# 92-dars Al-Xooliq (2-qism): Asma-Ul-Husna

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Asmoul husno](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno.md), lecture 95 of 110
- Section: Al-Xoliq
- Duration: 21 min
- Original title: 92-DARS AL-XOOLIQ (2-QISM) / ASMA-UL-HUSNA
- Review status: reviewed
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/95
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/uWWQBcxQzsI.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=uWWQBcxQzsI
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/94.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/asmaul-husno/96.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:05] Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi nahmaduhu onas ta'inuhu onas tafuruh. Va na'udhu billahi min sururiyon husina va min sayy'ati amalina. Man yahdihillahi falah mudir lala va man yug'dililgu falah hadiyalar. Va nashxadu alla iloh ilalloh va hidahular sharikala va nashxaduh anna muhammadan abduhu va rasuluh. Amma abborot assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatuh. Alloh subhanahu va taoloning go'zal ismlari, asmonu hushno silsilab darslaridan al holiq ismini suhbat qilayotgan edik. Sabab va natija.

[0:47] Allohga bo'lgan toat, alloh taologa bo'lgan ma'siyat. Toat ham sabab, ma'siyat ham sabab. Nimalargadir. Allohga bo'lgan toat mukofotning sababi bo'ladi. Allohga bo'lagan ma'siyat, isyon, jazo, uqubatning sababi bo' ladi. Agar bir uch yashar yosh bola qizib turgan qozonga qo'lini bosib olsa, qo'li kuyadi. Bu ilmiy haqiqat. Sabab bor, natija bor.

[1:21] Endi savol. Mana shu yosh bola bizni zamonimizda bo'ladimi? Bu yosh bola podshohni bolasi bo'ladimi, gadoni bolasi bo'ladirmi, baribir kuyadi qo'li. Oq bo'ladimi, qora bo'ladimi, baribir kiyadi qo'li . Ming yil burun yashaganmi, ming yil keyin yashaydimi, agar mana shu ishni qiladigan bo'lsa, qo'li kuyadi. Bu ilmiy haqiqat, bu tabiat qonuni. Sabab va natija.

[1:51] O'g'it kunida musulmonlar rasululloh tayinlab qo'ygan joyidan ruxsatsiz jilib ketishdi. Bu tanzimiy qonun edi. Tartibga soluvchi qonun edi edi. Ana shu qonunga osiy bo'lishuvdi, Alloh Taolo tomonidan jazo keldi. Demak, birinchisi, tanzimiy qorin bo'ladi, holatga qarab belgilangan qorin, ikkinchisi tashriy qorin bo'ldi. Shariat tomonidan qo'yilgan qorin.

[2:22] Assalomu alaykum. Ya yuhannas abodu rabbaku mulladiy xoloqakum va ladingna min qoblikkum la'allakum tattaqum. Ey insonlar, sizlarni va sizlardan ilgarilarni taqvodor bo'lishingiz uchun yaratgan Parvardigoringizga ibodat qiling. Sizlarni ham, sizlardan avvalgilarini ham Alloh yaratgan va yaratishdan maqsad nima edi? Sizlarni Allohdan taqvo qilishinglar. Insonni dunyoga kelib yashashdan maqsadi Allohni tanib, undan qo'rqishni.

[2:56] Shuning uchun Alloh Subhanahu va Taoloning ko'rsatmalariga so'zsiz itoat qilishlik kerak. Chunki sen haqingda, hayot haqida, borliq haqida, oxirat haqida eng mukammal ilm egasi Alloh subhanahu vataolo. Bu dunyoda inson yasharkan, baxtli bo'lishini xohlaydi. O'zini sog' bo'lishini, saodatli bo'lishini xohlaydi. Nasl nasabini davom etishini xohlaydi! Endi shu maqsadiga olib boradigan yo'lni, qaysi yo'l ekanligini Alloh belgilaydi.

[3:33] Dunyoda yasharkanmiz, dunyoda baxt saodat topishimiz uchun bizga maslahat beradigan odamlar bor. To'g'rimi? Unday qilma, bunday qil, bunday qilma, unday qil. Bunday qilsang yaxshi bo'ladi. Hamma aql o'rgataveradi. Ammo haqiqiy siz bilan bizni saodatga olib boradigan eng to'g'ri yo'lni Alloh taolo o'zi ko'rsatadi. Shuning uchun aytyapmiz, Allohni buyruqlariga so'zsiz itoat qilinishi kerak. Mana qarang.

[4:04] Qo'lingizda eng oxirgi modellarga bir kompyuter bor. Ishlamay qoldi. Shu shaharingizda shu kompyuterni tuzatadigan servis sentri bor. Yana qo'shningiz bor. Meva cheva savdosi bilan shug'ullanadi ku, do'kondor. Haligi odam yaxshi odam. Yaxshi ko'rasiz haligini. Servis deyiladi, tanimaysiz.

[4:30] Bu kompyuteringizni, buzilgan kompyuteringizi servis sentriga olib borasizmi? Yo siz yaxshi ko'rgan do'kondorga olib chiqasizmi? Nima aloqasi bor bu do'kondorni kompyuterga desangiz, yaxshi ko'rasiz da uni. Ha, narya deyiladi, tanimaysiz. Endi tanimasangizlar, unga olib bormasdan, tanib yaxshi ko'rsangiz, do'kondorga olib chiqasizmi?

[4:53] Ana. Misol tushunarli bo'ldimi? Hayotingizni kompyuter desak, hayotingiz buzilib qoldi. Izidan chiqib ketdi. Oilaviy, iqtisodiy, boshqa muammo ko'payib ketdi. Siz bu muammoni hal qilgani, yaxshi ko'rgan odamingizdan emas. Sizga yaratgan Parvardigorangizni dinidan so'rang.

[5:15] Siz bilan biz yaratgan Alloh, bizni nima baxtsiz baxtli qilishini biladigan Alloh, shuning uchun Allohni dinidan so'rashlik kerak. Aytyapman ku, bizga qanday yashasak, saodatli bo'lishimiz, qanday yashashak, zo'r bo'lishini o'rgatadiganlar ko'p. Shuning uchun biz, bizni yaratgan, bu borliqni yaratgan Alloh Subhanahu va Taoloning buyruqlariga itoat qilamiz, ikki dunyoda saodat topamiz. Chunki Alloh Taolo siz bilan bizni yaratgan. Vala yunabbi ukka mifli xabir. Sizga hech kim xabardor zot, Alloh kabi xabar bera olmas. Hech kim sizga Alloh o'rgatgandaqa o'rgata olmaydi saodatli bo'lishligini.

[6:03] Sen inson Allohga itoat qilishing o'zingni yaxshi ko'rishing bo'ladi. O'zingni ya xush ko'rasanmi? Allohga itoatlash, shu o'zingni yaaxshi ko'rishing biladi. Chunki Alloh Al Xabir bo'lgan zot. U senga nima dedi? Hurmatli bo'lmoqchimisan? Tilingni tiy. Omonatdor bo'lmoqchiimisan? Allohdan qo'rq. Ayoling bilan baxtli bo'lish uchun ko'zingni tiy. Baraka topish uchun tijoratingda halol bo'l. Omonatdor bo'l. Odamlar senga ishonadi. Buyruq bor.

[6:37] Unga itoat bor yoki itoatsizlik bor. Buyruq bor, kimdir unga itoat qiladi, kimdir itoat qilmaydi. Itoat qilganga ham bir narsa bor, itoat qilmaganga bir narsa bor. Aytdik ku, sabab va natijada. Buyruqqa itoat qilganning natijasi mukofot. Buyruqqa itovat qilmaganning natijasi jazo.

[7:01] Bolangizdan tortyapsizmi? Kuydirgi bo'ldimi bolangiz? Bu natija, birodar. Uni nima bor edi? Sababi bor edi. Siz Alloh aytganday tarbiya qilib, Alloh aytgandaqa boqmadingiz. Kuydirgi bo'mi? Yoki bolasini yonida bir yaxshi farzand bo'ldi. Ota onasini boshiga ko'taradi. Bu natija bu. Buni sababi bor. Sababi nima edi? Mana shu ota ona alloh aytganday yashab, alloh aytgandaqa topib boqqan edi bolasini.

[7:35] Shuning uchun bitta yarimta farzandimiz kuydirgi bo'lib, jonimizdan o'tkazib yuborgan bo'lsa, uni qarg'ab, uni maromat qilmaylik. U kimni mevasi? Qanday balokonda tug'ilib qolgan ekansan? Nimaga falonchini bolasida qilmassan? O'tadi a shunaqa gap. Ha chunki u falonchini bolasi da u. Bu sizni bolangiz.

[7:59] Buyrug'i bor, unga itoat bor, unga itovatsizlik bor. Qaytarig'i bor. Nahay deyiladi. Man qilingan ish. Qaytarig'mi bor, unga ham itoat bor, itovatsizlik bormi? Bu birodarlar, ilmiy aloqa deyiladi. Sabab va natija. Mana birodarlar, dinimizda mana shu dunyoda baraka topish, saodat topish, zo'r yashashlik uchun qanaqa ko'rsatma kerak bo'lsa aytilgan bor. Dinimizda ko'rsatmalar bor. Shu ko'rsatmaga kim amal qilsa, albatta baraka topadi dunyo hayotida.

[8:40] Agar bir ateist bo'lgan kishi kelib, mana shu shariatda aytilingan manhajni amalga oshirsa, o'zi kopir bo'lsa ham, shu manhajni samarasidan foyda topa oladi. Shu manhajda samarasidan foydo olaveradi. Chunki sabab va natija degan qonun borda. Mana, g'arb olamini qarasanglar, dunyo hayotida siz bilan bizdan o'tib ketdi. Bir yuz yilga.

[9:07] Yoki undan ko'proq qil. To'g'rimi? Nima? Ular Allohga yoqqanlik, Allohga sevimli bo'lgani uchun, taqvodor bo'lgani chunki o'tib ketishdimi? Eshitib qolamiz a. Musulmonlarda dini haq bo'lsa, musulmonlarni Alloh yaxshi ko'rsa, nimaga qarib o'tib ketdi? Musulmonlar orqada qolib ketdi. Indamay qolasiz da. Chunki ular dinimizda aytilgan mana shu sabab natija degan qonunga ular amal qilishdi. Iymon keltirishmasa ham.

[9:38] Semirib ketdi. O'tirib turgani qiynalyapti. Paypoqni orqadan kiyadi. Mustahabni o'ntab qiladi. Mashinaga o'tirib turishi qiyin. Bitta musulmon, bitta kofir. Ikkalasi ham bor. Haligi kofir o'sha ilmiy sabablarni qildi. Ovqatni toza ettirdi. Jismonan harakat qildi. Xullas qo'yingki, shariatimizda aytilgan narsani qildi. U kofir bo'lsa ham chi, figurasi tekkis bo'laveradi uni. Duo qilishni bilmasa ham, Alloh iymoni bo'lmasa ham, chunki sababni bu qilni Alloh bunga beraveradi. Endi bu musulmonchi.

[10:10] U zo'r duo qiladi, Parvardigor shifo bergin. Parvardigor o'zing quvvat bergin. Lekin hech narsa qilmaydi. G'arb olamini dunyo maydonida siz bilan bizdan o'tib ketganligini sababi, ular sabablarni qildi, dinimizda aytilgan. Shuning uchun natijaga erishishdi. Dunyo ichlarida shunday bir ulug'lar natijalarga erishgan bo'lsa, islom belgilab qo'ygan sabablarni qilishgan edi. Masalan, Rasul aytganlar, Allohga qasam, qilgan sadaqanglar moliyalarni kamitib qo'ymaydi.

[10:47] Alloh Taolo aytadi, ya ibn adam, anfiq, unfiqalik, hadis qudusiy. Yo odam bo'lasiz a? Info qil, men ham info qilib beraman deyapti. Demak xulosa. Odamlarga xayr saxovat qilsak mol dunyoyimizdan, mol dunyoyimiz kam emas ekan, bir, va ko'payarkan ikki. Kopir mamlakatdagi katta katta korporatsiyalarni qarasanglar, ana shu xayriya degan qismi bor topgan pulidan. Yetimxonaga sarflaydi, onkologik kasalga uchraganlarga sarflaydi, qarilarga sarflaydi. Info qiladi. Ana, info qilsang ko'paytirib beraman degan qonunga bular amal qiluvdi, ish yurishib ketdi.

[11:28] Adolat mamlakatni yurtini unib o'sishligini sabablaridan edi. Ulamolar aytganidek, agar kofir davlat adolatni qoyim qilsa, bu davlat rivojlanadi. O'sha g'arbda adolat, adolatga amal qilishdi. Shuning uchun rivojlanish bor. Ishlarini ko'pida adolat bor. Adolat nima edi? Adolat haq egasini haqqini berish. Mana g'arbda bir ixtirochi, kashfiyotchi bir yangi narsani o'ylab topsa, avtorskiy prava oladi, patent oladi. Endi shu ishlab chiqqan narsasini, o'ylab topgan narsasini biroz zavod ishlab chiqarib sotsa, unga nima to'laydi?

[12:13] Foizini to'laydi. Mana adolat. O'shaning uchun boyagi kashfiyotchik yana bitta kashfiyot qilishniki intiladi. Adolat qoyim bo'lg'udi, kashfiyotchisi ishlayapti, shuncha rivojlanib ketdi. Payg'ambarimiz aytganlar, innallohi yuhib bu moliyal umr. Mana biz ularni rivojlanib ketishligini sabablarini ko'ryapmiz. E'tibor beryapsizlarmi? Alloh taolo dedilar rasululloh. Ishlarning oliylarini yaxshi ko'radi. Eng sifatlilarini, zo'rini, razil va pastlarini yomon ko'radi.

[12:45] Ular o'zlarini ishida mana shunday bir tekkiz ishlashdi. Payg'ambarimiz aytganlar, alloh taolo yaxshi ko'radimi mani? Bir ishni qilsanglar puxta qilishinglarni. Professional bo'lsanglar deganida, o'zini ishiga vijdonan yondashadi, maksimal darajada zo'r bajaradi, professional o'zini ishini, o'shaning uchun ular o'tib ketdi.

[13:10] Ularni futbolistlari besh yil nolga yukizayotgan bo'lsa ham, ikki minut qolgan bo'lsa, besh yil n olga yukizayetgan komandani o'yinchisi bor kuchi bilan yuguradi. Chunki rezultatdan qat'iy nazar hamma kuchini tashlab chiqish kerak stadionga. O'zimizni ishimizni nimamiz? O'shaning uchun qolib ketdik. Birodarlar, sabab va natija. Mana shu yuksalish sabablari dinimizda ko'rsatib qo'yilgan. Agar mana shu yuksalis sabablarni qilsak, Alloh Taolo al Holiq bo'lgan zot siz bilan bizga yuksalishni yaratib beradi.

[13:44] Ma'qulmi? Hech narsa qilmaydi, duo qilib o'tiraveradi. Hech narsa qilmaydi. Alloh insof bersa o'ziga kelib qolar. Ilm ma'rifat bir mamlakatda o'lib yuksalishini sababi edi. G'arb olami mana shu ilm ma'rifotga qattiq e'tibor berdi, sababni qildi, natijaga erishdi. Dengizni tagiga podvodom dodka bilan kirib ketyapti. Marsga raketa uchiryapti, kosmosga chiqyapti. Demak, qo'yilgan sabablarni kim qilsa, ortidagi yaxshi natijalarga ham erishaveradi. Kofirmi, mo'minmi, ular farqi yo'q. Bu aloqa ilmiy aloqa deyiladi. Sabab va natija orasidagi ilmiy aloqi.

[14:30] Qarang, ular kofir, mo'min emas, ammo aqlli, zaki insonlar. Shu sababni qildi, kofir bo'lsa ham o'tib ketdi siz bilan bizdan. Ana shu yigirmanchi asr o'rtalarida bir musulmon olim yevropaga borib, bir qancha kun yashab, aytgan edi. U yerda musulmonlar yo'q ekan u, ammo islom bor ekan. Nimaga unaqa degan edi? Chunki insonni hurmati bor ekan u yerda. Odamlar ishiga vijdonan yondashar ekan. Va'dasiga vafo qilar ekan. Yozilgan qonunlar ishlar ekan. Ilmga qattiq e'tibor berishar ekan. Shuning uchun aytgan edi, islom bor ekan u yerda, lekin musulmonlar yo'q.

[15:14] Ammo bizni holatimizga qarasangiz, musulmonlar hammasi shu yerda, lekin hayotiga qarasangiz, islom hammasini ham hayotida ko'rinavermaydi. Ammo kofirlar uchun oxiratda ulush yo'q. Ehtimol dunyoda bizdan oldindadur. Ehtimol emas, ular oldinda dunyo ishida, lekin oxiratda ular uchun nasiba yo'q. Ma ala hu fil axirot imin xoliq. Oxiratda unga hech qanday nasiba yo'q.

[15:44] Ikkita insonni olib qaraylik, ikkalasi ham direktor. Katta katta ikkita zavodni direktori. Bittasi mo'min, bittasi kofir. Ikkalasi ham yaxshi natijaga erishishligi uchun qilinishi kerak bo'lgan sababni bir xil qiladi. Shuning uchun natija bir xil bo'laveradi. Iymoni bilan kufr berish narsani hal qilmayapti.

[16:06] Farq biri mo'min, biri kofir. Natija bir xil. Sababi, sababni bir xil qilishdi. Endi oxiratga borganda, mo'minga oxirat bor, kofirga oxirat yo'q. G'arb olami, dinimizni mana shu ta'limotlarini amalga oshirib, shu dunyoda yutuqqa erishdi. Ammo oxiratda ular uchun hech qanday nasiba yo'q. Biz bo'lsa musulmonlar qo'limizda Allohni vahisi turib, payg'ambarining sunnati turib, ta'limotlarga amal qilishda sustkashlik qildik, natijani ko'rib turibsizlar. Dunyo maydonida orqada qolib ketdik.

[16:43] Astaydu billah, ya yuhannasu obodu robbaku mulladeh xoloqakum va alladina min qoblikkum la allakum tat taqum. Ey insonlar, sizlarni va sizlardan ilgarilarni taqvodor bo'lishingiz uchun yaratgan parvardigoringizga ibodat qiling. Keyingi oyat, vala yunab biyuka miflu xabir. Va sizga hech kim xabardor zot, Alloh kabi xabar bera olmas. Ikki dunyoda saodatli bo'lishingizni eng to'g'ri ishonchli xabarini faqat Alloh beradi. Ikki dunyodan saodatli bo'moqchimisiz? Unga bunga quloq solmang. Shariatizga quloq soling. Keyingi oyat, inna hazin qur'ana yahdi li lathi ya aqvom. Albatta, bu Qur'on eng to'g'ri yo'lga hidoyat qilur. Aytdik ku, hamma o'zini tanlagan yo'lini to'g'ri deb biladi. O'shaning uchun qilyapti shu ishni, yo'lni.

[17:44] O'zini tutgan yo'lini tog'ri deb bilad, o'shaning uchu shu yo'lda turibdi. O'zini nasihatini haq nasihat deb biladi. Shuning uchun aytyapti. Lekin nasihatni Alloh Taolo qiladi. Keyingi oyat. Famanitta ba hudaya falay yodilu valay yashqol. Falamanitta ba hudayya falay yodilut valay yashqold. Alloh Taolo aytyapti kim meni eslatmamga ergashsa, adashmaydi va baxtsiz bo'lmaydi. Kim meni eslatmagaga ergashsa, dunyoda ham, oxiratda ham adashmaydi, dunyoda ham oxiratda ham baxtsiz bo'lmaydi. Xoliqul kamning so'zi. Aqli adashmaydi, nafsi baxtsiz bo'lmaydi. Keyingi oyat. Faman tabia hudaya, falah ov hun alayhim va lahum yaxsanun. Men tarafdan hidoyat kelganida, shu haq yo'lga ergashgan kishilarga xavfi xatar yo'q va ular g'amgin bo'lmaydilar. Dunyoda xavfi xataryo'q va oxiratda mavzun bo'lishmaydi. Mana shu ikkita oyatni jamlaydigan bo'lsak, nimani xulosa qilib olamiz?

[18:54] Bu ikkita oyatni jamlasak, Allohni hidoyatiga ergashgan insonning aqli adashmas ekan, nafsi baxtsiz bo'lmas ekan, afsus nadomatga qolmaydikan, o'tmishiga pishimay emas ekan, kelajagidan xavotir qilmas ekan. Ko'nglidan rozi bo'lar ekan, binobarin saodatli bo'lar ekan birodarlar. Agar birodar o'zingni yaxshi ko'rsang, Yaratuvchini ta'limotiga amal qil. Chunki voman yutu a'llaha va rasulullohu faqodi faza, favzani aldiyman deydi Alloh ulanda. Kim Allohga va uning Payg'ambariga itoat etsa, bas u ulug' baxtga erishibdi. Kim erishar ekan ulug' baxtiga? Allohga va uning Payg'ambariga itoat etsa.

[19:41] Valiman xof va maqomu robbihi jannatan. Parvardigorining huzurida turishdan qo'rqqan kishi uchun ikkita jannat bor. Birodarlar, kitob u sunnatga amal qilishligimiz, Alloh va Payg'ambarning hukmida sobit turishligimiz siz bilan bizni saodat topishimizni kafolati. Rasululloh aytadilar, istakimu valan to'g'suvu. Mustaqil bo'linglar. Dinda mustaqil bo'linglar, shunda sanab adog'iga yeta olmaysizlar. Nimani?

[20:18] Alloh Taoloni sizga beradigan ne'matlarni sanab adog'ga yeta olmaysiz. Bitta sharti, istakimu. Dinda mustaqil bol, ustingga shunaqa ko'p yaxshilik keladiki, sanab adog'i yeta olmaydigan bo'lasan. Nafsni xotirjamligi, jismoniy sog'lik, oilaviy saodat, iqtisodiy kengchilik, farzandlar vafo rizo.

[20:44] Aquli qovli hada va astag'firullohu livolakum. Innallohi va malakati huj sollu alayhi va alamli bi. Ya yuhalladina amanu sollu alayhi vasalli mutaslima. Vassalomu alaykum.

## Quran and hadith quoted in this lecture

- [10:47] Hadith: Qudsiy hadislar, 11
  - Said in the lecture: “Alloh Taolo aytadi, ya ibn adam, anfiq, unfiqalik, hadis qudusiy. Yo odam bo'lasiz a? Info qil, men ham info qilib beraman deyapti.”
  - Arabic: قال الله: أنفق يا ابن آدم، أنفق عليك
- [17:27] Quran Al-Israa 17:9
  - Said in the lecture: “oyat, inna hazin qur'ana yahdi li lathi ya aqvom.”
  - Arabic: إِنَّ هَٰذَا ٱلْقُرْءَانَ يَهْدِى لِلَّتِى هِىَ أَقْوَمُ وَيُبَشِّرُ ٱلْمُؤْمِنِينَ ٱلَّذِينَ يَعْمَلُونَ ٱلصَّٰلِحَٰتِ أَنَّ لَهُمْ أَجْرًۭا كَبِيرًۭا
  - Uzbek translation: Albatta, bu Qurʼon eng toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilur va yaxshi amallarni qiluvchi moʻminlarga, albatta, oʻshalarga, ulugʻ ajr borligi xushxabarini berur.

## Self-check quiz

Generated automatically from the lecture; not reviewed by a person.

1. Ustoz Allohga itoat qilishning inson o'zi uchun ahamiyatini qanday ta'riflaydi?
   - a) Bu dunyoviy muvaffaqiyatga erishish usuli
   - b) Bu insonning o'zini yaxshi ko'rishi hisoblanadi — correct
   - c) Bu faqat jazo olishdan qochish uchun kerak
   - d) Bu odamlar oldida obro' topish vositasi
   - Why: Ustoz Allohga itoat qilishni insonning o'zini yaxshi ko'rishi deb ta'riflaydi. [6:03–6:36]

2. Ustoz g'arb olamining dunyo hayotida musulmonlardan o'zib ketishining asosiy sababi nima deb hisoblaydi?
   - a) Taqvodor bo'lganligi
   - b) Allohga iymon keltirganligi
   - c) Ko'proq duo qilganligi
   - d) Dinimizda aytilgan sabablarni amalga oshirganligi — correct
   - Why: Ustoz g'arb olamining o'zib ketishining sababi ularning iymonsiz bo'lishlariga qaramay, dinimizda belgilangan sabab-natija qonuniga amal qilganligida ekanligini ta'kidlaydi. [9:07–9:35]

3. Ustoz g'arb mamlakatlari rivojlanishining asosiy sababi nima deb hisoblaydi?
   - a) Jamoat salohlarini o'qish
   - b) Adolat va professional ishlash — correct
   - c) Faqat tabiiy boyliklarga ega bo'lish
   - d) Qadimiy an'analarni saqlash
   - Why: Ustoz g'arbda adolatga amal qilish va ishni professional, puxta bajarish ularning rivojlanishiga olib kelgan asosiy sabab ekanini ta'kidlaydi. [11:28–12:11]

4. Ustoz mo'min va kofir insonlarning dunyodagi natijalari bir xil bo'lishining sababi nima deb hisoblaydi?
   - a) Dunyoviy qonunlar faqat kofirlarga mos edi
   - b) Ikkalasi ham bir xil sabablarni qo'llashdi — correct
   - c) Kofir insonning aqliga e'tibor berishdi
   - d) Mo'min insonning iymoni kuchliroq edi
   - Why: Ustoz iymon yoki kufr dunyoviy natijani hal qilmaydi, asosiy omil sabablarni bir xil qo'llash ekanligini ta'kidlaydi. [15:44–16:04]

5. Ustoz dinda mustaqil bo'lishning asosiy sharti va uning natijasini qanday izohlaydi?
   - a) Alloh va Payg'ambar hukmiga amal qilish — correct
   - b) Boshqalarning nasihatlarini tinglamaslik
   - c) Dunyoviy boylik va maqomga erishish
   - d) O'z aqliga ko'ra mustaqil qaror qabul qilish
   - Why: Ustoz dinda mustaqil bo'lishni Alloh va Payg'ambarning hukmida sobit turish va ularning ta'limotiga amal qilish deb ta'riflaydi. [19:41–20:16]
