# 88-dars Al-Muxaymin (2-qism): Asma-Ul-Husna

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Asmoul husno](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno.md), lecture 91 of 110
- Section: Al-Muhaymin
- Duration: 27 min
- Original title: 88-DARS AL-MUXAYMIN (2-QISM) / ASMA-UL-HUSNA
- Review status: reviewed
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/91
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/VsfnO8LfppM.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=VsfnO8LfppM
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/90.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/92.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:01] Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi nahmatuhu va ras ta'inuhu onasida oxshuru. Va navg'ul billahi min sururiyan fusinga va min sayy'ati amalina. Man yahdixillahi falahmuhillala va man yudulilhu falah hadiyalar. Va nashxadval la iloh ila alloh va hidahular sharikala va nashxad anna muhammadan abduhu va rasuluh. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatuh. Asmoli xusnori silsilada aslidan birodarlar, alloh taoloning al muhaymin ismini o'qiyotgan edik, davom etkazamiz.

[0:40] Al muhaymin. G'amxo'rlik qiluvchi, parvarish qiluvchi, tarbiyalovchi, ihota qiluvchi. Badavlat inson. Katta tijorati bor. Daromadi ham katta. Qo'lida yuzlagan odamlar ishlaydi. Uch qavatli uyi bor. Ichida hamma yog'i bor. Basseynidan tortib garajgacha, tyopliy bulardan tortib, oshxonasi xizmatkorlarigacha, hamma yog'i bo'.

[1:09] Kutilmaganda, o'ylamagan joyida ajal keladi da, vafot etadi. Mana endi bu hashamatni hammasidan ajrab qoladi. Mana endi uni uyi qabr. Qabr yo jannat bog'laridan bir bog' bo'ladi, yo do'zax chuqurlaridan bir chuqur bo'ladi. Birodalar, Alloh Taolodan taqvo qilish uchun, Alloh Taoludan hayo qilishlik uchun qabrni eslab turish kerak. Ora churada qabristonga ham borib turish kerak. Qasd qilib, to'xtab, kirib bir aylanib chiqish kerak. Toki Robbizni esga soladi o'lim. Al muhaymin.

[1:49] Uning ilmini chegarasi nihoyasi yo'q. Qudratini cheki chegarasi yo'q, hamma narsa uni huzuriga boradi, hamma ish uning qo'lida. Almohayminning ma'nolaridan to'rtinchisi, haymana, shafqat bilan nazorat qilish, rahmat bilan kuzatish, mehribonlik bilan ehtiyot qilishlik. Haymanani bir ma'nosi, nazorat qilishi, kuzatish, g'amxo'rlik qilish. Bolasi kasal bo'lib qolgan ona, shu bolasini ustida qiladigan ishi haymana deyiladi. Kasal bo'lib qoldi, istimasi ko'tarildi. Nima qiladi? Doktorga telefon qiladi, dori olib keladi, ustida turadi. Injiqligiga qaramaydi, dorini ichiradi. Qo'yingki, tuzatishga harakat qiladi. Onani o'zini kasal farzandiga mana shunday qattiq e'tibori, rahmati haymana deyilada. Endi mana shu ishni siz bilan bizni sizda qilib turgan zot al muhaymin bo'lgan alloh subhanahu va taolo.

[2:49] Mehribon otani ham o'zini farzandini usta haymanasi bo'ladi. Kim bilan yuribdi? Nima yeyapti? Nima kiyyapti? Uyga qachon ketyapti? Qachon ketyapdi? Darsini bajardimi? Kimlar ulfati? Agar haqiqatdan bu ota farzandiga muhabbati rost bo'ladigan bo'lsa, mana shunday nazorat qiladi. Bu nazorati qo'rqitish, bo'yin so'ndirish ma'nosida emas, balki rahm shafqat qilish, mehribonlik ko'rsatishlik ma'nosida bo'ladi.

[3:22] Haymananat birodar taqozosi mana shu bo'ladi. Endi alloh taoloni al muhaymin deyapmiz, bandasiga bo'lgan rahmati, shafqati cheksiz. U bandalar o'zlariga mehribon bo'lgandan ko'ra, Alloh ularga mehribonroq. Shuning uchun hech qachon o'zini bandasini Alloh Taolo o'zini holiga tashlab qo'ymaydi. Nazorat qiladi, kuzatadi, ularni foydasiga xaris bo'ladi.

[3:46] Beshinchi ma'nosi. Al muhaymin bo'lgan alloh subhanahu va taolo o'zi nazorat qilib turgan, o'zini kuzatuvida turgan bandalarni himoya qiladi, saqlaydi. Mana aytdik, ota bolasiga mehribon, shuning uchun doim nazorat qilib suradi hamma yog'ini. Agar shu farzandi qima degan ishini qilib qo'ysa, jazolaydi.

[4:10] Men qilgan ishlarga kelib qolgan bo'lsa, jazolaydir. Va mana shu jazolashligi otani shu farzandga bo'lgan mehribonligini dalayida. Alloh ham bandasini kuzatib turadi. Shuning uchun undan biror bir xato sodir bo'ladigan bo'lsa, tezda jazolaydir'. Chunki alloh taolo al muhaymin. Bandasini ustida haymanasi bor. Haymana nima edi? Muhabbat, shafqat, rahmat ko'rsatishlik.

[4:39] Oltinchidan. Al muhayminning oltinchi ma'nosi. Agar sen al muhaymin bo'lgan alloh bilan birga bo'lsang, sen g'oliblardan bo'lasan. Al muhayminni ma'nolaridan bittasi shu. Istaydu billah, yam hullohu riba va yurbi sadaqot. Alloh sudxo'rlikni foydasini yo'q qiladi va sadaqalarning foydasini ziyoda qiladi. Baqara surasi. Agar sen al muhaymin bo'lgan alloh bilan birga bo'lsang, molik omonda. Chunki sen ribodan uzoqsan da. Ribodan uzoq bo'lganidan keyin Alloh Taolo molini saqlaydi.

[5:23] Agar sen al muxaymin bo'lgan alloh bilan birga bo'lsang, g'olibsan. Senga pokiza hayot beriladi. Chunki Alloh Taolo Qur'onda va'da qilgan. Man a'roda an rikri fa innalahuu maishatan donkan. Kim meni eslatmamdan yuz o'girsa, bas u uchun tanglik hayoti bo'ladi. Tang hayot bo'ladi. Endi agar Alloh bilan birgalikda bo'ladigan bo'lsang, senga pokiza hayoti beriladi. E'tibor bersanglar, meni eslatmamdan yuz o'girgan insonni kambag'al qilib qo'yaman, kasal qilib qo'yaman demayapti. Unga tang hayot beraman deydi. Endi tang hayot qanaqa hayot bo'ladi? Boy bo'lib turib ham, sog' bo'lib turib ham hayoti tang bo'lishi mumkin. Ammo sen al muhaymin bo'lgan alloh bilan birga bo'lsang, senga pokiza hayot va'da qilingan.

[6:16] Agar sen al muhaymin bo'lgan alloh bilan birga bo'lsang, senga nusrat, yordam, tavfi keladi. Agar sen al muhaymin bilan birga bo'sang, haqiqiy kuluvchilardan bo'lasan. Haqiqiy kulish qachon bo'ladi? Oxiridagi kulgi haqiqiy kulgi bo'ladi. Kofirlar bu dunyoda kuladi. Mo'minlar oxiratda kuladi. Haqiqiy kulgi oxiratdagi kulgi. Alloh Taolo aytadi: va innahukana fii ahlihi mas'ururo. Albatta u kofir. Dunyo hayotida o'zini oilasida shod u xurram edi. Hamma yog'i zo'r. Yeyish ichishi bemalol, tani sog', qo'lini qayoq uzatsa yetyapti, xursand. Kular edi hayotda. Endi muomalachi? Qiyomat bo'ldi, hisob kitob bo'ldi, jannatga kirdi, Alloh aytadi: voyangqal ibu ila ahlihi mas'ruro. Va o'zining jannatdagi ahli oilasiga shod u xurram holda qaytajak.

[7:18] Al muhaymin bo'lgan Alloh bilan birga bo'lsak, nima degani bu? Men birgaman Al muhaymin bilan desangiz bo'ldimi? Yo'q. Ana shu Alloh Taolo buyurgan ishni qilsangiz, qaytarganidan qaytsangiz, taqvoga intilsangiz, Rasulullohni sunnatini mahkam ushlasangiz, demak Alloh bilan Al muhaymin bilgan birgasiz, binobarin siz g'oliblardan bo'lasiz.

[7:44] Haymananing katta ma'nolaridan ilm, qudrat, ishlarning oqibati, qo'shimcha ma'nolaridan shafqat, rahmat, omonat, intizom, davomiylik va nusra. Mana, qushning haymanasi. Ana shu jo'jasi ochilib chiqishi bilan uni ustidagi bir farg'onaligini ko'ring. Tinmasdan ovqat olib keladi. Tinmasdan xizmatida bo'ladi. Xatardan himoya qiladi. Taomini, sharobini muhayyo qiladi. Mana shu qushning haymonasi deyiladi.

[8:18] Al muhayminning ma'nolaridan yettinchisi. Al muhaymin maxluqlarga xavfdan omonlik beradi. Mana Muso va Horun alayhimas salom. Bu ikkita ulug' payg'ambarni Alloh Taolo shir avunning oldiga borib, uni haqqa da'vat qilishlikka buyurildi. Endi shir avn o'zini zamonasidagi eng katta zolim. Bu payg'ambarlar aytishdi. Astabi billa, qola, robbana, innana, nahofu, an ya furuton, alayna, av an ya tg'o. Ular aytishdi, parvardigor, darhaqiqat biz agar uni senga iymon keltirishga da chaqirsak, u shoshqaloqlik bilan bizni azobga giriftor qilishidan yoki battar tug'yonga tushishdan xavfdamiz. Xavotirimiz bor, qo'rqyapmiz dedi. Alloh nima dedi? Qola, la tahofa. Qo'rqmanglar. Innaniyma akuma, asma u va aro. Men sizlarni ikki oila bilan birgaman. Eshitib ko'rib turaman. Al muhayminning ma'nolardan bittasi mana shu.

[9:30] Omonlik beradi xalqdan. Mana shu Alloh Taolo omonlik beradi, saqlaydi degan ma'no Alloh Taoloning Al Mu'min ismida ham bor edi. Mana shu o'rinda al mu'min ismi bilan al muhaymin ismini ma'nosi bir biriga yaqin bo'lyapti. Kuzatib turadi Alloh Taolo bandalarini va o'zi nazorat qilib turgan bandalarini omonlikka chiqaradi, xalqdan saqlaydi.

[9:54] Onasi bilan turgan yosh bolani tasavvur qiling. Ikki yashar, uch yashar. Onasini qo'li mahkamishlab olgan. Bir qadam jilmaydi. Tamomiy xotirjam deydi. Qo'rqmaydi. Xavotir yo'q. Sabab, onasi yonida turibdi da. Onasi unga mehribonligini biladi da. Endi Alloh sizga mehribonlikini bilsangiz chi.

[10:19] Aytdik, mehribon ota g'amxo'r ota bolasidan bir xato sodir bo'lsa, uni jazolaydi. Shu ishni takrorlamasligi uchun, xatoga kirmasligi uchunga. Chunki yaxshi ko'radi da. Mana endi Al Muheymin bo'lgan Alloh Taolo ham, mo'minlardan xato sodir bo'sa, qoyil ishlik sodir bo'sa ular balolarga uchratadi. Bir hikmat sababli.

[10:48] Alloh Taolo ba'zida mo'min bandani mashaqqatga, dushmanga yoki zolimga tashlab qo'yadi. Nima uchun? Yomon ko'rgani uchunmi? Yo'q. Ulug' bir hikmat uchun. U hikmatni kimdir tushunadi, kimdir tushunmaydi. Kimdir biladi, kimdir bilmaydi. Kimdir tan oladi, kimdir tan olmaydi. Alloh Taolo siz bilan bizga onamiz bizga mehribon bo'lgandan ko'ra mehribonroq.

[11:17] Modomiki shu kunni berdimi? Demak orqasida hikmat bor. Bu musibat yo gunohlarimiz ko'payib ketuvdi, ularni yuvish uchun keldi, yoki darajamizni Alloh Taolodi huzurida ko'tarilish uchun kelti. Ikkala holatda ham mo'min odam yutuqda bo'ladi. Nimaga bunaqa bo'lyapti? Nimaga musulmonlar xor bo'lyapti har tomonda? Birodarlar hikmati bor. Sababi bor.

[11:40] Alloh Taolo aytadi, astadubilloh. Vala tahsabanna alloha g'ofilan amma ya amal u volimun. Innama yu oxir ruhumli yalmin tashqosufi hil abusor. Ey Muhammad alayhissalom, siz hargiz Alloh zolim kimsalarning qilayotgan amallaridan g'ofil deb o'ylamang. Alloh g'ofil emas, hamma yoqda ko'rib turibdi. Faqat Alloh ularning jazolarini ko'zlari dahshatdan qotib qoladigan, qiyomat kuniga qoldiryapti xolos.

[12:15] Sinov uchun, imtihon uchun, zulm qilsa ham, birovni haqqini yesa ham, haddidan oshsa ham, hech qanday balo kelmayapti. Musulmon haq bo'lib turib, mazmun bo'lib qolyapti. Javob bera olmayapti. Haqqini undira olmayapti. Alloh bilmayaptimi, buni demanglar. Bir katta tijorat do'konini tasavvur qilinglar.

[12:41] Mana shu katta tijorati do'konini xo'jayini ertalab hammadan burun o'zi keladi, do'konni ochadi, rastalarini ortiga o'tib, ishchilarni kuzatib turadi. Kassani orqasida o'tirib kuzatadi. Sotuvchilarni har bitta harakati, aytayotgan so'zi nazoratda. Endi mana shu qo'lida ishlayotgan sotuvchilarning xiyonatkorligi yoki omonatdorligi bilan olamizmi buni? Yo'q. Ustida kuzatayotganini ko'rib bilib turibdi da. Ishdan haydab olishi mumkin. Demak, bu sotuvchilarni omonatdorligini yoki xiyonatkorligini bila olmaymiz. Mana endi hozir shunaqa bir do'konlar bor, har bitta kiyimga, har bitta sotib olinadigan narsaga bir plastnatsadan bir narsani qaytarib qo'yadi.

[13:28] Agar shu narsani yechib olmasa, do'kondan olib chiqib ketayotgan eshigingizda bir apparatlar bor, chiyillab beradi, o'g'irlab ketyapti deb. Demak, magazinga kelgan klientlarni ham xiyonatkor yoki omonatdorligini bilib bo'lmaydi. Shunaqa chiyillaydigan jihoz bo'lmasa, i lekin boyagi magazinga kirgan, do'konga kirgan xaridorni omonatdorigiz sinaladi.

[13:51] Tovaringizni olib kelasiz, kassani oldida yechib oladi, keyin olib chiqib ketaverasiz. Endi boyagi do'kon degasi kassani ochib qo'yib, do'kondan chiqib ketdi narigi do'konga. Sotuvchi ko'rdi, kassa ochiq turibdi. Mana endi boyagi sotuvchini xiyonatkorlik yoki omonatdorligi sinadi. Chunki kuzatayotgan hech kim yo'q. Kassa ochiq turibdi, mana endi bilinadi. Aslida xo'jayin hech kimga bildirmasdan kamera qo'yib qo'ygan edi kassani ustiga.

[14:20] Xo'jayinida shunday chiqib ketishligi g'aflat deyiladimi? G'ofillik deyiladimi yo'q. U atay qilish deyiladi, o'zini g'aflatga solish deyiladi. Bu g'aflat nima? Umuman bexabar bo'lishlik, g'aflatda bo'lishlik. Bilmaslik, bexabarlik bilan o'zini bilmaslikka solishni orasida farq bor. Bu xo'jayinni qilgan ishi. Ishchilarni o'zini holiga tashlab qo'yish degani.

[14:49] Shu bilan sinaydi. Alloh Taolo aytyapti, zolimlarni qilayotgan ishidan Allohni g'ofil demanglar. O'zini holiga tashlab qo'ydi sinash uchun. Jazosi nimaga bu dunyoda bermadi darrov? Qiyomat kuniga olib qo'ydi. Shuning uchun, birodarlar, agar Alloh Taolo bandalariga mana shunday bandalarni o'zini holigiga tashlab qolmasa, imtihon qilishlikka imkon bermasa, sinov qilish, sinovga xursand bo'lmasa, ularni kimisi, kim ekanligini qayerdan bilib olardingiz? Mana kassa ochiq turibdi, xo'jayin yo'q, mana endi shu yerda sotuvchini omonatdorligi sinalar edi.

[15:34] Shuning uchun birodarlar, Alloh Taolo bizni bir narsani qilma degan bo'lsa, demak o'sha narsani qilishga bizga imkoniyat bor da. Shu bilan sinalyapti. Inson. Masalan, sizni toqatingizdan tashqari bo'lgan, sizni qo'lingizdan kelmaydigan ishni qilma demadi, masalan. Quyoshning nurini to'smanglar. Quyoshning issiq yerga kelishiga qarshilik qilmanglar, demadi. Sababi qo'limizdan kelmaydi bu ish. Yoki yer o'qini aylanishiga xalaqit qilmanglar. Dedimi? Demadi, chunki bu qo'limizdagi narsa emas.

[16:10] Endi bir narsani qilishdan Alloh qaytardimi? Demak, mana shu narsani qilishi imkoniyatimiz bor. Shuning uchun Alloh Taolo sinashga bir narsani qaytardi. Masalan, zino qilma dedi. Tarozidan urma dedi. O'g'irlik qilma dedi. Yolg'on gapirma, dedi. Ha, bularni qo'limizdan, bular qo'limizda keladi. O'shaning uchun men qildim. Shuning uchunga ayrim odamlar Alloh Taoloni g'ofilda bo'lishadi. Sodir bo'layotgan voqea hodisalardan bexabar deyishadi. Bu kufr birodarlar.

[16:41] Alloh Taolo bandalarini o'zini holiga tashlab qo'yapti. Ularni sinashlik uchun. Alloh bormi, adolat bormi, musulmonlar qatl qilinyapti, boyligi talon toroj qilinyapti. Alloh ko'rmayaptimi, bilmayaptimi? Alloh hamma yoqda ko'rib bilib turibdi, birodarlar. Bo'lgan hamma narsani Alloh biladi. Bo'layotgan hamma narsani Alloh bilyapti, kelajakda bo'ladigan ishlarni ham hammasini biladi. Bularni bari bir hikmat uchun, imtihon uchun.

[17:09] Johil bo'lgan, gumruh bo'lgan insonlar Alloh Taoloning g'ofilda bo'lishadi. Butun borliq birodalar Alloh Taoloning qabzasida. Hamma olamlar uni qudrati ostida. Butun xaloyiq uni hukmi ostida. Hamma mavjudotlar uning ihotasi ostida. U hamma narsaga qodir bo'lgan zon. Hamma unga muhtoj, lekin u hech kimga muhtoj emas. Alloh uchun bironta bir qiyin ish yo'q. Alloh Taoloni hech narsa ojiz qoldirmaydi. Shuning uchun la isaka mif lihi sha'yun vah vos sami ul bosir. Allohga o'xshash biror narsa yo'q, biror narsa o'z zotga o'xshashi emas, u eshitib ko'rib turuvchi bo'lgan zon. Shuning uchun al muhammin bo'lgan robbing bilan birga bo'l, hukmiga itoat qil, sodiq quli bo'l, albatta g'olib bo'lasan.

[18:08] Dushman har qancha kuchli, qudratli bo'lmasin, har qancha texnologiyasi bo'lmasin har qancha har qancha bo'lmasin baribir hamma hammasi Allohnin qabzasida. Ularni qo'lidagi hamma imkoniyat ham Allohnin ixtiyorida. Shunday bo'lyaptimi, demak Alloh izn beryapti shunga. Agar Alloh izn bermasa, ko'zini ochib yumolmaydi ular. Demak bu raqasda bir hikmat bor.

[18:37] Allohnin payg'ambari xuddi alayhissalom qavmi u zotning da'vatini qabul qilmaganidan keyin, arovoti dushmati qattiqlashgandan keyin dushmanligi, nima dedi? Astaidi billa. Fakiy duniy jamiy an summala tun dirum. Mana endi, nodoniki da'vatni qabul qilmadinglarmi? Hammanglar bir bo'lib, kechiktirmasdan menga qarshi bilgan hiylalarni qilinglar. Qo'lingizdan kelganini qilinglar. Inniy tavakkal ta'alalloh robbi va robbikum. Sizlarni ham robbinglar, meni ham robbim bo'lgan Allohga men tavakkur qildim. O'rmalagan narsa borki, hammasi Allohni qo'l ostida, Parvardigorim shak shubhasiz, to'g'ri yo'l ustidadir. Urodalar, Alloh Taolo al Muxamin bo'lgan zon. Ko'rib turadi, kuzatib turadi, saqlaydi, ustida qoyim bo'ladi.

[19:35] Mana Qur'on haqida Alloh Taolo shunday deydi. Qur'on ham Muhaymin. Ihota qilib turadi. Nimani? O'zidan avval nosib bo'lgan ilohiy kitoblarni ihota qilib turadi. Astairvilla. Vo anzanna ilaykal kitaba bil haqq. Musoddiqonlima baynaga day himina al kitabi va muhayminan alih. Mana muhaymin degan so'z keldi. Qur'on ham muhaymin.

[20:01] Sizga esa, ey Muhammad alayhissalom, o'zidan oldingi kitoblarni tasdiqlaguchi va u kitoblar ustida guvoh bo'lgan, bu kitobni haqqiroz nozil qildik. Demak, Qur'on o'zidan avval nozil bo'lgan kitoblarni tasdiqlovchi va muhaymin, ihota qilib turuvchi, ustida guvohi bo'lgan kitobi. Al muhaymin ismiga aloqador bo'lgan oyatlar.

[20:31] Birinchi oya. Astaydubillar. Ya'lamu ma'yalaju fil ardi va ma'yahuruju minha va ma'yanzilu minas samai va ma'yahruju fiiha va huvar rohiymul g'ofu. U yerga kiradigan narsalarni ham, undan chiqadigan narsalarning ham, samodan tushadigan narsalardan ham, unga ko'tariladigan narsalarda ham bilur. U mehribon va mag'firatlidir. Ikkinchi oyat. Ya'lamu serroh vahfa. Zero, u, Alloh, sirni ham, eng maxfiy narsalarni ham bilur.

[21:07] Topadigan daromading aniq. Oladigan oyliging, maoshing aniq. Shu narsa bilan muayyan holatda turibsan, yaxshi holatda turibsan. Topish tutishing, hozir bugungi kundaqa ibodatasan, taqvodasan, xonamdan uzoqsan. Yaxshi holating. Endi to'satdan qo'lingga ellik million dollar kelib tushdi.

[21:30] Yana shu taqvoyingda, ibodatingda tura olasanmi? Endi o'zgarib qolmaysanmi? Uni ayta olmaysan. To'g'rimi? Yo bir yer kavliyoti katta bir xazina chiqib qoldi yuzidan. Bir ellik kilo tilla chiqib qolda. Hozir holating shu. Daromading aniq, falonchi oylik olasan. Shu holatda ibodatda taqvoda turibsan. Demak mana shu holating zo'r. Endi qo'lingga katta dunyo kelganda ham shunday tura olasanmi?

[22:00] Masjidga kelaverasanmi? Mahallangda yashayverasanmi? O'zgarib ketmaysanmi? A buni bila olmaysan. Buni kim biladi? Alloh taolo aniq biladi. Shuning uchun parvardigor. Qaysi narsa menga yaxshiligini sen mendan ko'ra yaxshiroq bilasan. O'shaning uchun menga yaxshilikni bergin. O'shaning ukamizda eng zo'r duo robbana atina fid dunya hasana va fila hiroti hasana va qiynan adaba anna. Yaxshilik deb so'radingizmi? Demak shu holatingiz yaxshi ekan. Ya alamu sirro va axfa. Zero u Alloh sirni ham, maxfiy narsani ham bilur.

[22:37] Endi bo'lganda yaxshi, bitta baribir domla. Yaxshi edi. Musulmonda kambag'al bo'lganidan boy bo'lgani yaxshi. Men za. Boy bo'ling, bo'p keting, men za man. Lekin qani kafolat taqvoda qilishingizga. Uchinchi oyat. Innalloh alayhi yaxfi alayhi shayun fil oddiy ala fissama. Albatta Allohga na yerdagi va na ko'kdagi, samodagi biror narsa maxfiy emasdir. U narsa kattami, kishimi, yangini eskimi, jismmi, javharmiy arazmi farqi yo'q. Alloh taolo hamma yerda bilib turadi. Niyatingizni ham bilib turadi.

[23:17] To'rtinchi oyat. Ya'lamu xoinatali ayyum. Alloh ko'zlarning xiyonatini ham bilur. Ko'p qavatli imoratni o'ninchi etajida turibsiz. Ro'parasidagi imoratni o'ttizinchi etajida yarim yalang'och ayol balkonga chiqdi. Uni ko'rayotganingizni hech kim bilmaydi. Ko'zingizga tiyganingizni ham, lo'q qilib qarab turganingizni ham hech kim bilmaydi. Ollohdan boshqa. Shunda nima qilasiz? Ko'zingizni tiyasizmi yoki tomosha qilib turib yuborasizmi? Mana shu xiyonatni hech kim bil mayda.

[23:53] Olloh bilib turadi. Chunki olloh taolo ihota qilib turadi, nazorat qilib turadi, kuzatib turadi, chunki al muhaymin bo'lgan zon. Zarurat bo'ldi, bir ayolni erkak tabib ko'rishiga to'g'ri kelyapti. Musulmon tabib. Zarurat bo'ldi. Ana shu og'riyotgan a'zosinigina ko'rishlikka haqqi bor. Endi shu yerda avratiga boshqa joyga qarab qo'yganingizni, o'sha tabibni qarab qo'llanilganligini kim biladi?

[24:22] Hech kim bilmaydi Allohdan boshqa. Ya'lamu xoinat al ayyun. Alloh ko'zlarning xiyonatini biladi. Saratonda ro'za tutasiz. Rosa chanqagansiz. Uyga kirasiz peshinda. Uyda muzdek suv turibdi hali deng deydi. Nima to'sadi sizni o'sha suvni ichishdan? Allohga bo'lgan iymonmi? Alloh taolo hamma yo'lida bilib turadi degan iymonmi?

[24:48] Ya'lamu xoinat al ayyuni ibn tufai sudu. Birodarlar, agar biz al muhammin bo'lgan Alloh bilan birga bo'lsak, g'olibmiz, saqlanganmiz, tavfiqqa egamiz, saodatlimiz, kuchli quvvatlaymiz. Hayotimiz pokiza. Alloh taolo aytadi, hadis quddusiyda men podshohlarning egasi va podshohlarning podshohiman. Podshohlarning qalblari meni qo'limda. Albatta, agar bandalar menga itoat qilishsa, ularning podshohlarini qalblarini ularga nisbatan yumshoq va rahmatli qilib qo'yaman. Podshohlarini o'zini xalqiga qilayotgan muomalasi bandalarni alloh bilan qilayotganmuomalasiga bog'liq.

[25:36] Va albatta, bandalar agar menga osiy bo'lishsa, podshohlarning qalblarini, ularga nisvatan qahrli va nafratli qilib qo'tyaman. Shuning uchun, Alloh taolo aytyapti, podshohlarni qarg'ashlik bilan o'zlaringizni ovora qilmanglar. Podshohlarini qarg'ab o'zinglarni ovora qilmenglar. Ularga salohiyatni tilab duo qilinglar. Bas ularning salohiyati, podshohlarning salohiyatisi sizlarni salohiyatinglar bilandir.

[26:09] Alloh taoloni bandalarga qilayotgan, muomalasi bandalarga bo'lgan rahmati yoki g'azabi podshohlarni qilayotgan muomalasidan bilinadi. Shuning uchun podshohni qarg'amanglar. Podshohni qalg'amanglar. Poshshoh alloh taoloni sizlarni ahvolatiga qarab turib beradigan nimasi? Yo mukofoti, yo jazosi.

[26:31] Bas ularning salohiyati sizlarning salohiyatingiz bilandir. Aqulu qovli ha'da va astag'firulloh ili valakum. Innallohi va malakati hu yusalluni ala nabiy. Ya yuha la dina amanu sollu alayhi vasallim mutaslima.

## Quran and hadith quoted in this lecture

- [11:48] Quran Ibrahim 14:42
  - Said in the lecture: “Innama yu oxir ruhumli yalmin tashqosufi hil abusor.”
  - Arabic: وَلَا تَحْسَبَنَّ ٱللَّهَ غَٰفِلًا عَمَّا يَعْمَلُ ٱلظَّٰلِمُونَ ۚ إِنَّمَا يُؤَخِّرُهُمْ لِيَوْمٍۢ تَشْخَصُ فِيهِ ٱلْأَبْصَٰرُ
  - Uzbek translation: Sen hargiz, Alloh zolimlar qilayotgan narsadan gʻofil, deb gumon qilma. Faqatgina ularni koʻzlar qotib qoladigan kungacha qoʻyib qoʻyadi, xolos.
- [19:52] Quran Al-Maaida 5:48
  - Said in the lecture: “Musoddiqonlima baynaga day himina al kitabi va muhayminan alih.”
  - Arabic: وَأَنزَلْنَآ إِلَيْكَ ٱلْكِتَٰبَ بِٱلْحَقِّ مُصَدِّقًۭا لِّمَا بَيْنَ يَدَيْهِ مِنَ ٱلْكِتَٰبِ وَمُهَيْمِنًا عَلَيْهِ ۖ فَٱحْكُم بَيْنَهُم بِمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ ۖ وَلَا تَتَّبِعْ أَهْوَآءَهُمْ عَمَّا جَآءَكَ مِنَ ٱلْحَقِّ ۚ لِكُلٍّۢ جَعَلْنَا مِنكُمْ شِرْعَةًۭ وَمِنْهَاجًۭا ۚ وَلَوْ شَآءَ ٱللَّهُ لَجَعَلَكُمْ أُمَّةًۭ وَٰحِدَةًۭ وَلَٰكِن لِّيَبْلُوَكُمْ فِى مَآ ءَاتَىٰكُمْ ۖ فَٱسْتَبِقُوا۟ ٱلْخَيْرَٰتِ ۚ إِلَى ٱللَّهِ مَرْجِعُكُمْ جَمِيعًۭا فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ فِيهِ تَخْتَلِفُونَ
  - Uzbek translation: Va Biz senga kitobni haq ila, oʻzidan oldingi kitobni tasdiqlovchi va uning ustidan nazorat etguvchi qilib nozil qildik. Bas, ular orasida Alloh nozil etgan narsa ila hukm yurit. Oʻzingga kelgan haqni qoʻyib, ularning xohishlariga ergashma. Sizlardan har biringizga alohida shariat va yoʻl qilib qoʻydik. Agar Alloh xohlasa, hammangizni bir ummat qilib qoʻyar edi. Ammo U sizlarni Oʻzi ato etgan narsada sinamoq istaydir. Yaxshilikka shoshilingiz. Hammangizning qaytar joyingiz Alloh huzurida. Bas, oʻshanda ixtilof qilgan narsalaringiz haqida xabar beradir. ( Qurʼon, undan kelib chiqadigan Islom shariati Alloh tomonidan tushgan. Kim uni inkor etsa, Allohni inkor etadi. Yaʼni, Qurʼoni Karim oʻzidan oldingi kitoblarda kelgan ilohiy taʼlimotlarni tasdiqlaydi. U oxirgi va boqiy kitob, shuning uchun ham oldingi kitoblarga haqiqiy bahoni u beradi. Qurʼoni Karim oxirgi kitob boʻlgani uchun ham hamma taʼlimotlar ustidan nozir va hakamdir. Ulardagi ixtilof va kelishmovchiliklar haqidagi hukmlar ham Qurʼondan chiqadi.)
- [20:33] Quran Saba 34:2
  - Said in the lecture: “Ya'lamu ma'yalaju fil ardi va ma'yahuruju minha va ma'yanzilu minas samai va ma'yahruju fiiha va huvar rohiymul”
  - Arabic: يَعْلَمُ مَا يَلِجُ فِى ٱلْأَرْضِ وَمَا يَخْرُجُ مِنْهَا وَمَا يَنزِلُ مِنَ ٱلسَّمَآءِ وَمَا يَعْرُجُ فِيهَا ۚ وَهُوَ ٱلرَّحِيمُ ٱلْغَفُورُ
  - Uzbek translation: U yerga nima kirsa va undan nima chiqsa, biladir, osmondan nima tushsa va unga nima chiqsa, biladir. Va U oʻta rahmli va oʻta magʻfiratli zotdir.
- [22:19] Quran Al-Baqara 2:201
  - Said in the lecture: “duo robbana atina fid dunya hasana va fila hiroti hasana va qiynan”
  - Arabic: وَمِنْهُم مَّن يَقُولُ رَبَّنَآ ءَاتِنَا فِى ٱلدُّنْيَا حَسَنَةًۭ وَفِى ٱلْءَاخِرَةِ حَسَنَةًۭ وَقِنَا عَذَابَ ٱلنَّارِ
  - Uzbek translation: Va ulardan baʼzilari: «Robbimiz, bizga bu dunyoda ham yaxshilikni, oxiratda ham yaxshilikni bergin va bizni doʻzax olovi azobidan saqlagin», deydi."

## Self-check quiz

Generated automatically from the lecture; not reviewed by a person.

1. Ustoz Alloh Taoloning Al-Muxaymin ismiga oid qaysi xususiyatini Muso va Horun alayhimas salom misolida keltirgan?
   - a) Maxluqlarga xavfdan omonlik berish — correct
   - b) Payg'ambarlarni shirin so'zga undash
   - c) Bandalarga boylik va sog'lik berish
   - d) Kofirlarni tang hayotga solish
   - Why: Darsda Al-Muxayminning maxluqlarga xavfdan omonlik berishi Muso va Horun alayhimas salomning Fir'avndan qo'rqishiga Allohning 'qo'rqmanglar' degan javobi bilan tushuntirilgan. [8:18–9:28]

2. Ustoz Alloh Taoloning mo'minlarni baloga uchratishining asosiy sababi nima deb ta'kidladi?
   - a) Yomon ko'rgani uchun
   - b) Jazo berish uchun
   - c) Sinovdan o'tkazish uchun
   - d) Ulug' bir hikmat uchun — correct
   - Why: Ustoz Alloh Taolo mo'min bandani mashaqqatga tashlab qo'yishining sababi yomon ko'rish emas, balki ulug' bir hikmat ekanini ta'kidladi. [10:48–11:15]

3. Ustoz Alloh Taoloning bandalariga ta'qiqlarini nima sababli berishini ta'kidladi?
   - a) Bandalarning kuchini sinab ko'rish uchun
   - b) Bandalarning g'ofilligini oshirish uchun
   - c) Bandalarning e'tiqodini buzish uchun
   - d) Bandalarni imtihon qilish uchun — correct
   - Why: Ustoz Alloh Taolo biror narsani ta'qiqlagani shu ishni qilish imkoniyati borligini va buni sinov uchun berilganligini ko'rsatishini aytadi. [15:34–16:07]

4. Ustoz Alloh Taoloning Al-Muxaymin ismiga oid Qur'ondagi ta'rifini qanday izohlagan?
   - a) Avvalgi kitoblarni tasdiqlovchi va ustida guvoh bo'lgan — correct
   - b) Boshqa kitoblarni bekor qiluvchi va o'rnini bosuvchi
   - c) Faqat mo'minlarni qo'riqlovchi va himoya qiluvchi
   - d) Faqat Muso va Harun alayhimas salomga nozil bo'lgan
   - Why: Ustoz Qur'onning o'zidan oldingi kitoblarni tasdiqlaguchi va ular ustida guvoh (muhaymin) bo'lganini ta'kidlagan. [20:01–20:29]

5. Ustoz podshohlarning xalqiga munosabatini nima bilan bog'lagan?
   - a) Bandalarning Allohga itoati yoki osiyi bilan — correct
   - b) Podshohlarning shaxsiy xarakteriga
   - c) Xalqning iqtisodiy holatiga
   - d) Davlatning tashqi siyosatiga
   - Why: Ustoz hadis quddusiyga iqtibos qilib, podshohlarning qalblari bandalarning Allohga itoati yoki osiyiga qarab yumshoq yoki qahrgin qilinishini ta'kidladi. [24:48–25:35]
