Bismillah, alhamdulillah, va alayh va salamu ala rasulillah. Navbatdagi biz tadabbur qilib ko'rmoqchi bo'lgan oyat, Kaf surasining ellikinchi oyati bo'lib, Alloh Taolo unda aytadi. Oyat qulni alil mala, ikatingiz juduliy, adama fasa jadu ila, iblis ekanu minal jinniy va fasaqan amri robbi. Biz farishtalarga aytdikki, sajda qilinglar. Odam uchun sajda qilganingizni ta'zim qilinglar ma'nosida. Sajadiya ular hammasi sajda qildi. Illa iblis. Illa iblislik sajda qilmadi. Kaneminal jin, u jindan edi. Fasaqan amri robbih va robbining amriga fosiq bo'ldi, amridan chiqdi. Endi Alloh Taolo aytyapti, ana nima bo'lib iblis Alloh Taoloning toatidan chiqdi. Va Allohga dushmanga aylandi. Nima bo'lib bu narsa bo'ldi? Aynan odamga sajda qilishni xohlamaganidan bo'ldi. Aynan bizga, bizning bobomiz Odam alayhissalomga, ya'ni Odam sizlarga dushmanligi sababli bo'ldi. Endi Alloh Taolo bizdan so'rayapti. Afatat taqidunah va zurriyatahu avliya aminduniy va hum lakum adu.
Endi sizlar o'shani va uning zurriyatlarini o'zinglarga do'st qilib olasizlarmi? Ular axir u sizlarga dushmanku deyapti Alloh Taolo. Ya'ni u o'zi aslida Allohga isyon qilishining sababi sizlar edinglar. Alloh Taolo sizlarni oliy qilgani uchun, sizlarning bobongizni oliy qilganingiz uchun, u Allohga isyon quruvdi. Va sizlarga dushmanligi sababli o'zi aslid Alloh Taolo unga g'azab qiluvdi. Endi sizlar Allohni qo'yib, o'shani o'zinglarga do'st qilib olasizlar.
Qarang, bu qanaqa mantiqsizlik bu? Shaytonni o'ziga do'st tushish qanday aqolsizlik va mantiqsizlik ekanini mana shu oyatni o'qigan paytingizda amr qilib ko'ring. Mana har juma kafesturasini o'qiysiz. O'ylab ko'ring shu narsani. U shayton iblis o'zi aslida Alloh Taoloning g'azabiga uchrashining sababi o'zi aslada u bizga dushmanligi edi. Bizni ko'ra olmagani, bizga hasad qilgani, bizning bobomizga hasad qilgani. Odam alayhissalomga va Odam nasliga dushmanligi uchun Alloh Taolo uni ustidan g'azab qiluvdi. O'sha dushmanlik Odamga bo'lgan hasadi uchun u Alloh Taologa isyon qiluvdi. Endi biz o'sha iblisni o'zimizga do'st qilamizmi, u iblisdan bizni himoya qilayotgan Alloh Taoloni tashkil ishlab. Bu qanaqa aqilsizlik bo'ladi? O'shanga avvalo aytyaptiki, afadattaq hizunah u va zurriya tah u, avliya aminduniy va hukm la kum adu.
Iblisni va uning zurriyotlarini meni o'rnimga o'zinglarga do'st qilib olasizlarmi deyapti Alloh Taolo. Axir ular sizlarga dushman ku. Besalil zolimiyna badala. Zolimlar uchun qanaqa ham yomon badal bu. Qanaqa ham ya yomon badalki, Alloh Taolo sizni yaratgan, sizga rahmati va fazl va ne'matini yaratgan, siz uchun jannatlarni yaratgan, sizni shunaqa chiroyli surati bu dunyoda yashashingiz uchun, sizga butun rizqlaringizni berib qo'ygan. Alloh Taoloni va sizni iblisdan himoya qilmoqchi bo'lgan, sizni yaxshi ko'radigan, u sizni iblis adashtirib qo'ymaslik uchun sizga mana bu buyuk Qur'oni va u bilan birga sunnatni yuborgan Alloh Taoloni tashlab, sizni jahannamga olib kirishni o'ziga maqsad qilib olgan, shu uchun harakat qilayotgan, shu uchin Alloh Taoloni g'azabiga uchragani uchun, shungina yashaydigan iblisni o'zingizga do'st qilib olasizmi? Buning oqibatini qarang. Alloh Taoloning o'ziga do'st qilib olgan odam, hayotda saodati bilan yashaydi. Namoz o'qiydi, sadaqa beradi, odamlarga yaxshilik qiladi, ota onasiga mehribon bo'ladi, iblisni o'ziga do'z qilib olgan odamsi dunyoda hamma fasodlarni qiladi. Odamlarga zulm qiladi, o'ziga zulm qiladi. O'zini baxtsiz qiladi, birovlarni ham baxtsiz qilsa, dunyoni fasodga to'ldiradi, isrofga to'ldiradida, yer sharini mana ekologiyasini, hamma yog'ini rasvosini chiqaradi, butun dunyoda qon to'kadi, urushlar qiladi.
Qilayotgan ishi o'zi qanchalik yomon? Ya'ni do'stini qanday unga haqiqiy do'st bo'lgan Alloh Taoloni, uni yaxshi ko'radigan robbisini tashlaydi. Va unga haqiqqiy dushman bo'lgan iblisni o'ziga do'st qiladi. Va o'ziga qanchalik yaxshi bo'lgan saodat yo'lini tashlaydi va qanday shaqovat va badbaxtlik yo'lini o'ziga tutadi. Bestalik vloni minna badal. Zolalar uchun qanday ham yomon badal. Qanday ham yomoni almashish bu. Nimani qo'yib, nimani olayotganimiz. O'shaning uchun biz Alloh Taolodan so'raymizki, biz Alloh Taoloning vali daridan, Alloh Taoloning muhabbat qo'ygan bandalaridan bo'lishimizni, Alloh Taolo bizga muvaffaq qilsin, oson qilsin va shaytonni Iblisni bilishimizni bizga Alloh Taolo oson qilsin. Iblis haqida bilishingiz kerak bo'lgan eng muhim narsalardan biri, men buni bir necha yil oldin ijtimoiy tarmoqlarda yozgandim. Buni boshqa ba'zi saxovatlarda ham buni zikr qilishadi. Iblis haqingardagi eng xato tushunchalardan biri, bu Iblisni bir odamzod o'zining hayotida ya'ni shaytonni bir xunuk narsa shaklida ko'rishi. Odam o'ylaydiki, shayton deydi, bir qanaqadir masalan, hozir shaytonni chizib ber desangiz, oddiy bir bolaga ham, oddiy bir odamga ham nima qiladi, ikkita shoxi bor, bir tishlari bor, xunuk bir qo'rqinchli narsa chizib beradi. Iblis o'zi aslida shunaqa, bu Qur'onda ham keladi Iblisning o'zi aslid shunaqa xunuk ekanligi. Lekin sizning hayotingizga Iblis kirib kelgan paytda, shayton hayotingizga kirib kelgan payti qo'rqmishingiz narsa shaklga kirib kelmaydi.
Buni esingizdan chiqarmang. Sizning hayotingizga shayton kirib kelgan paytda, u shoxlari bor, tishlari xunuk, qo'rqinchli bir bashara sifatida kirib kelmaydi. Hayotingizga shayton kirib kelgan vaqtda eng chiroyli suratda kirib keladi. Siz eng yaxshi ko'rgan narsalar shaklida kirib keladi. U bir chiroyli ayol shaklida kirilib kelishi mumkin. U bir katta boylik shaklida, mazali taom shaklida kiriblib kelishi mumkin, lekin sizning nafsingiz xohlagan, yaxshi ko'igan, yoqimli, chiroyli narsalar shaklda kirib keladi. U musiqalar shaklida kirib kelishi mumkin, eshitib mazza qiladiganingiz va sizni Qur'ondan uzoqlashtiradigan. Lekin sizga mana shunaqa chiroyli shakllarda kirib keladi. Shuning uchun hayotimga iblis kirib kelsa, men undan o'zimni saqlayman der ekansiz. Qanaqadir yomon narsa kirib kelishini kutmang. Bilingki, u sizga eng chiroyli suratlarda kirib keladi. Lekin uning oqibati yomon bo'ladi. Uning qanaqa yomon narsa ekanligini uning oqibatiga qarash bilan tushunib olasiz. Shuning uchun Alloh Taolodan so'raymiz. Alloh Taolo bizni iblisdan va uning fitnalaridan, uning zo'riyatlaridan va shaytonlari va ular olib keladigan yomonliklardan saqlasin. Assalomu alaykum. Assalomu ala muhammadin va alayhi va sahbiy ajmog'iy va axiruda avval alayhi alhamdulillah robbil alamin.