MMaviza
Al-XoliqTekshirilgan27 daq

93-DARS AL-XOOLIQ (3-QISM) / ASMA-UL-HUSNA

Abdulloh Domla · Asmoul husno

0:00
26:42
O'zgarishlar tarixi

Rahmatun rahim. Inna alhamdulillahi nahammaduhu anasta'inuhu anasta'firuh. Va na'udhu billahi min surur ya'nfusina va min sayyi'ati amalina. Man yahdixillahi falah mud'illala, va man yudhilixu falah hadiyala. Va nashxadval la ilohi illallohu vahdahlala sharikala. Va nashxa'da anna muhammadan abduhu rasuluh. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'l va barakatuh.

Alloh subhanahu va taoloning asmual husno, go'zal ismlari silsila darsimizdan, birodarlar, al xoliq ismini boshlagan edik. Davom etkazamiz. Al xoliq ismining sharhi bor bo'lgan oyatlar. Birinchi oyat. Astaydu billah allohu lazee xolaqa sabaa samaa va tin va minal ardi mitlahun. Yata'na zalul amru baynahunna leta alamu anna allohu ala kul nishayin qodir va anna allohu qadah hatto bekul nishayin ilma. Taloq so'rasin.

Alloh yetti osmonni va yerdan ham o'shalarning mislini yaratgan zoddir. Allohning amri, farmoni ularning o'rtasida nozil bo'lib tarqalib turur. Toki sizlar Allohning barcha narsaga qodir ekanligini va Alloh barcha narsani o'z bilimi bilan ixoti qilib olganini bilishlaringiz uchun, u zot sizlarga yuqorida zikr qilingan narsalar haqida xabar berdi. Ya'ni lita'lamu. Bu osmon yerdi Alloh Taolo nima uchun yaratdi? Bilib olishingiz uchun.

Osmon yerni yaratilishigidagi asosiy maqsad bu Alloh Taoloning ilmini va qudratini bandalar bilib olishligi. Lita'lamu anna alloha ala kull ishain qodir. Alloh har narsaga qodir ekanligini bilib olishlaringiz uchun. Arab tilida bu yerdagi lita'lamu lomi, lomi ta'lil deyiladi. Bu lomi ta'lul ilmni bayoni uchun keltiriladi. Yutuqqa erishishligi uchun mehnat qilish kerak, o'lib qolmasligi uchun ovqatlanishlik kerak. Ya'ni mana bu narsa uchun mana bunday narsa bo'lishligi kerak. Endi bu borliqni yaratishdan ko'zlangan maqsad, bu koinotni yaralishidan maqsad, bandalar Allohnı tanib olishligi.

Inson bu borliqdagi eng mukarram, aziz, yuqori martabadagi maxluq. Osmon ham maxluq, farishtalar ham maxluq, jinlar ham maxluq, tog'u tosh ham maxluq. Inson ham maxluq. Ya'ni yaratilgan. Ana shu maxluqlarning eng aziz, mukarrami inson, nima uchun?

Omonatni ko'targanligi uchun. Din, shariat degan omonatni ko'targani uchun. Astadibillar. Inna rodnal amanati ala samavati val ardi val jibal. Fa abayna yaxminlaha va ashfaqna minha va hamma alahal insan. Albatta biz bu omonatni deydi Alloh Taolo. Nima edi bu omonat? Shariat Islomiyadagi toat ibodatlar. Allohga quvchilik qilishlik. Mana shu omonatni osmonlarga, yerga va tog'u toshlarga ko'ndalang qilib arz qilganidek, uni ko'tarishdan bosh tortishdi va qo'rqishdi.

Ixtiyori bilan bo'yni sinish yoki majburiy bo'yni sinash. Siz bilan biz majburiy bo'yin singan joyimiz bor Alloh Taologa. Masalan, nafas olishimiz majburiy. Ovqat yeyishimiz majburiy. Uxlashimiz majburiy, chunki Alloh shunaqa qilib yaratdi, majbur bo'ysunyapmiz qonuniga. Endi ixtiyoriy bo'ysunish bor. Demak, odamlarning hammasi majburiy suratda Allohga bo'yn sinadi, Allohning qonunlariga bo'yn egadi. Ammo ixtiyori bilan bo'yn sinishlik faqat mo'minlarda bo'ldi.

Mana shu din degan, toat ibodat degan omonatni inson zimmasiga olganidan keyin, mana shu maxluqotlarni ichidagi eng aziz maxluqqa aylandi. Tushunarlimi? U figurasi uchun, qoshi, ko'zi uchun emas. Va sahqor ala qumman fissama va'ti va man fil art jamiyat minhu.

Biz ana shu omonatni ko'targan inson uchun, Alloh o'z tomonidan bizga osmonlardagi va yerdagi bor narsani bo'yin sindirib qo'ydi. Inson Allohni omonatini qabul qilgan paytda zolim va johil bo'lmadi. Ammo qabul qilgandan keyin amal qilmaydigan bo'lsa, shunda zolim bo'ladi, shunda johil bo'iladi. Dindan xabardor bo'ldi, qiyomat kuni qayta tirilish borligini bildi, hisob kitob borligini bildi. Lekin bularga itoat qilmadi, amal qilmadi. Mana endi johil bo'ldi. Oyatni davomida inson omonatni qabul qildi, va ka na voluman jahula, darhaqiqat u o'ziga zulm qilguvchi va nodon edi.

Omonatda qabul qilgani uchun zolim, omonatda qobil qilgani uchu nodon bo'lmadi. Bu oyatni ikki xil tushunishim mumkin. Agar shu omonatni ko'tarmaganida zolim, johil bo'lar edi. Endi omonatni ko'tardi, zaluman jahula, zolimlikdan va johlikdan qutuldi. Tushunarlimi? Shu omonatni qabul qiluvdik, biz zolim ham bo'lmadik, johil ham bo'lmaduk. Ikkinchi ma'nosi, omonatni qobil qilib turib, amal qilmadi. Mana endi zolim ham bo'mdi, johil ham bor edi.

Insonni ulug'ligi, makonoti mana shundan bo'mdi. Chunki ixtiyori bilan bo'yni sindi. Murodalar, maloyikalarda aql bor, lekin shahvat yo'q. Xohish istek yo'q. Hayvonlarda, hayvonlarda aql yo'q, lekin shahvat, xohish istek bor. Insonda aql ham bor, shahvat ham bor. Mana shu shahvatini aqli bilan sindirib, aqli bilan eksa, Allohni hukmiga bo'yin so'ntirsa, maloyikalardan ham balandroq martabada bo'ladi.

Agar aqlini ishlatmasdan shahvatini gapiga keladigan bo'lsa, hayvonlardan ham pastroq holatga tushib qoladi. Inson o'zini aqli bilan, ixtiyori bilan omonatni qabul qildi. Shuning uchun Alloh Taolo aytyapti, lita alamu bilishinglar uchun, nimani bilishimiz uchun, nimeni bilishimiz kerak edi? Hamma yaxshilik Allohni toatidan. Dunyoni saodati Allohni toatida. Insonni salomatligi bu dunyoda. Omonligi Allohni toatida. Dunyoni jannati Allohni toatidan. Oxiratni jannati ham Allohning toatida ekanini bilishimiz uchun.

Bizni dunyoga kelishdan maqsadimiz Allohni tanishish uchun. Inson qachon Allohga itoat qiladi, bilasizlarmi? Hamma yaxshilik Allohni qo'lida ekanligini, hamma yaxshilik Allohni qo'sida ekanligini bilganida. Aniq ishonsa, shunda itoat qila oladi. Alloh Taolo aytadi, lita alam u anna Alloh alakul lishayin qodir. Alloh har narsaga qodir ekanligini bilishligilar uchun.

Biz qachon Allohni yaxshi ko'ramiz? Qachoniki tanisak, qudratidan xabardor bo'lsak, hamma narsaga qodirligini bilsak va doim bizni ko'rib turishini bilsak, shunda uni yaxshi ko'ramiz, shunda unga osiy bo'lishlikdan qo'rqamiz. Misol. Chorrahada bir odam mashinasida o'tiribdi, svetoforada qizil chirog'i yonib turibdi.

Svetoforda ana shu chorrahada nima turibdi, mirshab turibdi. Uni ko'rdi haydovchi. Nandarog'ida mototsiklni ustida o'tiribdilar yana bitta mirshab. Mototsiklni ostida o'tiribdim. U ham yetmaganda kameralar turibdi, chorrahani to'rt tomondan olib. Mana endi aytingchi, shu haydovchi qizil chiroqqa yuradimi mashinasi bilan? Yo'q. Nimaga yurmaydi?

Ko'rib turibdi da. Ikkita mirshab tutib yuribdi, ko'rib turibdida, kamerani ko'rib turibda. Shuni bilgani uchun, shuni bilgani shu yurmaydi. Endi bilmasa chi? Demak, sizni mashinangizni, radar, o'sha fotokamerasi suratga olayotganligini bilsangiz, sekin yurasiz. Agar bilmasangiz, yuraverasiz, chegara, chegara kelganda nima qiladi? Yaxshigina pulingizni oladi. Dubayga borib, bizdan bitta bir shunaqa bir shumaxir bor ekan, qo'shtirnoq ichidagi. Yangi mashinani ijaraga olgan, haydavorgan. Bilmaganda bu qonunda. Naqqini besh ming dollar to'lagan chegaradan chiqib kelyapti.

Bir umr esdan chiqolmaydi bu darsda endi u. Chunki necha pulga oldi bu darsni? Men nima uchun aytyapman bo'lardim? Allohni tanisangiz yaxshi ko'rasiz, Allohni qudratidan xabaringiz bo'lsa, Allohda qo'rqasiz. Hamma narsa Allohni qo'lida ekan degan e'tiqodingiz komil bo'lsa, shundagina hokimida turasiz. Ma'qulmi?

Demak, inson Allohni tanimasa, unga itoatsizlik qiladi, isyon qiladi. Shuning uchun gunoh ma'sulotlarda muqim bo'lib turgan atrofimizdagi odamlar sababi nima ekan bu ishini? Allohni nima qilmas ekan? Tanimas ekan. Mana omonatni ko'tarib, Allohni tanib, dindan xabardor bo'lib, dinni hukmlarini hayotida tatbiq qilgan inson, yer yuzida yashayotgan maxluqotlarning eng afzali. Dalil astaydu billah innalladina amanu va amiru solihati ula aka hum xoyrul bariya.

Albatta iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlar, ana o'shalar yaralmish jonzotlarning eng yaxshisidir. Tirik yaratilgan, ya'ni tirik jonivorlarning eng yaxshisi mo'minlar. Endi qarang, davomini. Innalladina kafaromin ahlil kitabi val mushrikina fii nari jahannama xolidina fiiha, o'la aka xum sharrul bariya. Albatta ahli kitobdan va mushriklardan bo'lgan kofir kimsalar jahannam o'tida bo'ladi. O'sha joyda menga qoladi, ana o'shalar eng yomon maxluqlardir. Demak, inson tirik jonivorlarning eng yaxshisi bo'lishi ham mumkin ekan, eng yomoni bo'lishi ham mukin ekan. Iymon e'tiqodda turganlar eng yaxshi maxluqlar ekan, jonivorlar, kufrdagilar eng yomoni. Demak, birodarlar, biz Alloh Taoloni Al Xolih ismini dars qilyapmiz. Yuqoridagi oyatda lit a'lamu dedi. Bilishingiz uchun. Nimani bilishingiz uchung? Allohni hukmi seni ustingda joriy. Bilasanmi, bilmaysanmi, hukmi o'tadi. Tan olasanmi, olmaysanmi, Allohni hukimi o'tadi ustingda.

Qarang. Masalan, adolat qoyim qilingan joyda o'sish bo'ladi. Haqlar berilsa, hammani haqqi ado qilinsa, zulm qilmasa, shu yurt o'sadi degan Allohni qonuni bor. Bu qonunda musulmon tadbiq qilsa, yurtni yuksalaveradi, kopir tadbiq qilsayam yuksalaveradi. Ya'ni Allohni mana shunday qonuni bor, u qonunda kim amalga oshirsa, yuksalaveradi? Garchi kopir bo'lsa ham. Endi zulm bo'lsa, adolatsizlik bo'lsa, haqlarini poymol qilishlik bo'ladigan bo'lsa, u yurtni cho'kishi bor. Bu ham qonun, bu ham joriy. Siz uni bilasizmi, bilmaysizmi, tan olasizmi, yo'qmi, ishlayveradi.

G'arb dunyosi, dunyo maydonida nima uchun bizdan o'sib ketdi? Ana shu biz aytayotgan o'sishlikka sabab bo'ladigan adolatni qoyim qilishdi. Bir kashfiyotchi yangi narsani o'ylab topadi, patentini oladi, shu narsani chiqarib sotganlar uni haqqini beradi. Sotgan har bitta narsasidan. O'shaning uchun u yana yangilik qilishlikka, kashfiyot qilishlikka oshiq bo'ladi. Haqqa ado qilindimi? Tabiiy bu yurtni o'saveradi.

Demak, yuqoridagi oyatdan, birodarlar, osmonlar yerni yaratilishidan maqsad nima ekanligini bilib oldik. Lita alamu. Bilishingiz uchun, Allohni tanishligingiz uchun. Ikkinchi oyat. Istadibulla. Va layliydi yag'ushar, va nahariydi tajallar. Va ma xolaqod zakoraval unsa, innasaayakum lashadda.

Borliqni o'z zulmati bilan o'rab kelayotgan kechaga qasam. Yorishib ko'ringan kunduzga qasam. Erkak va ayolni yaratgan zotga qasamki, shak shubhasiz, sizlarning sayo harakatlaringiz xilma xildir. Inson tirik ekan, ko'chaga chiqar ekan, harakat qiladi.

Chunki u uni tabiatida bor, ishlash kerak yo'q. Ana shu ko'chaga chi qib, harakatni boshlar ekan, har bitta insonni ko'zlagan maqsadi bor. Biri halol yo'l bilan maqsadga yetaman deydi, biri parvo qilmaydi halol haromga. Biri savob amalda qiladi, biri gunoh amalni qiladi. Demak, sa'ya harakatlarimiz nima ekan? Turli ekan. Mana endi yer yuzida yetti milliardmi, sakkiz milliardmi, qancha odam bo'lsa, hammasini maqsadi bor.

Mana shu dunyoda yashab, sa'y harakat qilayotgan odamlar ikki xil bo'ladi. Mo'minlar va kofirlar. Mo'minlar. Bular o'zini jannat uchun yaralganga ishonadi. Bu dunyo imtihon hovlisi ekaniga ishonadi. Mukofotmas, taklifotlar xolis ekaniga ishonadi. Bu dunyoni vaqtincha ekanligiga ishonadi. Shuning uchun nima qiladi? Ollohga osiylik qilmaydi. Taqvoga intiladi, chunki o'zini jannat uchun yaralganligiga ishonadi . Shuning uchun bunaqa odamlar hayotini ato qilishlik ustiga quradi. Olishlik ustiga emas.

Qaytarib aytamiz, mo'min hayotini ato qilishlik ustiga qurgan. Puli bo'lsa pulini beradi. Ilmi bo'lsa ilmini beradi. Maslahati bo'lsa maslahatini beradi. Eng kamida tabassumini hadya qiladi birodar ekan. Mo'min ato qiluvchi bo'ladi. Chunki Allohni taniganda. Allohdan qo'rqadida. Shariat manhachi nima qilganini ishlaydi? Axloqini go'zal qiladi. Shuning uchun ikki dunyoda salomat bo'ladi va saodatli bo'ladi. Ikkinchi toifa. Bu kofirlar. Bular o'zini shu dunyo uchun yaralganman deb o'ylaydi.

O'limdan keyin hech narsa bo'lmaydi deb o'ylaydi. Bir marta yashayman deb o'ylaydi. Endi mana shu tushuncha bilan yuribdimi? Endi bu odamga hech narsani farqi yo'q. Mumkin, mumkin emas degan tasavvur yo'q. Xohlagandaqa yashaydi, o'limdan keyin hayoti yo'q. Endi bunaqalar hayotini nimani ustiga quradi?

Bundaylar o'zlarini hayotini olishlik ustiga quradi. Shuning uchun mo'min bilan kofirni o'rtasida osmon bilan yerchalik farq bor. Mo'min hayotida ato qilishlikni umid qilib yashaydi. Kofir faqat olishlikni. Shuning uchun odamlar yo anbiolarga ergashgan bo'ladi, yo mansab egalari, quvvat egalari boylarga ergashadigan bo'ladi. Payg'ambarlar ato qilishgan. Mansabdorlar mulk egalari olishgan. Anbiyo payg'ambarlarni odamlar yaxshi ko'rgan va maqtashgan, borida ham, yo'qida ham. Ammo mansabdorlardan quvvat egalaridan qo'rqishgan, maqtashgan faqat boridan.

Ambiyolar odamlarning qalblariga ega bo'lishgan. Mansabdorlar, zolimlar, mulkdorlar esa odamlarda bo'yinlariga ega bo'shgan. Innna saayakum lashatta. Albatta sizlarni qiladigan sayr harakatlaringlar xilma xil. Mana biz jumada o'tiribmiz hozir. Hamma ishni tashlab keldik. Chunki juma vaqtida qilingan tijorat halol bo'lmasligini bilardik da.

Ya ayyu halladina, a manu, ida nu deyali solati min ya umil jum'ati fas av ila dikri la vatarul bay'a. Ey mo'minlar, dedi Allohu. Agar juma kuni namozga nido qilinsa, fas av ila dikililar. Allohni zikriga shoshilinglar, ya'ni masjidga shoshilinglar, savdoni qo'yinglar. Ana buyruq. Ana bitta qaytariq. Namozga shoshil, buyruq, savdoni qoy, qaytariq!

Endi kimdir o'tiribdi do'konida. Qo'shnilar nima qilishdi? Qayoqqa ketishdi? Jumaga ketdi. Endi nima qilib olaman o'zim? Chunki berigi jumaga ketganlar aniq ishonishadi. Nimaga? Rizq Allohni qo'lida. Hozir savdo qilsam halol bo'lmay qoladi. Alloh yozgan rizqimni olaman. Agar qolsam, gunohkor bo'laman, xoram qilib olaman, bebaraka qilib olaman. Endi jumaga boradigan bo'lsam, Alloh u rizqimni birovga berib qo'ymaydi. Barakalik qilib beradi, halol qilib beradi degan e'tiqodi borligi uchun jumaga kelib o'tiribdi.

Demak insonlar ikki xil bo'lyapti. Yo Allohni tanib, uni manhachiga bo'yni singan mo'minlar, yo Allohni tanimasdan o'zi xohlaganday qishagan kofirlar. Astadbirillah. Fa amma man atovatdaqo va soddaqo belhusna. Ana endi kim? Kambag'al bechoralarni haqqi bo'lgan sadaqa ehsonini ato qilsa va Allohdan qo'rqsa hamda go'zal oqibatni tasdiq etsa. Jannatni tasdiqlatsa. O'zini jannat uchun yaralganligini bilsa, taqvo qilish ustiga hayotini, ato qilish ustiga xursa. Nima bor bu odamga? Fasono yasiru hu lid yusro. Biz uni bas, biz uni oson yo'lga muyassar qilavermiz.

Nima uchun yaralgandi inson? Qaysi joy uchun yaralgangandi? Jannat uchummi? Demak, jannatga olib boradigan ishlarni oson qilib qo'yamiz deyapti. Biz bilmaymiz kimni jannati, kimni do'zaxi ekanligini, aniq bilmaymiz. Ammo Alloh Taolo yaxshi ko'rgan, jannatiy qilib qo'ydigan bandasi jannatga olub boradigan ishlabni qilishi juda ham oson bo'ladi.

E, sizlar oson deb o'ylayapsizlarmi bomdodga turishni, birodarlar? Oson emas bomdodga turishi. Sizlar Saratonda ramazon ro'zasini tuzishlik oson ishda bo'lyapsizlarmi? Bu oson emas bu. Siz topgan pulingizni ikki yarim foizini zakot qilib berib yuborishlikni oson ishdabo'lyapsizlar mi? Oson emas bu, agar Alloh oson qilmagan bo'lsa.

Endi Alloh bizga oson qilib qo'yibdimi? O'shaning uchun osonlik bilan qilyapmiz. O'n to'rt soat ishlasa yemay yurasizlarmi deydi. Yo'q. Suv ham ichmaysizlarmi deydi. Yo'q. Aqliga sig'dira olmaydi bu. A siz uchun uch kuni ozgina mashaqqat oladi, keyin nima bo'lib qoladi? Rohat bo'lib qoladimi? Bu nimani belgisi ekan? Alloh sizga oson qilib qo'yganligini belgisi. Bomdodga turish oson emas, birodarlar. Jumauga kelish ham oson emas. Do'konda yopib qo'yib.

Ramazonda oshxonasini yopib qo'yish ham oson ish emas, birodarlar. O'sha kafelarni, restoranlarni xo'jayinlarini ramazonda kafesini yopib qilib ekanligi ham oson ishmas, o'ylab ko'ringlarda, chakana puldan qolyaptimi? Lekin osonlik bilan yopa olyaptimi? Demak, Alloh oson qilibdi. Agar Alloh oson qilmasa, biz namoz ham o'qiy olmaymiz, ro'za ham tuta olmaymiz, tasbeh tahlil ham ayta olmaymiz. Alloh oson qilsin.

Salomat bo'lish uchun yaralganmidi? Saodat topish uchun yaralgannidi? Jannat uchun yaralgangannidi inson? Allohga iymon keltirgan mo'minni Alloh mana shu ishlarga nima qilib qo'yadi yo'lini? Oson qiladi, muyassar qilib qo'ydi. Ikkinchi toifa. Vo amma man baqila vastag'na va kad zababil husna. Endi kim? Baxillik qilsa va o'zini Allohda behojat bilsa, yana go'zal oqibatni, jannatni yolg'on desa, ya'ni kofir bo'lsa, o'zini maxluq ekanligini, qul ekanligini qabul qilmadi. Jannat uchun yaralganini tan olmadi. Dunyoda maishat qilib qolish kerak, degan e'tiqodda yashadi. Toatni rad qildi. Halol haromni tanimadi. Mumkin, mumkin emasga e'tibor bermadi, xohlaganini yedi, xohlagani bilan yeb ichib o'tirib turdi. Qaysi yo'l bilan bo'lsa ham olganini foyda deb bildi. Ato qilmadi, faqat oldi va mana shuni yutuq deb bildi. Va mana shuni oqillik deb bildi. Boshqalarni qiynab o'ziga xizmat qildirdi, ammo o'zi hech kimga xizmat qilmadi xaloyiqqa. Hamma narsa uniki bo'lishi kerak, boshqalarga hech narsa bo'lmasligi kerak.

Jannatni inkor qildi. Endi bunday insonga nima bor? Endi bunday insonga nima bor? Jahannam bor. Qaranglar. Juda bir hikmatli narsa. Alloh Taolo bu dunyoga aytdi. Meni xizmatimni qilganini sen xizmatini qilgin.

Senga xizmat qilganini qiynagin. Qaytaraman. Meni xizmatimni qilganini sen xizmatini qilgin. Seni xizmatingni qilganini qiynagin xizmatga solgin. Hadis bor, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam bilan sahih hadis. Kim hamma g'amlarni bitta g'amga almashtirib olsa, Alloh qolgan hamma g'amlarga o'zi kifoya qiladi. Biz ishonamiz bunga.

Hamma g'amni bitta g'amga almashtir, Allohni rozi qilaman degan g'am, birinchi g'aming bo'lsin, qolgan ishingni Allohga tashlab qo'y. Biz iymon keltirganmiz bunga. Fasonu yas serughu lili osro. Bas, biz uni dunyo va oxiratda baxtsiz bo'ladigan og'ir yo'lga muyassar qilurmiz. Bunaqa odam jahannamga olib boradigan ishlarni juda osonlik bilan qiladi. Yuqorida aytdik, mo'min qiyin bo'lsa ham, jannatga olib boradigan ishlarni osonlik bilan qiladi. Boyagi ishlarni, namozni, ro'zani, zakotni.

Endi agar kofir bo'lsa chi, do'zaxga olib boradigani ishlarni osonglik bilan qilardi. Qo'rqmay tuhmat qiladi. Qo'rquvmay yolg'on guvohlik beradi. Qo'lqmay zulm qiladi. Hech narsani ro'yxatini, andishasini qilmaydi. Unga bu ish oson. Unga mana shu ish oson. Endi ana shu itoatsizlikni, mana shu ma'suliyatlarni nima deb qiluvdi? Pul deb, moli davlatni debmi? Mana shu moli davlatga, boylikka bo'lgan istaklarini, shahvatlarini qondirish uchun qiluvdimi? Katta imoratni pulga olar edi. Yangi mashinani pulga olar edi, go'zal, ayolga yetish ham pul bilan bo'lar edi. Puli bilan kekkayamidi? Mana shu pul deb yurganmidi? Ha, shu pul deb yurgandi.

Voma uyg'uniy anhu ma'luh i da tarotda. Va do'zaxda halok bo'lgan vaqtida moli dunyosi unga foyda bermaydi endi. Ajoyib da. Odamlarni haqqidan qo'rqmasdan, zulm bilan, harom bilan, qarg'ish bilan dunyoni to'playdi, to'playdi, toplaydi, guppi o'tib o'lib qoladi. Gunoh ma'suliyatni olib ketdi, to'plab qo'ygan harom moli bola chaqasiga qoldi.

U moli dunyosi unga foyda qilmaydi. So'ram davom etkazamiz. Innna alayna alal huda. Shak shubhasiz hidoyat qilish ham bizning zimmamizdadir. Shak shubhaasiz oxirat ham, dunyo ham bizniki. Agar Alloh Taoloning lafzi jalolasi Alloh bilan ala lafzi birga keladigan bo'lsa, ilzomi zotiyni nazarda tutiladi. Ya'ni Alloh o'zini zimmasiga oldi shu narsani. Shak shubhasiz oxirat ham, dunyo ham bizniki va hidoyat qilishlik ham bizni zimmamizda.

Fan zartukum na'ron talabzo la yasla ha illal ashqo alladiy kazzaba va tavalla. Bas, ey insonlar, men sizlarni lovullab yonib turgan olovdan, do'zaxdan oyo'lantirdim. Unga faqat haqni yolg'on degan va iymon e'tiqoddan yuz egilgan badbaxt kimsagina kirur. O'zi pokdomon bo'lib, moli davlatini yaxshilik yo'lida sarfladigan taqvodor zot, u do'zaxdan yiroq qilinur.

Aquli hovli ha'da va astag'firulloh ili valakum. Innallohi va malakati hu yusalluni ala nabi. Ya yuhalladina amanu sollallohu alayhi vasallimu taslima.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish