Subhanik nima degani? Subhan, g'ufron, bular ismi masdar deyiladi. Bular o'sha tasbeh degan bir masdarni o'rniga ism masdar bo'lib ishlatiladi. Buning ma'nosi fe'linga dalolat qiladi. Ya'ni subhanak degani, usab behuk degani go'yoki. Tushunarli a? Lekin masdarni usab behukdan chuqurroq ma'nosi bor. Masalan, men aytsamki, misol sifatida keltiraman. Men aytsamki, falon ishni qilaman desam, bir marta qilishimni bildiradi. Lekin falon ishni qulmoq deganga o'xshagan bir umumiyroq bir fe'lni ishlatsam, o'sha ishni doimiy ravishda qilinishini bildiradi. Shu paytda masdar biror narsani kengroq, ma'noda doimiy ravishday qilinishini bilirgani uchun, subhanani, demak, sabbehudan yaxshiroq. Chunki unda vaqt bilan chegaralanmagan, u doimiy ravishd.
A, Subhanna so'zi, Subhanalloh yoki Subhanak degan so'zni o'zbek tilida tarjima qilgan payti ko'pincha poklayman deb tarjima qilinadi. Ko'p kitoblarda shunaqa o'qiysiz. Poklayman deb o'qiysiz va bu albatta tarjimonni ixtiyori va tarjima bu odamni go'yoki o'sha masalada qilgan o'zini bir kichkina ijdihodi, ya'ni o'sha masalani kichkina qilgan o'zin bir qarori. Lekin mana shu tarjimaga men unchalik qo'shilmayman, bu tarjimani men ma'qullamayman. Sababi shundaki, o'zbek tilida pokilamoq degani, biror nopok narsani poki qilish degan ma'noni bildiradi. Yoki biror narsadan bir kirni ketqizish va uni poklashni bildiradi. Poklaganingizda birorta bir narsa bo'ladi da, sizning poklagishingiz natijasida o'sha narsa o'zgaradi. Tushunyapsizmi? Lekin Alloh Taologa tasbiya aytishingiz, bu bilan siz Allohni poklamadingiz. Balki siz o'zingizni qalbingizni pokladingiz, o'zingizni lisoningizni poklading, o'zingizning fe'llaringizni poklading. Yoki aytyapsizki, Allohim men o'zimni shirk qilishimdan pokladim. Men o'zimning qalbimni pokladim. O'sha ma'noda subhanak degani men sening o'sha sheriging borligidan va boshqa boshqa boshiqa nuqsonlardan pokligingni e'tirof qildim degani to'g'riroq bo'ladi. Tushunarli a? Shu tarjima yaxshiroq. Tarjima sal chuqurroq, uzunroq bo'lib qolishi mumkin. Ya'ni pokligingni e'tirof qildim deganda pokladimdan ko'ra ko'proq so'z bilan ifodalanyapsiz.
Lekin buning zarari yo'q. Muhimi pokladim, tozaladim ma'nosidagi so'zlar ishlatgandan ko'ra, men pokligingni e'tirof qildim degani yaxshiroq. Chunki poklikni e'tirof etirof qilganingizda siz o'sha Allohnin pok ekanligiga hech qanaqa o'zgarish kiritishni da'vo qilmadingiz. Lekin siz o'zingiz o'sha poklikni e'tirof qilganingizni aytdingiz. O'zingizning e'tirofingiz bilan o'zingizning qalbingizni va lisoningizni va harakatlaringizni go'yoki isloh qildingiz. O'sha ma'noda men Allohnin pokladim. Subhanikallohimman, men subhanalloh Allohnin pokladiman degandan ko'ra, subhanallohni Allohnin pokligini e'tirof qildim deb tarjima qilgan ehtiyotga yaqinroq. Birov aytishi mumkin, ha lekin pokladim so'zini ham ikki xil tushunsa bo'ladi, bunaqa tushunsa bo', bunaqa tushuncha bo'ladi. Biz aytamizki, avvalo pokladim so'zi ko'proq, demak siz o'sha tozalamoqni olasiz, tushunasiz. Qolaversa, Qur'onda mu'minlarga Alloh Taolo rog'ina demang, unzurna deb ayting dedi. A? Nimaga? Chunki o'sha aynan ikkita ma'nosi bor edi. Bitta ma'nosi yomonroq ma'no edi. O'sha yomonroq ma'mo borligi uchun, o'shanga tushib qolmasligi uchun va o'shandan qanaqadir qalbida maraz bor odamlar foydalanmasligi uchuncha Alloh Taolo bizga aytdiki, unverna degan o'shanaqa ikkita ma'noni bildirmaydigan so'zdan foydalaning dedi. Biz shundan kelib chiqib turib aytamizki, demak, pokladim degandan ko'ra Allohning pokligini e'tirof qildim degan yaxshiroq. O'shalarga subhanak degan deganda pokladim subhanak deganda subhanalloh bilan bir xil.
Subhanalloh deganda Allohning pokligini e'tirof etdim deyapsiz. Subhanak deganda sening pokligingni e'tirof etdin deb Alloh Taologa aytyapsiz. Buning buyukligi nimada? Buning buyukligi shundaki, siz azon aytganingizda, takbir aytganingiz da, boshqada la ilaha illalloh dedingiz, hayya ala saloh dedingiz, alloh taoloni alloh deb zikr qildingiz. Lekin Allohu Akbar deb maqomingiz o'tgandan keyin, Subhanak deb Alloh Taologa Sen deb murojaat qildingiz. Va mana shu maqomda siz endi to'g'ridan to'g'ri Alloh Taologa murojaat qilyapsiz, to'g'ridan to'g'ri Alloh Taologa muhojjaat qilyapsiz. Mana shu sizning namozingiz qanday buyuk ekanligiga dalolat qiladi yana bir marta. Va sizning qanday buyuk maqomda ekanligingizni eslatadi. Chunki siz Robil alamin bo'lgan butun olamlarni yaratgan Zotga to'g'ridan to'g'ri murojaat qilyapsiz.
O'shanga siz Subhanalloh demayapsiz, Subhanak anta deyapsiz. Ey Alloh, men Sening pokligingni e'tirof qildim deb Alloh Taologa murojaat qilayapsiz. Subhanak Allohumma. Subhanaka Allohumma degani Subhanak va Allohumma lafzlar. Allohumma degini biz aytdikki, ya Alloh degani. Ey Alloh degani degani. Demak siz aytyapsizki, men sening pokligingni e'tirof qilaman, ey Alloh deb Alloh Taologa to'g'ridan to'g'ri murojaat qilyapsiz. Mana Navoyingiz qanday go'zal boshlayapsiz.
Subhanak Allohumma. Va behandik. Alloh Taoloning barcha nuqsonlardan pok ekanligini e'tirof qilar ekansiz. Nuqsonlar qaysi nuqsonlar? Alloh Taoloning farzandi bor dedi nasroniylar. Alloh Taolonining qizlari bor dedi mushriklar. Alloh Taoloning, eee, Alloh Taologa bu shirk, shirk keltirdi. Har xil narsalar bilan boshqa bir toifalar. Bir toifa aytdiki, falonchi dunyoni yaratgan dedi. Bir toifa aitdiki, sigir dunyoni yaratkan dedi. Bir toifa aytydiki, osmon bizga rizq beradi dedi. Alloh taoloning razzoq sifatiga kimnidir sherik qildi. Bir toifa aitydiki, falon qabr egasi menga farzand beradi dedi. Allohni taoloning sizga farzand beradi degan sifatiga o'sha qabrdagi odamni sherik qildi, har xil toifalar, har xil nuqtalarda yoki umumiy barcha allohning sifatlarida yoki allohning ba'zi sifatlarida alloh taologa shirk keltirdi. Siz aytyapsizki, bularning barchasidan sening pok ekanligini men e'tirof qilaman deyapsiz. Faqat sen ilohsan, faqat sen ma'butsan, faqat sen razzoqsan, faqat seni xoliqsan, faqa sen yaratding, faqa sen rizq berasan, faqa sen mening hayotimni tadbir qilasan, faqa san mening taqdirimni belgilab berasan va bularning barchasini sen komil ravishda qilasan, sening barcha sifatlaring komil va sening sifatlaringga hech bir naqs yo'q degan narsani aytdingiz.
O'shaning uchun subhanak so'zi shunday buyuk so'zki, agar uni o'zini sharhlasangiz, o'nlab, yigirma lab mujallad kitob yozsangiz bo'ladi. Yigirma tom kitob yozsakiz bo'ladi da. Alloh taoloning qaysi nuqsonlardan pok degan ekansiz va qaysi asoslarga ko'ra pok degan ekansizi qur'ondan ham o'z sunnatidan jamlab chiqsangiz, o'zi yuzlab, yuzlab, yulduzlab oyat va hadislar bo'ladi. Shularning barchasini siz bir so'z bilan aytasizki, men sening barcha nuqsonlardan pok ekanligini e'tirof etaman, subhanak deysiz.
Subhanaka allohumma, men sening pok ekanligini etirof qilaman, ey alloh, va bi hamdik orqasidan keyin siz alloh taologa hamd aytasiz. Oldin barcha nuqsonlarni Alloh Taolodan pok ekanligini e'tirof qilib, o'zingizni qalbingizda o'sha nuqsonlar haqidagi har xil g'uvvas vasvasalari va boshqalardan poklaysiz, keyin hamdni o'rniga olib kelib, hamdni zikr qilasiz.
Hamd nima degani? Ha, hamd degani bu barcha maqtovlar degani. Maqtash deganda ma'dah so'zi ham bor. Ma'dah so'z bilan hamd so'zini nima farqi bor? Madh siz bilan ham sizni birinchi farqlardan biri masalan. Madh kimnidir maqtash bo'lib, o'sha unga munosib bo'lishi ham mumkin, munosib bo'lmasligi ham mumkin. Aksar holda, aksar maddohlar munosib emas odamlardan maqtaydi. Aksar holdan munosib emas bo'ladi. Lekin madh mana shu. U madhni nuqsoni bor odamga ham maqtashingiz mumkin. U yolg'on bo'lishi ham ham mumkin. Lekin xant bu haqiqiy buyuk, komil maqtovlarning barchasi Alloh Taoloning ekanligini zikr qilishingiz.
O'shaning uchun xantlarning barchasi maqtovning haqli egasi Alloh Taolo. Shuning uchun subhanaka, allohumma, men sening pokligingni e'tirof etaman, ey Alloh, va behamdik va senga hamdlar aytaman. Senga hamd singa hamdir aytganim holda pokligingni e'tirof etaman. Va ana bu joyda ba'zilar mana iqtidorona bildiradi deydi. Va ba'zi ulamolar iltimosni bildiradi deydi, ya'ni o'sha yonma yon bo'lish ma'nosida va umuman demak ma'nosi Alloh Taoloning pokligini e'tirof etasiz va Alloh Taologa hamd aytasiz.