Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi nahamaduhu onas ta'inuhu onas firdh. Va na'udh billahi min surur ya'nfu sinav va min sayyi'ati amalina. Man yahdihillahi falamudilala va man yig'ililgu falah hadiyala. Va nashxadu alla iloh ilalloh va hidahular sharikala. Va nashqadu anna muhammadan abduhu va rasuluh. Amma va'd. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'al va barakatuh.
Alloh subhanahu va taoloning asmoli husno, go'zal ismlari silsilasidan birodarlar, navbatdagi darsimiz. Bugun alloh taoloning al muhaymin ismini dars qila boshlaymiz. Alloh taoloning go'zal isminlaridan al muhaymin. Al muhaymin ismi, birodarlar, alloh taoloning bu ismi qur'oni karimda bir o'rinda vorid bo'lgan. Istadibillar. Hu allohu la deyla ilaha illa huval malikul quddusus salamul mo'minul muhayminul azizul jabbarul mutakabbir subhanallohi amma yushlikum. Hashar surasi. U alloh shunday zoddirki, hech qanday iloh yo'q. Faqat uning o'zi bordir. U yolg'iz podshohdir. Barcha aybi nuqsondan pok salomatdir. O'zi xohlagan bandalarini dunyo balo ofatlari va oxirat azobidan omon qilguvchidir, bandalarning amallarini ko'rib kuzatib turguvchidir, al muhaymin, qudrat sohibidir, bo'yin sindirguvchidir, tanho kibr egasidir. Alloh ularning, mushriklarning shirklaridan pokdir. Demak, Alloh Taoloning al muhaymin ismi Qur'oni Karimda bitta oyatda vorid bo'lgan.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislarida bu ism vorid bo'lmagan. Mana endi al muhaymin ismining lug'aviy ma'nosi. Al muhaymin kalimasi haymana fe'lidan ishtirok qilib olingan. Haymana, ehtiyot qilish, g'amxo'rlik qilish, parvarish qilish, biroq haqida qayg'urish, nazorat qilish, hukmron bo'lish, boshqarib turishlik ma'nolarini bildiradi. Demak, Alloh Taolo Al muhaymin deganida boshqarib turovchi, ehtiyot qiluvchi, g'amxo'rlik qiluvchi degan ma'nolarni bildirar ekan.
Al muhaymin ismini mana ma'nolaridan. Alloh Al muhaymin, Ar Roqib, Ash Shahid. Buni ma'nosi qanaqa? Istarab bilar, ya'lamu sirro va axfa. U Alloh sirni ham, eng maxfiy narsalarni ham bilur. Al muhamin bo'lgan Robbimiz Subhanahu va Taolo shunaqa zotki, na osmonda va na yerda U Zotga biror narsa maxfiy emas. Alloh Taolo hamma narsani biladi. Oshkorasini ham, maxfisini ham. Siz biladigan narsangizni ham biladi. Siz bilmaydigan narsangizni ham biladi. Sizga ma'lum narsani, maxfiy narsani ham biladi. Niyatingizni ham biladi . Hayolingizga nima kelib ketdi? Uni ham biladi. Hayolingizda nima turibdi? Buni ham biladi. Hayolingizga nima keldi? Uni ham biladi . Oxirgisini siz bilasizmi?
Hayolingizga nimaga kelganini bilasiz, esdan chiqmasa. Hozir nima turganini bilasiz, lekin hayolingizga sal turib nima kelishini bilasizmi? Alloh uni ham biladi. Masalan, bir ishni qilib, shundan bir yaxshi natijaga erishmoqchisiz. O'sha ishni qilib o'zingiz kutgan yaxshi natijiga erishligi uchun sizda aniq, puxta ishonchli ma'lumot bor bo'lishi kerak. Ma'lumot bo'lmasligi kerak. Shunda ishingizni nazorat qilasiz. Shunda bu ishingizni ustida qiladigan qaroringiz to'g'ri bo'ladi. Demak, bir ishni ixota qilishlik uchun u haqida to'g'ri ma'lumotingiz bo'lishi kerak. Masalan, tijoratingiz haqida.
Foyda qilyapman deb o'ylayapsiz. Nazaringizda foyda bo'lyapti, konteynerda yuk kelyapti, sotyapsiz, kelyapti, sotyapsiz. Nazaringzda foyda bo'llayapti. Foyda qilayapman deyapsiz, lekin aniq emas ma'lumoting. Zarar qilayotgan bo'lishingiz mumkin. Ammo ma'lumotingiz noto'g'ri bo'lganligi uchun bilmayapsiz bu narsani. Demak, bir ishni idora qilib, ihota qilib boshqarishlik uchun, to'g'ri boshqarish uchun, bu ish haqida to'g'ri ma'lumotinguz bo'lishi kerak. Alloh taolo idora qilayotgan, boshqarayotgan bu koinot haqida hamma ma'lumoti to'g'ri.
Ikkinchidan, al muhaymin har bir narsani aniq biladi. Hamma narsadan xabardor, hamma narsani biladi. Nima sodir bo'lgan bo'lsa, biladi. Nima sodiq bo'layotgan bo'lsa biladi va nima sodir bo'sa kelajakda, uni ham biladi. Endi, nima sodir bo'magan bo'lsa, uni ham biladi . Ana shu sodir bo'magan narsa, agar sodir bo'lsa, qanday bo'lishini ham biladi.
Avvalni ham, hozirda ham, kelajakda ham, yo'qni ham biladi. O'sha yo'q, bo'lsa qanaqa bo'lishini ham biladi. Tushunarlimi? Ming marta damlagan oshdi to'yda, povor. Har safar damlab turib aytadiki, ey Xudo sharmanda qilma deydi. Bilmaydi da, qanaqa chiqishini. Ming marta o'sha nol olti ni motorini yiqqan. Ming marta ko'zini yumib yig'adi. Lekin yig'ib olib bosyapti, nima deydi? Ha, ana onqir ming marta damlagani ochdi. Ming marta motor qilgan, lekin bilmaydi nima bo'lishini. Ammo Alloh Taolo hamma yo'q deb biladi.
E, birodarlar, Alloh haqida ilmingiz ko'paygan sari, Allohning qudrati, ilmi, Alloh Taoloning kimligini taniganingiz sari, hayo qilishingiz ko'payadi Allohdan. Qanchalar tanisangiz, shunchalar uyalasiz Allohdan. Bir student aytyapti, men Allohda qo'rqmayman deyapti.
Yosh yigit. To'g'ri, to'g'ri aytyapti, u haq qo'rqmaydi. Nima uchun qo'rqmadi? Tanimaydi da. Buni misoli, bog'bon ikkiga kirgan, uchga kirgan bolasini ertalab bog'ga olib bordi. Bitta katta daraxtni soyasiga o'tkazib qo'yib, kirib ketdi daraxtlarni ichiga. Tog'ni oldidagi katta bog'. Bir payt uzunligi bir besh metr kelayotgan ilon so'dirilib, haligi uch yashar bolani oldiga keldi.
Bola qo'rqadi bundan qo'rqmaydimi? Qo'rqmadi. Nimaga qo'rq maydi? Bilmaydi da ilondan nimaligini. Dadasi ko'rsin, besh metrdan rangga uchib ketadi. Qochib qoladi. Ha ana, u bola ilondan qo'r qmaydi. Sababi bilmaydi da ilonni. Tanimaydi da ilonni? Lillahi ilmas alul a'la. Boyagi student Xudodan qo'rgmayman deyotgan paytda u haq u. Chunki nima qilmaydi u?
Biz al muhammin bo'lgan robbimiz alloh subhanahu va taolo kuzatib turuvchi, ko'rib turuvchi, eshitib turuvchi. O'y hayollarimizdan xabardor. Esimizdan chiqib ketgan narsalarni biladi. Nafsingni holatidan xabardor. Sirringni ham, oshkoringni ham biladi. Yolg'iz qolgandagi ishlaringni ham biladi. Odamlarni oldida qilayotgan ishingni ham biladi. Niyatingni bilib turadi. Demak, Alloh Taoloning siz bilan biz haqimizdagi ilmi mutloq. Butun borli haqidagi ilmi mutlo q. Chunki u al muxamin bo'lgan zod.
Vallohu bikulli sha'in alim. Alloh barcha narsani bilguvchi bo'lgan zon. Alloh hamma narsani bilib turadi, degan e'tiqodingiz mustahkam bo'lsa, Alloh Taolo hamma narsadan xabardorligi, iymoningiz komil bo'lsa, bu ilm sizni Allohdan uyalishlikka, hayoga chaqiradi. Mustaqil bo'lishga majbur qiladi. Uyalishgacha da'vat qiladi.
Kim uyalmas ekan Alloh'dan? Tanimaganlar. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: istah yo minallohi haqqal hay'a. Allohdan chinakamiga, rostakamiga hayo qilinglar. Sahobalar aytishdi: yo Rasululloh, innna nastahiy va alhamdulillah. Biz alhamdulillah Allohdan hayo qilamiz deyishdi. Shunda Payg'ambarimiz aytdilar: bunday emas. Allohdan bo'lgan haqiqiy hayo. Mana hozir hammamiz Allohdan uyalamiz deymiz.
Allohdan uyalamoz deymiz. Mana Rasululloh aytib beryaptilar, u hayo qanaqa bo'lishligini. Bunda emas. Allohdan bo'lgan haqiqiy hayo boshni va undagi narsalarni saqlash. Har xil hayolni olib kelmaslik, ko'ngilga har xil narsani olib kelavermaslik, qorinni va u xohlagan narsalardan saqlash, to'g'ri kelgan narsani yeyavermaslik, o'lim va baloni eslashlik. Mana shu hayot. To'g'ri kelgan narsani hayol qilavermaysiz, to'g'ri kelib narsani yeb ichavermaysiz va o'limni doim eslab turasiz.
Rasululloh davom ettilar. Kim oxiratni istasa, dunyo ziynatlarini tark qiladi, bas kim shunday qilgan bo'lsa, tahqiq chindan alloh taologa hayo qipti dedilar. Hayo qilamiz ekami? Uchinchidan. Al muhaymin har narsaga qodir zot. Al muhayminni yana bitta ma'nosi qudrat. Qodir. Biladi va qudrati yetadi. Qudratda ikkita sharti bor.
Qudratni ikkita sharti bo. Ilm va quvvat. Bilasan, bilgan narsangni amalga oshirgani quvvating yo'q. Yoki quvvating bor, shu ishni qilishga, biliming yo'q. Tushunarli bo'ldi a? Biliming bor, bilasan qanaqa qilishni, quvvating yo'q. Ili quvvating bor. Nima qilishni bilmaysan. Bu insonlarda shunaqa. Bir odam bor, biladi, ammo ojiz. Yana bir odam bor, qudrati yetadi, ammo bilmaydi. Endi al muhaymin bo'lgan Alloh Taolo esa, ham biladi, ham quvvati, qudrati bor.
Bandani nima tuzatishini Alloh biladi. Bu bandani qanday qilib isloh qilishni ham Alloh biladi. Bir bemor bor, uni tabib ko'radi, dardini o'rganib chiqadi. U dardiga shifo bo'lishiga sabab dorini ham biladi. Ammo bemorga bu tabib shu dorini ichish kerakligiga ishontira olmayapti.
Ana. Ana qudrati yo'q. Biladi dorini, lekin ishontira olmayapti yoki ichira olmayapti. Ammo al muhamin bo'lgan Alloh Subhanahu va Taolo bandani nima tuzatishini ham biladi va shu haqidagi ilmni bandaga bildirib ham qo'ya oladi va mana shu bilimni amalga oshirishlikka qudrat narxini ato qilib qo'ya olaydi.
Sizni nima tuzatishingizni ham biladi. Shu bilimni sizga bildirib ham qo'ya oladi, shuni amalga oshirishlikka quvvatni ham beradi. Masalan, vesni ozaytirish kerak. Ves ozayishi kerak, bilamiz. Lekin nimamiz yo'q? Quvvatimiz, qudratimiz yo'q. Irodamizni kuchi yo'q. Sila voli yo'q. To'g'rimi? Mana ko'ring mana biz ojizligimiz. Vestni ozaytirish kerak, qorinda kuch yetirish kerak, ovqatni kamroq yeyish kerak. Bu bilim. Lekin amalga oshirish chi?
Unga nima yo'q? Quvvat yo'q. Bilasan kitob o'qish kerakligini. Kitob o'qishing yaxshi narsa. Bilasan, ammo amalga oshira olmaysan, o'qiya olmaysan. Nimang yo'q? Qudrating yo'q. Endi savol. Bildingiz, amal qildingiz. Bildingiz, qudratingiz ham yetdi. Endi foyda topishingiz aniqmi?
Aytaylik, inson biladi, qudrati yo'q. Yoki qudrati bor, bilmaydi. Ha xo'p, biz aytyapmiz, ham bilding, ham qudrating yetdi, qilding. Endi foyda qilishing aniqmi? Yo'q. Bu ikkalasi sabab edi xolos foyda qilishingiz uchun. Natija kimni qo'lida edi? Ishlarni hammasi Alloh Taoloni qo'lida bo'ladi, birodarlar. Alloh Taolo bildirdi, qudratni berdi. Bildingiz, amal qildingiz, lekin baribir natija Allohni qo'lida.
Ala ila Allohi tasirul umr. Ogoh bo'lingiz kim? Barcha ishlar yolg'iz Allohga qaytur. Al muhaymin ilmini chegarasi, nihoyasi yo'q. Qudratini cheki yo'q, hamma hamma ish uni huzuriga boradi. Hamma ishlarning oqibati ham uni qo'lida bo'ladi.
Birodarlar, mana shunday ulug' robning muhabbati qasd qilinmaydimi? Mana shu al muhaymin bo'lgan Allohninng jannatidan umid qilinmaydmi? Jahannamadan qurqilmaydimi? Ogoh bo'lingiz kim? Barcha ishlar yolg'iz Allohninng qaytib. Aquli qovli hada va astag'firullohu alayhi va alakum. Innallohi va malayki ataxu yu sollu uni ala nabiy. Ya yu halladina amanu sollu alayhi vasalli mutaslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi ta'l va barakatuh.