Bismillahir rohmanir rohim. Innal hamdilillahi nahmaduhu onas ta'inuhu onas fihuh, ona'udh billahi min ash g'ururin afhusina. Omin sayyi'ati amalina mayyahdihillah hufala mubillala, voman yu'dulil hufala hadiyaluh. Ona shuhratulloh ilohi illallohu vahdahlah sharikala, ona shuhratuh anna muhammadan abduhu rasuluh. Ammabod. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'l va barakatuh. Bismillahir rohmanir rohim. Alloh subhanah va taoloning go'zal ismlari asmonu husn osti silasidan robbimizning al jabbar ismini boshlaganidek davom etkazamiz. Al jabbar tuzatib qo'yadi, hammadan oliy, pok zot, unga yetib bo'lmaydi.
Alloh azza va jalla al jabbar bo'lgan zot. Hukmini doim o'tkazadi. Faqat uning aytgani bo'ladi. Najotga yetishlik shansi nol bo'lgan uchta holat. Muso alayhissalom. Fir'avn u kishini orqasidan quvib chiqdi qo'shini bilan. Necha yuz yillik qulchilikdan keyin, Muso alayhissalom Banu Isroilni tunda olib chiqib ketdi Misrda. Tong otganda Fir'avn o'zini o'sha zamondagi eng qudratli qo'shini bilan quvib orqasidan chiqdi. Olti yuz ming yahudiy dengizni bo'yiga, sohalarga kelganida, orqa tomonda Fir'avn qo'shini bilani ko'rildi.
Olti y uz ming yahudiyni qo'lida quroli yo'q. Orqadan o'sha zamonning eng kuchli armiyasi kelyapti. Qirib yakson qilib tashlagani, xitoy adovati bilan. Shunda Muso alayhissalomning sheriklari nima deyishdi? Astadibillah, qoli ashabi Muso inna alamudrakun. Bizlar aniq tutildik, deyishdi. Muso alayhissalom nima dedi? Kalla, inna ma'iyya robbiy sayyahdin. Yo'q, robbim men bilan. Albatta meni najot yo'lga boshlaydi. Natija qanday bo'ldi? Qutulib qolishlikka shans nol deyapmiz.
Bitta yahudiy yerdan bitta kesseda olib turib, fir'avnga otgani yo'q. Alloh taolo al jabbar bo'lgan zot, hukmini o'tkazadi, majbur o'tkazadi hammaga. Muso alayhissalom tayog'ini suvga tegizdi, dengiz ikkiga bo'lindi, tagi qup quruq bo'lib turdi, olti yuz ming yahudiy o'tib ketdi. Fir'avn kirdi, suv tagida qoldi.
Ikkinchi qissa. Kitni qorniga tushib qolgan yunus alayhissalom qissasi. Birodarlar, aql bovar qilmaydi. Kit, o ellik tonna, yuz tonna. Bir marta ovqatlanganda to'rt besh tonna ovqat yeydi. Hozir hay sang yuz kilolik odam nima uni qorni uchun? Shunda yutdi, dengiz tagiga olib tushib ketdi. Hech qanaqa imkoniyat yo'q. Hatto hozir bo'lsa ham qutqarib qololmaymiz. Shu o'sha texnologiyamiz bo'lib turib. Chunki havosizlikdan o'zi bir ikki minutda o'ladi oshib borsa.
Nima dedi? Fanada fil zulmatiy alla ilaha illa anta subhanaka innikun tumina zolimin. Qorong'u zulmatlarda turib, hech iloh yo'q. Magar o'zing bordirsan, ey pokiparvardigor, men o'zimga o'zim zulm qilib qo'ydim dedi. Alloh qutqardimi? Alloh al jabbar bo'lgan zon. Allohni aytgani bo'ladi.
Uchinchi hissa. Qaysi hissa bu? Quduqqa tashlangan Yusuf alayhissalom hissasi. Akalarni o'ldirmoqchi bola quduqqa taqashdi. Lekin Alloh Taoloning irodasi har qanday irodadan ustun bo'ladi. Allohni xohishi bo'ladi. Ollohni aytganini bo'ladi, chunki u al jabbar bo'gan zon. Nima bo'ldi?
Qul bo'lib sotildi. Vazirlik uyida yashadi. Keyin misrning aziziga, vaziriga aylandi va mana shu qilgan ishni, mana shu qatlni maqsad qilgan aka ukalari borib turib, yusuf alayhissalom oldida bo'yn egdi. Alloh al jabbar bo'lgan zot. Hammani o'zini hukmiga bo'yn sindiradi. Tuzatib qo'yadi, hammadan oliy, pokzod, unga yetib bo'lmaydi. Va tuzatuvchi isloh qiluvchi. Beshinchi ma'no. Alloh al jabbar tuzatuvchi, isloh qilishchi. Ishlarni tuzatuvchi bo'lgan, ishlarning yechimi o'zini qo'lida bo'lgan zot.
Mana birodarlar, bir odam tug'ildi, o'sar ekan, suyagi cho'ziladi. Shu suyagini o'sishligiga bir hujayralar ichida ishlaydi, cho'ziladi. Alloh taqdir qilgan uzunlikni aytganda to'xtaydi o'sishdan. Endi boyagi uni o'stirgan hujayralar uxlaydi. Allohni qudratini qarang. Endi ellik ga kirganda, qirq ga kirganda bir odamni suyagi sindi. Doktorga boradi. Uni kim tuzatib qo'yadi? Doktor. Nazarida. Travmatologni ishi nima o'sha yerda?
O'sha singan suyakni olib kelib bir biriga to'g'irlab, gips qilib, baylab qo'yish. U yog'i kimni ishi? Al jabbar bo'lgan alloh boyagi o'sish uchun ishlagan hujayralarni o'g'itib qo'yadi. Haligilar suyakni bir biriga ulaydi, yana uxlaydi. Demak, beshinchi ma'nosi al jabbar so'zini tuzatuvchi, isloh qiluvchi, majbur tuzatib qo'yadimi? Yo bitta bitta travmatolog o'zi yemaganmi suyagi suyagiga ulanib? Aytaylarchi?
Demak, Alloh bandalarini ishini tuzatadi, yorilgan narsani yopishtiradi, singanda ulaydi, xorni aziz qiladi, mahrumga ato qiladi. Al jabbar, ya'ni mazlumni holini tuzatadi, faqirni ishini tuzatad, kasalga shifo beradi, mahrumg'a ato qiladi, al jabbar muammolarni hal qiladi, mushkulalarni hal qiladilar. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, tunni oxirgi uchinchi qismi bo'lganida, Alloh dunyo osmoniga tushib kelib, to tong otgunicha istig'for aytuvchi bormi, uni kechiray. Tavba qiluvchi bormi? Tavbasini qabul qilay. So'rovchi bormi, duo qiluvchi bormi deydi. Aql qushlarimizni tuzatadi, esimiz o'zimizga qaytaradi. Albatta bu ulug' ne'mat.
Oltinchi ma'no. Jabbor degan so'z bandaga nisbatan ishlatilsa, ayb bu. Zolim zo'ravon degani. Lekin Alloh Taologa nisbatan jabbor ishlatilsa. Bu maqtov bo'ladi. Oltinchi ma'no, o'zining xohishiga hammani majbur qiladi. Birodar, sen ham nimalardir xohlaysan. Men ham nimalarnidir xohlayman. Alloh ham nimalarnidirxohlaydi.
Sen ham xohlaysan bir narsani, men ham xohlayman bir narsani, Alloh ham xohlaydi bir narsani. Kimni xohlagani bo'ladi? Qarang, siz bilan bizni xohlashimiz bu orzu, umid. Ollohni xohishi hukm. Hadis quddusida Olloh Taolo aytadi: Abdiy, ey bandam, ana urid va anta turid.
Sen ham xohlaysan, men ham xohlayman. Men ham xohlaymen, sen ham xohlaysen. Fayda sallam tali fiy ma urid, kafay to'kama turid. Agar sen men xohlagan ishda, menga taslim bo'lsang, sen xohlagan ishda men senga o'zim kifoya qilaman. Men aytganqa bo'l, sen xohlagan narsani beraman.
Voyillam taslimli fi ma'urid, at abduka fii ma'turid. Agar men xohlagan ishida menga taslim bo'lmasang, men aytganchalik bo'lmasang. Men aytganday bo'lmasang sen xohlagan narsa da seni qiynab qo'yaman. So'nma, keyin nima bo'ladi? La yakuna illa ma'urid. Undan keyin men haqiqat men aytgan narsa bo'ladi. Sizni xohlashingiz hech narsa emas. Meni xohlashingiz ham hech narsa emass. Alloh xohlagan bo'lsin.
Shuning uchun inshaalloh bunday qilaman, inshaalloh bunda qilamiz deymiz. Ertaga bo'ladigan ishimizni. Shir avn nima degan edi? Faqoli ana robbukumul a'la. Men sizlarni eng oliylar robbilarman deganmidi? Ha, o'zini iloh deb bilgan edi. Yana nima degan edi? Men alim to'laku min ilohin g'oyri. Sizlar uchun mendan boshqa iloh yo'q degan edi. O'zini qavmiga. Ana, o'sha Banu Isroilni xor qilgan Fir'avn birodarlar. Shu Fir'avn tush ko'rdi. Tushida Banu Isroildan bir chaqaloq tug'ilar ekan, uni saltanatini yo'q qilib tashlar ekan. Uyg'ondi, tushini ta'bil qiladiganlarga aytdi, shu bolani tug'ilishligini aytishdi ular.
Bu mushkulani hal qilib qo'yishlik Fir'avn uchun muammo emas. Hukm chiqardi. Banu Isroildan tug'ilgan har bitta o'g'il bola chaqaloq so'yilsin. Bo'ldi, muammo hal bo'ldimi? Haqiqatdan so'yildi, minglagan chaqaloqlar so'yildi. Lekin u bir narsani xohlagan edi Fir'avn, Alloh boshqa narsani xohlagandi.
Alloh taoloning al jabbar bo'lgan Allohning irodasini joriy ekanligini ko'ringki, Mo'g'ul sallallohning onasi Allohning ilhomi bilan savatga solib daryoga oqizdi. Alloh ilhom berdi, solib oqizdi dedi. Savol. Nimaga bu savat cho'kib ketmadi? Bor a shunaqa variant? Nimaga bironta bir nahang yutib ketmadi? Bu variant ham bor. Nimaga oqib ketmadi boshqa yoqqa? Bunaqa variant bor. Nimaga ayni Fir'avnning qasriga borib turib to'xtab qoldi? Sabab? Chunki Fir'avn ham bir narsani xohlovdi, Alloh ham bir narsanixohlovdi.
Ollohni xohishini ko'ringki, shu fir'avnni mulkini yo'q qilish kerak bo'lgan bolani, fir'avnni o'zi katta qildi saroyida. Shuning uchun al jabbar bo'lgan Olloh bir narsani xohladimi, u narsa bo'ladi. Shu o'rinda bitta mulohaza bor. Ayrim odamlar mahallada, yurtda, qishloqda bo'larkan xayriyatga to'sqinlik qilmoqchi bo'ladi.
Ilmsizligi tufaylidir, kibri sabablidir, yoki bir har xil odamlarni gap so'zlariga bir oldinib bir qarshilik qilmoqchi bo'ladi. Bo'lmasam mana shu bo'layotgan yaxshi ishda ularga hech qanaqa zarar yo'q. Ey, g'ofil banda, gumroq banda, agar Olloh xohlagan bo'lsa shu ishni bo'lishini, burning yerga ish qilsa ham, dod desang ham bo'ladi.
Faqat shu ish bitgandan keyin yaxshi ish, sen qarshi chiqqanlar qatorida bo'lib, qora otli bo'lib qolasan. Kallangni ishlatmaysanmi? Yordam bera olmaysan, bitta cho'p olib bera olmaysanmi? Zararing tegmay tursin. Shu ishni qilayotganlarga podnoshka bermay tur, to'sqinlik qilmay tur.
Ibrohim alayhissalomni qissasiga qaramaysizmi? Qavmni u kishini yoqib tashlashlik uchun juda katta gulxon yoqdi. Qavm bir narsani xohladi. Lekin Alloh buni xohlamagan edi. Alloh Ibrohimni salomat qolishini xohlagan edi. Shuning uchun Ibrohim alayhissalom salomat qoldi. Ammo, rivoyatlarda, kes kaltirik, kalta kesak. Ibrohim tezroq kuyib ketsin deb turib, o'ttitoydan puydab turdi.
Qaldirg'och Ibrohim Halil kuymasinda, bir tomchi suvni og'zida olib kelib, o'tga tashladi. U bir tomchi suv o'chira olmasligi tayin. Qiyomatda Allohni huzuriga borganda, Halil Ibrohimga yordam berganman degan nima uchun? Hujjat uchun. Qarang, uni suvini foydasi tegmadi, keskaltiraydi, puydaganini zarari tegmadi. Allohni aytgani bo'ldi. Lekin gulxan o'chganidan keyin, Ibrohim alayhissalom salomat chiqdi. Qaldirg'och rahmat bilan qoldi, rahmatga ega bo'ldi, keskaltirik la'natga qoldi.
Shuning uchun sen ham bir narsani xohlaysan, banda. Men ham xohlayman, men ham bandaman. Alloh ham bir narsani holi edi. Shuning uchu birodarlar, yaxshilikka to'g'anoq bo'lmaylik. Eng kamida zararimiz tegmay tursin. Qulna ya naru kuni bardam vasalaman ala ibrohim. Ey o't, ibrohimga sovuq va salomat bo'gin dedi.
Mishliylar ham birodarlar bir narsani xohlashdi. Alloh Taolo esa boshqa narsani xohladi. Muhammad alayhissalomni qatl qilmoqchi bo'lishdi. Lekin Al Jabbar bo'lgan Alloh Taolo Muhammad alayhi assalomni tirik qolishini xohlaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam g'orga chiqib, Savr g'orida Abu Bakr Siddiq bilan o'tiribdi. Mushriklar o'sha g'orni oldiga kelishdi. Abu Bakr Siddiq g'orda o'tirib, ularni oyoqlarini ko'rib turar edi. Shu yerga kelishdi. Izlar shu yerga kelyapti deyishdi. Lekin bittasi engishib qaragani yo'q.
E, agar engishib qaraganida ham Al Jabbar xohlamabdimi? Ular ko'rmas edi. Abu Bakr Siddiq yig'iladi shu yerda. E Abu Bakr, nimaga yig'layapsiz deb Rasululloh so'radilar. Yo Rasululloh, agar hozir oyog'ini tagiga shunday qarasa ko'rib qolardi ya bizni dedi. Shunda Payg'ambarimiz xotirjam suratda, Robbisining irodasiga iymoni komil bo'lgan zot, Payg'ambarim ma zonnuka ya Abu Bakr bi isnayn Allohu salisi hukmi dedilar.
Uchinchi sherigi Alloh bo'lgan ikkala odam haqida qanaqa gumondasiz? Biz ikkita bo'lsak, uchinchi sherigimiz Alloh. Xotirjam bo'linglar Abu Bakrni. Demak bandalar ham bir narsani xohlaydi. Alloh ham bir narsani holi edi. Kimni xohishi bo'ladi? Al Jabbar bo'lgan Alloh Subhanahu va Taoloning.
Ramziy qissa. Er xotin tushlik qilib o'tirishuvdi, eshigini birov taqillatib qoldi. Chiqsa, eshikni ochsa ayoli, tilamchi. Kim ekan? Deb eri so'rayapti. Tilamchi ekan. Haydab yubor dedi. Haydab yurdi. Vaqt o'tdi, oy o'tdi, yil o'tdi, bu er xotin ajrashib ketdi. Ayol keyin yana bitta turmushga chiqdi. Yana xuddi shu holat, bir qancha yillardan keyin. Tushlik qilib turibdi, yana eshikni taqillatib olindi. Borib ochsa, tilamchi.kim ekan dedi? Tilamchi dedi. Ha, bir narsa berib yubor. Berib yubordi. Qaytib kelib, erini oldida o'tirib, ayolni rangi g'alati bo'lib qoldi. Ha, nima rangi g'alat bo'lib qoldi, dedi. Eshik etayi kelgan odam kimligini bilasizmi, tilamchilik qilib qilgan? Tilamchilik qilib kelgan. Yo'q desa, meni birinchi erim ekan deydi. Qarang, Allohni bir irodasini. Er, meni kimligimni bilasanmi, dedi. Yo'q dedi, o'sha o'sha ering bilan o'tirganingda kelgan tilanchi men bo'laman deydi.
Allohni xohishi bo'ladi. Bir kunda g'ildiraga aylanib, pasti tevaga, tevasi pastga tushib qolishi mumkin. Shuni unutmaslik kerak. Kim aytgani bo'ladi? Al Jabbar bo'lgan Robbunni Subhanah va Taoloni aytgani bo'sadi. Shuning uchun katta gapirib bo'lmaydi. Yettinchi ma'no, Al Jabbar uning zotini idrok qilishdan aqllari ojiz bo'ladi.
Allohning zotini idrok kila olmasligingni idrok qilishing Allohning zotin idrok qilishingdir. Allohning zoti qanaqa ekanligini men tushuna olmayman ekan, aqlim olmas ekan dedingmi? Demak Allohni tanibsan. Sen Allohni zoti haqida qanaqa o'yga, qanaqa tasavvurga borma, Alloh sen o'ylagandaqa emas.
Chunki bizning aqllarimiz, birodarlar, Allohning zotini bilishga qosirlik qiladi. U haqidagi biliming bilimsizlikdir, u haqidagi bildimsizliging bilimdir. Men bilmayman Allohni qanaqaligini dedingmi? Demak, senda bilim bor. Men Allohni qanaqaligini bilaman dedingmi? Demak senda bilim yo'q.
Aqulu qovli ha da. Va astag'firulloh alayhi va lakum. Innallohi va malakatuhi yusalluna alannabi, ya ayyu halladina amanu sollallohu alayhi va sallamu taslima. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.