va min sayyi'ati amalina. Man yahdihillahi falamu billaluh va man yug'unilgu falah hadiyaluh. Va nashxadu alla ilohi illallohu vahda hula sharikala. Va nashxadi anna muhammadan abduhu rasuluh. Amma ba't, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'l va barakatuh.

[0:31] Alloh taolo Qur'onda aytadi, istaytmulla, qul inkana aba ukun va abna ukun va ixlanukun va azvajukun va ammu alukun iqtirof tumuha va tijara tun taqshona kasadaha va ma sakinatardonnaha ahabba ilaykum minallohi va rasulih va jihadin fi sabih lihi fotarobbasi. Ayting, deydi Alloh taolo Qur'onda. Muhammad ali assalom ayting, agar ota onanglar, farzandlaringlar, aka ukalaringlar, juftlaringlar, kasb bilib topgan mol u dunyoyinglar, kasod bo'lib qolishdan qo'rqayotgan tijoratinglar, o'zinglar yaxshi ko'radigan uy joylaringlar, ya'ni insonga yaqin bo'lgan hamma narsada. Ota ona, xotinim, bola chaqa, tijorat, uy. Insonga yaqen bo'lgan inson ulardan ajralishni xohlamaydigan narsalar. Allohdan va uning payg'ambaridan. Va uning yo'lida jihod qilishdan suyukliroq bo'lsa, u holda Allohni amrini kutib turaveringlar.

[1:34] Insonlarni ustlariga musibatlar, balolar, sinovlar, mashaqqatlar qachon keladi? Allohni manhajidan chiqib ketganda. Ma yaf'alullohu bi adabikum in shakartum va aman tum deydi Alloh. Ey, sizlar shukur keltirib, iymonli bo'lsanglar, Alloh sizlarni nima uchun azoblasin deydi. Ma asobaku min musiba dedi ikkinchi oyatda. Nima musibat kelsa, o'zinglar qilgan ish tufayli yetadi, deydi Alloh.

[2:04] Hozirgi kunda sizga nima yoqmayapti ustingizda turgan? Ishingiz yurishmayaptimi? Topganingizda baraka yo'qmi? Boshingiz kasaldan chiqmayaptimi? Boshingiz qarzdan chiqmayaptimi? Musibatu, to'g'rimi? Xotin itoatsizmi? Farzandlar bir noloyig'mi? Sizga nima yoqmayapti? Qarang da, bu musibat. Shu musibatlarda hammasi o'zinglar qilgan ish sababli bo'ladi deyapti Alloh Taolo. Yana Alloh ko'p gunohinglarni kechirib turaman deydi.

[2:35] Agar seni mana shu dunyo matohi, dunyoning latta luttasi qalbingni to'g'ridan joy egallab turgan bo'lsa, sen hali birodar Alloh tarafga qarab yuruvchilardan massan. Alloh Allohga qarab yurayotganlardan bo'lishing uchun, unga taslim bo'lasan, uni hamma narsani afzal deb bilasan, shunda senga yaxshilik keladi, shunda martaba keladi, shunda rohat keladi, shunda osoyishtalik keladi, shunda saodat keladi, shunda omonlik keladi, shunda tavfiq keladi. Alloh hamma narsadan siz uchun ustun.

[3:15] Bir tijoratga kirmoqchisiz, birov bilan muomala qilmoqchisiz, lekin shu ishni qilsangiz katta foyda bor u, ammo Alloh norozi bo'ladigan holat. Shunda tollash kerak. Nimani tollaysiz? Sen birodar Allohni saqlashi, uni qo'llashiga qachon ega bo'lasan? Qachoniki unga bo'ynini somsang, itoat qilsang. Mana Alloh Taolo aytyapti. Agar sizlarga otanglar, bolanglar, xotininglar, dunyoviy matohi dunyo chaqalari sizlar uchun afzal bo'lsa, fatorabbas u Allohni ishini kutib turinglar deydi. Fatorabbas u hatta ya tiya Allohu bi amrihi va Allohu la yaxdi il komil fasiqi oyatni davomi. U holda to Alloh o'z amrini, ya'ni azobini keltirgunicha kutib turing.

[4:07] Hamma narsadan Alloh sevimli bo'ladi, in'iy baraka topasan. Hamma narsadan Allohni ustunda bilasan, keyin yaxshilik keladi senga. Nozik haqiqat musulmon odam dunyoni ishini ham, dinni ishini ham jamlay oladi. Ya'ni dinini mahkam ushlagan holda dunyo ishlarini qiladi. Dunyoni ham tashlamaydi, dinni ham tashlamaydi. Iloji bormi bu narsani? Iloji bor. Mana shu narsa lekin komil islom bo'ladi, birodar. Osonda, bir yo'la tijoratga kirib ketib, ibodat bilan ovora bo'lmaslik, yoki bir yo'la ibodatga kirib ketilib turib, dunyoda tashlab qo'yishlik. Bu oson.

[4:51] Qiyinni qaysi? Qiyin ikkalasini teng ushlab ketishlik. Bir odam namoz o'qib turib ham Allohga bog'lanmagan bo'lishi mumkin. Haj qilyotib ham Allohga bog'lanmagan bo'lishi mumkin. Ro'za tutyotib ham Allohiga bog'lagan bo'lmasligi mumkin qalbi. Bu shioriy ibodatlar deyiladi. Jasadimiz bilan qiladigan ibodatlarda, islom shiorlari. Ammo buni orasida shahvatlar turgan bo'lsa, ma'siyatlarni ham qilib turgan bo'lsang, gunohlarni tarqamagan bo'lsang, demak, sen uchun Alloh'dan ko'ra shahvatlaringni ustunroq ekan.

[5:27] Qaytarib aytamiz. Ro'za tutishi mumkin, haj qilishi mumkin, namoz o'qishi mumkin, sadaqa zikr qilishi mumkin. Shularni qilib turib, yana gunohlardan tiyilmayotgan bo'lsa, demak gunoh bu odam uchun. Shahvat bu odam uchunga Alloh'dan suyukliroq ekan. Bu odam Allohga qarab yurgan solik yuruvchilardan emas. Alloh bu narsalarni hammasidan aziz bo'lishi kerak. Seni uchun. Agar sen Alloh uchun xolis bo'lsang, taslim bo'lsang, bo'yin sin seng, hamma xohish istaklaringni, shahvatlaringni oyog'ini tagiga tashlasang, bilasanmi nima bo'ladi? Unga bo'lgan yaqinlikni his qilasan. Muhabbatni topasan. Tavfiqni, nusratni, saodatni, xotirjamlikni qo'lga kiritasan. Qalbing xotirjam bo'ladi. Qalbing rozi bo'ladi. Agar buni aksi bo'lsa chi, hamma narsadan Alloh senga aziz bo'lmasa qanday bo'ladi? Jasading bilan ibodat qilyapsan, ammo Alloh sen uchun hammadan aziz emas. Buni misoli, bir mashinani tasavvur qiling.

[6:38] Kuzovi juda ham tekkis. Kraskasi juda ham o'rnida. Ko'rinishi haqiqatdan ko'zni to'ldiradi. Hamma yog'i zo'r. Saloniga o'tirsang, tushgim kelmaydi salonidan. Lekin motori yo'q. Endi Allohning amrida mustaqil bo'lmaydigan bo'lsang, itoatda bo'lmasang, boyagi motor yo'q mashina yurmaganidek, dinni mevalaridan sen foydalana ololmaysan.

[7:08] Alloh taologa itoatda turish halovati, iymon halovati. Salasumman kunna fiyi, vajada behina, taomil iyma. Uchta sifat bor, deyaptilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, iymon bahor yo muslim keltirgan hadisda. Uchta sifat kimda bor bo'lsa, shu inson ana shu sifatlar bilan iymonning mazasini, ta'mini totib ko'ribdi. Mana eshitaylik. Biz iymonning ta'mini totib qo'rganmizmi, yo'qmi?

[7:43] Million marta holva desin, og'zingizda shira mazasi paydo bo'lib qolmaydi. Holva ta'mi paydo bo'lib ham qolmaydi. Uni bir marta totib ko'rish kerak. Million marta sifatlab bersin qovunni. Lekin bir tishlab ko'rmasangiz uni, siz mazzasini tasavvur qila olmaysiz. Xuddi shunga o'xshagandek, iymonni ham mazasi bor a, birodarlar? Lillahi ilmatalul a'la. Iymonni ham ta'mi, mazasi bor. Rasul aytayaptilar, kim totadi u ta'mni? Uchta sifati bor bo'lsa. Haqiqiy iymonni shunday halovati bor, huzuri bor.

[8:16] Iymonni halovatini siz sotib ko'rgan bo'lsangiz, sizga bu shunaqa quvvat beradiki, qahramonga aylanasiz. Iymonni halavati shunday narsaki, siz uchun bu dunyoni hamma huzur halovatlari oyog'ingizni tagida bo'ladi. Naqd o'n ming dollardan kechib yubordi da, qoyil e, deydi. A siz uchun arzimagan narsa u. Harom. Bu qilgan tijoratingiz harom, undan topgan pulingiz harom deb aytdi domla. Eshitib turib, topilgan pulni kelib chiqishlik tarixini. O'n ming dollar u, e? Siz shunday berib yuborasiz bir ehson qatori. Siz uchun oddiy narsa aytdik ku, agar siz iymonni halovatini totib ko'rgan bo'lsangiz, siz qahramon bo'lib qolasiz. Odamlarni aqllari bog'var qilmaydigan ishni osonlik bilan qiladigan bo'lasiz.

[9:07] Hubayb ibn Adiy, roziyallohu anhuni Makka mushriklari azoblagani tanimga olib chiqishdi Makkadan. Abu sofiyon ibn nahar osib qo'yib, bu sahobani, parcha parcha qilib go'shtini kesar edi. Ana shu azoblab turgan paytda so'radi: ey Hubayb, Muhammadga iymon keltirganliging tufayli shu azobga qolding. Xohlarmiding, seni o'rningdan Muhammad qolib, sen bola chaqangni oldida huzur xolavotda bo'lishligini. Shuncha azoblarga sabr qilib turgan xo'pabi nadi dod dedi. Va allohi dedi. Men ahlim orasida bo'lib, dunyoni hamma ne'matlari qo'limda turib, Rasulullohni o'tirgan joylarida oyog'iga bir dona tikar kelishligini xohlamayman dedi.

[9:57] O'lyapti, azoblanyapti, lekin Rasulullohga bo'lgan iymon shunday quvvat beryaptiki, Rasulullohni oyog'iga tikkan kirmasin deydi. Abu So'fiyon aytadi shunda. Vallohi ma ro'aytu ahadan, yuhibbu ahadan, ka hib bi as suhabi muhammadi muhammadan. Ollohi Muhammadning sahobalari uni sevganlaridek, biron kimsa boshqa birovni sevganini ko'rganmasman. Ya'ni hech kim Muhammad alayhissalomning sahobalari u zotni yaxshi ko'rganda yaxshi ko'rsatgan emas. Ana imonda halovati.

[10:36] Imom mana shunday narsa birodarlar. Allohni roziligini oldida bu dunyoni tuprog'i bilan oltini bir xil bo'ladi. Shunda haqiqiy mo'min bo'lasan. Shubhasi bormi? Qo'lingdagi o'n so'mmi, million so'mmi sen uchun bir xil bo'ladimi? Osonlik baloni tark qilasan. Birodar, iymonni halovati bor. Iymonning halovatini narxi bor. Ana shu narxni to'lamagunicha bandonga erisha olmaydi.

[11:04] Uni narxi Allohga tamomiy itoatda bo'lishlik. Uchta sifat kimda bor bo'lsa, shu inson shu sifatlar bilan iymon ta'mini mazasini topibdi. Birinchisi, an yakun allohu va rasuluhu habba ilayhi minmatih va huma. Alloh va rasuli u uchun boshqa hamma narsadan sevimliroq bo'lsin.

[11:30] Hozir yer yuzida yashab turgan musulmonlarni bir ikki milliard deydigan bo'lsak, ulardan so'rasangiz, Allohni hamma narsadan ko'proq yaxshi ko'rasanmi? Deb. Ular hammasi ha deydi. To'g'rimi? Lekin chindan ham shunaqami? Yo bu quruq davomi, quruq gapmi?

[11:53] Buni isbotini qachon ko'ramiz, birodarlar? Shu ha deb javob berganlarni qarang da, dunyoviy manfaati bilan shariy hukmlar qarama qarshi kelib qolgan paytda qaysi narsani tanlaydi? Alloh va Rasul tarafini mi? Yoki o'zini manfaati nimi? Ha, Alloh men uchun hamma narsadan sevimli degan gap rost bo'lsa, shariat hukmini tanlaydi.

[12:18] Savdo sotiqda, tijoratda she'riy bilan kelishmay qoldik. Yoki klient bilan sotuvchi o'rtasida muammo bo'lib qoldi. O'shaning uchun aytyapmiz da, siz uchun bu dunyodagi hamma narsadan ko'ra Alloh Taolo va uning hukmi, uning dini aziz bo'lsa, unda Alloh sizni qo'llaydi. Siz shariy hukm bilan ishingizni hal qildingiz, hech narsa tegmadi sizga. Siz yutdingiz. Siz yutdingiz. Faqat ozgina vaqt kerak edi uni tushunishingiz uchun.

[12:50] Agar Allohni rasulini tanlasa va Allohni rasuli hamma narsadan unga sevimliroq bo'lsa, demak bu odam iymonni nima ekanligini tushunibdi, iymon halovatini totibdi. Bir birov bir masalasini so'rab kelgan edi sherik bilan o'rtasida pul muomalasi bor ekan. Aytyaptiki, domla deyapti. Muhimi Alloh aytgandayqa bo'lsin deyapti. Muximi shariatdan chiqmaylik. Kimga o'tib ketishiga muhim emas deyapti. Hammasi o'tib ketsa ham mayli, faqat shariy hukm qilib bering deyapti.

[13:22] O'rtada yaxshigina mablag' bor. Kimga ketishi muhim emas. Muhimi shariat bilan bo'lsin deapti. Mana shu odam baraka topadi. Mana shu odat nima qiladi? Baraka topadi. Allohning matohi qimmatdir. Allohning matosi jannatdir. Bu dunyoda ismingizni oldiga doktor, falonchi deyilishig'i uchun, ismingizni oldinga doktor degan so'z qo'yilishi uchun necha yillab o'qishingiz kerak?

[13:50] Maktab, texnikum, institut, universitet, magistratura, dissertatsiya, xullas o'ttiz yillab o'qiyslik kerak. Doktor Ahmad degan nomni olish uchun. Lekin ajal kelganda, Ahmad kirib ketadi qabrga, doktor degan unvon qoladi. Endi dunyoni ozgina obro'yi shuhrati, dunyoni ozginagina matohini qo'lga kiritish uchun shuncha mehnat mashaqqat qilish kerak bo'ladigan bo'lsa, qabrga sen bilan kirmaydigan, yerni betida qolib ketadigan, dunyoni bittagina unvoni uchun shunchaki mehnat qilish keraksiz bo'lsa, nima? Oxiratdagi jannatga yetishi uchun. Ollohni jamolini ko'rishlik uchun mehnat qilmaslik kerak deb o'ylaysanmi?

[14:35] Ha birodar, Alloh Taoloni jannatiga yetish, Uni jamoliga qarashlik uchun katta mehnat qilishlik kerak. Kimda quyidagi uchta sifat bor bo'lsa, u odam iymon halovatini totibdi. Birinchisi, Alloh va Rasuli hamma narsadan u uchun sevimli bo'lsa. Ikkinchisi, bir kishini yaxshi ko'rsa yu, faqat Alloh uchun yaxshi ko'rsang. Uchinchisi, Alloh uni kufrdan qutqargandan keyin, yana kufrga qaytishlikni xuddi o'tga uloqtirilishligini yomon ko'rganday yomon ko'rsan.

[15:11] Ha, bir paytlar bo'lgan boshida, bir yashil ichib qo'yardik to'rtta bo'lsa o'tirib. Ha, bir davr bo'lgan da shu. Voy, u davringni chi, unut. Uyal uni gapirgani. Moqtanyapti u qarab qo'ying. Demak, Alloh uni iymonga qaytargandan keyin yana kufr hayotiga qaytishlikni, o'tga tushlikni yomon ko'rganda yomon ko'rsa.

[15:36] Birodarlar, Alloh Taoloning vasfida tillar ojiz. U al aziz bo'lgan zon. Uni azamati ulug'ligi dengizida har qanday so'zimiz g'arq bo'ladi. Uni kalimasini vas qilishda tillari ojiz bo'ladi. Payg'ambarimiz aytadilar, Subhanaka la uxsi sana' alik, anda kema asna ita ala nafsik. Alibnabit olibdan. Ey Parvardigor, deydi Payg'ambarimiz, sen har qanday aybdan poksan. Seni, sen loyiq bo'lgan sano bilan maqtashga ojizman. Sen o'zingni maqtaganingdeksan. Biz har qancha Allohni Subhanalloh deb poklamaylik, unga loyiq bo'gan salona ayta olmaymiz birodarlar. Chunki biz ojizmiz.

[16:24] Kim Alloh uchun kamtar bo'lsa, Alloh uni aziz qiladi. Kim takabburli qilsa, Alloh uni xor qiladi. Payg'ambarimiz aytadilar, la duoi tu ila quroin. Agar qo'yni tuyog'i, paychog'i pishirib chaqirilsa, shunga ham boraman. Ya'ni ziyofatni oddiysiga ham boraman deydi. Agar menga qo'yni paychog'i hadya qilinsa, albatta qabul qilaman. Alloh uchun kamtar bo'lsa, Allohni aziz qiladi.

[16:55] Siddiq roziyallohu anhu xalifa bo'lgandan keyin ham avvalgi ishiga qaytdi. Nima edi u ishi? Ikkala ko'zi ko'r bo'lgan bir kampir bilan kichkina qizcha yashardi bir uyda. Borib uylarni supurib, echkilarini sog'miq xizmatini qilar edi. Xalifa bo'gandan keyin yana shu ishini qilgani bor edi. Eshikni taqillatganida kampir kim ekan deb so'radi. Qizchasi echki sog'uvchisi dedi.

[17:22] Yo'q, bu kishi endi musulmonlarning xalifasi dedi. Ana kamtarlik birodalar. Xalifa bo'ldi, ertasi kuni yelkasiga qopini olib, molini solib bozorga chiqib ketyapti. Nima qilgani? Savdo qilgani. Ana kamtarli birodalar. Umarun Xattob roziyallohu anhoh. Uyga kelgan mehmon bilan o'tiribdi, shamda almashtirish kerak bo'ldi. Turib ketayotgan edi, siz turmang, men turaman, axir siz O'marsiz ku degandi, turib, shirani almashtirib o'tirib, turyotganimda ham O'mar edim.

[17:54] O'tirganimda ham O'mborman dedi. Shuning uchun birodarlar, kamtar bo'lgan odamni Alloh Taolo aziz qiladi. Takabbur bo'lgan kimsani Alloh Taolo xor qiladi. Alloh azza va jalla al aziz bo'lgan zot. Al aziz bo'lgan Alloh siz uchun hamma narsadan aziz bo'lsa, sizni martabangizni ko'taradi. Dunyoni matohi, shaxvatlar, xohish istaklar oyoq tagiga tashlaysiz. Alloh va Rasul hamma narsadan sizga aziz bo'ladi. Alloh taolo sizga ikki dunyoni saodatini beradi.

[18:30] Aquli qovli ha'da va astag'firullohu li va lakum. Innallohu va malakatuhu yusalluna ala nabiy. Ya yuha alladina amanu sollu alayhi vasallim mutaslima. Assalomu alaykum.

## Quran and hadith quoted in this lecture

- [7:14] Hadith: Sahih al-Buxoriy, 21 (grade: Sahih)
  - Said in the lecture: “Salasumman kunna fiyi, vajada behina, taomil iyma. Uchta sifat bor, deyaptilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, iymon bahor yo muslim keltirgan hadisda. Uchta sifat kimda bor bo'lsa, shu inson ana shu sifatlar bilan iymonning mazasini, ta'mini totib ko'ribdi.”
  - Arabic: ثلاث من كن فيه وجد حلاوة الإيمان من كان الله ورسوله أحب إليه مما سواهما، ومن أحب عبدا لا يحبه إلا لله، ومن يكره أن يعود في الكفر بعد إذ أنقذه الله، كما يكره أن يلقى في النار
- [16:33] Hadith: Sahih al-Buxoriy, 2568 (grade: Sahih)
  - Said in the lecture: “Payg'ambarimiz aytadilar, la duoi tu ila quroin. Agar qo'yni tuyog'i, paychog'i pishirib chaqirilsa, shunga ham boraman. Ya'ni ziyofatni oddiysiga ham boraman deydi. Agar menga qo'yni paychog'i hadya qilinsa, albatta qabul qilaman.”
  - Arabic: لو دعيت إلى ذراع أو كراع لأجبت، ولو أهدي إلى ذراع أو كراع لقبلت

## Self-check quiz

Generated automatically from the lecture; not reviewed by a person.

1. Darsda shioriy ibodatlarni qilib turib ham Allohga bog'lanmagan bo'lishning sababi nima deb tushutilgan?
   - a) Ibodat vaqtida diqqatni jamlay olmaslik
   - b) Dunyoviy mas'uliyatlarning ko'pligi
   - c) Shahvatlar va gunohlar Alloh'dan ustun qo'yilgan — correct
   - d) Jismoniy holatning yomonligi
   - Why: Ustoz ibodat qilayotganda ham qalb Allohga bog'lanmasa, demak shahvatlar va gunohlar Alloh'dan ustunroq ekanligini ta'kidlaydi. [4:51–5:26]

2. Darsda iymonning haqiqiy ta'mini va mazasini bilish uchun qanday shart kerakligi qanday misol bilan tushuntirilgan?
   - a) Qovunning tashqi ko'rinishini kuzatish
   - b) Iymon haqida ko'p kitob o'qish
   - c) Million marta holva so'zini takrorlash
   - d) Holvani bir marta totib ko'rish kerakligi — correct
   - Why: Ustoz iymonning mazasini bilish uchun uni amalda his qilish kerakligini holvani bir marta totib ko'rish misoli bilan tushuntirgan. [7:43–8:15]

3. Darsda Alloh va Rasuli boshqa hamma narsadan sevimliroq bo'lishining amaliy isboti qanday holatda ko'rinadi?
   - a) Moliyaviy muvaffaqiyatga erishish
   - b) Jamoatda ibodat qilish
   - c) Dunyoviy manfaat shariy hukmga zid kelganda shariatni tanlash — correct
   - d) O'qish va bilim olish
   - Why: Ustoz Alloh va Rasuli sevimliroq ekanligining isboti dunyoviy manfaat shariy hukmga zid kelganda shariatni tanlashda ekanligini ta'kidlagan. [11:53–12:16]

4. Darsda Allohning matohi (sovg'asi) nima deb ta'riflangan?
   - a) Dunyoviy boylik
   - b) Obro' va shuhrat
   - c) Jannat — correct
   - d) Ilm va bilim
   - Why: Ustoz Allohning matohi qimmat ekanini va uning asl qiymati jannat ekanini ta'kidlagan. [13:22–13:48]

5. Darsda Abu Bakr as-Siddiq xalifa bo'lgach, kamtarligini namoyish etish uchun qanday ishni davom ettirgan?
   - a) Ko'r kampir uchun uy supurib, echki sog'gan — correct
   - b) Mehmonlarga sham almashtirgan
   - c) Qo'yni paychog'ini qabul qilgan
   - d) Bozorda savdo qilgan
   - Why: Ustoz Abu Bakr as-Siddiq xalifa bo'lgandan keyin ham ko'r kampir bilan yashovchi qizcha uchun uy supurib, echki sog'ish xizmatini qilganini misol keltirgan. [16:55–17:21]
